O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti XVIII-XIX asrlarda o‘zbek davlatchiligi tarixi.



Download 55,87 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi55,87 Kb.
#19630

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

XVIII-XIX ASRLARDA O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI. (MANG‘ITLAR, QO‘NG‘IROTLAR, MINGLAR).

(uslubiy ko`rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablar o`qituvchilari uchun mo`ljallangan)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

XVIII-XIX ASRLARDA O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI. (MANG‘ITLAR, QO‘NG‘IROTLAR, MINGLAR).

(uslubiy ko`rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablar o`qituvchilari uchun mo`ljallangan)

Yu. Xoliqov. XVIII-XIX asrlarda o‘zbek davlatchiligi tarixi. (Mang‘itlar,qo‘ng‘irotlar, minglar). Uslubiy ko`rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`qituvchilari uchun mo`ljallangan. -Samarqand, 2016, 20 bet.

Mas’ul muharrir: S. Yuldosheva - SamVXTXQTMOI dotsent

Taqrizchilar:


  1. Samadov - SamDU dotsenti


J. Oripov - SamVXTXQTMOI

Ushbu uslubiy ko`rsatma yosh avlodga zamonaviy huquqiy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak umuminsoniy fazilatlar va qonunlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash hamda bu jarayonda huquqshunoslik fanlarini o`qitishda interfaol usullar va ulardan foydalanishning samaradorligi to`g`risidagi fikrlar bildirilgan.



Mazkur uslubiy ko`rsatma institut Ilmiy kengashining 2016-yil ………..da bo`lib o`tgan yig`ilishida muhokama etilgan va ……… -sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya berilgan.

KIRISH

Mustaqillik yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yo‘nalishlarda ham milliy o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma’lum sahifalarini qaytadan o‘rganish, asossiz ravishda unutilgan davlat arboblarimiz hamda mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ijodiy merosini yoritish bilan bog‘liq izlanishlarga keng yo‘l ochildi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosida davlat va huquq masalalariga bag‘ishlangan asarlar salmoqli o‘rinni egallaydi. Ushbu merosni o‘rganish, ilmiy tahlil qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu masalada Prezident I.A.Karimov shunday deb ta’kidlaydi: “Bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bu nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi”1.

Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, o‘zbek milliy davlatchiligi, davlat va huquq tarixini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish huquqshunoslik fanlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur”2.

O‘zbekiston davlatchiligi boy tarixga ega bo‘lib, uning uzoq davrlar davomida tarkib topgan nazariy-huquqiy tajribalarini zamonaviy, demokratik, huquqiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish va jamiyatimiz turmushida ulardan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. SHu bois, xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini, xususan milliy davlatchiligimiz tarixida o‘ziga xos davr hisoblangan Buxoro amirligi davlati va huquqi tarixini milliy istiqlol mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda o‘rganishga, hozirgi kunda O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi fani oldida turgan eng muhim masalalaridan biri sifatida qaralmoqda.



XVIII-XIX ASRLARDA O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI. (MANG‘ITLAR, QO‘NG‘IROTLAR, MINGLAR).

Tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida hokimiyat tepasiga ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar natijasida turli kuchlarning kelishi, o‘z navbatida, jamiyat hayotida keskin o‘zgarishlarni ro‘y berishiga hamda muayyan islohotlarni amalga oshishiga olib keladi. Binobarin, Buxoro davlatida ham hokimiyatning ashtarxoniylar sulolasidan mang‘itlar vakillari qo‘liga o‘tishi ma’lum bir omillarning ta’siri ostida ro‘y bergan. Buxoro davlatchiligi tarixida sodir bo‘lgan ushbu jarayonlarning mazmun va mohiyatini o‘rganishda ilmiy jamoatchilik o‘rtasida turli xil yondashuvlar ilgari suriladi.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, ashtarxoniylar sulolasi hukm surgan davrda, ayniqsa, uning oxirgi vakillaridan biri Abulfayzxon hukmronligi yillarida (1711-1747) davlatda o‘zboshimchalik, boshboshdoqlik, o‘zbek qabila-urug‘lari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash, ayrim hududlarning mustaqillikka bo‘lgan intilishlarining kuchayishi bilan bog‘liq holatlar Buxoro davlatini ham ichki ham tashqi siyosatda to‘la tanazzul yoqasiga olib kelgan edi. Jamiyat hayotida bunday muammolarning yuzaga kelishiga asosiy sabablardan biri – ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili Abulfayzxonning davlatni boshqarishdagi rolining pasayganligi va uning etarli boshqaruv qobiliyatiga ega emasligida edi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Muhammad Hakimbiy Abulfayzxon hukmronligi davrida davlat hokimiyatiga qarshi chiqqan qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Bundan ijobiy tarzda foydalangan Muhammad Rahim davlat hokimiyatini egallashga qaratilgan faoliyatini mustahkamlay borgan1.

Hokimiyatning ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar qo‘liga o‘tishida yana bir asosiy va muhim omil bu tashqi-siyosiy vaziyat hisoblanadi. Xususan, Eron shohi Nodirshohning tashqi-siyosiy faoliyati asosan Buxoro xonligini o‘z ta’sir doirasiga olishga qaratilganligi, o‘z navbatida, xonlikda davlat hokimiyatini tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.

Nodirshoh Muhammad Rahimning hokimiyatni boshqarishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rib, unga o‘z o‘g‘li kabi yondashadi hamda hokimiyatni egallashda amaliy yordam ko‘rsatadi. Xususan, Nodirshoh Muhammad Rahimga o‘z harbiy kuchini mustahkamlashi uchun askarlar sonini 6000 dan 18000 gacha ko‘paytirishiga hamda Muhammad Hakimbiyning vafotidan so‘ng uni otaliq lavozimini egallashiga imkoniyat tug‘dirib beradi.

Mavjud adabiyotlarda Buxoro davlatida ashtarxoniylar sulolasining inqirozga uchrashi va hokimiyat tepasiga mang‘itlar sulolasi vakillarining kelishi to‘g‘risida turli xil yondashuvlar ilgari surilgan. Milliy adabiyotlarda ham ushbu masalaga turlicha yondashiladi. Xususan, II jildlik O‘zbekiston halqlari tarixi kitobida shayboniylarga qarindosh bo‘lgan ashtarxoniylar sulolasi (joniylar) hokimiyatni 1601 yildan 1753 yilga qadar boshqarganligi haqida so‘z yuritilib, biz tadqiq etayotgan masala yuzasidan jumladan, shunday deyiladi: “joniylarning so‘nggi vakili Abulg‘ozi qat’iyatli emas edi. U Shohmurodga otaliq lavozimini egallash va amalda hokim bo‘lishga rozilik berishini so‘rab bir necha marta murojaat qildi. U ko‘p marta rad javobini bergach, nihoyat rozi bo‘ldi, vazirlik (1785-1800) lavozimini egallab, qo‘zg‘olonlarni tinchitdi va davlatda tartib o‘rnatdi. So‘ng Abulg‘ozini taxtdan ag‘darib 1785 yilda o‘zi taxtga o‘tirdi”.

Taxtga nomigagina ashtarxoniylardan Abulg‘ozi (1753-1785) o‘tqaziladi, lekin otaliq Doniyolbiyning o‘zi (1758-1785) amalda haqiqiy hokim bo‘lib qolaveradi. Ashtarxoniy Abulg‘ozi amalda hokimiyat egasi bo‘lmasa ham rasman xon sifatida tan olingani uchun ushbu sulolaning 1785 yilgacha hukm surganligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin deb hisoblaymiz.

Milliy davlatchilik tarixi masalalari bilan shug‘ullangan Azamat Ziyoning “O‘zbek davlatchiligi tarixi” asarida ashtarxoniylar hokimiyatining zaiflashuvi hamda mang‘it hukmdorlari boshqaruviga o‘tishiga sabab bo‘lgan omillar xususida to‘xtalib o‘tilmasdan, ko‘proq Muhammad Rahimning davlatni boshqarish faoliyati haqida so‘z yuritiladi.

O‘rganilgan tarixiy manbalar mang‘itlar sulolasi vakillarining barchasini ham faoliyati yuqoridagi yondashuvlar asosida baholashga loyiq emasligidan dalolat beradi. Shu jihatdan olganda, tahlil etilgan manbalarga asoslanib, albatta, bunda jamiyat rivojlanishiga ta’sir etgan ob’ektiv va sub’ektiv omillarni hisobga olgan holda, Buxoro amirligi davlatchiligining shakllanish va rivojlanishini muayyan bosqichlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Biz bunda mang‘itlar sulolasining dastlabki vakillari tomonidan amalga oshirilgan islohotlar o‘z navbatida, mamlakatni birlashtirish va aholi turmush tarzini engillashtirishda muayyan darajada ijobiy ahamiyat kasb etganligini davrlashtirish uchun mezon sifatida belgilashga harakat qildik.

Agar Buxoro amirligi davlatchiligi taraqqiyotini ushbu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uni quyidagi ikki bosqich doirasida o‘rganish maqsadga muvofiqdir:

Birinchi bosqich – dastlabki to‘rt mang‘it hukmdorlari Muhammad Rahim, Muhammad Doniyolbiy, amir Shohmurod, amir Haydarning davlatni shakllantirish va rivojlantirish borasidagi siyosiy-huquqiy, iqtisodiy hamda madaniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatlari davrini o‘z ichiga oladi. Buxoro amirligi taraqqiyotining ushbu bosqichini siyosiy-huquqiy, diniy, madaniy hayot, tashqi diplomatiya va tashqi savdo masalalarida ijobiy natijalarga erishilgan davr sifatida e’tirof etish mumkin.

Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahim (1747-1759) o‘z hukmronligini dastlab, mamlakatni mustahkamlash hamda davlat uchun muhim bo‘lgan mustaqil yoki yarim mustaqil holatga kelib qolgan ma’muriy-hududiy birliklarni qayta birlashtirishga harakat qilishdan boshlagan.

Dastlabki manbalarga asoslangan xorij tadqiqotlarida ham Muhammad Rahimning davlat boshqaruviga ijobiy baho beriladi. Xususan, Anke fon Kyugelgen “Muhammad Rahim mamlakatni rivojlantirdi va mamlakatda yashovchilarni baxtiyor ayladi. U davlatni boshqarish bilan birga o‘zini boshqarishni va fuqarolarni hurmat qilishni hamda ularning dardi bilan yashashni unutmadi”1 – deb qayd etadi. Tarixnavis Somiy ham Muhammad Rahimni saxiy, mehribon, oliyjanob hamda jazolashda qat’iy qaror qabul qiluvchi hukmdor sifatida ta’riflaydi1.

Mang‘itlar sulolasining keyingi vakili Muhammad Doniyolbiy (1759-1785) Muhammad Rahim davrida uning siyosiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha yordamchisi va maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Muhammad Doniyolbiy Muhammad Rahim vafotidan keyin mamlakatda eng yuqori unvon hamda lavozimga ega shaxs edi. Shuning uchun ham Muhammad Doniyolbiy barcha olimu-fuzalolar, din peshvolarining tanlovi asosida davlatni boshqara boshlagan.

Muhammad Doniyolbiy birinchi navbatda davlatda tartibsizliklarni bartaraf etishga va huquqbuzarliklarni oldini olishga e’tibor qaratgan. Ikkinchi o‘rinda u nafaqat Buxoro shahri balki amirlik tarkibiga kiruvchi barcha bekliklarda savdo-sotiq, hunarmadchilikni rivojlantirishga hamda fuqarolarga tinchlik va havfsizlikni ta’minlab berishga muyassar bo‘lgan. Muhammad Doniyolbiy ijtimoiy munosabatlarni huqukiy asoslarda tartibga solishning tarafdori bo‘lgan. Shuning uchun u fiqh ilmi ulamolarini har taraflama qo‘llab-quvvatlagan. Manbalarda keltirilishicha, Muhammad Doniyolbiy barcha huquqiy masalalarda islom huquqshunoslaridan maslahat olgan2.

Muhammad Doniyolbiy davlat va jamiyat boshqaruvidagi turli masalalarni kengashgan holda maslahatlashib amalga oshirgan. Xususan, 1781 yilda Rossiya hukumatining Buxoroda savdo shartnomasini tuzishga oid taklifiga u dastlab 92 o‘zbek urug‘i vakillarining fikrini olishi lozimligini uqtirib o‘tadi.

Muhammad Doniyolbiy vafotidan keyin uning o‘g‘li Shohmurod davlatni boshqarish vakolatini qo‘lga kiritadi. Shohmurod davlat boshlig‘i – amir unvonini ta’sis etar ekan, ushbu unvonning o‘zbek va mo‘g‘ul urug‘lari an’analari bilan emas, balki shariat qoidalari asosida yuzaga kelganini asoslab beradi.

Z.Muqimovning ta’kidlashicha, “Amir Shohmurod soliqlardan ezilgan xalqning noroziligi kuchaygan davrda taxtga o‘tirganligi uchun ham birinchi islohotni soliqlarni tartibga solishdan boshladi. Butun Buxoro amirligi aholisiga tarxon yorlig‘i berib, o‘zidan avvalgi hukmdorlar joriy qilgan, shariatga to‘g‘ri kelmaydigan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi soliqlarni bekor qildi”1. Amir SHohmurod tomonidan amalga oshirilgan soliq islohotlari uning soliq solish va uni undirishni tartibga keltirishga oid farmonlarida aks etgan.

Amir Shohmurod shariat normalariga mutlaqo zid bo‘lgan va uning talablariga javob bermaydigan zid bo‘lgan barcha normalarning amal qilishini bekor qilgan. Tarixnavis Somiyning ma’lumotlariga qaraganda2, harbiy sohadagi boshqaruv faoliyatini ulamolarning fatvosi asosida olib borgan hamda aynan uning davrida huquq manbasi bo‘lmish sunnaga sezilarli darajada amal qilingan.

Shohmurod vaqf mulklari hamda ulardan tushadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan eski madrasa, masjid, honaqo, maktab va mozorlarni qayta tiklaydi. Madrasa mudarrisi, muftiy, imom, qozi va boshqa diniy mansablarga nomzodlarni tayinlashda ularning shariat normalariga amal qilish darajasi, huquqiy bilimlari va huquqiy savodxonligiga e’tibor qaratgan.

U shariat normalarini chuqur o‘zlashtirgan madrasa talabalariga soliqlar hisobidan qo‘shimcha talabalik haqlari berish tizimini joriy qilgan. Shohmurod nafaqat ta’lim jarayonida, balki boshqa fuqarolarning ham islom huquqi normalarini bilishlikka da’vat etish bilan birga, ularga keng imtiyoz va imkoniyatlar yaratib bergan.

Bu borada Xumuliyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod fiqhshunos olimlar va viloyat beklaridan amirlikning barcha hududlaridagi masjid va madrasalarda aholiga haqiqiy islom huquqi normalariga asoslangan odat va majburiyatlarni tushuntirishni hamda ularning shar’iy huquqiy bilimlari darajasini yanada oshirishni talab qilgan1.

Tarixnavis Miriyning ta’kidlashicha, amir Shohmurod so‘fiylik ilmini, islom huquqi normalari va majburiyatlari haqidagi ilmlarni Shayx Safardan, Qur’oni Karim ilmini esa uch murabbiydan, ya’ni Hofiz Ashur, Nodir Boqi qori va Niyozquli qorilardan tahsil olib o‘rgangan2.

Amir Shohmurod Buxoro amirligi hududida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va er unumdorligini oshirish maqsadida ariqlar, zovurlar qazdirgan, daryo va irmoqlarni qaytadan ta’mirlagan.

Tarixchi olim T.Fayziev ham amir Shohmurodga davlat boshlig‘i sifatida quyidagicha ta’rif beradi: “Begunoh amir nomini olgan Shohmurod shariat ishlariga keng yo‘l ochgan, vaqflarni tiklagan, masjid va madrasalar ishiga katta e’tibor bergan. U zohidlarga xos hayot kechirib, mamlakatda ro‘y bergan siyosiy-iqtisodiy vaziyat taqozosiga ko‘ra, bir necha jangu-jadallarda bo‘ldi. Mang‘itlar saltanatida bid’at va nomashru ishlarni tag-tomiridan uzgan birinchi hukmdor bo‘lgan”3.

Buxoro amirligida davlatchilikni taraqqiy etib shakllanishi va rivojlanishi aynan u davlatni boshqargan davrga to‘g‘ri keladi. Amir Shohmuroddan so‘ng davlatni boshqarish uning o‘g‘li Qarshi bekligining hokimi amir Haydar qo‘liga o‘tadi. Amir Haydar davlatni boshqarish masalasida otasi amir Shohmurod siyosatining izchil davomchisi edi. Ushbu holat ayniqsa, uning ulamolarga munosabati va tashqi siyosatni izchillik bilan davom ettirishida ko‘rinadi.

Amir Haydar o‘z hukmronligi davrida asosan ichki dushmanlarga qarshi kurash olib boradi. SHahrisabz, Samarqand, Urgut bekliklarida bo‘lib o‘tgan g‘alayonlar, Marv vohasi uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan olib borilgan urushlar Amir Haydarni davlatda harbiy-siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur qildi.

U olib borgan tinimsiz kurashlar natijasida 1817-1850 yillarda Balx vohasi qo‘lga kiritildi, Maymana, Badaxshon va Qunduz viloyatlari amirlik hududiga qo‘shib olindi. Amir Haydar davlatni boshqarishda asosan tashqi munosabatlarga e’tibor qaratadi, xususan, u afg‘on hukmdori Ahmad SHoh Durroniyning o‘g‘li SHo‘ja al-Mulkom bilan ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lgan.

Amir Haydar boshqa mang‘it hukmdorlaridan farqli ravishda o‘z qo‘shinidagi askarlarga muntazam ravishda yaxshi maosh to‘lab borgan. Bundan tashqari u mamlakatdagi soliq yig‘uvchilarga yillik maosh ajratish bilan birga, ularga yiliga ikki marta sarupo ulashgan. O‘z navbatida kambag‘allar, etim-esirlar, qashshoqlar, darveshlar, muhojirlar va mullalarga har yili nafaqa berish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratgan. Shu bilan birga, amir Haydar amirlikda xitoy-qipchoqlar tomonidan yuzaga kelib turadigan turli mojarolarni oldini olish maqsadida ushbu hududlarga nisbatan turli to‘lovlar miqdorini kamaytirgan.

Buxoro amirligi davlatchiligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1826-1920 yillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda davlatda mang‘it sulolasidan amir Nasrullo, amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar hukmronlik qilganlar.

Amir Nasrullo hokimiyat tepasiga otasi amir Haydarning o‘limidan so‘ng olti oy o‘tgandan so‘ng kelgan. U milliy davlatchilik tarixida kuchli, jasur hamda qattiqqo‘l davlat boshlig‘i sifatida joy olgan.

Amir Nasrullodan keyin davlatni boshqargan mang‘it sulolasi vakillaridan amir Muzaffar, amir Abdulahad, amir Olimxonlar davri milliy davlatchilik tarixida kam o‘rganilgan davr bo‘lib, tegishli manbalarda ushbu hukmdorlarga nisbatan deyarli ijobiy baho berilmagan. Istiqlol sharofati ila milliy davlatchilik manbalarini tadqiq etish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan hukmdorlar tomonidan ham muayyan darajada islohotlarni amalga oshirishga harakat qilinganligiga guvoh bo‘lamiz.

Amir Said Olimxon hukmronligi davrida “Yosh buxoroliklar”ning talablari asosida bir qator islohotlar amalga oshirilishi mo‘ljallangan edi. Bu esa o‘z navbatida “Yosh buxoroliklar” harakatini siyosiy-huquqiy masalalarni hal qilishdagi rolini yanada kuchaytirdi. Jumladan:


  • mahalliy soliqlar 10 foizgacha qisqartirilgan;

  • harbiylar oylik haqi oshirilgan (piyoda xizmatchilarga oyida 3-9 rublgacha, otliq qo‘shinlarga 6-20 rublgacha);

  • yoshi ulug‘ bo‘lgan harbiy xizmatdan ozod etilgan kishilarga oyida 3 rublgacha nafaqa tayinlangan;

  • qozilarga sud jarayonida taraflardan aniq belgilangan miqdordagi boj haqi undirish buyurilgan;

  • Rais – shahar boshlig‘ining xarajatlari qisqartiriladi;

  • Muqaddas erlardan foyda olishga ruxsat beriladi;

  • Keng qamrovli homiylik faoliyatiga asos solingan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, amirlikda o‘tkazilishi ko‘zlangan islohotlar monarxiya davlat boshqaruviga hamda shariat normalariga asoslangan emas edi. SHuning uchun islohotning e’lon qilinishi bilan mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, turli kuchlarning qarshiligi yanada kuchaydi.

Shu bilan birga, Said Olimxonning davlat boshqaruvida iqtisodiy masalalarga ham alohida e’tibor qaratgan va bir qator yutuqlarga erishgan amir sifatida baholash mumkin. F.Xo‘jaevning ma’lumotlariga qaraganda, amirlikda bir qator hissadorlik jamiyatlari, banklar, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilgan. Olingan daromadlar temir yo‘l, aloqa va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga ajratilgan1.

Buxoro amirligi davlatchiligi shakllanishi va rivojlanishi xususida quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

Birinchidan, tarixiy-ilmiy xolislikka asoslanib ushbu davrni ikki bosqichda o‘rganish muhimdir; ikkinchidan, bir yarim asrdan ortiq davlatchilikka ega bo‘lgan Buxoro amirligida davlat-huquqiy tartiblar muayyan darajada amal qilgan; uchinchidan, o‘z davrida ijobiy xarakterlangan va bugungi kun uchun ham ahamiyatga ega bo‘lgan amir Shohmurod va amir Haydarlar boshqaruv faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin; to‘rtinchidan, Buxoroning so‘nggi amirlari davlat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlashda muyayan darajada o‘z xissalarini qo‘shganlar; beshinchidan, Buxoro amirligi o‘sha davrda O‘rta Osiyoda siyosiy-huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda etakchilik qilgan; oltinchidan, amirlikda parokandalik va boshboshdoqlikning kuchayib ketishiga tashqi omillar sezilarli darajada ta’sir etgan; ettinchidan, milliy davlatchilikning muhim davrida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan bugungi kunda rivojlanayotgan mustaqil O‘zbekiston amaliy faoliyati uchun tarixiy saboq chiqarish lozimdir.



Buxoro amirligida markaziy boshqaruv quyidagi asosiy idoralar orqali amalga oshirilar edi: amir – davlat boshlig‘i; qushbegi – bosh vazir; otaliq; moliya idorasi; vaziri harb; qozilik mahkamasi.

Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida diniy va dunyoviy hokimiyat boshlig‘i edi. Shu bilan birga, amir – davlatning oliy bosh qo‘mondoni, amirlik erlarining oliy egasi hisoblangan.

Mang‘itlar sulolasining uchinchi vakili bo‘lmish Shohmurod (1785-1801) amirlik unvonini qabul qilgan1. Amirlik unvoni ilgari asosan qo‘shin boshliqlari va joylardagi turli harbiy vakillarga berilgan bo‘lsa, Muhammad Rahim davriga kelib amir unvoniga ega bo‘lgan birorta mansabdor shaxs qolmagan. Ushbu unvon ilgari amalda bo‘lgan amir-beklik unvonidan farqli o‘laroq, xalifalik maqomi - “amir – ul-mo‘minin” sifatida talqin etilgan. Aynan ushbu davrdan Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritila boshlangan.

Markaziy davlat boshqaruvini bir qator idoralar majmuasi tashkil etib, davlatning oliy boshqaruv organi – oliy davlat mansabi hisoblangan qushbegi tomonidan boshqariladigan davlat devonxonasi (qushbegi devonxonasi) hisoblangan2. Qushbegi mansabi ilgaridan mavjud bo‘lgan bo‘lsada3, XVII asrga kelib “otaliqlik” unvoniga nisbatan uning ahamiyati va vakolat doirasi ancha toraygan.

XVIII asrning o‘rtalariga kelib qushbegi mansabi etakchi o‘ringa chiqib, u davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini sifatida barcha boshqaruvning asosiy funksiyalarini o‘z qo‘lida to‘play borgan. Qushbegi mahalliy beklar orqali markaziy davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir qatorda, chet mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan olinadigan boj to‘lovlari ustidan nazoratni amalga oshirgan.

Otaliq – amirlik markaziy boshqaruvida o‘ziga xos vakolatga ega bo‘lgan, mang‘it hukmdorlarining tayanchi hisoblangan va ularning hurmatiga sazovor bo‘lgan mansab egasi. Unga Buxoro shahri va Samarqanddan Qoraqo‘lgacha bo‘lgan hududlarda suv taqsimotini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. O‘z navbatida otaliq Shoxrud kanali mirobligi vazifasini ham bajargan.

Devonbegi davlat xazinasi, zakot (xorijiy mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan tashqari) hamda soliqlarga nisbatan umumiy davlat boshqaruvini amalga oshirgan.

Amirlikda markaziy idoralardan biri mudofaa va harbiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi vazirlik bo‘lib, ushbu idora bevosita to‘pchiboshiyi lashkar (harbiy vazir) tomonidan boshqarilgan. To‘pchiboshiyi lashkar davlatdagi barcha otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan qo‘shinni boshqargan.

Birinchisi, shayx ul-islom diniy unvonlardan biri bo‘lib, diniy ishlarni boshqargan va nazorat qilgan. Qozi askar – harbiy masalalar va harbiy jinoyatlarni ko‘rib hal qiluvchi mansabdor;

Ikkinchisi, a’lamlar – davlatda fiqhiy masalalar bo‘yicha fatvo chiqaruvchi shaxslar. Harbiy muftiylar – harbiylar uchun fatvo tuzuvchi, ayniqsa, davlat boshlig‘ining boshqa bekliklarga safari chog‘ida va harbiy yurishlari paytida harbiylar uchun fatvo chiqaruvchi vakil hisoblangan;

Uchinchisi, muhtasib – aholini shariat ta’qiqlagan harakatlardan tiyilib turishiga va yaxshilikka oid harakatlarni qilishiga undash bilan shug‘ullangan.

To‘rtinchisi, tarbiyachi-mudarrislar – ushbu mansab egalariga amirlikda katta e’tibor berilgan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi talabalarga ilm berish va ularni shariat yo‘li asosida tarbiyalash bo‘lgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bo‘lajak qozilar, beklar va boshqa mansabdor shaxslar ularning tarbiyasini va ilmini olishi shart bo‘lgan. Undan tashqari yana to‘rt mansab mavjud bo‘lganki, ularni amir bevosita saidlik obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan fuqarolarga in’om etgan.

Davlatda yana to‘rt turdagi lavozim mavjud bo‘lib, maxsus tayinlov asosida faoliyat yuritmasdan, balki ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ushbu mansablarga har qanday shaxs tayinlanishi mumkin bo‘lgan. Aniqrog‘i, amirga ma’qul bo‘lgan olimlar, saidlar, xojalar, o‘zbeklar va boshqalardan biriga topshirilgan mir asad, fayzi, sadr va sudur deb nomlangan lavozimlar.



Sadr – Buxoro shahri rabot ichidagi bir farsang masofada joylashgan vaqflar hisob-kitobini yuritgan bo‘lsa, sudur rabot tashqarisidagi vaqflarni boshqarish masalasi bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Amirlik markaziy boshqaruvida davlat boshlig‘ining tashkiliy-ijrochilik ishlarini olib boruvchi bo‘limi mavjud bo‘lib, unda quyidagi to‘rt asosiy mansabdor shaxs o‘ziga belgilangan vakolatni amalga oshirgan. Jumladan, devonbegi – tanxo masalalarini qayd etuvchi daftarni yuritish mudiri; mushrif – hukmdor tomonidan taqdim etilgan ashyolar, kiyim-kechaklar, qalqonlar, sovutlar va boshqa sovg‘alarni yozib qoldirish ishlari bilan shug‘ullangan; daftardor – tanho yoki suyurg‘oldan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan yoxud rad etilgan shaxslarning ma’lumotini yuritgan; tanobchi devon bahor va kuz oylarida xiroj erlaridan tushadigan tushumlarni yurituvchi lavozimda xizmat qilgan1.



Parvonachi – amir farmonlari va boshqa qarorlarini beklarga hamda boshqa mansabdor shaxslarga etkazish masalalari bilan shug‘ullangan. Dodhoh – davlat boshlig‘iga turli masalalar bo‘yicha kelib tushadigan ariza va shikoyatlarni qabul qilib, unga etkazish hamda berilgan javoblarni o‘z egalariga qaytarish vazifasi yuklatilgan.

Markaziy boshqaruvida boshqa bir qator mansablar ham mavjud bo‘lib, ular asosiy vazifa bilan birga qo‘shimcha vakolatlarga ham ega bo‘lgan. Masalan, to‘qsabo – amir majlisi dasturxonini nazorat qilish bilan birga, Xarkanrud tumanining hokimligi va mirobligi ham uning qo‘lida edi. Shu bilan birga, to‘qsabo harbiy harakatlar chog‘ida amir bayrog‘ini ko‘tarib yurgan. Eshikog‘aboshi esa, davlat boshlig‘i o‘z saroyida bo‘lgan vaqtda uni qo‘riqlash bilan bir qatorda Shofirkon tumanini boshqarish va bu hududlarda suv taqsimotini nazorat qilgan1.



Miroxur – amir otxonasida ishni tashkil etish bilan birga Komi Abu Muslim tumani mirobligi va obodonlashtirish masalasi bilan shug‘ullanar edi. Yana uchta mansab mavjud bo‘lib, ushbu mansablar harbiy-ma’muriy xarakterga ega edi. Ulardan birinchisi, qo‘rchiboshi deb atalib, amir miltig‘i va boshqa quroli sozligi uchun javobgar bo‘lgan. Udaychi esa, harbiy harakatlar jarayonida naqibning ko‘rsatmasiga binoan navkarlar va qo‘shinning taqsimlanishi va joylashuvini kuzatish vazifasini bajargan. Qorovulbegi soqchilar va qorovullar boshlig‘i sanalib, davlatning asosiy ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini nazorat qilib turgan.

Amirlikda shig‘ovul, miroxo‘rboshi, mirshab kabi amallar bo‘lib, ular ham o‘ziga xos ravishda tegishli vazifalarni ado etganlar. Masalan, shig‘ovul – davlat vakillari va elchilarni qabul qilib, ularning faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullangan. Miroxo‘rboshi – hukmdorga tegishli bo‘lgan otlarga em-xashak etkazish masalasini tashkil qilib, nazorat ostiga olgan. Mirshab esa, shaharni qo‘riqlash vazifani bajargan2.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, markaziy boshqaruvda o‘sha davrda o‘zga davlatlarda amalda mavjud bo‘lmagan tartib, ya’ni harbiy yig‘inlar paytida mahalliy boshqaruv vakillari markaziy boshqaruvda bevosita ishtirok etganlar.

Biz ko‘rib chiqayotgan davrda amirlik ma’muriy-hududiy jihatdan 27 ta beklik (viloyat) va 11 tumanga bo‘lingan bo‘lib, har bir beklik, o‘z navbatida amlokdorliklarga bo‘lingan va bek tomonidan tayinlanadigan, lavozimidan ozod etiladigan amlokdor tomonidan boshqarilgan. Amlokdorliklar esa, bir necha qishloqlardan tashkil topgan, ularni qishloqning yoshi ulug‘ va tajribali oqsoqollari boshqargan. Har bir amlokdorlik uch asosiy mansabdor, ya’ni mirob, zakotchi va dorug‘aboshilar orqali boshqarilgan. Mirob – hududning sug‘orish tizimini kuzatish va suvni taqsimlash vazifasini bajargan bo‘lsa, zakotchi soliq va yig‘imlarni nazorat qilib turgan.

Beklik lavozimi meros tariqasida qolmasdan, balki har qanday holatda amir tomonidan almashtirilishi yoki lavozimidan ozod etilishi mumkin bo‘lgan. Bek vafot etgan holatlarda uning barcha mol-mulklari davlat xazinasiga topshirilib, uning merosxo‘rlari qolgan merosga nisbatan hech qanday egalik huquqiga ega bo‘lmay, balki keyinchalik markaziy boshqaruvda xizmat qilgan. Bekliklarda yuzaga kelib turadigan kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarni birlashtirishga yoki aksincha ajratish hollariga ham to‘g‘ri kelgan. Beklik boshqaruvi saroyida ko‘plab mansab egalari mavjud bo‘lgan.

1890 yillarga kelib Darvoz bekligi ma’muriy-hududiy jihatdan 11 ta amlokdorlikka bo‘lingan bo‘lib, beklik Darvoz asoschisi Xudoynazar-Otaliqning nevarasi Muhammad Nazarbek tomonidan idora etilgan. Sharqiy Buxoro hududidagi Hisor bekligi mahalliy boshqaruvida amal qilgan ma’muriy tuzilishini tahlil etish barobarida Buxoro amirligidagi mahalliy boshqaruv tizimini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, ushbu hududda qoidaga binoan bek lavozimini amirning yaqin qarindoshlaridan biri, ya’ni amir Abdulahadning tog‘asi Ostonaqulibek egallagan edi.

Ostonaqulibek beklikni o‘zining qushbegisi va katta yasovulboshisi orqali boshqargan. Undan tashqari beklikda maxsus devonxona bo‘limi mavjud bo‘lib, ushbu bo‘lim etti kotib tomonidan idora etilgan. Shu bilan birga, mahalliy boshqaruvda turli vazifalarni bajaruvchi 25 ta yasovul ham ishtirok etgan.Hisor bekligida boshqaruvni qulay yo‘lga solish maqsadida beklik amlokdorlar tomonidan boshqariladigan 23 ta amlokdorlikka bo‘lingan edi.

Minglar Farg`ona vodiysida, balki mamlakatning boshqa yerlarida ham yashagan urug. Minglarning Farg`ona vodiysida siyosiy xokimiyatni qo`lga olib, keyinchalik uni bir butun xonlikga aylantirish sabablariga kelsak, birinchidan, vodiyda shunga yarasha sharoit tug`ilgan, ikkinchidan esa ashtarxoniy Ubaydullaxon davrida Buxoro tasarrufidagi viloyatlardan ba’zilarida katta mavqega ega minglar namoyandalari taziqga uchraganlar. Mazkur xolat Farg`onadagi minglarning faollashuviga yaxshigina turtki bo`lgan. Xullas, Ubaydullaxon Farg`onada yuz bergan siyosiy burilishda biron chora ko`rolmagan. Farg`ona vodiysida Shoxrux (1709—1721), so`ng esa uning vorislari Abdurahim (1721—1733), Abdulkarim (1733—1750) kabilar zamonida minglar siyosiy mavqeyi mustahkamlanishi Ko`qon xonligi yuzaga kelishiga sharoit yaratgan.

Erdona Qo`qon xonligani ichki tomondan mustahkamlashga harakat qilgan siyosatchi xisoblanadi. Erdona zamonida xonlik qudrati ancha yuqori ko`tarilib, vodiyda tinchlik va farovonlikka erishilgan. Erdona Qo`qon xonligining ichida joylashgan O`sh, O`zgand kabi yerlarni ham bo`ysundirishga erishgan siyosatchilardan. Qo`qon xonligining mavqei ayniqsa Olimxon (1798—1810) zamonida yuksaladi. Avvalo mazkur hukumdor xonlik maqomini kabul qilgani bilan mashxurdir. Minglarning undan keyingi namoyandalari ham xon maqomida bo`lganlar. Shu sababdan ham 1709-1876-yillari markazi Farg`ona vodiysida xisoblangan va minglar nomi bilan bog`liq siyosiy birlikni Qo`qon xonligi deyish odat tusiga kirgan.


X U L O S A

Buxoro amirligi mazkur davrda davlatchilikni shakllanishi va rivojlanib borishi, amirlik davlat boshqaruvi, milliy davlatchilik rivojlanayotgan bugungi kunda qaysi manbalar va ma’lumotlarga asosan tarixdan tegishli saboq chiqarish lozim degan masala dolzarbligicha qolmoqda.



Bizning fikrimizcha, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda milliy davlatchiligimiz tajribasini o‘rganish va milliy huquqiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha bir qator dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Birinchidan, milliy davlatchiligimiz shakllanayotgan bugungi kunda Buxoro amirligi davlatchiligi, markaziy va mahalliy boshqaruvida, milliy davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirishda; ichki va tashqi siyosatda barqarorlikka erishishda; davlat va jamiyat, xalqning ijtimoiy-etnik hamda ma’naviy-ruhiy birligiga erishishda.

Ikkinchidan, aholining siyosiy-huquqiy tafakkurini yanada boyitish maqsadida, milliy o‘tmishimizning intellektual boyligiga tayangan holda yosh avlodni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashning muayyan mexanizmini ishlab chiqish hamda amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Uchinchidan, Muhammad Vafo Karminagiy, Mirza Salimbek, Mirzo Abdulazim Somiy va Mulla Ikromlarning siyosiy-huquqiy qarashlari bayon etilgan dastlabki manbalarni tadqiq etish barobarida ushbu merosni ilmiy muomalaga kiritish va har bir mutafakkirning siyosiy-huquqiy qarashlarini alohida tadqiqot ishi doirasida o‘rganish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Rahbariy adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 380 b.

  2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 366 b.

  3. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T. 7. – T.: O‘zbekiston, 1999. – 413 b.

  4. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – T.: O‘zbekiston, 2000. – 525 b.

  5. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T. 11. – T.: O‘zbekiston, 2003. – 320 b.

  6. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2008. –174 b.

  7. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi / Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so‘zi. 2010 yil 13 noyabr.

Ilmiy adabiyotlar

  1. Bartold. V.V. Uzbekskie xanstva // Sochineniya. T.2. CH 1. – M.: Nauka, 1963. – 1020 s.

  2. Ziyo A. O‘zbek davlatchiligi tarixi: (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). – Toshkent: SHarq, 2001. – 386 b.

  3. Logofet D.I. Strana bespraviya. Buxarskoe xanstvo i ego sovremennoe sostoyanie. – SPb.: Berezovskiy, 1909. – 340 s.

  4. Lunyov YU.F. Gosudarstvo i pravo uzbekskix xanstv s XVI po XIX veka. – M.: “Ast”, 2004. – 216 s.

  5. Mannonov B. O‘zbek diplomatiyasi tarixi. – Toshkent: JIDU, 2003. – 375 b.

M U N D A R I J A

Kirish ............................................................................................................ 5

XVIII-XIX asrlarda o‘zbek davlatchiligi tarixi. (mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar, minglar).

………......................................................................................................... 6

Xulosa............................................................................................................ 20

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati .............................................................. 21

XOLIQOV YUNUS ORTIQOVICH

XVIII-XIX ASRLARDA O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI. (MANG‘ITLAR, QO‘NG‘IROTLAR, MINGLAR).

Terishga berildi:____________

Bosishga ruxsat etildi:__________

Ofset bosma qog`ozi. Qog`oz bichimi 60x80 1/16

«Times» garniturasi. Ofset bosma usuli.

1 bosma taboq.

Adadi: 23 nusxa.

Buyurma №_____

Samarqand viloyati xalq ta’limi

xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.

Samarqand shahar, Boysunqur ko`chasi 3-uy.



1 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. –Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б.132-133.

2 Ўша асар. – Б.134.

1 Ўзбекистон тарихи: Қисқача маълумотнома / Ҳ.Бобобеков, Ш.Каримов, М.Содиқов ва бошқ.: Масъул муҳаррир Ш.Каримов. – Тошкент: Шарқ, 2000. – Б.131.

1 Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII – XIX вв.) – Алматы.: Дайк-Пресс, 2004. – С.80-81.

1 Мирза Абдал Азим Сами. Тарихи Салатини-и мангитийа (История мангытских государей). / Пред. Л.М.Епифановой. – М.: Вост. литер., 1962. – С.47.

2 Қаранг: Хумулий. Тарихи Хумулий. Қўлёзма Ўз ФА ШИ, инв. № 37/VI. 202 б-211 а варақлар.

1 Қаранг: Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Тошкент: Адолат, 2004. – Б.207.

2 Мирза Абдал Азим Сами. Тарихи Салатини-и мангитийа (История мангытских государей). / Пред. Л.М.Епифановой. – М.: Вост. литер., 1962. – С.52.

1 Қаранг: Хумулий. Тарихи Хумулий: Қўлёзма Ўз ФА ШИ, инв. №37/VI. 221а варақ.

2 Қаранг: Мирий. Махазин ат-таква: Қўлёзма Ўз.ФА ШИ, инв. № 51. 204б-206а варақлар.

3 Файзиев Т. Мутасаввиф ҳукмдор // Шарқшунослик. – Тошкент, 1997. - № 8. – Б.72.

1 Қаранг: Ходжаев Ф. Избранные труды. Т.1. – Ташкент: Фан УзССР, 1970. – С.210-212.

1 Қаранг: Семенов А.А. Очерк устройства центрального административного управления Бухарского ханства позднейщего времени // Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Азии. – Ташкент, 1954. Вып.2. – С. 20.

2 Қаранг: Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. – СПб.: “Типография Императорской Академии Наук”, 1843. – С.188.

3 Қаранг: Семенов А..А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их средневековой Бухаре // Советское востоковедение.. – М.: 1948. Т.V – С.148.

1 Қаранг: Мирза Бади-Диван. Мажма ал-аркам. – М.: Наука, 1981. – С.94.

1 Қаранг: Мирза Бади-Диван. Мажма ал-аркам. – М.: Наука, 1981. – С.98.

2 Қаранг: Логофет Д.И. Бухарское ханство под русским протекторатом. – СПб.: Березовский, 1911. – С.233.


Download 55,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish