O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand shahar 30-umumiy o’rta ta’lim maktabi mehnat ta’limi fani o’qituvchisi novruzova nigoraning yangi texnika va ilg’or texnologiya



Download 1,15 Mb.
Sana07.09.2017
Hajmi1,15 Mb.
#19251

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND SHAHAR 30-UMUMIY O’RTA TA’LIM

MAKTABI MEHNAT TA’LIMI FANI O’QITUVCHISI

NOVRUZOVA NIGORANING
YANGI TEXNIKA VA ILG’OR TEXNOLOGIYA, UNING IFODALANISHI

MAVZUSIDAGI

DARS ISHLANMASI









Mashg’ulotning texnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi


Mavzu:

Yangi texnika va ilg’or texnologiya, uning ifodalanishi.


Maqsad va

vazifalar

Maqsadlar: a) ta`limiy maqsad : o’quvchilarga “Yangi texnika va ilg’or texnologiya, uning ifodalanishi” mavzusi yuzasidan tushuncha berish b)tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda ishlabchiqarish sohalaridagi rasblarga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda yangilikka intilish hissini tarbiyalash

v) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning yangi texnika va ilg`or texnologiya haqidagi bilimlarini rivojlantirish .

Darsningvazifalari :

- yangi texnika va ilg’or texnologiya haqida tushuncha berish;

- O’zbekistonda ishlatiladigan yangi texnologiyalarning turlari haqida fikrlar yuritish;

- Yangi texnika va texnologiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni haqida tushuncha berish;



O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan tushunchalar berilib, yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanishi hayotdagi vazifalari bilan tanishtirish .

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Usul: og’zaki bayon qilish, klaster,muammoli vaziyat, t- sxemasi, ko’rgazmalilik, bahs-munozara.

Shakl: nazariy va amaliy mashg’ulot, kichik guruhda ishlash.

Vosita: kompyuter, slaydlar, ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob.

Baholash: rag’batlantirish yoki jarima berish.

Kutilayotgan natijalar

O’qituvchi: “Yangi texnika va ilg’or texnologiya, uning ifodalanishi” mavzusini qisqa vaqt ichida barcha o’quchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.

O’quvchi: “Yangi texnika va ilg’or texnologiya, uning ifodalanishi” mavzusi bo’yicha yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. O’z-o’zini nazorat qilishni va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi va baholanadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:

Yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish ,dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish,o`z ustida ishlash,pedagogik mahoratini oshirish.



O’quvchi: “Yangi texnika va ilg’or texnologiya, uning ifodalanishi” mavzusi bo’yicha qo`shimcha ma`lumotlarni o`rganib,sohaga oid kasb- hunarlar haqida qo`shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.O`zining va guruh fikrini tahlil qilib,bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.








Mashg’ulot bosqichlari

Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Ajratilgan vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish, mashg’ulotning borishi haqida tushuncha berish.

Suhbat o‘tkazish

3

2-bosqich

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: o’quvchilarga o’tilgan dars mavzusi bo’yicha bahs-munozara tashkil qiladi. Mavzuga oid muammoli savollarni tarqatma material sifatida o’quvchilarga tarqatadi. O’quvchilarga berilgan topshiriqlarni tekshiradi va baholaydi.

Bahs-munozara, savol-javob,tarqatma materiallar

10

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni. Mavzuning maqsadi, asosiy ma’no-mazmuni, qo’llaniladigan ish usullarini o’quvchilarga tushuntirib berish.

suhbat, ko’rsatmalilik,klaster

20

4-bosqich

Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: mavzu bo’yicha ,,muammoli vaziyat’’ va ,,t-sxemasi’’usullarini o`tkazish va o’quvchilar bilimini mustahkamlash.

Muammoli vaziyat, t-sxemasi

10

5-bosqich

Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanishi’’ mavzusi yuzasidan qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib, mavzuni mustahkamlab, tayyorlanib kelish va mavzuga oid ma`lumotlarni to`plash.O`quvchilarni baholash.

Og`zaki muloqot

2












O`tilgan mavzuni so`rash va baholash ,,Texnologik jarayon haqida asosiy tushuncha’’mavzusiga oid savollar orqali o`tilgan dars so`raladi va baholanadi.

Savollar: 1.Texnologik jarayon nima?

2.Ishlab chiqarish qanday turlarga bo`linadi?

3.Texnologik jarayonning qanday turlari bor ?

4.Mexanik usulga ta`rif bering ?

5.Energetik usulga ta`rif bering ?
Yangi mavzu bayoni:

Reja


1.Hozirgi zamon texnikasi.

2.Ilg`or texnologiya.

Fan-texnika taraqqiyoti nima, uning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati.XXI-asrdaqo`llaniladigan texnika qaysi sohalarga, tarmoqlarga yoki ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo`lmasin,ulargakompyuter elementlari kiritiladi.Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil qiladi. Ular qanday ishni bajarishiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti mavjud texnikani takomillashtirishni, yangi, ancha samarali texnikani, texnologiyani, xom-ashyoni, materiallarni yaratish va joriy qilishni, shuningdek, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilashni o’z ichiga oladi. Chunki:


Hozirgi zamon texnikasi




Energetika mashinalari

Ishchi mashinalar

Transport mashinalari

Axborot mashinalari


Turbina, ichki yonuv dvigateli elektro dvigatellar va boshqalar



Seyalka, barana, stanok va boshqalar

Samolyot, velosiped, avtomobil va boshqalar

Arifmometr, elektron hisoblash mashinalari va boshqalar

Birinchidan, xuddi mana shu texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi o’sishi, mahsulot birligiga mehnat sarfi kamayishi va uning ishlab chiqarishda band bo’lgan har bir kishi hisobiga ishlab chiqarilishi ko’payishining bosh omili xizmatini o’taydi. Yangi texnika va texnologiya mehnatni va ishlab chiqarishni ilg’or tashkil qilish bilan uyg’unlashgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi, bu esa butun jamiyatning va har bir kishining ortib borayotgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish imkonini beradi. Ikkinchidan, texnika taraqqiyoti uskuna va moddiy resurslardan ancha samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi. Yangi mashinalar ancha unumdorgina emas, balki ishlatishda ancha chidamli, boshqarilishi oson hamdir. Texnika taraqqiyoti, ayniqsa texnologiyasi takomillashtirish mahsulot birligiga sarflanadigan xom ashyo va materiallar miqdorini qisqartiradi, shuningdek, ancha arzon xom ashyodan foydalanish imkonini beradi. Bu esa mahsulot sermehnatligini kamaytirish bilan uyg’unlashgan holda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishiga, korxona va davlat daromadlari ortishiga sharoit yaratadi.

Uchinchidan, texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil qilishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yuqori unumdor texnika, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida eng ko’p samara beradi.

To’rtinchidan, texnika taraqqiyoti mehnat xarakterini tobora o’zgartirib, uni yengillashtiradi. Texnika taraqqiyoti asosida malakasiz qo’l mehnati ixtisoslangan mehnat tomonidan tobora ko’proq siqib chiqariladi. Hozirgi zamon ishchisi o’ta murakkab texnikaning nozik jihatlarini bilib olgan bo’lishi, uni tez o’zlashtirib olishi va undagi mavjud barcha imkoniyatlardan mehnat unumdorligini oshirishda foydalanishi kerak. Undan o’z profissional, texnikaviy va iqtisodiy bilimlarini, umumiy madaniy darajasini doimo oshirib borish talab qilinadi..























Endi yangi texnika va texnologiyani joriy etish haqida fikr yuritamiz. Ishlab chiqarishdagi texnika taraqqiyotining muhim yo’nalishi texnikani muntazam ravishda takomillashtirishdan. Eskirgan texnikani yangi birmuncha unumliroq va tejamliroq texnika bilan almashtirishdan iboratdir.Texnikani takomillashtirish mashinalar, agregatlar va mexanizmlar quvvatini orttirish, ularning ishlash tezligini oshirish, boshqarishda, odatda, ko’p jismoniy mehnat sarflanishini talab qiluvchi oddiy mashinalardan yarimavtomat va avtomat mashinalar va liniyalarga, kompleks-mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan sexlar va korxonalarga o’tish yo’li bilan bormoqda. Mashinalar va boshqa texnikaning mustahkamligini oshirish ham katta ahamiyatga egadir. Texnika qanchalik mustahkam bo’lsa, ishchilarning bekor turishi shunchalik kam bo’ladi, uskuna remonti uchun shunchalik kam vaqt va mehnat talab qilinadi.Ishlabchiqarish texnologiyasi, ya’ni mahsulot tayyorlash va ishlarni bajarish usullari ham tez sur’atlar bilan o’zgarmoqda. Yuqoridagilarning hammasi iqtisodiy o’sish uchun omil bo’lib hisoblanadi. Shu o’rinda iqtisodiy o’sish deganda nimani tushunmoq kerakligi haqida bir oz fikr yuritaylik, iqtisodiy o’sish deganda ijtimoiy mahsulotni ma’lum vaqt davrida sifat va miqdor jihatidan takomillashuvi va o’sishi, buning natijasida, resurslar cheklanganligi bilan bog’liq bo’lgan muammolar hal bo’lishi tushuniladi. Masalan: Hindistonda yalpi milliy mahsulot Shveysariyaga nisbatan 70% ga ko’p, ammo aholisining turmush darajasi Shvesariyaga nisbatan 60 martacha past (aholisining soni ko’p bo’lgani uchun). Yuqoridagilardan ko’rinadiki, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga joriy qilishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy ahamiyati nihoyatda katta ekan.



Fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishning va tadbiq etishning shakllari. Yangi texnologiyani qo’llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Fan-texnika taraqqiyoti rivojlantirishning va tadbiq etishning hozirda quyidagi shakllari mavjud:

- Ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish. Bu ishlab chiqarish korxonalarini bozor iqtisodi sharoitida mahsulot chiqarishga moslantiruvchi loyiha-hujjatlari asosida qayta ta’mirlash kabi yirik ishlarning yig’indisidir. Bundan tashqari sanoatni qishloq joylarga olib kirilishi bilan talab darajasida qishloqda mahsulotlar ishlab chiqarishga ham asoslangan kichik-kichik (mayda biznes) uchun ham bunday hujjatlarni tayyorlash va uni ishlab chiqarishga tadbiq etishni ham o’z ichiga oladi.

- Ishlab chiqarishni robotlashtirish – bu qo’l mehnatini kamaytirishga asoslangan bo’lib, ishlab chiqarish madaniyati va sifatini oshirish uchun xizmat qiladi. Keyingi yillarda mashinasozlik bilan bog’liq qurilayotgan korxonalarning deyarli hammasida bu tadbir amalga oshirilmoqda.

- EHM dan barcha sohalarda foydalanish – bu ham bozor sharoitida eng zarur bo’lib, ishlab chiqarishda inson mehnatini kamaytirish, boshqarishda tezkor va sifatli axborot vositalariga ega bo’lish uchun, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish kabi imkoniyatlarni beradi.

- Chiqitsiz texnologiyani joriy qilish – bu bozor sharoitida tabiiy resurslar cheklanganligini hisobga olgan holda, kishilar ehtiyojini ko’proq qondirish imkoniyatini tug’diradi.

- Yangi texnologiyani tadbiq etish – sifatli tovar va xizmat ko’rsatish imkonini beradi. Lekin har qanday yangi texnologiyani ham ishlab chiqarishga tadbiq etaverish iqtisodiy jihatdan samarali bo’lavermasligi mumkin.Shuning uchun bironta kichik (biznes) korxonasini yoki katta hajmdagi ishlab chiqarish korxonasini yangi texnologiyani joriy qilsa iqtisodiy samaradorlikka ega bo’ladimi, yo’qmi shuni hisob-kitob qilishi kerak. Agar yangi texnologiyani o’z ishlab сhiqarishga joriy qilsa iqtisodiy samaradorlikka erishsagina bunday texnologiyani tezda joriy qilish kerak, aks holda esa, yangi texnologiyani joriy g’ilishdan hech qanday naf bo’lmaydi.



O’zbekistonning yangi industrial mamlakatlar guruhiga kirish strategiyasi. Jahon bozoriga raqobatbop tovar ishlab chiqarish. Ma’lumki, Respublikamiz o’tmishda mustamlaka davrida xom-ashyo o’lkasiga aylanib qolgan, ishlab chiqarish imkoniyati bir tomonlama rivojlantirilgan o’lkaga aylanib qolgan edi. Mustaqillik sharofati bilan Respublika o’z taraqqiyotini belgilab oldi. Endilikda respublikamiz agrar respublikadan ilg’or rivojlangan o’z sanoatiga ega o’lgan respublikaga aylanib bormoqda. Buning uchun neft, ko’mir, elektr quvvati, gaz, rangli metallurgiya, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi ko’plab sanoat korxonalari bunyod etilmoqda, yangi-yangi turdagi mahsulotlar, xususan, akkumulyator, oyna, chini, fosforit buyumlari, jahon bozorida raqobat qila oladiganmashina, asbob-uskunalar, kiyim-kechaklar tayyorlashni yo’lga qo’yish ishlari boshlandi va yakunlanish arafasida. Masalan, Navoiy shahrida oltinni saralash kombinati, Nukusda to’qimachilik kombinati, Samarqandda avtobus va trolleybuslar, Asakada avtomobillar, Xorazmda «Mersedes-bens» yuk mashinalari, Angrenda avtomashinalar, Andijon va Yangiyo’lda esa oziq-ovqat spirti, Jizzaxda qand ishlab chiqaradigan zavodlar qurilmoqda.

Asakada koreyaliklar bilan hamkorlikdagi «O’zDEU avto» korxonasi to’la quvvatda faoliyat ko’rsatsa har yili 180 mingta avtomobil, Samarqanddagi «SamAvto» zavodi negizida yiliga 1000 ta avtobus va 300 ta yuk mashinalari ishlab chiqaradi. Holbuki sobiq SSSR davrida Respublikamiz paxta, ipak, qorako’l teri, rangli metallar, gaz, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda yetakchi o’rinda tursada, bizda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan ko’zga ko’ringan bironta korxonasi yo’q edi.Endilikda amalga oshirilayotgan ishlar O’zbekiston yetakchi sanoatlashgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishini ta’minlaydi.

Yuqoridagilarni amalga oshirishda respublikadagi ichki omillar bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy aloqalar ham muhim rol o’ynaydi. Mamlakatimizni iqtisodiy qudratini oshirish uchun hozirgi kunda ochiq bozor siyosatidan ham foydalanilmoqda, masalan, hozirgi davrda umumiqtisodiy omillardan to’liq foydalanish uchun chet el sarmoyasini ko’proq jalb qilish hamda undan oqilona foydalanishga katta e’tibor berilmoqda.

Chet el sarmoyasi hisobiga ko’proq elektrotexnika asbob-uskunalari, yengil avtomobillar, xalq iste’moli mollari, qurilish ashyolari, meva va konserva mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Masalan, «Tashinterm», Sovplastital va boshqalar shular jumlasidandir. Chet el sarmoyalarining mamlakatimizda jalb qilinishi bo’yicha bir qancha qonunlarqabul qilingan. Masalan, 1994 yil 5 maydagi O’zbekiston Oliy Kengashida qabul qilingan «Tashqi Hamkorlik to’g’risida» va «Xorijiy investisiyalar to’g’risida» gi qonunlar shular jumlasidandir. Shularning hammasi Respublikamizning jahon bozoriga raqobatbop tovarlar ishlab chiqarishga asos bo’la oladi. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash.O`tilgan mavzuni,,muammoli vaziyat’’ va ,,t- sxema’’ pedagogik texnologiyasi asosida mustahkamlaymiz.

Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyat

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Muammoli vaziyatni bartaraf etish yo’llari

Tikuv mashinasi ignasining sinishi

Ignaning noto’g’ri o’rnatilganligi

Ignaning raqami mos kelmasligi

Igna kalta qilib o’rnatilganligi


Mos raqamli igna tanlash

Ignani to’g’ri o’rnatish

Ariqchali qismini oldinga qaratib o’rnatish

1-guruh


“Iphone 6” smartfonining yutuq va kamchiliklarini T-sxemada ifodalang

Yutuqlari

Kamchiliklari





2-guruh


Yangi “PINTYUM 5” kompyuterinining yutuq va kamchiliklarini T-sxemada ifodalang

Yutuqlari

Kamchiliklari








Darsni yakunlash va uyga vazifa berish. Uyga vazifa; mavzuga oid qo`shimcha ma`lumotlar topib kelish va sinfdagilarga so`zlab berish, kelgusi dars uchun kerakli narsalarni aytish, ish o`rnini yig`ishtirish, o`quvchilarni baholash.
Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish