O‘zbеkistоn rеspublikаsi xаlq tа’limi vаzirligi rеspublikа tа’lim mаrkаzi



Download 75.5 Kb.
Sana11.06.2017
Hajmi75.5 Kb.
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI

RЕSPUBLIKА TА’LIM MАRKАZI

2011-2012 O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 10-11 SINFLAR O‘QUVCHILARI UCHUN JISMОNIY TАRBIYA FАNIDАN IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR TO’PLAMI




TОSHKЕNT – 2012

Imtihon materiallari va tavsiyalar Respublika Ta’lim markazi qoshidagi ilmiy-metodik kengashlar tomonidan muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.

Maktab metodbirlashmalari imtihon biletlariga 15-20 % hajmda o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Tuzuvchilar:

JISMONIY TARBIYA
Q. Galaev - RTM «Jismoniy tarbiya» fani bosh metodisti.

Nashr uchun mas’ul



N. Sh. Turdiyev


Imtihon materiallarini ko‘paytirib tarqatish ta’qiqlanadi.

Jismoniy tarbiya

Respublikamizda yoshlarni jismonan sog’lom, quvnoq, o’z xalqiga sadoqatli mehnat qilishga tayyor va vatanini himoya qiluvchi avlod bo’lib yetishishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chindan ham jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullangan o’quvchi, qad-qomati kelishgan, baquvvat, kuchli, matonatli, epchil, chidamli, botir, mard, shijoatli bo’lib voyaga yetadi.

Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani bo’yicha bitiruvchi XI sinflarda yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Uning asosiy maqsadi, o‘quvchilarni jismoniy tarbiya fanidan olgan nazariy va amaliy bilimlarni qay darajada eganlaganliklarini aniqlash, shuningdek maktab pedagogic jamoasi va ota-onalarning bolalar salomatligiga javobgarligini kuchaytirishdan iboratdir.

Yakuniy nazorat ishlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga tayangan holda o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya darslarida qatnashgan bitiruvchi XI-sinf o‘quvchilari yakuniy nazorat topshirishlari shart. O’quv yili davomida jismoniy tarbiya darslariga qatnashib kelgan o’quvchilar imtihondan oldin o’zining hududiy oilaviy shifoxonasidan (poliklinika) sog’ligi haqida tibbiy ko’rikdan o’tganligi to’g’risida, shifokor ruxsati (spravka) bilan imtihonga qatnashishi kerak. Imtihon kuni sog’ligi (betobligi) tufayli yakuniy nazoratga qatnashmasa, o’quvchi qayta tibbiy nazorat ko’rigidan o’tib, shifokor xulosasi hamda ruxsati bilan hay’at raisi tomonidan belgilangan vaqtda imtihonni topshirish talab etiladi.

O‘quv yili davomida jismoniy tarbiya darslariga qatnashmagan ya’ni kassalligi tufayli tibbiy nazorat varaqasi (VKK) bo’lgan o’quvchilar imtihondan ozod qilinadilar. Kassalik varaqasiga asosan tibbiy guruhlarga ajratilib, maxsus dastur asosida haftasiga 2 martadan shug’ullangan o’quvchilar bosqichli nazorat topshirmaydilar, lekin jismoniy tarbiya o’qituvchilari tomonidan mahsus ishlab chiqilgan (kassalik varaqasiga binoan) sog’lomlashtiruvchi mashqlar majmuasini bajarib ko’rsatadilar. Mashqlarni bajarib ko’rsatish hamda uni nazariy tomondan tushuntirib berish darajasiga garab jurnalga “sinovdan o‘tdi” yoki “sinovdan o‘tmadi” deb yoziladi. Bosqichli nazorat o’tkazish jarayonida albatta tibbiyot xodimi bo’lishi shart (shifokor yoki hamshira).

Yakuniy nazorat ishlari bo‘yicha hay’at a’zolari tarkibi maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi va tarkibiga hay’at raisi, nazorat oluvchi o‘qituvchi, assistent (yordamchi) kiritiladi. (a’zolar soni 4 tadan oshmasligi kerak). Bosqichli nazorat o‘tkazishdan oldin hujjatlarning bayonnomasi tayyorlab qo‘yilishi lozim (bayonnomaga faqat ko‘k ruchka bilan yozish tavsiya etiladi).

Yakuniy nazorat ishlariga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir oy oldin maktabning ko‘rinarli joyiga savol va topshiriqlar ilib qo‘yiladi. Belgilangan muddatda qo‘shimcha maslahat darslari, qo‘shimcha amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. Nazariy savollarni jismoniy tarbiya o‘qutuvchisi bir oy oldin yozib konvertga soladi va maktab direktoriga muhrlangan holda topshiradi.

Jismoniy tarbiya fanidan imtixonlar ikki kunda o`tkaziladi. Birinchi kuni o’quvchilar sinf xonasida yozma ravishda nazariy savollarga javob berishlari kerak. Nazariy savollarga alohida biletlar tayyorlanadi. Har bir biletda ikkitadan savol bo‘lib, o’quvchilar berilgan savollarga javoblarni yozma ravishda bayon etadilar. Shu kuni o’quvchilar ertaga bo’ladigan jismoniy tayyorgarlikni tekshirish maqsadida o’tkaziladigan amaliy mashqlar bo’yicha billet oladilar.

Ikkinchi kuni bosqichli nazorat ishlari bo’yicha amaliy mashqlarni topshrish uchun o’quvchilar 2 guruhga bo’linadilar (qiz bolalar va o’g’il bolalar). Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib olingan biletlar bo’yicha 4ta berilgan topshriqlarni birin ketin ko’rsatilgan tartibda bajaradilar.

Nazariy savol nazorati tugatilgandan so‘ng yordamchi (assistent) tomonidan yakuniy nazorat bayonnomasining birinchi bandi to‘ldiriladi, so’ngra amaliy nazorat topshirilgandan so‘ng bayonnomaning ikkinchi bandi ham to‘ldiriladi va barcha hujjatlar imzolanib, direktorga topshiriladi.



O‘quvchilarning har bir amaliy va nazariy savolga javoblari 5 ballik tizim asosida baholanadi. Ballar umumlashtirilib o‘rtacha baho chiqariladi.
Nazariy savollarga berilgan javoblarni baholash mezoni

T/r

Baholash mezoni

Baho

1.

Savol mazmunan to‘la ochib berilsa, fikrlari to‘liq va aniq bo‘lsa

5

2.

Javoblar to‘g‘ri, lekin ikkilanish va taxmin bo‘lsa

4

3.

Javoblar qisman to‘g‘ri, tushunchalarni izohlashda bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa

3

4.

Javoblar to‘g‘ri xulosalanmagan, fikrlar va tushunchalarda xatolar ko‘p bo‘lsa

2

5.

Tushunchalar noto‘g‘ri talqin etilgan, javoblarda xato bo‘lsa

1

6.

Hech qanday javob berilmagan bo‘lsa

0

Amaliy mashg‘ulotlarni baholash mezoni

T/r

Baholash mezoni

Baho

1.

Talab qilingan mashqlarni bajarishda mashq elementlari o‘rtasidagi bog‘lanish to‘g‘ri, erkin, ishonchli bajarilsa

5

2.

Talab qilingan mashq erkin, ishonchli elementlarga bog‘liq holda bajarilib, 2 tadan ortiq juz’iy xatoga yo‘l qo‘yilsa

4

3.

Mashq qisman bajarilsa, lekin bitta qo‘pol xatoga va 1 ta juz’iy xatoga yo‘l qo‘yilsa

3

4.

Mashq bajarishda 3 tadan ortiq qo‘pol va juz’iy xatoga yo‘l qo‘yilsa

2

5.

Mashq bajarilmasa

1

6.

Hech qanday harakat bo‘lmasa

0

NAZARIY SAVOLLAR


  1. Basketbol qachon qayerda kim tomonidan kashf qilingan?

  2. Basketbolda necha taym o’ynaladi va har bir taymda necha marta bir daqiqali tanafus olish mumkin?

  3. Basketbol maydoni, shitni o’lchami va o’yinda nechta hakam hakamlik qiladi?

  4. Qo’l to’pi o’yini qachon, qayerda, kim tomonidan kashf qilingan?

  5. Basketbol o’yinining kelib chiqish tarixi va uning qoidalari?

  6. Yurakni qisqarish chastotasi qanday qilib aniqlanadi?

  7. Qaddi-qomatni to’g’ri saqlash uchun qaysi mushak guruhlarini rivojlantirish lozim?

  8. Voleybol o’yinining kelib chiqish tarixi va o’yin qoidalari?

  9. Sport gimmnastikasida qanday jihozlardan foydalaniladi?

  10. Akrobatika mashqlari va akrobatikani turlarini aytib bering?

  11. 1998-1999 yillarda “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan sportchilar kimlar?

  12. Jismoniy sifatlar va engil atletikani turli-tuman turlarini qanday bajarilishi haqida gapirib bering?

  13. Tennis koptogini to’g’ri uloqtirish texnikasi amaliyotda qanday amalga oshiriladi?

  14. Engil atletika bo’yicha musobaqalarda hakamlik qilish qoidalarini aytib bering?

  15. “Umid nihollari” sport musobaqalariga sportni nechta turi kiritilgan?

  16. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda depsinish joyi qanday o’lchanadi?

  17. Teri va badanni parvarishlash qanday gigiyenik ahamiyatga ega?

  18. O’zbekistonda birinchi futbol jamoasi qachon va qaerda tashkil etilgan?

  19. Kurashni kelib chiqish tarixi va uning turlarini aytib bering?

  20. Xalqaro milliy kurash assoststiyasi qachon tashkil etildi, uni faxriy prezidenti kim?

  21. XXVII yozgi Olimpiada o’yinlarida chempion va sovrindorlari kimlar?

  22. Voleybol o’yinida to’pni ustidan oshirib uzatishni nechta usuli bo’ladi?

  23. Qo’l to’pi o’yinida 7 metrli jarima to’pi nima uchun beriladi?

  24. Basketbol o’yinida xujum va himoya texnikasini aytib bering?

  25. XXVIII yozgi Olimpiada o’yinlari qachon, qayerda bo’lib o’tdi va O’zbekistonlik sportchilarining nechtasi sovrinni qo’lga kiritdi?

  26. Basketbol to’pini savatga tashlashning qanday usullarini bilasiz?

  27. Qaysi sport turida ko’proq kuch va tezlik kabi jismoniy sifatlar rivojlanadi?

  28. Kuch deb nimaga aytiladi va unu rivojlantirish usullari?

  29. Chidamlilik deb nimaga aytiladi va uni rivojlantirish usullarini aytib bering?

  30. Tezlik deb nimaga aytiladi va uni rivojlantirish usullarini aytib bering?

  31. Kun tartibini tashkil etish. Uning tarkibiga nimalar kiradi va uni kishi salomatligi uchun ahamiyati?

  32. Kurashda qanday asosiy qoidalarga amal qilish lozim?

  33. Chaqqjnlik deb nimaga aytiladi va uni rivojlantirish usullarini aytib bering?

  34. Futbol maydonini kattaligi, darvozani o’lchami, o’yin qoidalaridagi o’zgarishlarni aytib bering?

  35. Zamonaviy Olimpiya o’yinlarining kelib chiqih tarixi?

  36. To’g’ri qomat deganda nima tushuniladi va u qanday mashqlar yordamida shaklantiriladi?

  37. Egiluvchanlik deb nimaga aytiladi va uni rivojlantirish usullarini aytib bering?

  38. Basketbol o’yinida musobaqa necha daqiqadan o’tkazladi?

  39. Boleybol o’yini qanday jismoniy sifatlarni rivojlantiradi?

  40. XXIX yozgi Olimpiada o’yinlari qachon, qayerda o’tkazildi va sportchilarimiz qancha medalni qo’lga kiritishdi?

  41. Shikastlanganda (dars jarayonida) birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qanday amalga oshiriladi?

  42. Mustaqil topshiriqlarni bajrishning asosiy qoidalari qanday?

  43. Sog’liq va bardamlikni oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati?

  44. Basketbol to’pining aylanasini uzunligi va og’rligi qancha bo’ladi (qizlar va o’g’il bolalar uchun)?

  45. Kishini jismoniy rivojlanishi deganda nima tishuniladi va uni asosiy ko’rsatkichlari?

  46. Xarakatli o’yinlar va uning salomatlikka ta’siri?

  47. Futbol o’yinining asosiy texnikalarini sanab o’ting?

  48. Ertalabki gigiyenik gimnastika bilan dars oldidan o’kaziladigan gimnastikani farqi nimada?

  49. Odam organizmidagi suv va mineral moddalar miqdori qancha bo`ladi?

  50. Egiluvchanlik jismoniy sifati. Uni qanday mashqlar yordamida rivojlantirish mumkin?



(QIZ BOLALAR UCHUN)
1–bilet

1. Yugurib kelib uzunlikka «Oyoqni bukish» usulida sakrash (sm)-370-340-310.

2. 60 metrga yugurish (sek.) – 9,1 – 9,6 – 10,0.

3. 4x10 metrga mokisimon yugurish (sm) – 10,9 – 11,3 – 11,6.

4. Qol topini 30 m masofaga urib borish (sekunt)-6:5-6:7-6:9.

2 – bilet

1. Basketbol topini jarima maydonidan 9 imkoniyatda savatga tushirish -

7-5-3.

2. Chalqancha yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib, gavdani ko‘tarish (1min.marta) - 37-32-25.



3. Past turnikda osilgan holda tortilish (marta) – 25 – 21 – 18.

4. Voleybo‘l to‘pini devorga otib qaytgan topni yerga tushurmay 20 martagacha yuqoridan qaytarish-20-25-10.



3 – bilet

1. Past turnikda osilgan holda tortilish (marta) 25 – 21 – 18.

2. 100 metrga yugurish (sek.) – 16,3 – 16,8 – 17,3.

3. Yugurib kelib tennis koptogini uzoqqa uloqtirish (metr) – 37-33-29.

4. Basketbol to‘pini 7m masofadan urib borib savatga tushurish (6 imkoniyatdan) - 6-3-1.

4-bilet

1. Yugurib kelib tennis koptogini uzoqqa uloqtirish (metr) – 37 – 33 – 29.

2. 100 metrga yugurish (sek.) – 16,3 – 16,8 – 17,3.

3. Chalqancha yotgan holatda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib, gavdani ko‘tarish (1 min.marta) – 37- 32 – 25.

4. Yugurib kelib balandlikka “Hatlab o‘tish” usulida sakrash (sm)–120–115-110.
5 – bilet

1. 2000 metrga yugurish (min.sek) - 10,50 - 12,0 - 13,0.

2. Yugurib kelib uzunlikka “Oyoqni bukish” usulida sakrash (sm) – 370 – 340 – 310.

3. Voylebol topini hujumkor zarba orqali 3m masofaga urish (5imkoniyatda)-4-2-1.

4. Yugurib kelib tennis koptogini uzoqqa uloqtirish (metr) – 37 – 33 – 29.

(O‘G‘IL BOLALAR UCHUN)
1 – bilet

1. Voleybol topini devorga otib qaytgan topni yerga tushurmay yuqoridan qaytarish (25 imkoniyadan) – 22-16-11.

2. Yugurib kelib, uzunlikka sakrash (sm) – 460 – 420 – 370.

3. Qo‘l to‘pini 30 metr masofadan to‘g‘ri urib yurish - 6:4-6:7-6:9.

4. 3000 metrga yugurish (min.sek.) – 12,30 – 13,00 – 14,25.

2 – bilet

1. 100 metrga yugurish (sek.) – 13,6 – 14,8 – 15,0.

2. Basketbol topini jarima maydonidan 9imkoniyatdan savatga tushurish - 7-5-3.

3. Yugurib kelib 700 grammli granatani uloqtirish (metr) – 40 – 35 – 32.

4. Oyoqlar yordamisiz 4 metrli arqonga tirmashib chiqish (min) - 12-15- 18.

3 – bilet

1. Yugurib kelib 700 grammli granatani uloqtirish (metr) – 40 – 35 – 32.

2. Voleybo‘l to‘pini hujumkor zarba orqaliy 3 metr masofaga tushirish (5imkoniyatdan) - 4-3-2.

3. 4 x10 metrga mokisimon yugurish (sek) - 10,0 – 10,2 – 10,4.

4. Baland turnikda kuch bilan ko‘tarilish (marta) – 4 – 3 –2.

4 – bilet

1. Oyoqlar yordamisiz 4 metrli arqonga tirmashib chiqish (min) - 12-15- 18.

2. Baland turnikda tortilish (marta) – 14 – 10 – 7.

3. 3000 metrga yugurish (min.sek) – 12,30 – 13,00 – 14,25.

4. Yugurib kelib balandlikka sakrash (sm) – 135 – 130 – 125.

5 – bilet

1. Futbol o‘ynida janglyorlik usularini bajarish - 25-17-12.

2. 100 metrga yugurish (sek) – 13,6 – 14,8 – 15,0.

3. Baland turnikda tortilish (marta) – 14 – 10 – 7.



4. Yugurib kelib balandlikka sakrash (sm) – 135 – 130 – 125.
Katalog: apache -> info uzb -> 304 -> files
files -> Xalq ta`limi vazirligi respublika ta`lim markazi
files -> O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli imtihon materiallari va metodik tavsiyalar
files -> Geografiya 8-sinf So`z boshi
files -> Xalq ta`limi vazirligi respublika ta`lim markazi
files -> Xalq ta`limi vazirligi respublika ta`lim markazi
files -> Xalq ta`limi vazirligi respublika ta`lim markazi
files -> O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
files -> O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
files -> Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan bosqichli nazorat 8-sinf Tushuntirish xati
files -> O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi

Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik