O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi



Download 82,39 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2017
Hajmi82,39 Kb.
#2763
  1   2

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

2014-2015-O‘QUV YILIDA UMUMIY 0‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 4-SINF 0‘QUVCHILARI UCHUN ONA TILI, MATEMATIKA, JISMONIY TARBIYA FANLARIDAN 0‘TKAZILADIGAN BOSQICHLI IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR TO‘PLAMI

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2015

Boshlang‘ich ta’limda ona tili fanining ahamiyati beqiyosdir. Ona tili (o‘qish) ta’limi boshlang'ich sinf o‘quvchilarining tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga. ularda erkin fikrlay olish, o‘z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda bayon qila olishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda boia olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Joriy o'quv yilida umumiy o'rta ta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari bosqichli nazorat imtihonida ona tili fanidan grammatik topshiriqli diktant yozadilar. Bu jarayon(sinfdan-sinfga ko'chirish) ona tili fanidan о‘quvchining DTS talablarini bajarishdagi bilim, ko‘nikma, malaka (kundalik hayotda qo‘llash) darajasini aniqlaydi. Bu esa boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligining ortishiga xizmat qiladi.

Grammatik topshiriqli nazorat diktantini o‘tkazish tartibi



0‘qituvchi tomonidan nazorat materiallari oldindan ko‘paytirilib,

  1. ta konvertga solinadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu variantlar imtihon vaqtida o'quvchilarga taqdim etiladi. 0‘quvchilardan bin 8 ta konvert ichidan bittasini tanlaydi va ochadi. O'quvchi konvert ichidagi diktant sarlavhasini o‘qiydi. 0‘quvchilarning imtihongahozirligi ko‘zdankechirilgach, o‘qituvchi o‘quvchilar diqqat-e’tiborini jalb qilgan holda diktant matnini bir marta ifodali o‘qib beradi. Matnni talaffuz me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali o‘qish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga va matn mazmunini hamda tarbiyaviy ahamiyatini o'quvchilar ongiga singdirishgayordam beradi. 0‘qituvchi matndagi imlosi qiyin so'zlarni doskaga yozib, talaffuz va imlosini qisqa izohlaydi. Keyin o'qituvchi doskaga, o’quvchilar esa o‘z daftarlariga sana va sarlavhani tartib

з

bilan, har birini xatboshidan yozadilar. Shundan so‘ng matn aytib yozdiriladi. Shuni ta’kidlash zarurki, so‘zni bo‘g‘inlab yoki so‘zma- so‘z aytib turish mumkin emas. Har bir gap, so‘z birikmasi ko‘pi bilan uch marta takrorlanishi mumkin. Matnda o‘quvchilar yozishi qiyin bo‘lgan yoki o‘rganilmagan qoidalar asosida yoziladigan qiyin so‘zlar uchrasa, o‘qituvchining doskaga yozib beriladigan bunday so‘zlar ikki yoki uchtadan oshmasligi kerak. Diktant yozib boiingach, o‘quvchilar diqqatini jalb qilgan holda o‘qituvchi matnni sekinroq sur’at bilan yana bir marta o‘qib beradi. 0‘quvchi o‘z xatosini topsa, uni to‘g‘rilashiga yoki tushirib qoldirilgan so‘zni yozishiga imkoni bo‘ladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan grammatik topshi- riqlar mustaqil bajariladi.

Grammatik topshiriqlar quyidagi у о ‘nalishlarda bo‘ladi:

  1. Fonetik tahlil.

  2. So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil.

  3. So‘z turkumlari yuzasidan tahlil.

  4. Gap boiaklari yuzasidan tahlil.

  5. Leksik tahlil.

Bosqichli nazorat imtihoni uchun 45 daqiqa ajratiladi. 0‘qituvch belgilangan vaqt ichida o‘quvchilar daftarlarini yig‘ib oladi.

Eslatma: Nazorat diktanti matnini boshlang‘ich sinf o‘qituvchi- lari 15-20% hajmida boshqa matnlar bilan almashtirish huquqiga ega. Bu yangi matnlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metod birlashmasida ko‘rib chiqilib, ma’qullanishi va maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi shart.

0‘qituvchi tomonidan tanlangan grammatik topshiriqli nazorat diktant matnlar Vatan, mustaqillik, milliy istiqlol g‘oyasi, do‘stlik, odob-axloq, ahillik, hurmat, kamtarlik, bag‘rikenglik hamda tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularga oid bo‘lib, o‘quvchilarning savodxonligini oshirish bilan birga, bilim doirasini va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi kerak.

Matn tanlashda quyidagilarga e’tibor berish zarur:

  • matn bir shaxs tilidan ifoda etilgan bo‘ lishi;

  • matnda ko‘chirma, qo‘shma gaplar, qo‘shma so‘zlar, kirish so‘z va birikmalar bo‘lmasligi;

  • matn 2-3 xatboshidan va 75-80 so‘zdan iborat bo‘lishi;

  • ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ lishi;

  • o‘rganilmagan qoidalarga doir til birikmalarining ishtirok etmasligi.

Baholash mezonlari:

Nazorat diktantida o‘quvchilar imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik- lari, tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatishlari, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga rioya qilishlari, husnixatlarining talab darajasida boiishi, matnda xatboshilarga rioya qilishlari, grammatik topshiriqlarni mustaqil bajarishlari kerak bo‘ladi.

Har bir о 'quvchining BKM larini tekshirishda quyidagilcirga e'tibor heriladi:

  1. Imloviy savodxonlik darajasi.

  2. Tinish belgilarining to‘g‘ri ishlatilishi.

  3. Xatboshilarga rioya qilinishi.

  4. Fonetik tahlil.

  5. So‘z tarkibiga lco‘ra tahlil.

  6. So‘z turkumiga ko‘ra tahlil.

  7. Gap bo‘laklariga ko‘ra tahlil.

  8. Leksik tahlil.

  9. Yozuvning husnixat talablariga mosligi.

  10. Diktant matniga tuzatishlar kiritilganligi yoki kiritilmaganligi.

Bosqichli nazorat imtihonidao‘tkaziladigangrammatik topshiriqli diktant ona tili fanidan DTS va o‘quv dasturida belgilangan talablarga mos holda tuzilgan bo‘lib, har bir topshiriq “5 ball” bilan baholanadi. Umumiy ball BKMlar soniga bo‘linadi vaumumiy baho sinf jurnaliga qolyiladi.

Diktant matnlari va grammatik topshiriqlardan namunalar

KO‘LDA

Yam-yashil o'rmon yonida ko‘l bor. Uning suvi tip-tiniq, oynaday yaltiraydi. Tiniq koida yashil daraxtlar oynada aks etgandek ko‘rinardi. Ko‘l atrofi yam-yashil o‘tloq. 0‘rmonda yashovchi barcha jonivorlar shu koida yuvinishar, tashnaliklarini qondirishardi.

Gohida oq, sariq, olachipor o‘rdaklar koida suzganida xuddi ertaklarda tasvirlangan manzara hosil boiadi. Kiyiklar koi chetida suv ichib, hadiksirab o‘ng-soiga qarardi. Tustovuq, kakliklar koi atrofida xuddi o‘yinga tushgandek harakat qilishardi.

Koining o‘ziga xos xosiyati bor. Uning suvi juda shifobaxsh.

(75 ta so‘z)

Grammatik topshiriqlar:

  1. "O'rdak” so‘zini fonetik tahlil qiling.

  2. "Gul” so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

  3. Uning suvi tip-tiniq, oynaday yaltiraydi." gapini so‘z turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  4. Kiyiklar ко 7 chetida suv ichib, hadiksirab о ‘ng-so ‘Iga qarardi. ” gapini gap boiaklari yuzasidan tahlil qiling.

  5. Chiroyli” so‘ziga zid ma’noli so‘z toping.

TOSHKENTIM - ONAM

Vatanimizning poytaxti - Toshkent. U juda go‘zal shahar. Ko‘chalari keng va ozoda. Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar.

Toshkentda 0‘zbekiston havo yoilari, temir yoi vokzali bor. Toshkent aeroportidan har kuni dunyoning turli shaharlariga sa- molyotlar uchadi. Poytaxtimizga havo yoilari orqali xorijiy davlat- lardan ko‘plab mehmonlar keladi.

Toshkent temir yoiidan Samarqand shahriga“Afrosiyob”tezyurar poyezdi qatnay boshladi. U ikki soatda Samarqandga yetib boradi.

Poytaxtimizning ko‘chalari kengaytirildi. Tezyurar tramvay yoilari qurildi. Ular kishilar vaqtini tejab, Mustaqil yurt fuqarolariga xizmat qilmoqda.

(76 ta so‘z)

Grammatik topshiriqlar:

  1. Mehmonlar’’ so‘zini fonetik tahlil qiling.

  2. Boshla”so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

  3. Vatanimizning poytaxti — Toshkent” gapini so‘z turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  4. Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar” gapini gap boiaklariga ko‘ra tahlil qiling.

Go'zal" so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

G‘anijon juda yoshligidan shaxmat o‘ynashga qiziqardi. Uning otasi va akasi ham shaxmat ustasi edilar. G‘anijon doimo ularning o‘yinlarini kuzatib borardi.Ko‘pincha akasini holi-joniga qo‘ymay, o‘rgatishni iltimos qilardi. Akasi ham ukasining ra’yini qaytarmay shaxmat sirlarini qunt bilan o‘rgatardi. G‘anijon shaxmat o‘yinini o‘rganib oldi. Keyinchalik u maktabdagi shaxmat to‘garagiga qatnasha boshladi.

G‘anijon maktabda va tuman miqyosida o‘tkazilgan shaxmat musobaqalarida bir necha marotaba g‘olib chiqdi. 0‘rtoqlari uni G‘anijon shaxmatchi deyishadi. G‘anijonning orzusi kelajakda yetuk usta shaxmatchi bo‘lishdir.

(77 ta so‘z)

Grammatik topshiriqlar:



  1. To ‘garak” so‘zini fonetik tahlil qiling.

  2. Sirlarini ” so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

  3. Uning otasi va akalari shaxmat ustasi edilar’’ gapini so‘z turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  4. G ‘anijon shaxmat о 'yinini о ‘rganih oldi" gapini gap boiaklari yuzasidan tahlil qiling.

  5. G'olib ” so‘ziga zid ma’noli so‘z toping.

NON USHOG I

Boboning to‘rtyoshli kichkina nevarasi bor. Uning ismi Anvarjon. U sho‘x, quvnoq bola. Anvarjonning ko‘zlari tim qora. Yerga ursa, ko‘kka sakraydi. Kunlarning birida boboning oila a’zolari dasturxon atrofiga yig‘ilishdi. Anvarjon nonning ushog‘ini yerga to‘kib yer edi. Bobosi gilam ustidagi ushoqlarni terib, likopchaga soldi. Kevin ushoqlami deraza oldida turgan musichalarga berdi. Bobo non ushog‘ini uvol qilish mumkin emasligini nevarasiga tushuntirdi. U bobosining nasihatini tingladi. Anvarjon uvol bilan savob nimaligini bilib oldi. Non ushog‘ini yerga tushirmaslikka ahd qildi.

(78 ta so‘z)

l

Grammatik topshiriqlar:

  1. "Dasturxon” so‘zini fonetik tahlil qiling.

  2. "Ko'zlari” so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

  3. Boboning to'rt yoshli kichkina nevarasi bor” gapini so‘z turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  4. U bobosining nasihatini tingladi" gapini gap bo‘laklari yuzasidan tahlil qiling.

  5. "Kichkina” so‘ziga zid ma’noli so‘z toping.

ULUG‘ BOBOMIZ

Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy Hirot shahrida tavallud topdi. Otasi G‘iyosiddin Muhammad o‘glining tarbiyasiga katta ahamiyat berdi. Alisher yoshligidan ko‘p kitob o‘qidi. U yetti-sakkiz yoshida- noq she’rlar yoza boshladi. Alisher Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lib tanildi. Navoiy obodonchilikka doir ishlar qildi. Ariq qazib, suv keltirdi, bog‘-rog‘lar yaratdi. Masjid va madrasalar qurdirdi.

Bobomizning hayot yo‘li vatandoshlarini baxtli etish, mamlakatni obod qilishdan iborat bo‘ldi. Bobomiz tinchlik uchun ko‘p vaqt sarflaganlar.

Bunday fidoyilik bugungi kunda ham barcha insonlarga ibratdir.

(79 ta so‘z)

Grammatik topshiriqlar:

  1. Tavallud” so‘zini fonetik tahlil qiling.

  2. "Vatandoshlarini” so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

  3. "Alisher yoshligidan ko'p kitob o'qidi” gapini so‘z turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  4. "Ariq qazib, suv keltirdi, bog''-rog4ar yaratdi” gapini gap bo‘laklari yuzasidan tahlil qiling.

  5. "Ulug‘‘ ” so'ziga ma’nodosh so‘z toping.

SHOIRA

Shoira maktabda a’lo baholarga o‘qiydi. Keyingi paytlarda Shoiraning bahosi sal pasaydi. Habiba opa bundan tashvishga tushdi. Shoira dugonasi Qutbilarnikiga ko‘p boradigan bo‘ldi.

Habiba opa bir kuni ishdan erta qaytdi. Qarasa, eshik qulf. Shoirani izlab Qutbilarnikiga bordi. U yerda Shoira terlab-pishib kir chayib turibdi. Habiba opaning ko‘zi ko‘rpa-to‘shak qilib yotgan kampirga tushdi. Unga yaqinlashib salomlashdi. Kampirdan hol-ahvol so‘radi.

Shoira dugonasi Qutbiga yordam berayotganini ko‘rgan Habiba opaning ko‘ngli yumshadi. Xursandligidan qizining yelkasini siladi.

(80 ta so‘z)

Grammatik topshiriqlar:

  1. Eshik” so'zini fonetik tahlil qiling.

  2. Shoirani” so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

  3. Habiba opaning ко ‘zi ко ‘rpa-to ‘shak qilib yotgan kampirga tushdi” gapini so‘z turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  4. Xursandligidan qizining yelkasini siladi ” gapini gapboiaklari yuzasidan tahlil qiling.

  5. Erta” so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

TOSHBAQA

Toshbaqa juda yuvosh, sekin harakat qiluvchi jonivordir. Bahor kelishi bilan toshbaqalar inlaridan chiqib, ovqat izlay boshlaydi. Ular maysa, o‘tlar bilan oziqlanadi. Onda-sonda hasharotlarni ham tutib yeydi.

Toshbaqani uy sharoitida ham boqish mumkin. U sabzi, karam, tarvuz, qovun, olmapo‘sti va beda yeydi. Toshbaqayarim yil narsa yemay ham yashay oladi. Saratonning juda issiq kunlarida oz-oz suv ichadi.

Toshbaqalar juda uzoq yashaydi. Ularning ustidagi qattiq kosa- chasi xavf-xatardan saqlaydi. Biror sharpani eshitsa, darrov boshini kosa ichiga oladi.

(80 ta so‘z)

Grammatik topshiriqlar:

  1. Harakat" so'zini fonetik tahlil qiling.

  2. Hasharotlarni” so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

3 .“Ular maysa, o'tlar bilan oziqlanadi" gapini so‘z turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  1. Toshbaqalar juda uzoq yashaydi” gapini gap bo‘laklari yuzasidan tahlil qiling.

  2. "Sekin ” so‘ziga ma’nodosh so‘z toping.

QOVUN SAYLI

Men, Hasan, Husan, Fotima, Zuhralar mashinaga chiqib oldik. Paxtazorlarni yoqalab o‘tib cho‘lga chiqdik. Cho‘lga chiqishimiz bilan qovun poliziga kirdik. Uzun-uzun pushtalarda katta-katta olachipor tarvuzlar dumalab yotibdi. Ko‘m-ko‘k palaklar ichida sarg‘ayib qovunlar ko‘rinadi.

Biz poliz oralab salqin chaylaga kirdik. Tog‘am dasturxon yoz- dilar. Hasan choydishga o‘t yoqqani o‘choq boshiga chiqdi.

Chaylada yangi uzilgan umrboqi, ko‘kalapish, doniyor qovunlar, qo‘zivoy tarvuzlar dumalab yotibdi.

Tog‘am qovunlarning sarasini tanlab so‘ydi. Qovunning bir karji og‘zimda erib ketdi. Qovunning bir kosasini paqqos tushirdim.

(80 ta so‘z)

Grammatik topshiriqlar:



  1. Qovun ” so‘zini fonetik tahlil qiling.

  2. "Paxtazorni” so‘zini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.

3“Tog‘am qovunlarning sarasini tanlab so‘ydi” gapini so‘z

turkumi yuzasidan tahlil qiling.

  1. *‘Biz poliz oralab bejirim chaylaga kirdik ” gapini gap boMaklari yuzasidan tahlil qiling.

  2. Yangi” so‘ziga zid ma’noli so‘z toping.

MATEMATIKA

Boshlang‘ich ta’limning matematika fani o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga, egallagan bilimlarini kundalik hayotlarida qoilashga hamda umumiy o‘rta ta’limning 2-bosqichida o‘qishlari uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 2014-2015 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari bosqichli nazorat imtihonida matematikadan yozma ish yozadilar.

4-sinfda bosqichli imtihon o‘tkazishning asosiy maqsadi - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dastlabki matematik bilimlarini, ya’ni sonlar to‘g‘risidagi tasavvurning shakllanganligi, hisoblash ko‘nikmalarining hosil qilinganligi, matematik munosabat belgilari- dan foydalana olishi, eng sodda geometrik shakllami tekislikda tasvirlay olishi, amaliy masalalami yechishda arifmetik amallarni qo‘llay olishi kabi malakalarni aniqlashdan iborat.

Nazorat materiallari 6 ko‘rinishda bo‘lib, har biri 2 variantda tuzilgan. Har bir variantda 5 tadan topshiriq bor. Ushbu ko‘rinishlar qatordagi o‘quvchilar soniga qarab, oldindan ko‘paytiriladi. Ular 6 ta konvertga solinadi, muhrlanadi va maktab direktorida saqlanadi.

Yozma nazorat ishini o‘tkazish va baholash tartibi



Bosqichli nazorat imtihonida o‘quvchilarga bittadan muhrlangan katak daftar beriladi. 0‘quvchilar esa o‘zlari bilan chizg‘ich va ruch- ka (qalam) olib keladilar. 0‘qituvchi o‘quvchilarni qator bo‘yicha variantlarga ajratadi. So‘ngra har bir qatordan bir o‘quvchi chiqib, o‘qituvchi stoliga teskari qilib qo‘yilgan konvertlardan birini oladi. Shu qatordagi barcha o‘quvchilarga ko‘paytirilgan ko‘rinishdagi 1- va 2-variantlar tarqatiladi. Variantlar tarqatilgandan so‘ng 0‘qituvchi zaruriy tushunchalar beradi va vaqtni belgilab doskaga yozib qo‘yadi. Yozma islini o‘tkazish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Bu vaqt ichida o‘quvchilar hisoblash ishlarini, masala va tenglamalar yechish va boshqa topshiriqlarni yozma ravishda bajaradilar.

Bosqichli imtihonda matematikadan DTS va o‘quv dasturida belgilangan talablar asosida o‘quvchilaming egallagan bilim, ko‘- nikma va malakalari tekshiriladi. Har bir yozma javob 5 ballik reyting tizimida baholanadi. 5 ta topshiriq bo‘yicha to‘plangan ballar jamlanib, 5 ga boiinadi va yaxlitlanadi. Yaxlitlangan o‘rtacha ball imtihonning haqiqiy bali hisoblanadi va sinf jurnaliga qo‘yiladi.

1-ko‘rinish I - variant



  1. Hisoblang:

27-( 82 698 : 3 - 2 855 : 5 ) + 212

  1. Masalani yeching:

Samolyot 2 400 km masofani 3 soatda uchib o‘tdi. Birinchi soatda butun masofadan 3 marta, ikkinchi soatda esa 2 marta kam masofani uchib o‘tdi. U uchinchi soatda necha kilometr masofani uchib o‘tgan?

  1. Tenglamani yeching va javobini tekshiring:

x-400 = 2 800-300

  1. Yulduzchaning o‘rniga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma izohlang:

85 dm * 8 m 50 sm

100 sr * 8 100 kg

9 soat 32 min * 572 min

  1. To‘g‘ri toitburchakning perimetri 180 sm va katta tomonining uzunligi 65 sm ga teng. To‘g‘ri to‘rtburchakning kichik tomonini va yuzasini hisoblang.

  1. - variant

  1. Hisoblang:

  1. 000-3 000 : 60 + 880 : 40- 319

  1. Masalani yeching:

Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” festivaliga 5 650 ta mehmon keldi. Birinchi mehmonxonaga 2 180 ta kishi, ikkinchi mehmonxonaga undan 2 marta kam, uchinchi mehmonxonaga esa qolgan mehmonlar joylashdi. Uchinchi mehmonxonaga necha kishi joylashgan?

  1. Tenglamani yeching va javobini tekshiring:

92 317-x- 36 = 60 061

  1. Yulduzchaning o‘miga mos ishorani (<, >, =) qolying va yozma izohlang:

  1. km 76 m * 2 760 m

  1. kg 750 g * 9 760 g

52 min 18 s * 3 120 s

Yuzi 128 sm2 boigan to‘rtburchakning eni 16 sm bo‘lsa, uning perimetri necha sm boTadi?

  1. variant

  1. Hisoblang:

18 (12 697 - 9 989 + 508 ) + 8 240 - 472

  1. Masalani yeching:

Birinchi vagonda 856 yashik, ikkinchisida 712 yashik apelsin bor. Birinchi vagondagi apelsin massasi ikkinchi vagondagidan

  1. 728 kg ко‘p. Har bir vagonda qancha apelsin bor?

  1. Tenglamani yeching va javobini tekshiring:

  1. -0 + 2 917)= 12 348

  1. Yulduzchaning o‘rniga mos ishorani (<, >, - ) qo‘ying va yozma izohlang:

  1. t 247 kg * 30 sr 47 kg

10soat40min * 700 min

  1. 000 m * 88 km

  1. Sport maydonchasining yuzasi 2 520 m2. Maydonchaning eni 45 m. Sport maydonchasining uzunligi va perimetri nimaga teng?

  1. - variant

  1. Hisoblang:

700 • 30 + 750 : 25 + 48 646 - 2 384

  1. Masalani yeching:

Birinchi mahalla 360 tup, ikkinchi mahalla 440 tup shunday ko‘chat sotib oldi. Bunda ikkinchi mahalla ko‘chatlar uchun birinchi mahallaga qaraganda 16 000 so‘m ortiq pul toMadi. Har qaysi mahalla ko‘chatlar uchun qancha pul to‘lagan?

  1. Tenglamani yeching va javobini tekshiring:

  1. 400 : (685 - x) = 60

  1. Yulduzchaning o‘miga mos ishorani (<, >, =) qo‘ying va yozma izohlang:

71 sr 23 kg * 7 11 sr 30 kg

  1. soat 32 min * 572 min

69 000 m * 6 km 900 m

  1. Bo‘yi 80 m va eni undan20mkambo‘lgan to‘g’ri to‘rtburchak shaklidagi maydonning perimetri va yuzasini toping.

Download 82,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish