O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi



Download 57.97 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi57.97 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

Navbahor tumanidagi XTMFMTTEB 4 – umumiy o’rta ta’lim maktabining musiqa madaniyati fani o’qituvchisi Mavlanova Muyassar Ziyadillayevnaning

( O’qituvchi va o’quvchilar uchun qo’llanma )

c:\documents and settings\user\рабочий стол\мусика\8a03c1bf5663.jpg

Navbahor - 2015 yil

Tuzuvchi : Musiqa madaniyati fani o’qituvchisi M. Z. Mavlanova

Taqrizchilar : 1. 4 - maktab direktori N. Yuldashova 2. O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A. Berdiyev

2015 yil __________ apreldagi

№___ Pedagogika kengashi qarori bilan tasdiqlansin .



Ma’lumotnoma

  • Mavlanova Muyassar Ziyadillayevna.

  • 1984 yil 27 fevralda tug’ilgan .

  • 2003 -2007 yillarda NDPI musiqiy ta’lim fakultetida tahsil olgan .

  • 2008 yildan boshlab Navbahor tumanidagi 4- umumiy o’rta ta’lim maktabida musiqa madaniyati fanidan dars berib kelmoqda .

  • Ma’lumoti oliy . Mutaxasisligi - musiqa madaniyati fani o’qituvchisi

  • Toifasi - II

“ Biz bebaho milliy merosimizdan xalqimizni , ayniqsa yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak , milliy ma’naviyatimizni yuksalishida, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz .

“ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch .” I. A. Karimov

So’z boshi

Ayni yoz chillasining birida tabiatimizda o’zgarish bo’la boshladi . Kuchli shamol qo’zg’alib , mevalarni to’kib , ekinlarni payhon qilar , tabiatnig bu injiqliklari insonlarni qo’rqitardi . Kuchli shamol o’zi bilan birga chang tuproqni ham olib kelgan , insonlarni hattoki , ko’z ochirgani qo’ymasdi . Paxta dalalari ham , dov – daraxtlar ham bu shamolning dastidan “ Dod ” deya chayqalayotgandek ko’rinar edi .

Mana shu kunlari hamkasblarimizdan biri momolarimiz tomonidan o’tkazilgan “ Shamol to’xtatish marosimi ” haqida gapirib qoldi . Bu marosim shamol kuchayib , ekinlarni payhon qila boshlaganida o’tkazilganini , asosan , ayollar tomonidan qo’g’irchoqlar yasalib , qo’shiqlar xirgoyi qilinganligi va bu marosim o’tkazilganda kuchli shamol pasayganligini volidalari so’zlab berganligini aytib berdi.

Shu kundan boshlab , momolarimiz tomonidan o’tkazilgan bu marosimnig o’tkazilish tartibi haqida , unda ijro etilgan kuy- qo’shiqlar haqida o’ylay boshladim va xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganishga kirishdim .

Darhaqiqat , xalqimizning madaniy hayoti , urf - odat va an’analari chuqur ildizga ega . Milliy qadriyatlarimizni , urf - odat va an’analarimizni , milliy musiqiy merosimizni o’rganish , ma’naviy , tarixiy ildizlarini anglab yetish , va kelajak avlodlarga yetkazish biz kabi musiqa madaniyati o’qituvchilarining ham asosiy vazifasi sanaladi . Darslar mobaynida har bir musiqa madaniyati o’qituvchilari oz’bek xalq og’zaki ijodi va uning o’ziga xos xususiyatlari haqida o’quvchilarga tushunchalar berishi va ularni oz’bek xalq og’zaki ijodi namunalariga hamda uning o’ziga xos xususiyatlariga qiziqtirib borishi lozim .

Istiqlolga erishgach milliy qadriyatlarimiz , milliy an’analarimiz va milliy urf – odatlarimiz , o’ziga xos madaniyat va ma’naviyatga boy tariximiz qayta tiklandi . Zero , muhtaram prezidentimiz I . A . Karimov ta’kidlaganlaridek “ Biz ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlar va urf – odatlarga , nasl – nasabimiz va qonimizga ketgan buyuk hayotbaxsh kuchga egamiz . Bu boradagi ustunligimiz butun ma’rifiy dunyoga e’tirof etilgan . Ana shu merosga munosib bo’lib yashash , bu beqiyos boylikni yanada boyitib – rivojlantirish milliy o’zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajagimiz binosini barpo etish muqaddas burchimizdir . ”

Ushbu qo’llanma musiqa madaniyati o’qituvchilariga oz’bek xalq og’zaki ijodi va mavsumiy marosim folklorlari uning o’ziga xos xususiyatlarini o’quvchilar ongiga singdirishda yordam beradi .

Folklor san’ati haqida umumiy tushuncha .

Milliy musiqa merosimizda folklor atamasi juda ko’p uchraydi . Folklor termini inglizcha folk - xalq , lore – donolik so’zidan olingan bo’lib , “ Xalq donoligi ” , “ Xalq donishmandchiligi ” degan ma’nolarni bidiradi . Folklor so’zi birinchi marta 1846 yilda Vilyam Toms tomonidan ilgari surilgan va bu termin xalqaro miqyosda ilmiy taomilda ommalashib ketgan .

Folklor - sikretik xususiyatga ega bo’lib , xilma xil san’at turlariga xos elementlarni o’zida mujassam etgan san’at turidir . Bunday namunalar so’z va kuy uyg’unligida ijro etiladi . Folklor musiqasining paydo bo’lishida tarixning bunyodkori bo’lgan xalqning mehnati jarayonida yuzaga kelganligi ta’kidlanadi . Folklor asarlari xalq og’zaki ijodi sanalib , ustozdan - shogirdga , otadan bolaga , urug’dan urug’ga , avloddan avlodga o’tib , yangi ijro va ijodkor salohiyatidan sayqal topib kelgan .

Folklor asarlari og’izdan o’g’izga o’tishi tufayli shaklan va mazmunan qanday o’zgarishga uchramasin , bu uning g’oyaviy badiiy va ijtimoiy – estetik qimmatini tushirmaydi . Chunki unda ijodkor xalqning voqelikka munosabati aks etgan . Folklor musiqasining og’izdan o’g’izga o’tib uzoq asrlar davomida yashab kelayotganligining sababi ham shunda bo’lgan .

Folklor haqidagi fan – Folklorshunoslik bo’lib , xalq og’zaki badiiy hayotining so’z san’ati sifatidagi xususiyatlarini , folklor musiqasining

paydo bo’lishi , shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini , undagi ijodiy jarayon va yashash tarzi qonuniyatlarini , hayotiy mazmuni , ijtimoiy tabiati , g’oyaviy mohiyati , badiiy o’ziga xosligi, yozma adabiyot bilan munosabati , o’zaro ta’siri , metodi kabi masalalarni o’rganadi .

Folklor asarlari o’zida xalqning urf - odatlari , rasm – rusumlari , milliy qadriyatlari va an’analarini aks ettiradi .

Mavsumiy marosim folklorlari .

Insonlarga sihat - salomatlik tilash , uning turmushida to’kin sochinlik , kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish , nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan , xalq orasida qat’iy an’anaga aylangan hatti –harakatlar marosim deyiladi .

Marosimni o’tkazish paytida ijro etiladigan qo’shiq va aytimlar , o’qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi . Mavsumiy marosimlar an’anaviyligi , turli – tuman ijtimoiy hodisalarni rasmiylashtirish, tabiat hodisalariga ta’sir ko’rsatishga intilish bilan hayotda katta o’rin egallagan .

O’zbek xalqi mavsumiy marosimlarga boy xalqlardan hisoblanib , bu marosimlar yilning 4 fasliga oid xalqning yashash va mehnat tarzi bilan aloqador bo’lgan . Har bir bir mavsumda o’tkazilgan marosimlar o’ziga xos jihatlar bilan ajralib turadi . Mavsumiy marosimlar folklorlari : a) Bahorgi mavsum bilan bog’liq marosimlar, b ) Yozgi marosimlar v ) Kuzgi marosimlar g ) Qishki marosimlar folklorini o’z ichiga oladi .



Bahorgi mavsum bilan bog’liq marosimlar folklori

Bahor kelishi bilan dehqon va chorvadorlarning dala ishlari boshlangan . Dehqonlar urug’ sepishga tayyorgarlik ko’rganlar va ular loyqa o’tirib qolgan ariqlarni qazish bilan shug’ullansa , chorvadorlar yaylovlarga ko’chishga tayyorgarlik ko’rishgan . Ular turmushidagi og’ir yumushlarni hashar yo’li bilan amalga oshirishgan . Ariq va kanallar qazish vaqtida “ Loy tutish ” marosimi o’tkazilgan . Bu marosimga ko’ra biror kishi ariq qazuvchilar yonidan o’tib qolsa , uning qo’liga ketmon yoki belda loy tutishgan . U loyni ketmon yoki bel bilan olishi shart bo’lgan .

Shundan keyin u o’zining biror hunarini ko’rsatib , masalan , qo’shiqchi bo’lsa qo’shiq aytishi , polvon bo’lsa , kurash tushishi , temirchi bo’lsa , asbob uskunani ta’mirlashi yoki yangilashi lozim bo’lgan . Hunari bo’lmasa , belgilangan ariqni qazish yoki ariq qazuvchilarni mehmon qilish kerakligi aytilgan .

“ Loy tutish ” marosimi yumor bilan sug’oriladigan marosim bo’lib , kishilarni mehnatda ruhlantirish , ularning kayfiyatini ko’tarishga xizmat qilgan .

Shox moylar marosimi . Bu marosim dehqonlarning dalaga qo’sh chiqarishi bilan bog’liq marosim bo’lgan . Marosimni o’tkazish vaqti odatda , qishloq oqsoqollari tomonidan belgilangan . Ushbu marosimga qishloqning erkagu – ayoli baravariga tayyorgarlik ko’rishgan . Har bir xonadon imkoniyatiga qarab xilma – xil taomlar pishirgan, qishloqning obod yerlari supurib sidirilgan , sholcha , gilamlar to’shalgan .

Marosim o’tkaziladigan vaqtda kishilar tayyorlagan taomlarni qo’sh chiqarilgan yerga olib kelganlar . Qo’shga olib chiqilgan ho’kizlarning shoxlariga “ yomon ko’zlar tegmasin ” deb zig’ir moyi surtilgan va ins – jinslardan , yomonlardan asrasin, deb isiriq tutatishgan . Dastlabki qo’sh qishloqning keksa va hurmatli oqsoqollaridan biri tomonidan solingan . U qo’sh bilan dalada bir - ikki borib kelgach , yoshlar tomonidan davom ettirilgan . Bir muddatdan so’ng barcha qishloqqa qaytib shod- hurramlik qilishgan .

“ Shox moylar marosimi ” dehqon faoliyatining boshlanishidan darak beruvchi marosim bo’lib , biror faoliyatning ilk boshlanishi kuni qanday kechsa yil davomida shunday davom etadi aqidasida ish olib borilgan. Shuning uchun insonlar bu marosimni yasngi liboslarda , to’kin – sochinlikda o’tkazishga harakat qilganlar .

Yomg’ir chaqirish marosimi . O’zbek folklor san’atida qadimdan yomg’ir chaqirish maqsadida ikkita marosim saqlanib qolgan .

1. Yada ( Jada) – toshi vositasida yomgir chaqirish marosimi bo’lib , Bu toshning yomg’ir chaqirishi va ayrim kasalliklarga da’vo bo’lishida qo’llanilishi haqida XI asrning buyuk tilshonos olimi Maxmud Qoshg’ariyning “ Devoni lug’atit turk ” asarida ham ma’lumot berilgan .

Yada so’zi qadimgi turkiy tilda “ Jat ” jodugarlik so’zidan olingan bo’lib , sehrli kuch qudratga ega bo’lgan predmetlarga nisbatan qo’llanilgan . Yomg’ir chaqirish maqsadida tosh suvga tashlangan va marosim o’tkazilgan.

2. Dahshatli qo’rg’oqchilikning biron bir chorasini topa olmagan qadimgi ajdodlarimiz yomg’ir so’rab turli – tuman marosimlar o’tkazishgan , har xil tangrilarga , avliyo va anbiyolarga sig’inganlar . Mana shinday marosimlardan biri “ Sust xotin ” marosimi hisoblanadi .

“ Sust xotin ” marosimi o’n – o’n besh ayol tomonidan o’tkazilgan. Ayollar poliz qo’riqchisiga o’xshagan qo’g’irchoq yasab , unga keksa ayolning kuylagini kiydirishgan va qishloqdagi barcha xonadonlarga kirishib “ Sust xotin ” qo’shig’ini aytganlar .

Sust xotin , sulton xotin , Ko’lankasi maydon xotin . Hosillari mo’l bo’lsin Sust xotin, Dehqonning uyi to’lsin Sust xotin. Yomg’irlarni yog’dirgin Sust xotin, Yomonning uyi kuysin Sust xotin. Havolarni yog’dirgin Sust xotin, Bug’doylarni bo’ldirgin Sust xotin. Osmopndan tomchi tashlab Sust xotin, El-u yurtni to’ydirgin Sust xotin.

Qo’shiqda yomgi’r tangrisi “ Sust xotin ” dan iltijo qilish , uni ulug’lash , dehqon bug’doyi mo’l bo’lishi , xonadonlarning shod – hurramlikka to’lishi , el - yurtga qut-baraka , to’kinchilik tilab yomg’ir yog’dirishi so’ralgan . Xonadon egalari qo’g’irchoq ustidan suv sepib, marosim ishtirokchilariga xayr - ehson qilganlar . Marosim xonadonlardan yig’ilgan xayr – ehsonlar evaziga qishloq ahliga is chiqarib berish bilan yakunlangan .



Yozgi mavsum bilan bog’liq marosimlar folklori

Yozgi mavsum bilan bog’liq marosimlar folkloridan shamol to’xatish bilan bog’liq ayrim janrlar saqlanib qolgan bo’lib , “Choy Momo ” marosimida ijro etiladigan qo’shiqlardan iborat.

O’tmishda ajdodlarimiz shamolga g’ayri tabiiy kuch- qudratga ega bo’lgan jonli mavjudod sifatida munosabatda bo’lganlar . “ Choy Momo ” marosimi ana shunday qarashlar samarasida vujudga kelgan . “ Choy Momo ” marosimi surunkali davom etgan qattiq shamollarni to’xtatish maqsadida o’tkazilgan . Marosim atamasi shamol ma’nosini anglatuvchi “ Chuy ” so’zidan olingan .

Qadimgi turkiy xalqlarda shamol homiysi keksa ayol sifatida tasavvur qilingan va keyinchalik shamol ona ma’nosini ifodalash uchun “Choy ” so’ziga “ Momo ” so’zi qo’shilgan .

Ma’lumki , yozda mevalar g’arq pishgan , boshoqli ekinlar yetilgan mahalda surunkali qattiq shamol bo’lsa , yetilgan hosil nobud bo’lgan . Mana shunday vaqtda tabiat kuchlari oldida o’larini ojiz sezgan ota- bobolarimiz “ Choy Momo ” marosimini o’tkzganlar . “ Choy Momo ” marosimida ikkita kampir eski ust –bosh kiyib , yuzlariga qorakuya surtib qo’llariga hassa ushlab , bittadan yog’och ot qilib minib, “ Choy Momo ” qo’shig’ini aytib , qishloq ko’chalarida yurishgan .

Choy , choy , choy momo , Choy momosi o’libdi . O’g’li yetim qolibdi , Bosa – bosa beringlar , Bosilib qolsin bu shamol . Uga – uga beringlar , Ugilib qolsin bu shamol . Oblo - hu , oblo - hu …

Ularning orqasidan boshlarida qizil sholcha yopingan beshta bo’yiga yetgan qizlar qo’shiqqa jo’r bo’lishgan va ular marosim tugamagunga qadar boshlariga yopilgan sholchani olmasliklari yoki yuzlarini ochmasliklari shart bo’lgan . Ulardan keyin eshak mingan 7 - 8 yoshli bola xonadonlardan berilgan xayr sadaqalarni xurjunga solib borgan . Eshakda uqlog’ , keli sopi va supurgi birga qo’shib bog’langan bo’lgan . Shu tariqa marosim ishtirokchilari “ Choy Momo ” qo’shig’ini kuylab , barcha ko’chalarni aylanib chiqishgan . Marosim so’ngida yig’ilgan xayr – sadaqalar hisobiga barchaga “ Shamol momo ” haqqiga deb xayri xudoyi qilishgan .

Kuzgi mavsum bilan bog’liq marosimlar folklori

Kuz fasli ham dehqon va chorvador hayotida katta o’rin egallaydi . Bu faslda dehqonlar yoz bo’yi qilgan mehnati samarasini yig’ishtirib oladi , chorvador bo’lsa qishga yem - hashak , ozuqa yig’adi . Kuzgi marosim folklorlaridan “ Oblo baraka ” va “ Shamol chaqirish marosimi ” saqlanib qolgan .

Kuzgi marosim folklori janrlaridan biri “ Shamol chaqirish marosimi” bo’lgan . Xirmonda yanchilgan donni somonidan tozalash paytida shamol kerak bo’lib qolganda “ Shamol chaqirish marosimi ” o’tkazilgan .

Haydar otang o’libdir , Moli senga qolibdir , Bolang suvga oqibdir , Shamolingni qo’yvor .

Qo’shiqda shamol homiysi sifatida Haydarga murojaat qilinadi . Afsonalarga ko’ra Haydar kuch – qudratga ega bo’lib , barcha tabiat hodisalari , jumladan shamolni ham o’z izmiga sola olgan . Agar unga iltijo qilib , murojaat etilsa , u o’zi tutib turgan shamolni qo’yib yuborgan .

Qishki mavsum bilan bog’liq marosimlar folklori .

Qishki marosimlar folklori rang – barang bo’lgan , ulardan “ Gap – gashtak ” va “ Yas –yusun ” marosimlari bizgacha yetib kelgan .

Gap – gashtak marosimi erkaklar tomonidan mahalladagi choyxona yoki bo’sh xonadonlarning birida o’tkazilgan va kechki payt boshlanib erta tong qadar davom etgan . Gap – gashtak marosimida baxshilar tomonidan doston va termalar , ertaklar , qo’shiqlar kuylanib turli o’yinlar tashkil etilgan .

Yas - yusun marosimi asosan , ko’chmanchi chorvadorlar o’rtasida qimizxo’rlik marosimi sifatida yuzaga kelgan . Marosim o’ziga xos qat’iy talablar bilan o’tkazilgan . Bular : a ) Barcha ishtirokchilar kosagul uzatgan bo’zani bir nafasda ichib yuborishlari lozim bo’lgan , b) Kosadagi bo’zani to’kmaslikshart , v ) Doim cho’kka tushib o’tirish va biy ruxsatidan so’ng oyoq uzatish yoki boshqa tarzda o’tirish mumkin , g ) Mastlik qilmay odob saqlashi va eshik og’asining ruxsati bilan davrani tark etishi mumkin bo’lgan .

Kosagul davradagi ishtirokchilarga bo’za tutganda quyidagi to’rtlik bilan murojaat etgan . Alyor bo’lsin- ay , Xo’jam yor bo’lsin-ay . Xo’jam bergan bu davlatga Dushman zor bo’lsin-ay .

Kosagul shu kabi ko’plab sh’er va to’rtliklarni aytib , ularni davrada ikkinchi bor takrorlamagan . Kosagulni qo’lidan olgan shaxs bo’zani ichib , soqiy sha’niga to’rtlik aytib , so’ng kosani qaytargan .

Oyga o’xshaydir yuzing , Cho’lponga o’xshaydir ko’zing . Shuncha ham yaxshi bo’lurmi , Xalq ichida yulduzing .

Yas - yusun marosimida aytilgan to’rtliklar va qo’shiqlarda hazil mutoyiba , ko’ngil ochishga da’vat etish g’am – tashvishlarni unutish ruhi ustunlik qilib , marosimda aytilgan to’rtliklarning sharti shuki , birinchi band qaysi so’z bilan boshlansa , ikkinchi band ham o’sha so’z bilan boshlanishi shart bo’lgan .

Hozirgi kunda Yas - yusun marosimi o’zbek marosimlari sirasida saqlanib qolmagan . Marosimda aytilgan qo’shiqlar ayrim keksalarimiz xotirasidagina saqlanib qolganligi e’tirof etiladi .

Bundan ko’rinib turibdi-ki , o’zbek xalqi o’zining xos boy o’tmishi , milliy an’analari , turfa xil urf – odatlari , musiqiy namunalarida insonlarni ahillikka , birdamlikka chorlash bilan bir qatorda har bir kunni mazmunli o’tkazishga harakat qilganligini o’rganish mumkin . Xalqimizning bunday marosimlari yosh avlodni halol mehnat qilishga , oily maqsadlarga intilishga , ma’naviy boyligini yuksaltirishga va tabiatga , odamlarga yaqinlik , doimo yaxshilikni o’ylab yashash kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilgan .

Bizning maqsad va vazifamiz xalqimizning bebaho qadr – qimmatga ega , milliy , ma’naviy merosini o’rganish va yosh avlodga yetkazib berishdir .

Xorazm termasi

Xalq musiqasi

Bu kulbayi ehzoni xurshidi jahon galdi , Go’yoki o’lik erdim , bu jismima jon galdi . Noz ila qalam aylab , yorig’a salom aylab , Bog’ ichra xirom aylab , ul sho’xi jahon galdi .

Ovozi samanlardek , donishda Iskandardek , Qahr aylasa ajdardek , chun nuri ayon galdi . Boshim yo’lida qurbon , o’ltirsa nadir armon , Ul la’li labi xandon , ham pista jahon galdi .

Jomiga solib otash , ham mahvash , ham dilkash , Mastona yurib mahvash , xalq ichra nihon galdi . Ul Andalib shaydo , ochildi guli Hamro , Ul sarvi qaddi ra’no , chun nuri ayon galdi .



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. I . A . Karimov “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ” O’zbekiston 2008yil

  2. Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’ati . Toshkent 2009 yil

  3. K. Imomov , T.Mirzayev , B. Sarimsoqov , O. Safarov “ O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi ” Toshkent 1990 yil


Download 57.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik