O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Nаvоiy vilоyat pеdаgоg kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа mаlаkаsini оshirish instituti



Download 412 Kb.
bet3/5
Sana27.01.2017
Hajmi412 Kb.
#1206
1   2   3   4   5

Darsning usuli: Aqliy hujum, bo‘yoqlar

Darsning uslubi: Amaliy mashq bajarish

Darsning tipi: Yangi bilim berish.

Darsning mazmuni: Tabiiy shakllarni stilizatsiyalashtirish yordamida amaliy san’atda qo‘llaniladigan naqsh elementlarini chizish

Darsning borishi:

Xalq amaliy san’ati azaldan kishilar turmushini bezash vositasi bo‘lib kelgan. Qadimda uylar, masjidlar, madrasalar ana shu san’at turi yordamida bezatilgan va maxsus bo‘yoqlarga, sopollarga, koshinlarga, rangin ipaklar yordamida kashtalarga bitilgan. Bu bezaklarning namunalari hozirga qadar saqlanib qolgan. Biz zamondosh bo‘lgan xalq ustalari va chevarlar bu an’analarni davom ettirmoqdalar.

Bezaklar va ularni yaratishning o‘ziga xos tizimi mavjud. Bu obrazli tizim o‘zida ko‘pgina ma’no va mazmunlarni aks ettiradi. Masalan kashtachilikning so‘zana, palak, dorpech, kashta va joynamoz kabi turlari mavjud. Ularning o‘ziga xos maqsadi va vazifalari bor. Kashtalar, odatda, katta o‘lchamlarda tikilgan va xonalarni bezashda qo‘llanilgan. Kashtalardagi naqsh kompozitsiyalari oq yoki rangli matoga ipaklar bilan tikiladi.

Kashtalarning naqsh elementlarida hayvon va o‘simlik dunyosining ramziy shakl va ma’nolari stilizatsiyalashtirilgan holda qo‘llaniladi.

So‘zanalarda naqsh elementlari ko‘proq doira shaklida bo‘ysundiriladi. Dumaloq ko‘rinishlardagi bezak elementlari koinot va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglatadi. Ularning kompozitsiyasida o‘simliksimon naqsh elementlari ham aralashtirilgan holda qo‘llaniladi.

Uning ichki qismida bezak vazifasini o‘taydigan zardevor va palaklarda ham asosan doira shaklida naqshlar qo‘llaniladi.

O‘zbekiston amaliy bezak san’atida soddalashtirish va badiiylashtirish hisobiga turli tabiiy shakllarning naqsh elementlari sifatida qo‘llanishda ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Masalan, naqshda paxta elementining qo‘llanilishi mazkur ekinning milliy iftixor tariqasida tarannum etilishini anglatadi. Shu bois ham o‘zbek chinni buyumlarining eng qadrlisi aynan paxta guli choynak-piyola, kosa tovoqlardan iboratdir. Naqsh elementlarida anor, olma, bug‘doy, uzum, va uning yaprog‘i, jonli mavjudot tasvirlari qo‘chqorning shoxi, xo‘rozning toji va boshqa tasvirlar ham baddiylashtirilgan holda amaliy bezak san’atida qo‘llaniladi. Shuningdek boshqa misollarni ham ko‘rsatish mumkin. Masalan: Anor- to‘qchilik va to‘kin sochinlik ramzi. Anorgul-kulolchilik, misgarchilik, kashtachilik, to‘qimachilik, naqqoshlikda ko‘p ishlatiladi. Bodom-baxt-iqbol ramzi. Zirk guli-juda chiroyli yaproqli gul, O‘rta Osiyo naqshlarida qadimdan ajdodlarimiz tomonidan osoyishtalik va umrboriylik ramzi sifatida qo‘llanilib kelinadi. Kabutar-tinchlik va osoyishtalik, oygul-baxt-iqbol ramzi.

Gul, butoq, daraxt singari islimiy naqshlar ramziy ma’nolarni o‘zida mujassam etgan. Masalan, gullagan bog‘ ramzi-hayotning go‘zalligi, baxt, farovonlik kabi sifatlarga bog‘langan. To‘lqinli o‘simlik poyasi-tinimsiz ijod va tabiat tarovati, to‘lqinlar-shiddatli hayot oqimiz, gul esa yorug‘ olam go‘zalligi va hokazolarning ramziy ifodalarini anglatgan.

Naqqoshlikda g‘uncha elementi ham ko‘p qo‘llaniladi. U hayotning davomiyligi, ajdodlar o‘rnini egallab borishini anglatadi. Lola ham bahor, yoshlik va to‘lqonchilik alomati sifatida ko‘p qo‘llaniladigan element hisoblanadi. Tabiatdan olingan barg ham naqsh kompozitsiyasini to‘ldiruvchi va uning jozibasini oshiruvchi element sifatida ko‘p ishlatiladi. Barglarning tabiiy ko‘rinishini stilizatsiyalashtirilgan variantlari asosida oddiy va murakkab barglari ixtiro qilingan. Ular shobarg, qo‘shbarg, ko‘p barg, chor barg (to‘rt bargli naqsh elementi) deb ataladi. Naqsh kompozitsiyalarida jiyda guli, gultojixo‘roz elementlarini ham uchratish mumkin. O‘zbekiston amaliy bezak san’tida qo‘llaniladigan naqsh ramzlari, ularning tabiiy shakli va stilizatsiyalashtirish haqida tasavvurga ega bo‘ldingiz. Endi so‘ngi uchun tanish bo‘lgan tabiiy materiallarni Stilizatsiyalash orqali naqsh elementlarini chizing. Stilizatsiyalash shakllarni badiiylashtirish hisobiga oshiriladi.
Endi otilgan mavzuni mustahkamlash uchun savol-javobga o‘tamiz.

1. Stilizatsiya nima?

2. Nashq elementlarini stilizatisiyalash yordamida hosil qilishda nimaga asoslanadi?

3. Stilizatisiyalshtirlgan tabiiy shakllar qanday ramziy ma’no kasb etadi?

4. Siz yana qanday tabiiy shakllarni stilizatisyalashtirib naqsh elementlarini hosil qilgan bo‘lar edingiz? Shu haqda o‘ylab ko‘ring.

O‘quvchilar baholanadi. Mavzu yuzasidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Dars so‘ngida uyga vazifaberiladi. O‘qib kelish


Fan: Tasviriy san’at.

Sinf: VII
Mavzu: “Qish keldi” mavzusida rasm chizish.

Darsning maqsadi:

1. Tarbiyaviy: Naqshlarni chizishni o‘rgatish orqali o‘quvchilarni estetik didda tarbiyalash.

2. Ta’limiy: O‘quvchilarni naqsh elementlarini chizish orqali tasviriy san’at mashg‘ulotlarida olgan bilim va malakalarini hayotda turmush tarzda qo‘llay olishga o‘rgatish

3. Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni naqqoshlikda bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, fantaziyasini o‘stirish, dunyo qarashni kengaytirish, ijodiy fikrni rivojlantirish.

4. Kasbga yo‘naltirish: Naqqoshlik hunariga qiziqsh uyg‘otish.

5. Milliy istiqlol g‘oyasini singdirish: O‘zbek xalq amaliy san’ati, milliy madaniy me’rosni o‘quvchilar qalbida shakllantirish.

Dars usuli: aqliy hujum

Dars uslubi: savol-javob, amaliy mashg‘ulot

Dars tipi: Aralash

Dars jihozi: XABS kitobi, krossvord, rangli reproduksiyalar, qalamlar, o‘chig‘ich cho‘zg‘ich, sirkul, qulash, akvarel mo‘yqalamalr, suv idishi.


1. Qishda tabiatda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida suhbat.

2. Qish faslidagi bayramlar haqida tushuncha.

3. Rassomlar hayotidan.

4. O‘tilgan mavzuni tekshirib chiqish.

5. Bir savolga javob berish.

6. Yangi mavzu bayoni.

7. Dars yakuni, xulosa.

Darsni tashkil qilish, davomatni aniqlash. O‘tilgan mavzu: “Sport anjomlari” rasmni chizish bo‘yicha savol javob o‘tkazish orqali o‘quvchilar bilimini aniqlash.

- Qani bolalar, sport anjomlariga nimalar kiradi? Basketbol, futbol koptoklari, tennis raketbasi, charm qo‘lqoplari, dumqaloq otish gilami va hokazo.

- Bulardan biz qay vaqt foydalanamiz?

- Jismoniy tarbiya darslarida foydalanamiz. O‘quvchilar bilimi shu tarzda aniqlanadi.

Topishmoqli savol-javob: Yozuv taxtasida uch guruhdan uch o‘quvchi chiqadi.

Har bir o‘quvchiga savol she’r yoki topishmoqtarzida beriladi. Yozuv taxtasidagi o‘quvchi javobni og‘zaki aytmay taxtasida chizib ko‘rsatadi qaysi o‘quvchi chizsa u to‘g‘ri javob birdan bo‘ladi.

“Qishin yozin bir xil kiyimda” topishmog‘i aytganda o‘quvchi archa rasmini chizishi kerak. Shunda o‘quvchi sartni bajargan bo‘ladi.

Bolalar biz radio –televediyada, oynoma, roznomalarda juda ko‘p rassomlar haqida eshitganmiz. Ular juda ko‘p janrlarda ijod qilib kelmoqda. Bulardan birinchi o‘zbek portretnavisi Abulhaq Abdullayevdir. U o‘zining “Sora Eshonto‘rayeva”, “Hovuz bo‘yida”, “Katta oila” kabi asarlar bilan mashhurdir.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, davlat mukofoti laureate, rassomlar uyushmasi raisi Bahodir Jalolovdir. U o‘zini ijodini Leningraddagi Repin nomli arxitektor aftoritor manzarasi chizishdan boshlagan. Hozir ham juda ko‘p rasmlari bilan ijod qilib kelmoqda.

O‘tilgan mavzuni tekshirib chiqish, baholash. Yaxshi chizgan o‘quvchilar ishini namuna qilib ko‘rsatish.

Bir savolga bir javob. Uch guruhdan 3 o‘quvchi chiqadi. Har bir o‘quvchiga 5 tadan savol beriladi.

I-o‘quvchi:

1. Qanday ranglar bilasiz?

2. Bularning qaysi biri rassom?

3. Kamalak necha xil rangda bo‘ladi?

4. Vatman qog‘oz?

5. Tasviriy san’atda ishlatiladigan ishq qurollari

II-o‘quvchi

1. Amaliy san’atga nimalar kiradi?

2. O‘tda yonmaydi, suvda botmaydi.

3. Qaysi ranglarni qo‘shib bo‘yasak yashil hosil bo‘ladi.

4. Sirti tayoq, ichi bo‘yoq.

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i necha xil rangda?

III-o‘quvchi

1. Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2. O‘zi bir kichikina narsa,

Kerak bo‘lar hardarsda.

Chizib qo‘ysak noto‘g‘ri

Yo‘q qiladibi pasda.



3. Natura deb nimaga aytiladi.

4. Navro‘zda qanday taomlar pishiriladi.

5. amaliy san’atga nimalar kiradi?

Uch o‘quvchining to‘g‘ri javoblari aniqlab baholanadi.

Yangi mavzu bayoni “Qish fasli” mavzusida rasm chizish. Qish fasli haqida o‘quvchilar bilimini aniqlash.

-Qish fasliga qaysi oylar kiradi?

- Tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi.

- Qish faslida bo‘ladigan bayramlar haqida to‘xtalamiz.

Oppoq qorning sofligi beun

Beg‘uborlik baxsh etar dilda

Tog‘larimda hukmronlik oqlik

Bag‘ishlamoqni choq etar dilda

Ha, qish fasli ajoyib fasl. Tabiatda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ladi. Hamma yoq oppoq qor bilan qoplanadi. Qishni kumush deb bejiz aytmagan. Yerdagi oppoq qor quyoshning zarrin nurlarida xuddi kumushdek tovlanadi.

- 8-dekabr qomusimiz qabul qilingan kun.

- 31-dekabr eski yil bilan xayrlashib yangi yilni kutib olish.

- 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni.

Demak, qish bu ajoyibfasl ekan. Dala dashtlar oppoq qor, muz bilan qoplanadi. Derazalarga ayoz bobo rasm soladi. Qish fasli haqida tushunchaga ega bo‘lgandan so‘ng, birgalikda “Qish fasli” mavziusida rasm chizishni boshlaymiz.

Uy vazifasi: Shu mavzu bo‘yicha rasm chizib kelish.


Darsning mavzusi: Naqsh elementlarini chizish texnologiyasi. (qalamda)

Darsning maqsadi:
1. Tarbiyaviy: Naqshlarni chizishni o‘rgatish orqali o‘quvchilarni estetik didda tarbiyalash.

2. Ta’limiy: O‘quvchilarni naqsh elementlarini chizish orqali tasviriy san’at mashg‘ulotlarida olgan bilim va malakalarini hayotda turmush tarzda qo‘llay olishga o‘rgatish

3. Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni naqqoshlikda bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, fantaziyasini o‘stirish, dunyo qarashni kengaytirish, ijodiy fikrni rivojlantirish.

4. Kasbga yo‘naltirish: Naqqoshlik hunariga qiziqsh uyg‘otish.

5. Milliy istiqlol g‘oyasini singdirish: O‘zbek xalq amaliy san’ati, milliy madaniy me’rosni o‘quvchilar qalbida shakllantirish.

Dars usuli: aqliy hujum

Dars uslubi: savol-javob, amaliy mashg‘ulot

Dars tipi: Aralash

Dars jihozi: XABS kitobi, krossvord, rangli reproduksiyalar, qalamlar, o‘chig‘ich cho‘zg‘ich, sirkul, qulash, akvarel mo‘yqalamalr, suv idishi.

Darsning borishi:

a) Tashkiliy qism.O‘quvchilar bilan salomlashish, Diqqatni jamlash.

b) Shior Rassom chizgan suratda

Tabiatni kuylaydi

Yurtimiz go‘zalligin

Dilimizga joylaydi

c) Asosiy qism.



Darsning rejasi

1. Kirish. XABS Xalq amaliy bezak san’ati.

2. Tarixiy obidalarimiz haqida ma’lumot.

3. Naqsh elementlari.

4. Naqsh elementlarini chizish bosqichlari.

5. Mustahkamlash.

6. Krassvord.

7. Uyga vazifa



  1. Agar kimki rasmdagi har bir chiziqqa jon bag‘ishlay olar ekan, y san’at kalitini egallagan bo‘ladi”. Sharqqa mashhur buyuk naqqosh Maoniy.

O‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O‘tmishda ota-bobolarimiz qurgan mustasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlagan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda. Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mavzuga-mazmunga ega.

Xalq amaliy bezak san’atining qanday turlarini bilasiz?

Javob: Naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och uymakorligi, pichoqchilik, toshtaroshlik, misgarlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, savatchilik va buyrakchilik, kulolchilik, kandakorlik.

Bugungi darsimizda qanday XABS turi asosida ishlaymiz?

Javob: Naqqoshlik.

Naqsh-va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.



  1. O‘zbekiston hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar obidalar joylashgan.

Savol: Qanday tarixiy shahar va obidalarni bilasiz?

Javob: Buxoro, Samarqand, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon

Obidalar-Samoniylar maqbarasi, Ko‘kaldosh Nodir devonbegi maqbarasi va madrasasi, Misr Arab, Ulug‘bek madrasasi Buxoroda.

Registon maydoni, Shoxi Zinda, Go‘ri Amir, Ulug‘bek rasadxonasi. Samarqand Ichanqal’a Dishanqal’a, Kaltaminar Xiva Oqsaroy Shaxrisabz Xudoyorxon qarorgohi va boshqalar



  1. Naqsh elementlari.

a) O‘simliksimon islimiy

b) Geometrik handasiy

c) Ramziy

a) O‘simliksimon naqsh elementlarini oddiy hamda murakkab bo‘ladi. Bular barglar, gullar, g‘uncha, marg‘ula, tanob, shukulta, bog‘lam.

b) Geometrik naqsh-elementlari asosan geometrik yasashlar asosida tuziladi. To‘rtburchak, uchburchak, romb, trapetsiya, o‘tmas va o‘tkir burchakli uchburchaklar, ko‘pburchaklar, egri chiziqlar, (yoy, aylana, oval).

Bu elementlar yig‘indisi girix deb atalmish murakkab geometrik naqshni yasaydi.

c) Ramziy naqsh elementlari. Ko‘za, tovus, qush, soat, piola, she’r, quyosh, yulduz, baliq, sichqon, uzum, anor, olma, kiyik, bulut.

4. Naqsh elementlarini chizish bosqichlari.

Qog‘ozda naqsh solishni o‘rganish uchun dastlab to‘g‘ri, egri, tik, aylana chiziqlarni chamalab bo‘lishdan boshlanadi. O‘simliksimon naqshlar elementlari barglar, tanob, bog‘lam gullar katak daftarda maxsus to‘rlar asosida qora qalamda chizish mashq qilinadi. Naqshlar jonli va ravon chiziladi. Chizish vaqtida simmetriya va assimetriya va boshqalarga e’tibor beriladi. Bu elementlarni quyidagi tartibda chizgan ma’qul. Dastlab barg elementlari so‘ngra gullar, undan so‘ng bargli gullar, va nihoyat tanob, band, shukulta va boshqa elementlarni chizish mashq qilinadi.

Naqsh elementlari bosqichma-bosqich qorz qalamda chizmachilik asboblari yordamida chizish mashq qilinadi.

Yaxshilab ko‘nikma hosil qilingandan so‘ng, elementlar yordamida oddiy naqsh namunalaridan murakkabga 5-6 martalab takrorlanib albomda chiziladi.

Stilizatsiya, assimetriya, simmetriya, ritmga alohida e’tibor beriladi.

Ritm-takrorlanib keluvchi

Simmetriya-mos degani. O‘lchovlarning bir-biriga mosligi, tengligi, mutanosibligi degani.

Naqsh chizish jarayonida qalamni qattiq bosmasdan yengil ravon chizish kerak. Naqsh elementlari mukammal o‘rgangandan so‘ng, naqsh kompozitsiyalari tuzamiz. Naqsh kompozitsiyalarni bo‘yash, bo‘yoqlar tayyorlar texnologiyasini kelgusi mashg‘ulotlarda biz siz bilan o‘rganamiz.

5. Mustahkamlash

Savol: Naqsh elementlarining turlarini sanab o‘ting?

Savol: Geometrik naqsh elementlarini qanday chiziladi.

6. Krassvord




B






















A







R






















G




Savollar:

1. Stillashtirib tasvirlangan o‘simliksimon naqsh elementi. Meva. Baxt-iqbol ramzi.

2. Rang turi

3. Takrorlanib keluvchi (termin).

4. Qizil, sariq ……

5. Uyga vazifa.

Naqsh elementlarini chizishni mashq qilish.
Mavzu: O‘zbekistonning amaliy bezak san’atida ramziy shakllar.

Darsning maqsadi:

I. Ta’limiy maqsad: a) O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish. O‘zbekistonning amaliy bezak san’atida ramziy shakllari haqidagi bilimlarini oshirish.

II. Tarbiyaviy maqsad:

a) Ona vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.

b) Mavzu orqali ham aqliy, ham axloqiy tarbiya berish.

III. Rivojlantiruvchi maqsad:

a) O‘quvchilarning tafakkur ongini boyitish.

b) Olgan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llashni o‘rgatish.

I. Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad:

O‘quvchilarni zardo‘zlik kasbiga qiziqishlarini uyg‘otish.



II.Milliy va mafkuraviy maqsad:

Mlliy istiqlol g‘oyasini, milliy qadriyatlarni o‘quvchilar ongiga singdirish vatanni sevish uni asrash, avaylash kabi yuksak tuyg‘u va istak g‘oyalarini tarbiyalash.



Darsning uslubi: Noan’anaviy, muammoli o‘qitish.

Darsning usuli: Savol-javob, bahs.

Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Dekorativ rasm chizish

Darsning jihozi: Milliy naqsh namunalaridan reproduksiyalar

1. Tashkiliy qism:

Sinf tozaligi tekshirib, davomat va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi aniqlanadi.

O‘tilgan mavzu bo‘yicha ayrim o‘quvchilarga savollar beraman.

Uyga vazifalarni tekshirib, baholab chiqaman.

O‘tilgan mavzuni yaxshi o‘zlashtiribsizlar, meni savollarimga javob bera olasizmi? Topshriqlar beraman.

Topshiriq. 1-variant(o‘g‘il bolalar uchun): so‘zana uchun naqsh kompozitsiyasini tuzing?

2-variant (qiz bolalar uchun): zardo‘zlik namunasi uchun naqsh kompozitsiyasini tuzing?

Material. Turli tusdagi qog‘ozlar, akvarel va guash bo‘yoqlari, mo‘yqalam.



Darsning mazmuni.

1. Nazariy qism. Amaliy bezak san’atining tarixiy va unda qo‘llaniladigan shakllarning ramziy ma’nolari haqida ma’lumot berish.

2. Amaliy qism. Ramziy shakllardan naqsh kompozitsiyasini tuzing?

O‘zbekistonning amaliy bezak san’atini go‘zal naqsh bezaklarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu san’at namunalarinning eng oddiyidan tortib o‘ta murakkabida ham, o‘lcham jihatidan mo‘jazlaridan tortib to mahobatli namunalarida ham ramziyma’no kasb etgan shakllarni ko‘rishimiz mumkin. Bundan nafis bezaklarni bolalar o‘yinchoqlarida, beshiklar, sandiqlar, kursilar, stollar, xontaxtalar, qutichalar, shaxmat taxtasi, otning egarlari, choyshab, belbog‘lar, so‘zanalar, palaklar, kashtalar, gilam-kigizlar, zargarlik buyumlari, zardo‘zlik va shu kabi badiiy hunarmandchilik namunalrida ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek ustalarining amaliy bezak san’atiga oid asarlarida xalq madaniyati va turmush tarzi o‘z aksini topadi. San’atning bu turi juda qadimiy bo‘lib, asrlar osha rivojlanib, takomillashib kelgan. Bizning davrimizda ham amaliy bezak san’ati rivojlanib, takomillashib kelgan. Bizning davrimizda ham amaliy bezak san’ati rivojlanib, shuhrati dunyoga mashhur bo‘lib bormoqda. Bu san’at namunalari Samarand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlaridagi muzeylarning doimiy ko‘rgazmasi (ekspozitsiyasi) dan joy olgan.

O‘zbek ustalarining amaliy bezak san’atida rand va naqsh ramziyligi alohida o‘rin tutadi. Qaysi bir tasvirni olmaylik, uning zaminida albatta biron bir ramziy ma’no bor.

Hozir faqat zardo‘zlik san’atining tarixi va unda qo‘llaniladigan ramziy shaharlar xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Zardo‘zlik o‘zbek xalqining keng tarqalgan amaliy bezak san’at turi bo‘lib, markazi buxoro shahri bo‘lgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, uning dastlabki namunalari ilk o‘rta asrlar (eramizning VI-VII asrlari) ga tegishli bo‘lgan. Zardo‘zlik san’ati XIX asrning oxirlarida Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahrida rivoj topdi. Biroq, bu yerdagi ustaxonalarda etik, mahsi, to‘n, belbog‘, do‘ppi kabi zar bilan bezatilgan kiyimlar faqat hukmdorlar, badavlat kishilar, xorijiy elchilarga tortiq qilish uchun maxsus tayyorlangan. Edi.

Buxorolik mashhur ustalar Usta Salim, Usta Olimjon Majidov, Usta Fayzullo G‘aybullayevlar yaratgan zardo‘zlik buyumlari hozirgi kunda dunyoning bir qator muzeylarida saqlanadi. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston xalq amaliy san’ati muzeylarining ekspozitsiyalari orasida ham zardo‘zlik san’ati namunalari bor.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bu san’at turi mamlakatimizning boshqa hududlarida ham rivojlana boshladi. Endilikda Toshkent baddiy buyumlar fabrikasida, xususiy fermalarda ishlab chiqarilayotgan so‘zanalar, zarchoponlar turmushimizga yanada chuqurroq kirib bormoqda. Bugungi kunda kelin-kuyovlar, to‘ybolalar, yubiliylar, ulkan yutuqqa erishganlarga zarchopon kiydirish odat tusiga kirib bormoqda. Toshkentda o‘tkazilgan “Prezident Kubogi” xalqaro tennis turnirining g‘oliblari ingiliz Tim Xemman, shved Mark Ruzetskiy, Rossiyalik Marta safinlarga O‘zbekiston Prezidenti zarchopon kiydirdi. Andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi bor Olimpiada chempioni bo‘lib zarchopon kiyganida har bir O‘zbekistonlikning g‘ururganligi amaliy san’atning bu turi o‘zbek xalqining iftixoriga aylanganligidan dalolatdir.

Zardo‘zlik san’atida qo‘llaniladigan ramziy shakllar ham insonlar hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Undagi naqsh elementlaridan bodom, uzum, uzum gajagi, paxta, buta, daraxt, turi shakldagi gullar, ko‘za va undagi buta, zirk butasida gurunj, kungaboqar, majnuntol, novda va yaproq kabilarning shakllari stilizatsiyalashtirilgan ko‘rinishda qo‘llaniladi.

Amaliy bezak san’atida, ayniqsa zardo‘zlikda bodom tasviri ko‘p qo‘llaniladi. Chunki baxt – iqbol ramzi hisoblanadi. Unda bir oz cho‘zinchoqroq shakli qalampir tasviri esa yomon ko‘zdan asrash maqsadida qo‘llaniladi. Anor esa to‘kinchilik, ezgulikning ramziy tasvirisifatida ishlatiladi. Gulsafsar-osoyishtalik va umrboqiylik, to‘lqinsimon gul poyasi boylik va farovonlik, novda va yaproqlar esa to‘kinchilik va uyg‘onishni anglatadi. Yuqorida eslatib o‘tilgan ramziy shakllar ko‘proq amaliy bezak san’atining zardarlikturida ishlatiladi. O‘zbekiston naqsh ramzlari haqidagi ma’lumotni keyingi mavzuda davom ettiramiz.

Endi o‘rgangan ramziy shakllardan mustaqil kompozitsiya ishlang.Kompozitsiyani so‘zana, palak yoki zardevorga moslab tuzing. Rasmdagi majnuntol elementlarini boshqacha kompozitsiya qilish ham mumkin. Ramziy ma’no kasb etuvchi tabiiy shakllarini stilizatsiyalash namunalarinidan foydalaning. Kungaboqar va bodom tasviridan ham kompozitsiyaning o‘zgacha variantini ishlash ustida o‘ylab ko‘ring. Topilgan ramziy shakllardan so‘zana uchun naqsh ishlang. So‘zananing foni, ya’ni naqshlar tushiriladigan mato to‘q rangda bo‘lishini unutmang. Ko‘p hollarda qora mato tanlanadi, shuning uchun bu vazifani guash bo‘yog‘ida bajargan maqul.

Qiz bolalar zardo‘zlik namunasi uchun kompozitsiya tuzib, uni mustaqil tarzlarida tikishlari mumkin. U kichkina to‘n, qiyiq, do‘ppi kabi uncha murakkab bo‘lmagan buyumlar bo‘lishi maqsad muvofiqdir. Yodingizda tuting, zardo‘zlik buyumlari sifatli, qalin matolarga tikiladi.

Odatda, bahmal, velyur kabi materiallar tanlanadi.

Mustahkamlash: Yangi mavzu yuzasidan savollar beriladi.

Baholash: Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi.

Uyga vazifa: Amaliy bezak san’atida namunalridan, shakllaaridan chizib kelish.


Download 412 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish