O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti


O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli



Download 403 Kb.
bet3/4
Sana17.01.2017
Hajmi403 Kb.
1   2   3   4

3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli

Hozirgi davrda Markaziy Osiyoda strategik barqarorlikni ta’minlash, mintaqada integratsion jarayonlarni kuchaytirish, bu hududda joylashgan davlatlarning iqtisodiy, suv- energetik, ekologik muammolarining yechimni topishda yakin hamkorlik aloqalarini yo’lga quyish va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHulardan ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni saqlashda mintaqa davlatlarining hamkorligi zarurdir. So’nggi yillar mobaynida O’zbekiston mintaqada xavfsizlikka erishish va uzoq muddatli hamkorlik yo’lida o’zaro oqilona murosaga tayyor ekanligini bir necha bor isbot qildi.

Bu borada O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov «Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, bu mintaqani barqaror xavfsizlik hududiga aylantirishni tashqi siyosatimizni muhim ustuvor yo’nalishi etib belgilab olganmiz»1 deb ta’kidlagan edi. O’zbekiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, qurolli mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish borasida taklif va tashabbuslar bilan chiqib, BMT bilan hamkorlikda qator samarali ishlarni amalga oshirdi. yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti, o’nlab davlatlararo nohukumat xalqaro tashkilotlar bilan ham keng hamrovli aloqalarni izchil rivojlantirmoqda. O’zbekiston poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlar ishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo’yicha muhim xalqaro anjumanlar markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar - yeXHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, yevropa Ittifoqi, NATO bilan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi.

BMTga a’zo bo’lishdan maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini jalb qilishdan iboratdir. 1993 yil 28 sentyabr BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Prezident I.A.Karimov nutq so’zladi, unda diqqat e’tibor Orol dengizi fojeasiga va mintaqadagi mojaroli o’choklarga qaratildi, birinchi bor Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus 1996 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan yeXHT uchrashuvida yig’ilganlar diqqatiga havola etildi, 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari Toshkentda yuqoridagi mavzuga doir anjuman o’tkazildi. 1999 yil 22 oktyabrda Afg’onistondagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalasiga doir BMTning Xavfsizlik Kengashi a’zolari nomidan Bayonot e’lon qilindi, 1999 yil 19-20 iyul oyida «6+2» guruhining bu masalaga doir uchrashuvi bo’lib o’tdi.2

BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik» deb nom olgan sessiyasida Prezident I. A. Karimov nutq so’zladi, unda «Bugungi kunda mintaqalar xavfsizligini taminlamay turib, umumiy xalqaro xavfsizlikka erishib bo’lmasligi hammaga ravshan» degan edi3.

Ming yillik Assambleyada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida, ya’ni 2000 yil 22 yanvarda so’zlagan ma’ruzasida xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash sohalariga alohida to’xtalib o’tgan edi. BMT bilan faol hamkorlik va O’zbekistonning obro’sining ortib borayotganligini biz Prezident I.A.Karimovning «Ming yillik Assambleyasi» raisi o’rinbosarligiga saylanishida ham ko’rishimiz mumkin.

O’zbekiston tashqi siyosat sohasidagi vazifalarni hal etishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona" Xalqaro konferensiyasi ishida jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning muxtor vakillari qatnashdi. Bular orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik, "Islom konferensiyasi" Tashkiloti, Lotin Amerikasida yadro qurolini taqiklash bo’yicha agentlik va boshqa xalqaro tuzilmalardir. Ushbu anjuman ishida BMT Xavfsizlik Kengashi-ning doimiy a’zolari — yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar. Bu esa Toshkent konferensiyasi katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Toshkent konferensiyasida qatnashish uchun yevropa Ittifoqi mamlakatlarining katta delegatsiyasi ham keldi. Ularning integratsiya hamda xavfsizlik va tinchlik o’rnatish borasidagi tajribasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa qadrlidir. Konferensiyaning hamma ishtirokchilari O’zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tashkil etish haqidagi g’oyasini qo’llab-quvvatlayotganliklarini ma’lum qildilar.

O’zbekiston Prezidenti I. Karimov "Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona" Toshkent konferensiyasida so’zga chiqib, bunday dedi: "... jahon hamjamiyati bugungi kunda yadro xavfidan ogoh qilish, uning oldini olish borasidagi tashabbus va chora-tadbirlarga jiddiy e’tibor bilan qarashi va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi lozim. Biz Markaziy Osiyo —dunyodagi aholi eng zich joylashgan mintaqalardan biri ekanini, aholi har tomonlama nochor, tabiiy halokatlar tez-tez sodir bo’lib turadigan sharoitda istiqomat qilishini hech qachon unutmasligimiz kerak"1.

Prezident I. A. Karimov tashabbuslari natijasida 2006 yil 8 sentyabrda Semipalatinsk shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, va Turkmaniston davlat rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilinganligi haqidagi shartnoma imzolandi. SHartnomaga ko’ra tomonlar yadro qurolini ishlab chiqarishni, sotib olishni, xududlariga joylashtirishni taqiqlash kabi majburiyatlarni o’z zimmalariga oldilar2. O’zbekiston tomoni mazkur shartnomani 2007 yil 2 aprelda ratifikatsiya qildi 3.

O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov yeXHT ning Xelsinki (1992 yil), Budapesht (1994 yil), Lissabon (1996 yil), Istambul (1999 yil) sammitida qatnashdi va nutqlarda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bular jumlasiga, Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash, mojarolarni bartaraf etish, qurol-yaroq kontrabandasiga qarshi kurashda yeXHT ning ishtirokini kengaytirish, xalqaro Terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish kabi masalalar kiradi.

1994 yilning dekabr oyida Budapeshtda yeXHTga a’zo davlatlar boshliqlarning xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti ham bu nufuzli anjumanda ishtirok etdi. Butun dunyo ahli ko’z o’ngida ona sayyoramizda barqarorlikni hukm surishi uchun fidoyilik qilayotgan davlat rahbari sifatida keng jamoatchilikda ijobiy fikr uyg’otdi.

Ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining Budapesht minbaridan turib aytgan ushbu gapi jahoniy ahamiyatga molik, davr qiyofasini aks ettirgani bilan ajralib turadi: «Bizningcha, mojarolar bo’layotgan joylardagi barcha tinchlikparvarlik ishlari faqatgina yeXHT ning mandati bo’yicha amalga oshirmog’i kerak. Nazarimizda davlatlarning umumiy qirg’in qurollarini tarqatmaslik va aytgan bo’lardimki, bu qurollarning sayyoramiz bo’ylab yoyilishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan olgan majburiyatlarga qat’iy rioya etishga e’tiborni kuchaytirish zarur…»1.

Bu o’rinda O’zbekiston Prezidenti o’z pozitsiyasini aniq tiniq qilib bayon etgandi. Ayniqsa, O’zbekistonga chegaradosh davlatlardagi ahvolni to’g’ri baholab shunday degandi: «Afg’onistonda davom etayotgan fuqarolar urushi, Tojikiston-Afg’oniston chegarasidagi keskin vaziyat va Tojikistonning o’zidagi notinchlikni hisobga oladigan bo’lsak, hududimizga ekstremizm va aqidaparastlikni bostirib kirish xavfiga yo’l qo’ymaslik biz uchun – hayotiy ahamiyatga egadir…»2. O’zbekiston davlati rahbari birgina O’zbekistonni emas, balki mintaqadagi mamlakatlarning kelajagi va manfaati yuzasidan kelib chiqib so’zladi. Qolaversa, Afg’onistondagi urushga jamoatchilik fikrini qaratdi. yer yuzida tinchlikni saqlab qolish bevosita Afg’oniston masalasi bilan chambarchas bog’liqligini ta’kidladi.

Tashkilotning Lissabonda bo’lgan sammitida mamlakatimiz rahbari mintaqamizda barqarorlikni mustahkamlash, mojarolarni bartaraf etish, qurol-yaroq kontrabandasiga qarshi kurashda yeXHTning ishtirokini kengaytirishi taklifini ilgari surgan edi. Bu taklif sammit so’ngida qabul qilingan Lissabon deklaratsiyasida o’z ifodasini topdi3.

1996 yil 3-4 dekabrda O’zbekiston tashabbusi bilan yeXHT davlat va hukumat boshliqlarining Lissabon deklaratsiyasiga Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni qo’llab-quvvatlash hamda mojarolarning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirish haqidagi band kiritildi. Jumladan deklaratsiyada shunday deyiladi: “ Biz yeXHT da Markaziy Osiyo davlatlarining muhim rol o’ynashini ta’kidlaymiz. Biz yeXHT ning bu mintaqada demokratik tuzilmalarni rivojlantirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, barqarorlikni qo’llab-quvvatlash va nizolarni oldini olishga qaratilgan sa’y – harakatini faollashtirish maqsadidamiz”1.

O’zbekiston o’z tarkibida demokratik davlatlarni biriktirgan NATO kabi tashkilotlarning ahamiyatini ham to’g’ri baholab, uning nafaqat yevropa mintaqasi barqarorligini saqlashga xizmat qilishi, aksincha, o’z siyosiy ustqurmasini mustahkamlashi va “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasida yevropa mintahasida ham muhim o’rin tutishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. O’zbekiston “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturida ishtirok etar ekan, asosan o’z mustaqilligini mustahkamlash, zamonaviy xarbiy-texnik imkoniyatlarini qo’lga kiritish, harbiy kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib qo’yadi.

O’zbekiston NATO faoliyatidagi barcha yirik tadbirlarda faol qatnashmoqda. "Tinchlik yo’lida hamkorlik" dasturidagi muvaffaqiyatli ishtiroki esa taqsinga sazovor. AQSH tomoni yaqinda NATO da Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha vakil tayinlaganini nazarda tutadigan bo’lsak, kelgusida bunday rejaning amalga oshishiga shubha qolmaydi.

O’zbekiston o’z havfsizligini mustahkamlash maqsadida ham NATO da ishtirok etishdan manfaatdor.

Umuman yevropa va butun g’arb – bu yuqori texnologiya va investitsiyalar manbai, zamonaviy demokratiya va inson huquqlari ramzidir. O’z oldiga havfsizligi ta’minlangan, taraqqiy etgan davlat qurishni maqsad qilib qo’ygan yosh O’zbekiston uchun bunday sheriklar bilan teng munosabatlarga kirishish, tabiiyki, beqiyos ahamiyat kasb etadi. 1

Ta’kidlab o’tganimizdek, O’zbekiston o’z tashqi aloqalarida ko’p tomonlama munosabatlar barobarida ikki tomonlama hamkorlikka ham tayanadi. Zero, ikki tomonlama aloqalar o’zaro manfaatlarni yorqinroq his etish, bir-birini yaqindan bilish imkonini beradiki, bu o’zaro hamkorlikning o’zoq davom etishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonnning Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, CHexiya, Slovakiya, Ruminiya kabi qator mamlakatlar bilan o’rnatgan to’g’ridan-to’g’ri ikki tomonlama munosabatlari ham shundan dalolat berib turibdi.

Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida so’zlagan ma’ruzasida “mustaqillikka erishganimizdan beri o’tgan tarixan qisqa davr ichida mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o’zining munosib o’rin egallaganligiga”1 alohida urg’u bergan edi. Bu, birinchi navbatda, xalqaro siyosiy maydonda olib borilayotgan har tomonlama puxta ishlangan tashqi siyosatimiz bilan bog’liqdir. Mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo’lib kelmoqda.

Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida O’zbekiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o’zaro birgalikda bartaraf etish bo’yicha qator tashabbuslarni ilgari surib, ularni ro’yobga chiqarib kelmoqda. Jumladan, 2000 yil 21 aprelda Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug’diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo’la oladi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan 1997 yil 14-15 sentyabr kunlari tashkil etilgan “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli hudud” mavzusidagi Xalqaro konferensiyasi ishida jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning vakolatli vakillari qatnashdi2. Bular orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik, “Islom konferensiyasi” Tashkiloti, Lotin Amerikasida yadro qurolini ta’qiklash bo’yicha agentlik va boshqa xalqaro tuzilmalardir. Ushbu anjuman ishida BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari - yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar.

O’zbekiston tashabbusi bilan BMT homiyligida 1995 yilda Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolari bo’yicha xalqaro seminar muvaffaqiyatli o’tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot vakillari, shuningdek dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan, jumladan AQSH, GFR, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, YAponiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va boshqa davlatlardan kelgan diplomatlar va hukumat vakillari qatnashdi1.

Turkmaniston o’zining betaraf pozitsiyasini ro’kach kilib, mintaqa atrofida kechayotgan asosiy geosiyosiy jarayonlardan chetda turishni afzal ko’rdi. Qirg’iziston va Tojikiston ham bir necha yillardan buyon mintaqa atrofida kechayotgan geosiyosiy jarayonlar sinovidan o’tib kelmoqda. Tabiiyki, mintaqadagi ayrim davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari va siyosiy holatlari yetakchi davlatlarning doimiy kuzatuvi va diqqat markazidan o’rin olib kelmokda. Ammo O’zbekiston o’z tashqi siyosiy faoliyatni mamlakat milliy manfaatlarini inobatga olgan holda qat’iyat bilan mustaqil ravishda amalga oshirib kelmoqda.

Tojikiston 1992 yil 2 martda barcha Markaziy Osiyo davlatlari qatori BMTga teng huquqli a’zo davlat sifatida qabul qilindi. SHu davrdan BMT va Tojikiston o’rtasida qizg’in aloqalar boshlandi. BMT Bosh kotibi Kofi Annan bu haqida 2002 yil 21 oktyabrida Tojikiston parlamentiga qilgan murojaatida quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Tojikiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikki tomon ham g’ururlansa arziydigan mustahkam va sermahsul hamkorlik aloqalar tajribasiga ega”2. SHuni alohida ta’kid­lash lozimki, mazkur aloqalar asosan BMTning 1992-1997 yillarda ichki harbiy-siyosiy nizolar girdobida qolgan Tojikistonga yordami, milliy birlik va tinchlikni tiklashga ko’maklashishdan iborat bo’ldi3.

O’zbekistonning Afg’onistonga qurol-yarog’lar yetkazib berishni qattiq ta’qiqlab qo’yish haqidagi taklifi BMTning Xavfsizlik Kengashida ko’rib chiqildi. Bu esa O’zbekiston afg’on muammosini hal qilishda asosiy tinchlik o’rnatuvchilardan biri sifatida yuksak xalqaro obro’-e’tiborga egaligidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo hududida geosiyosiy o’ringa ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi doimiy ravishda Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishini va qarama qarshilik to’xtatilishini amalda istayotganligini isbot qilib kel­moqda. Jumladan, Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishni ta’qiqlash ha­qi­dagi O’zbekiston taklifi BMT Xavfsizlik Kengashining 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan qo’llab-quvvatlandi. Afg’onistondagi vaziyat BMT Xavf­sizlik Kengashida 1996 yilda ikki marta - 15 fevral va 22 oktyabrda muho­kama qilindi. 1996 yil 22 oktyabrda qabul qilingan BMT rezolyutsiyasida, xususan, “Afg’onistonning ichki ishlariga aralashmaslik hamda Afg’onis­ton­dagi mojaroda qatnashayot­gan hamma tomonlarga qurol-yarog’lar va o’q-dorilar yetkazib berishning oldini olish muhimligi” ta’kidlanadi1.

Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining faoliyati yevropada xavfsizlik va tinchlikni ta’minlashga qaratilgan. yeXHT nafaqat yevropa balki umumjahon miqyosida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mintaqaviy va yalpi xavfsizlik, iqtisod, fan-texnika, atrof-muhit muhofazasi, chegaralar daxlsizligini, kuch ishlatmaslik va tahdid solmas­lik, mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalalari bilan shug’ullanuvchi yirik va nufuzli xalqaro tuzilmadir. Aytish joizki, Afg’onistonda beqarorlikning saqla­nib qolishi nafaqat mintaqa, balki yevropa xavfsizligiga ham tahdid solmoqda.

1992 yil 30 yanvarida yevropada Xavf­siz­lik va Hamkor­lik Kengashi (hozirgi yeXHK) tashqi ishlar vazirlarining Pragada bo’lib o’tgan majlisida O’zbekiston ushbu xalqaro tashkilotga qabul qilindi2. 1992 yil 26 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Finlyandiyaga qilgan rasmiy safari chog’ida yevropada Xavf­siz­lik va Hamkorlik Kengashining Xelsinki (1975 y.) yakuniy aktiga imzo chekdi3. O’zbe­kis­ton Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosiy faoliyat, xalqaro doiradagi munosabatlar yevropada Xavfsiz­lik va Hamkorlik Tashkilotining (EXHT) maqsad hamda qarash­la­ri­ga ham mos keladi. SHu asosda O’zbekiston Respublikasining yeXHT bilan muno­sa­bat­lari samarali rivojlanib bormoqda. Tadqiqotning ushbu bobida yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan ham keng qamrovli hamkorlik aloqalarini olib borishligi aniq dalillar asosida ta’kidlab o’tilgan1.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi tashabbuslariga e’tibor bergan holda bevosita ularning boshqa xalqa­ro tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirgan ishlari ham ko’rsatish lozim. Ma’lumki, mintaqa va dunyo xavfsizlik tizimini ta’minlashda SHan­xay hamkorlik tashkiloti (SHHT) faol ish olib bormoqda. Uning bosh vazi­falaridan biri mintaqa davlatlari bilan hamkorlikda xavfsizlikni ta’­minlashdir. Bu borada O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan SHHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi tomonidan amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, 2005 yilning 5 iyulidan 2006 yilning 15 iyunigacha SHHT hududida 450 ta terrorchilik harakatining oldi olindi. Tashkilot maxsus xizmat xodimlari tomonidan terrorchilik tashkilotlarining 15 nafar rahbari ushlandi yoki yo’q qilingan. 400 nafar jinoyatchi ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda2.

Markaziy Osiyo davlatlaridan biri Tojikistondagi vaziyatga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Ma’lumki, 90 yillar boshida ushbu mamlakatda ichki vaziyatning keskinlashuvi natijasida, 1992 yil noyabr oyidagi Tojikiston Oliy Kengashining murojaatiga binoan MDH davlatlari unga insonparvarlik yordamini ko’rsata boshladi­lar. Natijada, MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining birgalikda qabul qilgan qaroriga binoan tojik-afg’on chegarasi hududiga Rossiyaning 201-diviziyasi chegarachilari kiritildi. SHu bilan birga Tojikistonda tinch­lik­­ni saqlash maqsadida ushbu respublika hududiga qo’shimcha O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston harbiy bo’linmalari kiritildi3.

MDH ga a’zo davlatlar xavfsizlik va barqarorlikni saqlash borasida bir qator bitimlarni imzolaganlar. Jumladan, MDH davlatlari ichki ishlar vazirliklarining Jinoyatchilikka qarshi kurash doirasidagi o’zaro harakati haqida bitim (1992 yil), Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasi bilan kurashda hamkorlik haqidagi bitim (1992), Uyushgan jinoyatchilik bilan kurash doirasidagi o’zaro harakat haqidagi bitim (1994), Transportdagi jinoyatchilik bilan kurashdagi hamkorlik haqidagi bitim va boshqalar, idoralararo bitimlar toifasiga kiradi. Bu turdagi shartnomalar, odatda, tilga olingan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar haqida ma’lumotlarni ayirboshlash, tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, ularni sodir etish usullari haqidagi ma’lumotlarni ayirboshlash, tegishli mutaxassislar va texnologiyalarni ayirboshlash va hokazolar bo’yicha hamkorlikni nazarda tutadi1.

SHunday qilib, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida O’zbekiston Respublikasining mintaqadagi geo­siyo­siy o’rni va mavjud muammolarni bartaraf etishdagi yetakchilik roli alohida ko’rsatib o’tish lozim. SHu bilan birga Markaziy Osiyo davlatlarining nufuzli xalqaro tashkilotlar – BMT, yeXHT, MDH va SHHT bilan birga­lik­da mintaqada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni qaror toptirishdagi tashab­buslari muhim ahamiyat kasb etganligi ta’kidlab o’tish zarur.



4. O’zbekiston va xalqaro tashkilotlarning mintaqada demokratik va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish soxasidagi hamkorligi

Hozirgi kunda munosabatlarni demokratik asosda qayta qurish xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishning eng muhim yo’li sifatida e’tirof etilmoqda. Albatta, ushbu jarayonni bir yoki bir necha davlatning ishtiroki bilan hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun ko’pchilik davlatlarning birgalikdagi harakati zarur bo’ladi.

Ayni paytda bu borada mavjud ziddiyatning kelib chiqish sabablarini ham e’tiborga olish muhimdir. Odatda davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, hozirgi tarixiy bosqichning qarama-qarshiliklar bilan bevosita bog’liq holda kelib chiqsa, boshqa tomondan ular o’zaro siyosiy munosabatlarning xususiyatlariga ham bog’liq.

Markaziy Osiyo davlatlarining BMT, yeXHT va boshqa shu kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi ularda demokratik tamoyil­larni qaror topishida, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etganligiga ham asosiy urg’u berilgan. Jumladan, O’zbekiston BMTning inson huquqlari bo’yicha Fuqarolik va siyosiy xuquqlar to’g’risidagi pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’­risidagi pakt, Qiynoq hamda jazolashning qattiq shafqatsiz, in­so­niy­likka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlarga qarshi konvensiya1 va boshqa bir qator shart­no­mala­riga qo’shilganligi ko’rsatib o’tilgan.

Aytish joizki, xalqaro tajribalardan kelib chiqib va BMTning qo’llab-quvvatlashi asosida O’zbekistonda mustaqillik yillari inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha bir nechta institutlar tashkil qilindi. Ular qatorida Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman, 1995 yil), Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi instituti (1996 yil), Inson huquqlari bo’yicha Respublika Milliy markazi (1996 yil) va Jamoatchilik fikrini o’rganish markazi (1997 yil) faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar1.

SHuningdek, O’zbekiston hukumati BMT bilan birgalikda 2005-2009 yil­larda O’zbekiston Respublikasining rivojlanishiga ko’maklashish maqsadi­ga yo’naltirilgan dasturni qabul qilgan. Ushbu dasturga ko’ra iqtisodiy rivoj­lanish va kam ta’minlanganlik sohasida boshqaruv, tabiat va energoresurslardan oqilona foydalanish, demokratlashtirish jarayonlarini ri­voj­lantirish sohasidagi boshqaruv va boshqa shu kabi ustuvor masalalarga yordam ko’rsatishni maqsad qilib olgan.

SHuni ham alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillari O’zbekiston Respublikasida BMTning ko’magida jami 64 ta turli sohalarni qamrab oluvchi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 48 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda, 15 ta loyiha esa nihoyasiga yetgan2.

Insoniylikning mezon va andozalari har qanday davlat taraqqiyotining iqtisodiy hamda demokratik islohotlarini qamrab oluvchi kompleks tushuncha hisoblanadi. yeXHT tomonidan aynan shu jihatlarga, unga amal qilish jarayonlariga barqarorlik va xavfsizlikning kafolati sifatida alohida e’tibor qaratiladi. Bunda eng birinchi o’rinda inson huquqlarini himoyalash, ijtimoiy portlashlar, fuqaroviy va millatlararo nizolarga yo’l qo’ymaydigan choralar ko’radigan fuqarolik jamiyatini barpo etish mexanizmlari masalasi turadi. SHuni alohida qayd etish lozimki, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan inson huquqlariga doir BMT va yeXHT standartlariga sodiqlik masalalari ularning Konstitutsiyalari va qabul qilgan qonunlarida o’z aksini topgan. SHu bilan birga ularning barchasi mintaqada, demo­kratlashuv jarayonini yanada tezlashtirish, inson huquqla­rini himoya qilish, milliy ozchilik manfaatlarini himoyalash masalalariga alohida e’tibor berib kelmoqdalar.

EXHTga a’zo mamlakatlarda demokratlashuv jarayonlarida uning Demo­kra­tik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi (DIIHB) alohida o’rin tutadi. 1996 yildan boshlab Markaziy Osiyoda va jumladan O’zbekistonda DIIHB tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, ushbu byuro va O’zbekiston hukumati tashabbuslari bilan 1996 yil 11 - 13 sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar” mavzuida xalqaro kengash seminari o’tka­zil­di. Bu kengash Markaziy Osiyo, yevropa va Amerikaning 21 mamlakatidan, shuning­dek 29 ta xalqaro va hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlardan kelgan ekspertlar ishtirokida keng doirada muloqot o’tkazish imkonini berdi1.

Ushbu seminar-kengashda so’zga chiqqan yeXHTning DIIHB direktori masla­hatchisi YA. Polishevskiy haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Har qanday xalq minglab yillik taraqqiyoti davomida to’plangan tajribaga, milliy an’ana­lar­ga ega. SHu sababdan ham yevropa tajribasini bu yerda to’la-to’kis, butun­ligicha qo’llab bo’lmaydi. Har qanday davlat demokratik davlat barpo etish jarayonida, eng avvalo, o’z tajribasi, nuqtai nazariga asoslanadi”2.

O’zbe­kis­ton Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabr­­dagi Farmo­ni­ga asosan Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi3 tashkil etilganligi hamda ushbu markazning xalqaro tash­ki­lotlar bilan yaqindan faol hamkorlik ishlarini olib borganliklari yori­tib o’tilgan. Jumladan, ushbu markaz yeXHTning DIIHB, yeXHTning Tosh­kent­dagi Loyihalar koordinatori, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muas­sa­salari (BMTTD, BMT Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqar­masi, YUNISEF), “Konrad Adenauer” va “Fridrix Ebert” nomidagi jamg’ar­ma­­­lar, Fransiya, Germaniya, YAponiya va boshqa davlatlar elchixonalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Masalan, 2006 yil 20-21 aprel kun­la­ri Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi BMTTD bilan hamkorlikda Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnoma­lar­ni bajarish yuzasidan Milliy ma’ru­zalar tayyorlashga doir trening o’tkaz­dilar4.

SHunindek mazkur bobda, Markaziy Osiyo davlatlari saylovlarni oshkora va saylov qonunchi­ligiga rioya etilishini ta’minlash borasida xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik jarayonlari o’z aksini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasida ikki palatali parla­mentga ilk bor o’tkazilgan 2004 yil dekabrda va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2009 yil 27 dekabrda bo’lib o’tgan saylov jarayonlarida yeXHT, yevroparlament, MDH, SHanxay Hamkorlik tashkiloti kuza­tuv­chilari missiyalari qatnashdi1. Saylovda ishtirok etgan kuzatuvchilar saylov monito­ringini o’tkazdi. Ular saylov kompaniyasining barcha bosqichlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va umume’tirof etilgan tamo­yil­larga muvofiq o’tganligini ta’kidladilar2.

Inson xuquqlarini himoyalash va demokratik tamoyillarga rioya qilish masalalari Markaziy Osiyo mintaqasining barcha davlatlarida ham amalga oshirilish jarayonlari kuzatib o’tilgan. Ushbu jarayon Tojikiston Respublikasi misolida ko’rilganida, mintaqaning boshqa davlatlari singari Tojikiston ham mamlakatda demo­kratik tamoyillarni o’rnatish yo’lidan borilayotganligi, o’z maqsadlarini amalga oshirishga ko’maklashuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinayotganligi ko’rsatib o’tilgan.

Masalan, Tojikiston ham Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari inson huquqlari bo’yicha asosiy shartnomalarga qo’shilgan. Ular tarkibiga “Fuqa­rolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt”, “Irqiy kamsitish­larning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiya”, “Ayol­larga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiya”, “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya”, “Qiynoq hamda muo­ma­la va jazolashning shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya” va boshqalar kiradi3.

Markaziy Osiyo hududi mavjud bo’lgan muammolarni bartaraf etish yo’lida xalqaro tashkilotlar tomonidan ko’rsatilgan gumanitar yordamlariga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Bunday muammolar orasida mintaqa uchun muhim bo’lgan muammolardan biri sifatida albatta xavfsizlik masalasi turar edi. Bu esa o’z navbatida Afg’oniston mojarosi bilan to’g’ridan to’g’ri bog’lik bo’ldi.

Ma’lumki, 1992-1993 yillarda Tojikistonda sodir bo’lgan qurolli to’qnashuvlar tufayli ushbu respublikaning 50 mingdan ortiq fuqarosi Afg’onistonning shimoliy viloyatlariga qochib o’tishga majbur bo’lgan edi. O’zbekiston Respublikasi hukumati esa BMTning qochoqlar masalalariga doir Oliy komissari bilan hamkorlikda boshpanasiz qolgan fuqarolarga o’zining yordam qo’lini cho’zdi. Garchi Afg’onistondagi ichki harbiy-siyosiy vaziyat jiddiy bo’lsa ham, O’zbekiston o’z hududlari orqali qochoqlarning Tojikistonga o’tib borishi uchun shart-sharoitlar yaratib berdi1.

SHuni ham ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa xavfsiz­ligi va barqarorligiga tahdid solayotgan Afg’onistondagi notinchlik­larga barham berish va bu yerda tinch hayotni izga solish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur davlatga gumanitar yordamni ko’rsat­moqdalar. Masalan, O’zbekiston mutaxassislari vayron bo’lgan o’ndan ortiq ko’priklarni ta’mirlab, yo’llarni ekspluatatsiya qilishga loyiq holatga keltirdilar. Afg’onistonning shimoliy viloyat­lari­ga elektr energiyasini yetkazib berish ishlarini amalga oshirmoqda. O’zbekis­ton avtomobillari, quri­lish materiallari va boshqa tovarlari Afg’oniston bozoridan mustah­kam o’rin egallamoqda. Ko’plab afg’on yoshlari O’zbekistonning turli oliy o’quv yurt­larida o’qimoqdalar2.

Markaziy Osiyodagi Orol muammosi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari jihatidan XX asrning eng katta falokatlardan biri ekanligi asoslab o’tilgan. SHu sababli ushbu muammo nafaqat mintaqa mamlakatlari balki jahon hamjamiyati va jumladan turli xalqaro tashkilotlarning diqqat markazidan o’rin egalladi. Buning natijasida 1991 yilda BMTning atrof-muhit bo’yicha dasturi (YUNEP) Orol dengizi fojia­sining qamrovi va jiddiyligi borasida dastlabki baholash ishlarini amalga oshirdi3.

1992 yili yangi mustaqil davlatlar iltimosiga ko’ra, Jahon banki (JB) missiyasi Orol dengizi havzasi va Orolbo’yi hududidagi hayotga ekologik, institutsional va ijtimoiy-iqtisodiy baho berish bo’yicha ish boshladi. Natijada Jahon banki missiyasi Orol dengizi tangligi oqibatlarini yengil­lashtirish bo’yicha uch bosqichli dasturni ishlab chiqdi. 1994 yilning iyuni­da dastur Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD), Jahon banki (JB) va BMTning atrof-muhit bo’yicha Dasturi (YUNEP) ko’magida Parijda donorlarga taqdim etildi. Mazkur uchrashuvda donorlar Jahon Banki tomonidan suralgan 41 mln. AQSH dollaridan 31 mln. dollarini dasturning tayyorlov jarayoniga ajratish majbu­riyatini zimmasiga oldi1.

Markaziy Osiyo hududida va jumladan Orol dengizi basseynida vujud­ga kelgan ekologik halokat oqibatlarini yengib o’tishda yevropada Xavf­sizlik va Hamkorlik Tashkilotining ham ulkan hissasi kuzatib o’tilgan. Jumladan, yeXHT rahnamoligida O’zbekistonning Toshkent va Urganch shaharlarida 1995 yilning oktyabrida atrof-muhitni tiklash bo’yicha xalqaro seminar bo’lib o’tdi2.

Ammo keyingi yillarda ham Orol muammosi xalqaro tashkilotlarning e’tiboridan chetda qolmadi.

2010 yil 4-5 aprel kunlari BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun O’zbekistonga tashrif buyurib, dastlab Nukus shahrida Orol bo’yidagi ekologik vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan taqdimot marosimida ishtirok etdi. Tashrif davomida u Orol bo’yidagi ekologik vaziyat bilan yaqindan tanishdi. BMT Bosh kotibi O’zbekiston Prezident I.A.Kari­mov bilan uchrash­ganda, “O’zbekiston va BMT o’rtasidagi umumiy masalalarni hal etish doira­sida O’zbekistonlik hamkorlarimiz bilan birgalikda ishlashdan mamnunman. Orol dengizini qurib, bu falokatning butun min­ta­qa ekotizimiga yetkazgan salbiy ta’siri nechog’li katta ekanligiga ishonch hosil qildim. Murakkab ekologik sharoitda yashayotgan odamlar bilan uchrash­dim. Qariyb butun mintaqa aholisi boshdan kechirayotgan ofatni tasavvur qilishning o’zi og’ir”, deb ta’kidladi3. SHu bilan birga, Pan Gi Mun O’zbekiston rahbarining bu boradagi tashabbuslari naqadar asosli va muhim ekanligini alohida e’tirof etdi.

SHuningdek bobda, BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Markaziy Osiyoga kelgan paytida 2010 yil 6 aprelda Qirg’iziston Respub­li­kasiga ham qilgan rasmiy tashrifi ko’zdan kechirilgan. Bu borada, mazkur mamlakatning hukumat rahbarlari bilan uchrashuv jarayonlarida Markaziy Osiyoda vujudga kelayotgan suv muammolari bo’yicha olib borilgan muzokara va fikr-mulohazalar yoritib o’tilgan1.

2010 yil yozida Qirg’iziston Respublikasining janubida vujudga kelgan vaziyat uning oqibatlari va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Sodir etilgan fojeali voqealar oqibatida 100 mingga yaqin Qirg’iziston fuqarosi O’zbekistonning Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida vaqtinchalik qabul qilinib, joylashtirilgan edi. Bunday vaziyatda O’zbekiston hukumati tomonidan Qirg’izistondan vaqtincha ko’chib kel­gan­larga insonparvarlik yordamini tegishli manzillarga aniq va tezkorlik bilan yetkazib berish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rildi. Qirg’izistondan vaqtincha O’zbekistonga ko’chib o’tgan­­larga xorijdan jami qiymati 3926,6 ming AQSH dollariga teng insonparvarlik yuki yetkazildi. Ularning yarmi­dan ko’pi xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etildi. Jumladan, BMT 1 337,9 ming, Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati 636 ming, YUNISEF 67 ming, Xalqaro shifokorlar ligasi 64,4 ming, CHegara bilmas shifokorlar 41,8 ming dollarlik yordam ko’rsatdi2. O’zbekiston Respublikasi tomonidan qo’shni davlatdan ko’chib kelganlarga bepul tibbiy yordam ko’rsatildi va barcha zarur narsalar - palatkalar, ko’rpa- to’shak, kiyim-kechak, oziq-ovqat va maishiy buyumlar bilan ta’minlandi3.



Katalog: uploads -> books -> 47828
47828 -> Referat topshirdi: Tuvalov T. Qabul qildi: Boltayev M. Samarqand 2013
47828 -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 4 kurs
47828 -> Navoiy davlat pedagogika instituti
47828 -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
47828 -> Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
47828 -> Низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети тарих факультети алиева Мохира Солиевнанинг
47828 -> Mavzu: “Sеrfayz o`zbеk dasturxoni” mavzusida natyurmort kompozitsiya bajarish Ilmiy rahbar
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
47828 -> «tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
47828 -> O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi

Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik