Mavzu: KOMPYUTERNING UMUMIY TUZILISHI, UNING QURILMALARI
Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy kompyuterlar, kompyuter turlari, kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari: monitor, klaviatura, protsessor va uning ichki qurilmalari, sichqoncha; printer, skaner, modem, faks-modem, proyektor (doskasi), veb-kamera, UPS, XUB, kolonkolar (ovoz kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchu (CD va DVD ROM), CD va DVD disklar, flеsh disk.
Komputerva ularning turlari
Kompyuter (ingl. computer – hisoblagich) – elektron shaklga va turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig‘ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo‘lgan qurilma.
Kompyuterlarning turlari:
Mini kompyuterlar (MiniComputer)
Portativ kompyuterlar (Notebook)
Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer)
Server kompyuterlar (Servers)
Super kompyuterlar (Super Computer)
Mini kompyuterlar va Noutbuk
Minikompyuterlar – o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday kompyuterlar cho‘ntak kompyuterlari deb ataladi.
Portativkompyuterlar (noutbuk, netbuklar) – bunday turdagi kompyuter-larning ekrani va asosiy bloki birlashgan bo‘lib mobil foydalanishga juda qulay.
Shaxsiyva Server kompyuterlar
Shaxsiykompyuterlar – uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan IBM rusumidagi kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi.
Serverkompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o‘z resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.
Super kompyuterlar
Super kompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Bu kompyuter tizimlari 1 sekundda o‘n trillion amal bajaradi.
Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari va yordamchi qurilmasi
Kompyuterning asosiy qurilmalari:
Protsessor (tizimli blok – sistema bloki)
Monitor
Klaviatura
Мa’lumotlarnikiritish va chiqarish qurilmalari
Мikroprotsessor
- Doimiy xotira (Qattiq disk – винчестер)
- Тezkor xotira (оперативка)
Kesh xotira
- Kontrollerva adapter (turli platalar)
- Аsosiy plata (Onaplata - Mother board)
Elektr toki ta’minlovchi blok
(блокпитания)
Sichqoncha
Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotlarni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular foydalanuvchiga ma’lumotlar va buyruqlar bilan ishlashda yordam beradi, ya’ni yordamchi qurilma hisoblanadi.
Chopetish qurilmalari
Printer – ma’lumotlarni qog‘оzga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotlarni, ko‘pchiligi esa rasm va grafikli ma’lumotlarni rangli ko‘rinishda qog‘ozga chop etadi.
Printerlarning quyidagi turlari mavjud:
Matritsali-ignali
Purkovchi
Lazerli
Ма’lumotlarni raqamli ko‘rinishga o‘giruvchi vositalar
Skaner – kompyuter xotirasiga matn, rasm, fotosurat ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlarni avtomatik ravishda rasm holatida kiritishga mo‘ljallangan qurilma. Shuningdek, qo‘shimcha dasturlar orqali tasvirli ma’lumotli MS Word dasturiga o‘tkazilishi mumkin.
Мodem – telefon tarmog‘i orqali kompyuterlar o‘zaro axborot almashish, aloqa qilish imkonini beruvchi qurilma. Ya’ni modem axborotni signallarga aylantiradi va telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuterga uzatadi. Asosiy vazifasi kompyuterni internetga ulash.
Modem turlari:
- Dial-up (ichki va tashqi);
- ADSL;
- USB-modem
Faks-modem – qog‘ozdagi ma’lumotlar nusxasini uzoqdagi boshqa joyga (faksga) uzatish qurilmasi.
Proyektor – kompyuter ekranidagi ma’lumotlarni katta ekranlarga uzatuvchi qurilma.
Veb-kamera – ma’lumot (voqea-hodisa) larni rasmga tushiruvchi va tasvirga (kichik lavha) oluvchi qurilma.
UPS – kompyuterni ma’lum vaqt elektr toki bilan ta’minlovchi qurilma. Bu orqali kompyuterni qoidasi bilan o‘chirishimiz mumkin.
XUB – kompyuterlarni bir-biriga bog‘lab, ular o‘rtasida axborot almashinishini ta’minlovchi qurilma.
Kompakt disk yurituvchilarining turlari:
CD-RW – kompakt disklarni o‘qish va ularga ma’lumotlar yozish qurilmasi
DVD-RW – DVD disklarni o‘qish va ularga ma’lumotlar yozish qurilmasi
Мultimediavositalari
Мultimedia vositalari yordamida axborotlarni matnli, tasvirli, ovozli va animatsiyali ko‘rinishda namoyish etish mumkin.
Мultimediavositalari bu:
Nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar, tovush kolonkalari);
Animatsion va video ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari (videokameralar, videoproyektor va ekranlar)
Tovushli, musiqali va video ma’lumotlarni saqlovchi optik disklar
KOMPYUTERLARNING APPARAT VA DASTURIY TA'MINOTI
REJA
1. Dasturiy ta'minot haqida
2. Tizimli dasturiy ta'minot
3. Amaliy dasturiy ta'minot
4. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
Dasturiy ta'minot haqida
Axborot texnologiyalarining eng muhim tarkibiy qismlari apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software) lardir.
Apparat ta'minoti — birinchi navbatda kompyuterning asosiy va qo'shimcha qurilmalaridir
Dasturiy ta'minot
Dasturiy ta'minot kompyuterning ikkinchi muhim tarkibiy qismi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan dasturlarni o'z ichiga oladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti
Avalo ular orasidagi bog'lanishinterfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.
Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish — apparat-dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya'ni inson (foydalanuvchi) ni ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan o'zaro muloqoti foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin:
tizimli dasturiy ta 'minot;
amaliy dasturiy ta 'minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta'minot (System software) — kompyuter va kompyuter tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta 'minot (Application program package) aniq bir predmet sohasi bo'yicha ma'lum bir masalalar sinfini yechishga mo'ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo'lib xizmat qiladi, ya'ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo'ljallangan.
Tizimli dasturiy ta'minot
Tizimli dasturiy ta'minot quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash;
kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish hamda profllaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qismdan
— asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta 'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta'minot alohida, qo'shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta'minot (base software) kompyuter ishini ta'minlovchi dasturlarining minimal to'plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
operatsion tizim (ОТ);
tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning samaradorligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta'minlovchi va boshqa dasturlardir.
Kompyuterning dasturiy ta'minoti orasida eng ko'p qo'llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab — kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtiril- gan tizimlarning yaratilishi va qo'llanilishidir. Amaliy dasturiy ta'minotni quyidagicha tasniflash mumkin
Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta'minlovchi dasturlarni o'z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
rejalovchi yoki organayzerlar, ya'ni ish vaqtini rejalashti- ruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, tele- fon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
taijimon dasturlar, ya'ni berilgan boshlang'ich matnni ko'rsatilgan tilga taijima qilishga mo'ljallangan dasturlar;
Suniy intellekt tizimlari.
Suniy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to'rt yo'nalishga bo'lish mumkin:
Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.
Uslibu yo'nalish kompyuterda o'yinlarni (shaxmat, shashka va h.k.) dasturlash va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shug'ullanadi.
Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar.
Ushbu yo'nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizim- larning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun'iy intellekt tizim- larini ma'lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi hamda qo'llanishi mumkin.
Multimedia dasturiy vositalari
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma'lumotlarni qayta ishlash muhitining o'zgarishi, lazerli disklarning paydo bo'lishi, ma'lumotlarning tarmoqli tcxnologiyalarining rivojlanishi natijasida shakllandi
Kichik nashriyot tizimlari
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborol texnologiyasini ta'minlaydi, matnni bichimga solish va tahrirlash, avlomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli gmfikani inatn orasiga qo'yish va hokazolami bajaradi.
Umumiy maqsadli ADT
Umumiy maqsadli ADT — soha mutaxassisi bo'lgan foyda- lanuvchi axborot texnologiyasini qo'llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko'plab dasturlarni o'z ichiga oladi. Bular:
kompyuterlarda ma'lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta'minlovchi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn protsessorlari;
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ni yaratish bilan bog'liq yo'nalish tez sur'atlar bilan rivojlan- moqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun kuchli hamda qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga das- turlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.
Dasturlar yaratish vositalari.
Ushbu vositalar dasturlar yara- tishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta'minlovchi dasturiy tizimlarni o'z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
kompilyator va interpretatorlar;
dasturlar kutubxonasi;
turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ham ta'minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to'plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.