O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 488 Kb.
bet4/4
Sana10.09.2017
Hajmi488 Kb.
1   2   3   4

28 - tajriba. Qand yonadi.

Qand yonadimi? Xa, yonadi. Ajabo! Qandning o’zi yonmaydi. Ammo katalizator ishtirokida yaxshi yonadi.

Bir bo’lak qandni olib, yoqib ko’rilsa u yonmaydi. Agar nam barmoqni kuldondagi kulga botirib, qandni ushlansa va o’sha yeri yoqilsa, qand qizg’ish alanga chiqarib yona boshlaydi. Bunga sabab kulda boshqa mikroelementlar bilan birga litiy karbonat tuzi xam mavjudligidir. Bu tuz qandning yonishida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Qand esa, xavodagi kislorod xisobiga yonadi.

C12H22O11+12O2=12CO2+11H2O



29 - tajriba. Sun’iy vulqon.

Chinni yoki sopol plitka ustiga 3-4 g chamasi to’q sariq tusli ammoniy bixromat tuzidan solinadi, unga ozgina spirt tomiziladi-da, extiyotlik bilan yoqiladi. Yonish davom etgani sari vulqon otilishini eslatadigan olov uchqunlari paydo bo’ladi va qoramtir - yashil tusdagi kulsimon moddalar atrofga sochila boshlaydi. SHu paytda xona chirog’i o’chirilsa, “vulqon” otilishi yanada manzarali bo’ladi.

Bir necha minutdan keyin “vulqon” otilishi susaya borib, nixoyat so’nadi. Plitka ustida bixromat tuzi xajmiga nisbatan 10 - 15 marta ko’p bo’lgan, konussimon uyum xosil bo’ladi.




6-rasm.
Yashil qoramtir - yashil xrom (III) oksidi, suv bug’i va azot gazini xosil qiladi. Buning siri shundaki, qizg’ish tusli ammoniy bixromat tuzi yonganda qoraqiladi.

(NH4)2Cr2O7 t-oCCr2O3+N2+ 4N2O



ammoniy bixromat xrom III oksid

qizg’ish to’q yashil

Reaktsiya natijasida xosil bo’lgan azot gazi va suv bug’i shiddat bilan yuqoriga otilib chiqadi va o’zi bilan birga yashil - qoramtir xrom (III) oksidini xam yuqoriga ko’taradi. Suv bug’i va azot gazi xavoga tarqalib ketadi, xrom (III) oksidi esa, konussimon uyum xosil qiladi.

Xosil bo’layotgan gazlar va ajralayotgan issiqlik tasirida xrom (III) oksidi g’ovaklashadi, shu sababli uning xajmi kattalashadi.

Suni esdan chiqarmaslik kerakki, xrom (III) oksidi g’oyat zaxarli modda, tajriba davrida nixoyatda extiyotkorlik talab qilinadi.



30 - tajriba. Firoavn iloni.

Bu tajribani 8 - sinfda azot mavzusini o’tganda, 9 - sinfda CO2 ni olinishi va simob va uning birikmalari o’rganilganda, shuningdek, kimyodan kechalar o’tkazganda bu tajribani namoyish etish katta qiziqish uyg’otadi.

Bir bo’lak tuxum shaklidagi bo’r yoqilsa kishini xayron qoldiruvchi olachipor ilon paydo bo’lib, u vishillab xarakat qila boshlaydi. Ajabo, bu qanday xosil bo’ldi? Bu tajribani quyidagicha bajarish mumkin: 2 ta stakan olib, birinchisiga 30 ml distillangan suv quyiladi va suvda 3.24 g simob (II) nitrat tuzi eritiladi. Ikkinchisiga xam shuncha miqdor suv qo’shib, unda 1.94g kaliy rodanid tuzi eritiladi-da, bir stakandagi eritma ikkinchisiga quyiladi. Natijada pag’a-pag’a ko’rinishda oq cho’kma xosil bo’ladi. Xosil bo’lgan modda filtrlanadi. Uni bir oz quritish uchun quritish shkafida qoldiriladi. Modda yarim quruq xolga kelganda qoliplanadi, ya’ni xoxlagan shaklga (tuxumsimon, tayoqchasimon) keltiriladi va quritiladi.

Quritilgandan keyin unga gugurt chaqib tutilsa, undan pishqirib chipor tusli, xuddi suv ilonga o’xshash alanga chiqara boshlaydi. Bu tajribada xavo kislorodining ishtiroki bilan simob (II) rodanid tuzi yonib, simob (II) sulg’fid, simob (II) oksid moddalari, uglerod (IV) oksid, sulьfid angidrid va erkin azot xolidagi gazlar xosil bo’ladi.

4Hg(CNS)2+15022 HgS+2 HgO + 8 CO2+65 O2+2N2

simob II rodanid simob II oksid

Reaktsiya natijasida xosil bo’lgan simob (II) sulfid va simob (II) oksid qattiq modda bo’lgani uchun pufaksimon parda xosil qiladi. Yonish vaqtida xosil bo’ladigan uglerod (IV) oksid, sulfid angidrid va azot gazlari pufakchalar pardasi yorilmagani uchun chiqib keta olmaydi. Gazlarning bosimi natijasida pardali pufakchalar tirik ilon kabi xarakat qiladi.

Bu firoavn iloni deb xam yuritiladi. Firoavn iloni xaqida afsonalarda qiziq rivoyatlar bor. Qadim zamonlarda Misrda xukmronlik qiluvchi Firoavn, yaoni podsho o’zining yer yuzining xudosi deb e’lon qilibdi. Xudolik daovosini qilish uchun uning oddiy xalq bajara olmaydigan “mo’jiza” ko’rsatish kerak ekan. SHundagina avom xalqning maolum bir qismi firoavnga ishonishi mumkin ekan. SHuning uchun firoavn xalq o’rtasida “mo’ojiza” ko’rsatishga qaror qilibdi. Kunlarning birida, u xalqni katta maydonga to’plash xaqida buyruq beribdi. Maydonga odam to’planganidan keyin firoavnning ko’rsatmasiga muvofiq uning xizmatkorlari uzunligi 25-30 santimetr, diametri ikki santimetr chamasidagi beshta tayoqni maydon o’rtasiga keltirib qo’yishibdi, tayoqlar yondirilibdi. SHu ondayoq tayoqlardan pishqirib, og’zidan olov va tutun chiqargan xolda ajdaxoga o’xshagan, uzunligi bir necha metr keladigan beshta katta “ilon” vishillab chiqibdi. Xamma xayratdan yoqasini ushlashibdi.

Firoavn ilonlari tashqi ko’rinishi jixatidan ilonga o’xshasa-da aslida yuqoridagi tajribada ko’rganimizdek simob (II) (tajribada) rodanid tuzining yonib parchalanishidir xolos. Bu yerda xech qanday boshqa sir yo’q.



31 - tajriba. Yorug’lik ta’sirida reaksiyalar.

Maktabda kimyo o’qitish jarayonida kimyoviy reaktsiyalarning vujudga kelishi uchun zarur shartlardan biri yorug’lik energiyasi ekanligini isbotlovchi bir qator tajribalarni sinf xonasida namoyish qilish mumkin. Masalan, xlor va vodorod o’rtasida, xlor bilan to’yingan uglevodorodlar (metan) o’rtasida boradigan birikish va o’rin olish reaktsiyalarini olib ko’raylik. Dastlab xlor bilan vodorod o’rtasida vujudga keladigan reaktsiyaning sharti - yorug’lik energiyasi berilishi namoyish qilinadi. Buning uchun xajmi bir litr va undan kamroq bo’lgan polietilendan qilingan qopcha teng xajmda vodorod va xlor bilan to’ldiriladi: qopchaning og’zi shisha nay o’rnatilgan tiqinga xavo o’tmaydigan qilib bog’lanadi. Qopcha shisha nay orqali avval xlor (xlor - kalsiyli nay orqali o’tkazib, quritilgan), keyin vodorod bilan to’ldiriladi. Gazlar teng xajmda olinganini qopchaning xajmi va to’lish darajasiga qarab aniqlanadi. Gazlar aralashmasi bilan to’ldirilgan polietilen qopcha (yoki ko’rsatkich) uchiga bog’lanadi. Shundan so’ng gazlar o’rtasidagi reaktsiya oftob nuri taosirida (tashqarida), yoki quyosh nurini to’plovchi linzadan yuborilgan nur to’plami, yoxud kuchli elektr lampasi nuri ta’sirida (sinfda) boshlanishini namoyish qilish mumkin: nur tushgan zaxoti qopchada portlash sodir bo’ladi.

SHunday qilib: “Yorug’lik kimyoviy reaktsiyaning vujudga kelishi uchun zarur shartlardan biri”, degan dastlabki tushuncha kimyoda dastlabki darslarda beriladi. Bu 9 - sinfda to’yingan uglevodorodlar bilan xlor o’rtasidagi o’rin olish reaktsiyasini o’rganishga dastlabki zamin bo’ladi.

SHundan keyingi darslarda shu tajribaning tafsiloti turli darajada rivojlantiriladi. Masalan, VIII sinfda xlorning kimyoviy xossalarini o’rganishda uning vodorod bilan yorug’lik nuri taosirida zanjirli reaktsiyaga kirishishi ancha mukammal o’rganiladi.

Afsuski, maktab kimyo darsligida xlorning kimyoviy xossalarini o’rganishda avval o’rgatilgan “ekzotermik va endotermik reaktsiyalar”, “Kimyoviy reaktsiyalarning issiqlik effekti”, “Kimyoviy reaktsiyalarda energiyaning saqlanishi va bir turdan ikkinchi turga o’tishi”, “Termokimyoviy tenglamalar” kabi tushunchalarni takrorlash va ularni yangi darajaga ko’tarishiga yetarli axamiyat berilmagan. SHuni xisobga olib biz, yuqorida sanab o’tilgan tushunchalarni xlorning kimyoviy xossasini o’rganishda qanday rivojlantirish lozimligiga axamiyat berdik.

Dastlab xlor bilan vodorod o’rtasidagi reaktsiya tenglamasi darslikdagi singari yozildi.

H2+Cl22HCl

Bu reaktsiyaning qanday sharoitda borishi xaqidagi tushunchani eslatuvchi savollar berilgandan keyin tenglamadagi yo’nalish belgisi ustiga “issiqlik yoki yorug’lik” deb yozib qo’yiladi.



t yoki yorug’lik

H2+Cl2 -------------- 2HCl

SHundan so’ng o’quvchilarga gazlar aralashmasiga taosir etayotgan yorug’lik reaktsiyaning vujudga kelishiga qanday taosir etishini tushuntirishga kirishiladi:

Bunda dastlab muxokama qilinayotgan reaktsiya ekzotermik reaktsiya ekanligi taokidlanib, uning termokimyoviy tenglamasi yoziladi

H2+Cl22HCl+175 kJ.

va 175 kJ, shu reaktsiyaning issiqlik effekti ekanligi ta’kidlanadi. Keyin: “Reaktsiya uchun olingan moddalar molekulasiga yorug’lik qanday ta’sir qiladi?”; - degan savolni o’rtaga tashlab, xam ikki modda molekulasida atomlar o’rtasidagi qutbsiz kovalent bog’lanishning barqarorlik darajasiga o’quvchilar diqqati jalb qilindi va kimyoviy reaktsiyalarda energiyaning saqlanishi qonuniga asosan quydagilar paxtaga yozib qo’yilgan.

a) H22H-435 kJ/ mol

H+H H2+435 kJ/ mol

b) Cl22Cl-242 kJ/ mol

Cl+ Cl Cl2+242 kJ/ mol

Taxtada keltirilgan aniq qiymatlarga qarab o’quvchilar yorug’lik nuri ta’sirida avval xlor molekulasi atomlarga parchalanishi mumkin, degan xulosaga keldilar. Sodir bo’ladigan zanjirli reaktsiyaning tabiati darslikda yozilganday tushuntirildi.

Biz shu darsda “Kimyoviy reaktsiyaning issiqlik effekti” va “Moddaning xosil bo’lish issiqliklari” xaqidagi tushunchalar orasidagi tafovutlarga aniqlik kiritish lozim, deb topdik. Buning uchun, dastlab HCl xosil bo’lganda 426 kJ, 2 mol xosil bo’lganda esa ikki marta ko’p - 852 kJ issiqlik ajraladi, deb taxtaga yozdik.

SHundan keyin o’quvchilar daftariga: “Kimyoviy reaktsiyalarning issiqlik effekti reaktsiyalarga kirishayotgan moddalar molekulasidagi kimyoviy bog’lanishni uzish uchun sarflangan energiyalar qiymati bilan moddaning xosil bo’lish issiqligini ko’rsatuvchi energiya qiymati o’rtasidagi tafovutga teng”, deb yozdirdik va buni quyidagi xisoblashlar bilan isbotlab berdik:
a) sarflanayotgan energiyaning miqdori:

H22H-435 kJ 

 435+242= 677 kJ;

Cl22Cl-242 kJ 

b) ajralayotgan energiya miqdori:

2 HCl = 426+426=852kJ;

v) yutilayotgan va ajralayotgan energiyalar tafovuti:

852-677=175 kJ.

SHu yo’l bilan H2+ Cl22HCl+175 kJ termokimyoviy tenglamaning ma’nosini tushuntirishga erishdik. Organik kimyodan “O’rin olish reaktsiyasining mexanizmi” mavzuida o’tiladigan darsda yorug’lik taosirida boshlanadigan zanjirli reaktsiyalar xaqidagi tushunchalar yangi bosqichda boyitiladi.

Cl2 Cl2 Cl2 Cl2

CH4 CH3Cl CH2 Cl2 CHCl3 CCl4

- HCl - CHl - CHl - CHl

qatorida sodir bo’ladigan zanjirli reaktsiyani tushuntirish uchun xam yuqorida tilga olingan tajribani xlor bilan metandan iborat gazlar aralashmasida takrorlanishi va muxokama qilinishi maktab kimyo kursida tushunchalarni dastlabki shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan omil ekanligiga ishonch xosil qildik.

2.4. Kimyo kechalarini o’tkazishda qiziqarli tajribalar tanlash va o’tkazish yo’llari.

Kimyo kechasini o’tkazish. Buning uchun avvalo mavzu tanlanadi. Mavzu turlicha bo’lishi mumkin. Ayrimlari barchaga ma’lum bo’lgan moddalarni chuqurroq o’rganishga ("Suv — oddiy va mo’jizakor modda, "Osh tuzi",) qaratilsa, boshqalari kimyoviy jarayonlarni (masalan, "Olov sirlari") o’rganishga qaratiladi. Boshqalari mamlakatimizning ichki xayotini o’rganish muammolariga (masalan, "Kimyo va paxta xosili", "Vatanimizning tabiiy boyliklari" va x.k.) qara­tiladi. Kimyogar-olimlarning xayot faoliyatiga bag’ishlangan kechalar (D. I. Mendeleev, A. M. Butlerov, M. V. Lomonosov, N. I. Zinin, A. P. Borodin, A. Ye. Favorskiy, N. D. Zelinskiy, O. S. Sodikov, S. Yu. Yunusov, X. U. Usmonov, M. N. Nabiev) juda qiziqarli o’tadi. Ayniqsa, maktabda topishmoqli va qiziqarli kimyo kechalari katta muvaffaqiyatga erishadi.

Agar maktabda kimyo to’garagi mavjud bo’lsa, kechani o’tkazish uning a’zolariga topshiriladi. To’garak bo’lmasa, kechani o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mita tuzilib, kechaning mavzusi va senariysi muxokama qilinadi va xar bir a’zoga tegishli ishlar topshiriladi. Bu ishlar quyidagilar bo’lishi mumkin:



Kechaning mazmunini tanlash, dasturini muxokama qilish va senariyni ishlab chiqish. Bu bosqichda yetakchi rolni kimyo o’qituvchisi o’ynaydi. Ammo o’quvchilar xam o’zlarining xal qiluvchi xissalarini qo’shadilar. Kimyoviy mavzuda ko’rinishlar, she’rlar yozadilar. Jur­nal va badiiy adabiyotlardan materiallar tanlaydilar.

Kechaga kimyogar-olimlar, ishlab-chiqarish ilg’orlaridan vakillarni taklif etish. Bu o’quvchilarga aloxida topshiriq xisoblanadi.

Kimyo kechasini tashkillash va o’tkazish har bir ishtirokchidan katta mehnat talab qiladi.bir vaqtning o’zida ommaviy tadbirni o’tkazish har bir ish tavsifi va yo’nalishiga ta’sir qiladi. Bu sinfdan tashqari ishning shakl va xillari o’rtasida o’zaro integratsiya bo’lishini ko’rsatadi.

Demak, sinfdan tashqari ishlarning barcha elementlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.

“Men aminmanki, kimyo bilan qiziqib, uni o’zi uchun mutaxassislik sifatida tanlab olganlar orasida bundan afsuslanuvchi biror kimsa topilmasa kerak” –degan edi rus olimi N.D.Zelinskiy. haqiqatdan ham kimyo qiziqarli va mo’jizakor fandir.

Shu jixatdan kimyo kechalarini tashkillash va o’tkazishda mo’jizakor kimyoning qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish o’quvchilarni kimyo faniga qiziqtirbgina qolmasdan, balki kimyoviy bilimlarni chuqur egallashlarida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Kimyo kechalarini o’tkazishda qiziqarli tajribalarni tanlash va namoyish etish muhim axamiyatga ega. Bunda avvalo kimyo kechasini mavzusiga oid tajribalar tanlanib, kimyo to’garagi a’zolari tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, to’garak a’zolari bu tajribalarni kimyo to’garaklarida bajargan bo’lishlari mumkin. Bu esa tajribalarni muvaffaqqiyatli chiqishiga yordam beradi. Avvalo tanlangan tajriba qiziqarli, shu bilan birga oson bajariladigan, kam vaqt sarflanadigan, qizdirish, yoki boshqa sharoitlar zarur bo’ladigan bo’lmasligi kerak. Chunki ko’pgina kimyo kechalari odatda katta xonalarda o’tkazilishi munosabati bilan ayrim tajribalarni bajarish imkoniyati bo’lmasligi mumkin.

Shu nuqtai nazardan men, kimyo kechalarida bajariladigan ayrim qiziqarli tajribalarni keltirib o’taman.



  1. Gugurtsiz olov yoqish.

  2. Suvdan sut hosil qilish.

  3. Sirli yozuvlar.

  4. Bir suyuqlikdan uch xil cho’kma.

  5. Tuxumxo’r grafin.

  6. Oq qanddan qora ustun.

  7. Qand yonadimi?

  8. Sun’iy vulqon.

  9. Fir’avn iloni.

  10. Qon hosil qilish.

  11. Tosh yonadi.

  12. Qog’ozning ko’mirlanishi.

  13. Olov sochuvchi ajdarxo.

  14. Tuxum archilmay tozalanadi.

  15. Yozuvlar qanday paydo bo’ladi?

Bundan tashqari ba’zi bir zaxarli, portlovchi, uzoq vaqt saqlanadigan tajribalarni videolavhalar orqali namoyish etish ham mumkin.

Quyida men ayrim tajribalarni bajarish yo’llarini bayon etaman.



1-tajriba. Gugurtsiz olov yoqish. 3 ta chinni kosachaga 0,5 gr KMnO4 tuzidan solinib, ustiga konsentrlangan H2SO4 dan 1-2 ml quyiladi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng, oldindan tayyorlab qo’yilgan spirtga ho’llangan paxtani birin-ketin kosachalarga tashlanganda, paxtalar o’z-o’zidan yonib ketadi.

2KMnO4 + 3H2SO4= K2SO4 + 2MnSO4 + 3 H2O +5”O”

C2H5OH + 6”O”→ 2CO2 + 3H2O

Bu holda atomar kislorod juda kuchli oksidlovchi bo’lgani tufayli spirtni oksidlab yondirib yuboradi.



2-tajriba. Yozuvlar qanday paydo bo’ldi? Oldindan tayyorlab qo’yilgan 4 varaq oq qog’ozga Na2S tuzi eritmasidan purkalsa, qog’oz betida yozuvlar paydo bo’ladi.

Bu tajriba shunday bajariladi: oq qog’ozlarning birinchisiga qo’rg’oshin atsetat tuzining eritmasi bilan “bahor”, ikkinchisiga MnCl2 tuzining eritmasi bilan “yoz”, uchinchisiga SbCl3 tuzining eritmasi bilan “kuz” va to’rtinchisiga esa CdCl2 tuzining eritmasi bilan “qish” so’zlari yoziladi. Xulosa qilib aytganda har bir kimyo kechasini muvaffaqiyatli chiqishi qiziqarli tajribalarning tanlash, o’tkazish va mohiyatini to’liq ochib berish orqaligina ahamiyatga molikdir.


2.5. Kimyodan qiziqarli savollar.

1. Qaysi «shakar» zaxarli bo’lgani uchun ovqatlanishda istemol qilib bo’lmaydi?



  1. Qaysi kuchsiz kislota kuchli zaxar xisoblanadi?

  2. Qaysi yashil modda sepilsa yashil ko’katlarga chigirtka tegmaydi?

  3. Qaysi element oddiy modda xolida eng og’ir gaz?

  4. Nima uchun shamning alangasi yorug’ beradi-yu, spirt lampasining alangasi yorug’ bermaydi?

  5. Xidsiz kislorod gaziga xech narsa qo’shmay turib, uni qanday qilib xidli qilish mumkin?

  6. Suvga cho’kkan tuxum qanday qilsa suv betiga qalqib chiqadi?

  7. Dunyoda eng yengil suyuqlik nima?

  8. Qaysi kislotani shisha idishda saqlash mumkin emas? Nima uchun?

  9. Suyultirilgan qaysi metall bilan suvni muzlatish mumkin?

  10. Qaysi metall yangi topilgan vaqtida oltindan qimmat narxda sotilgan va bir asr o’tgandan keyin shu metalldan yasalgan buyumning narxi yog’och buyumdan xam arzon bo’lgan?

  11. Nima sababdan olmaning kesilgan joyi qo’ng’ir tusga kirib qoladi?

  12. Qaysi modda ximiyaning noni deyiladi?

  13. Qaysi spirtdan alkogollikni davolash uchun foydalaniladi?

  14. Bir elementning erkin xolatdagi ko’rinishi bo’lgan oddiy moddani kishilar oltindan ortiq pul to’lab sotib oladilar. Xuddi shu elementning erkin xolatdagi ko’rinishi bo’lgan ikkinchi oddiy moddani uydan chiqarib tashlaydilar. U qaysi element va qaysi oddiy moddalar?

  15. Yonib turgan olovni qaysi gazlar yordamida o’chirish mumkin?

  16. Juda xam shirin bo’lgan qaysi modda toshko’mirdan olinadi?

  17. Qaysi kislotaning eritmasidan ba’zan chanqoqlikni qondirishda foydalaniladi?

  18. Qaysi portlovchi modda meditsinada ishlatiladi?

  19. Qaysi kislotani shisha idishda saqlash mumkin emas?

  20. Qaysi element “Hayot elementi” deb yuritiladi?

  21. Kimyogar olim J.Beyli ozonni nima degan edi?

  22. 1 kg oqsil necha kg go’sht o’rnini bosadi?

  23. Tabiatda uchragan tug’ma oltinning eng yirigi necha kg gat eng?

  24. Qaysi element ta’sirida suv yonadi?


2.6. Texnika xavfsizligiga oid testlar.


  1. Moddalarni mazasini:

  1. Tatib ko’rish mumkin.

  2. Tatib ko’rish mumkin emas

  3. O’qituvchidan so’rash zarur

  1. Moddalarni hidini bilish uchun:

  1. Probirkani burun oldiga olib kelish zarur

  2. Probirka ustidan qo’l bilan yelpib hidlash kerak

  3. O’qituvchidan so’rash kerak

  1. Tajriba paytida ochish mumkin bo’lgan sklyankalar soni:

A. 1 B. 2 C. Ko’plab

4. Spirt lampasi qismlari quyidagilardan iborat:

A. rezervuar B. pilik C. taglik D. Qopqoq



5. To’g’ri javobni toping:

A. Spirt lampani boshqa spirt lampadan yoqish mumkin.

B. Spirt lampani puflab o’chirib bo’lmaydi

C. Modda quyilgan probirkani istagan joyda qizdirish mumkin

D. Probirka qizdirilayotganda og’zi va o’zi atrofdagilardan teskariga qaratilgan bo’lishi kerak.

6. Shisha probirkani:

A. Stolga qo’yish mumkin

B. Maxsus shtativga qo’yiladi

C. O’qituvchidan so’raladi.



7. Sklyankalardan suyuqliklarni quyib olayotganda:

A. Modda quyilayotganda sklyankaga yopishtirilgan etiketka yuqorida kaft ostida bo’lishi kerak

B.etiketka pastda bo’lishi kerak

C. buning farqi yo’q



8. Stol ustiga suyuq modda to’kilib ketsa:

A. o’qituvchu yoki labirantga xabar berish kerak

B. mustaqil tozalab olish kerk

C. hech narsa bo’lmagandek o’tirish kerak



9. Eritmani qizdirishdan faqat bir joydan qizdirish mumkin emas, chunki:

A. suyuqlik tez qizimaydi

B. suyuqlik toshib, qo’l kuyishi mumkin

C. suyuqlik yomon isiydi



10. Qattiq moddalarni:

A. Qo’l bilan olish kerak

B. qoshiqcha bilan olinadi

C. Xoxlagancha olish mumkin



11. Tajriba uchun idishlar:

A. Toza bo’lishi kerak

B. Ishlatilgani ham bo’laveradi

C. Yorilgan idishdan foydalaniladi



12. Suvning hajmi:

A. Tarozida o’lchanadi

B. O’lchov silindirida o’lchanadi

C. O’lchov stakanida o’lchanadi



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. I.Karimov. ”Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo’lida 21”. Toshkent ”Ozbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2013. 384b.

2. I.Karimov. ”Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent, ”Sharq” NMK. 1997 y.19bet.

3. O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risida”gi qonuni ,,Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining. Toshkent, sharq 1997 yil 63 b.

O”zbekiston nashriyoti, 2010 yil, 80 bet.

4. D. Amirboeva ,,Noan’anaviy usullar” ma’rifat gazetasi, 2 yanvar, 2011 yil 7 bet.

5. Yu. Amirjonova ,,Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarning samaradorligini ta’minlash omillari” uzluksiz ta’lim jurnali, № 2. 2002 yil.

6. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim vazirligi Respublika ta’lim markazi. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Toshkent, 2010 yil 154b

7. I.Asqarov, K.G’opirov, G.Shoisayeva “Kimyo o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma”. Sharq nashriyoti. Toshkent 2012 . 240b.

8. G. Yu. Nasriddinov, I. R. Asqarov ,,Kimyo o’qitishda mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi” Toshkent, o’qituvchi, 1995, 104 bet

9. E. Qodirov, A.Muftaxov, Sh.Norov ,,Anorganik kimyodan amaliy mashg’ulotlar” Toshkent O’zbekiston, 1996 y, 247 b.

10. I. R. Asqarov, N. X. To’xtaboev, K. G’. G’opirov kimyo 7-sinf darsligi. Sharq nashriyoti bosh taxririyat Toshkent, 2004 y, 159 b]

11. I.Asqarov, N.To’htaboyev, K.G’ofirov “Kimyo 8- sinf darsligi” Toshkent, 2014,208b

12. SH.Isxoqov. «Mo’jizakor ximiyadan 100 tajriba» T. 1979 yil

13. R.Avezov, M.Avezov. «Qiziqarli ximiya» T.O’qituvchi 1979 yil. 260 b

14. I.Asqarov, N.To’xtaboyev, K.G’opirov, G.Abdullayeva. Kimyo 9-sinf darsligi. Toshkent 2002. 160b.

15. M.Haqberdiyeva “Qand yonadi”. Maktabda kimyo jurnali. 1(61) son. 2014. 32 b

16. S.O’rmonov, M.Shoxo’jayev. Yorug’lik ta’sirida reaksiyalar. Xalq ta’limi jurnali.

17. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, V.Xo’jayev. “Kimyo o’qitish metodikasi”. Toshkent. O’qituvchi. 2012y. 112b

18. Yu.G’.Mahmudov. Kimyodan 3700 qiziqarli savol-javob. Toshkent. “Yangi nashr”2012.330 b].

19. X. Omonov ,,Kimyo eksperimentining ta’lim tizimidagi o’rni” uzluksiz ta’lim jurnali N; 5 2004 yil 42-45 betlar Toshkent.

20. Yu. Amirjonova ,,Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnalogiyalarning samaradorligini ta’minlash omillari” uzluksiz ta’lim jurnali N; 2 2002 y, Toshkent

www.ziyonet.uz . Kutubxona. Kimyo.

www.chemnet.ru.

mkimyo09@mail.ru.


Mundarija:
Kirish........................................................................................................................3
I BOB. MAKTABDA DTS TALABLARI ASOSIDA KIMYO FANINI CHUQUR O’QITISHDA KIMYOVIY TAJRIBALAR VA ULARNI O’TKAZISHGA QO’YILGAN TALABLAR.......................................................7

1.1.Maktabda DTS talablari asosida kimyoni o’qitishga qo’yilgan talablar.............7

1.2. Kimyo laboratoriya xonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari.........................9

1.3. Kimyoviy va fiziologik aktiv quruq hamda suyuq moddalar bilan ishlashda ehtiyotlik choralari...................................................................................................12

1.4. Maktab dasturida ko’rsatilgan ayrim tajribalarni xavfsiz o’tkazish yo’llari.....................................................................................................................18

II BOB. KIMYO FANINI O’QITISHDA QIZIQARLI TAJRIBALAR VA ULARDAN O’RINLI FOYDALANISH YO’LLARI.

2.1. 7-sinf kimyo darslarida qiziqarli tajribalardan foydalanish. …………………21

2.2. 8-sinf kimyo darslarida qiziqarli tajribalardan foydalanish……………..……27

2.3. 9-sinf kimyo darslarida qiziqarli tajribalardan foydalanish………………......33

2.4. Kimyo kechalarini o’tkazishda qiziqarli tajribalar tanlash va o’tkazish yo’llari………………………………………………………………………….....43

2.5. Kimyodan qiziqarli savol-javoblar………………………………………..49

2.6.. Texnika xavfsizligiga oid test savollari……………………………………47

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….50







Katalog: upload -> book
book -> Sana: 03. 04. 2015. Fan: Jahon tarixi Sinf
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> Qayta tayyorlash va malakasini oshirish
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> 6-sinf тарих (umumta’lim maktablari uchun)
book -> 6-§ Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelish davri
book -> Mavzu: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi
book -> Uslubiy qo`llanma
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni miqdorlar bilan tanishtirish
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish

Download 488 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat