O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 488 Kb.
bet1/4
Sana10.09.2017
Hajmi488 Kb.
  1   2   3   4
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va

malakasini oshirish instituti


Kimyo fanini o’qitishda qiziqarli tajribalar va ulardan o’rinli foydalanish yo’llari.”
O’QUV- USLUBIY KO’RSATMA



Farg’ona – 2016

Ushbu o’quv qo’llanmadan kimyodan ta’lim oluvchi oliy o’quv yurtlarining talabalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, litsey va kollej o’quvchilari, kimyo o’qituvchilari unumli foydalanishlari mumkin.

Muallif: R. O’rmonova - VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi

kafedrasi o’qituvchisi

Taqrizchilar: I.Ismoilov - Farg’ona Davlat Universiteti Kimyo kafedrasi dotsenti


N.Mamatqulov - VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar ta\limi kafedrasi o’qituvchisi
O’quv uslubiy ko’rsatma VXTXQTMOI. Ilmiy kengashining 2016 yil

4-iyul №6 yig’ilishda nashrga tavsiya etilgan.

Kirish.
Respublika Prezidenti va hukumatining ta’limini rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi.

”Shuni unutmasligimiz kerakki, - deb ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, - kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”. Shunday ekan, inson kamolotida muhim rol o’ynaydigan o’qituvchining kasbiy va shahsiy tayyorgarligi, professional mahorati yuqori darajada bo’lishi talab etiladi.

O’zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish va islox etishga yo’naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etmoqda. Vaholanki, dunyodagi ko’plab mamlakatlarda bu ko’rsatkich 2-5 foizdan oshmaydi. ”Xalq ta’limini tubdan islox qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag’ va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko’zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”.

O’zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgan davrning dastlabki paytidanoq, turli soxalar qatori ta’lim tizimini qayta qurish va rivojlantirish strategiyasini belgilab oldi. Ana shunday sharoitda uzluksiz ta’limni amalga oshirish masalasini muvaffaqiyatli xal qilish maqsadida O’zbekistan Respublikasida «Ta’lim to’g’risida"gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida» qonunlar xamda ko’plab tegishli me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. Bu esa, o’z navbatida, oliy ta’lim muassasalari oldiga bo’lajak mutaxassislarda zamonaviy bilim, o’quv, ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun xizmat qiluvchi o’qitish vositalari, shakllari, uslublari va metodlariga aloxida e’tibor berishni eng muhim vazifalardan biri qilib qo’yadi.

Mazkur xujjatlarda ta’lim tizimini bosqichma-bosqich yangilash, xalqaro talablar asosida yangi turdagi ta’lim muassasalarini yaratish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Biz nafakat siyosiy jabxani, balki iqtisodiyotni xam, ijtimoiy xayotni xam, ma’naviy-axloqiy soxani xam islox qilishimiz zarur, bu g’oyat keng ko’lamdagi isloxotlar bo’lib, biz ularni kompleks tarzda xal qilish orqaligina o’z maqsadlarimizga erisha olamiz, deb ta’kidlagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov.

"2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish. Davlat umummilliy dasturi” da iqtidorli o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ularning o’qishga bo’lgan intilishlarini xar tomonlama rag’batlantirishga aloxida e’tibor qaratilgan. Shuning uchun bugun Respublikamizda "Ta’lim to’g’risida" gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" xar bir darsimiz uchun dasturilamal bo’ladi.

"Ta’lim to’g’risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ga muvofik o’quv mashg’ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etib, o’quvchilar talabalar bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish kabi dolzarb muammolar oldimizda turibdi.

O'zbekiston Respublikasida «Ta'lim to'g'risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etib borilishi, shubhasiz, mustaqil davlatimizning ta'lim tizimida yangi davrga, yangicha shakl va mazmunga asos soldi. Galdagi vazifa qo'lga kiritilgan yutuqlarni tanqidiy tahlil etgan holda, ta'limning istiqbollarini belgilashdan iborat. Bunda asosiy e'tibor ta'lim bosqichlari o'rtasida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlashga qaratilishi ijtimoiy ehtiyoj, davlat buyurtmasi sifatida e'tirof etilishi lozim. Aynan shuning uchun ham xalq ta'limi tizimida ta'lim mazmunini takomillashtirish va modernizatsiyalash borasida maqsadli ishlar olib borildi. Ayniqsa, Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilgan tadbirlarda, jumladan, mazkur dasturning to'rtinchi ustuvor yo'nalishi - Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini takomillashtirish yo'nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirldi.

2010-2011-o'quv yilidan umumta'lim fanlaridan uzviylashtirilgan o'quv dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo’yicha aniq tashkiliy-pedagogik chora-tadbirlar majmuasini belgilash hamda ularni amalga oshirishni taminlash va b.

Umumta'lim fanlaridan uzviylashtirilgan o'quv dasturlarini


ta'lim jarayoniga joriy etish ishlarining monitoringini olib borish
lozimligi Xalq ta'limi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirliklarining hamkorlikdagi faoliyatining muhim komponenti
bo’lib, istiqbolda mamlakatimiz uzluksiz ta'lim tizimining har bir
bosqichini o'ziga xos tarzda, bevosita ta'limning muayyan
bosqichida amalga oshiriladigan o'quv-tarbiya jarayoni uchun
belgilangan me'yoriy talablar darajasida bo'lishini ta'minlaydi. Shu
manoda 2010-2011-o'quv yili bajarilgan ishlarning nechog'lik
maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab beradi.

Prezidentimiz takidlaganidek “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sish bilan ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lgan uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib yetishishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Shu kunlarda xukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu manbalarini xisobga olgan xolda mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko’zda tutadi”.

Ma’lumki, jamiyat taraqiyotining xar bosqichi ta’lim tizimi
oldiga o’zining ijtimoiy buyurtmalarini qo’yadi. Mustaqillik
yillarida ishlab chiqarish korxonalarida qo’l kuchi bilan
bajariladigan ishlarning kamayishi, mexanizmlarning
murakkablashuvi, shuningdek qishloq xo’jaligi, dexqonchilik va
chorvachilikka yangi texnologiyalarning joriy etilishi o’sib kelayotgan
yosh avlodning fan asoslarini chuqur o’zlashtirishi bilan bir qatorda,
ularda faol aqliy faoliyat va xar tomonlama rivojlantirishni talab
etmoqda.

Xozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar, inovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalartini qo’llashga yani o’qitishni noanananaviy usuliga bo’lgan talab brogan sari ortib bormoqda. Dars samaradorligini oshirishda o’qituvchi , avvalo maqsadni belgilab olishi, noananaviy va ananaviy darslarning farqini ko’ra olishi shart. Bugungi xar-bir fan o’qituvchisi oldida yuqori malakali barkamol insonga ta’lim va tarbiya berishdek ma’sulyatli vazifa turibdi. Bugungi zamonaviy ta’lim, ilg’or pedagogik texnologiya yangi ruxdagi va mazmundagi pedagogik tafakkur, taraqqiyparvar fikr-g’oyalarning maxsuli natijasida yuzaga keladi.

Maktabda kimyo fanini o’qtitish samaradorligini oshirish maqsadida dars jarayonida turli xil no’ananaviy usullardan, masalan didaktik, intelektual o’yinlardan foydalanish seminarlar xamda fan bo’yicha sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirish muximdir

Turli xil kimyo kechalari, musobaqalar, tadbirlar o’tkazilishi natjasida o’quvchining kimyo faniga bo’lgan qiziqishi ijodiy faoliyati, tassavuri diqqati eslash qobiliyati, fikrlash doirasi, bilim va ko’nikmalar ortadi. Kimyo faniga qiziqtirishda va chuqur o’qitishda kimyoviy tajribalar shuningdek, qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish o’quvchilarni kimyo faniga qiziqtirbgina qolmasdan balki, ularni kimyoviy bilimlarni ortishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa xalq ta’limi vazirligining fan oyliklarini o’tkazish va takomillashtirish to’g’risidagi qarorlari kimyo fanini o’qitishga nisbatan yangicha talablar qo’ymoqda.



I BOB. MAKTABDA DTS TALABLARI ASOSIDA KIMYO FANINI CHUQUR O’QITISHDA KIMYOVIY TAJRIBALAR VA ULARNI O’TKAZISHGA QO’YILGAN TALABLAR.
1.1.Maktabda DTS talablari asosida kimyoni o’qitishga qo’yilgan talablar.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori kimyo predmetining o’qitilishini xam tubdan yangilashni talab etmoqda.

Shu munosabat bilan barcha o’quv predmetlari qatori kimyo ta’limi oldiga xam aniq vazifalar qo’yildi.

«Ta’lim to’g’risida»gi qonunga muvofiq:


  1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’limi kontseptsiyasining qayta ishlab chiqish;

  2. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’limi kontseptsiyasidan kelib chiqqan xolda, uning standartini ishlab chiqish taqozo qilinadi.

Kimyo ta’limi standarti kimyo o’quv predmetining majburiy mazmunini belgilab beradi.

Umumiy o’rta taxlim maktablarining kimyo ta’limi standarti, kimyo ta’limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta’limning mazmuni, maqsadi, ta’limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko’rib chiqish mezoni xisoblanadi.

Kimyo ta’limi kontsepsiyasiga muvofiq kimyo ta’limining yo’nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o’quvchilarning siyosiy - g’oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo’lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o’tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi yillardagi olimlarimizning kimyo soxasidagi erishgan yutuqlariga oid o’quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali Vatanga bo’lgan e’tiqodni shakllantirish, kasbga yo’naltirish ko’zda tutiladi.

Kimyo ta’limi standarti - kimyo o’qitishda o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar, shuningdek, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me’yorini belgilaydigan mezon bo’lib xisoblanadi.

Kimyo ta’limi standarti umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta’limi dasturi va o’quv materiallarining xajmini belgilab beruvchi mezon bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari o’qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligi qay darajada his qilishlari me’zoni bo’lib ham xisoblanadi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’limi standarti - kimyo o’quv predmetidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori o’quvchilar egallaydigan bilimi, xosil qiladigan amaliy ko’nikma va malakalar xajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi negizini belgilovchi ko’rsatgichlar o’quvchilarning kimyo ta’limidan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan xujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.

Kimyo ta’limi standarti quyidagi 3 ta bo’limdan iborat.


  1. Kimyo ta’limi mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar.

  2. Kimyo ta’limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan standartning minimal talablari.

  3. Kimyo ta’limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan standartning maksimal talablari.

Kimyo ta’limi mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatgichlar bo’limi

o’quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta’lim -tarbiya va o’quvchilarda xosil qilinadigan amaliy ko’nikma va malakalarni o’zida mujassamlashtiradi.

Ikkinchi va uchinchi bo’limda esa o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar yoritiladi.

O’quvchilarga maksimal ball yoki baxo qo’yishda xar ikkala, ya’ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablar xisobga olinishi zarur. Bu esa kimyo taьlimi standarti o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish ko’rsatgichlarini ifodalashga kimyo ta’limi sifatini baxolashda o’lchov mezoni bo’lib xizmat qilishiga imkon beradi.



1.2. KIMYO LABORATORIYA XONALARIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Qoida»larga ko’ra kimyo kabinetlaridagi amaliy ishlarga meditsina ko’rigidan o’tgan va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi o’zlashtirgan o’quvchilargina qo’yiladi.

Kimyo kabinetiga mashg’ulot paytida chet odamlarning kirishi taqiqlanadi. Kimyo kabinetida o’quv dasturida ko’rsatilgan tajribalarni bajarishgagina ruxsat etiladi. Ishlatiladigan asboblarni o’qituvchi tekshirib ko’rishi, o’quvchilar bajaradigan tajribalarni avval o’qituvchining o’zi bajarib ko’rishi shart. Amaliy ishlarni bajarishdan oldin kimyo kabinetidagi suv, gaz, elektr va ventilyatsiya jixozlarining ishga yaroqliligi tekshiriladi; agarda nuqsonlar topilsa, tuzatilmog’i zarur. Ximiyaviy reaktivlar saqlanadigan joyga o’quvchilarning kirishi qatьiyan man etiladi. Tajriba o’tkazish uchun zarur moddalar, shu tajriba uchun kerakli miqdorda o’qituvchi tomonidan beriladi. Moddalarni qo’lda olmay, balki shpatel va chinni qoshiqchalarda olish kerak. Zaxarli bug’ va gazlar ajralib chiqadigan tajribani ventilyatsiyasi yaxshi ishlaydigan mo’rili shkaflarda o’tkaziladi. Kislota, ishqor, oltingugurtli birikmalar, yonuvchi moddalar va tajribadan keyingi eritmalar qoldiqlari rakovinaga to’kilmay, balki shu maqsad uchun ajratilgan shisha idishlarga quyilishi kerak. Rakovinalarga qog’oz, qum va boshqa qattiq moddalar tashlanmasligi kerak. Xar qanday moddadan foydalanishdan oldin uning etiketkasini diqqat bilan tekshirib ko’rish kerak. To’kilib yoki sochilib ketgan moddalarni qaytadan idishlarga solishga ruxsat etilmaydi. Laboratoriyada biror moddani xidlab ko’rishda extiyot bo’lish, bunda idishni burunga tutib to’la nafas olish yaramaydi, balki idishdagi modda bug’i yoki gazni qo’l bilan o’ziga yelpitib osoyishta xidlash tavsiya etiladi.

Zaxarli kuchli moddalarni xidlash mutlaqo mumkin emas. Ichida biror suyuqlik qaynab turgan yoki biror suyuqlik quyilayotgan idishga engashib qaramaslik kerak, chunki aks xolda suyuqlikning mayda tomchilari ko’zga sachrashi mumkin.

Alangalanuvchi va portlovchi moddalarni qattiq buyumlar va alanga oldida ushlab turmaslik kerak. Yonayotgan gaz gorelkalari, spirt lampa va tokka ulangan elektr asboblarini qarovsiz qoldirish taxqiqlanadi.

Ish oxirida suv jo’mraklarini berkitib, elektr asboblarini o’chirib qo’yishni unutmaslik kerak.

Kimyo kabinetlari to’g’risidagi nizomga muvofiq, xavfsizlik texnikasi qoidalari sinfda (laboratoriyada) ko’rinarli joyga ilib qo’yilishi zarur. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha asosiy qoidalar quyidagicha: 1. «Qoidalar» bilan o’quvchilar tanishmaguncha frontal (xamma bir xil ish qiladigan) va xamma ayrim-ayrim xildagi tajribalarni bajaradigan mashg’ulotlarni o’tkazmaslik.

2. Ish jarayonida faqat toza, quruq va yaxshi asboblardan foydalanishlik; 3. Xech qanday moddaning taxmini tatib ko’rmaslik; 4. Kabinetdan xech qanday moddani birovga bermaslik va o’z xoxishi bilan laboratoriyadan uyga xech qanday modda yoki buyumni olib ketishga yo’l qo’ymaslik; 5. Uchuvchan moddalarni extiyotlik bilan xidlash. 6. Biror narsa quyilayotgan idish ustiga engashib qaramaslik (chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko’zga sachrashi mumkin). 7.Bug’latuvchi chinni idish ustiga engashib qaramaslik (chunki suyuqlik tomchilari va uchayotgan quruq zarrachalar betni kuydirishi mumkin).

8. Ko’zni saqlash (chunki zararli moddaning eng mayda tomchisi xam ko’zning ko’rish qobiliyatini yo’qotishga olib keladi).9.Qizdirilayotgan suyuqlik bor probirkani ushlab qizdiriyotganda uning og’iz tomonini o’zingizdan va o’rtoqlaringizdan chetga qaratish (chunki o’ta qizdirib yuborilganda suyuqlik qaynab chiqib betga sachrashi mumkin). 10.Probirkalarda moddalarning eritmalarini qizdirish uchun ularni probirkaning 1/3 qismiga quyish. 11. Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda qizdirish. 12. SHisha idishlarni qizdirilganda, ularni spirt lampasining piligiga tekkizmaslik (chunki pilik sovuq bo’lib idishni darz qilib sindirib yuborishi mumkin). 13. Qalin devorli shisha idishlar (bankalar, sklyankalar, tsilindrlar) va o’lchov idishlar xamda chinni xavonchalarni alangada qizdirmaslik.
AYRIM ZAXARLI MODDALAR VA ULARNING FIZIOLOGIK TA’SIRI.

1-jadval



Nomi


Modda turi formulasi

Fiziologik taьsiri

Kislotalar


1

Nitrat kislota

HNO3

(konts)


Ajralib chiqayotgan azot (IV)-oksid nafas yo’llarini yallig’laydi, terini kuydiradi.

2

Sulfat kislota

H2SO4

Teriga tegsa kuchli ravishda kuydiradi.

3

Xlorid kislota

HCl


Bug’lari nafas yo’llarini va ko’zni yallig’laydi.

4

Fosfat kislota

H3PO4

Terini qattiq kuydiradi.

5

Vodorod ftorid

HF


Kuchli zaxar, bug’lari shilliq pardalarni shikastlaydi.

Ishqor


1

O’yuvchi kaliy

KOH

Teriga shilliq pardalarga va ko’zga taxsir etadi.

Tuzlar


1

Bariy tuzlari

Ba(NO3)2

BaCl2 va xakazo



Ovqat xazm qilish yo’llariga tushsa, zarar yetkazadi.

2

Mis tuzlari

CuSO4

CuCl2 va xakazo



CHangdan nafas olinsa va ovqat xazm qilish organlariga tushsa zaxarli taьsir ko’rsatadi.

3

Nikel strontsiy, simob va qo’rg’oshin tuzlari

NiCl2NiSO4

HgCl2



Pb(NO3)2 va xakazo

Zaxarli moddalar turkumiga kiradi.

Peroksidlar


1

Vodorod peroksidi

H2O2

Terini yallig’lashi va kuydirishi mumkin.

2

Bariy peroksid

BaO2

Ovqat xazm qilish organlariga tushsa zaxarli ta'sir ko’rsatadi.

3

Kaliy - natriy peroksidlar

K2O2_Na2O2 va xokazo

Terini kuydirishi mumkin.

Metallar


1

Kaliy, natriy

KNa

Suvga tushib alangalanadi va teriga tushsa kuydiradi.

2

Magniy

Mg(kukuni)

Changi teriga tushsa, uning bug’idan nafas olinsa, boshni

3

Simob

Hg simob bug’lari

og’ritadi, zaxarli, sochni to’kib yuboradi, nerv sistemasiga yomon taьsir qiladi.

Metallmaslar


1

Brom

Br2 - suyuk modda


Bug’lari nafas yo’llarini yallig’laydi. Suyuq brom terini kuydiradi.

2

Oq fosfor

P4 - qattiq jism

Zaxarli terini kuchli kuydiradi.

Gazlar


1

Ammiak

NH3

Xavodagi kontsentratsiyasi 0,5% bo’lsa zaxarlaydi.

2

Vodorod sulg’fid

H2S

Kuchli zaxar

3

Sulfid angidrid

SO2

Kuchli zaxar

4

Xlor

Cl2

Kuchli zaxar

5

Etilen

C2H4

Narkotik taxsir etadi.

Organik moddalar


1

Atseton

(CH3)2CO

Bug’i zaxarli

2

CHumoli kislota

HCOOH

Terini kuydiradi.

3

Pikrin kislota

2,4,6-trinitrofe-nol

Nafas yo’llarini yallig’-laydi.

4

Sirka kislota

CH3COOH


SHilliq pardalarni yallig’-laydi, kuchli kuydiradi.

5

Fenol

C6H5OH

Bug’laridan nafas olganda va teridan o’tganda zaxarli.

6

Etil efiri

(C2H5)2O

Narkotik ta’sir etadi.

7

Uglerod sulfid

CS2

Bug’lari zaxarli uzoq vaqt nafas olinsa zaxarlaydi.

Katalog: upload -> book
book -> Sana: 03. 04. 2015. Fan: Jahon tarixi Sinf
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> Qayta tayyorlash va malakasini oshirish
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> 6-sinf тарих (umumta’lim maktablari uchun)
book -> 6-§ Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelish davri
book -> Mavzu: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi
book -> Uslubiy qo`llanma
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni miqdorlar bilan tanishtirish
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish

Download 488 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat