O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi a


I BOB. Masala haqida umumiy tushuncha



Download 143.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana08.09.2021
Hajmi143.19 Kb.
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
I BOB. Masala haqida umumiy tushuncha 

   


 

 

 



Masala turlari      

Bola maktabdagi mashg'ulotlarning birinchi kunidayoq masala bilan 

uchrashadi. Birinchi sinf o'quvchilari bilan qilinadigan dastlabki  suhbatlarning 

birida o'qituvchi o'quvchi qanday hayotiy tashriba va bilimga ega ekanligini 

aniqlash maqsadida eng oson masalaga murojat etadi. Masalan:  “Sening to'rtta 

qalaming bor edi sen yana bitta qalam olding. Sendagi qalamlar nechta bo'ldi?”  

Maktabda o'qitishning boshidan oxirigacha matematik masalar o'quvchilarga 

matematik tushunchalarni to'g'ri shakllantirishga uni o'rab turgan muhitning o'zaro 

aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi. 

O'rganilayotgan nazariy koidalarni qo'llanish kuzatilayotgan hodisalarda har hil 

sonli  bog'lanishlarni o'rgatish imkonini beradi.  Shu bilan birga  masalar  yechish 

bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.  

Matematik masala o'zi nima? 

Matematik masala -  bu bog'liqli ixcham hikoya bo'lib, unda ba'zi 

kattaliklarning qiymatlari ko'rsatilgan bo'lib, ularga bog'liq va masala shartida ular 

bilan  ma'lum munosabatlar  orqali  bog'langan boshqa kattaliklarning qiymatlari 

izlanadi. 

Masala tushunchasini tor manoda qarab unda quyidagi tarkibiy elementlarni 

ajratish mumkin.  

A) masalaning sharti -  syujetning so'zlar bilan bayoni bo'lib unda son 

qiymatlari masala tarkibiga kiruvchi kattaliklar orasidagi funktsional bog'lanish 

oshkor (sonlar yordamida) holda yoki oshkormas shaklda  (so'zlar yordamida) 

ko'rsatilgan bo'ladi.  

B) masalaning savoli -  bunda bir yoki bir necha kattalikning noma'lum 

qiymatlarini bilish taklif qilinadi.  

Shunday qilib har qanday arifmetik masalada noma'lum (izlanayotgan) son 

(yoki bir nechta izlanayotgan son) va berilgan sonlar (ular ikkitadan kam 

bo'lmasligi kerak) dan iborat elemintlar albatta bo'lishi kerak ekan. 




 

Bilimlarni tekshirishda masala o'quvchi tafakkurini rivojlanishi haqida  fikr 



yuritish kerakli amallarni to'g'ri tanlash hisoblash ko'nikmalari haqida fikr yuritishg 

imkonini beradi. 

 Matematik masalalar sodda va murakkab  masalalarga  ajratiladi. Bitta  amal 

bilan  yyechilish  mumkin bo'lgan  masalalar sodda masalalar jumlasiga kiritiladi. 

Bir necha sodda masalalardan  tuzilgan va shu sababli  ikki  yoki  undan  ortiq 

amal yordamida  yechiladigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. 

Sodda masalalarning asosiy turlarini  qo'yidagicha taqsimlash   boshlang'ich 

maktabda  qo'llash uchun qulay: 

1. 

Arifmetik amallar  mazmunini ochishga  doir masalalar  yig'indisini 



qoldiqni  topishga  doir masalalar,  bir xil qg'o'shiluvchilar  yig'indisini topishga 

doir masalalar, bo'lishga (mazmuniga ko'ra  bo'lishga va  teng  qismlarga  

bo'lishga) doir  masalalar. 

2. 


Amalning  noma'lum  kompanentlarini  (qo'shiluvchi, kamayuvchi, 

ayriluvchi  ko'payuvchi, bo'linuvchi,  bo'luvchi) topishga doir masalalar. 

3. 

Bir necha  birlik  (yoki bir necha marta)  "ortiq" (yoki "kam") 



munogsabati bilan  bog'liq  masalalar; sonni bir necha  birlik  (yoki  bir necha 

marta) orttirish  (yoki kamaytirish)ga  doir bevosita  (yoki bilvosita) ifodalangan  

masalalar; sonlarni ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar. 

4. 


Kattaliklarning proporsional bog’lanishlariga doir masalalar. 

Birinchi sinf o'quvchilari sodda masalalarni o'zlashtirib olganlaridan keyin, 

ya'ni ular shart va savolni  ajratishni o'rganib olganlaridan keyin ma'lum va 

noma'lumlarni qiynalmay  ajratadigan bo'ladilar, yechilishning dastlabki 

ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin sekin asta darsga murakkab masalalar 

kiritiladi. 

Boshlang'ich (I-IV) sinf o'quvchilari yechadigan murakkab masalalardan 

qo'yidagi xillarini ajratish mumkin. 

1. 

To'rtinchi proporsional miqdorni topishga doir masalalar. 



2. 

Proporsional bo'lishga doir masalalar; 

3. 

Ikki  ayirma bo'yicha sonlarni topishga doir masalalar. 




 

Bundan tashqari bu sinflarda ma'lum mazmunli masalalar yechiladi: 



a) vaqtga doir masalalar 

b) harakatga doir masalalar; 

v) geometrik  mazmunli masalalar. 

 

 



 

   


 

 


Download 143.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat