O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti umumiy tarix kafedrasi


O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti



Download 437 Kb.
bet2/6
Sana18.01.2017
Hajmi437 Kb.
1   2   3   4   5   6

1.2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti
O’rta Osiyoda hududida yashagan xalыlar o’tmishini davrlar silsilasidan holi chegaralangan ko’rinishda kechgan deb tasavvur qilish mumkin emas. Tarixiy jarayonlarni o’rganishdagi yondashuvlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi nazariya – ijtimoiy tuzumni qaytadan tasniflash masalasini ham taqozo etmoqda.

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti masalasida, XIX asr 80 yillaridan buyon qator tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar aytilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida, ko’chmanchilar jamiyati tuzilishida kuchli sosial- iqtisodiy differensasiya mavjud bo’lib, ular jamiyati urug’ qabila tuzumining yuqori cho’qqisi - harbiy demokratiya ko’rinishida bo’lganligi, quldorlik tuzumi miloddan avvalgi V asrdan boshlangani, keyingi davrdagi jamiyat tuzilishi harbiy demokratiya yoki ilk feodal-patriarxal ko’rinishida bo’lganligi kabi xulosalar chiqarilgan14. Biroq, hanuz ushbu masalalarda yagona, o’z tasdig’ini to’liq topgan ilmiy fikrga kelinmagan.

B.A. Litvinskiy ko’pgina sak qabilalari sinfiylik belgilari mavjud bo’lgan jamiyatda yashaganligini takidlaydi15. G.Ye. Markov, O’rta Osiyoliklar jamiyatida mulkiy tabaqalanish mavjud bo’lsada, tabaqaviy va sinfiy differensasiyaning sust rivojlanganligi, chorvaga nisbatan xususiy mulkchilik saqlangan holda, yer – yaylovlar umum jamoa, qabilaga tegishli bo’lgani, boy chorvadorlarning yollanma mehnatdan foydalangani, bir nechta qabilalarning harbiy ittifoqlarga birlashib, ularning o’z qo’shini mavjudligi, dashtning ma’lum qismini nazoratda tutadigan qabilaviy tashkilot faoliyati, jamiyatning asosi esa urug’chilik an’analariga tayanishi kabi qator xususiyatlarni sanab ko’rsatadi. Ularga asoslanib muallif, O’rta Osiyoliklarda kuchli mulkiy va ijtimoiy differensiya jarayoni va sinflar tashkil topishi, ya’ni sinfiylik jamiyati mukammal tugallanmagan ko’rinishda bo’lgan degan xulosaga keladi. S.P.Tolstov Xorazm bilan kuchli aloqada bo’lgan massaget qabilalarida sekinlik bilan davlatchilik shakllanganligini ta’kidlagan16. Biroq, keyinchalik, bu fikrini tasdiqlaydigan materiallarning kamligi tufayli unga turlicha e’tirozlar bildirilgan.

Gerodot, skiflarning o’z podshosi borligi, Plutarx ularning podsholaridan, Idanfirs, Ateya haqida, Strabon esa ko’chmanchi skiflar podshosi Sirm haqida ma’lumot berib, ularning oddiy odamlar ekanligini ta’kidlaydi. Sak va usunlarning o’troq hayot tarzi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar, ularda ijtimoiy munosabatlar rivojlanganligini ko’rsatadi.

Shunday bo’lsada, O’rta Osiyo xalqlarining jamiyati miloddan avvalgi II asrdan milodning VIII-IX asrlarigacha quldorlik bosqichi (jamiyati) ni bosib o’tganligi va bu jamiyat harbiy quldorlik demokratiyasi shaklida rivojlanganligini, milodiy eramizdan avvalgi I ming yilliklardagi ilk ular jamiyatini davlatchilikkacha bo’lgan ittifoq, o’rta asr ko’chmanchilari jamiyatini esa davlatchilik ko’rinishiga ega bo’lgan siyosiy tuzilma sifatida e’tirof etish mumkin. O’rta Osiyoliklar jamiyatida sharq despotizmi deb atalgan holat ham o’troq dehqonchilikdagi kabi rivojlangan shaklda bo’lmagan.

Milodiy eramizdan avvalgi I-ming yillik boshlariga kelib dastlabki davlat konfederasiyalariga asos solinadi. “Avesto”da ular “turlar” deb nomlanadi. Antik manbalarda Sirdaryo havzasi sak qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri bo’lib, bu saklarning kamonda jang qiluvchi va undan bexato otuvchi, mergan Yaksart saklari – saka-xaumavarkalar ekanligi ta’kidlanadi17. K.A. Abdullayev ba’zi tadqiqotlarda saka-xaumovargalarni saka amyurgiyalar bilan chalkashtirish hanuz davom etayotganligini uqtirib, ko’plab yozma manbalar tahlili asosida, “xaoma iste’mol qiluvchi xaumovargalarning yashash joyi Sirdaryo o’rta oqimida bo’lgan”,- deb ta’kidlaydi18.

O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi davlatchilikning asosiy xususiyatlari Qang’ davrida shakllanadi. Qang’ to’g’risidagi ilk ma’lumotlar «Avesto»da uchraydi, bu manbada u Qangxa deb nomlanadi. Qang’ davlati asoschilari sak qabilalari bo’lib, ular Jetiasar madaniyati vakillari bilan kuchli aloqada bo’lgan. Miloddan avvalgi II va milodiy II asrlarda bu davlat tarkibiga Suse (Kesh-Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuyni (Toshkent vohasi), Gi (Buxoro vohasi), Yuyegyan (Urganch shahri va atrofi) zabt etilganligi, unga qarashli Kan, Mi, Sao, Unage, Mu kabi dehqonchilik viloyatlar bo’lganligi eslatiladi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy-g’arbiy va Kaspiy dengizining shimolidagi Yan va Yansay yerlari ham Qang’ davlatiga qaram bo’lgan.

O’rta Osiyodagi davlatlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etuvchi qabila ittifoqlari tarzida mavjud bo’lgan. Bu qabila ittifoqlari ayrim vaqtlari tarqalib va yana vaziyatga qarab qaytadan tashkil etilavergan. Bu siyosiy birlashmalarda xalq yig’ini muhim rol o’ynagan. Xalq yig’inida barcha qurolli aholi qatnashib, unda urush yoki sulh masalalari hal qilingan19. Ittifoqqa kiruvchi qabila boshliqlari ishtirok etadigan qurultoy, muqaddas joyda, istehkomga yaqin yerda chaqirilib, unda eski odat bo’yicha dasht podshohligiga nomzod saylangan, hukmron unvonidan tashqari yangi davlat yoki ittifoq uchun nom ham qo’yilgan.

Ko’chmanchilarda esa qabila oqsoqollarining ma’qullashi bilan taxt odatda otadan o’g’ilga emas,balki ushbu sulola (xonadonning) yoshi katta (birinchi avlod) vakiliga, xususan, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Bu tartib bitta oila qo’lida davlat boshqaruvining saqlanib qolmasligini ta’minlagan. Hokimiyatni hukmron sulola qo’lida jamlash prinsipi Markaziy Osiyoning ko’chmanchi davlatlarida boshqaruvning an’­anaviy usuli bo’lib, u ikki yoqlama samara berardi. Ya’ni bir tomondan, ko’chmanchi chorvachilik hukmron bo’lgan sharoitlarda boshqaruvning va mudofaaning barqarorligi ta’minlansa, ikkinchidan, sulolaning o’z ichida ham nisbatan osoyishtalik ta’minlanar edi.

Antik davrning yirik siyosiy birlashmasi – Qang’ davlatida o’lkalar viloyatlarga bo’linib, chorvador qabilalarga qarashli hududlar jabg’ular tomonidan boshqarilgan. Jabg’ular odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan tayinlangan20. O’troq aholi yashaydigan viloyatlarni boshqarish esa mahalliy hokimliklar tasarrufida qoldirilib, ular hoqon tayinlagan tudanlar nazoratida markaziy hokimiyatga muntazam soliq to’lab turgan..

Xitoy manbalarida Qang’uy podsholari mamlakatni oqsoqollar kengashiga tayanib boshqarganligi eslatiladi. Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashib davlat hokimiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho hokimiyati maslahat majlisi bilan hamkorlikda ish yuritgan. Bu boshqaruv usuli tarixda harbiy demokratiya prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tizimi, deb nom olgan21. Davlatni boshqarishda avvalo, hukmron sulola a’zolari hamda ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi.

Manbalarning ma’lumot berishicha, u to’rtga bo’lingan. Ya’ni, qarindoshlar: hoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va halqlar; hoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va ma’muriy hodimlar; hoqonning chap tomonida o’tiruvchi amaldorlar va xodimlar22. Ko’chmanchilarda davlat vujudga kelishi, qo’shni qabilalarni ham buysundira olgan jasur, barcha ishlarda tadbirkor va omadli sardor boshqaruvidagi bir qabilaning kuchayishi bilan ham bog’liq bo’lgan.

Antik davrning oxirlariga kelib yangi (navbatdagi guruh – xioniy, kidariy, eftaliy kabi) qabilalarning kirib kelishi bilan, hokimliklar avval mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilgan bo’lsa, keyinchalik ular turkiy sulolalar qo’liga o’tadi23.

Antik davrda O’rta Osiyoga ko’chmanchilarning kirib kelishi bilan oldindan shakllanib kelayotgan turkiy udumlar asosidagi ko’pgina davlat boshqaruv tartiblari (Qang’ davrida), aniq qiyofa kasb etib, sayqal topgan. Bu holat ko’chmanchilarning keyingi (turklar) kirib kelish bosqichlarida ancha aniq namoyon bo’ladi.

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy tizimi qanchalik puxta va mukammal bo’lmasin siyosiy jipslikka tobora rahna tushardi. Bu jarayon, xukumat umumxalq manfaatini ko’zlagan takdirda ham o’z mevasini bermasdan qolmas edi. Ushbu o’ziga xoslik zaminida ishlab chiqarish darajasining pastligi hamda urug’chilik turmush tarzining saqlanishi yotardi.

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumini feodal munosabatlar vujudga kelishining ilk ko’rinishi deyish mumkin.

Gerodot, skiflar podshosi vafot etsa, u bilan birga ellik nafargacha xizmatkori, qo’riqchilari va ko’plab sara otlari qo’shib dafn etilganini yozadi24. Boy chorvadorning xo’jaligida yollanma xizmatkorlar va qullar ham bo’lgan. Ammo ko’chmanchi xo’jaliklarda qullarning qochib ketmaganligidan25 unga munosabat yomon bo’lmaganligi va uning ahvoli ham og’ir bo’lmaganligini ko’rsatadi.

Xullas, antik davrda O’rta Osiyo xalqlari jamiyatida ijtimoiy munosabatlar jadallashgan. Bu davrda ko’chmanchilarning kirib kelishi, o’zbek davlatchiligiga xos ijtimoiy-siyosiy munosabatlar yanada sayqal topishida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu an’analar asosidagi boshqaruv tartiblari ulkan hududlarni yagona tizimga keltirib, tarqoq ellarni birlashtirishga xizmat qildi.



Madaniy hayoti. Maqsadli tarzda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida, O’rta Osiyo xalqlarining hayot tarzi, ularning urf odatlariga oid ko’plab moddiy va madaniy ashyolar qo’lga kiritildi. Yodgorliklardan topilgan uy ro’zg’or, qurol yarog’ va zeb-ziynat buyumlari, shuningdek, ular qadimiyatiga oid yozma manbalar ma’lumotlari O’rta Osiyo xalqlarining o’z xo’jaligi hayot tarziga xos madaniyat sohiblari bo’lganligidan shohidlik beradi.

Yunon manbalarida O’rta Osiyo ko’chmanchi chorvador xalqlarining xo’jalik hayoti, turmush tarzi va urf udumlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan26. O’rta Osiyo xalqlarida do’stlik, vafo va sadoqat juda qadrlangan. Bolalar hali go’dakligidayoq do’st tutintirilgan. O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy hayoti, dini ularning tasavvurlarida ham aks etgan. Ularning dinini ibtidoiy deb bo’lmaydi. Qang’uylar, jumladan, O’rta Sirdaryo bo’yi xalqlari zoroastrizm dinidagi xudolardan bo’lgan Farn ilohiga sig’inishgan. Ushbu iloha hukmdorlarning panohi va qo’riqlovchisi, shuningdek uy, oila, sog’liqni saqlovchi xudo hisoblangan. Bu xudo qo’y ko’rinishida deb qabul qilingan27. Qovunchi madaniyati sohiblarida mashhur hind eposi Mahobxaratada ta’kidlangan ho’kiz (qora mol) ga sig’inish bilan bog’liq odatlar ham mavjud bo’lgan. Xitoy yilnomasi “Veyshu”da turklar diniga xos bir nechta aqidalar ko’rsatilgan28.

Manbalarda O’rta Osiyoliklarning quyoshga, ajdodlar arvohiga, butun xalqqa tegishli bo’lgan ko’k ruhi (tangri), ga sig’inish va tog’lar, suv manbalari (daryo va ko’llar) ga topinish kabi diniy marosimlari eslatiladi. Chorvadorlarning udum va marosimlari haqida Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otu turk” asarida ham ko’p ma’lumotlar berilgan. ”Unda tun kun topun tangriga buyinmag’il korkun angar iymani o’ynamag’il”, ya’ni kecha kunduz ulug’ tangriga ibodat qil yo’ldan ozib adashma, xudodan qo’rq, undan uyal degan jumlalarni o’qish mumkin. Bunda xudo sifatida Ko’k Tangriga e’tiqod ta’kidlanmoqda. Ko’k Tangriga sig’inish - O’rxun bitiklarida ham qayd etilgan: “Avval yuqorida moviy osmon, quyida qora yer bo’lgan. Ular o’rtasida inson bolalari paydo bo’ldi”. Osmon ruhi deganida aynan Ko’k Tangrini anglaganlar. Ko’kka qurbonlik keltirish odati turkiy xalqlarda, hatto XIX asr oxirlarida ham bo’lgan.

II-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI O’RGANISHDA YUNON TARIXCHILARI ASARLARINING O’RNI

II. 1. Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi
Ulug’ yunon olimi va tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi 484 yilda Knchik Osiyoning Galikarnos shahrida tug’ilgan. Galikarnos shahri Kichik Osiyo va grek shaharlarini bir-biriga bog’laydigan qulay port shahri bo’lib, u yerda savdo-sotiq ishlari keng rivojlangan edi. Eramizdan avvalgi XI asrda qurilgan bu shaharga turli mamlakatlardan sayyohlar, yo’lovchilar, donishmandlar, shoirlar va muarrixlar tez-tez tashrif buyurib turishgan. Uning otasi Galikarnos shahrining obro’li va savodxon kishilaridan biri bo’lgan. O’ o’g’li Gerodotning yoshligida bilim olishiga alohida e’tibor bilan qaray boshlaydi. Gerodot bolalik chog’laridayoq atoqli grek so’z san’atkorlari va ulug’ muarrixlarining asarlarini qunt bilan mutolaa qiladi. Ayniqsa Homer, Gesiod, Aristey, Arxilox, Sapfo, Alkey, Anekreont, Pindor va Esxil asarla­rini qiziqish bilan o’kiydi29.

Gerodot grek adabiyotini juda sevadi. Ayniqsa tarixiy nasr namunalari Gerodot e’tiborini beixtiyor o’ziga tortadi. Osiyo va Yevropadagi bir necha mamlakatlar tarixiga ham qiziqish bilan qaraydi, bu mamlakatlarning geografiyasi, ta­rixi va adabiyotini o’rganadi. Mashhur geograflardan miletlik Kadmlampsaklik Xaron kabi o’z davrining atoqli olimlari ijodinn diqqat bilan kuzatadi. Ayniqsa, miletlik olim Ge-kateyaning «Yerni aylanib o’tish» asari Gerodotda katta taassurot qoldiradi.

Gerodot dunyoqarashining yuksalishida tog’asi Paniasid jatta rol o’ynaydi. Paniasid o’z davrining tanikli shoirlaridan biri edi. U xalq og’zaki ijodiga juda katta qiziqish bilan qarardi. Uning xalq qahramoni Gerakl haqida to’plagan hikoyat va rivoyatlari antik davrlardayoq xalq og’zaki jodi-ning rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Gerodotning ona yurti Kariya va unga qo’shni Ioniya va Eoliya ziyolilar shahri bo’lib, u qariyb 70 yilga yaqin Kir va Qambis tomonidan barpo etilgan ulkan Ahmoniylar davlati ta’sirida bo’ladi. Ioniya — Homer vatanidir. Bu o’lkadan Ana­kreont, Appelesa, Parassiya, Fales, Anaksimandr kabi o’z-davrining donishmand faylasuflari yetishib chiqqan. Uzining tabiiy go’zalligi bilan mashhur bo’lgan Ioniyaga unga qo’shni — ona shahri Galikarnosdan Gerodot tez-tez tashrif buyurib turadi. Ioniyaliklar ham Osiyo va Yevropa mamlakatlari bo’ylab dengiz sayohatlariga chiqar edilar. Hatto ular Turkiya, Yugosla­viya yerlari (avval Frakiya deb atalgan) kabi uzoq o’lkalarga, Pereney yarim orollari — o’shanda Terreniya deb atalgan go’zal vohalarga ham kelib ketar edilar. Ioniyadan Qizil dengiz. va Qora dengiz tomonlarga dengiz sayyohlari tnnimsiz qatnab turardi. Bu sayoxatchilardan va uzoq ynllar davom etgan Eron-Yunon urushi qatnashchilaridan Gerodot Osiyo mamlakatlari haqida qiziq hikoyalar eshitadi.

Eronliklar ustidan g’alaba qozonilgandan so’ng, grek ho-jimliklari o’rtasida o’zaro kelishmovchiliklar avjiga chiqadi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Ligdamidga qarshi ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan Gerodot ham ishtirok etgan edi. Ligdamid isyonni kuch bilan bostiradi. Paniasid o’limga mahkum etiladi. Gerodot esa mamlakatdan quvg’in qilinadi. Shundan so’ng, bo’lajak tarixchi Osiyo mamlakatlari bo’ylab safarga chiqishga qaror qiladi. Go’zal Ioniya shahriga kelib dengizchilar bilan do’stlashadi. Gerodot dastlab Kichik Osiyoga yaqin o’lkalarga sayohat qiladi. So’ngra Frakiya bo’ylab Yevropa safarini davom ettirib, Bolqon orollarida bo’ladi30. Istr (Dunay) daryosi qirg’oqlariga keladi. Keyin Vizantiya o’lkasiga boradi. Bu yerlarni Doro eramizdan avvalgi 512 yilda skiflar yeriga yurish qilishdan avval bosib olgan edi. Doro hozirgi Istambul shahriga yaqin joyda Bospor daryosining quyi oqimida skiflar yeriga o’tish uchun ko’prik qurgandi.

Gerodot bu ko’prikdan o’tib Tear dar­yosi qirg’oqlari bo’ylab o’z sayox:atini davom ettiradi. (Bobo eski darasi Turkiya tomonda joylashgan, bu daryo Gerodotni o’ziga maftun etadi. Daryo bo’yida yashovchi xalqlar Tearning shifobaxshligini, undan odamlar va otlarnn davolashda foydalanishlarini aytadi. Yunon-Troya urushidan keyin greklar Qora dengiz bo’ylarida ayrim elatlarni o’zlariga qaram qilib olgan edilar. Ol­viya shahrp atrofidagi o’lkalar ham Qora dengiz atrofida joylashgan edi. Qora dengiz bo’ylariga joylashgan Ochakova shahridan shimol tomonga to hozirgi Parutino, Ilinsk qishloqlarigacha cho’zilgan 25 kilometrlik masofa o’sha paytlarda Gresiya ko’li ostida edi. Gerodot Gerr — Samara va Girkis — Donesk daryosi bo’yla-rida yashovchi skif qabilalari hayoti bilan ancha yaqindan tanishadi.

Gerodotning bu daryolar bo’yida yashovchi skif qabilalari haqida aytgan qiziqarli hikoyalari kishining dyaqqat-e’tiborini beixtiyor o’ziga jalb etadi. Nahotki, antik davrlarda Volga, Don, Dunay, Dnepr daryolari bo’ylarida skiflar yasha­gan bo’lsa, degan savol xayolingnzga keladi. Axir, skif qabilalari Urta Osiyoda yashamaganmidi, deb o’ylab qolasiz.

Atoqli rus olimi A. B. Ditmar qadimgi skif qabilalari haqida bir kator yirik tadqiqotlar yaratadi va skiflarning kelib chiqish tarixi haqida o’zining qimmatli fikrlarini bildiradi. «Skiflar O’rta Osiyodan tarqalgan edi, — deb yozadi A. B. Ditmar o’zining «Skifiyadan Elefantingacha» nomli tadqiqotida, — ularning (skiflarning) tili shimoliy eron tillari gruppasiga kiradi, shuningdsk, ular Urta Osiyoda yashagan Sak va Massaget qabilalari bilan urug’dosh edi31. ­

Bu yerlarda yashovchi skiflar «bug’doy, piyoz, sarimsoq va mosh "iste’mol qilganlar. Ular bug’doyni faqat o’zlari uchun-gina ekib qolmasdan, balki savdo-sotiq uchun ham ekardilar». Gerodot keyinchalik shohlik hukmron bo’lgan skiflar o’lkasiga keladi. Bu skiflar kuchli davlatga ega edilar. Tanais daryosidan sharqiy tomon ancha uzoqda joylashgan bu skiflarning o’z podshohlari bo’lib, boshqa skif qabilalari ularga qaram edi. Podshohlik skiflar o’zga skiflarni o’zlariga qul deb bilardi. Gerodot skiflarning urf-odatlari bmlan yakindan tanishadi. Ularning asosiy yumushlari chorvachilikdan iborat edi. Skiflarning chorvachilik ishlariga Gerodot katta qiziqish bilan qaraydi. Ko’chmanchilik joniga tekkan skiflar ko’chganda qulay bo’lsin uchun namatdan g’ildirakli arava—uy yasab olgan edilar. Yuk tashish ishlarida otdan tashqari mollardan foydalanadi. Ularning eshak va cho’chqasi yo’q edi. Bundan tashqari, Gerodot skiflarning harbiy ishlari va qurollari bilan ham tanishadi, o’rganadi.

Gerodotning aniqlashicha, skiflarning shimol tomonida yana Melianxlenlar qabilasi yashardi. Ular hamma vaqt qora tusda kiyinib gorardi. Urf-odatlari skiflarnikiga yaqin turardi. Bu qabilalar tillari xam Nevrov qabilalari singari eski slavyan tillari gruppasiga kirardi. Shimol tomonda juda sovuq bo’lgan keng yalangliklar joy­lashgan edi. Tanais daryosi bilan Meotida — Azov dengizi o’rtasida sarmatlar yashardi. Ular shimol tomonga cho’zilgan o’n besh kunlik keng o’lkada yovvoyi va xonaki daraxtlar ichida yashardi. Ular skiflar tilida gaplashardi, biroq ularning tillari qadimdan shakllangan edi. Sarmatlarnnng urf-odat­lari skiflarnikiga sira ham o’xshamasdi. Sarmatlar (sara-matlar) skif qabilalariga urug’dosh edi32.

Sarmatlardan yana shimol tomonga yurilsa, Gerodotning yozishicha, qalin o’rmonlar bilan o’ralgan o’lkaga chiqilardi. U yerlarda budinlar yashardi. Bu xalqning sochlari malla, ko’zlari ko’kish edi. Budinlarning asosiy qismi ko’chmanchilik bi­lan hayot kechirardi. Ovqatlariga qarag’ayning urug’idan solardi. Ularning qadimdan qurilgan Gelion — Saratov deb atalmish shahri bo’lgan. Bu shahardagi uylar yogochdan tiklangan edi. Budinlar orasida gelonlar ham yashardi. Ular savdo bilan shug’ullanuvchi shahardan edilar. Gelonlar dehkonchilik va bog’dorchilik bilan ham shug’ullanardi. Ko’proq bug’doydan tayyorlangan ovqatni iste’mol qilishardi.

Argippeylardan shimol tomonda bir ko’zli arimasplar bor emish. Gerodot bu afsonaga unchalik ishonmasligini aytadi33. Ular bilan yonma-yon tovuk tusli, kushlarga xos burgut qanotli, tilla taqinchoqli griflar yasharkan. Bu yurtlar nihoyatda boy bo’lganmish. Grek va skif savdogarlari bu yurtlarga kelib tilla xarj qilib olar ekan. Bu yurtlarda oltin ko’p bo’lgan. Bu o’lkalarning qasrda joylashganini olimlar anik aytolmayapti. Ye Urol tog i yoki shimoliy Qozog’iston. Bu yerda Stepnyakda oltin koni bo’lgan, yoyinki Oltoy.

Gerodot dastlab Axmonnylar davlatining markazn b\'lgan Suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ladi. Kichik Osnyodagi Galis, messopotamnyadagi Evfrat va Tigr daryolari-dan o’tadi. Frakiya o’lkalarini kezadi. Bu yerda u o’ng qo’liga qilich, chai qo’liga nayza tutgan Ulkan odamlar bilan uchrashadi. Gerodot o’z asarlarida Kavkaz tog’larini juda keng ta’-riflaydi. Ayniqsa, Kaspiy dengizi va uning sohillarini, bu sohilda yashovchi elatlar hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Araks daryosi Kaspiy dengiziga kelib qo’shiladi, deydi tarixchi. Esxil o’zining «Zanjirband Prometey» tragediyasida Kavkaz tog’lari va Kaspiy dengizi haqida so’z yurptadi, bu yerlarni «gekatey milet» deb ataydn.

Gerodotning fikricha, Kaspiy bo’ylaida kuchmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli taomlarni iste’mol kilpshadi. Bu yerning xalqlari juda jangari bo’lishgan. Aytishlaricha, Eron shoxi Kir ham ularni o’ziga bo’ysundira olmagan

Gerodot Urta Osiyo haqnda tarixiy jihatdan juda muhim ma’lumotlar keltiradi. Bu yerda bir necha hokimliklar mav-judlipshi, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanliglni ta’kidlaydi. Bu hokimliklarni anik nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtrpya, Girkaniya, Kaspiy, so’g’dlar, sak-lar, Xorazmiylar va ariylar. Bu o’rinda izox talab nomlardan ariylar Afg’onistonning g’arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha vaqtda Balx shahri bo’lgan, Kaspiy hokimligiga Turkmanistonning janubi-g’arbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan.

Xorazmiylar-xorazmda, so’g’dlar — Politamet (Zarafshon) bo’ylarida, saklar Tyan-shan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan edilar.Bu xalqlar sharqdan to Kaspiy dengizigacha bo’lgan hududga tarqalgan. Girkaniya bilan Xorazm o’lkasi o’rtasidan Ares daryosi o’tadi. Bu daryodan uzun-uzun kanallar qazilib, sug’orish shoxobchalaridan dehqonchnlikda unumli foydalanadilar.

Shundan so’ng Gerodot Xindiston o’lkasida sayohatini davom ettiradp. Panjobga boradi. Bu yerga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi. Gerodot asarida Hindistonning go’zal tabiati uznning ajoyib tasvirini topgan. Gerodot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi. Ayniqsa, Nil daryosi bo’yida yashovchi elatlar. Kush, Efiopiya mamlakatnnnng tarixi haqida qimmatlp ma’lumotlar keltiradi. Shundan so’ng ulkan Ellin davlatiga qaram bo’lgan yana bir qancha katta-katta o’lkalarda bo’ladi. Xios, Teos, FOksy, Klasomen, Rodos, Kipr, Milet, Faselid, Galikarnos kabi go’zal shaharlar va u yerdagi tarixiy voqyealarni tasvirlaydi. Gerodotning adabiy merosi juda boy. Bu adabiy merosni kichik novellalar yoki hikoyalar to’plami deb ham atashimiz mumkin.
II. 2. Strabon, Arrian, Diodor va Poliyen asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi haqidagi ma’lumotlar

Strabon
Strabonning o’n yettn kitobdan iborat «Geografiya» asari jahon adabiyotida o’zining munosib o’rniga ega. Asarda antik davrlarga oid juda boy materiallar bor. Bu materiallar ayniqsa tarixiy jihatdan qimmatlidir. «Geografiya» asari uz davri uchungina emas, bugungi kunda bizning zamondoshlarimiz uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Shu tufayli bu asar­da Urta Osiyoning antik davrlari tasviri va Strabonning hayot yo’li haqida qisqacha to’xtalib o’tishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

Strabon eramizdan ilgarigi 64—63 yillarda Amasiya viloyatida tug’iladi. Yozuvchi Qora dengizdan yuz kilometr janubda, O’rta Yer dengiziga tomon cho’zilgan o’lkada tug’iladi34.Amasiya jug’rofiy sharoiti qulay bulgan viloyatdir. Bir tomondan Qora dengiz, ikkinchi tomondan Urta Yer dengizi bilan tutashgan, tabiati go’zal bo’lgan o’lkalardan biri edi.

Shoh Mitridat II (eramizdan avvalgi 302—266 yillar) davrida Amasiya Pantiy viloyatinnig markazi edi. Shoh Fornak I (eramizgacha bo’lgan 184—157 yillar) davrida viloyat markazi Sinon shahriga ko’chiriladi. Amasiya avvalgidek muhtasham va qadimiyligini saqlab qoladiyu, birok bu shaharga endi avvalgidan kam e’tibor berila boshlaydi. Albatta, bun­day o’zaro toj-taxt urushlari Strabon yashagan davrgacha bo’lib o’tsada, Strabon bu tarixiy voqyealarning qanday kechganlignni to’liq o’rgangan edi. Bundan tashqari, shoh Nikomeda III (eramizdan avvalgi 74 yil), Mitridat IV (eramizdan ilgarigi 120—63 yillar), Lukull (eramizgacha 70 yil), Pompey (eramizdan oldingi 66 yil) davrlarida ham ko’plab qirg’in janglar bo’lib o’tadi. Bu jangu jadallar bevosita Amasiya shahri bilan bog’liq holda ro’y beradi. Bunday tarixiy voqyealarga boy shaharda Strabonning dunyoga kelishi favqulodda moziyning zulmat bulutlarp bilan qoplangan osmonida yulduz chaqnagandek bo’ldi.

Strabonning yoshligi ajoyib va g’aroyib voqyealarga boy, adoqsiz tarixiy hodisalar bo’ronida o’tadi. Strabon, Gerodotning memuar asarlarigina emas, shaxsi hayotlari, fidoiyliklari, pokizaliklari xam biz uchun ibrat-lidir. Sayohatlar ijod manbaidir. Sayohat tufayli tafakkur to’lqinlari mavj uradi. Yangi fikrlar, yangi so’z bunyodga ke­ladi. Bunday tafakkur xukmi, ijod hoknmligi alohida xalqlar uchungina emas, jahondagi ko’pgina xalqlar uchun birdek naf berishi mumkin. Strabon, Gerodot, Plutarx, Diodor mana shunday ilm nurini jahon aro taratgan adiblardir.

Bu adiblar o’z ijodlari bilan jahonni zabt etganlar. Shamshir ko’tarib emas, qo’llarida kalam tutib jahongirlik qilganlar. Qalam kuchi har qanday shamshir tig’idan ham o’tkir ekanligini antik davrlardayoq isbot etganlar. Shunday qilib ular o’zlari uchun mangu barhayot haykal yasaganlar.



Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik