O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi 5-9-sinflarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma egamberdiyeva durdonaxon



Download 402,25 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2017
Hajmi402,25 Kb.
#11959
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
5-9-sinflarda

NAVOIYXONLIK VA BOBURXONLIK

kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma




EGAMBERDIYEVA DURDONAXON

(Andijon viloyati Oltinko’l tumani 28-DIMIning

ona tili va adabiyoti o’qituvchisi)

Andijon

UO’K – 808

KBK – 83.3 (O’z)

Е 32

Egamberdiyeva Durdonaxon “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma / Egamberdiyeva Durdonaxon ; mas’ul muharrir: D.Abdullayeva. – Andijon, 2015. – 44 b.
Ushbu “Navoiyxonlik va Boburxonlik” kechalarini o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda amaliy yo’riqnoma vazifasini bajara oladi.

Uslubiy qo’llanmadan umumiy o’rta talim va ixtisoslashtirilgan maktab- internatlarining 5-9-sinflarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” kechalariga bag’ishlangan madaniy va ma’rifiy tadbirlarni o’tkazishda keng foydalanish mumkin.

Mas’ul muharrir:

D.Z. Abdullayeva – filologiya fanlari nomzodi
Taqrizchi:

F.Kiyikboyev – filologiya fanlari nomzodi

So’z boshi

Bugungi kun ta’lim sohasida o’quvchilarni har tamonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz qoldirgan boy ijodiy merosni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida bu yo’lda madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, unda bevosita o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash pedagogning asosiy vazifasi sanaladi. Ona tili va adaboyot darslarida o’qituvchining o’quvchi shaxsini riojlantirishida buyuk mutafakkir, davlat arbobi, so’z mulkining sultoni – Alisher Navoiy va shoh, shoir, olim, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur kabi til va adabiyot rivojiga o’zining salmoqli hissasini qo’shgan buyuk ajdodlarimizning beqiyos ijodiga, ularning o’chmas xotirasiga bag’ishlangan tadbirlarni tashkil etishi, o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda madaniy-ma’rifiy kechalar o’tkazishi komil inson shaxsini tarbiyalashida yetakchi qadamdir.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsiyati, hayot yo’li va ijodi hamma davrlarda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun o’rnak, namuna bo’la oladi. Buyuk zotlarning murakkab hayot yo’li, ijodiy merosini o’rgangan, sevib mutolaa qilgan o’quvchida mumtoz adabiyotimizga mehr, muhabbat paydo bo’lsa, asarlaridagi g’oyalar orqali yoshlarning vatanga, ona yurtga, xalqqa bo’lgan yuksak his-tuyg’ulari shakllantiriladi. Ayniqsa, mutafakkir ijodkorlarning qiyofasi sahnada jonlantirilganda ularga bo’lgan hurmat va muhabbat, ehtirom tuyg’ulari yanada jo’shadi.

O’rta umumta’lim maktablarining adabiyot darslarida, adabiy to’garak mashg’ulotlari, sinf soatlari, ma’naviyat tadbirlarida o’quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna asarlari tomoshabinga o’zgacha badiiy-estetik ta’sir ko’rsata oladi. Mashhur insonlar rolini ijro etishga qiziqish albatta, barcha o’quvchida bo’ladi.

Ushbu qo’llanma umumta’lim maktablarining ma’naviyat tadbirlarini tashkil etishda amaliy yo’riqnoma vazifasini o’taydi, deb umid qilamiz.
5-sinf uchun Navoiyxonlik kechasini tashkil etish bo’yicha bayram tadbiri ssenariysi

(Sahna bayramona bezatilgan. Sahnaning to’rida Alisher Navoiyning surati. O’ng tomonda ijod namunalari stol ustiga terilgan. Mayin musiqa sadosi ostida boshlovchilar chiqib keladi)



1-boshlovchi: Xalqim tarixini o’chmas izi bor,

Qo’llaydi muqaddas ajdodlar ruhi.

Ularni yurakdan e’zozlab bu kun,

Yurtimda kezadi bayram shukuhi.



2-boshlovchi: Moziyning taratgan yorqin nuridan,

Iftixorga to’la dildan bir kalom.

Ey, buyuk yurtimning gul-chechaklari,

Navoiy avlodi sizga assalom.



1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, bilimga chanqoq o’quvchilar.

2-boshlovchi: Ulug’ ajdodlarimizning siymosi hamisha el ardog’ida. Mana bugun ham she’riyat mulkining sultoni, ona tilimiz ravnaqiga o’zining munosib hissasini qo’shgan mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining ___ yilligini nishonlamoqdamiz.

1-boshlovchi: Navoiy bobomiz hayotiga nazar solsak, u zotning naqadar ibratli umr ko’rganini guvohi bo’lamiz.

2-boshlovchi: Navoiy ijodining har bir namunasida insonlarni ezgulikka chorlovchi g’oyalar o’z aksini topgan.

1-boshlovchi: Odami ersang demagil odami,

Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami

deya odamlarni Vatanni sevishga, xalqni qadrlashga chorlaydi.

2-boshlovchi: Ana shunday hikmatga to’la ijod namunalarini biz yoshlar dildan o’rganmoqdamiz.

(Sahnaga sakkizta o’quvchi kirib keladi)



1-o’quvchi: Yigitlikda yig’ ilmning maxzani,

Qariliq chog’i xarj qilg’il ani.



2-o’quvchi: Yolg’onchi kishi ermas,

Yolg’on aytmoq mardlar ishi ermas.



3-o’quvchi: Inson ani bilki, kom erur onga saloh,

Til hifzida bil zumrai insonga saloh.



4-o’quvchi: Agar yaxshilik kimga af’oldur,

Jazosi aning ganji iqboldur.



5-o’quvchi: Hunarni asrabon netkumdir oxir,

Olib tufroqqamu ketgumdir oxir?!



6-o’quvchi: Ko’ngul maxzanining qulfi til,

Va ul maxzanning kalitin so’z bil.



7-o’quvchi: Har kimgaki, ilm qil-u qoli bo’lmas,

Ilm ahliga so’z derga majoli bo’lmas.



8-o’quvchi: Ilm ichra menga to bo’ldi madxal,

Topilmas mushkule men qilmagan hal.



1-boshlovchi: Navoiy bobomiz bolaligidan yuksak iste’dodi bilan ustozlarini ham hayratga solgan.

2-boshlovchi: U besh yoshida Qosim Anvorning kattalar ham tushinishi qiyin bo’lgan g’azalini yod olgan.

1-boshlovchi: U endigina qalam tebratgan kezlaridayoq o’zining bir bayti bilan ustozi mavlono Lutfiyni lol qoldiradi.

2-boshlovchi: Hirot tuprog’ida voyaga yetgan,

Qush tilin yo’llarin munavvar etgan.

Yillar to’zonidan sog’-omon o’tgan,

Navoiy bobomlar buyuk odamlar.

(Sahna ortidan T. Almatovning “Ey, sabo” kuyi yangraydi. Sanada yosh Alisher siymosi gavdalanadi. Egnida o’sha zamonga mos to’n, salla, etik. Sahnaning bir chetida Lutfiy va uning shogirdlari kitob mutolaa qilib o’tiribdi. Alisher ta’zim qilib kirib keladi)

Alisher: Assalomu alaykum, ustoz.

Lutfiy: Vaalaykum assalom, barakallo, kelsinlar. Qani Alisherbek, o’lturung.

(Alisher ta’zim qilib o’tiradi)



Lutfiy: Otangiz salomatmu?

Alisher: Insholloh, yuribdilar. Sizga ko’pdan ko’p salom aytdi.

Lutfiy: Salomat bo’lg’aylar. O’zingiz-chi, omonmisiz? She’r mashq qilib turibsizmu?

(Alisher boshini tasdiq ma’nosida silkib qo’yadi)



Alisher: Ha ustoz, bugun ham bir g’azal bitgan erdim. Lozim topsalar o’qib beramen.

Lutfiy shogirdlariga qarab jilmayib



Lutfiy: Qani eshitaylik.

(Alisher o’rnidan turib, qo’ynidan g’azal yozilgan qog’ozni oladi va o’qiy boshlaydi )



Alisher: Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo’yla kim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’ach quyosh.



Lutfiy: Barakallo, Alisherbek, barakallo.

Shogirdlari: Ofarin, bag’oyat go’zal bayt bitibdursiz.

Lutfiy bir muddat jim turib, so’ng



Lutfiy: Agar imkon bo’lsa erdi, sizning bu baytingizg’a umrim davomida yozg’on barcha she’rlarimni alishg’on bo’lur erdim. Sizdan xo’o’o’b xursandmen.

Alisher: Qulluq, taqsir, qulluq.

Lutfiy: O’qig’on g’azalingizni bog’dagi mushoirada ham o’qib berg’aysiz.

Alisher: Xo’p bo’ladi, taqsir.

(Barchalari birgalikda chiqib ketadilar)



1-boshlovchi: Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun,

Yurt buzish shart emas, degan gap-ku, rost.

Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin,
Alisher qalamni ko’rsatgan , xolos.

Sahnada qizlar tomonidan raqs ijro etiladi



2-boshlovchi: Nido tingla, bu kun yurting tarafdan,

Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!

Ogoh bo’l, Alisher, sen ushbu gapdan:

Har ikki nabirang – biri Alisher.

O’quvchilar Navoiy ruboiy va tuyuq, qit’alaridan namunalar o’qishadi

1-o’quvchi: Jondin seni ko’p sevarmen ey, umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen ey, umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas,

Ondin seni ko’p sevarmen ey, umri aziz.



2-o’quvchi: G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish,

El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,

Bulbulg’a tikondek oshiyon bo’lmas emish.



3-o’quvchi: Tig’i ishqing yorasidur butmagan,

Dardini har kimga aytib butmagan.

Hajr sahrosidur ohim o’tidin,

Anda gul yoxud giyohe butmagan.



4-o’quvchi: Kamol et kasbkim, olam uyidin

Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.

Jahondan notamom o’tmak biaynih

Erur hammomdin nopok chiqmoq.



1-boshlovchi: Alisher Navoiy ijodi bebaho xazinadir. Uning adabiy merosi ham, o’zining nurli hayot yo’li ham biz yoshlarga hamisha ibrat va hayot maktabi bo’lib qoladi.

2-boshlovchi: Shunday ekan, bu ulug’ zotning merosini qadrlamoq, uni qunt bilan o’rganmoq, qolaversa, unga munosib avlod bo’lmoq bizning muqaddas burchimizdir.

Shu buyuk o’g’lingni ardoqlab dildan, -

Xalqim, ta’zim etsang arzigay tamom.

Uning nomi bilan birga bitilgan



  1. va 2- boshlovchi:

  2. (Jo’rlikda) Dunyo daftariga o’zbek degan nom.

Sahnaga tadbirda ishtirok etgan barcha o’quvchilar chiqib, Abdulla Oripov she’ri, Mutal Burxonov musiqasi asosida yaratilgan “Alisher Navoiyga qasida” qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar.
5-sinf uchun Boburxonlik kechasini o’tkazish bo’yicha bayram ssenariysi
(Bayramona bezatilagan sahnada Bobur surati qo’yilgan. Sahna ortida Sh. Jo’rayev ijrosida “Yaxshilig’” ashullasi pastroq ovozda yangraydi. Sahnaga ikki boshlovchi – yigit va qiz chiqib keladi.)

1-boshlovchi: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.



2-boshlovchi: Tole’ yoqe jonimg’a balolig’ bo’ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.

O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.



1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar.

2-boshlovchi: Man bugun ham o’zbek mumtoz adabiyotiga o’zining munosib hissasini qo’shgan buyuk ajdodimiz shoh va shoir Zahirridin Muhammad Bobur tavalludining ___ yilligini nishonlamoqdamiz.

1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda Farg’ona viloyatining hukmdori Ummarshayx Mirzo xonadonida tavallud topgan.

2-boshlovchi: Dovyurak, jasurligi uchunan yoshligidan “Bobur” ya’ni “Sher” laqabini olgan.

1-boshlovchi: 12 yoshida otasidan ayrilgan Bobur taxtni boshqaradi. Lekin g’animlarning tazyiqi va Shayboniyxon bilan bo’lgan urush va nizolardan so’ng Bobur taxtni tashlab Hidistonga ketishga majbur bo’ladi.

2-boshlovchi: Bobur Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solgan bo’lsa-da, umri bo’yi Vatan sog’inchi bilan yashadi. She’rlarida ham buni takror-takror aytadi:

Davron meni o’tkardi savri-samondin,

Ayirdi meni bir yo’la xoni mondin.

Gah boshima toj, gah baloyi ta’na,

Nelarki boshimga kelmadi davrondin.

1-boshlovchi: Bobur davlatni boshqarish bilan bir qatorda, ko’plab ilmiy va badiiy asarlar yaratib, o’zbek adabiyoti xazinasini yana-da boyitdi. O’zining umr bo’yi ko’rgan-kechirganlari haqida “Boburnoma” asarini yaratadi.

Buyukligi uning shohlikda emas,

Taxt o’tkinchi shon-shavkat, xolos.

G’azal bitgan xassos qalami uchun,

Butun dunyo xalqi qo’ygandir ixlos.

(Sahnaga 4 nafar o’quvchi Bobur ruboiylarini o’qish uchun chiqadi. Orqa fonda esa “Ey sabo” kuyi past ovozda yangrab turadi )

1-o’quvchi: Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Sarishtayi ayshdin ko’ngilni zinhor,

Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur



2-o’quvchi: Beqaydmen-u harobi siym ermasmen,

Hammol yig’ishtirur laim ermasmen.

Qobulda iqomat etdi Bobur dersiz,

Andoq demangizkim, muqim ermasmen.



3-o’quvchi: Raftori-yu qaddig’a ravonim sadqa,

Bir boqishig’a iki jahonim sadqa.

Og’ziyu belig’a bud-u nobudim sarf

Ko’ziyu labig’a jismi jonim sadqa



4-o’quvchi: Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,

Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.

Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ga shod o‘tmadi hech,

G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.

1-  boshlovchi: Bobur Hindistonda shoh bo‘lsada, bir umr Vatanini, uning tuprog‘ini bag‘ri keng odamlarini sog‘inib yashadi.

 2-  boshlovchi: U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini his etamiz.

Maktab o‘quvchilari tomonidan  kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.

Mayin musiqa yangraydi.

Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.



Bobur: - Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta'zim qiladi.)

 Kishi: Assalomu alaykum, hazratim. (Ta'zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne'matdan totib ko‘ring, hazratim. Zora sog‘inchingizga malham bo‘lsa.

Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin holda gapiradi.

  Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar  manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan -mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.

  Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

 1-boshlovchi:  Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.

2-boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butun inson bo‘lgan, ana shu e'tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.

 Dunyoning tilagi, samari ham biz,

 Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.

 To‘garak jahonni uzuk deb bilsak

 Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.

Qizlar tamonidan Boburning “Gul jamoling…” g’azali asosida yaratilgan qo’shiqqa raqs ijro etiladi

1-boshlovchi: Bobur shoh va shoir bo’libgina qolmay buyuk sarkarda ham edi. U yurt tinchligi yo’lida harbiy ilmni mukammal egallagan.

2-boshlovchi: Bungi avlod ham ana shunday ajdodlariga munosib voris bo’lishga hamisha harakat qiladilar.

Sahnada Sultonali Rahmatovning “Assalom, O’zbekiston ” kuyi ostida o’g’il bolalar harbiy harakatlar namoyish qiladilar



1-boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.

2-boshlovchi: Unda kishi umrini mazmunli, barakali, o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka  yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:
Bori elga yaxshilig’ qilg’inki mundin yaxshi yo’q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

6-7-sinf uchun Navoiyxonlik kechasi uchun tadbir ssenariysi
(Sahna bayramona bezatilgan, to’rida Navoiyning sur’ati. Suratning bir tomoniga “Odami ersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami” bayti shior qilib qo’yilgan, bir tomonda esa I.Karimiovning Navoiy haqida “Inson qalbining quvonch-u qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi”-degan so’zlari yozilgan plakat .

Mayin musiqa sadosi ostida boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar. )



1-boshlovchi: Ko’p jahongir ko’rgan, bu dunyo,

Hammasiga guvoh yer osti.


Lekin do’stlar she’r ahli aro,

Jahongiri kam bo’lar rosti.



2-boshlovchi: Besh asrki nazmiy saroyni,

Titratadi zanjiband she’r,


Temur tig’i yetmagan joyni,

Qalam bilan oldi Alisher.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, buyuk mutafakkir, g`azal mulkining sultoni - Mir  Alisher Navoiy tavalludi tantanasiga yig`ilgan aziz mehmonlar!

 2-boshlovchi: Assalomu alaykum, “Davron elining jismida jon bo`lg`on” mo’tabar ustozlar, qadrli o’quvchilar!



1-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida sheri jangi,

Magar sher o’lmasa bori palangi.



2-boshlovchi: Darhaqiqat, Nizomiy panjasiga panja urib, o’zining turkiy tildagi birinchi “Xamsa”sini yaratgan lirik shoir, davlat arbobi, mutaffakir – Mir Alisher Navoiy o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi sifatida adabiyot ixlosmandlari uchun chinakkam ulkan badiiy xazina meros qoldirib ketdi.

2-boshlovchi: Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bo`lib, buyuklar qatoridan joy olgan hazrat Navoiy o`z oldiga  qo`ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi.

1-boshlovchi: Zamonasining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo`ldi. Husayn Boyqaro esa  "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin" deya niyat bildirdi.

2-boshlovchi: Navoiy 60-yillik umri davomida xalqi, yurti uchun chin insoniylik burchini ham ado etdi. Do’sti Husayn Bayqaroning yonida turib yurtning farovonligi yo’lida qo’ldan kelgancha sa’y harakat qildi.

1-boshlovchi: Navoiyning ulkan adabiy merosi bugun jahon adabiyoti ixlosmandlari uchun ham birdek qadr-qimmatga ega.

2-boshlovchi: Ana shunday buyuk insonlarni xizmatlarini qadrlamoq, ularga munosib avlod bo’lmoq bizning sharafli burchimizdir

Birin-ketin o’tib borar asrlarning karvonlari,

Oh, nechog’lik xatarlidir uning oshar dovonlari,

Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi.

Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari.

Sahnaga 4 nafar o’quvchi chiqib Navoiyning g’azal va ruboiylaridan o’qishadi. Orqadan “Cho’li iroq” musiqasi past ovozda yangrab turadi.



1-o’quvchi: Jonimdag’i ikki “jim” ikki dolingga fido,

Andin so’ng alif toza niholingga fido.

“Nun”i dag’i anbarin hiloloing’a fido

Qolgan ikki nuqta ikki xolinga fido.



2-o’quvchi: Ko’z bila qoshing yaxshi qabog’ing yaxshi,

Yuz bila so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi,

Eng bila mening yaxshi, saqoqing yaxshi,

Bir-bir ne deyin, boshdi oyoqing yaxshi.



3-o’quvchi: Jondin seni ko’p sevarmen , ey umri aziz,

Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Har nenikim sevmak ondin ortiq bo’lmas,

Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.



4-o’quvchi: Zohid, sanga – hur, manga – janona kerak,

Jannat – sangabo’lsun, manga – mayxona kerk.

Mayxona aro soqi-yu paymona kerak,

Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak .



1-boshlovchi: Fursat keldi do`st-u g`anim kimligini bilay bu kun.

Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,

Ko`kka boqib sahar chog`i iltijolar qilay bu kun,

Nurga to`lsin aziz bobom, Navoiyning makonlari.

Maktab musiqa to’garagi a’zolari tomonidan Navoiy g’azali asosidagi ashula ijro etiladi.

2-boshlovchi: Baytingga bir bora qovushgan har lab,

Takrorlab ketgusi mahshargacha to,

Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,

Milliard martabali jahonni hatto.

Sahnaga ikki o’quvchi chiqib Navoiy g’azalidan o’qiydilar:



1-o’quvchi: Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sanga

Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldim sanga.

Har necha dedimki kun- kundin uzay sendin ko’ngil,

Vahki, kun-kundin batarrak mubtolo bo’ldim sanga.

Men qachon dedim, vafo qilg’il manga zulm aylading,

Sen qachon deding, fido bo’lg’il manga, bo’ldim sanga.

Qay pari paykarg’a, dersen telba bo’lding bu sifat,

Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo’ldum sanga/

G’ussa changidin navoye ttopmadim ushshoq aro,

To Navoiydek asir-u benavo bo’ldim sanga.



2-o’quvchi: Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin,

Ko’ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?

Ko’zi qahrinmu deyi, kipriki zahrinmu deyin,

Bu kudurat aro ruxsori safosinmu deyin?

Ishq dardinmu deyin, hajr nabardinmu deyin,

Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,

Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?

Eynavoiy, dema qosh-u ko’zining vasfini et,

Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin

Bir guruh qizlar tamonidan Navoiy so’zi bilan aytilgan Z.Boyxonova ijrosidagi “Laling agar ne balo rangingdur…” qo’shig’iga raqs ijro etadilar.

1-boshlovchi: Kamol et kasbkim olam uyidin,

Senga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o`tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq

Navoiy aql qurolini mohir ustasi edi. U o’zining donoligi sabab zamonasini hamisha lol qoldirib kelgan.

O’quvchilar tomonidan sahna ko’rinishi namoyish etiladi. Sahnada Bayqaro o’zining mulozimlari bilan suhbat qurib o’tirigan holat. Mulozimlari Bayqarodan norozi kayfiyatda so’z boshlaydilar.



Mulozim: Shohim biz sodiq mulozimlaringiz orasida har-xil mish-mishlar yuribdir. Deydilarki, olampanohimiz bizning sodiqligimizga shubhalari bormikon deb.

Bayqaro: (ajablangan ohangda)Nechuk bunday demishlar.

Mulozim: Deydilarki, siz Alisherbekka hamisha yon bosarmishsiz, bizlar qancha sizning xizmatingizni chin yurakdan ado etsak-da, g’ayri nigoh bilan qararmishsiz.

Yana bir mulozim: Shohim, afu etgaysiz. Sizning davlatingizni o’ylab aytayotibmiz. Alisherbekka bunday munosabatda bo’laversangiz, u kishim haddilaridan oshib ketmasunlar deymiz-da. Har zamonda maoshini oshira bersangiz hovliqib ketmasunlar.

Bayqaro: (jiddiy ohangda) Ho’p mayli, sizlarga bir savolim bor. Agar shuni javobini topsangiz sizlarni ham mavqeyingizni oshirishga va’da beramen. Uch kun ichida javob bera olmasangiz boshingizni tanangizdan judo etamen. (Bayqaro mulozimlarga qarab tili bilan boshini ko’rsatadi. ) Qilg’on harakatimning javobini topsangiz bergan va’damni bajaramen, javobini topa olmasangiz ham o’sha va’da ya’ni bir boshg’a bir o’lim.

Bayqaro orom olish uchun chiqib ketadi. Orqalaridan mulozimlar ham ergashadi. Bir-ozdan so’ng mulozimlar yana to’planadilar. Uchunchi kun holati.



Download 402,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish