O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi



Download 110,81 Kb.
Sana13.10.2019
Hajmi110,81 Kb.
#23455
Bog'liq
ona tilida ochiq dars ishlanmasi



o’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi
Toshkent shahar Uchtepa tumani

296- maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchisi



Ziyoqulova MohiraNING

10-sinflar uchun “Ma’nodosh va shakldosh so’zlar uslubiyati” mavzusidagi bir soatlik ochiq dars ishlanmasi





Sana ___ ______”_________-yil ONA TILI fani Sinf: 10_______
Mavzu: MA’NODOSH VA SHAKLDOSH SO‘ZLAR USLUBIYATI

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:В1

mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq.) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;В1+

mavjud axborot manbalarini (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar (audio-video yozuv) va boshq) o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash va foydalana olish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;

O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:В1

bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borish, kundalik faoliyatda til qoidalariga amal qilish hamda nutqiy jarayonda egallagan bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash;

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish.В1+

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;

o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:В1

ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.В1+

ona tili fanining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish.

I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

3 daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

5 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

15 daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

15 daqiqa

Darsni yakunlash

5 daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

2 daqiqa


VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

28-mashq. 4ta o’quvchi chiqib quyidagi ma’nodosh so’zlar qatori asosida gaplar tuzish.

1.Do’st 2.Chiroyli 3.Ko’p 4.Tushunmoq

O’rtoq Go’zal Ancha Anglamoq

Og’ayni Suluv Bisyor Faxmlamoq

Birodar Sohibjamol Talay Idrok qilmoq

Oshna Barno Mo’l Ilg’amoq

Yor Serob

So‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va ta’sirli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda so‘zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy bo‘yog‘ini ham yaxshi bilish zarur. So‘zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so‘zdagi salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib, uni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq holatda qo‘llab bo‘lmaydi. Qaysi uslub bo‘lishidan qat’i nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga olishi lozim.Uslubning raso bo‘lishida til birliklari orasidan eng muvofig‘ini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga molik. Chunki tilda o‘zaro ma’nodoshlik, shakldoshlik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan birliklar talaygina bo‘lib, ular tilning o‘ziga xos boyligi, ranginligini yuzaga keltiradi.Ma’nodosh so‘zlar bir-biridan muayyan uslubga xosl anishi va emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Masalan, yuz, bet, aft,

bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor ma’nodoshlik qatorida yuz so‘zi biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq so‘zlarida esa salbiy bo‘yoq darajalangan holda o‘z ifodasini topgan, ko‘proq so‘zlashuv uslubida ishlatiladi; chehra, jamol so‘zlarida ijobiy bo‘yoq mavjud bo‘lib, ular, asosan, badiiy uslubga xoslangan; oraz, uzor, ruxsor so‘zlari esa eskirgan va ko‘proq kitobiy uslub doirasida qo‘llanadi.

Sinonimlar(ma'nodosh so'zlar) - shakli har xil, ma'nosi bir - biriga yaqin bo'lgan so'zlar. Sinonimlar bir so'z turkumi doirasida yuzaga keladi barcha so'z turkumlarida sinonimlik mavjud. Sinonimik qatordagi asosiy so'z dominanta deyiladi. U usiubiy betaraf bo'ladi: masalan: yuz, chehra, jamol, bashara, turq. Yuz - dominanta, asosiy so'z, u usiubiy betaraf.

Chehra, jamol - ijobiy bo'yoqdor so'zlar.

Bashara, turq - salbiy bo'oqdor so'zlar.

Leksik (lug'aviy) sinonimlar- so’zlar sinonimligi. Lug'aviy sinonimlar o'z ichiga ikkiga bo'linadi:

1) to'iq sinonimlar - o'zlashgan so'zlar sinonimligi: tilshunoslik - lingvistika, doston - poema, amr - farmon - buyruq, bahor - ko'klam, kosmos - fazo...

2) ma'noviy sinonimlar - so'zlar bir - biridan nozik ma'nosi bilan farq qiladi: nam-ho'l-shalabbo, taqillatdi-dukillatdi-gursillatdi...

Frazeologik sinonimlar- iboralar sinonimligi: qo'lni yuvib qo'ltiqqa urish-hafsalasi pir bo'lish; kayfi uchib ketdi-yuragi yorilayozdi, og'zi qulog'ida-boshi osmonda-hursand...

Grammatik sinonimlar- Grammatik vositalar sinonimligi: kelgani (-ga, -dan, uchun) hursand ;

Grammatik sinonimlar- Grammatik vositalar sinonimligi: kelgani (-ga, -dan, uchun) hursand ; yangiliklar (-ni, -dan, haqida) gapiring; mehnry- (-ning, -dan) ulug'i; kel (-yapti, -ayotir, -moqdi Sinonim so'zlar agar ko'p ma'noli bo’lsa bir neu.ia sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin: o'rin - joy, o'rin - mansab; bitirda - tugatdi, bitirdi - yo'q qildi...Bir o'zakdan yasalgan so'zlar ham o'zaro sinonim bo'lishi mumkin; chopqir - chopag'on, baodob - odobli.. Tub so'z yasama so'z bilan sinonim bo'la oladi: his - sezgi; savol - so'roq...

Omonim so'zlar (shakldosh so'zlar)- shakli bir xil, ma'nosi har xil bo'lgan so'zlar. Adabiyotdatajnisatamasi bilan yritiladi.

Leksik omonimlar- so'zlar omonimligi: kul, tosh, tuz, qovoq, soch, oq, un, toy, asar, quymoq, erish, chang, bahr...

Frazeologik omonimlar- iboralar omonimligi: boshga ko'tarmoq (hurmatqilmoq, to'palon qilmoq); ko'z yummoq (vafot etmoq, e'tiborsizlik qilmoq); dam bermoq (hordiq, havo yubormoq, damini berib tashlab ketmoq)...

Affiks omonimlar- qo'shimchalar omonimligi: -m (egalik qo’shimchasi, so'z yasovchi qo’shimcha); - ni (ot, sifat yasovchi qo'shimcha, shakl yasovchi qo'shimcha); -q (ot va sifat yasovchi qo’shimcha)... Tasviriy ifodalr omonimligi- ilm maskani - maktab, oliygoh; qora oltin - ko'mir, neft; aql gimnastikasi - shaxmat, matematika; asr vabosi - SPID, giyohvandlik, sevgi...

Omonimlar bir yoki bir necha so'z turkumi doirasida yuzaga kelishi mumkin:

a) bir turkum doirasida: son, rasm, qovoq, bog', suz, tuy (ot va fe’l);

b) ikki turkum doirasida: tut, sol, ol, tur, soch, qur, qo'r, terma;

c) uch turkum doirasida: tom, hur, tik, oshiq. Omonimlik bir so'z turkumi doirasida bo'lsa, Grammatik shakllar qo'shilsa ham, omonmlik saqlanadi: tortdim (sudradim); tortdim (o'lchadim); siri (davlat siri); siri (idish siri).

Omonimlik bir necha so'z turkumi doirasida bo'lsa, Grammatik shakllar qo'shilsa omonimlik yo'qoladi; o't, otkabi so’zlarda qo'shimcha yo'qolgach, omonimlik qisman yo'qoladi; ya'ni o't so'zi maysa, olov, tan a’zosi ma’nosida saqlanadi, lekin fe'l ma'nosi yo'qoladi. Omonim va ko'p ma'noli so'zlar kontekstda (gap, matnda) odatda bitta ma'noni ifodalaydi:Tutdaraxtini ekdim.

Ma’nodosh so‘zlarning uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi.Shakldosh so‘zlar va unga yondosh paronimlarning ma’nolarini

yetarli darajada farqlash, har bir so‘zning o‘z ma’nosiga muvofiq qo‘llay bilish barcha uslublar uchun zarur. Ayni paytda bunday so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan shakldosh so‘zlar tashkil etadi.

CHeK I Chegara, eng so‘nggi chegara. Sho‘xliklariga chek qo‘ymoq. Bolalarning shodligiga chek yo‘q edi. CHeK II Chegaralari aniq belgilangan yer uchastkasi.CHeK III Qur’a, bir ishni bajarish majburiyatini yuklovchi shartli belgi. Chek tashlamoq. Chek menga chiqdi.

CHeK IV Ma’lum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa yerga o‘tkazish huquqini beruvchi hujjat. Siz bergan chek bilan bankdan pulimni oldim.CHeK V 1 Tortmoq. Iztirob chekmoq. G‘am chekmoq. 2 Tushirmoq. Imzo chekmoq. Gul chekmoq.31-mashq. S. Zunnunova asarlaridan olingan gaplarga e’tibor qil ing, ularda qo‘llangan shakldosh so‘zlarni topib, izohlang.

1. Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga Tunda qo‘ngan shabnam aridi. Qon yugurdi ol yonog‘iga, Bargi g‘ubor – changdan aridi. 2. Bolangga ham, uyingga ham qara, ham ishla, ham dam ol... 3. Dilda takrorlab otin, tilab umr-u davlatin, Soyasi bo‘lib tag‘in Saida zor o‘tdimi? 4. Shirmonxon

jilovi bo‘sh bo‘lishiga qaramay, hamon o‘rnida qimirlamay turgan otga chaqqonlik bilan mindi-da, jadal qamchi bosdi. 5. Shirmonxon ixtiyoriga bo‘ysunmay oqayotgan ko‘z yoshlarini dastro‘moliga artar ekan, yana xatga termildi. 6. Yosh bo‘lib, yoshligimni bilmadim. 7. Mana bu bolalarga tut

qoqib bering. 8. Bo‘ldi, o‘zingni tut.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Shakldosh so’zlar deb nimaga aytiladi?

2. Shakldosh so’zlar asosida yuzaga keladigan badiiy san’at nima deyiladi.

3.Ma’nodosh so’zlar bir-biridan qaysi xususiyatlariga ko’ra farq qiladi.



4.Odam Vatanni sevar-bulbul chamanni. Ma’nodosh so’zlarni toping.

XII.Uyga vazifa: 32-mashq Mavzuni o`qib o`rganib kelish

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: ONA TILI 10-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.

O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Download 110,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish