O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


§ 2. Tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish tartibi



Download 120.46 Kb.
bet3/6
Sana12.05.2020
Hajmi120.46 Kb.
1   2   3   4   5   6

§ 2. Tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish tartibi

27. Ishlab chiqilayotgan loyihalar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash (keyingi o‘rinlarda tartibga solish ta’sirini baholash deb ataladi) tartibga solish ta’sirini baholash bo‘limi tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

28. Tartibga solish ta’sirini baholashni amalga oshirishda quyidagilar baholanadi:

yuzaga keladigan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy huquqiy va boshqa oqibatlar, shu jumladan undagi qoidalarning tegishli tartibga solish sohasiga ta’siri;

davlat tomonidan tartibga solishning yangi mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi;

davlat tomonidan tartibga solishning loyihada nazarda tutilgan mexanizmlari samaradorligi;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining amaldagi ta’siri.

29. Tartibga solish ta’sirini baholash:

loyihaning samaradorligi, shu jumladan unda ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlar, majburiyatlar mavjudligi bo‘yicha baholanadigan loyihani ishlab chiqish bosqichida;

normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng hujjatda nazarda tutilgan davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining natijadorligi va samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha zarur hollarda tegishli hujjatni qayta ko‘rib chiqish, unga tuzatishlar kiritish yoki uni kuchini yo‘qotgan deb hisoblash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

30. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bosqichida tartibga solish ta’sirini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

31. Hujjatni ishlab chiquvchilar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqilgan loyihani jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish va tartibga solish ta’sirini baholash maqsadida uni va unga asoslantiruvchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida joylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholash Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 2-dekabrdagi 328-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

32. O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi muhokama, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish natijalari bo‘yicha ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va unga ilova qilingan materiallarni qayta ishlaydi.

33. Qayta ishlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi va unga ilova qilingan materiallar ishlab chiquvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinganligiga, hujjat loyihasida belgilanayotgan ma’muriy va boshqa cheklovlar, taqiqlar va majburiyatlar yoki ularning kiritilishiga imkon beruvchi qoidalarning, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti uchun xarajatlar yuzaga kelishiga imkon beruvchi qoidalarning yetarli darajada asoslantirilganligiga, shuningdek, kutilayotgan ijobiy natijaga erishish imkoniyatiga baho beradi.

34. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining e’tiroz va takliflari mavjud bo‘lgan hollarda ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini qayta ishlaydi, loyiha bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantiradi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

35. Vazirlar Mahkamasida loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholash Boshqarma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi doirasida amalga oshiriladi.

O‘tkazilgan tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha Boshqarma tomonidan xulosa tayyorlanadi.

36. Loyihaning tartibga solish ta’sirini baholashda loyihaning ishlab chiqishning asoslantirilganligi, loyiha bilan nazarda tutilayotgan davlat tomonidan tartibga solish tartib va mexanizmlarining maqbulligi, loyihadan kelib chiqadigan ma’muriy va boshqa xarajatlar, loyihaning tushunarliligi, izchilligi hamda fuqarolar va ijrochilar uchun qulayligi, vakolatli davlat organining loyihaga taklif va e’tirozlari, shuningdek, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali kelib tushgan e’tirozlar, shu bilan birga, qabul qilinadigan loyihani amalga oshirish mexanizmlarining samaradorligi ko‘rib chiqiladi.

37. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarining amaldagi ta’sirini o‘rganish maqsadida normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan olti oy o‘tganidan keyin tartibga solish ta’sirini baholash o‘tkaziladi.

38. Normativ-huquqiy hujjatlarning keyinchalik tartibga solish ta’sirini baholash Vazirlar Mahkamasining Ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirig‘i bo‘yicha rejadan tashqari tartibga solish ta’sirini baholash, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari vakillari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda amalga oshiriladi.

39. Keyinchalik tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha hujjatning samaradorligi va natijadorligini baholashni, shuningdek, tegishli hujjatga tuzatishlar kiritish yoxud hujjatni yoki uning tarkibiy qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa shaklidagi tahliliy axborot ma’lumotnomasi tayyorlanadi.

40. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha xulosa keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kiritiladi. Zarur hollarda tartibga solish ta’sirini baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ham yuborilishi mumkin.

41. Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘limi tartibga solish ta’sirini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

Ishlab chiqilayotgan va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazish

SXEMASI


Download 120.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat