O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 23.45 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi23.45 Kb.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda faol innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida mamlakatda innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish darajasini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydigan “Yashnobod” innovatsion texnoparki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazi, shuningdek, vazirliklar va oliy ta’lim muassasalari qoshida boshqa shu kabi tashkilotlar tashkil etildi.

Shu bilan birga, “Yashnobod” innovatsion texnoparki va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining samarali faoliyatini ta’minlash uchun ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni shakllanish bosqichidan boshlab ularni bozorga chiqquniga qadar ilgari surish va ishlab chiqarishga joriy qilishga yordam beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratish zarur.

Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish ishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, innovatsion tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligining:

“Yashnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi” DUKni (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarib, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasiga o‘tkazish va uni Direksiyaning ta’sischisi etib belgilash;

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tomonidan mahalliy ilmiy ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishni ko‘zda tutadigan ilmiy startaplarni grant yoki foizsiz qaytarish asosida birgalikda moliyalashtirish, bunda investorlarning o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki investitsiyalar summasining 30 foizidan kam bo‘lmasligi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:

a) ikki hafta muddatda Direksiyaning yangilangan ustavi, tuzilmasi, xodimlar mehnatiga haq to‘lash razryadlari, shtat jadvali va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

b) ikki oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda “Yashnobod” innovatsion texnoparki (keyingi o‘rinlarda Texnopark deb ataladi) tuzilmasida ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun biznes-inkubator tashkil qilsin;

manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-2019-yillar mobaynida Texnopark hududida ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, konsalting va marketing tashkilotlari, o‘quv markazlari va boshqa xizmat ko‘rsatish tuzilmalari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish ko‘zda tutilgan holda “yo‘l xaritasi” ishlab chiqsin;

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi (keyingi o‘rinlarda Ilg‘or texnologiyalar markazi deb ataladi) tuzilmasida yuqori texnologiyali kichik kompaniyalar uchun mavjud infratuzilma, xonalar, laboratoriyalar va asbob-uskunalarni imtiyozli shartlarda taqdim etgan holda Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator tashkil qilsin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalari Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlariga ijaraga 2 yil muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda 5 yilgacha uzaytirish huquqi bilan taqdim etiladi;

Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlariga taqdim etilgan ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalarining ijara to‘lov stavkalari davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkasi miqdorida, koeffitsiyentlar oshirilishi qo‘llanmagan holda belgilanadi;

laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish, ofis xonalari va boshqa xonalarning ijarasi uchun rezidentlardan kelib tushadigan mablag‘lar istisno tariqasida, to‘liq hajmda Ilg‘or texnologiyalar markazi tasarrufida qoladi.

4. Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlari 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda:

er solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yagona soliq to‘lovidan;

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tuziladigan ro‘yxatlar bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish doirasida shaxsiy ehtiyojlar uchun xorijdan keltiriladigan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, reaktivlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.

5. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlari va Texnopark qurilishi uchun hududlarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida, investorga qurilayotgan ishlab chiqarish binolari va ma’muriy binoga mulkchilik huquqini, shuningdek, yer maydonini uzoq muddatga ijaraga berish huquqini bergan holda Direksiyaga ajratish bo‘yicha taklif kiritsin.

6. Belgilansinki, Toshkent shahrida innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun Texnopark rezidentlariga hamda davlat-xususiy sheriklik asosida Texnoparkni qurish uchun Direksiyaga yer maydonlari ajratish, istisno tariqasida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion texnoparklarni qurish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Texnopark va Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlarining innovatsion loyihalarini, shu jumladan rezidentlarga xizmat ko‘rsatadigan tijorat banklari orqali kredit liniyalari ochish yo‘li bilan imtiyozli kreditlashni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Texnopark va Ilg‘or texnologiyalar markazi rezidentlarining innovatsion loyihalarini moliyalashtirish uchun beriladigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafilliklar va kompensatsiyalar taqdim etilishini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Texnopark va Ilg‘or texnologiyalar markazini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskuna bilan jihozlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari va fondlarning texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash mablag‘lari va grantlarini jalb qilishda doimiy ravishda ko‘maklashsin.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yetakchi xorijiy mamlakatlarning texnoparklari, innovatsion markazlari va boshqa shu kabi tuzilmalari bilan, shu jumladan, tajriba almashinish, o‘qitish, mutaxassislar stajirovkasi, hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishda Direksiyaga ko‘maklashsin.

10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Texnopark, Ilg‘or innovatsiyalar markazi va ularning rezidentlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 11-sentabr,

721-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/721/1872-son)

Download 23.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat