O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 212,76 Kb.
bet1/6
Sana25.04.2020
Hajmi212,76 Kb.
#46952
  1   2   3   4   5   6



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda ushbu qaror kuchga kirguncha berilgan turoperator va mehmonxona xizmatlari sertifikatlarini uch oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin.

3. Ushbu qaror chiqqungacha sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan turoperator va mehmonxona xizmatlarining muvofiqlik sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagungacha amal qilishi belgilab qo‘yilsin.

4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 5-iyun,

355-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 355-son qaroriga


ILOVA

Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qaroriga muvofiq turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish va inspeksiya nazorati tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan turistik xizmatlarning alohida turlarini, jumladan umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, turistlarga transport xizmatlari ko‘rsatishni sertifikatlashtirish O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

2. Tadbirkorlik subyektlari faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish huquqiga egadirlar.

Muvofiqlik sertifikatining (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) amal qilish muddati berilgan sertifikatni har yili tasdiqlagan holda uch yildan iboratdir.

Sertifikatning asl nusxasi bevosita sertifikatlashtirish obyektida turadi va u uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Amaldagi sertifikatsiz turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

3. Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish, joylashtirish vositalariga toifa berish hamda sertifikatlashtirilgan turoperator va mehmonxona xizmatlarining standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (keyingi o‘rinlarda normativ hujjat deb ataladi) talablariga muvofiqligining inspeksiya nazorati, O‘zbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi, belgilangan tartibda akkreditlangan “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan, milliy sertifikatlashtirish organi — “O‘zstandart” agentligi bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiriladi.

4. Turoperator va mehmonxona xizmatlarining standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha sertifikatlashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

41. Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.



(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son)

5. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


Download 212,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish