O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Download 84 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi84 Kb.
#19238


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Avtomobil benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari to’lovlari joriy etish to’g’risida”



2006 yil 30 oktyabrdagi № 223-son Qarori

"O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxslarning ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil benziniga chakana narxlarning o’zgarishi to’g’risida" 2006 yil 30 iyundagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2006 yil 1 noyabrdan boshlab avtomobil benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari to’lovlari joriy etilsin.

2. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi summasi 10500 (o’n ming besh yuz) so’m miqdorida belgilansin.

4. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritilsin va ba’zilari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev

Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 30 oktyabrdagi

223-son qaroriga

1-ilova

Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to’lash tartibi to’g’risida

NIZOM

I. umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi olish (keyingi o’rinlarda "oylik pul kompensatsiyasi" deb yuritiladi) huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifasini belgilaydi va ularga bunday kompensatsiya to’lash tartibini tartibga soladi.

2. Oylik pul kompensatsiyalari to’lash avtomobil benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga 2006 yil 1 noyabrdan boshlab joriy etiladi.

3. Quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga egadir:

urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;

urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq;

myehnatda mayib bo’lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;

I va II guruh bolalikdan nogironlar.



II. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash

4. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi uni olish huquqiga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, yengil avtomobil, motoaravacha yoki mottosiklga ega bo’lgan (keyingi o’rinlarda "avtomototransport vositasi" deb yuritiladi) va ulardan foydalanadigan shaxslarga tayinlanadi.

5. Avtomototransport vositalaridan foydalanish huquqi ishonchnoma bo’yicha boshqa shaxsga berilganda oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi yo’qoladi.

6. Mazkur Nizomning 5-bandining amal qilishi, basharti sog’lig’ining holati bo’yicha avtomototransport haydash to’g’ri kelmaydigan Ikkinchi jahon urushi nogironlari bilan doimiy ravishda birga yashaydigan, u bilan birga bir turar joy maydonida ro’yxatdan o’tgan oila a’zolari avtomototransportni ishonchnoma bo’yicha haydagan taqdirda ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda oylik pul kompensatsiyasi to’lash faqat ishonchnomaning amal qilish muddatiga tayinlanadi.

7. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash uchun bunga huquqi bo’lgan shaxs pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi organlari) quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

ariza;


ariza byeruvchining pasporti nusxasi;

imtiyozga bo’lgan huquqlar to’g’risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);

Tibbiy-myehnat ekspyert komissiyalarining ma’lumotnomalari nusxalari (myehnatda mayib bo’lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);

ariza byeruvchiga tegishli bo’lgan avtomototransport vositasi texnik pasportining O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo’l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida davriy texnik ko’rikdan o’tganligi to’g’risida belgi qo’yilgan texnik pasporti nusxasi;

avtomototransport vositasi egasining haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.

8. Oylik pul kompensatsiyasini to’lash barcha zarur hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.

9. Barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgandan keyin oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash to’g’risidagi masala 5 ish kuni mobaynida ko’rib chiqiladi.

Bunda oylik pul kompensatsiyasi to’g’risidagi ijobiy qaror oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organning (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi organlari) farmoyishi bilan qabul qilinadi.

10. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash rad etilgan taqdirda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kunida tegishli qarorni ariza byeruvchining qo’liga beradi yoki unga rad etish to’g’risida pochta bildirishnomasini jo’natadi (rad etish sabablari ko’rsatilgan holda) va ayni bir vaqtda barcha hujjatlarni qaytaradi.

11. Oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tomonidan oylik pul kompensatsiyasi to’lovni tayinlash rad etilishi to’g’risidagi qaror:

ariza byeruvchining maqomi oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifasi maqomiga muvofiq bo’lmaganda;

foydalanilayotgan avtomototransport vositasi tipi yengil avtomobil, motoaravacha va mottosiklga muvofiq bo’lmaganda;

avtomototransport davriy davlat texnik ko’rigidan o’tkazilmaganda;

mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda qabul qilinishi mumkin.

12. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash rad etilishi uchun asos bo’lib xizmat qilgan sabablar ariza byeruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ariza byeruvchi takroran murojaat qilish huquqiga egadir.

Hujjatlarni takroran ko’rib chiqishda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organ tomonidan ariza byeruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilingan e’tirozlar taqdim etilishiga yo’l qo’yilmaydi, ularning barataraf etilishini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bog’liq e’tirozlarni taqdim etish bundan mustasno.

13. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi summasining miqdori jismoniy shaxslardan yonilg’i istye’moli uchun olinadigan soliq hisobga olinmagan holda chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng ko’p tarqalgan) muayyan markasining qirq litri qiymatining ellik foizidan kyelib chiqib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadi.

III. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini amalga oshirish

14. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi ko’rsatib o’tilgan shaxslarning yashash joyi bo’yicha pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlar tomonidan pensiyalar va nafaqalarni to’lash uchun belgilangan muddatlarda, alohida qaydnomalar bo’yicha aloqa bo’limi yoki banklarning bo’limlari orqali amalga oshiriladi.

15. Avtomototransportning davriy davlat texnik ko’rikdan o’tganligi to’g’risida texnik pasportda tegishli belgi mavjud bo’lmagan taqdirda oylik pul kompensatsiyasi to’lash oylik pul kompensatsiya to’lovini tayinlaydigan organlar tomonidan to’xtatib qo’yiladi.

Oylik pul kompensatsiyasi to’lash avtomototransport egasi tomonidan ariza berilgan va davriy davlat texnik ko’rikdan o’tganlik to’g’risida texnik pasportda belgi qo’yilgan paytdan boshlab tiklanadi.

Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi tayinlangan avtomototransport vositasi egalari oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlaydigan organlarni davriy davlat texnik ko’rigidan o’tilgandan keyin 10 kun mobaynida xabardor qilishi shart.

Agar davriy texnik ko’rikdan o’tganlik to’g’risidagi hujjat ikki haftadan ortiq kyechikib taqdim etilgan taqdirda tegishli davr uchun oylik pul kompensatsiyasi to’lanmaydi.

16. Avtomototransport vositasi egasi oylik pul kompensatsiya to’lovini tayinlaydigan organga:

yashash joyi o’zgarganligi;

avtomototransport vositasi sotilganligi;

yo’l harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganligi holatlari to’g’risida xabar berishi shart.

Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan avtomototransport vositasi egasi vafot etgan taqdirda tegishli bildirishnoma uning qarindoshlari tomonidan taqdim etilishi kyerak.

Yuqorida sanab o’tilgan holatlarda kompensatsiya to’lash to’xtatiladi.

Ko’rsatib o’tilgan axborotni yashirgan va oylik pul kompensatsiyasini noqonuniy olgan avtomototransport vositasi egasidan tegishli summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.

17. Agar oylik pul kompensatsiyasini asoslanmagan to’lash oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan yoki to’laydigan organning xodimi aybi bilan yuz byergan taqdirda ushbu pul mablag’lari aybdor shaxsning hisobiga qoplanadi.

18. Oylik pul kompensatsiyasini to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalari, har oyda, 10-kundan kyechikmay "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) neft bazalari tomonidan xizmat ko’rsatiladigan hududlar bo’yicha, oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar sonini ko’rsatgan holda keyingi oyga oylik pul kompensatsiyalari summasini to’lash uchun moliyaviy mablag’lar hajmida (kompensatsiyalar yetkazib byerilishi uchun aloqa bo’limlari yoki banklarning bo’limlari xarajatlari hisobga olingan holda) hisob-kitoblar bilan asoslangan ehtiyojga bo’lgan buyurtmanomani taqdim etadilar.

19. "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalari (neft bazalari) har oyda 27-kundan kyechikmay oylik pul kompensatsiyasi to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalarining bank hisob raqamlariga oylik pul kompensatsiyasi to’lash uchun moliyaviy mablag’larning zarur miqdorini o’tkazadilar.

20. Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar reestri oylik pul kompensatsiyasi to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi va ikki hafta mobaynida har bir kalyendar yil choragining 1-kuni holati bo’yicha "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) taqdim etiladi.

21. Oylik pul kompensatsiyasi to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalari oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar reestrlarini topshirish bilan bir vaqtda "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) oldingi yil choragi uchun amalda to’langan to’lovlar to’g’risida hisobotlar taqdim etadi.

22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Nizomga


1-ilova

Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifalari

Ikkinchi jahon urushi, boshqa urushlar davrida, shuningdyek O’zbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o’tagan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan urush qatnashchilari hisoblanadi.

Quyidagi shaxslar urush qatnashchilariga tyenglashtiriladi:

a) 1941 yil 22 iyundan 1954 yil 31 dekabrgacha bo’lgan davrda qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlari tarkibida sobiq SSSR hududida janglarda qatnashgan shaxslar;

b) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlarida va qo’shilmalarida bo’lgan yoxud yashirin ishlar bilan shug’ullangan shaxslar;

v) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki harbiy harakatlar mintaqalarida xizmatni o’tagan sobiq SSSRning Ichki ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qo’mitasi organlarining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiruvchi shaxslar;

g) Ikkinchi jahon urushi davrida balog’at yoshiga yetgunga qadar polk o’g’li yoki kichik matros sifatida harakatdagi armiya va flotning qismlari va tuzilmalari tarkibida bo’lgan shaxslar;

d) Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida tyemir yo’llarning front yaqinida joylashgan uchastkalarida, mudofaa chizig’i inshootlarida, harbiy-dengiz bazalarida, aerodromlarda va boshqa harbiy ob’yektlardagi ishlarda qatnashgan ishchilar;

ye) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan erkin yollanganlar tarkibidan bo’lgan shaxslar;

j) 1956 yil 24 oktyabrdan 1956 yil 10 noyabrgacha bo’lgan davrda Vyengriyadagi jangovar harakatlar davrida ushbu mamlakat hududida bo’lgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o’tagan harbiy xizmatchilar.

Nizomga

2-ilova


Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifalari

Ikkinchi jahon urushi, boshqa urushlar davrida, shuningdyek O’zbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o’tashda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo’lgan urush nogironlari hisoblanadi.

Quyidagi shaxslar urush nogironlariga tyenglashtiriladi:

a) sobiq SSSR va O’zbekiston Respublikasi chyegaralarini himoya qilishda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar;

b) 1941 yil 22 iyundan 1954 yil 31 dekabrgacha bo’lgan davrda sobiq SSSR hududida harakat qilgan qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlarida bo’lgan davrda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish sababli nogiron bo’lib qolgan shaxslar;

v) front yaqinida joylashgan tyemir yo’l uchastkalari, mudofaa chizig’i inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy ob’yektlardagi ishlarda qatnashgan hamda Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish sababli nogiron bo’lib qolgan xodimlar;

g) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlari va qo’shilmalarida yoxud yashirin ishlarda bo’lish davrida yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan shaxslar;

d) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan davrda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan erkin yollanganlar tarkibiga kirgan shaxslar;

ye) ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, jangovar harakatlar olib borilgan mamlakatlarda tinchlik o’rnatish kuchlarida qatnashish hamda baynalmilal burchni bajarish bilan bog’liq yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilari;

j) ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, harbiy xizmat majburiyatini bajarish (xizmat vazifasini o’tash) bilan bog’liq yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilari;



z) o’quv yoki sinov yig’inlariga chaqirilgan hamda ushbu yig’inlarni o’tash davrida xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatga majburlar.


Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish