O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2009 y. N 245


IV. ISSIQLIK ENERGIYASINI HISOBGA



Download 102,24 Kb.
bet7/8
Sana01.02.2017
Hajmi102,24 Kb.
#1601
1   2   3   4   5   6   7   8

IV. ISSIQLIK ENERGIYASINI HISOBGA

OLISH PRIBORLARINI O’RNATISH VA

EKSPLUATATSIYA QILISH
32. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini o’rnatish tartibi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar bilan belgilanadi. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ekspluatatsiya qilish shartlari tomonlar tarafidan issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida kelishib olinadi.
33. Barcha issiqlik energiyasi iste’molchilarining issiqlik iste’moli tizimlari zarur hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

Issiqlik energiyasini hisobga olish Yoqilg’i va energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishda hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Usullarni, o’lchash vositalarini tanlash hamda ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Yoqilg’i va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.
34. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega bo’lmagan iste’molchilarga issiqlik energiyasini yetkazib berish va ularning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash taqiqlanadi.
35. Issiqlik ta’minoti korxonasining obyektlarida o’rnatiladigan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari iste’molchi tomonidan sotib olinadi va o’rnatiladi, "O’zstandart" agentligida attestatsiyadan o’tkazilgandan keyin shartnoma asosida issiqlik ta’minoti korxonasining xizmat ko’rsatishiga o’tkaziladi.

Iste’molchida o’rnatilgan hisobga olish priborlari iste’molchining o’zi tomonidan ekspluatatsiya qilinadi va ta’mirlanadi.

Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini boshqa joyga o’rnatish va ko’chirish, issiqlik ta’minoti korxonasining tegishli xodimi va iste’molchi ishtirokida, ushbu pribor balansida turgan balans egasining hisobidan amalga oshiriladi.

Hisobga olish priborlarining buzilgan yoki ularning ko’rsatkichlari to’g’riligiga shubha tug’ilgan taqdirda iste’molchi yoki issiqlik ta’minoti korxonasi bu haqda tegishli ravishda issiqlik ta’minoti korxonasiga yoki iste’molchiga darhol ma’lum qilishi shart. Ushbu holat bo’yicha ikki tomonlama tegishli dalolatnoma tuzilib, hisobga olish priborlarining ishlashidagi nosozliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qilinadi.

Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan xizmat ko’rsatiladigan hisobga olish priborlarini ta’mirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar priborlar to’xtashidan oldingi oxirgi 15 sutka uchun o’rtacha sutkalik sarf bo’yicha amalga oshiriladi. Iste’molchining balansidagi issiqlikni hisobga olish priborlari ta’mirlash uchun 15 sutkagacha bo’lgan muddatga to’xtatilganda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar priborlar to’xtashidan oldingi oxirgi 15 sutka uchun o’rtacha sutkalik sarf bo’yicha, 15 sutkadan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatilganda esa - hisob-kitoblar shartnomadagi bir soatlik yuklama va issiqlik energiyasini uzatish soatlari soni bo’yicha amalga oshiriladi.

Iste’molchi hisobga olish priborlarini ta’mirlash tugagungacha iste’mol qilishni to’xtatib turishga haqlidir, bu holda issiqlik ta’minoti korxonasi berkitish armaturasini plombalaydi va bu haqda birgalikda dalolatnoma tuziladi.

Iste’molchi hisobga olish priborining buzilganligi to’g’risida issiqlik ta’minoti korxonasini o’z vaqtida ogohlantirmagan taqdirda, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari o’rnatilgungacha hisob-kitoblar, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan shartnomadagi yuklama va issiqlik energiyasini yetkazib berish soatlari soni bo’yicha amalga oshiriladi.

Issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish priborining buzilganligi to’g’risida iste’molchini o’z vaqtida ogohlantirmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar bundan oldingi hisobot davrida belgilangan issiqlik energiyasining o’rtacha sutkalik sarfi bo’yicha amalga oshiriladi. Bundan oldingi hisobot davrida issiqlik energiyasi iste’mol qilinmagan bo’lsa, u holda hisob-kitob o’tgan yilning tegishli davridagi o’rtacha sutkalik sarf bo’yicha amalga oshiriladi.

Iste’molchilar tomonidan o’lchash diafragmalarini o’rnatish vaqtida issiqlik ta’minoti korxonasining va iste’molchining vakillari ishtirok etishi kerak.
36. Issiqlik energiyasi berilishini hisobga olish issiqlik ta’minoti korxonasi va iste’molchining issiqlik tarmoqlarining bo’linish chegarasida amalga oshirilishi kerak.

Hisobga olish priborlari bo’linish chegarasida o’rnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar bo’linish chegarasidan hisobga olish priborlari o’rnatiladigan joygacha bo’lgan uchastkadagi issiqlik energiyasi yo’qotishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yo’qotishlarning hisob-kitobi yoki issiqlik energiyasi yo’qotishlarining sinovini issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchi bilan birgalikda "Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uzatish uchun issiqlik yuklamalarini, yoqilg’i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflari me’yorlarini hamda texnologik yo’qotishlar me’yorlarini aniqlash tartibi to’g’risida Nizom"ga muvofiq amalga oshiradi.



V. ISTE’MOLCHILAR TOMONIDAN ISSIQLIKDAN

FOYDALANISH QURILMALARI VA ISSIQLIK

TARMOQLARINI EKSPLUATATSIYA QILISH
37. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar hamda issiqlik tarmoqlarining holati va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha iste’molchi bilan issiqlik ta’minoti korxonasi o’rtasidagi javobgarlik chegarasi ularning balans bo’yicha mansubligiga qarab belgilanadi va shartnomaga ilova qilinadigan dalolatnomada aks ettiriladi.
38. Issiqlik ta’minoti korxonasiga tegishli bo’lgan issiqlik tarmoqlarida iste’molchiga tegishli bo’lgan qurilmalar yoki uskunalar bo’lmasligi kerak.

Bitta kamerada (quduqda), issiqlik tamroqlarida, estakadada har xil korxonalar tomonidan xizmat ko’rsatiladigan uskunalar bo’lmasligi kerak.

Ishlab turgan qurilmalarda har xil tashkilotlarga tegishli bo’lgan uskunalar mavjud bo’lsa barcha uskunalar issiqlik ta’minoti korxonasining balansiga va xizmat ko’rsatilishiga o’tkaziladi.

VI. ISSIQLIK TA’MINOTI KORXONASINING HUQUQLARI
39. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagi hollarda iste’molchini ogohlantirib, unga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to’liq yoki qisman to’xtatish huquqiga ega:

issiqlik energiyasi uchun to’lov hujjatida belgilangan muddatlarda haq to’lanmaganda va issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan miqdorda oldindan to’lov amalga oshirilmaganda;

subiste’molchilar, yangi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari o’zboshimchalik bilan ulanganda;

issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari "O’zdavenergonazorat" DI ruxsatisiz ishga tushirilganda;

issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari hisobga olish priborlaridan oldin ulanganda;

issiqlik yuklamalarining belgilangan shartnomaviy miqdorlari yoki tarmoqdagi suv sarfining miqdori issiqlik ta’minoti korxonasining roziligisiz oshirilganda;

issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan bir soatda olinadigan tarmoq suvining miqdori oshirilganda;

tarmoqdagi suv ifloslanganda;

issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida ko’zda tutilgan bug’ kondensati 50 foizdan kam miqdorda qaytarilganda;

issiqlik ta’minoti korxonasi vakillari issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ko’rishga qo’yilmaganda.


40. Uskunalarni ta’mirlash bo’yicha rejali ishlarni amalga oshirishda yoki yangi iste’molchilarni ulashda zaxira ta’minlash manbai mavjud bo’lmasa issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchini uzib qo’yish huquqiga egadir. Iste’molchini issiqlik energiyasi yetkazib berishning to’xtatilishi to’g’risida ogohlantirish issiqlik energiyasi yetkazib berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirishdan keyin 5 kun muddatda iste’molchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishib olmasa, issiqlik ta’minoti korxonasi ushbu vaqtni mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Issiqlik energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qo’yishdan kamida 24 soat oldin iste’molchini ogohlantirgan holda, uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.
41. Avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlarni ko’rish uchun issiqlik ta’minoti korxonasi, uzib qo’yish sabablarini darhol ma’lum qilgan holda, iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni to’xtatib qo’yish huquqiga ega.
42. To’liq yetkazib berilmagan issiqlik energiyasining miqdori hisobga olish priborlarining ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi. Cheklash vaqti issiqlik ta’minoti korxonasi dispetcherlik xizmatining operativ daftaridagi yozuvlar bo’yicha aniqlanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan iste’molchining texnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmaganligi, hisobga olish priborlari bo’yicha, issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmagan sutkadan oldingi 3 sutkadagi issiqlik energiyasining o’rtacha sutkalik iste’moli bilan issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmagan sutkada amaldagi iste’mol o’rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi.


43. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagi holatlar oqibatida issiqlik ta’minotidagi tanaffuslar, issiqlik eltuvchi parametrlarining pasayganligi va issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchilar oldida moddiy javobgar bo’lmaydi:

a) issiqlik ta’minoti korxonasi uskunalarining ishdan chiqishiga sabab bo’lgan tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, bo’ron, suv toshqini, zilzila, yong’in, 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida ushbu hududda isitishni loyihalashtirish uchun hisoblab chiqilgan haroratdan 3°S ga va undan ortiq past bo’lgan haroratda havoning uzoq vaqt sovub ketishi, boshlang’ich suv sifatining yomonlashishi;

b) iste’molchi xodimlarining issiqlik iste’moli rejimining o’zgarishiga sabab bo’lgan noto’g’ri xatti-harakatlari;

v) mazkur Qoidalarning 42-bandida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi yetkazib berishni cheklash yoki to’xtatish shartlariga muvofiq iste’molchi issiqlik yuklamalarining shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yo’l qo’yadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmagan sutkalar mobaynida past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi.



VII. ISSIQLIK TA’MINOTI KORXONASINING

MAJBURIYATLARI
44. Issiqlik ta’minoti korxonasi quyidagilarga majbur:

shartnomaga muvofiq iste’molchiga issiqlik energiyasining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash, issiqlik tarmoqlarining balans bo’yicha mansublik chegaralarida bug’ va issiq suv parametrlarining shartnomaga muvofiq bo’lishini ta’minlash, ularning:

bug’ (bosim va harorat) bo’yicha - 5 foizdan ortiq (±);

issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo’yicha - 3 foizdan ortiq (±);

suv bosimi bo’yicha:

issiqlik beruvchi quvurda - 5 foizdan ortiq (±);

orqaga qaytadigan quvurda - 20 kPa dan ortiq (±) chetga chiqishiga yo’l qo’ymaslik. Bunda parametrlar o’rtacha sutkalik miqdor sifatida hisobga olinadi;

issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan to’liq yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi qiymatini qoplash. To’liq yetkazib berilmagan energiya hajmi iste’molchining vakili ishtirokida issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi;

iste’molchilarning issiqlik energiyasi to’liq yetkazib berilmaganligi, issiqlik eltuvchi parametrlarining shartnomadagi qiymatlarga nisbatan pasayganligi to’g’risidagi yozma arizalarini 10 kun muddatda ko’rib chiqish.
45. Iste’molchida issiqlik ta’minoti korxonasining obyektida o’rnatilgan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari ko’rsatkichlarining to’g’riligi bo’yicha shubha tug’iladigan bo’lsa, issiqlik ta’minoti korxonasi, belgilangan tartibda, sutkaning istalgan vaqtida iste’molchi vakillarini issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini ko’zdan kechirishini ta’minlashi lozim.

Issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchi balansidagi issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash va o’rnatish bo’yicha oldindan kelishilgan ishlarni bajarish uchun iste’molchi xodimlarini o’z hududiga kiritishi kerak.



VIII. ISSIQLIK ENERGIYASI

ISTE’MOLCHILARINING HUQUQLARI
46. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga muvofiq issiqlik ta’minoti korxonasidan issiqlik energiyasining uzluksiz yetkazib berilishini talab qilish;

issiqlik energiyasini yetkazib berish rejimini nazorat qilish, issiqlik energiyasi parametrlarining shartnomaviy miqdorlardan chetga chiqishiga yo’l qo’ymaslik:

bug’ berish bo’yicha (harorat, bosim) 5 foizdan ortiq (±);

issiq suv yetkazib berish bo’yicha:

issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo’yicha - 3 foizdan ortiq (±);

issiqlik beruvchi quvurda suvning bosimi bo’yicha - 5 foizdan ortiq (±);

orqaga qaytadigan quvurda suvning bosimi bo’yicha - 20 kPa ortiq (±) pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik. Bunda parametrlar o’rtacha sutkalik miqdor sifatida olinadi;

mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq o’zining issiqlik tarmoqlariga subiste’molchilarni ulash;

issiqlik energiyasining shartnomaviy parametrlari issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan pasayganda, bu haqda issiqlik ta’minoti korxonasiga oldindan xabar bergan holda, issiqlik energiyasi iste’molini to’xtatish. Ushbu holda issiqlik ta’minoti korxonasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchi oldida javob beradi.


47. Issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan tanaffuslar yuz bergan taqdirda issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik ta’minotidagi tanaffuslar oqibatida iste’molchiga yetkazilgan moddiy zararni qoplaydi.

IX. ISSIQLIK ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARINING

MAJBURIYATLARI
48. Iste’molchilar quyidagilarga majburdirlar:

"Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida", "Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga hamda Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga, shuningdek mazkur Qoidalarga qat’iy rioya qilish;

issiqlik energiyasi uchun issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan muddatlarda haq to’lash;

issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishmasdan issiqlik energiyasi bir soatlik yuklamalarining shartnomaviy miqdorini oshirmaslik hamda issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha tuzilgan shartnomaga muvofiq issiqlik iste’moli rejimiga rioya qilish va tarmoq suvining olinishi miqdorini oshirmaslik;

issiqlik iste’moli rejimiga nisbatan issiqlik ta’minoti korxonasining tezkor ko’rsatmalarini bajarish;

bug’ kondensati va tarmoq suvini issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan miqdorda, sifatda va tegishli haroratda qaytarish;

issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, issiqlikni hisobga olish priborlari, quvurlar izolatsiyasi va issiqlikdan foydalanuvchi uskunalarni texnik jihatdan soz holatda saqlash;

issiqlik energiyasi iste’molini vaqtincha to’xtatish bilan bog’liq bo’lgan ta’mirlash ishlarini bajarish muddatlarini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishish;

hisobga olish priborlari, issiq suvni to’kish uchun jo’mraklar, toraytiruvchi qurilmalar va armaturani issiqlik ta’minoti korxonasining vakili bilan birgalikda plombalash, o’rnatilgan plombalarning saqlanishini ta’minlash. Plombalarni olish issiqlik ta’minoti korxonasining ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim;

issiqlik energiyasidan foydalanishni yaxshilash, bug’ kondensati qaytarilishini ko’paytirish, uning sifatini oshirish, ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

umuman korxona bo’yicha va alohida issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar bo’yicha bug’-kondensat balanslarini tuzish;

issiqlik ta’minoti korxonasining vakillarini issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini sutkaning istalgan vaqtida to’sqinliksiz ko’zdan kechirishini ta’minlash;

barcha issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarining ijro chizmalari va pasportlariga hamda ekspluatatsiya qilish yo’riqnomalariga ega bo’lish;

issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlariga tayyorgarlik ko’rgan xodimlar tomonidan xizmat ko’rsatilishini ta’minlash;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot (bajariladigan ishlar) birligiga, issiqlik energiyasi sarfining me’yorlarini ishlab chiqish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;

issiqlik energiyasidan nooqilona va isrofgarchilik bilan foydalanilishiga yo’l qo’ymaslik;

issiqlik tarmoqlarida imoratlar qurilishiga, materiallar taxlanishiga, daraxtlar o’tqazilishiga yo’l qo’ymaslik;

issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishmasdan issiqlik tarmoqlarini, muhandislik uskunalarini va qurilmalarni qayta jihozlashga yo’l qo’ymaslik;

isitish priborlarining qo’shimcha seksiyalari, berkitish va boshqarish armaturalari o’rnatilishiga va chiqarib olinishiga yo’l qo’ymaslik;

isitish tizimlarida issiqlik eltuvchidan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga (isitish tizimlari va priborlaridan suv oqizilishiga) yo’l qo’ymaslik.


49. Iste’molchi issiqlik ta’minoti korxonasining balansida turgan issiqlik tarmoqlarida, oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladigan ta’mirlash va qurilish ishlarini bajarish uchun issiqlik ta’minoti korxonasining vakillarini o’z hududiga kiritishi lozim.

X. ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANGANLIK

UCHUN HISOB-KITOB QILISH
50. Issiqlikdan foydalanish xususiyatiga ko’ra iste’molchilar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

a) sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar hamda keyingi guruhlarga kiritilmagan iste’molchilar;

b) ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar - o’z balansida issiqlik tarmoqlariga ega bo’lgan va ularni ekspluatatsiya qiluvchi, issiqlik ta’minoti korxonasidan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni har xil iste’molchilarga qayta sotuvchi xo’jalik hisobidagi korxonalar;

v) issiqxona xo’jaliklari - issiqxonalarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi iste’molchilar.


51. Issiqlik energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga asosan belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.
52. Iste’molchining issiqlik tarmoqlaridagi issiqlik energiyasi yo’qotishlari ular va subiste’molchilar o’rtasida issiqlik energiyasini iste’mol qilish ulushiga va issiqlik tarmog’i uzunligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
53. Iste’molchiga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik ta’minoti korxonasi va iste’molchining issiqlik tarmoqlarining bo’linish chegarasida hisobga olinadi.

Issiqlik ta’minoti korxonasi va iste’molchining issiqlik tarmoqlari balans bo’yicha mansubligi bo’linish chegarasigacha issiqlik energiyasi yetkazib berish bo’yicha barcha xarajatlar va uning yo’qotishlari tariflarda hisobga olingan bo’lib, tariflardan ortiqcha qo’shimcha haq to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi.

Issiqlik tarmoqlarining balans bo’yicha mansubligi bo’linish chegarasidan keyin issiqlik energiyasining barcha xarajatlari va yo’qotishlari iste’molchining hisobiga tegishli bo’ladi. Agar bug’ va issiq suv iste’molchining issiqlik tarmoqlari orqali uzatilsa, issiqlik energiyasi miqdori elektr stansiyasi (tuman qozonxonasi) kollektorida hisobga olish priborlarining ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi.
54. Iste’molchi tomonidan hisobga olish priborlari ko’rsatkichlaridagi nuqsonlar yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblashda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlangan taqdirda iste’molchi bir hafta muddatda bu haqda issiqlik ta’minoti korxonasiga ariza berishi kerak.

Issiqlik ta’minoti korxonasi 10 kun muddatda (iste’molchining arizasi berilgan kundan boshlab) hisobga olish priborlarini yoki u bo’yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblarning to’g’riligini iste’molchining vakillari ishtirokida tekshirishi shart.


55. Hisobga olish priborlari ko’rsatkichlarining noto’g’riligi yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblashda xatolarga yo’l qo’yilganligi tasdiqlangan taqdirda issiqlik ta’minoti korxonasi oxirgi hisob-kitob davridagi issiqlik energiyasi sarfini tegishli ravishda, iste’molchining vakillari bilan birgalikda dalolatnoma tuzib, qayta hisob-kitob qilishga majbur.

Yo’l qo’yilgan xatolar bo’yicha bajarilgan qayta hisob-kitob keyingi hisob-kitob davrida iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun navbatdagi to’lov hujjatini yozishda hisobga olinadi.


56. Agar hisobga olish priborlari ko’rsatkichlaridagi chetga chiqishlar "O’zstandart" agentligi tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiq bo’lmasa ular yo’l qo’yilishi mumkin deb hisoblanadi va qayta hisob-kitobni talab qilmaydi.
57. Hisobga olish priborlarini tekshirish to’g’risida ariza berilishi iste’molchini u iste’mol qilgan issiqlik energiyasi uchun to’lovni belgilangan muddatda to’lashdan ozod qilmaydi.
58. Iste’molchi har oyda hisobga olish priborlari ko’rsatkichlarini yozib oladi va issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan muddatlarda iste’mol qilingan issiqlik energiyasi haqidagi hisobotni issiqlik ta’minoti korxonasiga taqdim etadi.

Iste’mol qilingan issiqlik energiyasi haqidagi hisobot iste’molchi tomonidan taqdim etilmasa issiqlik ta’minoti korxonasi hisob-kitobni shartnomadagi issiqlik yuklamasi bo’yicha amalga oshiradi. Amalda iste’mol qilingan issiqlik energiyasi miqdorining qayta hisob-kitobi, soz holatdagi hisobga olish priborining ko’rsatkichlari birgalikda yozib olinib, tegishli dalolatnoma tuzilgandan keyin bajariladi. Mazkur qayta hisob-kitob keyingi hisobot davri uchun hisob-kitobda e’tiborga olinadi.


59. Asosiy iste’molchilar qayta sotiladigan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta’minoti korxonasi bilan ham, subiste’molchilar bilan ham iste’molchilarning subiste’molchilar tegishli bo’lgan guruhlari uchun belgilangan tariflar bo’yicha hisob-kitob qiladilar.

XI. ISTE’MOLCHILARGA BUG’ HOLIDA BERILADIGAN

ISSIQLIK ENERGIYASI MIQDORINI ANIQLASH VA

HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
60. Iste’molchiga bug’ holida berilayotgan issiqlik energiyasining miqdori (gigakaloriyalarda) bug’ning belgilangan parametrlarida bug’ miqdorini uning tarkibidagi issiqlik miqdoriga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi.

Bunda mazkur issiqlik ta’minoti manbaidagi boshlang’ich (sovuq) suvdagi mavjud issiqlik miqdori hisobga olinadi.


61. Iste’molchi tomonidan bug’ kondensati bilan qaytarilayotgan issiqlik energiyasining miqdori kondensat miqdorini, issiqlik ta’minoti manbaidagi boshlang’ich (sovuq) suvdagi issiqlikni hisobga olgan holda, kondensatning issiqlik miqdori va haroratiga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi.
62. Iste’mol qilingan bug’dagi issiqlik energiyasi uchun o’zaro hisob-kitobni amalga oshirishda kondensat bilan qaytarilgan issiqlik energiyasi miqdori ayiriladi.

XII. ISTE’MOLCHILARGA ISSIQ SUV HOLIDA

BERILADIGAN ISSIQLIK ENERGIYASI MIQDORINI

ANIQLASH VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
63. Iste’molchiga issiq suv holida beriladigan issiqlik energiyasining miqdori suv miqdorini uning issiqlik sig’imiga, beriluvchi va orqaga qaytuvchi tarmoq suvlarining harorati o’rtasidagi tafovutga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi.

Ochiq suv olish tizimida iste’molchiga issiq suv holida yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorini uning issiqlik sig’imi hamda issiq (berilayotgan) va boshlang’ich suvlarning harorati o’rtasidagi tafovutga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi, boshlang’ich suv harorati uchun o’rtacha oylik harorat olinadi.


64. Issiq suv holidagi issiqlik energiyasidan foydalanishda iste’molchi orqaga qaytadigan tarmoqdagi suvni issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida ko’zda tutilgan miqdorda va shartnomaga ilova qilinadigan harorat jadvali bo’yicha uning qiymatidan ortiq bo’lmagan harorat bilan qaytarishi shart.

Iste’molchining issiqlik tarmog’i uchun yetkazib beriladigan tarmoq suvining harorati issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan harorat jadvaliga muvofiq saqlab turiladi.

Issiqlik energiyasi yetkazib berishni tartibga solish, kun va tunning tashqi harorati o’rtasidagi farq 8°S va undan ortiq bo’lsa sutkada 2 marta va ushbu farq 8°S dan kam bo’lsa - sutkada 1 marta amalga oshiriladi.

Tartibga solishda maishiy maqsadlarda va jamoat binolarini isitish tizimida foydalaniladigan suvning haroratini tungi vaqtda pasaytirish imkoniyati, shuningdek ishdan tashqari vaqtda uning sanoat korxonalariga yetkazib berilishini qisqartirish ko’zda tutilishi kerak.


65. Sirkulatsion suv hajmining oshishi sababli orqaga qaytadigan tarmoq suvining o’rtacha sutkalik harorati iste’molchi tomonidan jadvaldagiga qaraganda 3°S dan ortiq miqdorda oshirilgan taqdirda, issiqlik ta’minoti korxonasi tarmoqdagi suvning o’rtacha sutkalik harorati (+) 3°S dan ortiq chetga chiqmasligiga rioya qilish sharti bilan iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berishni kamaytirishga yoki to’liq to’xtatishga yoxud berilgan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchi uchun hisoblab chiqilgan va issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasiga ilova qilingan harorat jadvalida ko’zda tutilgan harorat pasayishi bo’yicha hisob-kitob qilishga haqlidir.
66. Iste’molchilarga issiq suv ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan 40° - 45°S haroratdagi issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiq suv uchun tarif bo’yicha 50 foizli chegirma bilan amalga oshiriladi.
67. Quyidagi hollarda tarmoq suvidagi issiqlik energiyasi yo’qotishlari iste’molchilar tomonidan shartnomaviy narxlar bo’yicha to’lanadi:

issiqlik tarmoqlarining gidravlik va haroratli sinovlari o’tkazilishi bilan bog’liq yo’qotishlar o’rnini to’ldirish;

iste’molchi tarmog’ini uning buyurtmanomasi bo’yicha to’ldirish, avariyali vaziyatlar ham shu jumlaga kiradi;

iste’molchidan qaytariladigan past sifatli (tarkibida temir, mexanik qorishmalar va boshqalar mavjud bo’lgan) orqaga qaytadigan tarmoq suvini sizdirish.

Issiqlik ta’minoti korxonasining aybi bilan yuz bergan tarmoq suvidagi issiqlik energiyasi yo’qotishlari uchun iste’molchi tomonidan haq to’lanmaydi.


Download 102,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish