O`zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 17. 08. 1998 y. №350



Download 290 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2017
Hajmi290 Kb.
#11801
  1   2   3
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.08.1998 y.

350

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang


SHAHAR YO`LOVCHILAR TRANSPORTIDA OCHIQ

TENDERLAR TASHKIL ETISH VA ULARNI

O`TKAZISH MASALALARI TO`FRISIDA
Mazkur Qarorga O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qaroriga muvofiq o`zgartirishlar kiritilgan
Aholiga xizmat ko`rsatish madaniyati va sifatini yaxshilash, yo`lovchilar transportida bozor raqobati muhitini yaratish, umumiy foydalanishdagi avtotransport, rivojlanayotgan xususiy sektor hamda mulkchilik shakllari va qarashliligidan qat'i nazar boshqa tashuvchilarning o`zaro harakatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Viloyat hokimliklari va "O`zavtotrans" davlat korporatsiyasining respublika shaharlarida 1-ilovaga muvofiq shahar yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar o`tkazish to`g`risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:

Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi to`g`risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;

Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va ularni o`tkazishga oid chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;

Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va ularni o`tkazish to`g`risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. O`zbekiston Respublikasi viloyatlar (shaharlar) hokimliklari "O`zavtotrans" davlat korporatsiyasi bilan birgalikda:

shaharlarda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalarini 1-ilovaga muvofiq tuzsinlar va ular to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlasinlar;

har chorakda shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari rahbarlari hisobotlarini eshitsinlar va ularga har tomonlama ko`maklashsinlar;

shaharda yo`lovchilar tashish tariflarining cheklangan darajasi o`z vaqtida qayta ko`rib chiqilishini ta'minlasinlar.


4. "O`zavtotrans" davlat korporatsiyasi "Toshshaharyo`lovchitrans" davlat uyushmasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda respublika shaharlarida yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o`tkazilishini tahlil qilish asosida Toshkent shahrida, shahar atrofida qatnovchi va yo`lovchilar tashish yo`nalishlarining boshqa turlarida shunga o`xshash tenderlar o`tkazish to`g`risida 1999 yil 20 yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Ommaviy axborot vositalari shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun o`tkazilayotgan tenderlarni muntazam yoritib borsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov

Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 17 avgustdagi

350-son qaroriga

1-ILOVA
Yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq

tenderlar o`tkazish mo`ljallanayotgan respublika shaharlari



1. Andijon viloyati

Andijon shahri

2. Jizzax viloyati

Jizzax shahri

3. Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

4. Navoiy viloyati

Navoiy shahri

5. Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

6. Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

7. Toshkent viloyati

Chirchiq va Angren shaharlari

8. Farg`ona viloyati

Farg`ona va Qo`qon shaharlari

9. Xorazm viloyati

Urganch shahri

Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 17 avgustdagi

350 son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang

Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish

komissiyasi to`g`risida namunaviy

NIZOM


1. Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (keyingi o`rinlarda matnda "Komissiya" deb ataladi) shaharda yo`lovchilar tashish ishlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ular ko`rsatayotgan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirish, transport xizmatlari ko`rsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat kilishni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Komissiya o`z faoliyatida Shahar yo`lovchilar transporti to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga, O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentiking farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalaridir:

shahar yo`lovchipar transportining bir maromda ishlashini ta'minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;

shahar transport xizmatlari ko`rsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va raqobatni rivojlantirish;

shahar yo`nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish;

shahar yo`lovchilar transportini rivojlantirishga, ular tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;

yo`lovchilar huquqlari ta'minlanishini tashkil etish.


4. Qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:

davlat boshqaruvi organlaridan va xo`jalik yurituvchi sub'ektlardan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo`lgan axborotni olish;

shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish;

vakolatli organlar (DAN, Davlat soliq qo`mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo`mitasi, Davlat mulki qo`mitasi boshqarmasi va boshqalar) bilan yo`l harakati xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega bo`lgan yo`lovchilarnichg tekin va imtiyezli yurishi ta'minlani-shi'i nazorat qilishni amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni uyushtirish va boshkalar;

tenderda yutib chiqilgan yo`nalishlarda qonunga zid ravishda ishlovchi tashuvchilar aniqlanganda solik organlariga ma'muriy jazo choralari ko`rish to`g`risida takliflar kiritish;

shahar avtobuslarida yo`lovchilar tashishning amaldagi tariflarini o`zgartirish yuzasidan hokimliklarga takliflar kiritish.


5. Komissiya:

tender bo`yicha joylashtirilgan yo`nalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) yakunlab borishga;

shahar yo`lovchilar transporti ishi ustidan tushgan shikoyatlarni o`z vaqtida ko`rib chiqish ishlarini tashkil etishga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf ztish yuzasidan ta'sirchan chora-tadbirlar ko`rishga;

jadvallar va yo`nalishlar bo`yicha xizmat ko`rsatishning sifati, madaniyati va bir maromda bo`lishining u yoki bu masalalari bo`yicha shaharliklarning jamoatchilik fikrini o`rganishni tashkil etishga;

aholini va Koraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar (shaharlar) hokimliklarini tender bo`yicha shahar yo`nalishini yutib chiqqan yo`lovchi tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlar bajarilishi to`g`risida har oyda xabardor qilib turishga majburdir.
6. Komissiya komissiya faoliyatiga rahbirlik qiluvchi rais, uning o`rinbosarlari va manfaatdor boshqaruv organlari hamda joylardagi xo`jalik birlashmalari, shuningdek, jamoat tashkilotlarining vakillaridan iborat Komissiyaning boshqa a'zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

K.oraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari, viloyat (shahar) hokimining transport va aloqa bo`yicha o`rinbosari Komissiya raisi hisoblanadi.

Komissiya tarkibi Korakalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat (shahar) hokimligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Komissiya o`z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.


7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin bir chorakda kamida bir marta o`tkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a'zolarining kamida 75 foizi qatnashganda qonuniy huquqga ega bo`ladi.

Komissiya qarorlari ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo`lib qolgan hollarda komissiya raisining (u bo`lmaganda - rais o`rinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.

Shahar yo`nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o`tkazish bo`yicha komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta'minlash "O`zavtotrans" davlat korporatsiyasining avtomobil transporti viloyat birlashmalari (konsernlar)ga yuklanadi.

Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 17 avgustdagi

350 son qaroriga

3-ILOVA

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang

Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish

uchun tanlov tenderlarini tashkil etish va ularni

o`tkazishga oid chora-tadbirlar



DASTURI




Tadbirlar

Bajarish muddati

Bajaruvchilar

1.

Andijon, Jizzax, Guliston, Navoiy, Urganch, Termiz, Qarshi, Farg`ona, Qo`qon Chirchiq, Angren shaharlarida shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari tuzish


1998 yilning avgust oyi

"Uzavtotrans" davlat korporatsiyasining viloyat birlashmalari bilan birgalikda viloyatlar (shaharlar) xokimliklari


2.

Andijon, Jizzax, Guliston, Navoiy, Urganch, Termiz Qarshi, Farg`ona, Qo`qon, Chirchiq, Angren shaharlarida mulkchilikning turli shakllaridagi va turli bo`ysunishdagi tashuvchilar, jumladan shaxsiy avtomobil egalari bilan seminar kengashlar o`tkazish


1998 yilning III choragi

"Uzavtotrans" davlat korporatsiyasi va uning viloyat birlashmalari, DAN, Davlat soliq; qo`mitasi, Davlat mulki qo`mitasi va boshqa aloqador idoralar bilan birgalikda shaharda yo`lovchilar tashishni


3.

Xususiy tashuvchilarga ularning uyushmalar, ittifoqlar va birlashmalarning boshqa shakllarini tashkil ztishlarida amaliy yordam ko`rsatish


Doimo

"O`zavtotrans" davlat korporatsiyasi bilan birgalikda shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari


4.

Andijon, Jizzax, Guliston, Navoiy, Urganch, Termiz, Qarshi, Farg`ona, Qo`qon, Chirchiq, Angren shaharlarida tender asosida joylashtirish mo`ljallanayotgan yo`nalishlarni tanlash, ularni normalash, yo`lovchilar oqimini tadqid etish


1998 yilning avgust, sentyabr oylari

"Uzavtotrans" davlat korporatsiyasining viloyat birlashmalari bilan birgalikda shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari


5.

Andijon, Jizzax, Guliston, Navoiy, Urganch, Termiz, Qarshi, Farg`ona, Qo`kon, Chirchiq, Angren shaharlarida shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalish-larini joylashtirish uchun birinchi tanlov tenderlarini tashkil etish va ularni o`tkazish


1998 yilning oktyabr, noyabr, oylari


Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari


6.

Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o`tkazishning -borishini ommaviy axborot vositalarida yoritish


Doimo

Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari

7.

Aholi bilan uchrashuvlar o`tkazish, shaharda yo`lovchilar tashishni yaxshilash yuzasidan yo`lovchilarning mulohazalari va takliflarini to`plash, aholini tenderlar bo`yicha ishlab chiqilayotgan va amalga oshirichayotgan chora tadbirlar to`g`risida doimo xabardor qilib borish


Muntazam ravishda

Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari


8.

Andijon, Jizzax, Guliston, Navoiy, Urganch, Termiz, Qarshi, Farg`ona, Qo`qon, Chirchiq, Angren shaharlarida tenderlar tashkil etish va ularni o`tkazish natijalarini ko`rib chiqish bo`yicha komissiyalarning yig`ilishlarini o`tkazish, xulosalar chiqarish


Yilning har choragida

Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyalari

9.

O`tkazilayotgan tenderlar natijalarini umumlashtirish va 1999 yilda Toshkent shahrida va O`zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida tender-lar o`tkazish uchun huquqiy baza ishlab chiqish


1998 yilning dekabr oyida

"O`zavtotrans" davlat korporatsiyasi, "Toshshaharyo`lovchitrans" davlat uyushmasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

10.

1999 yildan boshlab shahar atrofida qatnovchi va yo`lovchilar tashishning boshqa yo`nalishlarida tenderlar o`tkazish uchun huquqiy normativ baza yuzasidan takliflar ishlab chiqish


1998 yilning dekabr' oyida

"O`zavtotrans" davlat korporatsiyasi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasining

1998 yil 17 avgustdagi

350 son qaroriga

4-ILOVA

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang

Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini

joylashtirish uchun ochiq tenderlar

tashkil etishga oid

NIZOM
Mazkur Nizomga O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qaroriga muvofiq o`zgartirishlar kiritilgan

I. Umumiy qoidalar

II. Tender o`tkazishning asosiy prinsiplpari va vazifalari

III. Ochiq tenderlarni tashkil etish

IV. Tender takliflarining mazmuni

V. Tender takliflarini baholash va g`olibni aniqlash

I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ochiq tenderlarni tashkil etishdan maqsad shaharda yo`lovchilar tashish transporti tomonidan xizmat ko`rsatish sohasida sog`lom raqobat muhitini yaratish, yo`lovchilarni yuqori sifatli tashish va xizmat ko`rsatishning eng qulay sharoitlarini aks ettiruvchi eng foydali takliflarni aniqlash, yo`lovchilar transporti xizmatlari bozorini tartibga solish, foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash hisoblanadi.
2. Ochiq tenderda, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, viloyat (shahar) hududida ro`yxatdan o`tgan, shaharda yo`lovchilar tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo`lgan har qanday yuridik shaxs ishtirok etishi mumkin. (O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qarori taxriridagi band)
3. Tenderga alohida yo`nalishlar ham, yo`nalishlar paketlari ham qo`yilishi mumkin.
4. Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb ataladi) ochiq tenderlar tashkilotchisi hisoblanadi. U ochiq tenderlarni o`tkazish shartlari va tartibini belgilaydi.
5. Tender jarayonining davom etish muddati u e'lon qilingan sanadan boshlab g`olib(lar)ni va u(lar) bilan kontraktni imzolash muddatigacha - ko`pi bilan 60 kundan iborat bo`lishi tavsiya etiladi.
6. Shahar yo`lovchilar transporti xizmatlarini ko`rsatish yuzasidan ochiq tenderlar g`olib(lar) bilan kontrakt Komissiya qarori asosida shahar yo`lovchilar transportini boshqarish organi bilan tuziladi.
7. Tender kamida ikki ishtirokchi bo`lganda o`tkaziladi. Agar yo`nalishga (yo`nalishlar paketiga) bitta tashuvchi da'vogar bo`lsa, u holda Komissiya, tender o`tkazmasdan yo`nalishda ishlash huquqini ushbu tashuvchiga biriktirib qo`yishga haqlidir.
8. Zarurat bo`lganda, tenderlar o`tkazish bo`yicha amaliy tajriba to`planishiga qarab, Komissiya tenderlarni tashkil etish tartibotiga o`zgartirishlar kiritishi mumkin,

II. TENDER O`TKAZISHNING ASOSIY

PRINSIPLPARI VA VAZIFALARI
9. Tender o`tkazishning asosiy prinsiplari;

yo`nalishlarni mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar o`rtasida adolatli, xolisona taqsimlash;

Folibni tanlash, tashuvchini tanlash masalalarining sub'ektiv ravishda hal qilinishiga imkoni boricha yo`l ko`ymaslik uchun tender qatnashchilar, matbuot xodimlari, kuzatuvchilar ishtirokida o`tkazilishi kerak;

tashishning eng qulay shartlarini taklif etgan tashuvchi yo`lovchilarni tashish huquqiga ega bo`ladi;

tashuvchilar tender hujjatlarida belgilangan yagona talablar asosida raqobatlashishlari kerak.
10.Tenderning vazifalari:

yo`lovchilar transporti bilan xizmat ko`rsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;

yo`lovchilar tashish va ularga sifatli xizmat ko`rsatishning eng qulay shartlarini aks ettiruvchi eng foydali takliflarni aniqlash. Bu - qatnovlarning muntazamligi, qatnovlar oralig`i belgilab qo`yilgan holdagi tashishlar tartibi, avtobus harakat qilayotgan vaqtda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishning qulayligi, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish madaniyatining darajasi, avtobuslarning holati, tashqi ko`rinishi va joylashuvi, yo`l harakati xavfsizligi ta'minlanishidir.

III. OCHIQ TENDERLARNI TASHKIL ETISH


11. Komissiya tenderga qo`yiladigan yo`nalishlar ro`yxati (yo`nalishlar paketni tayyorlaydi, tender hujjatlari paketini shakllantiradi, tender o`tkazilishidan kamida 30 kun oldin tender o`tkazishning asosiy shartlari, tartibi va muddatini ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qiladi.

Namunaviy e'lon 1-ilovada ko`rsatilgan.


12. Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar tender hujjatlari paketini olish uchun Komissiyaga yozma buyurtmanoma berishlari kerak.

Buyurtmanomalar berish va tender hujjatlari olish uchun belgilangan muddat tender o`tkazilishi e'lon qilingan kundan boshlab 15 kundan kam bo`lmasligi kerak. Barcha buyurtmanomalar Komissiya tomonidan maxsus daftarda ro`yxatdan o`tkaziladi.


13. Komissiya shaharda yo`lovchilar tashish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan qatnashchilardan tushgan barcha buyurtmanomalarni istisnosiz qabul qilishga majburdir.

Belgilangan muddatdan keyin tushgan ochiq; tenderda ishtirok etish to`g`risidagi buyurtmanomalar ko`rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.


14. Qatnashchi tender hujjatlari paketi qiymatini ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxi bo`yicha to`lashi kerak. Tushgan mablag`lar hokimlikning maxsus hisob raqamiga o`tkaziladi va ulardan tenderlarni o`tkazishni tashkil etish uchun foydalaniladi. Ushbu mablag`larni faqat Komissiya raisi, Komissiya a'zolari bilan kelishilgan holda, tasarruf etish huquqiga egadir.
15. Tender hujjatlari paketi quyidagilardan iborat bo`ladi: yo`lovchilar transportida xizmat ko`rsatish uchun ochiq tenderlar tashkil etishga oid nizom;

qatnashchi to`g`risidagi ma'lumotlar shakli (2-ilova);

tender qatnashchilari uchun yo`riqnoma (3-ilova);

tenderga qo`yilgan yo`nalishda yo`lovchilar tashishni tashkil

etishga qo`yiladigan talablar (4-ilova).

qatnashchining tender takliflari shakli (5-ilova);

yo`nalishda (yo`nalishlar paketida) yo`lovchilar tashish transportida xizmat ko`rsatish uchun namunaviy kontrakt (6-ilova);

Komissiyaga tender takliflarini va qatnashchi to`g`risidagi

ma'lumotlarni berish uchun konvertlar to`plami (1 ta katta va 2 ta

kichik).


Kichik konvertlarga "Tender takliflari", "Qatnashchi to`g`risida ma'lumotlar" so`zlari yoziladi.

Katta konvertga tenderga qo`yilayotgan yo`nalish (yoki yo`nalishlar paketi) nomi yoziladi.

Qatnashchi uchun tayyorlangan tender hujjatlari Komissiya raisi tomonidan imzolangan bo`lishi kerak, ularni tender qatnashchisiga berish esa maxsus daftarda ro`yxatdan o`tkaziladi.
16. Tender takliflarini tayyorlash va ularni topshirish muddati tender hujjatlari paketini berish muddati tugagandan keyin 15 kundan kam bo`lmasligi kerak.

Tender takliflarini qabul qilishning tamom bo`lish sanasi o`tkaziladigan tender to`g`risidagi e'londa Komissiya tomonidan ko`rsatilishi kerak.


17. Tender takliflari topshirilgandan keyin qatnashchilar ularga biron-bir tuzatish kiritish huquqiga ega bo`lmaydilar.
18. Tender takliflari ular taqdim etilgan sanadan keyin 60 kun mobaynida yuridik kuchga ega bo`ladi.
19. Tender takliflari va qatnashchi to`g`risidagi ma'lumotlar bo`lgan kichik konvertlar katta konvertga joylashtiriladi.

Agar tenderga yo`nalishlarning bittadan ko`p paketi qo`yilgan bo`lsa, u xolda har bir paket uchun alohida konvertlar to`plami bo`lishi kerak.

Konvertlarda hech qanday belgilar yoki farqlovchi belgilar bo`lmasligi, ya'ni tender ishtirokchisining birortasini ajratish mumkin bo`lmasligi kerak. Barcha konvertlar puxta bekitilgan holda taqdim etiladi.
20. Qatnashchilardan tushgan tender takliflari maxsus tuzilgan tender komissiyasi tomonidan baholanadi.
21. Yo`nalishlar paketini shakllantirishda yo`nalishlarning ahamiyati va ularning rentabelligi hisobga olinishi zarur. Rentabelli yo`nalishlar bilan birga paketga rentabelsiz, lekin aholiga xizmat ko`rsatish uchun zarur bo`lgan yo`nalishlarni ham kiritish mumkin.
22. Agar tenderga qo`yilgan yo`nalish (yo`nalishlar paketda qatnashish uchun buyurtmanomalar tushmagan bo`lsa, u holda asosiy talablarni almashtirish yoki boshqa yo`nalishlar paketini shakllantirish zarur,

IV. TENDER TAKLIFLARINING MAZMUNI


23. Tender takliflari Komissiya tomonidan baholanadigan quyidagi ko`rsatkichlar va axborotlarni o`z ichiga olishi kerak:

tenderga qo`yilgan yo`nalishlarda, xarajatlarni to`liq qoplashni hisobga olgan holda, yo`lkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;

transport vositasining rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili;

tashishlar uchun taklif etilayotgan avtotransport vositalaridagi umumiy sig`im;

tig`iz paytlar o`rtasidagi vaqtda yo`nalishdagi transport harakati oralig`idagi taklif etilayotgan vaqt.

qatnashchi tender takliflarining barcha bandlari bo`yicha to`liq va mufassal axborot taqdim etishga majburdir.

V. TENDER TAKLIFLARINI BAHOLASH

VA ЈOLIBNI ANIQLASH


24. Tender takliflarini ko`rib chiqish va baholash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.
25. Birinchi bosqichda tender takliflari Komissiyaning har bir a'zosi tomonidan alohida ko`rib chiqiladi va quyidagicha baholanadi;

tenderga qo`yilgan yo`nalishlarda qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan yo`lkira tariflari darajasi - besh balli tizim bo`yicha;

transport vositalarining rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili - 5 a-ilovaga muvofiq tabaqalashtirilgan ballar bo`yicha;

tashishlar uchun taklif etilayotgan avtotransport vositalarining umumiy sig`imi - 5b-ilovaga muvofiq tabaqalashtirilgan ballar bo`yicha;

tig`iz paytlar o`rtasidagi vaqtda yo`nalishdagi transport harakati oraliridag`i taklif etilayotgan vaqt - 5v-ilovaga muvofiq tabaqalashtirilgan ballar bo`yicha;

Komissiya yo`nalishga bo`lgan aniq talablarni hisobga olgan holda Qatnashchilarning tender takliflarini baholashning boshqa ballarini taklif etishga haqlidir.


26. Komissiya har qaysi a'zo tomonidan tasdiqlangan shakllar (7-ilova) asosida natijalarni umumlashtiradi va har qaysi qat-nashchi bo`yicha tender takliflarini baholashning yakuniy ballarini aniqlaydi. Natijalar 8-ilovada ko`rsatilgan shaklga yoziladi.
27. Komissiya o`z karori asosida tender takliflaridagi u yoki bu jihatlarga, birinchi navbatda, eng past tariflar darajasiga ustuvorlik berish huquqiga ega.

Da'vogar tomonidan taklif etilayotgan tashishlar tarifi darajasining har bir pasayish ko`rsatkichi uchun Komissiyaning dastlabki yig`ilishida aniqlanadigan ortib boruvchi koeffitsiyentlar tatbiq etiladi.

Da'vogar Komissiya tomonidan nazarda tutilganidan qimmatroq tarifni taklif etgan hollarda, Komissiya ushbu qatnashchining tender taklifini to`g`ridan-to`g`ri rad etadi. Agar da'vogar tomonidan tig`iz paytlar o`rtasidagi vaqtga eng yuqori oraliq vaqt taklif etilganda ham xuddi shunday qaror qabul qilinadi.
28. Tanlov natijalari bo`yicha barcha da'vogarlar tomonidan teng ballar to`plangan hollarda g`olib tender komissiyasi a'zolarining yashirin ovoz berishi yo`li bilan aniqlanadi.
29. Folib aniqlangandan keyingina Komissiya a'zolari tender g`olibi - "Qatnashchi to`g`risida ma'lumotlar" konvertini ochishadi.
30. Tender o`tkazishdagi tartibot izchilligi quyidagicha bo`ladi:
a) Komissiyaning barcha a'zolariga tender takliflarini baholash shakllari tarqatiladi, ular shakllarga paket raqamini, qatnashchi raqamini va o`z familiyasini (7-ilova) yozishlari kerak.

Komissiya raisi yakuniy baholar qo`yiladigan shaklni o`zida qoldiradi (8-ilova);

b) Komissiya raisi katta konvertning o`ng tomonidagi yuqori burchagiga yirik raqamlar bilan birinchi tartib raqamini qo`yadi, uni ochadi va kichik konvertlarga ham o`sha tartib raqamini qo`yadi. Tender qatnashchisi to`g`risidagi ma'lumotlar bo`lgan konvert qaytadan yana katta konvertga joylanadi;

v) undan keyin rais tender takliflari joylangan konvertni ochadi, takliflarning har qaysi nusxasiga birinchi tartib raqamini qo`yib chiqadi va ularni Komissiya a'zolariga tarqatadi;

g) Komissiya a'zolari ushbu takliflarni ko`rib chiqadi va tender takliflarining har qaysi bandi bo`yicha baho qo`yib chiqadi. Komissiya a'zolarining baholari komissiya kotibiga topshiriladi, u ularni birinchi tartib raqami ko`yilgan katta konvertga soladi.

Ushbu yo`nalishga da'vogarlarning boshqa barcha katta konvertlari bo`yicha ham xuddi shunday tartibot amalga oshiriladi;

d) Komissiya raisi olingan ballar asosida ushbu yo`nalishlar paketiga __________ raqamli qatnashchi tender g`olibi bo`lganligini e'lon qiladi;

e) tender g`olibining tartib raqami yozilgan katta konvertdan Komissiya raisi qatnashchi to`g`risidagi ma'lumotlar bo`lgan konvertni oladi, uni ochadi va ochiq tenderda yutib chiqqan hamda kontrakt tuzish huquqini olgan g`olibning ma'lumotlarini Komissiya a'zolariga o`qib beradi.

31. Komissiyaning tender g`olibini aniqlash bo`yicha majlisi natijalari bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uni Komissiya a'zolari va uning raisi imzolaydilar.

Tender g`olibiga tender bo`yicha yutilgan ushbu yo`nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Guvohnoma Komissiya raisi tomonidan imzolanadi va hokimlik muhri bilan tasdiqlanadi.


32. Bayonnoma asosida Komissiya tenderga qo`yilgan yo`nalishga yoki yo`nalishlar paketiga xizmat ko`rsatish bo`yicha tender g`olibi bilan kontraktni imzolash uchun uni shahar yo`lovchilar transportini boshqarish organiga taqdim etadi.

Kontraktni imzolash muddati qatnashchi tender g`olibi deb e'lon qilingandan keyin 30 kundan oshmasligi kerak. Kontraktni imzolashdan oldin (tender o`tkazilgandan keyin 15 kun mobaynida) komissiya g`olibning tender takliflarining haqiqiyligini tekshirishga haqlidir.

Tender Folibining tender takliflari haqiqiy emasligi aniqlangan hollarda eng ko`p ballar soni bo`yicha navbatdagi da'vogar g`olib deb e'tirof etiladi.

Yo`nalishlarda yo`lovchilar transporti xizmati ko`rsatish yuzasidan tender g`olibi bilan kontrakt kamida 6 oyga tuziladi.

Kontrakt bo`yicha ishlarning barcha shartlariga tashuvchi tomonidan rioya etilgan hollarda kontraktning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin,
33. Tenderning istalgan qatnashchisi ham o`zining, ham tender boshqa qatnashchilarining taqdim etilgan tender takliflarini baholash natijalarini Komissiyadan yozma shaklda olish huquqiga ega bo`ladi.

Nizomga


1-ILOVA
Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish

uchun ochiq tenderlar o`tkazilishi to`g`risida

E'LON
Yo`lovchilar tashish bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi barcha davlat, xususiy, ijara va shirkat tashkilotlariga: (O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qarori taxriridagi xat boshi)

1. ___________ shahar Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi 199_ yil "__ " _____________ da _________________ shahrida yo`lovchilar tashish transportida xizmat ko`rsatish uchun kontraktlar tuzish huquqi uchun __________________________________________ manzilda ochiq tender o`tkazadi.


2. Ochiq tenderda mulkchilik shakllaridan qat'i nazar ________ viloyati_______ shahri hududida ro`yxatdan o`tkazilgan, shaharda yo`lovchilar tashish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziyaga ega bo`lgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin. (O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qarori taxriridagi band)
3. Ochiq tenderga yo`nalishlarning quyidagi paketi qo`yiladi:

yo`nalishlarning birinchi paketi - _____________ raqamli, _____________ raqamli yo`nalishlar...

yo`nalishlarning ikkinchi paketi - _____________ raqamli, _____________ raqamli yo`nalishlar ... va hokazo.
4. Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasiga tender hujjatlari paketini olish uchun quyidagi manzil bo`yicha _____________________________________________________________ 199 “__ ”________ soat ____dan kechikmasdan buyurtmanoma berishi kerak.

Buyurtmanomada yo`lovchilar tashish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya) mavjudligi to`g`risidagi ma'lumotlar ko`rsatilishi zarur


5. Hujjatlarning bitta paketi bitta yo`nalishga yoki yo`nalishlar paketiga beriladi. Bitta tender hujjatlari paketining narxi so`mni tashkil etadi. Tender hujjatlari paketining narxi ______ so`mni tashkil etadi. Tender hujjatlari paketi uchun haq ____ hisob raqamiga har qanday shaklda oldindan (yoki kelishuv bo`yicha) to`lanadi.
6. Qatnashchi tomonidan olingan tender hujjatlari paketi uchun to`langan haq qaytarib berilmaydi.

Tender takliflarini topshirish muddati 199_ yil “___”_____________ dan “__” ____________ gacha.

Tender takliflari topshirilgandan so`ng qatnashchilar ularga biron-bir tuzatish kiritish huquqiga ega bo`lmaydilar.
7. Yo`nalishlarda yo`lovchilar transporti xizmati ko`rsatish yuzasidan tender g`olibi bilan kontrakt kamida 6 oyga tuziladi.

Kontrakt bo`yicha ishlarning barcha sharchlariga tashuvchi tomonidan rioya qilingan hollarda kontraktning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.


Nizomga


2 ILOVA
Qatnashchi to`g`risida ma'lumotlar
1. Yuridik shaxsning nomi, ____________________________________

(O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qarori taxriridagi band)


2. Pochta manzili ______________________________________________

Telefon _______________________

Faks ______________ ___ __________________.
3. Bankdagi hisob raqami ________________________
4. Yuridik tashkilot nomidan vakillik qiluvchi vakolatli shaxs ________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, manzili)


Yuridik shaxsning ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinishi zarur.

Nizomga


3-ILOVA
Tender qatnashchisi uchun yo`riqnoma
1. Ochiq tenderni tashkil etishdan maqsad yo`lovchilarga jamoat transporti bilan sifatli xizmat ko`rsatishni ta'minlash ______________ shahrida adolatli raqobat sharoitlarini yaratish va transport xizmatlari ko`rsatish bozorini tartibga solish hisoblanadi.
2. Tender jarayoni u e'lon qilingandan boshlab g`olibni tanlash tugagunga qadar davom etadi va ko`pi bilan 60 kunni tashkil etadi.
3. Ochiq tenderda, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, viloyati, shahri hududida ro`yxatdan o`tgan, shaharda yo`lovchilar tashishni amalga oshirish huquqni beruvchi litsenziyaga ega bo`lgan har qanday yuridik shaxs ishtirok etishi mumkin. (O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qarori taxriridagi band)
4. Tender qatnashchilari o`z takliflarini Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasiga 199_ yil "__" ____________ dan kechikmasdan quyidagi _____________________________________ manzilga taqdim etadilar.

Belgilangan muddatdan keyin qatnashchidan tushgan takliflar tenderda qatnashishga qo`yilmaydi.


5. Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi ishtirokchiga uning takliflari olinganligi to`g`risida Komissiya raisi imzolagan, qabul kilib olingan sanasi va vaqti ko`rsatilgan yozma bildirishnoma beradi.

Tender taklifini berish katnashchining bo`lrusi ishlar (xizmatlar) xususiyati bilan yaxshi tanishganligini va uning mavjud shartlarini kabul qilganligini bildiradi,


6. Tender qatnashchisi asosiy e'tiborni "Katnashchining tender takliflari" shaklida taqdim etilgan masalalarga, har qaysi taklif uchun ballarni hisoblash tartibiga, yo`nalishda yo`lovchilar transporti bilan xizmat ko`rsatish yuzasidan tuziladigan kontrakt shakliga, tenderga qo`yilgan yo`nalishlarda yo`lovchilar tashishni tashkil etishga qo`yiladigan talablarga, yo`nalishning texnikaviy-foydalanish tavsifnomasiga qaratishi kerak.
7. Tender takliflari G`G`G`G`G`nusxada (tender komissiyasi a'zolari soniga teng miqdorda) taqdim etiladi.

Agar tenderga yo`nalishlarning bittadan ko`p paketi qo`yilgan bo`lsa, u holda har bir paketga yo`nalishlar paketi raqami to`g`risida ko`shimcha axborotlar mavjud bo`lgan alohida konvertlar bo`lishi kerak.

Paketlarda hech qanday o`chirib yozishlar bo`lmasligi, ya'ni birorta katnashchini ajratib olish mumkin bo`lmasligi kerak. Barcha konvertlar puxta berkitilgan bo`lishi zarur.
8. Tender takliflari topshirilgandan va Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi tomonidan ro`yxatdan o`tkazilgandan keyin ularga qo`shimchalar va biron-bir o`zgartirishlar kiritish taqiqlanadi.
9. Ochiq tender g`olibi shahar yo`lovchilar transportini bosh-karish organi bilan tender bo`yicha yutilgan yo`nalishlarda yo`lovchilar transporti bilan xizmat ko`rsatish yuzasidan kontraktni imzolash huhuqiga ega bo`ladi.

Nizomga


4-ILOVA
Tenderga ko`yilgan yo`nalishlarda yo`lovchilar

tashishni tashkil etishga qo`yiladigan

TALABLAR
1. Tashuvchi jamoat transportida yo`lovchilarni sifatli tashishni va yuksak madaniyatli xizmat ko`rsatishni ta'minlashi kerak.
2. Barcha yo`lkira tushumlari to`liq, tashuvchida qoladi va inkassatsiya qilinadi.

Tashuvchi yo`lkira tushumlarini yig`ishni, bir marta foydalaniladigan chiptalar sotishni ta'minlaydi.


3. Ochiq tender qatnashchisiga yo`lovchilar tashishni tashkil etish uchun quyidagi yo`nalishlar taklif etiladi:

___________________- yo`nalish _____________________- bekatidan

_________________________ bekatigacha xizmat ko`rsatadi,

(oxirgi bekat ko`rsatilsin)

______________________________ sxema bo`yicha yuradi;

(asosiy ko`chalar ko`rsatilsin)

xavfli uchastkalar ko`rsatilgan holda yo`nalishlar sxemasi ilova qilinadi;

ishning boshlanishi ______________ soatlar, daqiqalar ko`rsatilsin;

ishning tamom bo`lishi ____________ soatlar, daqiqalar ko`rsatilsin;

ish tartibi __________________ haftadagi kunlar soni ko`rsatilsin;

shanba va dam olish kunlarida harakatlar o`rtasidagi oraliq

___________________

(daqqalar ko`rsatilsin)

sig`imi __________________ o`rindiqli joylar, __________________

tik turib ketiladigan joylar;

jadvallar soni: ish kunlarida_______________ dam olish kun-larida ______________;

yo`lkira tarifi ko`pi bilan __________ (eng yuqori tarif

miqdori ko`rsatilsin);

oxirgi punktlar oralig`idagi masofa ____________________km;

______________________- yo`nalish va boshqalar..


4. Tenderda yutib chiqqan qatnashchi:

- imtiyozlarga ega bo`lgan va transportda yurish kartochkalaridan foydalanuvchi yo`lovchilarni bepul tashishga;

- shtamp-soatlarni qo`llagan holda yoki yo`l hujjatlariga dispetcherning belgi qo`yishi yo`li bilan qatnovlarni ro`yxatdan o`tkazishga;

- yo`nalishga xizmat ko`rsatayotgan qatnayotgan transport birligidan kelib chiqqan holda dispetcher boshqaruvi uchun ______ so`m mikdorida haq to`lashga majburdir. Ajratmalar summasi kontrakt imzolangandan so`ng keyingi oyning 15 kunigacha oldindan o`tkazilishi kerak;

- Shaharda yo`lovchilar tashio`ni tashkil etish komissiyasiga 1-shakl bo`yicha hisobot tarzida yo`nalishlardagi ishlar to`g`risida axborot taqdim etishga majburdir.
5. Yo`lovchilarni tashish uchun tashuvchi qatnayotgan transportning quyidagi turlaridan foydalanadi:

_____ - yo`nalishda sig`imi: o`rindiqlar bo`yicha ________ va to`liq bo`lgan avtobuslar;

_____ - yo`nalishda sig`imi: o`rindiqlar bo`yicha ________ va to`liq bo`lgan avtobuslar;

_____ - yo`nalishda sig`imi: o`rindiqlar bo`yicha ________ va to`liq bo`lgan avtobuslar va boshqalar.


6. Tashuvchining qatnayotgan transportiga qo`yiladigan talablar:

avtobuslar:

- tibbiy dori qutichasi, o`t o`chirgichlar va avariya holatida to`xtash belgilari bilan;

- avtobus ko`tarilish yoki qiya joylarda uzoq vaqt turib qolganda uning o`z-o`zidan yurib ketishidan saqlab qoluvchi vosita (boshmoq) bilan;

- oynalarni urib sindirish uchun bolg`achalar to`plami bilan;

- yo`l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda lyuklar, oynalar, eshiklarni tezda ochish, avtobus salonidagi oynalarni olib tashlash usullari to`g`risida yo`lovchilar uchun ko`rgazmali axborotlar bilan ta'minlangan bo`lishi kerak;

- yo`nalishlarda haydovchilarning ishini nazorat qilish uchun nazorat qurilmasi - O`PE bilan jihozlangan bo`lishi mumkin;

- avtobusning orqa eshigi o`ng tomonidagi old tarafida, shuningdek orqasida yo`nalishning raqami va qisqacha tavsifi ko`rsatilgan trafaretlar bo`lishi kerrk.

- tashuvchining avtobusi davlat standartlari va tayyorlovchi zavodning texnik shartlariga muvofiq, shu jumladan tutqichlar, avariya holatida yo`lovchilarning salondan chiqib ketishini ta'minlovchi vositalar, sozlangan o`rindiqlar bilan jihozlangan bo`lishi kerak;

- avtobus salonidagi ko`rinarli joyda Yo`lovchilar tashish qoidalari, DAN, Markaziy dispetcherlik xizmati, tashuvchining telefonlari, shikoyat va takliflar daftari bo`lishi kerak;

- tashuvchining avtobusi toza, estetik kurinishga ega bo`lishi kerak;

- avtobus saloni eshiklari bemalol, hech qanday to`siqlarsiz o`z-o`zidan ochilishi, yoxud haydovchining o`tirgan joyida qo`lda (shahar va shahar atrofiga qatnovchi avtobuslar uchun) ochiladigan bo`lishi kerak.


7. Tashuvchi:

- qatnayotgan transportga texnik xizmat ko`rsatilishini;

- avtobuslarning tashqarisida va salonlari ichida tozalash-yuvish ishlarini;

- transport vositalari reysga chiqish oldidan texnik nazoratdan va haydovchilar tibbiy ko`rikdan o`tkazilishini;

- haydovchilar tibbiy tekshiruvdan o`tkazilishini;

- yo`lga to`liq jihozlangan avtobuslar chiqarilishini;

- barcha qatnayotgan transportlar o`z vaqtida amaldagi talablarga muvofiq 1 va 2-texnik ko`rikdan o`tkazilishini ta'minlashi kerak.
8. Haydovchilar:

- har bir to`xtab o`tish joyi va undan keyin keluvchi to`xtab o`tish joyi nomini, boshqa yo`nalishlarga o`tish joylarini yo`lovchilarga to`g`ri va aniq e'lon qilishga, yo`nalishlar o`zgargan taqdirda bu haqda har bir bekatda e'lon qilib borishga, yo`lovchilarga avtobus salonida o`zlarini tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini, yo`lkira va yuk haqini o`z vaqtida to`lash to`g`risida eslatib turishga;

- yo`lovchilarni faqat yo`nalishning to`xtab o`tish joylarida avtobusga chiqarishga va undan tushirishga;

- yo`lovchilarga nisbatan e'tiborli va ehtiyotkor bo`lishga majburdir. Avtobus salonida yo`lovchilar o`rtasida janjal chiqqan, bezorilik harakatlari yoki boshqa noxush hodisalar (yo`lovchining salomatligi to`satdan yomonlashgan) yuz bergan taqdirda, avtobusni darhol to`xtatishga va mojaroni bartaraf etish yoki yordam ko`rsatish yuzasidan birgalikda choralar ko`rishga, zarurat bo`lganda militsiyaga yoki tez tibbiy yordamga xabar berishga;

- salonda spirtli ichimliklar ichilishiga, chekishga va avtobus yurib ketayotganda paydo bo`ladigan boshqa yoqimsiz hidlar mavjud bo`lishiga yo`l qo`ymaslikka;

- transport vositasining tizimlarida va mexanizmlarida avtobusdan bundan keyin foydalanganda harakat xavfsizligiga xavf soluvchi ochiq-oydin texnik nosozliklar paydo bo`lgdn hollarda avtobusni to`xtatishga, barcha eshiklarni, zarur bo`lganda esa avariya lyuklarini ochishga, yo`lovchilarni salondan tashqariga chiqarishga, ularni shu chiptalar bilan ushbu yo`nalishda kelayotgan boshqa avtobusga chiqarishga;

- nazorat organlari (DAN, soliq inspeksiyasi, Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi vakillarining birinchi talabiga ko`ra barcha zarur axborotni taqdim etishga va transport vositasini ko`zdan kechirishga ruxsatnomasi bo`lgan shaxsga yordam ko`rsatishga;

- yo`lovchilar uchun hech qanday noqulayliklar tug`dirmasdan ularga chiptalar sotishga majburdir.


Nizomga

5-ILOVA
Tender bo`yicha takliflarning namunaviy shakli


1. Tenderga qo`yilgan yo`nalishlarda qatnashchi tomonidan taklif qilinayotgan yo`lkira tarifi darajasi ________________`so`m.
2. Qatnayotgan transportning rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili, pasport ma'lumotlari bo`yicha umumiy sig`imi:



t/r

Qatnayotgan transportning rusumi (klassi)

t/r

Qatnayotgan transportning rusumi (klassi)

t/r

1














2














3










































3. Tig`iz vaqt oralig`ida yo`nalishda katnovlar o`rtasidagi taklif qilinayotgan vaqt (daqiqa).

Nizomga

5a-ILOVA
Qatnayotgan transportning rusumi (turi) uchun ballarning

tabaqalashtirilgan shkalasi va transportning

ishlatilish yillari


1. Avtobus rusumi (turi) uchun:



Rusumya (turi)

Qatnayotgan bitta transport uchun ballar soni

"Mersedes-Bens" (modifikatsiyalari)

10,0

"Ikarus" (modifikatsiyalari)

8,0

LAZ, LIAZ, DEU (modifikatsiyalari)

6,0

PAZ (modifikatsiyalari)

4,0

KAVZ (modifikatsiyalari)

2,0



Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish