O‘zbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi o‘rtasida



Download 29,8 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi29,8 Kb.
#74606
Bog'liq
07.08.1995




O‘zbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi o‘rtasida

Bitim

Ikki tomonlama tashqi iqtisodiy hamkorlikka doir

1995-yil 7-avgust, Vena

(1997-yil 1-oktabrdan kuchga kirgan)

Quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi,



ikki tomonlama tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, mustahkamlash istagiga amal qilib,

tenglik va o‘zaro manfaatdorlik negizida tovar ayirboshlashni, iqtisodiyot, sanoat va fan-texnika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashishga intilib,

ushbu Bitim ikki tomonlama tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qulay zamin va mustahkam asos barpo etishiga komil ishonch bilan,

bozor iqtisodiyoti qoidalariga asoslanib,

xalqaro huquqqa muvofiq va ikkala davlatda amalda bo‘lgan qonunlar doirasida,

quyidagi bitimga keldilar:

1-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala davlatda amalda bo‘lgan qonunlar doirasida quyida “Korxonalar” deb ataluvchi ikki mamlakatning korxonalari, tashkilotlari, jamiyatlari va muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadilar.

2-modda

1) O‘zbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi boj to‘lovlarini hamda yig‘imlar, shuningdek tovarlarni import va eksport qilishda boj to‘lovlari undirish hamda boshqa yig‘imlar olish uslubi borasida bir-birlariga eng maqbul shart-sharoit yaratib beradilar.

2) Ahdlashuvchi Tomonlar eng maqbul shart-sharoit yaratib berish sharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri:

a) Chegara savdo-sotig‘i sohasida qo‘shni davlatlarga;

b) O‘zi a’zo bo‘lgan mavjud yoki kelajakda tuzilishi mumkin bo‘lgan boj ittifoqlari, erkin savdo chegarasi yoki iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy uyushmalarga kirgan davlatlar;

v) Boshqa Ahdlashuvchi Tomon qatnashmagan ko‘p tomonlama shartnomalar doirasida davlatlarga berayotgan, kelgusida berishi mumkin bo‘lgan imtiyozlar va afzalliklarga daxl qilmasligi xususida kelishib oldilar.

3-modda

1) Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z imkoniyatlariga asoslanib va har bir davlatda amalda bo‘lgan qonunlarga muvofiq iqtisodiyot, sanoat, texnika va fan-texnika sohasidagi hamkorlikka ko‘maklashadilar.

2) Ahdlashuvchi Tomonlar istiqbolli hamkorlikning imkoniyatlari, xususan:

qo‘shma korxonalar va ularning filiallarini barpo etish;

savdo vakolatxonalarini ochish;

iqtisodiyotning barcha sohalarida bevosita sarmoya qo‘yish;

texnologiyalar berish, nou-xau qilish, shu jumladan amaliy tadqiqotlar olib borishga ko‘maklashish-litsenziya va patentlar ayirboshlash;

qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi;

mashinasozlik, shu jumladan irrigatsiya tizimlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;

mavjud ishlab chiqarishni ta’mirlash, yangilash, kengaytirish va avtomatlashtirish, shuningdek mudofaa sanoati korxonalarini konversiyalash;

yengil sanoat, shu jumladan yuqori sifatli raqobatga qobiliyatli to‘qimachilik, ko‘nchilik, mo‘yna buyumlari, poyabzal va mebel mahsulotlari ishlab chiqarish;

turmushda foydalaniladigan elektr priborlari va texnikalar ishlab chiqarish;

elektronika va elektrotexnika sanoati;

atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan, biologik himoya vositalari ishlab chiqarish;

ma’dan xomashyosi qidirib topish, qazib olish, unga ishlov berish va uni sotish;

binokorlik sanoati, shu jumladan, binokorlik materiallari va asbob-uskunalari ishlab chiqarish;

energetika sanoati, neft, tabiiy gaz va boshqa energiya manbalari qidirib topish, qazib olish, ularni qayta ishlash, tashish, yetkazib berish va sotish;

energetika tizimlarini, shu jumladan, elektr stansiyalari va elektr uzatish tarmoqlarini kengaytirish hamda ta’mirlash;

sanoat, bank, moliya va marketing xizmati ko‘rsatish;

yarmarka, ko‘rgazma va birgalikdagi seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazish, o‘zaro delegatsiyalar va ekspertlar ayirboshlashni tashkil qilish;

sanoat, statistika, huquq va boshqa sohalarga doir axborotlar, hujjatlar va nashrlar ayirboshlash borasida istiqbolli hamkorlikning imkoniyatlari borligi to‘g‘risida kelishib oldilar.

3) Ahdlashuvchi Tomonlar hamkorlikning barcha sohalaridagi loyihalar ekologiyaning eng yuqori talablariga javob beruvchi ilg‘ar texnologiyalarga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi xususida kelishib oldilar.

4-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar iqtisodiy foydali va ekologiya jihatidan xavfsiz infrastruktura yaratish zarurligiga asoslanib:

energetika,

yo‘l qurilishi,

chiqindilarga qayta ishlov berish va ulardan foydalanish,

temir yo‘l transporti,

havo yo‘llari,

transport tizimi,

telekommunikatsiyalar,

suv xo‘jaligi

sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor berish haqida kelishib oldilar.

5-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar sanoat mulkini muhofaza qilishga va o‘z vakolatlari va har bir davlatda amalda bo‘lgan qonunlari doirasida, ayniqsa, sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi asosida buni amalga oshirishga ko‘maklashadilar, shuningdek bu sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish choralarini ko‘rishga kelishib oldilar.

6-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar turizm ikki tomonlama tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga katta hissa qo‘shishi mumkin degan fikrda yakdildirlar.

1) Ahdlashuvchi Tomonlar amaldagi qonunlar doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro turizm va sayohat bo‘yicha konferensiyasining (Rim, 1963-yil)tavsiyalari, shuningdek Xartiyasi va Turist kodeksi (Sofiya, 1985-yil) asosida rivojlantirishga ko‘maklashadilar.

2) Tashkilotlar va mutaxassislarning turizm sohasidagi iqtisodiy va texnikaviy hamkorligi, atrof muhitni muhofaza qilish va turizmni yuqori darajada tashkil etish qoidalari asosida amalga oshiriladi.

7-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar kichik va o‘rta korxonalarning ikki tomonlama tashqi iqtisodiy aloqalarida faol qatnashishlari foydali bo‘lishi va zarur ekanligini amalda e’tirof etib, bular o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish uchun ikkala mamlakatda amal qilayotgan qonunlar doirasida huquqiy, tashkiliy va boshqa jihatlardan maqbul sharoitlar yaratishga zarur choralar ko‘radilar.

8-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z imkoniyatlari doirasida va ikkala davlatda amalda bo‘lgan qonunlarga muvofiq mutaxassislar hamda menedjerlar, avvalo tashqi savdo, iqtisodiyotni boshqarish, sayyohlik, patentshunoslik, bank, moliya va sug‘urta ishlari sohasida mutaxassislar hamda menedjerlar tayyorlash va ularga ta’lim berishga ko‘maklashadilar.

9-modda

Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasidagi barcha hisob-kitob va to‘lovlar har bir mamlakatda amal qilayotgan qonunlar doirasida erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladi.

10-modda

1) Ushbu Bitim doirasidagi mol ayirboshlash, shuningdek iqtisodiyot, sanoat, texnikaviy va fan-texnikaga doir hamkorlik tijoratchilik asosida amalga oshiriladi.

2) Ikkala davlat korxonalari o‘rtasidagi savdo-sotiq basharti, korxonalar o‘zgacha kelishib olmagan bo‘lsalar, jahon bozorining joriy narxlari asosida amalga oshiriladi.

3) Ahdlashuvchi Tomonlarning korxonalari ikkala davlatda amalda bo‘lgan qonunlar doirasida mol ayirboshlashni ko‘paytirish va o‘zaro yetkazib berilayotgan mollar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida xalqaro savdo va moliya ishida qabul qilingan qonun-qoidalar va me’yorlar asosida jahon amaliyotiga muvofiq keluvchi istalgan shakldagi savdo-sotiqni tashkil etishlari mumkin.

11-modda

1) Ahdlashuvchi Tomonlar o‘z korxonalariga o‘zaro nizoli holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka intilishni tavsiya qiladilar. Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro savdoda biror molni mamlakatni o‘zidagi ayni shunday yoki bevosita raqobatlashadigan mollarni ishlab chiqaruvchilarga katta zarar yetkazadigan yoki yetkazish xavfi bo‘lgan miqdorda yoki narxlarda, yoxud shartlarda tashib keltirish kuzatilsa maslahatlashib olishga kirishadilar. Maslahat o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat etayotgan Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Tomonga vujudga kelgan vaziyatni o‘rganish uchun barcha ma’lumotlarni beradi.

2) Agar maslahatlashuvlar paytida Ahdlashuvchi Tomonlar 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan holat yuz berayotganini aniqlasa, eksport cheklanishi yoxud zarar yetishning oldini olish yoki bartaraf etishga qaratilgan boshqa choralar ko‘rilishi zarur.

3) Agar maslahatlashuvlar boshlangandan keyin, lekin 3 oydan oshmagan davrda, Tomonlar bir bitimga kelmasalar, maslahatlashuvlarni o‘tkazish to‘g‘risida ariza bergan Ahdlashuvchi Tomon tegishli mollar keltirilishini zararning oldini olish yoki bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan darajada va davrga cheklab qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Boshqa Tomon bu holda birinchi Tomon oldidagi o‘z majburiyatidan savdoning taxminan ekvivalent hajmi miqdorlarida voz kechish huquqiga ega bo‘ladi.

4) Keyinga qoldirish katta zarar yetkazadigan hollarda, dastlabki maslahatlushuvlarsiz muvaqqat choralar ko‘rilishi mumkin. Bu holda ushbu choralarni ko‘llagan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Tomonni zudlik bilan yozma ravishda xabardor qiladi, shundan keyin maslahatlashuvlar darhol boshlanishi lozim.

5) Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaga muvofiq choralarni tanlashda mazkur Shartnomaning bundan buyon amal qilishiga eng kam darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbirlarga afzalliklar beradilar.

12-modda

1) Ahdlashuvchi Tomonlar korxonalarga nizolarni avvalo do‘stona, o‘zaro kelishib hal etishni tavsiya qiladilar.

2) Ikkala davlatda amalda bo‘lgan qonunlar chegarasida va korxonalar o‘rtasida bitimlarda mavjud kelishuvlarga muvofiq. Ahdlashuvchi Tomonlar:

a) Ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning korxonalari o‘rtasidagi savdo va kooperatsiya oldi-sottisi, shuningdek, qo‘shma korxonalar tuzishda va to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalarni amalga oshirishda ro‘y beradigan oldi-sottilar bilan bog‘lik nizoli masalalarni hal etishda hakamlik sudini ko‘llashni;

b) Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi bo‘ycha komissiya (YuNSITRAL) tomonidan hakamlik qoidalarini qo‘llash, hamda ajnabiy hakamlik qarorlarini tan olish va ijro etish konvensiyasi (Nyu-York, 1958-yil) qatnashchilari bo‘lgan davlatlardan birining hakamlik sudini jalb qilishni tavsiya qiladilar.

13-modda

Ushbu Bitim to‘xtatilishi yoki o‘zgartirilishi mazkur Bitimning amal qilishi Ahdlashuvchi Tomonlarning korxonalari o‘rtasidagi yuzaga kelgan majburiyatlarga ta’sir etmaydi.

14-modda

1) Ushbu Bitimga muvofiq aralash komissiya tuziladi. Bu komissiya Ahdlashuvchi Tomonlardan birining taklifiga binoan navbati bilan O‘zbekiston va Avstriyada yig‘iladi.

2) Aralash komissiyaga tashqi iqtisodiy aloqalarning ahvoli va ularni rivojlantirish, tahlil etish:

a) istiqbolga mo‘ljallangan iqtisodiy aloqalarning ahvoli va ularni rivojlantirish, tahlil etish;

b) ikkala davlat korxonalari o‘rtasida iqtisod, sanoat, texnika va fan-texnika sohasidagi hamkorlik sharoitlarini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

v) ushbu Bitimni ko‘llash yuzasidan tavsiyalar taqdim etish vazifalari kiradi.

3) Ushbu Bitimni ko‘llash va talqin etishga oid nizolar aralash komissiya doirasida muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.

15-modda

1) Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimning Yevropa hamjamiyatining amaldagi huquqiy maqomiga zid bo‘lgan qismiga bog‘liq bo‘lmaydilar.

2) 1-xatboshini talqin qilish va qo‘llash bo‘yicha tafovutlar kelib chiqqanda Ahdlashuvchi Tomonlar maslahatlashuvlar o‘tkazadilar.

16-modda

1) Ushbu Bitim 2 yil muddatga tuzildi va basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Bitimning amal qilish muddati tugashiga uch oy qolgunga kadar uni bekor qilish niyatida ekanligini diplomatik yo‘llar orqali boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ma’lum qilmasa, keyingi har bir yilga o‘z-o‘zidan uzayaveradi.

2) Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar notalari ayirboshlash yo‘li bilan bir-birlarini ushbu Bitim kuchga kirishiga taalluqli ikkala davlatda amalda bo‘lgan qonunlarda nazarda tutilgan tegishli davlat ichki tartibotlari bajarilganligi to‘g‘risida xabardor qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.

Vena shahrida, 1995-yil 7-avgustda, ikki nusxada, har biri o‘zbek va nemis tillarida tuzildi, bunda har ikkala matn bir xil kuchga ega.

(imzolar)

Download 29,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish