O‘zbekiston respublikasi


BOB SHAXSNING RIVOJLANIShI VA IJTIMOIYLASHUVINING O‘ZARO NISBATI



Download 0.58 Mb.
bet19/22
Sana21.05.2021
Hajmi0.58 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

BOB SHAXSNING RIVOJLANIShI VA IJTIMOIYLASHUVINING O‘ZARO NISBATI.


    1. Shaxsning rivojlanishida ijtimoiylashuvning o‘zaro nisbati.

Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo’lsa, shaxs rivojlanishida insoniy munosabatlar, shaxslararo ijtimoiy munosabatlar masalasi xam shu darajada ko’xna va xamisha dolzarbdir. Ijtimoiylashuning asosida shaxs rivojlanishi yotar ekan, inson tafakkuri va uning aql idrokiga xos bo‘lgan muxim psixologik xususiyatlarni rivojlantirish zarur. Uning ijtimoiylashuvi taraqqiyoti eng avvalo, kishilik jamiyatidagi o’zaro munosabatlarni qay darajada mukammalligiga hamda insoniyligiga boglik. Demokratik munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning muxim bir shakli sifatida xar bir mo’tadil taraqqiy etayotgan insonning ma’naviy barkamolligi negizini tashkil etadi

Xalqimiz ma’naviyati va ma’rifatiga nazar tashlar ekanmiz, qadimiy Sharq mamlakatlarida davlatchilik an’analari avvalo inson xaq-xuquqlari, erki, tafakkuri, rivojiga munosib o‘zaro munosabatlar, bir so’z bilan aytganda, insonparvarlik tamoyillari asosiga qurilgan ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Aks xolda tarix ulug bobolarimiz M. Gaznaviy, A. Temur, X.Boyqarolarni bilmagan, ularning buyuk zexni va iqtidori, jamiyat, fan, madaniyati va ravnaqiga qo’shgan xissalaridan baxramand bo‘lmagan bo‘lar edi. Lekin insonlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharqda o‘ziga xos va xar bir millat psixologiyasiga mos xolda shakllangandir.

Ijtimoiy psixologik munosabatlarning psixologik tabiatini taxlil qilar ekanmiz, uning shaxs kamoloti va saloxiyatiga ta’siri masalasiga alohida to‘xtab o‘tish joizmdir,. Chunki, aynan jamiyatda, shaxslararo munosabatlarda shaxsda o‘zini-o‘zi anglash, o‘zini-o‘zi kamol toptirish jarayonlari tezlashadi, samimiy, insoniy munosabatlar, inson xaq-xuquqlarini e’zozlashga asoslangan munosabatlar shaxsning o‘zi xaqidagi bilimlarini, o‘z imkoniyatlarini va nasl- nasabini aniqroq xolda to’griroq tasavvur qilishga imkon beradi. Ikkinchidan, aynan to‘g‘ri ijtimoiy munosabatlar o‘zga shaxslar xuquq va erkinliklarini xam anglash, ularni xurmat qilishga qaratilgan tasavvurlar majmuining bo‘lishiga imkon yaratib, insoniy munosabatlarda madaniyat va iltifot tamoyillariga amal qilinishiga sharoitlar yaratadi.

Shaxsning rivojlanishida tashqi ta’sirlardan munosabatga kirishish, ijtimoy mexnat, o‘zaro suxbatning axamiyati katta .Bular ijtimoiylashuv omillari bo‘lib xizmat qiladi. Ularning o‘rni shundaki, shaxs shaxslararo munosabatga kirishish orqali jamiyat qonunlarini ongli taxlil qilishi, o‘z-o‘zini baxolash motivlarini shakllanishi, ya’ni tevarak atrofdagi odamlar xatti- xarakatlarini kuzatib, o‘z xatti-xaraktalari bilan solishtirib, qiyosiy taxlil qiladilar.Shaxs rivojlanishi oiladan boshlanar ekan biz oilani ijtimoiylashuv xarakterini xisobga olishimiz kerak.

Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar tarbiyasidagi roli bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki ayniqsa, yosh oilada nikohdan so‘ng er va xotin boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o‘z-o‘zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o‘zgartirib boradilar. Masalan, ilgari tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit,

uylangach, turmush o‘rtog‘i nigohida obro‘si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o‘zida kuch- qudratni, irodani sezib, dadil, faol, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo‘lib borishi tabiiy. Kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko‘nikib borgan sari, uning an’analarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirib borgan sari, turmush o‘rtog‘ining mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g‘amxo‘rligi, e’tiborliligi oqibatida yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo‘lib, o‘zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu – er va xotin uchun oila muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o‘rnini isbotlaydi. Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlarning yo‘qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga nisbatan beganoday qolganliklari bois bu yerda o‘zaro munosabatlar hamisha tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafaqat ularning o‘ziga balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy ta’sir etadi , yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga to‘g‘anoq bo‘lishi ham mumkin. “Ko‘cha bolalari”, “tarbiyasi og‘ir bolalar”, voyaga yetmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy muhitning qurbonlari hisoblandi

Ijtimoiylashuv tushunchasi ijtimoiy-psixologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayon xisoblanadi. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi ijtimoiylashishdan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.Shaxsni rivojlanishidagi ijtimoiylashuvning o‘zaro nisbati psixologik moslik asosida xam ko‘rish mumkin Ya’ni psixologik moslik shaxsni gurux bilan kelishib ketishi, jamoa bilan o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishi, mos kelmagan jixatlarni rivojlanish jarayonida e‘tiborga olishi nazarda tutiladi.

Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi. Moslikning mezoni sifatida rus olimi N.Obozov quyidagilarni ajratadi:

O‘tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko‘plab qirralari bo‘lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni

birlashtirgan bo‘lsa, o‘sha maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg‘unlikning bo‘lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.






Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat