O‘zbekiston respublikasi


Shaxsning rivojlanish bosqichlari



Download 0.58 Mb.
bet13/22
Sana21.05.2021
Hajmi0.58 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22

Shaxsning rivojlanish bosqichlari


Psixikaning irrotsional tarkibiy qismlari bo‘lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini taxlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namayondalaridan biri – bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. u shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisini o‘ziga xos betakror xususiyatiga egadur.

Birinchi davr – go‘daklik. Ushbu davrda go‘dakda onasizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan “ishonch” tuyg‘usi vuudga keladi. Buning bosh saabchisi ota-onaning mehr- muxabbati, g‘amxo‘rligi va jonkuyarligining nishonasidir.

Ikkinchi davr – ya’ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqillik va shaxsiy qadr qimmat tuyg‘usi shakillanadi yoki aksiyacha ularning qarama-qarshisi bo‘lmish uyat va shubha hissi hosil bo‘ladi.

Uchinchi davr – o‘yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg‘usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish mayilini tarkib toptiradi.

To‘rtinchi davr – maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o‘zgarishlar ko‘zlagan maqsadga erishish qobiliyatini, uddaburonlik va mahsuldorlikka intilish tuyg‘usi bilan ajralib turadi.

Beshinchi davr – o‘spirinlik o‘zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi.

Oltinchi davr – yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixolog intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va extiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi.

Yettinchi davryetuklik davri deb atalib, xayot va faoliyatning barcha soxalarida mahsuldorlik tuyg‘usi unga uzluksiz ravishda xamrox bo‘ladi va ezgu niyatlarning amalsha oshishida turtki vazifasini bajaradi.



Sakkizinchi davr – qarilik inson tariqasida o‘z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi undan qanoatlanganligi tuyg‘ulari bilan tavsiflanadi. E.Shpronger “O‘spirinlik davri psixologiyaisi” degan asarida qizlarning 1 yoshdan 19 yoshgacha yigitlarni esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o‘zgarishlar E.Shkronger bo‘yicha:

  1. shaxsiy “Men” ni kashf qilish;




  1. refleksiyaning o‘sishi

v) o‘zining individualligini anglash va shaxsiy xususiyatlarini e’tirof qilish;


g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo‘lishi;
d) o‘z shaxsiy turmushini anglagan xolda qurish ustanovkasi va xokazo.
Uning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatlaridan qutilish to‘yg‘usini tug‘ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati o‘zining tengqurlari vatanchilik qurshovidan “uzilish inqirozi” va tanholik tuyg‘usining paydo bo‘lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va omillar vujudga keltiradi. E.Shkronger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namayondalari bo‘lib hisoblanadilar. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kell va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piaje intelekt

nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intelekt funksiyalari va intelektning davrlari ta’limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intelektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik va adaptatsiyadan iborat bo‘lib, intelektning funksional invoriontligi deb yuritiladi. Shunday qilib, biz chet el psixologiyasida shaxs rivojlanishining yo‘nalishlari va nazariyalarini qisqacha sharxlab o‘tdik. Qilingan taxlillardan ko‘rinib turibdiki, Yevropa muammolari va AQSh psixologlari orasida bu sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan. Buning bosh sababi shaxsning tuzulishi, uni shakillanish qonuniyatlari, uning kamolotida ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirlarning roli, ta’siri, rivojlanishning tayanch manbalari bo‘yicha umumiylikning yetarli darajada taxlil etilmaganligidir.




  1. Download 0.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat