O‘zbekiston respublikasi


BOB. PSIXOLOGIYADA SHAXSNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI



Download 0.58 Mb.
bet11/22
Sana21.05.2021
Hajmi0.58 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22

BOB. PSIXOLOGIYADA SHAXSNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI.


  1. Psixologiyada shaxs tushunchasi.

Mustakillikka erishgan O’zbekistonda kelajagi buyuk davlat kurayotgan ekanmiz, uning faol kuruvchisi bulgan shaxsning psixologiyasi masalalarini urganish va ishlab chikish goyat katta axamiyatga egadir. Bu masalani urganish yangi kishini kamol toptirish nazariyasi va praktikasi ilmiy jixatdan ishlab chiqishda muxim o‘rin tutadi.

Shaxs ijtimoiy munosabatlar sistemasining, ijtimoiy xayotning ko‘p qirrali, murakkab zvenosidir. U bir tomondan ijtimoiy – tarixiy taraqqiyotning maxsuli bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyotni ta’min etuvchidir.

Biz psixologiyani o‘rganar ekanmiz, individ, shaxs, individuallik tushunchalarini bir-biridan farq qilishmiz kerak. Odamning inson jinsiga mansubligi inivid tushunchasi bilan ifodalanadi.Biz katta yoshdagi normal odamni xam, chakalokni xam, tilni va oddiy malakalarni uzlashtira olmaydigan telalarni xam individ deb atay olamiz. Biroq bulardan fakat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot xisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy tarakkiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi.

Shaxs jamiyat a’zosidir. U ommaning sinfning ajralmas kismidir. U omma bilan xarakatlanib tarixni yaratadi. Shaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir.

Shaxsning shaxs bo‘lishligi uchun u faollikka xam ega bo‘lishi kerak. Chunki faoliyatdagi faollik shaxsning muxim belgisidir. Faollik xamisha yaxshi yashashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kishi yaxshi yashashi uchun, jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko‘rsatadi. Bu shaxsning onglilik belgisidir.

Shaxsning xarakterli belgilaridan biri individuallikdir. Individuallik xar bir shaxsning o‘zigagina xos bo‘lgan, takrorlanmaydigan shaxsdir. Individuallik kishining xarakteri, temperamenti, psixik kechinmalarining o‘ziga xos xususiyatlari, xissiyoti va faoliyatining motivlarida ko‘rinadi. Ana shunga ko‘ra kishilar bir-birlaridan farq qiladilar. Dunyoda qancha odam bo‘lsa, shuncha individuallik mavjuddir. Xech kim bir-birini o‘rnini bosa olmaydi.

«O‘nta bo‘lsa, o‘rni boshqa» maqoli individuallikka xam nisbatan aytilgandir.

Shaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo‘lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor ma’nosini anglatgan. Chunki saxnadagi ko‘rinish o‘zgarishi bilan aktyor maskasi xam o‘zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o‘z qiyofasini o‘zgartirishi va o‘zini bir necha xil qilib ko‘rsatishi xam mumkin. Kishi artist kabi turli rollarni bajarishi mumkin.

Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi xar bir konkret odamda barqaror birlikni tashkil etadi, bu esa shaxs psixolgik tuzilishining nisbatan doimiyligi deb qaralishi mumkin. Psixik xolatlar doim o‘zgarib tursa xam, xar turli ijtimoiy guruxlarda va xar xil xayotiy vaziyatlarda odam o‘z zimmasiga olgan rollari bilan boђliq xolda xulq – atvori o‘zgarib tursa xam, yoshning o‘zgarib borishi va xokazolari bilan boђlik bo‘lgan o‘zgarishlar sodir bo‘lsa xam shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qolaveradi.

Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo‘limlarida ham o‘rganiladi. Har bir bo‘lim yoki tarmoq uni o‘z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo‘lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi. Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir.

Shaxsning barkamolligi ko‘p jixatdan uning aqliy rivojlanishi va ma’naviy jixatdan shakllanganlik darajasiga bog‘lik bo‘ladi. Ijtimoiy jamiyatda inson zotiga xoslik masalasi individ, shaxs, individuallik tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi. Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam

ijtimoiy muxit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy- tarixiy xususiyatga egadur.

Shaxsning eng muxim xususiyatli jixatlaridan biri – bu uning individualligidir, ya’ni yakkaxolligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, xolatlar, xodisalar, xukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan; yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr qimmatini va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilish, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammolarni hal qilish shaxsning mazkur tuzulishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq- atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo‘yilishi dastavval ta’lim va tarbiya extiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat soxalari va boshqa extiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masala ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya’ni shaxsni toifalarga ajratish uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog‘liqdir. Darxaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini cheklab o‘tish, u xaqida yetarli darajada to‘la tasavvurga ega bo‘lishni hohlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta’kidlab o‘tish lozim.

Shaxs tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqazo etadi. Binobarin, ushbu bo‘laklarning yig‘indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishning tarkibiy qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni tavsiya etganlar.

Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik va ijtimoiy omilning, voqelikning ta’siri ostida shakillangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo‘lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan “ichki psixik” (“endopsixik” – yunoncha “endo” ichki degan ma’noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g‘oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko‘ra “endopsixika” shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv psixologik tuzilishi bilan “endopsixik” aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go‘yoki u odam shaxsning ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik

tuzilishning “ekzopsixik” qismi bo‘lsa shaxsning tashqi muxitiga nisbatan munosabatini shaxsga qarama-qarshi bo‘lgan barcha jihatlarini shaxslararo va ob’ektiv munosabatini belgilaydi.

“Endopsixika” o‘z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo‘r berish xislatlarini, ixtiyorsiz xarakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va unining qiziqishlari, mayillari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, xukmron xissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga ega bo‘lgan “endopsixika” biologik shart-sharoitlargi bog‘liqdir aksincha “ekzopsixika” ijtimoiy voqeliklar ta’siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.

Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning namayondalari bo‘lmish xozirgi zamon uzoq chet el psixologlari oqibati natijasida shaxsning tuzilishini o‘sha ikkita asosiy omillarga ya’ni, biologik va ijtimoiy voqeliklarning ta’siriga bog‘liq bo‘lgan tuzilishining mavjudligidan manfatdordirlar. Ob’ekt – sub’ekt munosabatini belgilaydi. Psixologiya yo‘nalishida keskin qayta qurish jadal suratlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida tahlil qilingan qo‘sh omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo‘lish

maqsadga muvofiq.


Ta’kidlab o‘tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o‘tkazgan tajribalariga murojat qilamiz. Qo‘sh omillik nazariya tadqiqotlari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamlarning shaxs xislatlarini tarkib toptirish o‘rganilgan. Buning natijasida ular shaxsning tuzilishida ko‘p xislatlari o‘xshashligi topilgan. Bunday odamlarning bo‘yi past bo‘lishlaridan tashqari xech qanday nuqson va kamchilik yo‘q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi kishilarda bolalarga xos kulgini, hech bir tanqidsiz optimizmni, o‘ta soddalikni, muayyan darajada hissiy zo‘riqishni talab qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligining uchratish mumkindir. Shaxsning xolatlariga na “endopsixika” na “ekzopsixika” qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning psixik xususiyatlarining mahsuli bo‘lib, ular bo‘yicha nisbatan o‘z tengqurlari o‘rtasida farq aniqlangan davrdan e’tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo‘lishi, tarkib topishning takomillashishi tabiydir.

Shaxs muammosini dialektik materializm pozitsiyasida turib ximoya qiluvchi sobiq sovet psixologiyasi va boshqa taraqqiyparvar yo‘nalish vakillari shaxsning faolligi tevarak atrofdagi olam bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat jarayonida faoliyat vujudga kelishi mumkin degan ta’limotga asoslanadi. Shaxsni faolligining manbai uning ehtiyojlari hisoblanib, xuddi shu ehtiyojlar odamni muayyan tarzda va ma’lum yo‘nalishga harakat qilishga undaydi. Xuddi

shu boisdan ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush sharoitiga bog‘liqligini aks ettiruvchi holatdir.

“Shaxs” tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan. Ch.Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi.

Ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi.

Demak, har bir shaxsning fe’l-atvorida atrofdagi do‘stu-yorlari, oilasi, tarixiy zamon, davr, davlat tuzumi va o‘sha jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot va mafkuraning ta’siri bo‘lib, bu ta’sir uning yaxlit dunyoqarashi, fikrlash tarzi, tafakkurida o‘z aksini topadi. Bunday ta’sirlarning ikki xili farqlanadi:

makro bosqichdagi ta’sirlar, ya’ni keng ma’nodagi ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy hamda iqtisodiy muhit ta’sirlari;

mikro bosqichdagi ta’sirlar, yoki odamni bevosita o‘rab turgan muhitdagi ijtimoiy muloqot va muomaladan ta’sirlanishi. Boshqacha qilib aytganda, bunday ta’sirlarni shaxs bevosita oila muhiti, ta’lim muassasalari, mahalla-kuy, mehnat jaoasidagi hamda do‘stlari davrasidagi mulolqotlardan oladi.

Bir qarashda ikkinchi bosqich ta’sirlarigina shaxsning insoniy qiyofasi hamda fe’l- atvorini belgilaydiganday tuyuladi. Chunki xalqimizda “qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan naql ham bor. Ayniqsa, bizning “o‘zbekchiligimiz”da odamning tug‘ilib o‘sgan oilasi, mahallasi, kimning avlodi-yu, kimning zurriyodi ekanligi, ta’lim olgan dargohiga katta e’tibor beriladi. Ko‘pincha xalqda: “Hovli olma, qo‘shni ol”, degan maqol ham ishlatiladiki, bu ham farzandlar kamoli va oilaning tinchligida yon-atrofning ahamiyatiga ishoradir. Lekin makro bosqichdagi ta’sirlarning ahamiyatini kamsitish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, sho‘rolar tuzumi jamiyat a’zolarini mute, manqurt, ihlossix, tobe, ma’lum bir ma’noda iymonsiz bo‘lib

qolishiga sababchi bo‘ldi. Chunki bunga asosan o‘sha muhitdagi nosog‘lom e’tiqodlar, g‘ayriinsoniy tashviqotlar, inson qadrini, uning mehnatini yerga uruvchi iqtisodiy siyosat (hamma bir xil turmush tarziga ega bo‘lishi, “ishlamasa ham tishlayverish”), kommunistik mafkura sabab bo‘ldi. Tarixdan shu narsa ma’lumki, qaysi davlat va jamiyat tarixida bosqinchilik siyosati yurgizilgan bo‘lsa, o‘sha jamiyat odamlari psixologiyasida tobelik, diyonatsizlik, ixlossizlik ustun bo‘lavergan.

Mustaqillik psixologiyasi shundayki, unda har bir shaxs o‘zining erkin mehnati bilan o‘zi va o‘zgalar manfaati haqida birday qayg‘uradi, chunki har bir shaxs fidokorona mehnat qilmasa, tinimsiz izlanmasa, na o‘zining, na yaqinlarining, boshqalarning “kosasi oqarmaydi”, “biri ikki bo‘lmaydi”. Shuning uchun ham istiqlol yillarida O‘zbekiston fuqarolarining psixologiyasida, ularning qadriyatlarni idrok qilishlari va kundalik amallarida o‘z shaxsiy kamoloti, oilasi farovonligi, Vatan ravnaqi uchun nima qilish lozimligini ifodalovchi qarashlarida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlarni o‘rganuvchi psixologiya fani oldida ham qator dolzarb vazifalar turibdi.

Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida, makro hamda mikro bosqichlardagi ta’sirlarning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izladilar.

Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak.

Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasida birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi.

Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar).

Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki “top-toza taxta” (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri J.Lokk bo‘lib (1632-1704), uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil sezgilar va g‘oyalarning assosiasiyasi ro‘y beradi.
G.Leybnis (1646-1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o‘zi

bo‘lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do‘ngliklar yoki tug‘ma asoratlar bo‘ladi-ki, ular odamning sezish va bilish organlari vositasida anglanishi mumkin. Xuddi shunday, inson bolasi ham tug‘ilishdan muayyan belgilar, xususiyatlar bilan tug‘iladi-ki, ularni biz layoqatlar, iqtidor, genetik xususiyatlar, deb ataymiz. Aynan shu tug‘ma belgilar inson taqdirida ma’lum rol o‘ynaydi, lekin yetakchi, sezilarli ta’sirlar hayotning keyingi bosqichlarida, turli faoliyatlarni (o‘yin, o‘qish, mehnat va b.q.) amalga oshirish jarayonida bilinib, shaxs sifatlarini shakklantirishga xizmat qiladi.

Bu ikkala yirik yo‘nalish o‘rtasidagi tortishuvlarga chek qo‘yish maqsadida F.Galton qator eksperimental tadqiqotlar o‘tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini “egizaklar metodi”yordamida asoslashga harakat qildi. 3-jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan musiqaga layoqatlilik misolida keltirilgan.

Egizaklardagi musiqaga moyillikning korrelyasion ko‘rsatgichi ham yuqori bo‘lib (p=0,7), egizak bo‘lmaganlardan ancha farq qiladi (p=0,3-0,4).

Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo‘lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir qilishi yumshoq-tonal yoki keskir-tonal bo‘lmagan tillar misolida aniqlandi. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so‘zlashuvchi vetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.

Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning hamda egasi—sub’ekti hamda ob’ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o‘rganadiki, uni o‘sha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo‘limlarida ham o‘rganiladi. Har bir bo‘lim yoki tarmoq uni o‘z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo‘lgan muammolarni yoritadi.

Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.

Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o‘ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo‘ladigan turli shakldagi o‘zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni, avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo‘ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o‘rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo‘sinda sodir bo‘lishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya, ya’ni ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, bu ta’sirlarning shaxs hatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon

bo‘lishi ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar muammosi bilan bog‘liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo‘lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.

Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir.

Bu - shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir.Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixionalitik, bixevaristik kabilarni kiritish mumkin.

Quyida sanab o‘tilgan nazariyalar va ularning ayrim namayondalari tomonidan shaxsni rivojlantirishning prinsiplari to‘g‘risida qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlarining taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xalos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinantlariga qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o‘zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida sharxlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organnik taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g‘oya yotadi. Nemis psixologi V.Shterinning fikricha chaqaloq hali u odam emas, balki faqat sut emizuvchi hayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyoti jihatdan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshda esa odam xoliga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda xolatidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshdan kechiradi, kichik maktab yoshida o‘rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16-18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.

Biogenetik nazarining yirik namayondalaridan biri bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb “rekapitulyatsiya qonuni” ni hisoblaydi. Uning fikricha, antogenezdagi individual taraqqiyot kilogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go‘daklik hayvonlarga hos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg‘uloti bo‘lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig‘ida o‘sish davri o‘smiroldi yoshidan iborat bo‘lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolot cho‘qqisiga hamohangdir. O‘spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13 yosh) boshlanib to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar “bo‘ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolardan iborat bo‘lib, ularning kechishi davomida odamda “individuallik tuyg‘u”si vujudga keladi.

Shaxs rivojlanishining xar bir davrlarini olimlar psixologik talqin etar ekan, ularni individualligiga e’tiborni qaratadilar.Shaxs tushunchasi xaqida fikr yuritar ekanmiz , avvalo uning ta’rifini keltiramiz:

Shaxs – ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subekti bo‘lmish individdir.

Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obekt, ham subekt bo‘lishlikdir.

Shaxsga taalluqli bo‘lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib (obektni), so‘ngra shu ta’sirlarning subekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, ahloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‘lib, undagi ko‘plab qoidalarga ko‘pchilik mutloq qo‘shiladi, ba’zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo‘ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subekt bo‘lsa, jamiyat – ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.

Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar majmui ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, ahloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar,

din, san’at, madaniyat va boshq.) bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va e’tiqodiy dunyoqarashlar mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab va boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko‘tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, u shaxsning maslagiga aylanadi hamda u hayoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o‘qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo‘lib, elu-yurtiga xizmat qiladi.




    1. Download 0.58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat