OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI F ARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI Kimyo kafedrasi kimyo yo’nalishi 2- kurs 20.62-guruh talabasi ______________________________________________ “Fizik kimyo” fanidan
KURS ISHI “Eritmalarning qaynash harorati. Ebulaskopiya.” mavzusidagi
ILMIY RAXBAR: ILMIY DARAJASI VA LAVOZIMI:
FARG’ONA-2022
MUNDARIJA: I. Kirish.....................................................................................................................3 II. Asosiy qism..........................................................................................................6 1. Eritma haqida......................................................................................................8 2. Komponentlarning eritma ustidagi bugʻ bosimi............................................17 3. Eritmalarni muzlash va qaynash haroratlari.................................................24 4. Raul qonuni va tadbiqi......................................................................................27 5. Eritmalarning qaynash haroratini o’zgarishi.................................................35 III. Xulosa...............................................................................................................39 IV. Foydalanilgan adabiyotlar..............................................................................40
K IRISH Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo`lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi. Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tizimning moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim. Shu bois yig`ilishda “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Shu bilan birga sohaga inovatsiyalar umuman joriy qilinmagan, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilindi. Shuning uchun Koreya-kimyo texnalogiyalari ilmiy-tadqiqot institute (KRICT) bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot institute negizida ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan markaz barpo etishni tezlashtirishni zarurligini ta`kidladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020-yil 16- oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda “Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o`rtasida chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va ular bilan birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar o`tkazadi.
XX asrning boshiga kelib fizikaviy kimyo modda tuzilishi, kimyoviy termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyolarni o`rganuvchi fan sifatida namoyon bo`ldi. Yangi nazariy usullarning qo`llanilishi bilan atom, molekula va kristallarning tuzilishini tadqiqot qilish birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu sohada Rezerford tomonidan taklif qilingan atomning yadro tuazilishi (1911) va Bor (1913) tomonidan vodorod atomining birinchi miqdoriy nazariyasining yaratilishi juda katta yutuq bo`ldi. Kimyoviy bog`ning tabiati va molekulalarning tuzilishini o`rganish atom tuzilishini bilan birgalikda olib boriladi. 1920-yillarda Kossel va Lyuis kimyoviy bog`ning electron nazariyasini ishlab chiqdilar. 1927-yilda Geytler va London kimyoviy bog`ning kvant mexanik nazariyasini rivojlantirdilar. Keyinchalik atom tuzilishidagi kata kashfiyotlarga asoslanib, kvant mexanikasi va statistic fizikaning nazariy usullarini hamda rentgen, spektroskopiya, mass-spektrometriya, magnit usullari kabi tajribaviy usullarga asoslanib, molekula va kristallarning tuzilishini o`rganish va kimyoviy bog` tabiatini tushuntirishda katta yutuqlar qo`lga kiritildi. Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega va kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy kimyoning ishlab chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega., shu sababli ham, fizikaviy kimyo fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan. Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha moddaning aralashmasidir. Lekin har qanday aralashma ham eritma bo`la olmaydi.
“Fizikaviy kimyo” kursining ushbu bo`limida biz suyuqliklardagi, asosan, suvdagi eritmalarni o`rganamiz. Suyuqliklar labil, ya`ni harakatdagi muvozanatning mavjud bo`lishi bilan tavsiflanadi. Harorat pasayishi bilan bunday agregatlarning barqarorligi ortadi va kristallanish harorati yaqinida suyuqliklar kvazikristall tuzilishga ega bo`lib qoladi. Suyuqliklar bilan qattiq jismlar orasidagi o`xshashlik energetik nuqtai-nazardan ham tasdiqlanadi.
Eritmalarning xossalari ularning tarkibiy qismlari tabiatiga hamda miqdoriga ya`ni eritmaning tarkibiga bog`liqligini o`rganishda termodinamika usulidan foydalaniladi. Har bir suyuq va qattiq jism biror haroratda o`ziga xos qiymatdagi bug` bosimiga ega bo`ladi. Eritmalar bug`I bosimini ko`rib chiqishda , avval, uchuvchan bo`lmagan, ya`ni odatdagi haroratda bug` hosil qilmaydigan moddalardan foydalanamiz. Biz bu bobbda eritmalarning xossalari, eritma nazariyalari va hokazolar bilan tanishib chiqamiz. Kurs ishimizning mavzusi esa eritmalarning muzlash harorati, ya`ni krioskopiyaga bag`ishlangan bo`lib, shu mavzu bo`yicha tushuntirishlar va laboratoriya ishlari xulosalarini kurs ishida yoritishga harakat qildim.