O’zbekiston respublikasi



Download 1,33 Mb.
bet1/2
Sana17.12.2019
Hajmi1,33 Mb.
#30628
  1   2
Bog'liq
SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT
UNIVERSITETI





REPUBLIС OF UZBEKISTAN

MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY EDUCATION

KARSHI STATE
UNIVERSITY

IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI



SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH

maxsus kursidan

noiqtisodiy yo’nalishlardagi bakalavriat talabalari uchun
O’QUV QO’LLANMASI


Qarshi – 2010

M U N D A R I J A:
Kirish…………………………………………………………………………………………...3

1. «Soliqlar va soliqqa tortish» kursini o’qitishning zaruriyati, maqsad va vazifalari.

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari…………………………………………….4

2. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va soliq munosabatlari sub’ektlarining huquq

hamda majburiyatlari………………………………………………………………………...12

3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i…………………………………………….19

4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i……………………………………….26

5. Qo’shilgan qiymat soligi…………………………………………………………………...37

6. Aktsiz solig’i……………………………………………………………………………….39

7. Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq…………………………..42

8. Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i………………………………...48

9. Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq…………………………………………….56

10. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi……………………………………………....63

11. Mahalliy soliqlar va yig’imlar…………………………………………………………..78

12. Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar…………………………………………..82

Adabiyotlar…………………………………………………………………………………..88


Kirish
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to’lovlar davlat hazinasining asosiy daromad manbasi ћisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qonunchiligiga ko’ra belgilangan tartibda undiriladi. O’zbekiston Respublikasi bosh qomusi - mamlakat konstitutsiyasida ћam fuqarolarning burch va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashning majburiyligi belgilab qo’yilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarish uchun esa ћar bir fuqaro soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga doir yetarli darajada bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishlari lozim bo’ladi. Shuning uchun ћam oliy ta‘lim muassasalarining iqtisodiy yo’nalishda taћsil olayotgan talabalari bilan bir qatorda noiqtisodiy yo’nalishda taћsil olayotgan talabalari ћam soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga doir nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni egallashlari lozim bo’ladi.

Mazkur «Soliqlar va soliqqa tortish» maxsus kursi bakalavriat bosqichidagi noiqtisodiy ta‘lim yo’nalishida o’qitilayotgan talabalarga soliqlarning paydo bo’lishi, soliq munosabatlarining shakllanishi, ularning zarurligi, iqtisodiy moћiyati, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari, O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, soliq siyosati, soliq munosabatlarining ћuquqiy asoslari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining ћuquq va majburiyatlari ћaqida nazariy tushunchalar berishga, soliqqa tortish tartiblari, yuridik va jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar, jumladan, yuridik shaxslar foyda solig’i, jismoniy shaxslar daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, mol-mulk va yer solig’i, yagona yer solig’i, suv resurslari va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliqlar ћamda davlat maqsadli jamg’amalariga majburiy ajratmalar va yig’imlarni ћisoblash va byudjetga o’tkazish tartiblari bilan bog’liq nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalar berishga qaratilgan.

Soliqlar va soliqqa tortish maxsus kursini o’zlashtirgan talaba O’zbekiston soliq tizimida amaliyotda qo’llanilayotgan soliq turlari, soliqqa tortish tartiblari, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tushumlarining o’rni va aћamiyati, soliq majburiyati ћamda soliq ћuquqbuzarliklariga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari ћaqida tegishli ma‘lumotlarga ega bo’ladi.


Tuzuvchilar: “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari

1-mavzu: «SOLIQLAR VA SOLIOOA TORTISH» KURSINI O’QITISHNING ZARURIYATI, MAQSAD VA VAZIFALARI.

SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI
Reja:

1. Soliqlar va soliqqa tortish maxsus kursini o’qitishning zarurligi, maqsadi va vazifalari.

2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ob‘ektiv zarurligi

3. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar elementlari

4. Soliqlarni byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati

5. Soliqqa tortish tamoyillari va soliqlarning asosiy funktsiyalari.



Tayanch iboralar:

Soliq, majburiy to’lov, yig’im, soliq majburiyati, soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliq tizimi, soliq elementlari, soliq funktsiyalari.
1. Soliqlar va soliqqa tortish maxsus kursini o’qitishning zarurligi, maqsadi va vazifalari.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to’lovlar davlat hazinasining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qonunchiligiga ko’ra belgilangan tartibda undiriladi. O’zbekiston Respublikasi bosh qomusi - mamlakat konstitutsiyasida ham fuqarolarning burch va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashning majburiyligi belgilab qo’yilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarish uchun esa har bir fuqaro soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga doir yetarli darajada bilim va ko’nikmaga ega bo’lishlari lozim bo’ladi.

Bu kursni o’qitishning zarurligi bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o’sib borayotganligidan kelib chiqadi. Soliq va soliqqa tortish masxsus kursi soliq voqeliklarini (harakatlarini) chuqur o’rganish asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo’llarini o’rgatadi.

Har qanday fan yoki kurs o’zining predmetiga ega bo’lishi kerak. Soliq va soliqqa tortish maxsus kursining predmeti soliq harakatini o’rganishdir. Soliqqa tortishda soliq mexanizmi ishga solinadi. Uning harakatlanishi pul munosabatlari orqali sodir bo’ladi. Bu pul munosabatlari soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliq undiruvchi (oluvchi) davlat o’rtasida bo’ladi.

«Soliqlar va soliqqa tortish» maxsus kursini o’qitishdan maqsad talabalarda soliqlar va boshqa majbuiy to’lovlar to’g’risidagi tasavvurni hosil qilish va soliq to’lovchilardan undiriladigan soliq hamda majburiy to’lovlarning huquqiy asoslarini, soliq majburiyati, soliq nazorati, soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari bo’yicha bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.

Maxsus kurs oldiga qo’yilgan asosiy vazifalar soliqlarning mohiyatini, ularning zarurligini, soliq elementlari va funktsiyalarini, soliq siyosatini, soliqqa tortish va to’lash tartiblarini, xorijiy mamalakatlar soliq tizimlarini, soliq tizimining nazariy jihatlarini o’rgatish va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.


2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ob‘ektiv zarurligi

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Shu o’rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta‘kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma‘noda davlat ixtiyoriga soliq to’lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Demak, soliqlar bevosita davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, davlat o’zining vakolatiga kiruvchi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi ob‘ektiv zaruratdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub‘ektlar ham real sektorda faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshq.) ham mavjudki, ularning rivojlanishi soliqlarning ob‘ektiv tarzda amal qilishini ob‘ektiv zaruriyatga aylantiradi.

Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta‘minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.

Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba‘zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta‘minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni mablag’ bilan ta‘minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi, bundan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta‘minlanganlarga moddiy yordam ko’rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a‘zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag’ sarflaydi, qolaversa, fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ob‘ektiv zarur qilib qo’yadi.

Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’-larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Ma‘lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo’lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishli, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.

Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni ifoda etuvchi kategoriyadir. Soliqlar to’g’risidagi qarashlar tarixan ob‘ektiv va sub‘ektiv omillarning ta‘sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta‘riflarni tahlil qilish, ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo’lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan soliqlarning tutgan o’rnini aniqlash zarurdir. Chunki davlat paydo bo’lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblanib kelgan. Davlat tuzilishi shakllari rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o’zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o’zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig’ib olish usullari xilma-xil bo’lganligi bilan asoslanib kelgan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.

Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo’lgan majburiy to’lovlar sifatida vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko’rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqgisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.

Soliqni to’lash xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar va fuqarolar bilan davlat o’rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror-bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar byudjet daromaddari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo’libgina qolmay, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag’batlantirishda investitsiyalarni ko’paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko’paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bog’liq bo’lgan bozor infratuzilmasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy byudjetlar daromadini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta‘sir ko’rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi.


3. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar elementlari

Soliqqa tortish tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda ifodalanadigan tushunchalar bo’lib, ular soliq to’lovchilar va davlat byudjeti o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.

Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to’liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarning har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushuncha hisoblanadi. Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning o’zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya‘ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarning yaxlit holdagi harakatini bildiradi.

Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo’lib, ularning asosiylari soliq sub‘ekti, soliq agenti; soliq solish ob‘ekti, soliq solish predmeti, soliq manbai, soliq solish bazasi, soliq solish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, soliq solish usullari, soliq davri, soliqni to’lash muddatlari va tartiblari, soliq yuki kabi tushunchalarni qamrab oladi.



Soliq sub‘ekti – soliq to’lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning o’zaro majmuasi bo’lib, unda bir tomondan soliq to’lovchilar, boshqa. tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari qatnashadi. O’z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaxslar soliq sub‘ekti sifatida namoyon bo’lmaydi. Chunki bu yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq sub‘ekti sifatida soliq munosabatlarida ishtirok etmaydi.

Soliq agenti— yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolib, davlat byudjetiga o’tkazib beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o’z faoliyatida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar, ya‘ni yuridik va jismoniy shaxslarning korxonada o’z mehnati, investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida olgan daromadi (foydasi)dan soliqlarni ushlab qoladi va davlat byudjetiga o’tkazib beradi. Soliq agentlari davlat byudjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollash natijasida to’lanadigan ish haqidan, dividendlardan, doimiy muassasaga ega bo’lmagan norezident yuridik va jismoniy shaxslardan to’lanishi lozim bo’lgan soliq summalarini ushlab qoladi va byudjetga o’tkazib beradi. Ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o’z vaqtida o’tkazib berilmagan soliq summasi uchun qonunchiliqda belgilangan moliyaviy, ma‘muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq sub‘ekti bo’lishi bilan birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy adabiyotlarda asosan fiskal agent sifatida qayd etiladi.

Soliq solish ob‘ekti— soliq to’lovchining soliq hisoblanadigan va soliq solish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq solish ob‘ektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq solish ob‘ekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma‘naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo’li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq sub‘ektlarining huquqlariga soliq solishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma‘naviy boyliklarga mulkiy huquqqa ega bo’lgandagina soliq solish ob‘ekti yuzaga keladi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliq sub‘ekti mavjud emas, vaholanki, bo’lgan taqdirda ham soliq solish ob‘ekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo’lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq solish ob‘ekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.

Soliq solish predmeti— soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo’lgan huquq emas, balki ularning o’zidir, ya‘ni soliq solish ob‘ekti bo’lib biror-bir soliq predmetiga bo’lgan huquq tushunilsa, predmet bo’lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o’zi tushuniladi. Soliq solish ob‘ekti yoki soliq solish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo’lsa, unda soliqni to’lash majburi-yati, ya‘ni soliq sub‘ektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliq solish predmetiga egalik qilish xuquqi soliq ob‘ektini vujudga keltirsa, o’z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq sub‘ektini yoki soliq to’lovchini namoyon etadi.

Soliq manbai — bu soliq to’lovchi to’laydigan soliqlar manbai, ya‘ni daromadi. Soliq solish ob‘ekti va soliq manbaini bir-biridan farqlash lozim bo’ladi. Ayrim soliq turlari, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo’yicha soliq solish ob‘ekti ham, soliq manbai ham bir xil bo’ladi, ya‘ni nima ob‘ekt bo’lsa, uning o’zi manba hisoblanadi.

Soliq solinadigan baza — soliq solish ob‘ektining soliq stavkasi qo’llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo’llaniladigan ob‘ektning miqdoriga ham bog’liq. Soliq solinadigan bazaning miqdori qonunchiliqda soliqqa tortilishi lozim bo’lgan soliq solish ob‘ektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin. Soliq solish bazasini soliq to’lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi.

Soliq solish birligi — bu ob‘ektning o’lchov birligi, masalan, daromad yoki mol-mulk solig’ida ob‘ektning o’lchov birligi sifatida uning so’mdagi bahosi ifodalansa, yer solig’ida o’lchov birligi bo’lib kv.m yoki gektar hisoblanadi.

Soliq stavkasi— soliq solinadigan bazaning o’lchov birligiga nisbatan qonunchilik tomonidan belgilab qo’yilgan me‘yordir. Soliq stavkalari foizlarda yoki mutlaq summada belgilanishi mumkin. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko’p amaliy ahamiyatga ega bo’lgan unsurdir. Chunki soliq stavkalarini o’zgartirish orqali davlat xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatiga ta‘sir etadi.

Soliq imtiyozlari — soliq to’lovchilarga soliqlar bo’yicha turli xil yengilliklar bo’lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to’liq yoki qisman va boshqa ko’rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi - soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek soliq imtiyozlaridan kelib chiqib, soliq summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.

Soliq solish usullari uch xil ko’rinishda amalga oshirilib, ular quyidagilarga: soliq solishning kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliq solish usullariga ajratiladi.

Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq miqdori hisoblab chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin. Hisobot davrlari yakunlanganda soliq hisobotlarini taqdim etish lozim bo’ladi. Joriy avans (bo’nak) to’lovlarini to’lash davri hisobot davri bo’lmaydi.

Soliqlarni to’lash muddatlari va tartibi. Soliq qonunchiligida har bir soliq turini byudjetga to’lash muddati belgilangan. Soliqni to’lash muddatlari deganda soliq to’lovchilarning davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarini bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to’lash muddatlari o’z mohiyatiga ko’ra ikki xil ko’rinishga ega: joriy avans (bo’nak) to’lovlari va haqiqiy daromad olingandan keyingi to’lovlar.

Soliqni to’lash tartibi esa soliqning yo’naltirilganligi (byudjetga yoki byudjetdan tashqari fondlarga), soliqni to’lash vositasi (milliy valyuta – so’mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valyutasida. O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valyuta – so’mda to’lanishi mumkin) hamda soliqni to’lash shakllarida (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.



Soliq yuki – soliq to’lovchi muayyan vaqt oralig’idagi faoliyati natijasida to’lagan soliqlarining yig’indisini ifodalaydi. Bunda soliq to’lovchilar to’laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to’lovchilar zimmasiga qancha to’g’ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to’g’ri (bevosita) soliqlarda soliq og’irligi aynan soliqni byudjetga hisoblab o’tkazuvchi soliq to’lovchilar zimmasiga tushsa, egri (bilvosita) soliqlarda esa soliq yuki soliqni to’lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste‘mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo’yicha soliq yukini bir yilda byudjetga to’langan barcha majburiy to’lovlar yig’indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko’rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko’rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig’ida davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yig’indisining ana shu vaqt oralig’ida yaratilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to’g’ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan sub‘ektga to’g’ri keladigan soliq yuki ifodalanadi.
4. Soliqlarni byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati.

Soliqlar davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta‘minlashning asosiy iqtisodiy vositalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlar muhim o’rin tutadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan o’zviy bog’liq bo’lib, soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida egri va to’g’ri soliqlarning o’rni quyidagi jadvallarda o’z aksini topgan.

Quyidagi 1.1-jadvalda O’zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida to’g’ri soliqlarning tarkibi va undagi o’zgarishlar ko’rib chiqilgan.

Keltirilgan ma‘lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, to’g’ri soliqlarning jami byudjet daromadlaridagi salmog’i 2002-2005 yillar davomidagi davrda barqaror o’sishga ega, 2006 yil va 2007 yillarda ushbu salmoqning kamayib borganligini ko’ramiz. Buning asosiy sababi ushbu yillarda asosiy to’g’ri soliqlardan hisoblangan foyda solig’i va yagona soliq to’lovi stavkalari kamaytirib borilgan. Lekin umumiy holatda 2002-2007 yillar mobaynida to’g’ri soliqlarning mamlakat davlat byudjeti daromadlaridagi salmog’i 8,0 punktga o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan.


1.1-jadval

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida to’g’ri soliqlarning o’rni (foizda)








Ko’rsatkichlar


Yillar



2007 yilda 2002 yilga nisbatan o’zgarishi,

punktda


2002

2003

2004

2005

2006

2007

1

Davlat byudjeti daromadlari — jjjjjjjjamijami


100

100

100

100

100

100

X

2

Shu jumladan: to’g’ri soliqlar


36,8

37,5

39,7

49,5

46,3

44,8

8,0

Bu esa xalqaro byudjet amaliyotida shakllangan tendentsiyalar nuqtai nazaridan qaralganda ijobiy holat hisoblanadi. Chunki mazkur tendentsiyalarga muvofiq, bozor iqtisodiyoti sharoitida to’g’ri soliqlarning davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmog’i barqaror tarzda saqlab turilishi yoki o’sish tendentsiyasiga ega bo’lishi lozim.

Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji, jismoniy shaxslarning transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliqlari kiradi.

2002-2007 yillar mobaynida egri soliqlarning O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmidagi salmog’i kamayish tendentsiyasiga ega bo’lishiga qaramay, mamlakatimizda byudjet daromadlarini shakllantirishning asosiy manbasi hisoblanadi (1.2-jadval).


1.2-jadval

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning o’rni (foizda)







Ko’rsatkichlar



Yillar


2007 yilda 2002 yilga nisbatan

o’zgarishi, punktda


2002

2003

2004

2005

2006

2007

1

Davlat byudjeti daromadlari — jami


100

100

100

100

100

100

X

2

Shu jumladan: egri soliqlar


54,6

57,8

56,0

46,4

47,0

47,4

-7,2

Chunki qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i iqtisodiy kon‘yunkturaning o’zgarishlariga bevosita bog’liq bo’lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo’yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlari o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i kabi barqaror daromad manbalarini, byudjet daromadlarini uzluksiz ta‘minlashni taqozo qiladi.

Yuqorida aytib o’tilganidek, to’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir.

Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSH, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog’i 40 foizdan yuqori bo’lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko’rsatkich 50 foizdan yuqori bo’lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSH, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko’rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi.
5. Soliqqa tortish tamoyillari va soliqlarning asosiy funktsiyalari.

Soliq solish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliq solish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Soliq solish tamoyillarini A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor asoslab bergan va unda Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o’zlari xukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.

Har bir odam to’laydigan soliq aniq belgilab qo’yilgan bo’lishi kerak, bunda o’zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to’lanadigan vaqti va tartibi uni to’lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma‘lum bo’lishi zarur.

Har bir soliq to’lovchiga har jihatdan qulay bo’lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.

Har bir soliq shunday tarzda o’rnatilishi kerakki, bunda soliq to’lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag’ga nisbatan ortiq bo’lishiga mumkin qadar yo’l qo’yilmasin, deb ta‘kidlab o’tilgan.

Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliq solish tizimining quyidagi tamoyillarini keltirib o’tish mumkin: Soliq solishning yetarlilik tamoyili. Soliq solishning yetarlilik tamoyiliga muvofiq soliq solish darajasi shunday bo’lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo’jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliya resurslari to’planishini ta‘minlashi lozim. Shuni ham ta‘kidlab o’tish lozimki, soliq stavkalari soliq yuki ko’rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to’lovchi soliq to’lar ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo’lgani holda ayni chog’da o’zining ba‘zi xarajatlarini qisqartiradi. Umuman olganda, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat‘iy ravishda uyg’unlashtirishni taqozo etadi.

Sohibqiron Amir Temur o’zining “Tuzuklari”da soliqqa tortishning to’rt tamoyilini ishlab chiqqan. Professor H. Sobirovning fikricha Amir Temur Adam Smit ko’rsatib o’tgan to’rt tamoyilni undan to’rt asr avval aytib o’tgan. Jumladan, amalda hosil yig’ib olinganidan so’ng soliq solinishi zarurligi, bunda so’g’oriladigan yerlardan xazinaga hosilning uchdan bir qismi, so’g’orilmaydigan maydonlardan esa to’rtdan bir qismini undirish kerakligini ta‘kidlaydi. Shuningdek, daromadlarni haddan ortiq soliqlar bilan qamrab olmaslik xususida gapirib o’tadi.

XVIII asrda yashab ijod etgan ingliz iqtisodchisi Adam Smitning “Xalqlar boyligi va uning tabiati” asarida keltirilgan tamoyillar quyidagilar:



1. Soliqqa tortishning adolatparvarlik tamoyili. Bu tamoyil soliqqa tortishning ommaviy bo’lishini va soliqlarning fuqarolar daromadlariga qarab taqsimlanishini ifoda etadi.

2. Soliqqa tortishning aniqlik tamoyili. Bu tamoyilga asosan har bir soliq to’lovchiga soliqlarni hisoblash usuli to’lash vaqti oldindan ma‘lum bo’lishi kerak.

3. Soliqqa tortishning qulaylik tamoyilisoliq to’lovchilar uchun soliq to’lash eng qulay bo’lgan muddatlarda va usullarda undirilishi kerak.

4. Soliqqa tortishning arzonligi tamoyili. Bu soliqlarni undirishga doir harajatlarning eng kam miqdorda bo’lishi kerakligini anglatadi.

Yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar “Temur tuzuklari”da, o’sha davr xususiyatlarini ko’zda tutib, shakl jihatidan boshqacha ifodalangan bo’lsada, mazmun jihatidan ularning bir-biriga mosligini tushunish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 5-, 11-moddalarida soliqqa tortishning quyidagi tamoyillari belgilab qo’yilgan: soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi.

Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeksda belgilangan printsiplarga zid bo’lishi mumkin emas.



Soliq solishning majburiyligi printsipibu har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart.

Hech kimning zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.



Soliq solishning aniqligi printsipi - soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar aniq bo’lishi kerak. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari har bir soliq to’lovchi qaysi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, qachon, qancha mikdorda hamda qay tartibda to’lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo’lishi kerak.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilashda, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari aniqlangan bo’lishi kerak.



Soliq solishning adolatliligi printsipi - soliq solish umumiydir.

Soliklar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo’lishi kerak. Soliklar va boshka majburiy to’lovlar bo’yicha yakka tartibdagi xususiyatga ega bo’lgan imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Soliqlar va boshka majburiy to’lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo’llanilishi mumkin emas.

Soliq tizimining yagonaligi printsipi - soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagonadir.

O’zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l ko’yilmaydi.



Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipi - soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e‘lon qilinishi shart.

Barchaning e‘tibori uchun rasmiy e‘lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan xujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko’rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanktsiyani qo’llashga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin emas.



Soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi - soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga talqin qilinadi.

Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o’xshashlikka ega va ularni to’liq hayotga tatbiq etish milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.

Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko’rsatadi. Demak, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko’rsatib turishi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar quyidagi beshta asosiy funktsiyani bajaradi:

- soliq hisobining fiskal funktsiyasi;

- qayta taqsimlash funktsiyasi;

- rag’batlantirish funktsiyasi;

- soliq hisobining nazorat funktsiyasi;

- soliq hisoblash jarayonini axborot bilan ta‘minlash funktsiyasi.

Soliqlarning asosiy — fiskal funktsiyasi - shundan iboratki, ular yordamida pul resurslarining markazlashgan fondi yuzaga keladi, ular davlat apparati, kurolli kuchlarni ta‘minlab turish, muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarish uchun mamlakat Hukumatining ixtiyorida bo’ladi. Soliklar fiskal funktsiyasining muhim jihati eng muhim umumdavlat xalq xo’jaligi vazifalarini hal etish uchun korxonalar va fuqarolar tomonidan olingan daromadlar bir qismini soliq to’lovlari sifatida undirish orqali korxonalar va fuqarolar tomonidan olingan daromadlar bir qismini soliq to’lovlari sifatida undirish orqali davlat byudjetining daromad qismini shakllantirishidadir.

Bozor munosabatlari tarkib topayotgan va rivojlanayotgan sharoitda soliqlarning iqtisodiyotdagi boshqaruvchilik vazifasi ularning muhim funktsiyasi hisoblanadi, negaki soliqlar yordamida Davlat tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy sharoitlarini boshqaradi, shu orqali xalq ho’jaligi iqtisodiy faoliyatining ma‘lum soliq muhitini yaratadi.



Soliqlarning qayta taqsimlash funktsiyasi kelib tushadigan soliqlardan hosil bo’luvchi pul resurslarining davlat fondv (davlat byudjeti) orqali davlat olingan daromadlarni qayt| taqsimlashini: bir qismini ishlab chiqarish va ijtimosh infratuzilmani rivojlantirishga, bir qismini ustivor tarmoklarga investitsiya qo’yishga yo’naltirishga anglatadi.

Rag’batlantirish funktsiyasi — soliq tizimining muhim funktsiyalaridan biri bo’lib, ishlab chiqarishning rivojlanishiga, moddiy — xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslari, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga faol yordam beradi, ya‘ni soliq yukini yengillashtirish orqali ishlab chiqarishning rivojlanishini rag’batlantirish moliyaviy holatni yaxshilash va invistitsion faoliyatni jonlantirish mumkin. Xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston qonun hujjatlari bilan investitsiyalar jalb etish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, sarmoya yo’qotish xavfini qisqartirishga qaratilgan keng miqyosli kafolatlar va soliq imtiyozlari berilgan.

Nazorat funktsiyasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq ko’rsatkichlari hisob-kitoblarini, ya‘ni soliqqa tortish ob‘ekti, soliq solinadigan baza, imtiyozlar va boshqalarni tekshirish kabi murakkab jarayondan iborat. Soliq organlari belgilangan soliq — hisob shakllari orqali soliq to’lovchilarning o’z soliq majburiyatlarini bajarishlari ustidan yanada samarali nazorat va kuzatuvni amalga oshirdilar.

Soliq hisoblash jarayonini axborot bilan ta‘minlash funktsiyasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishga majbur bo’lmagan shaxslarning soliq majburiyatlarini to’g’ri hisoblash uchun zaruriy soliq axborotini to’plash va ishlov berish imkonini beradi. Jismoniy shaxslar buxgalteriya hisobini yuritishga majbur emasliklari tufayli barcha hisob funktsiyalari soliq organiga yuklatiladi.
Takrorlash uchun savollar:

1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati deganda nimani tushunasiz?

2. Soliqlarning ob‘ektiv zarurligi nimalarda ko’rinadi?

3. Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi?

4. Soliq solish ob‘ekti nima?

5. Soliq agenti deganda kimlarni tushunasiz?

6. Soliq solish tamoyillarini kim ilk bora asoslab bergan?

7. Soliq solishning yetarlilik tamoyili mohiyatini ochib bering.

8. Soliq solishning adolatlilik tamoyili nima va siz uni qanday tushunasiz?

9. Soliq solishning boshqarishga qulaylik tamoyili mohiyati nimada?

10. Soliq solishning soliqlarni yig’ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili deganda nimani tushunasiz?

11. Soliq kodeksining qaysi moddasida soliq solish tamoyillari keltirilgan?

12. Soliqlarning funktsiyalarini tushuntiring.

2-mavzu. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ MUNOSABATLARI SUB‘EKTLARINNIG HUQUQ HAMDA MAJBURIYATLARI
Reja:

1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi

2. Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari

3. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’llari


Tayanch iboralar:

Soliq kodeksi, huquq, majburiyat, vakolat, egri soliq, to’g’ri soliq, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar, soliq to’lovchilarning huquqlari, soliq to’lovchilarning majburiyatlari.
1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi

Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimini bir-biridan farqini bilish zarur. Soliqlar tizimi mohiyati jihatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillar yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o’z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil etish masalalarini o’rgatadi. Bu tizimning roli va tuzilishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi.

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta‘rif soliq tizimini keng ma‘noda tushunish demakdir.

O’zbekiston Respublikasi Soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimidan iborat.

Soliq Kodeksining 23-moddasida e‘tirof etilganidek, O’zbeksiton Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlarni va majburiy to’lovlarni quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish mumkin.

Soliqlar soliq solish ob‘ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:



1. Oborotdan olinadigan soliqlar.

2. Daromaddan olinadigan soliqlar.

3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.

4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to’lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi.

Mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i kiradi.

Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig’i va yuridik (noqishloq xo’jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.

Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri (bilvosita) va to’g’ri (bevosita) soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya‘ni soliqning huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to’lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.

To’g’ri soliqlarda to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog’liqdir.

Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og’irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat)ni iste‘mol qiluvchilar, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste‘molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo’shimcha ravishda qo’yiladi.

Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo’lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi.



Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

3) qo’shilgan qiymat solig’i;

4) aktsiz solig’i;

5) yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Umumdavlat soliqlari har yili O’zbekgiston Republikasi Prezidentining keyingi moliya yili utun makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va davlat byudjeti bo’yicha chiqadigan qarori asosida belgilangan normativlar bo’yicha tegishli mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi;



7) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:

- yagona ijtimoiy to’lov.

Bu to’lov o’z navbatida quyidagi jamg’armalarga taqsimlanadi:



- pensiya jamg’armasiga, bandlik jamg’armasiga va kasaba uyushmasi jamg’armasiga;

- fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’ar-masiga sug’urta badallari;

- byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar;

8) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar:

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;

9) davlat boji.

Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to’lovdir. Bunday vakolatli muassasalarga misol qilib sud va notarial idoralarni, O’zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va uning konsullik muassasalarini keltirish mumkin. Davlat bojining stavkalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;



10) bojxona to’lovlari.

Bojxona organlari bojxona ishini amalga oshirishda belgilangan tartibda bojxona to’lovlarini undiradi. Bojxona to’lovlarining quyvdagi turlari mavjud:

bojxona boji;

import qilinayotgan tovarlar uchun undirilagan qo’shilgan qiymat solig’i;

import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aktsiz solig’i;

bojxona yig’imlari.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan umumdavlat soliqlari:

11) yagona soliq to’lovi;

12) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat‘iy belgilangan soliq.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:

1) mol-mulk solig’i;

2) yer solig’i;

3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im;

6) yagona yer solig’i (soddalashtirilgan tartibdagi soliq)

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lovchisi bo’lib O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat‘i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Mol-mulk solig’i va yer solig’i O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan joriy etiladi va: uning butun hududida undiriladi.

Ushbu soliq stavkalarining miqtsori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan joriy etiladi. Ushbu soliqlar va yig’imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining butun hududida ayrim mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni umumiy, qat‘iy stavkalarda belgilashi mumkin.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar stavkalari soliq to’lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlarning miqdorlari, ularni undirish tartibi, ular bo’yicha qo’shimcha imtiyozlar taqdim etish Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Yuridik shaxslar tomonidan byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar hisobi hisobvaraqlarida mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar har bir turi bo’yicha yuritiladi.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning o’z vaqtida to’lanishi, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik soliq va boshqa majburiy to’lovlarni to’lovchilar zimmasiga yuklanadi.

Mahalliy soliq va boshqa majburiy to’lovlar to’lanishining tasdig’i bo’lib amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank muassasasi yoki vakolatli organ bergan hujjat hisoblanadi.

Soliklarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to’lovlarga ega bo’lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni, jumladan, sog’liqni saqlash, maorif, fan, mudofaa, xavfsizlikni saqlash, aholi ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator shu kabi strategik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham, soliqlari ham salmoqli bo’lishni talab etadi. Qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, yer qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslar daromadidan olingan soliqlar respublika byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma tushishi mumkin. Bordi-yu, ajratma yetmasa, subventsiya yoki subsidiya beriladi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo’lib, ular byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlar hisoblanadi.

Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib beriladi. Mahalliy hokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo’lganligidan ijtimoiy masalalarni, jumladan, maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonlashtirilishi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos.

Shuning uchun ham mahalliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahalliy soliklarning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi va ulardan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.

Mahalliy byudjetlarning soliq va boshqa majburiy to’lovlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning daromad va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani yechishda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar beriladi (masalan, qo’shilgan qiymat solig’idan, aktsiz solig’idan va boshqalar).
2. Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari

Soliq to’lovchilarning huquqlari. Amaldagi Soliq kodeksiga ko’ra soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:

Soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo’yicha axborot va maslahatlar olish.



Soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar o’zlari ro’yxatdan o’tgan quyi davlat soliq xizmati organlariga borib, byudjet oldidagi o’z majburiyatlarini xatolarsiz bajarish maqsadida tegishli axborotlarni yoki maslahatlarni bepul olish imkoniyatlariga ega.

Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish.

Soliq to’lovchilar nafaqat Soliq kodeksida, balki Vazirlar Mahkamasining yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlarida ko’zda tutilgan imtiyozlardan ham foydalanish huquqlariga egadirlar. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish yuzasidan Qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 1047-sonli qaroriga asosan 2012 yil 1 yanvariga qadar bo’shaydigan mablag’larni ishlab chiqarish korxonalarini texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o’zlashtirishga, shuningdek xom ashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yo’naltirish sharti bilan asosiy faoliyat turi bo’yicha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini 50 foizga kamaytirilgan stavkada to’lash bo’yicha imtiyoz berilgan.

Byudjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasini qaytarish to’g’risida yozma ariza bilan murojaat qilish.



Byudjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 ish kuni ichida soliq to’lovchilarga qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va yig’imlardan qarzi mavjud bo’lgan holda o’sha qarzni qoplashga yo’naltirilishi imkoniyati paydo bo’ladi.

Soliklar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha byudjet oldidagi o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma‘lumotlar bilan tanishish.



Bunga muvofiq soliq to’lovchilar quyi soliq idoralaridan xo’jalik va moliyaviy faoliyatlariga tegishli bo’lgan soliq solish masalalari bo’yicha maslahat olish va ma‘lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga egadirlar.

Soliq organlari o’tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi bo’lgan taqdirda soliq organiga o’zining yozma e‘tirozlarini o’n kunlik muddat ichida taqdim etish.

Soliq to’lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan tekshirilganda aniklangan xato va kamchiliklar, qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar to’g’risida tuzilgan dalolatnoma korxona mansabdor shaxslariga (bosh hisobchisiga) tanishtirilishi shart. Tekshirish natijalarini korxona rahbariyati noto’g’ri deb hisoblashi hamda e‘tiroz bildirishi ham mumkin. Bunday holatda soliq to’lovchi soliq idorasi rahbariyati nomiga yoxud yuqori soliq idoralariga yozma murojaat qilishi mumkin. Soliq idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo’lib, ushbu komissiya tomonidan soliq to’lovchilarning yozma e‘tirozlari bir oy muddat ichida ko’rib chiqiladi va natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda tekshirish natijasida soliq to’lovchiga nisbatan qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda moliyaviy jarimalarni byudjetga undirish to’xtatilmaydi.

Soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat qilish.



Soliq organlari o’zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ayrim hollarda soliq to’lovchilarning e‘tirozlarini keltirib chiqarishi yoki ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini soliq to’lovchi qonunga zid deb hisoblashi va ularga barham berish maqsadida yuqori soliq organlari (Davlat soliq boshqarmasi, Davlat soliq qo’mitasi)ga yoxud sudga shikoyat bilan da‘vo qilishi mumkin. Bunday holat amaliyotda ba‘zida uchrab turadi.

Soliq solish ob‘ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda guzatish.

Soliq to’lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq idoralariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so’ng xato va kamchiliklarni aniklashsa, uni tuzatib, darhol soliq idoralariga soliq hisob-kitoblarini qayta topshirishlari lozim bo’ladi. Aks holda qonun oldida javob berishlariga to’g’ri keladi.

Soliq to’lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.



Soliq to’lovchilarning majburiyatlari. Soliq kodeksiga ko’ra soliq to’lovchilar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:

Belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro’yxatdan o’tish, pochta manzili o’zgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta ro’yxatdan o’tkazilgan taqdirda ham) bu haqda soliq organlarini o’n kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish.



Soliq to’lovchilar amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat ro’yxatidan o’tgandan so’ng albatta quyi soliq idoralaridan ham ro’yxatdan o’tishi va tegishli ravishda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR)ni olishi shart. STIR Davlat soliq qo’mitasi tomonidan markazlashgan tartibda ro’yxatga olinadi va soliq to’lovchilarga quyi soliq idoralari tomonidan yetkaziladi.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tegishli summasini o’z vaqtida va to’liq hajmda to’lash.



Soliq to’lovchilar hisobot davrida hisoblangan soliqlar va yig’imlarni o’z vaqtida, to’liq miqdorda byudjetga to’lab berishlari shart. Aksincha, soliq idoralari tomonidan o’z vaqtida byudjetga o’tkazilmagan soliqlar va yig’imlar summasiga nisbatan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,05 foiz miqdorida jarima (penya) hisoblanadi. Hisoblangan penya miqdori korxonaning sof foydasi hisobidan qoplanadi.

Buxgalteriya hisobini va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish.



Korxona o’zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini yuritishda qonunchilik bilan belgilab berilgan hisob va buxgalteriya hisobi hujjatlarini yuritishga majburdir. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tegishli qonunchilik normalari asosida amalga oshiriladi.

Moliyaviy hisobotni, soliqlar bo’yicha hisob-kitoblarni yoki daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish.

Soliq to’lovchilar har bir soliq turi bo’yicha hisob-kitoblarini belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan soliq idoralariga taqdim etadi. Aks holda korxonaga va korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan moliyaviy va ma‘muriy jazo choralari qo’llaniladi.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq hujjatlar va ma‘lumotlarni, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish.

Soliq to’lovchilarga Soliq kodeksida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida yoki boshqa qonun hujjatlarida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan imtiyozlar ko’zda tutilgan holda, ular imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi tegishli qonun hujjatlarini quyi soliq idoralariga taqdim etishlari shart. Imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo’lgandagina ular imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslari daromad olish yoki soliq solish ob‘ektlarining saqlanishi bilan bog’liq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish.

Nazorat organlari faoliyatini muvofiklashtiruvchi respublika kengashining tekshiruv rejasiga asosan davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilar faoliyati tekshirilganda korxonalar soliq solish ob‘ekti bilan bog’liq bo’lgan barcha ob‘ektlarini ko’zdan kechirish va tekshirishga sharoit yaratib berishlari lozim. Aks holda soliq idoralarining qonuniy talablari bajarilmagan hisoblanadi va ularga nisbatan qonunchiliqda ko’zda tutilgan tegishli jazo choralari qo’llaniladi.

Soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to’g’risidagi talablarini bajarish.

Soliq idoralari tomonidan o’tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yoki ularning boshqa vakolat doirasidagi qonuniy talablari soliq to’lovchilar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Soliq to’lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida o’z zimmalariga yuklatilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo’lishlari mumkin.


3. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’llari

Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy—moliya siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir va unga bog’liq holda olib boriladi, chunki soliq munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir.

Soliq siyosati davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish, qonun, farmon va qarorlar ijorosini ta‘minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’ladi va uni amalga oshiradi.

Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish moliya — iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor iqitisodiyotini boshqarishga har tomonlama tag’sir ko’rsatadi.

Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarningtarkibiy qismi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarilishi lozim.

Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga katta e‘tibor berilishini alohida ta‘kidlash lozim:



1. Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni har tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish.

2. Umumdavlat ijtimoiy zaruriy vazifalarni bajarish uchun davlatni zarur bo’lgan moliyaviy manbalar, mablag’lar bilan ta‘minlash.

3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlikni bartaraf etish, ishsizlarni ish bilan ta‘minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish.

4. Aholi turmush darajasini zaruriy me‘yorda saqlab turish imkonini izlash va ta‘minlash.

Soliqlardan kompleks foydalanish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishga, xo’jaliklar va aholini tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulning qadrsizlanish jarayonini (inflyatsiyasini) jilovlab turishga imkon beradi. Pulning qadrsizlanishiga qarshi choralar ko’rish kam sarflab, topilgan daromadaarga soliq progressiyasini oshirish bilan ham amalga oshiriladi.

Soliqlar davlat faoliyatlarining moliyaviy manbai bo’lganligi tufayli soliq siyosatini ishlab chiqishning tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchini, idoralarni jalb qilib, uni ishlab chiqadi.

Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqishi va rivojlanish tarixini chuqur o’rganishi lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi mutaxassislar va jamoatchilik o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu yerda hech qachon bir sohaning mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha mutaxassislari o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari yoki bila olmasliklari mumkin.

Shunday ekan, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to’liq hayotga tatbiq qilishning tashkilotchilik va boshqaruvchilik rolini bajaradi. Davlatning soliq siyosatini faol yuritish bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tish va uning munosabatlarini har tomnlama rivojlantirishning muhim omilidir.

Hozirgi davri soliq siyosatining asosini Respublikamiz Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va jahon amaliyotida tan olingan iqtisodiy taraqqiyotning besh tamoyili tashkil etadi. Ana shu tamoyillarga tayangan holda respublikamizda soliq sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan soliq siyosatining ikki yo’nalishi mavjud bo’lib, ular quyidagilar hisoblanadi.



1. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularni moliyaviy mustaqilligi, erkin baho belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokratik asosda soliqlarni undirishny tashkil etish zarurdir. Hozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, eksportbop, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomondan tovar bahosini oshirib sotgan hodda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur.

2. Soliq siyosatida aholining turli xil guruhlariga nisbatan xilma -xil yondashish zarurdir. Nochor, kam ta‘minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko’p daromad oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir.

Soliq siyosatini amalga oshirishda uning strategiyasi va taktikasining asoslangan bo’lishiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Soliq strategiyasi uzoq yillarga mo’ljallangan, soliq munosabatlaridagi muhim yo’nalishlar bo’yicha chora - tadbirlarning majmuasini ko’rsatuvchi uzoq yillik rejadir.

Soliq taktikasi esa soliq strategiyasining har bir ma‘lum davr (yil, chorak) da amalga oshirilshi lozim bo’lgan aniq tadbiriy choralar ko’rsatiladigan qisqa mudldtli rejadir. Taktika strategiyadan kelib chiqishi lozim.
Takrorlash uchun savollar

1. Soliqqa tortish ob‘ektiga qarab soliqlar qanday guruhlanadi?

2. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab qanday guruhlanadi?

3. To’g’ri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi va u nima uchun to’g’ri soliq deb ataladi?

4. Egri soliqlar tarkibiga qanday soliqlar kiradi?

5. Soliqlar tizimi deganda nimani tushunasiz?

6. Umumdavlat soliqlari tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?

7. Mahalliy soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?

8. Qaysi mahalliy soliqlar O’zbekiston Respublikasinin butun hududida undiriladi?

9. Byudjetdan tashqari jamg’armalarni sanab bering.

10. Yagona ijtimoiy to’lov qaysi jamg’armalar o’rtasida taqsimlanadi?

11. Soliq to’lovchilar qanday huquqlarga ega?

12. Soliq to’lovchilar qanday majburiyatlarga ega?

13. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning tegishli summasini o’z vaqtida va to’liq hajmda byudjetga to’lash majburiyati bajarilmaganda soliq to’lovchiga nisbatan qanday chora-tadbirlar qo’llaniladi?



3-mavzu. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIG’I.
Reja:

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish