O‘zbekiston respublikasi soliq kodeksiga asosan yuridik shaxslarga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari



Download 66,51 Kb.
bet1/22
Sana11.01.2017
Hajmi66,51 Kb.
#63
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

O‘zbekiston respublikasi soliq kodeksiga

asosan yuridik shaxslarga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari
(2015 yil 1 yanvar holatiga)
Yuridik shaxslarning jami daromadlariga imtiyoz.




Yuridik shaxs

Kategoriyasi (toifa)

Imtiyoz turi

Amal qilish muddati

Asos


YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA SOLIG‘I




Quyidagilar soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:


O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129-moddasining
2 qismi


1.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha birlashtiriladigan mablag‘lar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 1-bandi


2.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda) yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori kamaytirilganda, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 2-bandi


3.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, hissasi miqdorida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 3-bandi


4.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129-moddasining 2 qismi 4-bandi

5.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni ta’minlash tariqasida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar) ularga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tadigan paytga qadar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 5-bandi


6.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

byudjetdan berilgan subsidiyalar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 6-bandi


7.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o‘tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;


Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 7-bandi


8.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

olingan grantlar va insonparvarlik yordami;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 8-bandi


9.

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 10-bandi


10

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilar

sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan mablag‘lar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 11-bandi


11

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq to‘lovi bundan mustasno)

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 12-bandi


12

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) ijara (lizing) to‘lovining qismi tariqasida olgan moliyaviy ijara (lizing) obyekti qiymatining qoplamasi;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 13-bandi


13

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 14-bandi


14

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti muassislaridan (ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta boshlangan taqdirda, ushbu mablag‘lar jami daromad tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 15-bandi


15

Umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari

investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.

Doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining

129-moddasining

2 qismi 16-bandi







Download 66,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti