O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi toshkеnt tibbiyot akademiyasi “Tasdiqlayman”



Download 48,13 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi48,13 Kb.
#12175
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASН VAZIRLIGI
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tasdiqlayman” TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. O.R. Teshaev

_______________________

«27» avgust 2015 yil


Kafedra: DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK


Fan: Gospital jarroxlik
«KO‘KS ORALIG‘I KASALLIKLARI. MEDIASTENITLAR »

mavzusida

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Tashkent 2015

Tuzuvchilar: Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistent Ganiev D.A.

O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnoma №1 «27» avgust 2015 yil

MAVZU: Ko‘ks oralig‘i kasalliklari. mediastenitlar


1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt – 6 soat

Talabalar soni: 8-10ta.

Mashg‘ulot shakli


Amaliy mashg‘ulotlar (seminar) o‘quv xonalarida olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotda yangi pedagogik texnologiyadan «Qora quticha va o‘rgimchak ini» usulidan foydalaniladi

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi


Mashg‘ulotlar davolash fakultetining fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi va uning klinik bazalari (TTA sining 2 – klinikasida joylashgan o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari, poliklinika) da olib boriladi

O‘quv mashg‘uloti strukturasi


  1. Kirish

  2. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. o‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga ko‘ks oralig‘I kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis qo‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. Ushbu kasallik sabablari, patogenezini, klassifikatsiyasi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlil qilish.

O‘qituvchi vazifasi:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini balish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarini o‘rganish.




O‘quv jarayoni natijalar:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va ularning o‘ziga xosligini bilish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi - amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.




O‘qitish texnikasi va usullari

Amaliy mashg‘ulot usuli: “qora quticha va o‘rgimchak ini”; mavzuga oid vaziyatli masala

O‘qitish jihozlari

O‘quv qo‘llanma, slaydlar, video va audio tasmalar, rentgenogrammalar, kasallik tarixi.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv bilan ishlash, prezentatsiyalar

O‘qitish shartlari

O‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish; yozma nazorat: test o‘tqazish, talabalarning mustaqil ishi



2. Motivatsiya

Talabalarga kasallikning og‘ir asoratlari rivojlanmasligi uchun zarur bo‘lgan jarrohlik usulini tanlashni o‘rgatish, asorati rivojlanganda esa ularga ko‘proq ma'lumot beradigan va zamonaviy tashxislash usuli, bemorlarni jarrohlik usulida davolash, jarrohlik amaliyoti davrida va undan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari, ularni oldini olish haqida tanishtirish. Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiolgiya, bioximiya, terapiya, bolalar kasalliklari propedevtikasi, klinik farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.




4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

Anatomik-fiziologik ma'lumotlar. Ko‘ks oralig‘i — kukrak bushligining orka tomondan umurtka pogonasi, oldingi tomondan kukrak, yon tomon-lardan mediastinal plevra, pastdan diafragma bilan chegaralanib turadigan k,ismi bulib, Ko‘ks oralig‘i yukorida anik chegaralarsiz buyin sox.asiga utadi.

Ko‘ks oralig‘i shartli ravishda yukori va pastkiga bo‘linadi, satxi IV kukrak umurtkdsi damidan utadi. Traxeya yukori Ko‘ks oralig‘ini shartli ravishda oldingi va orka ko‘ks oralig‘iga buladi, yurak xaltasi esa pastki va oldingi, urta va orqa ko‘ks oralig‘iga buladi. Ko‘ks oralig‘i topografik-anatomik boglik, organlar va tukima-larning yigindisi x,isoblanadi. Yuk,ori Ko‘ks oralig‘ida traxeya, qizilo’ngach, ayrisimon bez, aorta ravogi, yelka-bosh venalari, kukrak limfatik yuli buladi.

Pastki Ko‘ks oraliganing oldingi va urta kismlari yurak va perikard bilan band, urta qismining yuk,ori uchdan bir kismida esa traxeya bifurkatsiyasi, upka arte-riyasi, aortaning yuk,origa kutariladigan k,ismi joylashadi. Va nixryat, pastki orkd oralig‘ida aortaning pastga tushadigan k,ismi, kizilungach, kukrak limfa yuli, simpatik va parasimpatik nervlar o‘tadi.

Tekshirish usullari. Tekshirishning asosiy usuli har tomonlama rentgenologik tekshirish (rentgenoskopiya, polipozitsion rentgenografiya, tomografiya).

Kompleks tomografiya zamonaviy, eng kup ma'lumot beradigan usul hisoblanib, kukrak kafasidan va beril-gan xar kanday darajada kundalang kesma olishga imkon beradi. Bundan tashkari, anik diagnostika uchun kuyidagilar kullanilishi mumkin:

Pnevmomediastikografiya — Ko‘ks oraligaga gaz kiritilgandan keyin rentgenologik tekshirish. Ko‘ks oralig‘i usmalarining konturini aniklashga yordam beradi.

Sun'iy pnevmotoraks — plevral bushlikka gaz yuborish fonida tekshirish. Upka usmasini Ko‘ks oralig‘idagi us-malar va kistalardan fark kilish imkonini beradi.

Angiografiya — yurak va yirik tomirlar bushliklarin* kontrast tekshirishdan iborat.

Material olish va uzil-kesil diagnozni anikdai uchun: bronxlar orkali punksiya, torakoskopiya, transto rakal aspiratsion biopsiya, mediastinoskopiya, periarterial mediastinotomiyadan foydalaniladi.

Ko‘ks oralig‘i shikastlari. Ko‘ks oraliganing ochik, v; yopik shikastlari fark kilinadi. Ularni yana organlar shikastlanmagan yaralanishlar, oldingi Ko‘ks oralip shikastlangan yaralanishlarga bulish mumkin. Klini manzarasi kaysi organ shikastlanganiga va kon okish darajasiga bog‘lik.

Yopik shikastlar kupincha ko‘ks oralig‘i yirik tomirlarining shikastlanishi va ichiga kon okib gematoma shakllanishi bilan utadi. Upka va bronxlar shikastlanganda ko‘ks oraligi emfizemasi rivojlanadi. Ko‘ks oralig‘i gematomasi va emfizemasi nafas qisishi, sianoz, venalarning burtib chikishi bilan yuzaga chikadi. Rentgenogram-mada Ko‘ks oralirining kengayganligi, gematomada uning Korong‘ilashganligi va emfizemada yorug‘ tortganligi aniklanadi.



Davolash: yalliglanishga karshi, xaet uchun muxim organlar ishini normaga solishga karatilgan davolash olib boriladi.

Operatsiya kilib davolashga organlar, yirik tomirlar-ning yirtilib kon okishi, Ko‘ks oraliri organlarining bosilishi, funksiyasining keskin pasayib ketishi kursatma bulib xisoblanadi.



Ochik shikastlar. Klinik manzarasi shikastlangan organ turiga, kon okish darajasiga boglik,.

Davolash — xirurgik. Operatsiya turi shikaet xarakte-riga borlik.
YALLIG‘LANISh KASALLIKLARI

O‘tkir mediastinit — Ko‘ks oralig‘i kletchatkasining utkir yiringli yalliglanishi. Uning paydo bulishiga aksariyat Ko‘ks oralirining ochik, shikastlari, yot jismdan teshilishi, ximiyaviy moddadan kuyishi, instrumental tekshirish usullari, buyinning chukur flegmonasi tarka-lib ketishi sababbuladi.

Klinik manzarasi. Utkir mediastinit umumiy va maxalliy simptomlarning jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik xaroratning birdaniga 39—40°S gacha kutarilishi, gektik xarakterdagi isitma, et junji-kishi, rarak-garak terlash bilan boshlanadi, nafas kisishi, sianoz, taxikardiya erta boshlanadi, arterial bosim pasayadi, orir intoksikatsiya belgilari k,ayd kilinadi. Bemorlar kukrak va buyindagi tortadigan sanchikli orrikdardan shikoyat kiladilar, ular buyinni yozishda, boshni burishda, kukrakni bosishda kuchayadi. Bemorlar majburiy xolat egallaydilar (boshini oldinga kilib kaddini baland kuyib yotadilar). K,izilungach, bronxlar teshilganda mediastinal, sungra teri osti emfizemasi vujudga keladi. K,onda yukori leykotsitoz, formulaning chapga siljiganligi, SOE oshganligi ma'lum buladi. Rent-genogrammalarda Ko‘ks oralig‘i kulankasining kengayganligi, ichi bush organlar teshilganda Ko‘ks oraliri fonida gaz kayd kilinadi.

Davolash: konservativ tadbirlar utkazish fonida operatsiya usuli kullaniladi. Operatsiya infeksiya manbaini bartaraf kilish va Ko‘ks oralirini antiseptik eritma bilan doimiy yuvish uchun kush bushlikli silikon naychalar bilan adekvat drenaj kilishdan iborat. Konservativ tad-birlar bakteriologik tekshiruvlar nazorati ostida massiv antibakterial terapiya, dezintoksikatsiya, infuzion, immun kuvvatlaydigan terapiya utkazishdan iborat.

Surunkali mediastinit utkir turining okibati bulishi mumkin. Unga sil, antipolipoz, zaxm sabab bulishi ex,-timol. Idiopatik sklerozlaydigan mediastinit xam fark, kilinadi.

Klinik manzarasi. Surunkali mediastinit uzok vakt mobaynida simptomlarsiz kechishi mumkin. Keyinrok kukrak kafasida ogrik, subfebril xarorat, yutal, nafas kisishi, lanjlik, yutishda kiynalish, kukrakda kisilish sezgisi paydo buladi. Bu simptomlar odatda sil (upka sili, limfatik tugunlar sili), zaxm klinik manzarasi bilan utadi. Sklerozlaydigan mediastinitda asta-sekin yukori kovak venaning bosilish simptomlari paydo buladi (yuz kerikishi, kulda shish, sianoz), kukrak teri osti venalari kengayishi sodir buladi. Diagnozni tasdikdash uchun kizilungach va yukori

kovak venaga kontrast modda yuborib rentgenologik tekshirishdan foydalaniladi.



Davolash: spetsifik antibakterial preparatlar tayin-lashdan iborat. Idiopatik sklerozlaydigan mediastinitda nur terapiyasi, kortikosteroidlar kullaniladi. X,ayot uchun muxim organlar bosilib kolganda operatsiya kilish-ga kirishiladi.
KO‘KS ORALIG‘I USMALARI VA KISTALARI

Ko‘ks oraliri usmalarining talaygina gistologik tiplari mavjud. Kelib chikishiga kura ularni nevrogen (ganglionevromalar, neyroblastomalar, simpatikoblasto-malar, oreoxomotsitomalar, nevrinomalar va nevrogen sarkomalar); mezenximadan kelib chikkan (fibromalar, fibrosarkomalar, lipomalar, liposarkomalar, limfangio-malar, gemangiomalar, angiosarkomalar va b.); limfatik tugunlar retikulyar tukimasidan paydo bulgan (limfosar-komalar, retikulosarkomalar, limfogranulematoz); embriogenez buzilishi okibatida paydo buladigan ayrisi-mon bezdan kelib chikadigan (dermoid kistalar va tera-tomalar, seminomalar, xarinoepitelioma, kukrak kafasi ichidagi bukok) usmalar buladi. Ko‘ks oralig‘i kistalarixakikiy selamik kistalar va perikard divertikullariga, bronxogen va enterogen parazitar kistalarga bulinady. Bular embriogenez buzilishlari okibatida kelib chikadi.

Ko‘ks oralig‘i usmalari va kistalarini soxta usmalar, anevrizmalardan (aorta, upka arteriyasi, tok. vena anevrizmasi), diafragma churrasi, kizilungach usmalaridan tafovut kilish kerak.

Klinikasi.Ko‘ks oralig‘ining usmalari va kista-lari ilk boskichlarida simptomlarsiz kechadi va profilaktika maksadida rentgenologik tekshiruvda aniklanadi. Keyinchalik usib ketganda va atrofdagi organlarni bosib kuyganida kukrak kafasida ogrik, nafas olish kiyinla-shuvi, nafas nervlarining infeksion kasalliklari paydo buladi. Simpatik nerv kasallanganda Gorner simptomi aniklanadi, kaytuvchi nerv kasallanganda tovush bugi-lib koladi. Yurakning bosilishi kukrak kdfasining ung yarmida ogrik paydo bulishi, yurak ritmi buzilishida namoyon buladi. Nevrogen usmalar orka miyaning bosilish simptomlari — sezuvchanlik buzilishining xar xil tur-lari, parez, falajlik, chanok, organlari funksiyasi buzilishlari bilan yuzaga chikishi mumkin. Yukori kovak vena bushligining kattik bosilishi «yukori kovak vena» kompleksiga olib keladi, bunda yuz, buyin, kullar, gav-daning yukori yarmida shish va sianoz paydo buladi. Shu bilan birga usmaga alokdsor simptomlar paydo bulishi xam extimol. Ko‘ks oralig‘i usmalarining kupchiligi xavf-siz. Royat katta usmalarni odatda operatsiya kilsa buladi. Kuke oralig‘ining kupgina usmalari vakt utishi bilan xavfli turga aylanadi. Shundan kelib chikib, xrzirgi vaktda bemorning axvoli imkon bersa, Ko‘ks oralig‘i us-masini olib tashlash kerak, degan fikr k,uvvatlanmokda.

Ko‘ks oraliri usmalari va kistalarining ayrim turlari klinikasi, diagnostikasi va davolash. Nevrogen usmalar — Ko‘ks oralig‘ining eng kup uchraydigan xavfsiz usmalari xisoblanadi. Odatda orka Ko‘ks oralig‘ida joy-lashadi. Ular simpatik nerv gangliylari va uzaklari, adashgan va kovurgalararo nervlar, orka miya pardalaridan kelib chikadi. Gistologik tuzilishi jixatidan bular ney-rofibroma, neyromioma, ganglionevroma, paraganglioma, feoxromotsitomalardir. Orka miya ildizlaridan chikadigan usmalar kisman orka miya kanali ichiga, kisman Ko‘ks oralig‘iga «kum soat» tipi buyicha usadi. Shu munosabat bilan bemorlar orkadagi ogrikdan shikoyat kiladilar, ularda orka miyaning bosilish simptomlari, parezlar va falajliklar rivojlanadi.

Rentgenologik alomatlar tuxumsimon yoki yumalok shakldagi intensiv gomogen kulankasining anik kontur-lari bor, Ko‘ks oralig‘ining orka yukori bulimlarida joylashadi, sun'iy pnevmotoraks kuyilgandan keyin yaxshi bilinadi.

Davolash — xirurgik, usma olib tashlanadi.

Kukrak kafasi ichidagi bukok. Kukrak kafasi orkasi-.dagi bukok tereoptoz (kalkonsimon bezning kukrak orkasi pastiga tushishi) va kukrak kafasi orkasida joylashgan kushimcha kalkonsimon bezga bulinady. Askariyat unt tomonlama kukrak orkasi bukogi uchraydi.

Kukrak orkasidagi bukokning muхim simptomlari tra-xeyaning bosilishi va deviatsiyasi xisoblanadi. Ulchamlari katta bulganda ko‘ks oralig‘idagi yirik tomirlarning bosilish simptomlari — buyin teri osti venalarining ken-gayishi va urib turishi, bosh ogrigi, yuz salkishi rivojlanishi mumkin. Rentgenologik jixatdan traxeya vaqizilungachni joyidan siljitadigan anik konturlari bulgan kulanka aniklanadi. U131 bilan skenirlash eng kup ma'lumot beradi.

Davolash — bukokni xirurgik olib tashlashdan iborat.

Timomalar — ayrisimon bez usmalari, xavfsiz va xavfli bulishi mumkin.

«Kompressiey sindrom» dan tashkdri aregenerator anemiya, Kushing sindromi bilan namoyon buladi. Kup lollarda miasteniya simptomlari (skelet mushaklarining birdaniga bushashishi, chaynash, yutish, nutk, nafas buzi-lishi, mushak gipotrofiyasi) bilan utadi, bular antixo-linesteraza preparatlari yuborilgandan keyin kamayadi.

Diagnostika usullaridan mediastinografiya eng kup ma'lumot beradi.

Davolash — bezni operatsiya nuli bilan olib tashlashdan iborat.

Dermoid kistalar va teratomalar. Dermoid kistalar endoderma elementlaridan rivojlanadi, devorlari kalin, bushligida yopishkok suyuklik, teri va soch element-lari buladi. Teratomalar urta Ko‘ks oralirida bir necha pusht varakdaridan rivojlanadi. Ogrik va «kompression sindrom» paydo bulganda diagnostika kilinadi.

Davolash — operatsiya kilib olib tashlanadi.

Perikard kistalari. Embrional davrda tukimalarning rivojlanish nuksoni bilan boglik- Aksariyat ung kar-diodiafragmal burchakda joylashadi. Kechishi kupincha simptomlarsiz. Katta ulchamlarda bulganda yurak soxasida ogrik, aritmiyalar kayd kilinishi mumkin. Rentgenologik tekshirishda aniklanadi.

Davolash — kista operatsiya kilib olib tashlanadi.

Bronxogen kistalar. Odatda traxeya va yirik bronxlarga taallukli. Kistalar ulchami kattalashib ketganda bemor-lar shikoyatlar kiladilar. Ular kuruk yutal, nafas kisishi, stridoroz nafas xrlida yuzaga chikadi. Rentgenologik jixatdan traxeyaga tegib yumalok, kulanka aniklanadi.

Davolash — kistani xirurgik kesishdan iborat. Ope-ratsiyaga kursatma bulib asoratlari: yiringlanish, perforatsiya (teshilish) xisoblanadi.

Enterogen kistalar. Orka Ko‘ks oralig‘ining pastki bulimlarida joylashadi. Birlamchi ichak naychasidan ri-vojlanadi. Kistalarning ichki pardasi xlorid kislota ishlab beradigan me'da epiteliysi bilan koplanganligi tufayli devorida yaralar paydo bulishi, kon okishi, perforatsiya yuz berishi mumkin. Ular ichi kovak organlarga, perikard, plevra bushligaga teshib kirib yiring x,osil kilishi extimol. Diagnostika uchun pnevmomediastinografiya kup ma'lumot beradi.

Davolash — kistalarni operatsiya yuli bilan olib tash-lashdan iborat.

Lipomalar — kupincha ung kardiodiafragmal burchakda joylashadi. Simptomsiz kechadi. Katta ulchamlargacha yetishi mumkin, shundagina Ko‘ks oraliga organlarining bosilish simptomlari yuzaga keladi. Rentgenologik tekshirishda aniklanadi.

Davolash — operatsiya kilinib, usma olib tashlanadi.

Limfomalar. Mediastinal limfatik tugunlardan ri-vojlanadi. Odatda oldingi Ko‘ks oralig‘ida joylashadi. Tabiatiga kura xavfli xisoblanadi.

Simptomlari intoksikatsiya bilan boglik — loxaslik, darmon kurishi, gavda temperaturasi kutarilishi, orik-lab ketish, terida kichima paydo bulishi. Katta ulcham-larga yetganda — yutal, kukrakda orrik, Ko‘ks oralig‘i organlarining bosilish simptomlari buladi.

Diagnostika uchun rentgenologik tekshiruv, mediasti-noskopiya, mediastinotomiya utkaziladi.

Davolash — xirurgik. Davolash erta boskichlaridagina amalga oshiriladi, keyinchalik nur va ximiyaviy preparat-lar bilan davo kilinadi.
4.2 Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar
«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

Annotatsiya turlari:

Anamnezidan bemorda o‘tkir quyuq bo‘lgan qattiq ovqatni yutaolmaslikka shikoyat qiladi. Bu xolat qaysi patologiyasiga xos?
«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.


    1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

Anamnezda o‘tkir kuyush bulgan bemorda katik ovkatni yutaolmaslik Bu xolat qaysi patologiyasiga xos

I. Bu xolat qaysi patologiyasiga xos:

A. kizilungach strikturasi*

B. 12 b.i. yarsi

V. Oshkozon yarasi

G. surunkali pankreatit

D. 12 b.i pilorik kismi stenozi

II. Tashxisni aniqlash uchun qaysi invaziv tekshirish usuldan foydalanamiz:

A. rentgen kontrast tekshiruuv*

B. gastroduodenofibroskopiya

V. ultratovush tekshiruv

G. angiografiya

D. kompyutertomografiya


5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash)


1. DIFFeReNSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.




Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis o’tkazib so’nggi tashxisni qo‘yish

0

40




Jami

0

100

2. TO‘G‘RI PARXEZ VA REJALI DAVONI BELGILASh.



Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.




Chora tadbirlar

Bajarma-di

To‘liq bajardi

1

Pevzner bo‘yicha davo parxezlari-ning xarakteristikasini o‘rganish

0

10

2

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash

0

10

3

Parxezning sifatini baholash

0

20

4

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6

Profilaktik choralar

0

20




Jami

0

100


6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7. Joriy nazoratni baholash mezoni




O‘zlashtirish % da

Baho

Talabaning bilish darajasi


1.

96-100

A'lo”5”

- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondashaoladi

- vaziyatli masalalarni to‘liqasoslangan javob bilan to‘g‘ri yechabiladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


3.

86-90

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondashaoladi

- vaziyatli masalalarni to‘liqasoslangan javob bilan to‘g‘ri yechabiladi

- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



4.

81-85

Yaxshi”4”

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isbotito‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


7.

66-70

Qoniqarli

”3”


- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlayolmaydi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollariyuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65

- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib beraolmaydi

- mavzuning alohida savollari yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60

- biladi, ishonch bilan aytib beraolmaydi

- qisman tasavvurga ega



10.

54 va undan past

Qoniqarsiz”2”

- hech qanday tasavvurga ega emas

- bilmaydi




8. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi(min.)



O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




10



Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «qorbo‘ron», «aylana stol» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.) ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

So‘rov,

tushuntirish




50



Muhokamaga yakun yasash.




15



Tanaffus




5



Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil bemor ko‘rigi




40



Talabalarni amaliy mashg‘ulotni o‘zlashtirishi bo‘yicha mustaqil ishi




35



Tanaffus




40



Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash

og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

50



Tanaffus




5



Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar




15


9. Tekshiruv savollari


  1. Qizilo‘ngach strikturasi sababalari.

  2. Qizilo‘ngach kuyushi sabablari.

  3. Qizilo‘ngach strikturasi boskichlari.

  4. Qizilo‘ngach kasalliklari xakida tushuncha, etiopatogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, tashxisi va davolash yo‘llari.

  5. Qizilo‘ngach kasalliklari jarroxlik amaliyotiga ko‘rsatmalari

  6. Endoskopik amaliyotlar axamiyati

  7. Qizilo‘ngach kasalliklari davolash usullari.


10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

1.Vasilenko V.T., Grebnev AJL Qizilo’ngach kasalliklar. Moskva. Meditsina 1971, 407 b.

2.Karimov Sh.I., Shomnrzaev N.X. Xirurgik kasallnklar. Toshkent 2005.

3.Kondrashnk S.A., Yurnev V.S. Qizilo‘ngach axalaznyasini davolashda ballonli dilyatatsiyann kursatkichlarni Xirurgiya. 1999,9 b.

4.Ratnger G.L, Belokonev V.I. Qizilo‘ngachni kuyishi va uning oqibatlari. Moskva. Meditsina, 1982,266 b.

5.Shalimov A.A., Saenko V.F. Qizilo‘ngach xirurgiyasi. Moskva. Medetsina 1975, 368 b.

6.Chernousoev A.F., Bogopolskny P.M. Qizilo‘ngach kuynb chandiqli strikturasida qizilo‘ngachni kengaytirish. Xirurgiya. 1998,10 b.

7.Kuzin M.I Xirurgik kasalliklar. Moskva. 1987 i.

8. Jurnal «Vestnik meditsini» Qizilo‘ngachni bujlashdan keyingi asoratlar. 2000 y. № 3, 24 b.

9. Jurnal «Xirurgiya» Qizilo‘ngach divertikullarni jarroxlik usulida davolash. 1999 y. № 8, 56 b.

10. Petrovskiy B.V. «Xirurgik kasalliklar» 1977 y.

11. Вестникхирургии. Журнал, 2003 й. статья Отдаленные результаты после баллонной дилятатции при ахалазии пищевода. 12стр.


Mavzu bo‘yicha Internetdagi saytlar:

http://www.tma.tmn.ru/Vestnik

http://medi.ru/doc/83.htm

http://www.rmj.net/index.htm



http://www.consilium-medicum.com/media/refer

http://www.mediasphera.aha.ru
Download 48,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish