O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ToshkentTibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti



Download 1,93 Mb.
bet1/17
Sana26.06.2017
Hajmi1,93 Mb.
#16186
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi

ToshkentTibbiyot Akademiyasi

Tibbiy-pedagogika fakulteti

3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi






«TASDIQLAYMAN»

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Teshaev O.R.

«_____» ______________2016 yil.



Fan: IChKI KASALLIKLAR



7 kurs
O‘QITISh TEXNOLOGIYaSI
Sikl: KARDIOLOGIYa

SINDROMLAR:

«Ko‘krak qafasidagi og‘riq»

«Yurak urib ketishi»

«Arterial gipertoniya»
Mavzular 1-7
__________________________________________________________________
(Tibbiyot Oliy O‘quv Yurtlari o‘qituvchilari va talabalari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma )

Toshkent -2016


KO‘KRAK QAFASIDA OG‘RIQ BEZOVTA QILGAN BEMORLARNING MUAMMOLARINI HAL QILIShda talabalarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar
Maqsad: Talabalariga ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qilgan bemorlar muammolarini kasallik belgilariga qarab sindromal hal qilishni va UAV malakaviy tavsifnomasi doirasida sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimi sharoitida ularni olib borish tamoyillarini o‘rgatish.

O‘qitishning asosiy vazifalari:

  • Talabalarni ko‘krak qafasidagi og‘riq bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga o‘rgatish;

  • Talabalarni ko‘krak qafasidagi og‘riq bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lganda o‘z vaqtida tashxis qo‘yishga o‘rgatish;

  • Talabalarni ko‘krak qafasidagi og‘riq bilan birga kuzatiladigan kasalliklarni farqlashga o‘rgatish;

  • Ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qilgan bemorlarning muammolarini yechish orqali zarur bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish (ma’lumotlar yig‘ish, muammolarni aniqlash va bemorni ob’ektiv ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek laborator-asbobiy tekshiruvlarni asosli tayinlash mahorati);

  • Talabalarni ko‘krak qafasida og‘riq bo‘lgan bemorlarni olib borish tamoyillarini asosli tanlashga o‘rgatish;

  • Talabalarni QVP va OP sharoitida ko‘krak qafasida og‘riq aniqlangan bemorlarda davolash-profilaktika choralarini asosli amalga oshirish va kuzatuv olib borishga o‘rgatish.




    1. Bemorlarning ushbu muammosini tahlil qilishda talabalarning bilimlarini baholashning muhim jihatlari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:

  • Bemorning turmush tarzi sifatiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy muammoni aniqlay olish;

  • Ratsional anamnez yig‘ish uchun yordamchi savollar bera olish;

  • Xavf omillari mavjudligini ajrata bilish;

  • Ushbu muammoga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va xolatlarni sanab chiqish;

  • Bemorni asosli ob’ektiv ko‘rikdan o‘tkazish;

  • QVP va OP sharoitida laborator-asbobiy tekshiruvlarni asosli tayinlay olish;

  • QVP va OP dan tashqarida qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish zaruriyatini aniqlay bilish;

  • Olingan ma’lumotlar asosida ushbu muammoning asosiy sababini (tashxisini) aniqlay bilish;

  • UAV malakaviy tavsifnomasi asosida bemorni olib borish tamoyilini aniqlay olish;

  • Dorilarsiz davolash bo‘yicha maslahatlar berish;

  • Isbotlarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga suyangan holda dorilar bilan davolashni bilish;

  • Sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida o‘tkaziladigan profilaktika chora-tadbirlarni aniqlay olish;

  • Ko‘krak qafasida og‘riq bilan birga kechadigan kechadigan kasalliklarga chalingan bemorlarni QVP va OP sharoitida kuzatish va reabilitatsiya qilish tamoyillarini aniqlay olish.




    1. Ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qilgan bemorlarning muammolarini hal qilishda talaba nimalarni bilishi zarur:






Ma’lumotlar ro‘yxati

Egallashi lozim bo‘lgan bilimlar darajasi

1

Ko‘krak qafasida og‘riq bilan birga kechadigan kasalliklar



Talaba kamida 10 ta tez-tez uchrab turadigan kasalliklarni bilishi kerak

2

Ko‘krak qafasida og‘riq bilan birga kechadigan eng xavfli kasalliklar

Talaba kamida 5 ta kasalliklarni bilishi lozim

3

Bemorni QVP va OP sharoitida olib borishni talab etuvchi holatlar (1-toifa)

UAV malakaviy tavsifnomasiga muvofiq

4

Tor mutaxassis maslahatini yoki shifoxonaga yotqizishni talab etuvchi holatlar (2-toifa)

UAV malakaviy tavsifnomasiga muvofiq

5

QVP va OP sharoitida o‘tkazishni talab etuvchi tekshirishlar ro‘yxati (3.1-toifa)

UAV malakaviy tavsifnomasiga muvofiq

6

QVP va OP dan tashqarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tekshirishlar ro‘yxati (3.2-toifa)

UAV malakaviy tavsifnomasiga muvofiq

7

Ko‘krak qafasida og‘riq bilan birga kechadigan kasalliklarni tashxislashning asosiy mezonlari


Talaba har bir kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek tashxisiy mezonlarini bilishi lozim

8

YuIK klassifikatsiyalari

Talaba klassifikatsiyalarni aytib berishi kerak

9

Ichki a’zolar shikastlanganligi belgilari

Talaba yurak, o‘pka, jigar, buyrak, oshqozon, 12 barmoqli ichak va boshqa a’zolarning shikastlanishi belgilarini bilishi kerak

10

Qondagi qand miqdori va

lipid spektri ko‘rsatkichlari



Talaba quyidagilarni bilishi kerak:

-nahorga va yuklamadan so‘ng qondagi qand miqdorining me’yoriy ko‘rsatkichlari; nahorga glikemiyaning o‘zgarganlik ko‘rsatkichlari; lipid spektrining me’yoriy ko‘rsatkichlari; dislipedemiya ko‘rsatkichlari


11

Davolash tamoyillari

Talaba kasallikni dorilarsiz va dori vositalari yordamida davolash tamoyillarini bilishi kerak

12

Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika tamoyillari


Talaba birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika o‘tkazishning asosiy tamoyillarini bilishi lozim

13

Ko‘krak qafasida og‘riq bilan kechadigan kasalliklarga chalingan bemorlarni QVP yoki OP sharoitida dispanserizatsiya va reabilitatsiya tamoyillari (4-toifa)

Talaba dispanserizatsiya va reabilitatsiya o‘tkazishda lozim bo‘lgan asosiy chora-tadbirlarni sanab berishi kerak


Ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qilgan bemorlarning muammolarini hal qilishda talaba nimalarni bajara olishi zarur:




Ko‘nikmalar ro‘yxati

Egallashi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar

1

Bemordan va uning qarindoshlaridan kasallik to‘g‘risida so‘rab-surishtirish

Talaba ehtimol qilingan tashxisni qo‘yish uchun yordam beradigan lo‘nda va aniq savollar bera olishi kerak

Talaba bemorning shikoyatlarini aniqlab ularni baholay olishi lozim

Talaba kasallik tarixini tahlil qila bilishi zarur: kasallikning boshlanishi, birinchi belgilari, ularning o‘zaro bog‘lanish sabablari va rivojlanish dinamikasi

Talaba bemor hayot anamnezini tahlil qila olishi kerak: xavf omillarini, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining sog‘lig‘ini aniqlashi



2

Xavf omillarini aniqlash

Talaba bemordan so‘rab-surishtirish va ob’ektiv ko‘rik asosida boshqariladigan va boshqarib bo‘lmaydigan xavf omillarini aniqlay olishi kerak

3

Qon bosimini o‘lchash

Talaba qadamba-qadam tekshirish tamoyilini hisobga olgan holda tonometriya o‘tkazishni bilishi lozim

4

Umurtqa pog‘onasi holatini baholash (ko‘zdan kechirish va paypaslab ko‘rish, shu jumladan funksional sinama o‘tkazish)


Talaba qadamba-qadam tekshirish tamoyilini hisobga olgan holda umurtqa pog‘onasini tekshirishni bilishi kerak.

Talaba quyidagi belgilarni yoki simptomlarni aniqlay olishi zarur: - patologik lordoz va kifoz; umurtqa pog‘onasining qiyshayganligi; funksional buzilishlar; umurtqa pog‘onasining osteoxondroziga xos bo‘lgan belgilar



5

Terini ko‘zdan kechirish

Talaba quyidagi kasalliklarning belgilarini aniqlay olishi kerak:

- terini qamrab oluvchi temiratkiga xos belgilarni;

Talaba sovuq, nam va rangpar terini aniqlay olishi zarur.


6

Uyqu, bilak va son arteriyalarida pulsni tekshirish


Talaba puls borligi yoki yo‘qligini aniqlay olishi kerak.

Talaba bilak arteriyasida pulsning xususiyatlarini baholay olishi zarur.



7

Ko‘krak qafasini paypaslab ko‘rish

Talaba umurtqa-qovurg‘a bo‘g‘imlari sohasidagi chegaralangan og‘riqli nuqtalarni aniqlay olishi kerak

8

Nafas olish a’zolarini paypaslab va eshitib ko‘rish (auskultatsiya)


Talaba quyidagilarni baholay olishi kerak: ko‘krak qafasi ekskursiyasi; ovozg titrash belgisini; o‘pka tovushining o‘zgarganligi va uni tushuntirib bera olish; nafas olish turlari; nafas olish yo‘llarida shovqin va xirillashlarning mavjudligi

9

Yurak-tomir tizimini paypaslash, perkussiya qilish va eshitib ko‘rish (auskultatsiya)



Talaba yurak bo‘limlari gipertrofiyasi belgilarini aniqlay olishi kerak

Talaba quyidagilarni baholay olishi lozim: yurak tonlari ;

yurak urish tovushlarida shovqinlar bo‘lganda ularning epitsentrini, ularning yurak faoliyati fazasiga bo‘lgan nisbatini (sistolik yoki diastolik shovqin) aniqlashi; funksional yurak shovqinlarini organik shovqinlardan farqlay olishi; perikard ishqalanish shovqini


10

Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini paypaslab ko‘rish, perkussiya qilish va eshitib ko‘rish (auskultatsiya)



Talaba qorinni yuzaki va chuqur paypaslab ko‘rishni bilishi kerak.

Talaba quyidagilarning belgilarini aniqlay olishi shart: o‘tkir qorin og‘rig‘i; gepatomegaliya, splenomegaliya.

Talaba qorin bo‘shlig‘idagi barcha seziladigan hosilalarni baholay olishi kerak


11

Qo‘l va oyoqlarni ko‘rikdan o‘tkazish

Talaba shishlarni; qo‘l-oyoq venalarining varikoz kengayganligini aniqlay olishi lozim.

12

Tana vazni indeksini hisoblash

Talaba quyidagi belgilarni aniqlay olishi lozim: tana vaznining yetishmovchiligi; tana vaznining ortiqchaligi

13

Nevrologik ko‘rikdan o‘tkazish.




1.Talaba qadamba-qadam tekshirish tamoyilini hisobga olgan holda sezuvchan sohani baholashi va quyidagi belgilarni aniqlay olishi kerak:

-sezuvchanlikning buzilganligi (analgeziya, gipalgeziya, giposteziya, anesteziya, parasteziya, dizesteziya va boshqalar).

2. Talaba reflekslarni baholay olishi (nevrologik bolg‘acha yordamida) va quyidagi belgilarni aniqlay olishi zarur: giperrefleksiya, giporefleksiya, arefleksiya.

3. Talaba harakatlantiruvchi funksiyalarni baholashi va ularning buzilganligini aniqlay olishi kerak.

4. Talaba orqa miya zararlanganligi belgilarini ko‘rsatib bera olishi lozim.


14

Oftalmoskopiya o‘tkazish

Talaba qadamba-qadam tekshirish tamoyilini hisobga olgan holda oftalmoskopiya o‘tkazishni bilishi va ko‘z tubini ko‘zdan kechirishi, hamda arteriya va vena kesishmalari belgilarini aniqlay olishi kerak.

15

Sut bezlarini tekshirish


Talaba sut bezlarini paypaslab ko‘rishi va tugunlar paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlay olishi lozim.

16

Klinik va biokimyoviy tekshirishlarni tahlil qilish

Talaba quyidagi belgilarni aniqlay olishi kerak: nahorgi glikemiyaning buzilganligini; glyukozaga tolerantlikning buzilganligi, dislipedemiya

17

O‘pka rentgen suratlarini izohlab berish


Talaba quyidagi belgilarni aniqlay olishi kerak: pnevmoniya, pnevmotoraks,

Plevrit, o‘pka raki va sil kasalligi



18

EKG olish va uni sharhlab berish


Talaba qadamba-qadam tekshirish tamoyilini hisobga olgan holda EKG tushurishni bilishi kerak.

Talaba EKG natijalarini sharhlay olishi va quyidagi o‘zgarishlarning belgilarini aniqlay olishi zarur: miokard ishemiyasi, miokard infarkti, yurak bo‘lmalari gipertrofiyasi.



19

Ko‘krak qafasida og‘riq bilan birga kechadigan kasalliklarni farqlay olish


Talaba kasalliklarni ularning o‘ziga xos belgilariga qarab farqlay olishi kerak (anamnez, ob’ektiv ko‘rikdan o‘tkazish va laborator-asbobiy tekshiruvlar)

20

Dorilarsiz davolash bo‘yicha maslahatlar berish

Talaba quyidagilarni bilishi lozim:

-bemorlarni o‘zini-o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish, parhez va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha maslahatlar berish.



21

Ko‘krak qafasida og‘riq bilan kechadigan kasalliklarni davolashda dori vositalaridan oqilona foydalanish


Talaba samaradorligi isbotlangan dorilarni tanlay olishi lozim.

Dori vositasini tanlashda talaba quyidagilarni baholay olishi kerak: samaradorlik xavfsizlik, qulaylik, arzonlik.



22

Ko‘krak qafasida og‘riqlar bilan kechadigan kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringi va ularni kuzatish

Talaba va OP sharoitida monitoring o‘tkaza olishi va quyidagilarni nazorat qilishni bilishi kerak: qondagi glyukoza miqdori, AB ko‘rsatgichi, qondagi lipidlar darajasi, dinamikada EKG dagi o‘zgarishlar.


Amaliy dars №1

Mavzu: «Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar. Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar bilan kechuvchi kasalliklar. Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar bilan kechuvchi eng xavfli kasalliklar. NSD, YuIK stenokardiya, IKK. UASh taktikasi. Tor mutaxassis maslaxati yoki tor bo‘limga gospitalizatsiya qilishga ko‘rsatmalar. QVP va OP sharoitida davolash tamoyillari, dispanser ko‘rik, nazorat va reabilitatsiya qilish. Ishga layoqatsizlikni aniqlash. Mavzuni o‘qitish tamoyillari»
O‘qitish texnologiyasi

O‘qish vaqti: 6 soat

Darsning tuzilishi

  1. O‘quv tematik xona.

  2. EKG xonasi

  3. UASh xonasi.

  4. O‘quv qo‘llanmalar, fantomlar, mulyajlar, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalar to‘plami va testlar.

  5. Televizor, video apparatura, multimedia

O‘quv darsining maqsadi: UAShni “Umumiy amaliyot shifokorining kvalifikatsion xarakteristikasi”da nazarda tutilgan talablarga mos ravishda NSD, YuIK zo‘riqish stenokardiyasining turli ko‘rinishlari bilan kasallangan bemorlarni tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida o‘z vaqtida erta tashhislash va qiyosiy tashhislash, davolash, xamda olib borish tamoyillariga o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:

  1. NSDning turli xil klinik ko‘rinishlarini tashxislash xususiyatlari

  2. Stenokardiyalarning turli xil kechishidagi tashhislash masalalarini ko‘rib chiqish(zo‘riqish stenokardiyasi - 4 FS va nostabil stenokardiyalar).

  3. NSD va stenokardiyaning turli xil ko‘rinishlaridagi laborator instrumental tekshiruvlar natijalarini muhokama qilish

  4. NSD va stenokardiyada qiyosiy tashhislash o‘tkazish

  5. NSD va stenokardiyaning diagnostik kriteriylarini aniqlash

  6. YuIKda jarrohlik muolajalariga ko‘rsatmalarni aniqlash..

  7. Olib borish tamoyillarini muxokama qilish.

  8. Davolash tamoyillarini muxokama qilish (nomedikamentoz va medikamentoz).

  9. Olib borish tamoyillarini, kuzatuvni va bemorlar monitoringi QVP va OP sharoitida muxokama qilish.

  10. Yuqoridagi kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika chora tadbirlarini muxokama qilish.

  11. NSD va stenokardiyali bemorlarni namoyish qilish.

O‘qitish faoliyatining natijalari:

UASh bilishi shart:

  1. Ko‘krak qafasidagi og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar

  2. Ko‘krau qafasidagi og‘riqlar bilan kechuvchi eng xavfli kasalliklar

  3. NSD, YuIK, nostabil va stabil stenokardiyaning etiologiyasi, tasnifi va patogenezi.

  4. NSD, YuIK, nostabil va stabil stenokardiyaningklinik belgilari

  5. NSD, YuIK, nostabil va stabil stenokardiyaningqiyosiy tashhislanishi

  6. NSD, YuIK, nostabil va stabil stenokardiyani davolashda ishlatiladigan dori moddalar ro‘yxati

  7. Stenokardiyalarda jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatmalar

  8. NSD, YuIK, nostabil va stabil stenokardiyali bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoringi tamoyillari

  9. Yuqoridagi kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika tamoyillari.

UASh qila olishi kerak:

  1. Shikoyatlar va anamnez axborotlarini NSD va stenokardiyaning turli xil shakllariga mos ravishda taxlil qila olishi.

  2. NSD va stenokardiyani laborator-instrumental tekshiruvlar natijalariga monand tashhislash va qiyosiy tashxislashi lozim.

  3. EKG olish texnikasini namoyish qilish va uni taxlil qila olish.

  4. Isbotlangan ta’sirga ega preparatlarni tanlay olish.

  5. Nomedikamentozdavo usullari bo‘yicha maslaxat bera olish.

  6. QVP va OP sharoitida monitoring o‘tkaza olish.

O‘qitish uslublari

usul «ari ini», namoyish qilish, grafikli organayzer- kaskad, videotasvir tomosha qilish, baxs, suxbat, testlar va vaziyatli masalalar yechish.

O‘qitish faoliyatini tashkil qilish shakllari

Individual tarzda ish yuritish,guruxlarda ishlash, auditor, auditoriyadan tashqari vazifalar bajarish.

O‘qitish uskunalari

Tarqatma vizual o‘quv materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafikli organayzerlar, tibbiy xaritalar majmuasi, jadvallar va stendlar.

Qayta aloqa uslub va uskunalari

Blis-so‘rov, test, o‘quv vazifasini bajarilish natijalarini namoyon qilish, tibbiy xaritalarni to‘ldirish va “mutaxassis so‘rovi” amaliy ko‘nikmasini bajarish.


Amaliy darsning texnologik xaritasi

Mavzu: « Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar. Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar bilan kechuvchi kasalliklar. Ko‘krak qafasidagi og‘riqlar bilan kechuvchi eng xavfli kasalliklar. NSD, YuIK stenokardiya, IKK. UASh taktikasi. Tor mutaxassis maslaxati yoki tor bo‘limga gospitalizatsiya qilishga ko‘rsatmalar. QVP va OP sharoitida davolash tamoyillari, dispanser ko‘rik, nazorat va reabilitatsiya qilish. Ishga layoqatsizlikni aniqlash. Mavzuni o‘qitish tamoyillari. »



Amaliy dars bosqichlari

Dars shakli
O‘tkazilish joyi

Dars davomiyligi

225

1

Kirish qismi (mavzuni asoslash)




10

2

Mavzuni yangi pedagogik interfaol uslublarni qo‘llagan holda muhokama qilish (usul «ari ini»), hamda demonstratsion materiallarni taqdim qilish (tibbiy xaritalar komplektlari, plakatlar, rentgenogrammalar), boshlang‘ich bilim darajasini aniqlash.

So‘rov, muxokama

Dars xonasi, UASh xonasi

40

3

Muxokama natijasini chiqazish




10

4

Amaliy qismni amalga oshirish uchun vazifa aniqlash- mutaxassis so‘rovi.

Tibbiy xaritalarni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar va maslahatlarni tushuntirish.



Muxokama
UASh xonasi

20

5

Amaliy qismni o‘qituvchi nazorati ostida o‘zlashtirish.

Mutaxx. So‘rovi. Bemorlar bilan muloqot va tibbiy xaritalarni to‘ldirish, muammoli masalalar.

Bemorlarni poliklinikada qabul qilish, uyga chaqiriq vaqtida bemorlarni ko‘rigi.

20

6

Bemor haqidagi axborotlar interpretatsiyasi: shikoyatlar, ko‘rik, perkussiya, auskultatsiya, hamda UQT, UST va biokimyoviy tahlillar va tashhisni shakllantirish.

Kasallik tarixi, laborator taxlillar, muammoli masalalar.


25

7

Talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini muhokama qilish, materialni o‘zlashtirish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichini baholash.

Og‘zaki so‘rov, testlar, muxokama, amaliy ko‘nikmalarni aniqlash.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi

75

8

Amaliy dars mavzusi bo‘yicha xulosa qilish, 100 balli tizimda baho qo‘yish va bahoni e’lon qilish. Keyingi darsni uy vazifasi sifatida berish(savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil ish uchun savollar.

Poliklinikadagi o‘quv xonasi

25


2. Motivatsiya

Bemorlarni shifokorga murojat qilishga ko‘pinchalik yurak soxasidagi og‘riq sabab bo‘ladi Ko‘krak sohasidagi og‘rikni sababchilari ko‘p bo‘lishiga qaramay oilaviy shifokor aniq tashhis ko‘ylguncha barcha og‘riklar kardiogen deb xisoblab hayotga havf soluvchi asoratlarni oldiniolishi zarur. Ushbu holatda UASh vazifasi birinchi bo‘lib hayotga havf soluvchi miokard infarkti, O‘ATE, spontan pnevmotoraks, aortaning qavatlanuvchi anevrizmasini xolatlarini vaktida aniklashga yo‘llantirilgan. Yukoridagi ko‘rsatilgan tashhislarni istisno kilingandan so‘ng UASh ko‘krak sohasidagi og‘riqlarni qiyosiy tashxis o‘tqazishi kerak. Bu sindrom aholi orasida ko‘p uchraydigan neyrosirkulyator distonii (NSD) va yurak ishemik kasalliklari (stenokardiyalar) xolatlarda ham ko‘p uchraydi. UAShdan diagnostika, birinchi yordam ko‘rsatish, bemor qaerda KVP yoki ShVP davolanishi yoki mahsus statsionarlarga yuborilish zarurligini aniqlash uchun undan chuqur bilimlar egallagan bo‘lishi kerak. Shu sababli ushbu mavzu UASh tayyorlash dasturiga kiritilgan.



3. Fanlararo va fan ichi bog‘likligi

Ushbu mavzuni yoritish jarayoni talabalarani anatomiya, fiziologiya, patologik fiziologiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, klinik farmakologiya fanlarida olgan bilimlariga assoslanadi. Dars jarayonida olgan bilimlari boshka ichki kasalliklarini o‘rganish jarayonida foydalanadi.


4. Mashg‘ulot mohiyati

4.1. Nazariy qism
Teoretik qismida quyidagi masalalar ko‘riladi:

NSD funksional xolat bo‘lib yurak kon-tomir sistemasi tomonidan kuzatiladigan o‘zgarishlar bilan kechadi. O‘spirin va yoshlarda ushbu xolatni sababi jismoniy rivojlanish va vegetativ tizimning neyroendokrin regulyatsiyasi shakillanish jarayonini nosozligi deb kabul kilish mumkun. Har hil yoshda NSD sababchisi bo‘lib o‘tkir va surunkali infeksion kasalliklarini va intoksikatsiya asorati natijasida astenizatsiya xolatlari shakllanishi, kam uyqulik, tartibsiz ovqatlanish,jinsiy hayot, jismoniy faollik (gipodinamiya yoki jismoniy zo‘riqish). Bir qator bemorlarda patologik vazomator javobga nasliy moinlik ahamiyaga ega. Klinik ko‘rinishi ko‘pincha nevrozga xos belgilar(tez charchash, xolsizlik, kam uykulik,jahildorlik) hamda sirkulyator funkional buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Klinik ko‘rinish turiga karab NSD kardial,gipotenziv, gipertenzivlarga bo‘linadi.

NSD Kardial tipida yurak tez urishi, yurak urushi buzilishi, shikoyatlari mavjut bo‘lsa ham QB o‘zgarishsiz qolishi, ba’zi holatlarda jismoniy zo‘riqishda nafas qisishi, ob’ektiv tekshiruvda yurak faoliyati o‘zgarishlari – taxikardiyaga moyinlik, yakkol namoyon bo‘lgan nafas aritmiyasi, qorincha usti ekstrasistoliyasi, paroksizmal taxikardiya, ba’zida EKGda T tishchaning baland yoki pasayganligi aniqlanadi.

NSD Gipotenziv tipi surunkali qon-tomiretishmovchiligi belgilari bilan kechadi (sistolik AD 100 mm rt. st. pastligi) buning asosida vena gipotenziyasi, kamroq xolatlarda arteriyalar gipotenziyasi yotadi. Ko‘pchilik bemorlarda pereferik qon-tomir qarshiligi balandligida yurak otish kuchi pastligi aniklanadi (fakat 25% xolatlarda yurak zarb hajmi kuchi balandligi aniklanadi). Ba’zi bemorlarda simpatik faollik pasayishi aniqlanadi. Ko‘p holatlarda tez charchashga, mushak xolsizligi,bosh og‘rig‘iga (och qolish sababli), oyoq - qo‘l uvishishi, ortostatik buzilishlarga moyillik hushdan ketish holatigachan. Ko‘p bemorlar astenik tana tuzilishga ega: terisi rangpar, qo‘l kaftlari muzdek va nam, ortostaz xolatida taxikadiya va puls QB pastligi. NSD Gipertenziv tipi QB tranzitor ko‘tarilishi, shu bilan birobarin bemorlarni xolati o‘zgarmaydiva bu xolat birinchi bo‘lib tibbiy ko‘rik paytida aniklanadi. Ba’zi xolatlarda bemorlar tez charchashga, bosh og‘rigiga, yurak tez urishiga shikoyat qilishi mumkun. NSDning ushbu shakli chegaradosh arterial gipertenziyaga xos belgilarga to‘gri keladi.

Birinchi bshlib davolash ishlari asosiy kasallikga yo‘llantirilgan bo‘lishi lozim (nevroz, patologik klimaks va h.k.), patogenetik davo (sedativ preparatlar, zarur bo‘lsa xolinilitiklar, adrenoretseptor blokatorlari, simptomatik davo gipotenziv, antiaritmik va boshqalar. Barcha holatlarda kun tartibi to‘gri shakillanishi kerak ishlash, dam olish, to‘liq uyqu, jismoniy harakat(suzish, yongil atletika),chiniqish. Shu bilan birobarin fizioterapiya, balneoterapiya, sanator-kurort davolanish ko‘lanishi zarur.

Vegetativ krizlarni davolash 10 mg seduksen parenteral yuborish bilan boshlanadi. Adrenergik krizda beta-adrenoblokatorlar tavsiya etiladi (masalan, parenteral yoki ichishga inderap), diastolik AD yakkol ko‘tarilganda alfa-adrenoblokatorlar (fentolamin, tropafen). Xolinergik krizda teri ostiga atropin, platifillin qilinadi, ko‘shimcha QB yakkol ko‘tarilishida, nafas qo‘zgalishida—gangleron.

STENOKARDIYa - miokardni qon bilan ta’minlanishi buzilishi sababli ko‘rak sohasida keskin og‘riq xosil bo‘lishi – yurak ishemik kasalligini klinik shakli. Stenokardiyada og‘riq quydagi belgilar bilan kechadi: 1) xuruj ko‘rinishga ega, boshlanishi, kamayishi, to‘xtashini aniq vaqti bor; 2) aniq xolatlarda xosil bo‘ladi, 3) nitroglitserini (til ostiga berilganda 1 – 3 dakikadan keyin) ta’sirida kamayyadi yoki to‘la o‘tib ketadi. Zo‘rikish stenokardiyani sababchisi ko‘p xolatlarda yurish: tezlikni oshirganda, balandlikga ko‘tarilganda, og‘ir yuk ko‘targanda, ko‘p mikdorda ovqat iste’moldan keyngi yurish, yuziga shamol keskin urilishi bo‘ladi. YuIKni atipik ko‘rinishlarida, og‘riqning sababchilari noaniq bo‘lishi mumkun. Boli, proisxojdenie kotorыx ne yasno, mogut nablyudatsya pri IBS. Stabil stenokardiyani intensivligiga qarab funkional sinfga bo‘linadi

I FS stabil stenokardiya hurujlari kam, fakat jismoniy zo‘riqishdan so‘ng paydo bo‘ladi. Agar stabil stenokardiya hurujlari odatiy jismoniy faolikdan keyin paydo bo‘lsa II FS kiritiladi, ho‘rujlar minimal odatiy jismoniy faolikdan so‘ng paydo bo‘lsa III FS kiritiladi. IV FS- huruj xar qanday jismoniy xarakat, ba’zida tinch holatda ham paydo bo‘ladi.

Stenokardiyani har qanday boskichida to‘g‘ri tashhis ko‘yishda asosan to‘g‘ri va to‘la yig‘ilgan anamnez yordam beradi. Noaniq xolatlarda jismoniy zo‘riqish bilan o‘tkaziladigan sinamalar ko‘llanadi (veloergometrik sinama), bu yashirin mavjud bo‘lgan koronar yetishmovchiligini aniklash uchun yo‘llantirilgan sinama. Tashxis qo‘yilishida quyidagi ketma ketlikdagi sxema bo‘yicha asosiy savollar hal etiladi: og‘riq tabiati koronar (anginoz)mi, infarktoldi stenokardiyaning belgilari bormi, xuruj paydo bo‘lishiga yurakdan tashqari a’zolarning kasalligi sabab bo‘lmadimikin? Faqatgina shu 3 ta savolga qat’iy ravishda berilgan rad javoblari og‘riqlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan boshqa sabablarni qidirib topish uchun asos bo‘la oladi: bemorning og‘riq sezgisi rivojlanishiga sabab bo‘lgan boshqa a’zolar kasalligi topilishi shu vaqtning o‘zida bemorda yurak ishemik kasalligining ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan stenokardiya xurujlari rivojlanganligini inkor etolmaydi.

Stenokradiyaning turli variantlarni ambulator davolash. Xurujni davolash: bemorni tinchlantirish, o‘tirgan holatda bo‘lsa maqsadga muvofiq, til tagiga 1 tabletka nitroglitserin yoki 1-2 tomchi 1%li eritmasini shakarga tomizib berish , 2 yoki 3 daqiqadan so‘ng agar samara kuzatilmasa yana qayta; valokordin - 30 – 40 tomchi sedativ maqsadda; yondosh kasalliklarni davolash , ayniqsa hazm tizimi kasalliklarini; atreoskleroz profilaktikasi; bemorning xarakat faolligini saqlab qolish va sekin asta (bemorning funksional imkonlarini hisobga olgan ravishda).


Nazariy so‘rov “rotatsiya “ metodi asosida amalga oshiriladi
Maqsad: talabalarga tanqidiy va analitik fikrlashni o‘rgatish maqsadida.

Metodning asosiy holatlari: auditoriyada bir nechta nomerlangan vazifalar osib qo‘yiladi . /ar bir kichik guruhga (2-3 odam) 10 min. ajratiladi. bu vaqt ichida guruhlar o‘z javob variantlarini muhokama etib, yozib qo‘yadilar va keyin o‘zaro vazifalarni almashinadilar. Sung jamoaviy tarzda har bir guruhning javob variantlari muhokama etiladi va eng optimal javob tanlanadi.

Masalan: “ko‘krak qafasidagi og‘riqlar” mavzusi kardialnogo tipa NSD yuzasidan topshiriq.


  1. Kardialnogo tipdagi NSD klinika i diagnostikasi.

  2. Xarakteristika stabilnoy stenokardiyadagi og‘riqlarning xarakteristikasi.

  3. Stenokardiyani ambulator davolash.

Bu metod orqali qisqa muddat ichida talabalarning mavzu yuzasidan bilimlarini tekshirish mumkin. O‘zlarining va bir birlarining javoblarni muhokama etish va taqqoslash orqali talabalarda tanqidiy fikrlash rivojlanadi.

Javoblar.

1. Kardial tipdagi NSD tashhisi AQB o‘zgarishisiz kechuvchi yurak urib ketishi, yurak to‘xtab urishi, ba’zida jismoniy ishda hansirash shikoyatlariga, ba’zan ob’ektiv ko‘rikda yurak tomonidan taxikardiyaga moyillik, yaqqol nafas aritmiyasi, bo‘lmachalar ekstrasistoliyalari, taxikardiya paroksizmlari, noadekvat yurak zarb hajmi va boshqa o‘zgarishlarga asoslanib qo‘yiladi. Ba’zida EKGda o‘zgarishlar T tishcha voltajining o‘ta baland yoki past bo‘lishi mumkin.

2. Stenokardiyada og‘riqlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) xurujsimon bo‘ladi 2) ma’lum vaziyatlarda yuzaga keladi 3) nitroglitserin ta’sirida o‘tib ketadi. Stenokardiya xuruji yuzaga kelishi uchun shart sharoitlar: asosan yurgandan keyin tez yurishda, yuqoriga ko‘tarilishda , shamolga qarshi harakatlanganda, to‘yib ovqatlangandan keyin yurganda, yoki ohir ustki kiyimlar bilan yurganda. Tabiati noma’lum bo‘lgan og‘riqlar YuIKning atipik variantlarida uchraydi.

3. Stenokradiyaning turli variantlarni ambulator davolash. Xurujni davolash: bemorni tinchlantirish, o‘tirgan holatda bo‘lsa maqsadga muvofiq, til tagiga 1 tabletka nitroglitserin yoki 1-2 tomchi 1%li eritmasini shakarga tomizib berish , 2 yoki 3 daqiqadan so‘ng agar samara kuzatilmasa yana qayta; valokordin - 30 – 40 tomchi sedativ maqsadda; yondosh kasalliklarni davolash , ayniqsa hazm tizimi kasalliklarini; atreoskleroz profilaktikasi; bemorning xarakat faolligini saqlab qolish va sekin asta (bemorning funksional imkonlarini hisobga olgan ravishda).






baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon




o‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va past

1

Nazariy qism

20-17,2

Ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball


4.2. Analitik qism

4.2.1.vaziyatli masalalar:

Vaziyatli masalalar:

1. Bemor 28 yosh, UASh ga murojaat qildi. Oxirgi yarim yil davomida davriy ravishda yurak urib ketish xurujlari, biroz AQB ko‘tarilishi, yurak sohasida jismoniy ish bilan bog‘liq bo‘lmagan uzoq muddatli sanchuvchi og‘riqlar, jizzakilik, uyqu buzilishi, bosh og‘riqlari, holsizlikka shikoyat qildi. O‘z holatini asabiylashuv bilan bog‘laydi. Ob’ektiv ko‘rikda ichki organlar tomonidan o‘zgarishlar aniqlanmadi. AQB 140/85 mm.rt.st.

EKG: o‘zgarishsiz

1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 3 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4.Yurak sohasidagi og‘riqlar differensial diagnostikasida qaysi tekshiruv usuli hal qiluvchi ahamiyatga ega va bu tekshiruvning o‘tkazilishiga kamida 4 ta ko‘rsatmani aniqlang;

5. UASh taktikasi.




NSD, YuIK, miokardit, tireotoksikoz

20

NSD aralash tipda

20

UQT,UST, umumiy oqsil, oqsil fraksiyalari, UZI qalqonsimon bez, TTG, T3, T4, veloergometriya, beta-blokatorlar bilan sinama, kaliy bilan sinama.

20

Veloergometriya; 1. YuIKni aniqlash yoki tasdiqlash uchun; 2.tipik stenokardiyada prognostik maqsadda fizik yuklamaga tolerantlikni aniqlash napryajeniya dlya opredeleniya tolerantnosti; 3. Qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda koronarografiya o‘tkazishdan; 4. Ko‘krak qafasida atipik og‘riqlar ;

20

Ambulator davolash (sedativ vositalar, beta-blokatorlar, psixoterapiya)

20

2. Bemor 24 yoshda, UAShga murojaat etdi. 2 yildan beri yurak sohasida muzlash xissi, havo yetmaslik xissi, ayniqsa yotganda va o‘tirganda 2-5 min.gacha davom etadi. Fizik zo‘riqishda ahvoli yomonlashmaydi. Ob’ektiv: bemor labil, kaftlari nam, yuz giperemiyasi. Ichki organlar tomonidan o‘zgarishlar yo‘q. AQB 140/90 mm rt.st. YuUS, puls 90 ta 1 min.da, aritmik.

EKG o‘zgarishsiz

1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4.yuklamali EKGdan tashqari yana qanday tekshiruvlar orqali yashirin koronar yetishmovchilikni aniqlash mumkin (kamida 3 tasini sanang) ;

5. UASh taktikasi.


3. Bemor 17 yosh, birinchi marotaba imtixondan oldin qaltirash xuruji yuz bergan, qo‘l oyoqlari muzlagan, xavo yetmagan, yurak soxasida sanchuvchi og‘riqlar, ko‘ngli aynib, qorni og‘rigan. UAShga murojaat qilgan. Xuruj payti AQB 140/80 mm.sim.ust, YuUS 100ta, yurak tonlari ritmik. Qorni yumshoq, og‘riqsiz, jigar kattalashmagan. EKG o‘zgarishsiz.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 3 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4.yuklamali EKGdan tashqari yana qanday tekshiruvlar orqali yashirin koronar yetishmovchilikni aniqlash mumkin (kamida 3 tasini sanang) ;


4. 22 yoshli student UAShga yurak to‘xtab to‘xtab urishi, bu holat xayajonlanganda paydo bo‘ladi va nafasni ushlab turganda o‘tib ketadi, vaqti vaqti bilan oshqozonostida ovqatdan keyin 30-40 minutdan keyin paydo bo‘ladigan og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi shikoyatlari bilan murojaat etdi. Ob’ektiv: bemor labil, kaftlari nam, yuz giperemiyasi. Ichki organlar tomonidan o‘zgarishlar yo‘q. AQB 130/85 mm rt.st. YuUS, puls 88 ta 1 min.da

Yurak tonlari aniq, ritmik. Yurak chegaralari o‘zgarmagan.Tili nam , ildizi kulrang karash bilan qoplangan. Qorin palpatsiyasida epigastriy, ko‘proq chap tomonda ohriq mavjud.UQT: Nv – 90 g/l., eritrotsitlar 2,8 x 1012, leykotsitlar 6,4 x109, SOE -10 mm/ soat.


1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 3 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4.yuklamali EKG o‘tkazishga kamida 5 ta qarshi ko‘rsatmani aniqlang.

5. UASh taktikasi va davolash prinsiplari.
5. 48 yoshli bemor asabiylashgandan keyin birdaniga uzoq davom etuvchi to‘shortidagi og‘riqlar paydo bo‘lgan va chap qo‘lga uzatilgan. UAShga murojaat qilgan. Anamnezidan: umurtqa pog‘onasining buyin ko‘krak qismi osteoxondrozi va aretrial gipertenziya bilan og‘riydi. 12 yildan buyon kuniga 15-20 sigaret chekadi. Ob’ektiv: bemor umumiy ahvoli o‘rta og‘ir, qo‘zg‘aluvchan. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. YuUS 104 ta 1 min. AQB 150/90 mm rt.st.

EKG: ritm sinusli, ST segment ko‘tarilgan I, aVL, V2-3, III aVF, V5-6da retseprok o‘zgarishlar.


1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 3 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4. Dogospital etapda sizning taktikangiz, dorilarning dozasini sanab o‘ting


6. 50 yoshli bemorda qornida keskin to‘lg‘oqsimon og‘riqlar paydo bo‘lgan, ko‘ngli aynigan, qusgan, hiqichoq tutgan. UAShga murojaat qilgan. Anamnezidan: arterial gipertenziya bilan 6 yildan beri og‘riydi. Oxirgi 3 yil to‘shortidagi vaqti vaqti bilan jismoniy zo‘riqishda paydo bo‘luvchi og‘riqlar bezovta qilgan. Ko‘rikda: umumiy ahvoli o‘rtacha og‘ir , es xushi saqlangan. Bemor bezovta, teri qoplamlari rangpar, sovuq ter bilan qoplangan. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. AQB – 90/60 mm rt.st. Puls 96 ta 1 min.
EKG: ritm sinusli, ST segment ko‘tarilgan, keng, chuqur Qtishcha va ikki fazali T tishcha III, II, aVF, V5-6, I, aVL V1-3 ,ST segment pasayishi.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4. Kamida 4 ta ushbu kasallikning atipik variantlarini sanab bering.


7. 48 yoshli bemor, yurak sohasidagi fizik yuklamadan keyin paydo bo‘ladigan va chap qo‘lga uzatiladigan, 15-20 minut davom etuvchi sanchuvchi og‘riqlarga, bosh og‘rig‘iga shikoyat qildi. Anamnezidan: YuIK va AG bilan 3 yildan beri kasal. Oxirgi xaftalar davomida og‘riqlar intensivligi va davomiyligi oshgan, nitroglitserin samara bermagan. Ko‘rikda umumiy ahvoli o‘rta og‘ir. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik, aorta ustida 2 ton aksenti va yurak cho‘qqisida sistolik shovqin. AQB – 160/90 mm rt. st. Puls – 88 ta 1 min.ritmik.

EKG: ritm sinusli, I, II i aVL da ST segmenti izoliniyadan 2 mmga pastga tushgan, 2 fazali T tishcha.

1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4. Bu kasallikka olib keladigan kamida 10 ta risk omilini sanab o‘ting.


8. UASh qabuliga 62yoshli A. Ismli bemor keldi. Yurak notug‘ri urishi, vaqti vaqti bilan kechasi bo‘g‘ilish xurujlari, va shunday paytda majburiy holatni ya’ni o‘tirgan holatni egallashi va 10 minut interval bilan 2-4 tabletka nitroglitserin ichishi ga shikoyat qildi. Anamnezda: bir yil avval miokard infarktini boshdan kechirgan. Yurak og‘riganda nitrosorbit va nitroglitserin ichadi. Ko‘rikda: axvoli o‘rta og‘ir, o‘pkasida sust vezikulyar nafas fonida pastki bo‘laklarda mayda pufakchali nam xirillashlar eshitildi. NOS 22 ta 1 min.da. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashgan, aritmik, YuUS 112 ta, 1 mi.da 84 ta puls, AQB 130/90.Jigar + 3 sm ga kattalashgan, cheti yumaloqlashgan, sezgir, yuzasi silliq. Oyoqlari shishgan.

1. Yuqoridagi shikoyatlar va o‘zgarishlar bilan keluvchi kamida 4 ta kasallikni sanab;

2. Tahminiy diagnoz;

3.Qo‘shimcha tekshiruv usullari;

4. Bu bemorni davolash uchun samarasi isbotlangan kamida 4 ta guruh dori vositalarini sanab o‘ting.

Testlar:

1. 026. Quyidagi holatlarda Stenokardiya diagnozini to‘la inkor etish mumkin:

a) og‘riq ko‘krak qafasining o‘ng qismida bo‘lsa

b) og‘riq epigastriyda bo‘lsa

v) agar og‘riq ovqatdan keyin yuzaga kelsa

g) nitroglitserin samara bermasa

d)xech bir sanalgan xolatlarda
2. 028. Qay holatlarda nostabil stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarga tezkor ravishda selektiv koronarografiya o‘tkazilishi kerak?

a) troponinlar miqdori baland bo‘lganda

b) troponinlar miqdori normal bo‘lganda

v) ritmning og‘ir buzilishlarida

g) to‘liq atrioventrikulyar blokadada

d) koronorografiya umuman o‘tkazilmaydi


3. 029. Yuz berishi mumkin bo‘lgan nostabil stenokardiyaning oqibatlariga kirmaydi:

a) to‘satdan o‘lim yuz berish xavfi

b) doim ijobiy oqibatlar

v) Qtishchali o‘tkir miokard infarkti

g) stabil stenokardiyaga transformatsiya

d) Qtishchasiz MI


4. 030. Nostabil stenokardiyali bemorni olib borish quyidagilarni nazarda tutadi:

a) uyda davolash

b) kardioreanimatsiya yoki reanimatsion bo‘limga tezkor gospitalizatsiya

v) shifoxonaga rejali gospitalizatsiya

g) QVPda davolash

d) shifoxonaning umumiy terapiya bo‘limiga gospitalizatsiya


5. 031. Q tishchaning V1-V3 da bo‘lishi va shu tarmoqda i ST ning ko‘tarilishi ko‘proq xos:

a) oldingi devor o‘tkir MI

b)orqa devor o‘tkir MI

v) pastki devor o‘tkir MI

g) yon devor o‘tkir MI

d) oldinga tarqalgan o‘tkir MI


6. 032. Stenokradiyada nitrantlarning ta’sir mexanizmidan eng muhimi bu:

a) koronar qon tomirlarni kengaytirishi

b) kollaterallarda qon aylanishini kuchaytirishi

v) sistem vazodilyatatsiya, miokard qo‘zg‘alishi va kislorodga talabini kamaytirishi

g) aortaga ta’siri

d) venalarga ta’siri


7. 034. Veloergometrik probani o‘tkazganda bemorda ST segmentinig gorizontal depressiyasi 2,5 mm. Ligi aniqlandi. Ohriqlar kuzatilmadi. Sinamani baholang:

a) musbat

b) manfiy

v) shubhali

g) sog‘lom insonga xos

d) sinamani takrorlash kerak


8. 035. 45 yoshli Uchuvchini profilaktik veloergometrik sinamadan o‘tkazganda EKGda ST segmentining izoliniyadan 4 mm gacha 50 Vt kuchlanish ostida siljiganligi aniqlandi . Diagnostikaning keyingi etapi bo‘lishi kerak:

a) miokard ssintigrafiyasi

b) koronarografiya

v) ergovin bilan proba

g) yurak magnitnorezonansnaya tomografiyasi

d) shifoxonada davolangach veloergometriyani takrorlash


9. 037. 40 yoshli bemor jismoniy ishda hansirash, ortopnoe, to‘shortidagi og‘riqlarga shikoyat qildi. Yil davomida 2 marta xushini yo‘qotgan. 5 yil avval tasodifan yurakda shovqin aniqlangan.Revmatizm aniqlanmagan. Ko‘rikda: boldirlarda pastozlik, gepatomegaliya, o‘pka pastida nam xirillashlar, puls – 90ta 1 min., ritmik, arterial bosim - 130/90 cho‘qqi turtkisi kuchaygan. Chapda III-IV qovurg‘a oralig‘ida intensiv g‘ichirlovchi sistolik shovqin, titrash bilan. II tonning aortal komponenti susaygan. Tashhisingiz

a) mitral yetishmovchilik

b) aortal stenoz

v) pulmonal stenoz

g) qorinchalararo to‘siq defekti

d) trikuspidal yetishmovchilik


10. 038. 60 yoshli erkak ko‘krak, bo‘yin sohasiga va ikkala qo‘llarga tarqaladigan og‘riqdan sovuq ter bosib uyg‘odi. Nitroglitserinning 6 tabletksini bilan 5-daqiqali oraliqda qaytadan qabul so‘ng og‘riqda kamaydi, lekin to‘liq g‘oyib bo‘lmadi. Tekshirganda: tomir urishi bir daqiqda 100 ta, ritmik, arterial bosim - 100 / 80 mm sim. ust. (rt. st.), o‘pkaning quyi bo‘limlarda dag‘al nafas olish va nam xrillash, yurak tonlari bo‘g‘iq, shovqinlar va otchopar ritmi yo‘q.

Bemorda nimaning bo‘lish ehtimol hammasidan yuqori:

a) aortaning qatalmlanuvchi anevrizmasi

b) o‘pk arteriyasining tromboemboliyasi

v) miokardning o‘tkir infarkti

g) o‘tkir perikardit

d) stenokardiya

11. 039. Mitral klapanning shikastlanishi va yetishmovchiligi uyg‘unlashganda quydagilardan nima kuzatilmaydi:

a) I ton kuchayishi

b) I ton sustlanishi

v) III ton patloagik mavjudligi

y) yurak urish cho‘qqisini pastga va chapga siljishi, uning tarqaganligi va kuchayganligi

d) aksillyar qismda sistolik shovqun va regurgitatsiya mavjudligi


12. 040. Mitral stenozning rentgenologik xususiyatlariga nima kirmaydi:

a) yurak belining silliqlanishi (chap tomondagi II va III egriliklarning bo‘rtib chiqishi)

b) bari bilan kontrastlangan qizilo‘ngachning, chap yon tomondagi va 1-egri holatida chap bo‘lmacha sathida siljishi

v) chap qorincha kengayganligi sababli retrokardinal bo‘shlmg‘ining kattalashishi

g) yurakning o‘ng bo‘limmalari kengaygaligi sabali retrosternal bo‘shliqning torayishi

d) O‘pka arteriyasining shohlarining kengayishi






Baxo

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan past

3

Test

15-12,9 ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball


4.2.2 Grafikli organayzer: Konseptual jadval
группа 17



















4.3. Amaliy qism

Yuqoridagi mavzu yakunlanganidan keyin UASh egallashi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar

1. NSD, stenokardiya va IKK bilan og‘rigan bemorlar ko‘rigi

2. NSD, stenokardiya va IKK bilan og‘rigan bemorlar EKG taxlili

3. NSD, stenokardiya va IKK bilan og‘rigan bemorlar uchun dorilar tayinlash






Baxo

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan past

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


5. Bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish shakllari

  • Og‘zaki

  • Yozma

  • Vaziyatli masallar yechish

  • O‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish


5.1. Talabalarni bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash kriteriylari.



Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

Yomon




o‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan past

1

Amaliy qism

20-17,2

Ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

2

Vaziyatli masala

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


6. Joriy nazoratni baholash kriteriylari


Baho darajalari

Reyting

ballar

Talaba ishining xarakteristikasi




20

Amaliy darsda bo‘lish bali. Bilim darajasi umuman past va amaliy ko‘nikmalar bajarishni bilmaydi. Talaba darsga umuman tayyor emas.

Qoniqarsiz

20 — 54,9

Talaba qoniqarsiz javob beryapti.

Talaba bilimlarni va ko‘nikmalarni asos darajasiga ega emas, quyida keltirilganlarning bittasidan:

  • NSD, YuIK, IKKning klinik belgilarini bilmaydi.

  • NSD, YuIK etiologiyasi va patogenezini bilmaydi.

  • NSD, YuIKning xavf omillarini bilmaydi.

  • NSD, YuIK, stenokardiyaning davo standartlarini bilmaydi.

  • NSD, YuIK bilan og‘rigan bemorlardan ratsional anamnez yig‘a olmaydi.

  • NSD, YuIK va stenokardiya bilan og‘rigani bemorlarning umumiy axvolini ob’ektiv baxolay olmaydi.

  • NSD, YuIK bilan og‘rigan bemorlarni QVP va OP sharoitida tekshirish rejasini ratsional tuza olmaydi.

  • YuIKning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini bilmaydi.

Asosiy darajadagi bilim va ko‘nikmalarni ta’minlash.

Udovletvoritelno
55-70,9%

55-60,9

Past darajali qoniqarli javob

Talaba asosiy darajadagi bilim va ko‘nikmalarni egallashga xarakat qiladi, ammo javob bergandayoki amaliy ko‘nikmani bajarganda sezilarli xatolarga yo‘l qo‘yadi.

61-65,9

O‘rta darajadagi qoniqarli javob.

Talaba asosiy darajadagi bilimlar va ko‘nikmalar darajasiga ega, ammo javob berganda yoki amaliy ko‘nikmalarni bajarganda xatoga yo‘l qo‘yadi. (alohida xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin.)



66-70,9


Yuqori darajadagi qoniqarli javob.

Talaba to‘laqonli asosiy bilimlar darajasiga ega:

  • NSD va stenokardiyaning klinik belgilarini biladi.

  • NSD va stenokardiyaning sub’ektiv, ob’ektiv va laborator instrumental ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy tashhislay oladi.

  • NSD va stenokardiyaning xavf omillarini biladi.

  • NSD va stenokardiyaning QVP va OP sharoitida davolash standartlarini biladi.

  • Ishemiya, YuIKdagi jaroxatlanish va nekrozbelgilarini ko‘rsata oladi.

  • EKG taxlili yo‘li bilan YuIKni tashhislay oladi.

  • NSD va stenokardiyali bemorlar qabuli paytida ratsional anamnez yig‘a oladi.

  • Bemor qabuli vaqtida stenokardiyali bemorlarning axvolini ob’ektiv baholay oladi.

  • Laborator-instrumental tashhislash natijalarini interpretatsiya qila oladi - giperxolesterinemiya, leykotsitoz, KFK va EChT oshganligini.

  • EKG olish texnikasini ko‘rsata biladi.

  • YuIKbilan og‘rigan bemorlarning QVP va OP sharoitida tekshiruv rejasini tuza oladi.

  • Bemor kundaligini aniq va to‘liq to‘ldira oladi..

Yuqori darajadagi bilimlar

Yaxshi
71-85,9%


71-75,9
Talaba ("66-70, 9" bandida ko‘rsatilgan) tayanch sathi bilimlari va malakalarini to‘liq egalagan va quyidagi bilim va malakalarga ega:
NSD etiologiyasini biladi.
NSD tasniflashini va tashxislash mezonlarini biladi.
Har xil NSD turlarini ambulatoriyada davolash va UASh taktiksini biladi.
NSDni davolash stadartini biladi.




76-80
Talaba tayanch sathi bilimlari va malakalarini (yuqoriga qrang) va "71-75, 9" bandda takidlangan bilimlarni to‘liq egalagan, hamda quyidagi bilim va malakalarga ega:

YuIK patogenezini biladi
YuIKning boshlang‘ich, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika tamoyillarini biladi

81-85,9
Talaba tayanch sathi bilimlari va malakalarini (yuqoriga qrang) va "71-75, 9" bilan " 76-80", bandlarda takidlangan bilimlarni to‘liq egalagan, hamda quyidagi bilim va malakalarga ega:

  • EKG belgilar asosida ishemiya mavjudligini ko‘rsatib bera oladi.

  • QVP yoki OP sharoitida YuIK bemorlarni olib borish, kuzatish va monitoringi tamoyillari.

  • ShAM malakalaridan foydalanib, nomedikamentoz va medikamentoz maslahatni masalalar bera oladi.

  • QVP yoki OP sharoitida YuIK bemorlarni dispanserizatsiya va reabilitatsiya tamoyillari.





A’lo

86-100%

86-90
Talaba tayanch sathi bilimlari va malakalarini (yuqoriga qrang) va "81-85,9" bandda takidlangan bilimlarni to‘liq egalagan, hamda quyidagi bilim va malakalarga ega:

  • ShVP yoki QVP statsionari sharoitida stenokardiyani har xil variantlarini davolash tamoyillarini biladi.

  • Koronografiya ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarini biladi.

  • Stenokardiya va NSD haqida zamonoviy ma’lumotlarni internetdan foydalanib taqdim qila oladi.


91-95

Talaba tayanch sathi bilimlari va malakalarini (yuqoriga qrang) va "86-90" bandda takidlangan bilimlarni to‘liq egalagan, hamda quyidagi bilim va malakalarga ega:

  • YuIK stenokardiya va NSDlarni exokardiografik hususiyatlarini biladi.

96-100
Talaba tayanch sathi bilimlari va malakalarini (yuqoriga qrang) va "86-90" bandda takidlangan bilimlarni to‘liq egalagan, hamda quyidagi bilim va malakalarga ega:

  • Ilmiy ma’lumotlarni adabiyotlardan (maqola va internetdan) taqdim etgan.


Izzoh: Tayanch sathi bilim va malakalari – bu bemor “havsizligi” tamoyilini ta’minlashga yetarli bo‘lgan minimal darajadagi.
7. Nazorat savollari.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish