O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «Teri va tanosil kasalliklari»



Download 70 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi70 Kb.
#15322
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH

VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

«Teri va tanosil kasalliklari» kafedrasi

Fan: dermatovenerologiya

Davolash fakulteti

Tibbiy-pedagogika fakulteti

Tibbiy-prophilaktika fakulteti



MAVZU:№ 2

Terining bakterial va parazitar dermatozlari. Etiologiya, epidemiologiya, klinika, tashxis asoslari, tekshirish usullari, davolashning asosiy metodlari. Yiringli va parazitar infeksiyalar profilaktikasi.

4 kurs talabalar uchun

Tuzuvchilar: Musaeva N.Sh.

Karimova M.K.

MAVZU:№ 2

Terining bakterial va parazitar dermatozlari. Etiologiya, epidemiologiya, klinika, tashxis asoslari, tekshirish usullari, davolashning asosiy metodlari. Yiringli va parazitar infeksiyalar profilaktikasi.

Piodermitlar – terining yiringli yalliglanishi (yunoncha pyon – yiring, derma – teri degan so'zlardan iborat) teri kasalliklari orasida ko'p uchraydi. Kasallik terining butunligi buzilib, teriga yiring tarkatuvchi mikroblar – stafilokokklar, streptokokklar, goxo ko'k yiring tayokchasi kirishi tufayli vujudga keladi. Nokulay mexnat va turmush sharoitlari, sanitariya-gigiena me`yorining buzilishi yiringli kasalliklarning tarkalishiga sabab bo'ladi.

Ekzogen omillarga terining ifloslanishi, shilinishi, shikast-la-nishi, ishkor tomonga karab rNning o'zgarishi kiradi.

Endogen omillarga esa – avitaminozlar, asab faoliyatining buzilishi, uglevod almashinuvining buzilishi va boshkalar kiradi. Etiologiyasiga karab kasallik stafilokokkli, streptokokkli va aralash piodermiyalarga bo'linadi.

Stafilokokkli piodermitlar teri xosilalari (sochlar, follikulalar, bezlar) bilan boglik bo'ladilar. Stafilokokk yiringchalari mayda, shakli yarimsharsimon bo'lib, ustki qobiqi kalin, ular sarik va kuyuk yiring bilan to'lgan bo'ladi. Yiringcha atrofida o'rab turuvchi yalliglanish belgilari, ya`ni terida kizarish va shishish ko'rinib turadi.

STAFILOKOKKLI PIODERMITLAR

Stafilokokkli piodermitlar – follikulyar piodermitlar deb ataladilar, sababi stafilokokklar terida albatta soch follikulalarini jaroxatlaydilar va bir-biridan soch follikulasida yalliglanish chuko’rligi va yalliglanish darajasi bilan ajralib turadi. Stafilokokkli piodermitlar yuza va chuko’r turlarga ajratiladi. YUza stafilokokkli piodermitlar terining, asosan, epidermis kavatini jaroxatlab ularga: ostiofollikulit, follikulit va sikoz kiradi. Dermani jaroxatlaydigan chuko’r stafilokokkli piodermit-lar-ga: follikulit, furunkul, karbunkul, gidradenit kiradi.

Ostiofollikulit (ostiofolliculitis) – soch piyozchasining teri satkidan chikishdagi teshik kismining stafilokokkdan o'tkir yiringli yalliglanishidir. Xosil bo'lgan yiringcha epidermal, kobigi kalin, konus yoki yarimshar shaklida, bo'shlikning ichi sarik rangli kuyuk suyuklik bilan zich to'lgan, diametri 1–3 mm, atrofi bilinar-bilinmas kizil xalka yoki yalliglanish belgisi bilan oralgan va bu yiringcha markazida albatta soch tolasi joylashadi. Ostiofollikulit, asosan, yuz, bosh, ko'l va oyoklarning sochli kismi, ko'krakning old-orka yuzasida uchraydi. Bu yiringcha 3–4 kunda ko’rib kalok paydo kilishi mumkin yoki jarayon faol kechsa, ostiofollikulit chuko’rlashib, atrofiga kengayib follikulitga aylanishi mumkin.

Davosi. Maxalliy davo:

– yiringchaning bo'shlik ustidagi qobiqini ochish;

– dezinfeksiyalovchi eritmalar (salisil kislotaning spirtdagi 2% li eritmasi, anilin bo'yoklarining spirtli eritmalari);

– dezinfeksiyalovchi krem, mazlar (Fucidin, Ung.Sulfurati 3%, Ung.Dermatoli 5%).

Follikulit (Folliculitis) – soch piyozchasining o'tkir, yiringli yalliglanishi. Agarda yalliglanish soch piyozchasining yukori kisminigina jaroxatlab, fakat dermaning yuza kismida kechsa – yuza follikulit xosil bo'ladi va bu follikulitlar keyinchalik ko’rib, kalok yoki yukori kismi ochilib eroziya xosil kiladi, kech chandik va atrofiya koldirmaydi.

Soch piyozchasining to'la yalliglanishi bilan kechuvchi jarayon esa – chuko’r follikulit deb ataladi va bu jarayon yuza chandik xosil kilib tugaydi. Noto'gri maxalliy davo o'tkazganda follikulitdan furunkul paydo bo'lishi mumkin.

Klinik ko'rinishi. Terida tugunchaga o'xshash yoki dastlab katta bo'lmagan infiltrat xosil bo'lib, uning yuzasida esa bir necha kun mobaynida follikulyar yiringcha xosil bo'ladi. Ostiofollikulitdan farki, bu uning atrofidagi yalliglanish belgilarining (kizarish va shishish) ko'prok ko'zga tashlanib turishi va bemorning ogrikka bo'lgan shikoyati. Yiringcha yorilib kuyuk yiringli ajratma okadi yoki u kotib kalokka aylanadi, so'ng tushib ketadi. YAlliglanish infiltratining chuko’rligiga karab o'rnida asta-sekin nuktadek chandik xosil bo'lishi mumkin yoki kalok tushib, o'rnida vaqtinchalik pigment dog paydo bo'ladi.

Differensial – Acne vulgaris;

tashxisi – Sycosis vulgaris;

– Sycosis parasitaria;

– Scabies.

Davosi.


Maxalliy davo:

– yiringcha qobiqini ochish;

– terini dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalash (borat va salisil kislotalarining spirtdagi eritmalari, anilin bo'yoklari eritmalari va boshkalar);

– dezinfeksiyalovchi kremlar, mazlar, linimentlar (Fucidin, 5% ixtiol linimenti, 5% oltingugurt mazi, antibakterial mazlar).

Umumiy davo:

CHuko’r follikulitlar uchun:

– Fucidin 0,5 dan 2 maxal, 1 kunda;

– antibiotiklar (Erythromycinum 0,5, kuniga 4 maxal, 1 xafta mobaynida, Clindamycin hydrochlorid 150 mg, kuniga 4 maxal, 7–10 kun, Dicloxacillinum 0,5, kuniga 4 maxal, 7–10 kun va boshkalar).

SIKOZ (SYCOSIS VULGARIS) Cikoz – surunkali, qaytalanib turib, birdaniga ko'p soch folli-kulalarining yalliglanishi bo'lib, asosan, sokol, mo'ylab, kosh, kip-rik soxalarida ostiofollikulit va follikulitlar kolida kuzati-ladi va, asosan, neyroendokrin va jinsiy bezlar faoliyati o'zgargan, ko'prok darmonsiz erkaklarda uchraydi.

Klinik ko'rinishi. Terining mo'yli sochlarida uchrovchi, asosan, betda kamda kov, son soxalarida ostiofollikulit va follikulitlar yuzaga keladi. Kamrok bu xil toshmalar boshning sochli kismlarida xam kuzatiladi. Kasallik surunkali kechadi. Jaroxatlangan soxa terisi kizarib, infiltrasiyalanib, yuzasi kepaklanadi va yangi follikulitlar xosil bo'lishi kuzatiladi. O'chokdan yulib olingan soch ildizi biroz shishgan bo'lib, shishasimon parda bilan o'ralgandek ko'rinadi. Bu follikulyar yiringchalar regressiyasidan so'ng chandik xosil bo'lmaydi, teri infiltrasiyasi saklanib eski yiringchalar o'rnidan yangi yiringchalar xosil bo'laveradi.

Differensial – Sycosis parasitaria (trichophytia profunda).

tashxisi – Folliculitis.

– Acne vulgaris.

– Acne rosacea.

Davosi.

Maxalliy davo:



– dezinfeksiyalovchi spirtli eritmalar;

– dezinfeksiyalovchi liniment;

– mazlar (Lin.Synthomycini 2–5%, Ung.Ol.Rusci 3–5%,Ung.Fucidini va boshkalar).

Umumiy davo:

– gormonal terapiya – Methyltestosteronum 0,005, kuniga 3 maxal, til ostiga 10–15 kun, 2–4 xaftadan so'ng qayta ko’rs o'tkaziladi;

– vitaminoterapiya (E-vitaminlari, V-gurux vitaminlari);

– antibiotiklar (Erythromycinum 250 mg, kuniga 2 maxal, uzok muddat);

– sulfanilamid preparatlari.

Furunkul – chipqon (Furunculus) bu soch piyozchasi va uning atrofidagi yumshok to'kimalarning o'tkir yiring va nekrozli yalliglanishidir. Chipqon birlamchi sog terida paydo bo'lishi mumkin yoki bo'lgan ostiofollikulit va follikulitni noto'gri davolash natijasida rivojlanadi.

Klinik ko'rinishi. Dastlab, teri osti yog kavatida kattik ogrik bilan kechadigan infiltrat yuzaga kelib, kiska vaqt ichida o'sib, konussimon tugun ko'rinishiga kiradi va to'k kizil tusda bo'ladi. Tugun vaqt o'tib yumshab, markazidan nekrotik massa xosil bo'lishi xisobiga biroz yassilanadi va ogrik kuchayishi kuzatiladi. Fakatgina markazidan nekrotik o'zak ajralgandan keyin ogrik keskin kamayadi va o'rni yaralanadi. YAra chuko’r, konussimon, chetlari o'yilgan, tubiga karab osilgan bo'lib, mo'l yiringli, kon aralash ajratma ajraladi. YAra chandik xosil kilib bitadi.

Differensial – Hydradenitis.

tashxisi – Actinomycosis.

Davosi.

Maxalliy davo:



– Ichtyolum purum bilan kompress, isitib-kizdiruvchi fiziote-rapevtik muolajalar furunkul yorilgunicha ko'llaniladi;

– dezinfeksiyalovchi eritmalar, suspenziyalar (gipertonik eritma, 5% dermatol suspenziyasi va boshkalar);

– nekrotik to'kima evakuasiyasini tezlashtirish maksadida ferment preparatlari (fibrolat, iruksol) ko'llaniladi;

– yara atroflariga dezinfeksiyalovchi mazlar, pastalar (Fucidin, 5%-oltingugurt mazi, 5%-dermatol, ixtiol pastalari) surtiladi.

Umumiy davo:

– keng spektrli antibiotiklar (doksisiklin, eritromisin...);

– Fucidin 0,5, 2 maxal, kunda;

– sulfanilamid preparatlari (biseptol, kotrimoksazol...).

Furunkulez (Furunculosis) – surunkali, qaytalovchi, yangi-yangi chipqonlar xosil bo'lishi bilan ketuvchi ogir kasallik bo'lib, asosan, gipovitaminoz, disproteinemiya, kandli diabet va boshka xastaliklar, intoksikasiyalar xisobiga vujudga keladi.

Klinikasi. Terining turli soxalarida bir yoki bir necha furunkullar qayta-qayta yuzaga kelib, ular turli rivojlanish bosqichida bo'ladilar.

Differensial – Hidradenitis.

tashxisi – Actinomicosis.

Davosi.

Maxalliy davo:



"Furunkul" davosiga karang.

Umumiy davo:

– immunostimulyasiya (autogemoterapiya, autovaksina, stafilokokk anatoksini, T-aktivin...);

– vitaminoterapiya (vitamin S, V-guruxi);

– antibakterial preparatlar (doksisiklin, eritromisin va boshkalar).

Avval antibiotikka mikroorganizmning ta`sirchanligini aniklab, so'ng tayin etiladi.

Karbunkul (Xo'ppoz, Carbunculus) – bir necha soch qo’pchasi va ularning atrofidagi yumshok to'kimalarining ko'shilgan o'tkir yiringli-nekrotik yalliglanishi bo'lib, ko'prok darmonsiz, ichki a`zolari funksiyasi buzilgan kishilarda uchraydi. Ko'pincha yuzaki joylashgan piodermitlarni noto'gri davolash asorati bo'lib chikadi.

Klinik ko'rinishi. Kattik ogrikli chuko’r joylashgan infiltrat paydo bo'lishi bilan boshlanib, yuzasida bir necha follikulyar pustulalar bir vaqtda yuzaga kelmagani uchun, turli rivojlanish bosqichida bo'lishi mumkin. Jaroxatlangan to'kimalar vaqt o'tib nekrozga uchraydi va bir katta yara xosil bo'ladi. YAra chetlari kizargan, notekis, yuzasida nekrotik to'kimali bir necha tikin (probka) bo'ladi. YAra yuzasi katta bo'lib, kattik ogrik, limfangoit, limfadenit, sepsis xolatlari kuzatiladi.

Differensial – Trichophytia profunda.

tashxisi


Davosi.

"Furunkul" va furunkulez davosiga karang.

Gidradenit (Hidradenitis) – apokrin ter bezlari va ular atrofidagi yumshok to'kimalarining o'tkir yiringli yalliglanishi. Gidradenit, asosan, ko'ltik ostida va sut bezining so'rgichsimon o'simtasi atrofi – areolalari va oralik soxasida uchrashi kuzatiladi.

Klinik ko'rinishi. Dastlab teri soxasida ogrikli, chuko’r, kichkina tugun yoki infiltrat xosil bo'ladi va kattalashib, uning markazida yiringcha vujudga keladi. Tugun nekrozga uchrashi natijasida, follikulyar teshiklardan yiring va nekrotik to'kimalar ajralib chikadi. YAlliglanish jarayoni tugagach, jaroxat o'rnida tortilgan chandiklar koladi. Gidradenit tezda qaytalib turishi va limfangoit, limfadenit va sepsis bilan birgalikda kechishi mumkin.

STREPTOKOKKLI PIODERMIYALAR

Streptokokkli piodermitlar (chakiruvchisi streptokokklar) – fakat nozik yassi terini jaroxatlaydilar va ko'pincha yuza joylashgan, yassi, yupka tomli, bo'shashgan pufakka o'xshash, seroz suyuklikni eslatadigan suyuk yiring saklovchi yiringchalarni, ya`ni fliktenalarni xosil kiladi. Asosan nozik terida, ayollar va bolalarda kuzatilib, bu tur piodermitlar soch, ter – yog bezlarining follikulyar apparatlarini jaroxatlamaydi. YAlliglanish jarayonining chuko’rligiga karab, yuza va chuko’r streptokokkli piodermitlar tafovut etiladi.

YUza streptokokkli piodermitlarga: streptokokkli impetigo, bullyoz impetigo, streptokokkli bichilish, tirkishsimon impetigo, yuza panarisiy kiradi. CHuko’r streptokokkli piodermitlarga – streptokokk ektimasi kiradi.

Streptokokkli impetigo (impetigo streptogenes s.contagiosa) – terining birdaniga boshlanidigan yuza va juda yukumli o'tkir streptokokk jaroxatlanishi bo'lib, asosan, yosh bolalarda uchraydi.

Klinik ko'rinishi. Eritematoz kizargan teri yuzalarida fliktena nomli yiringcha xosil bo'ladi. Fliktena – yupka va bo'sh tomli yassi pufak bo'lib, ichida seroz suyuklikni eslatadigan yiringni saklaydi, bu suyuklik kiska vaqt ichida loyxalanadi, tomi esa tezda yorilib, natijada yuza eroziya yoki u ko’rib kolib yupka, ko'p kavat sargish kaloklar xosil kiladi. Jarayon tezda tarkalib, ayniksa bemorning terisi namlanib tursa, turli yangi o'choklar xosil bo'ladi. Bolalar bir-birlari bilan yakin kontaktda bo'lishlari okibatida kasallikni yuktiradilar. Streptokokkli impetigoning bir necha turlari (bullyoz impetigo, bichilish, tirkishsimon impetigo va yuza panarisiy) mavjud bo'lib, ular bir-birlaridan jarayonning joylashishi, yalliglanishning intensivligi va kechishiga karab fark kiladilar.

KO'TIR (SCABIES)

Ko'tir – yukumli parazitar, asosan, kechasi kuchayadigan teri kichinishi bilan kechadigan kasallik.

Etiologiyasi. Kasallikni ko'tir kanalari – Sarcoptes hominis chakiradi. Kasallik yukumli bo'lib, bemor yoki uning buyumlari orkali yukadi.

Asosiy belgilari. Sog teriga kana tushgandan keyin 7–14 kun o'tgach, bemor terida kattik kichinish va toshmalarga e`tibor beradi. Bemor terisida mayda pufakchasimon tugunchalar va egri-bugri, kulrang, uzunligi 5–10 mm keladigan chiziklar (ko'tir yo'llari) va kora nuktalar ko'rinib turadi. Ko'tir yo'lining uchi ochik (mayda eroziya), oxiri yopik bo'lib, u erlarda pufakchalar (tuguncha) bo'lib, ular doim juft joylashadilar (eroziya – tuguncha). Odatda bu joylarga kanalar joylashgan bo'ladi. Ko'l panjasi ustki bo'kimlari, barmok oralari, ko'ltikning oldi, ayollarda ko'krak uchi terisida juft-juft joylashgan pufakcha (tuguncha) va eroziyalar uchraydi. Kichinish, ayniksa, kechasi zo'rayib, kashinish okibatida terida tirnalishlar kelib chikib, ikkilamchi infeksiyaga yo'l ochiladi. Kechko’run zo'rayadigan kichinish, ko'tir yo'llari, eroziya va pufakchasimon tugunchalarning o'ziga xos joylashishi, kanalar topilishi, kasallikka to'gri tashxis ko'yishga yordam beradi.

Davolash: kattalarda 33 % li oltingugurt malxami, 1 kunda bir marotaba (4–6 kungacha surkaladi), so'ngra dush kabul kilib, kiyimlar almashtiriladi. Bugungi kunda ko'pincha benzilbenzoatning 20% li suvdagi eritmasi ko'llaniladi (4 kun, kuniga 10 daqiqa davomida 10 daqiqa tanaffusdan so'ng 2 marta surkaladi). DEMYANOVICH USULI: 1/1 eritma, ya`ni 60 % li natriy tiosulfat bilan 10 daqiqa orasida butun tana, ko'l-oyok terisiga zo'r berib surkaladi (tananing xar kismiga 2 daqiqadan va 5 daqiqa tanaffusdan so'ng 2 marotaba) 10 daqiqa tanaffusdan keyin 1/2 eritma bilan, ya`ni xlorid kislotaning suvdagi 6 %li eritmasi xuddi shunday usul bilan surtib chikiladi. 4 kun davodan keyin bemor cho'miladi va uning ko'rpa-to'shagi, ichki kiyimlari almashtiriladi.



Albatta bemorning oila a`zolari, yakin mulokotda bo'lgan insonlarni tekshirib davolab, epid o'chokni yo'kotish zarur (ilova X).
Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish