O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/95
Sana27.09.2021
Hajmi4.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
 
R e j a : 
1. 
Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
2. 
Kasb psixologiyasi    fanining shakllanish tarixi. 
3. 
Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 
4. 
O`quv    fanlari    tizimida    kasb psixologiyasi. 
 
T a ya n ch          s o' z          v a          i b o r a l a r : 
 
Kasb  psixologiyasi,  rux,  aks  ettirish,  psixika,  Aristotel,  refleks,  emperizm, 
sensualizm,  faktlar,  jarayonlar,  individual  xususiyatlar,  vazifalar,  psixik  holatlar. 
Prinsip,  determinizm,  ong,  faoliyat,  amaliyot,  nazariya,  soha,  ijtimoiy  psixologiya, 


psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq. 
Psixologiya 
lotincha 
psyuxe"-ruh
"logos"-fan, 
ta'Iimot 
degan 
so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha 
qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov:  «Psixologiya  fani  biz 
uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish - hayotni, insonni o‘rganish 
degani.  Kerak  bo‘lsa,  rahbarlik  qilmoqchi  ekansiz,  yetakchi  bo‘lib,  odamlarga 
ko‘rsatma  bermoqchi  ekansiz,  oldin  ularning  psixologiyasini  har  tomonlama 
o‘rganish  kerak)),  -  degan  edi.  Ushbu  fikr  kasbiy  psixologiya  fanining  metodologik 
asoslaridan birini tashkil qiladi. 
Har  qanday  inson  kundalik  hayotida  odamlar  bilan  uchrashib,  muloqotga 
kirishar  ekan,  u  o‘zining  bosiq  yoki  qiziqqon,  beparvo  yoki  qiziquvchan,  mehribon 
yoki  bag‘ritosh,  jahldor  yoki  bosiq  va  hokazolardan  iborat  ichki  va  tashqi  ruhiy 
olamini  namoyon  qiladi.  Bu  ruhiy  holatlar  ongli  va  ongsiz  tarzda  namoyon  bo‘ladi. 
Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. 
Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos 
etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji 
uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi 
Xo‘sh, psixika nimaq 
Psixika  -  yuqori  darajada  tashkil  topgan  materiyaning  tizimli  xossasi 
(xususiyati),  subyekt  tomonidan  obyektiv  borliqni  faol  aks  ettirish,  mazkur  borliq 
manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi 
va  faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning,  hozirgi davr  va kelgusi 
zamonning  hodisalari  ifodalangan,  tartibga  solingan
1
.  Psixikaning  asosiy  vazifalari  - 
aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir. 
Uning  namoyon  bo‘lish  shakllari  va  ularning  o‘zaro  bog‘liqligi  psixik  (bilish) 
jarayonlar  (sezgi,  idrok,  xotira,  tafakkur,  xayol,  nutq  va  diqqat),  psixologik  holatlar 
(hissiyot,  emotsiya,  e’tiqodlilik,  bardamlik,  tetiklik,  qiziquvchanlik,  hayratlanish, 
ishonchlilik,  ijodiy  ruhlanish),  shaxsning  xususiyatlari  (yo‘nalishlar,  temperament, 
xarakter,  qobiliyat,  iqtidor,  aqliy  salohiyat,  xulq  motivatsiyasi,  ish  uslubi, 
mas’uliyat)da kuzatiladi. 
Psixologiya  -  psixikaning  kelib  chiqishi,  rivojlanish  qonuniyatlari,  shuningdek 
insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi 
fan. 
Psixologiya  yunoncha  «psixologos»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  «jon»,  «ruh» 
haqidagi  fan,  ta’limot  degan  ma’noni  anglatadi.  Biroq  hozirgi  davr  ilmida  «jon» 


tushunchasi  o‘rniga  «psixika»  atamasini  qo‘llash  qabul  qilingan.  Chunki  lingvistik 
nuqtai  nazardan  «jon»,  «psixika»  tushunchalari  aynan  bir  ma’noni  bildiradi.  Lekin 
«psixika» atamasi bugungi  kunda  «jon»ga nisbatan kengroq  ma’noga, ko‘lamga ega 
bo‘lib,  inson  ruhiyatining  ham  ko‘zga  ko‘rinuvchi,  ham  ko‘zga  ko‘rinmas 
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. 
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi 
kirsa,  uning  predmetini  ana  shu  obyekt  haqidagi  muayyan  bilimlar  tashkil  qiladi 
(Obyekt  -  kishilarning  diqqatini  o‘ziga  tortadigan  moddiy  va  ma’naviy  borliq. 
Predmet  -  moddiy  va  ma’naviy  borliq  haqidagi  bilimlar  majmuasi  va  o‘rganiladigan 
masalalar). 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida 
yuzaga  kelgan  bo‘lib,  aniq  faoliyat,  ya’ni  ichki  ishlar  idoralari  faoliyatidagi 
psixologik  jihatlarning  muhim  tomonlarini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  fan 
hisoblanadi. 
Kasbiy  psixologiya  ilmiy-amaliy  fan  bo‘lib,  umumiy  psixologiyaning 
qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab 
chiqadi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat