O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/95
Sana27.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#186929
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Bog'liq
Документ (12), 10.1007 s10910-010-9725-z, 1-maruza, duy9-23773-638985 (1), Hamroyev Abror.1-seminar, oʻrmon sanoatin, oʻrmon sanoatin, oʻrmon sanoatin, Умумий Психология-2, 9, Психология АСП, руб. котроль, 1,2 семестр, Байбекова В.А., 19-20 уч. год (1), 10 vaziyat, 3-shaxsiy uy topshiriq, 3-shaxsiy uy topshiriq, 8-lab
Psixologik  qonuniyat  u  yoki  bu  ruhiy  hodisani  keltirib  chiqaruvchi  va 
rivojlantiruvchi  sabab  bilan  natijaning  ichki  bog‘liqligidan  iboratdir.  Bunday 
psixologik qonuniyatlardan biri  ma’lum sharoitda  u yoki bu ruhiy  hodisaning takror 
namoyon  bo‘lishidir.  Psixologik  qonuniyatlarni  bilish  -  muayyan  psixik  hodisani 
tushunish, oldindan ko‘ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. Shuningdek, 
ichki  ishlar  idoralari  xodimlariga  fuqarolarning  ruhiy  faoliyatlari  umumiy 
xususiyatlarini  chamalab  ko‘rishga,  fikr  yuritish  va  xulq-atvorlarini  belgilashga, 
ayniqsa,  jinoyatchi  shaxsining  qilmishlarini  ochish  ishlarini  tashkil  qilishda  xatoga 
yo‘l  qo‘ymasliklarida  yordam  beradi.  Har  bir  xodim  shaxsning  individual 
xususiyatlarini,  sof  tasodifiy  holatlarni  keltirib  chiqaradigan  boshqa  narsalarni 
hamisha o‘rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar umumiy va 
juz’iy  bo‘lishi  mumkin.  Umumiy  qonuniyatlar  hamma  shaxslarga  yoki  ko‘pchilikka 
aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, 
jadal)  qo‘zg‘atuvchining  kuchiga  nisbatan  (o‘rtacha  kuchiga  nisbatan)  logarifma 
mutanosibligida o‘sib boradi. 
Juz’iy qonuniyatlar ba’zi yoshdagi kasb egalari va ba’zi toifadagi shaxslarga xos 
qonuniyatlardir.  Masalan,  o‘smirlarda  abstrakt  fikrlashning  tezlik  bilan  rivojlanishi 
hamma  shaxslarga  emas,  faqat  o‘smirlarga  xos  bo‘lgan  juz’iy  qonuniyatdir. 
Psixologik  qonuniyatlarni  jiddiy  o‘ylab  tashkil  qilingan  hamda  rejali  ravishda  olib 
boriladigan  tekshirishlar  orqali  aniqlash  mumkin.  Qanchalik  murakkab  bo‘lishidan 
qat’i nazar, ko‘pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni 
muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. 
Psixologik  qonuniyatlar  jarayonini  ba’zi  asosiy  bosqichlarga  ham  bo‘lish 
mumkin. 

 
Masalaning  qo‘yilishi.  Har  qanday  ilmiy-tekshirish  ishlari  kabi, 
psixologiyada  olib  boriladigan  ilmiy  tekshirish  ishlari  ham  nazariy  va  amaliy 


ahamiyatga  ega  bo‘lgan  masalani  aniqlashdan,  shuningdek,  bu  masala  fanda 
qanchalik  o‘rganilganligini  bilish  uchun  mazkur  mavzuga  oid  adabiyotlarni 
o‘rganishdan boshlanadi. 

  Tekshirish  metodikasini  tanlash.  Psixologik  kuzatishlar  turli  metodlar  (bu 
metodlar  haqida  quyida  batafsil  fikr  yuritiladi)  bilan  olib  boriladi.  Ishning 
muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan metodni tanlashga bog‘liq bo‘ladi. 

 
Aniq  ma’lumotlarni  to‘plash.  Ma’lumotlar,  I.  P.  Pavlov  ta’biri  bilan 
aytganda,  olim  uchun  go‘yo  havodek  zarur  narsadir.  To‘plangan  ma’lumotlar 
o‘rganilayotgan  muammoga  mos  kelishi  zarur.  Ilmiy  ma’lumotlarga  bo‘lgan  asosiy 
talab  -  ularning  to‘liq  va  izchil  bo‘lishidir.  To‘plangan  ma’lumotlar  o‘rganilayotgan 
masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak. 

 
Aniq  ma’lumotlarni  ishlash.  To‘plangan  ma’lumotlarni  matematik  va 
mantiqiy  jihatdan  ishlab  chiqish  umumiylikni,  tipiklikni  topish  va  ularni  tasodifiy 
materiallardan  ajratish  imkonini  beradi.  Bunda  to‘plangan  materiallarning  o‘rtacha 
miqdori  (arifmetik,  kvadrat  va  h.k.),  foizi  va  boshqalar  aniqlanadi,  songa  oid 
ma’lumotlar  jadvallarga  joylashtiriladi,  grafik,  diagramma  ko‘rinishlarida  aks 
ettiriladi.  Murakkab  mutano-  siblikdagi  ma’lumotlarni  aniqlashda  esa  variatsion 
statistika metodlari qo‘llanadi. 

  Qonuniyatning  ifodalanishi.  Bu  tekshirishning  eng  qiyin  va  mas’uliyatli 
bosqichi  hisoblanadi.  Chunki  bu  bosqichda  ma’lumotlarning  mohiyatini  chuqur 
tushunish,  ularning  o‘zaro  bog‘liqlikni  hisobga  olish  kerak  bo‘ladi,  binobarin,  bitta 
ma’lumotdan  turlicha  xulosa  chiqarish  mumkin.  Ko‘pincha  chiqarilgan  xulosalar 
taxminiy xususiyatga ega bo‘lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo‘ladi. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash