O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi



Download 18,57 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,57 Kb.
#271701
Bog'liq
prezident tabrigi


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

11.01.2013 21:02

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda son jihatdan ixcham, harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda.

Qurolli Kuchlarni izchil isloh etish davomida prinsipial yangi tashkiliy-shtat tuzilmalarini, harbiy boshqaruv tizimlarini, turli qo‘shin turlari harakatlarini muvofiqlashtirish va ularning hamkorligini ta’minlash mexanizmlarini shakllantirish, harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligini va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tubdan yaxshilash bo‘yicha ko‘lami va ma’no-mazmuniga ko‘ra ulkan va beqiyos ishlar amalga oshirildi.

Dunyodagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, xavfsizlikka nisbatan tahdid va xatarlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish va ularning jangovar tayyorgarligini, mamlakatimizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzga o‘z vaqtida va munosib zarba berish qobiliyatini oshirishni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Yuzaga kelayotgan murakkab sharoitda yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi, tobora kuchayib borayotgan qarama-qarshilik, siyosiy va diniy radikalizm va ekstremizm, chegaralarimizga bevosita yaqin hududlarda mojarolarning davom etayotgani, birinchi navbatda, AYSEF deb atalmish xalqaro koalitsion kuchlarning Afg‘onistondan 2014-yilgacha va undan keyin olib chiqib ketilishi ko‘zda tutilayotgani bilan bog‘liq ravishda keskinlikning yanada ortib borayotgani jahon hamjamiyatida haqli ravishda xavotir uyg‘otmoqda. Bugungi kunda dunyoda kiberjinoyatchilik, kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda salbiy informatsion ta’sir o‘tkazish kabi xalqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari ko‘rilmagan xavf-xatarlarning avj olayotganiga yetarli baho bermasdan, ularning oldini olmasdan, beparvo bo‘lib yashash mutlaqo mumkin emas.

Mintaqamizda tashqi kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar kurashining kuchayib borayotgani vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Chegaraga yaqin hududlarda buzg‘unchi to‘dalar va qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarning faollashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, siyosiy va millatlararo ziddiyatlarning keskinlashib borayotgani oqibatida harbiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan jiddiy tahdid va xatarlar paydo bo‘lmoqda.

Sarhadlarimizga bevosita yaqin hududlarda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani, birinchi navbatda, yuqorida zikr etilgan xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda katta aks sado berayotgan hujjat, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2012-yil sentabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun aynan ana shu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Mazkur hujjatda O‘zbekistonning turli harbiy-siyosiy blok va alyanslarga qo‘shilmasligi, o‘zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha qat’iy pozitsiyaga ega ekani, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, mustaqil, izchil va faol tashqi siyosat olib borishi haqidagi prinsiplar aniq-ravshan bayon etilgan.

Ayni vaqtda Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar tayyorgarligini har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimiz suvereniteti va uning davlat chegaralarini himoya qilish choralarini kuchaytirish borasidagi ishlarni davom ettirish ana shu tashqi siyosiy strategiyani izchil amalga oshirish, O‘zbekistonning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashning eng muhim sharti va kafolatidir.

Qurolli Kuchlarni qo‘llash strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirish, jangovar operatsiyalarni olib borish bo‘yicha zamonaviy tajribani chuqur va puxta egallash, shuningdek, sheriklarimiz bo‘lgan mamlakatlardagi o‘quv va tadqiqot markazlarida qo‘mondonlik tarkibining malaka oshirishi bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat chegaralarimizni qo‘riqlash va himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bo‘linmalarni real vaqt mezonlari asosida samarali boshqarish imkonini beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalarini qo‘shinlarni boshqarish tizimiga keng joriy etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish va chuqurlashtirish darkor.

Qo‘shinlarning o‘quv, jangovar tayyorgarligi ma’no-mazmunini tubdan o‘zgartirish Qurolli Kuchlar qo‘mondonligining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Tezkor-taktik, qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini puxta rejalashtirish, ularni jangovar sharoitlarga imkon qadar to‘la yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish masalalari ham g‘oyat jiddiy e’tiborni talab qilmoqda. O‘quv mashqlari davomida modellashtirish va simulyatsiya usullaridan faol va keng foydalanish, mamlakatimiz hududiga suqilib kirishga urinadigan buzg‘unchi to‘dalar, qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarni bartaraf etish bo‘yicha jangovar operatsiyalarni olib borishning turli model hamda variantlarini sinab ko‘rish muhim ahamiyatga ega.

Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan qayta ta’minlashni davom ettirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi shart. Bu sohada sheriklarimiz bo‘lgan xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro harbiy-texnik hamkorlikni yaxshilash va uning ko‘lamini kengaytirish zarur.

Harbiy kadrlar, birinchi navbatda, chuqur bilimga ega bo‘lgan va zamonaviy fikrlaydigan, intellektual yetuk ofitserlarni, shuningdek, bugungi kunda armiyamizning o‘zagini tashkil etayotgan yuksak professional malakali kichik komandirlar – serjantlarni tarbiyalash tizimini tubdan yaxshilash ham Qurolli Kuchlar qo‘mondonligi faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi darkor.

Bu borada harbiy bilim yurtlari va serjantlar maktablarida harbiy kadrlarga harbiy soha va harbiy san’at rivojidagi asosiy tendensiyalarni aks ettiradigan, prinsipial jihatdan yangi mutaxassislik va ilm-fan yo‘nalishlarini jangovar harakatlarni olib borishning xorijiy tajribasi, zamonaviy shakl va metodlarini hisobga olgan holda o‘rgatish oldimizda turgan ishlarning eng mas’uliyatli jabhasi, desam, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Armiyada ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini kamol toptirish, harbiy jamoalarda sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar tizimini tubdan yaxshilash Qurolli Kuchlarimiz barcha bo‘g‘inlari komandirlarining alohida muhim vazifasidir.

Shuni yaxshi anglab olish kerakki, bugungi kunda harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlar avvalgi yillardagi muddatli harbiy xizmatchilardan mutlaqo farq qiladi. Hozirgi vaqtda mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga yetgan, mamlakatimizdagi litsey va kollejlarda eng zamonaviy ta’lim-tarbiya olgan yigitlar armiya saflariga kirib kelmoqda. Ular zamonaviy axborot, kompyuter texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta egallagan va eng asosiysi – hayot haqida o‘zining mustaqil fikri va qarashiga, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lgan yoshlardir.

Muddatli harbiy xizmatchilarning, milliy armiyamizning ana shunday yangi qiyofasini hisobga olgan holda, eski qolip va mezonlardan qat’iy voz kechib, mavjud Umumqo‘shin ustavlari, qo‘llanmalari, qoida va yo‘l-yo‘riqlarini, o‘quv-tarbiya ishlarini, qo‘shinlarning jangovar xizmat faoliyatini tashkil etishning shakl va metodlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizning bosh maqsadi Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan yoshlarda qat’iy iroda va xarakter, hayotiy pozitsiyani shakllantirish, ularning yuksak insoniy fazilatlar sohibi va jismoniy chiniqqan bo‘lishlariga erishish, o‘z bilim va malakasini takomillashtirish, fan-texnika yangiliklarini egallash, mamlakatimizda xavfsizlikni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni himoya qilish borasidagi o‘zining harbiy burchini sidqidildan ado etish uchun intilib yashashga xizmat qiladigan muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘lishi kerak.

Bu vazifani amalga oshirishga Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashini, madaniyat, san’at, sport namoyandalari, mamlakatimiz keng jamoatchiligi vakillarini faol jalb etish lozim.

Yurtimizda 2013-yilning Obod turmush yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, zamonaviy harbiy shaharchalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ularda bugungi kun talablariga, harbiy xizmatchilar va oila a’zolarining ehtiyojlariga javob beradigan barcha qulayliklarni yaratishga qaratilgan davlat dasturlarini izchil amalga oshirish Mudofaa vazirligi, harbiy tuzilmalarga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning rahbarlari, harbiy okruglar qo‘mondonligining eng muhim vazifasidir.

Qurolli Kuchlarimiz oldiga qo‘yilgan bunday dolzarb vazifalarni amalga oshirish Mudofaa vazirligi, Birlashgan shtab, harbiy okruglar va qo‘shin turlari qo‘mondonlari, brigada komandirlari, barcha ofitserlar tarkibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining milliy armiyamiz tashkil etilganining 21-yilligi bayrami munosabati bilan qabul qilingan Direktivasida bayon etilgan ko‘rsatma va qoidalarni so‘zsiz bajarishni taqozo etadi.

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21-yilligi munosabati bilan sizlarni yana bir bor tabriklar ekanman, bugungi kunda milliy armiyamiz saflarida murakkab va mas’uliyatli vazifani, Vatan oldidagi o‘zining muqaddas burchini sharaf bilan ado etib, mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib kelayotgan barcha harbiy xizmatchilarga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Yangi 2013-yilda sizlarga mustahkam sog‘liq, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda yutuq va zafarlar, kuch-g‘ayrat, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka yor bo‘lishini tilayman.



Islom Karimov, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondon

Download 18,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish