O’zbekiston respublikasi oliy va



Download 113,5 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi113,5 Kb.
#20757




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.Qodiri nomli Jizzax davlat pedagogika instituti

pedagogika – psixologiya fakul’teti
Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti yo’nalishi

_____ guruh talabasi


maktabgacha pedagogika fanidan

MAVZU: Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari

TEKShIRDI: Qo’shaqova G

Jizzax – 2012
M U N D A R I J A:


Kirish

II.bob.

Abu Ali Ibn Sino ijodiyotida bolalarni akliy va jismoniy tarbiyasiga oid barkamollik g’oyalarining mazmuni va moxiyati.




2.1.

Maktabgama yoshdagi bolalar aqliy kamolotida Ibn Sinoning o’ziga xos pedagogik karashlari……………….




2.2.

Ibin Sinoning ijodiyotidan,maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda foydalanish…………..




Xulosa…………………………………………………




foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati….





Kirish

Istiqlol sharofati bilan tiklangan milliy qadriyatlar va boy ajdodlarimiz merosi zamonavny ta’lim-tarbiya taraqqiyotini yanada mustaxkamlashga kirishildi.

''Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalombor,-deydi yurtboshnmiz I.A.Karimov "Yuksak ma’navnyat yeigilmas kuch'" asarida,-farzandlarimizning unib-o’sib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir.Biz shunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak".

Shuningdek, Prezidentimizning "'Eng asosiy mezon-hayot xdqiqatini aks ettirish" risolasida ham yosh avlod tarbiyasiga aloxida e’tibor qaratib. shunday deydi: "Agarki biz O’zbekistonning o’zimiz orzu qilgan ertangi yorug’ kunini, buyuk kelajagini barpo etmoqchi bo’lsak. bu xaqiqat barchamizga ravshan bo’lishi kerak: bu vazifa, avvalombor, boshlangan ezgu ishlarimizning davomchisi bo’lgan, o’z oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erishish yo’lida haqiqatan ham xal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan, tayanchimiz-suyanchimiz bo’lmish bolalarimizni yovuz kuchlardan himoya qilish bilan bevosita uzviy bog’liqdir.Boshqacha aytganda, yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash. ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlariing ma’no-mazmuii va asl sabablarini chuqur anglashi. o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealar xaqida xaqqoniy ma’lumotlarga, eng muhimi, o’z mustaqil fikriga oga, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo’lishiga erishish ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo’lishi darkor''.

Mustaqil davlatimizda yuz berayotgan tub o’zgarish va yangilanish xalq ta’limi tizimini mazmun moxiyatini ham yangidan takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Shaxsning shakllanishi uchun muxim asos maktabgacha tarbiya davridanoq qo’yiladi. Ilk poydevor yaratiladi. Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta’lim- tarbiya masalalarining ijobiy xal etilishida zamon talabiga mos pedagogik yondoshuv yuzaga kelmoqda.

Komil inson va barkamol, yetuk malakali mutaxassis Kadrlar tayyorlash Milliy Modelining bosh maqsadidir. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’inidir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalargaga ta’lim va tarbiya beriladi. Bu esa tarbiyachilardan yuksak bilim va mahoratni talab etadi.

Yosh avlodni axloqan yetuk, jismonan sog’lom, mehnatsevar, estetik barkamol inson qilib tarbiyalash maktabgacha ta’lim sohasi oldida turgan asosiy masalalardan biriga aylanib, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’li.miga, kelajakka, nurli hayotga olib chiqishda asosan o’sib kelayotgan yangi avlod ma’naviy pok, axloqan yetuk, milliy ruxda tarbiyalashda buyuk siymolarimiz merosidan foydalanish, xususan ulug’ olim, alloma, mutafakkir, tibbiyot mulkining sultoni Abu Ali Ibn Sinoning boy, serqirra ilmiy-ijodiy merosidan keng foydalanish masalasi yanada dolzarb axamiyat kasb etmoqda.

Bolaga maktabgacha yoshdan buyuk siymolarga bo’lgan yuksak hurmat ehtiromni shakllantirish, milliy qadriyatlar zamirida kamol toptirish muhim vazifalarimizdan biri ekan, demak, buyuk sharq mutafakkiri, jaxon ma’rifati hamda madniyati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan, o’z davrda sharq va garbda "Shayx-ur-rais", "Olimlar boshlig’i", "Tabiblar podshohi*' deb tan olingan qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino haqida ilk bilimlarni berish va uning haqidagi hikoya va rivoyatlarni bolalarning yosh xususiyatlariga mos tarzda aytib berish orqali ularda ajdodlarimizga bo’lgan yuksak hurmat-e’tibor hissi tarkib topadi.Shuningdek, Ibn Sinoning boy madaniyati asosida yosh beg’ubor qalb egalari kelajakka mustahkam gurur, iftixor tuyg’usi bilan shkllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy ruxda kamol topishiga tarixga bir nazar tashlash orqali milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga mustahkam poydevor yaratiladi.

Abu Ali Ibn Sino haqida, uiing bizgacha qoldirgan boy va serqirra ijodiy faoliyatidagi barkamol insonni tarbiyalash masalasi butun dunyo olimlarini ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga imkon yaratgan.

Ibp Sinoning etik va falsafiy qarashlari bo’yicha doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan olimlar X.Tilashev, A.Iriyeov. M.G’aybullayev. O.Muxammadjonovlar keng mikyosda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.

Pedagogika va uning tarixiga oid darslik va o’kuv qollanmalar olimlar S.Rajabov, K.Xoshimov, J.Xasanboyev, O.Xasanboyeva. S.Nishonova, D.Xasanov, A.Zunnunovlarning darslik va qo’llanmalarida Abu Ali Ibn Sino ijodini chukur asoslab berganlar.

Biz o’rgangan darslik va qo’llanmalarda maktabgacha yoshdagi bolalarni Abu Ali Ibn Sino ijodi, boy merosi bilan tanishtirish dolzarb muammo sifatida xali yetarlicha o’rganilmagan.Shuning uchun Ibn Sino ijodiyotidan keng foydalangan xolda.yosh avlod hayotiga targib qilishda, barkamol shaxs g’oyasini maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalarni ta’lim-tarbiya jarayonida asos qilib oldik.

Ibn Sino ijodiyotida makgabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan bilim mazmuii, shakl va usullarini ishlab chiqish va barkamol shaxs tarbiyasida qo’llanishning o’chiga xos xususiyatlarini asoslash asosiy maqsad kilnb olindi.

Ibi Sino ijodiyotida maktabgacha yoshdagi bolalarga dasturning ''Buyuk spymolar" bo’limida Ibn S'ino haqida beriladigan tushunchalarii ularni yoshiga mos bnlim saviyasiga moslashtirgan xolda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’lib, nur uzra a’lo nur bo’ladi. Shuningdek, MTM da mashgulotlar jarayonnda maktabgacha yoshdagi bolalarga Ibn Sino shaxsi va o’gitlari bilan sodda ravishda bolalarga tushuntirganda va tarbiyachilarni o’zlari Abu Alp Ibn Sino asarlarini o’rganib, ijodiy foydalanilganda hamda bolalarni Abu Ali Ibn Sino haqida, ushbu buyuk siymodan g’ururlanish hissini bolalarga uygota olsak, biz o’z maqsadimizga erishamiz.

Shunday ekan, mamlakatimiz musgakillikka erishib, istiqlol yo’lidan kelajak sari shaxdam qadamlar bilan boragan bir vaktda, porloq istiqbolimiz yosh avlodning barkamol qilib tarbiyalashga ahamiyat berishimiz kerak. Yosh avlodni o’z Vataniin va xalqini sevuvchi, aqlan sog’lom, chuqur bilimlar va utkir tafakkur egasi hamda eng muhimn jismonan barkamol qilib tarbiyalamogimiz lozim. Ana shundan keyingina biz mukaddas Vatanimizning Mustaqilligi va uning buyuk kelajagi ishonchli qo’llarda deb baralla aytaolamiz.

Darhaqikat, hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri xam yosh avlodni barkamol tarbiyalashdir. Yurtboshimiz bu hakda: "Kelajak bugundan boshlanadi.Hozir tarbiya masalasiga e’tibor qaramasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan xech narsani ayamaymiz.Ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon. insof. diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi. Hammasiniig zaminida tarbiya yotadi"-deb ta’kidlaganlar.

Xalqimizning ma’naviy poydevori juda qadimiy va mustaxkam.Buni hyech kim inkor qila olmaydi.Tariximiz necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi.Xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi bir katta xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim.Ajdodlar vasiyatiga sodiq va munosib bo’lmog’imiz kerak.Modomiki shunday ekan, ildizlarimiz shu qadar chuqur ekan, demak, istiqlol imoratini ham ana shunga yarasha yuksaklarga ko’tarishga ma’naviy poydevorimiz yetarlidir



Muammoning o’rganilganlik darajasi:

Mamlakatimiz mutahassislari, olimlarning ilmiy – uslubiy adabiyotlarining tahlili shuni ko’rsatdiki MTMda tarbiya oluvchilarini salomatligini mustahkamlashda T.S.Usmonxo’jayev, D.Sharipova, V.Semenova, X.A.Meliyev, M.Toirova, R.Maxkamjonov, X.Tulaganova va boshqa

birqancha olimlar tomonidan ishlar amalga oshirilgan va izlanishlar olib borilgan. Lekin bizga ma’lum bo’lgan adabiyotlar, maqolalarda bolalarni jismoniy tarbiyasi to’g’risida sharq mutafakkirlarining qarashlari o’rganilmagan. Shu munosabati bilan ushbu muammoni yechish dolzarb hisoblanadi.

1. Maktabgama yoshdagi bolalar aqliy kamolotida Ibn Sinoning o’ziga xos pedagogik karashlari

Inson bor ekan, hayot bor, o’zgarish, yangilanish jarayoni davom etaveradi.Shunga muvofiq, inson o’zi kashf qiladi, izlanib yangilik yaratishga urinadi. Buni barchasini inson zoti o’z ongi, akl-idroki orqali amalga oshiradi. Bola tug’ilganidanoq, ilk yoshidan ya’ni maktabgacha davridan boshlab biz yosh yangi avlodni tarbiyalab, barkamol voyaga yetkazishda o’z hissamizni qo’shar ekanmiz, eng avvalo ta’lim tizimida tub kashfiyotlar olamiga kirib borishimiz kerak. Yana shuni bilib olishimiz zarurki, maktabgacha yoshdan boshlab yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish haqidagi goyalarni, nazariyalarni amaliy aqamiyatini chukur anglab yetishbizning,tarbiyachi-pedagoglarningmas’uliyatlivazifamizdir, burchimizdir.

Ibn Sinononing fikricha, tarbiya insonda iarsa va xddisaga nisbatan ongli munosabatda bo’lishni takozo etadi, deydi. Chunki onglilik inson baxtining asosi, zaminidir. Har bir inson aqliy, jismoniy jiqatdan kuchli, yetuk bo’lishi lozim. Agarda u bu xislatlarga ega bo’lmasa, jamiyatning tom ma’nodagi a’zosi bo’lolmaydi va jamiyatga foyda xdm keltira olmaydi. Shunga ko’ra, xar bir inson bu xislatlarni egallagan xolda kamol topishi zarur.

Inson ongli suratda xarakat qiladi va bu xarakat natijasini biladi, ya’ni u kelajakni o’ylab xarakat kilishga intiladi. Anik maqsad bilan qarakat qilishi insonni va jamoani yomonlikdan saqlaydi, yaxshi ishlar kilishga yo’llaydi, unda ishonch tuyg’usini uyg’otadi.Ibn Sino yaxshilik va ezgulikka olib boruvchi akliy kamolotga erishish, yuksak axloq qoidalarini egallash, yosh avlodning aqliy tafakkurini rivojlantirishag yordam beruvchi tadbirlar orqali ta’lim-tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini aloxida kayd etadi. Alloma bolani ona qornidalidanok va tugilganidan boshlab tarbiyalash masalasiga aloxida e’tibor qarkgib, bu tartib o’z vaqtida bolani ovqa^lantirish, cho’miltirish, uxlatish va yo’rgaklash kabi tartib koidalaridan iboratdir.

Bularni xam muayyan tizim asosida amalga oshirish darkor. Chaqshyuqlik davrida bola tabiatini mustaqkamlashdagi muxim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo’lib, ular ma’lum tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish uning tanasiga, musiqa esa uning ruqiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh bola tarbiyasini muayyan izchillikka va kun tartibi... ularning tanasi va nafspni salomatligini saqlash va o’sishini ta’minlashga qaratilgan bo’lmogi darkor, deydi. Bularning xammasi bolaning tanasi va ruxiyati muvozanatini saklash uchun xizmat qilishi lozim. Shunday qilib, bola tarbiyasi - bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tizimdan iboratdir, deb ta’kidlaydi, alloma.

Bolani tarbiyalashda eng avvshyu, oilada ota-onaning eng asosiy vazifasidir. Shuningdek, o’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota-ona tarbiyachi bo’lishi lozim. Axloqiy va aqliy tarbiyada muxim vositalardan biri bolaning izzatnafsiga, g’ururiga tegmagan xolda, bola bilan yakkama-yakka suqbatda bo’lish, unga nasiqat qilishdir.Nasiqat qilishda suqbatdoshga niqoyatda qurmat bilan yondoshish, uni kamsitmaslik kerak. Ortiqcha so’z aytib, uni zeriktirmaslik qam zarur. Bir xil nasiqatlarni qaytara berishlik bolaning ongiga ta’sir qiladi. Ibn Sino bu qaqda shunday deydi: " Sening fikrlaring bolani yuragiga yetib borib, unga o’ylab, fikr yuritib ko’rishga imkon bersin... Agar sening suqbatdoshing yoki do’sting sening so’zlaringga va nasihatingga e’tibor berayotganini sezsang, suqbatni xavas bilan davom etgir".Alloma bolada yuksak axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy qolda shakllantirishni uni barkamol inson qilib kamol goptirishda asosiy omil deb biladi. Umuman olganda, Ibn Sino bolaning shaxsiy xislatlariga, ruxiyatiga e’tibor berib, uning aqliy xususiyatlari, ruhiyati, meqnatssvarligi, bilimi, tafakkuri, irodasiga asoslangan qolda ta’lim-tarbiya ishini olib borish kerakligini o’zining dolzarb fikr,qarashlari bilan umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni boyitdi.

Bola balogatga yetguncha, oilada ota-ona o’z vazifasini bajarib borishi kerak. Avvalombor, otaning majburiy vazifalaridan birch o’z farzandiga yaxshi va munosib nom berishidir. Bolani emizish davri tugab, Mustaqil ovqatlanish davri boshlanishi bilan ota uning axloqiy tarbiyasiga kirishib, shu orqali aqniy tafakkurini xam muqitga mos tarzda rivojlantira borishi zarur. Maqsadga erishish uchun tarbiyada bolani ba’zan maktash,ba’zan jazolash xam kerak. "Bola soglom, baquvvat bo’lib, so’zlashuv nutqini yaxshi tushuna boshlagandan so’ng, u savod o’r< anishga qobil bo’ladi'1 va shundan keyin savodl a o’rgata boshlash kerak.

Eng avvalo, axlokiy va akliy tarbiya usullarini yaxshi egallagan, irodali, dono, gamxo’r va dinga ishongan tarbiyachi va o’qituvchi tanlash kerak bo’ladi. U soglom, tozalikni sevuvchi, sofdil va odamlarga yaxshi muiosabatda bo’la oladigan tarbiyachi bo’lishi kerak.

Ibn Sinoning barkamol shaxs tarbiyasida "sezgirlik" xislatiga aloxida urg’u berganligini ko’rishimiz mumkin. Chunki allomaning o’zi qam sszgir va ziyraklikda tengi yo’k barkamol inson bo’lganlar. Buni yerkin dalili sifatida Ibn Sino xaqida dono xalqimiz yaratgan rivoyatlardan shu o’rinda keltirib o’tish joizdir.

"Sezgirlik"

Vir kuni Vuxoro amiri Lbu Ali Ibn Sinoning uyida suxbatlashib o’tirib, uni sinab ko’rmoqmi bo’libdi. U xizmatchilarga Ibn Sino o’tiradigan kursining to’rtta oyogi tagiga to’rt tanga ko’yib ko’yishni buyuribdi. Xizmatchilar \am amirning aytganini bajo keltirishibdi. Ibn Sino uyiga kirib, o’z o’rniga o’tiribdi va xayron bo’lib, xadeb dam shipga, dam pastga qarayveribdi. Shupda amir Abu Ali Ibn Sinoga qarab:


  • Olimimiz nega buncha xayron qolayaptilar, sababini bilsak, - debdi.

  • Xayronman,- deb javob qilibdi Ibn Sino,-yo mening o’rnim sal yuqoriga ko’tarilgan, yo osmon sal pastrokka tushib, yerga yaqinlashganday ko’rinadi.

Amir bu gapni eshitib, Ibn Sinoning sezgirligiga juda qoyil qolgan ekan.

Shunday ekan, Ibn Sino sezgirlikda tengi yo’q inson, komil fazilatli

shaxs bo’lgan. Uning boy merosidan ilmiy-ijodiy, pedagogik barkamollik goyalaridan ruxlanib, yangi avlodni ushbu buyuk siymo timsolida faxrlanish xissini uygotsak, nur ustiga a’lo nur bo’ladi

"Buyuk bobomiz merosidan faxrlanamiz"

MTM ning maktabgatayyorlov guruxlari uchun mashg’ulot ishlanmasi (Vuyuk siymo Ibn Sino ijodisgi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni tanishtirish ahamiyati xususida)

Mashgulot maqsadi: Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino msrosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol tarbiyalash, ularni ajdodlarimizga bo’lgan yuksak xurmat-e’tibor xissini shakllantirish, ulug mutafakkir ijodiyotidan faxrlanish va ardoqlash farz ekanligini yosh avlodning qalbi va ongiga yetkazish.

Mashgulot uchun kerakli jixozlar: Allomaning namunaviy portreti, Ibn Sinoga bagishlangan kitob va risolalar, ko’rgazma va bukletlar, va x.k.o. lar.

Mashgulot borishi: Charbiyachi: Bolalar, bugun biz sizlar bilan buyuk daho inson, mashxur tabib, alloma Abu Ali Ibn Sino haqida so’z yuritamiz.Shu bilan birgalikda ushbu olimning xayoti va ijodi xaqida ken[- va boy bilimlarga ega bo’lamiz.Sizlarga Ibn Sino qanday inson bo’lganligi xaqida ma’lumotlar berib, birgalikda tanishib chikamiz.Kelinglar, unda bolajonlar, ushbu rasmga e’tiboringizni qarataman ( Ibn Sinoning portreti ko’rsatiladi) Abu Ali Ibn Sino bobomizga diqqat bilan qaranglar, qanday ulug inson ekanliklarini payqab olish xech qiyin emas.To’grimi, bolajonlar! Ibn Sino kuchli iste’dod va o’tkir xotira egasi bo’lganlar. U 10 yoshidanoq, K^ur’oni Karimni yod olgan. 10-13 yoshlaridan boshlab esa boshlangich matematika, falsafa, badiiy adabiyot, musika ilmlarini mukammal egallay boshlagan.18 yoshga kirganda esa, tibbiyot soxasida yetuk mutaxassis - tabib-xakim bo’lib tanildi. U shox Nux Ibn Mansurni davolaydi. Evaziga esa saroy kugubxonasidagi barcha noyob kitoblarni o’qish uchun ruxsat oladi. Ibn Sinoni sharkda "Shayx-ul-rais,,, g’arbda esa "Avitsena" deyishadi. Ibn Sino 57 yoshida vafot egganlar, deb o’z xikoyasini tarbiyachi yakunlaydi va murojaat kiladi.Bolalar tiiglaganlarini qayta xikoya kilishi orqali javob beradilar.



2. Ibin Sinoning ijodiyotidan, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda foydalanish.

Ibn Sino mashxur "Tib qonunlari" asarida bola o’sib, ulgaya borgach, uning jismoniy tarbiyasiga muhim axamiyat berishi zarurligini ta’kidlaydi. Uning uqtirishicha, bolaning yoshlik chog’idan salomatlikni saklash uchun zarur bo’lgan ertalabki badantarbiya va jismoniy mashgulot bilan muntazam shugullanishi kerak.Mutafakkir Jismoniy tarbiya deb, inson salomatligi uchun zarur bo’lgan badanii turli xil mashg’ulot xarakatlariga o’rgatishni nazarda tutadi. Ibn Sino fikricha, jismoniy mashg’ulotlar bilan o’z vaqtida va mustaqil shugullanib boruvchi inson qyech kanday davolanishga muxtojlik sezmaydi.Shuningdek, jismoniy mashgulot bola ruqini tetiklashtiradi.

Abu Ali Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri xaqida yagona ta’limot yaratilmagan edi.Ibn Sino birinchi bo’lib, jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jiqatdan bir butun yangi sistemasini yaratdi.

Ibn Sino ilk bora yosh avlod kamolotida jismoniy tarbiyaning tasiri xaqida bir butun, yaxlit ta’limotni \am nazariy, ham amaliy jixatdan taqlil etdi.Jismoniy mashkdar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’ligini saqlashda muxim omillardan ekanligi qam amaliy, ham nazariy tomondan asolandi.Zero. Ibn Sino merosining asosiy qimmati xam uning jismoniy, kuchli gimnastik mazmunga ega ekanligidadir.

Endilikda MTM larda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari va ertalabki badantarbiya jarayonini tarbiyachi emas,balki "jismoniy tarbiya murabbiysi'1

o’tmoqda. Eng muqimi, jismoniy tarbiya o’qituvchisi ma’lum reja asosida, ish faoliyatini uch qismda olib boradilar:

- Ertalabki gimnastika

Jismoniy mashg’ulotlar (kunning asosiy kismida)

- Bolalarning mustaqil jismoniy faoliyati (kunning 2-kismida)

Yosh tadqiqotchi sifatida MTM da bolalarning jismoniy tarbiyasiga yangicha zamon talabi asosida yondoshgan xolda Ibn Sinoning boy merosidan ya’ni "Badantarbiya" xolati qamda "jismoniy mashg’ulot" larni bolalarning yoshiga, ularning yosh xususiyatiga mos tarzda o’tkazish juda muxim deb bilaman.Llbatta ushbu jismoniy tarbiyaviy ishlarimning samarasidan umidlarim va rejalarim ulkan.Kelgusida maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarni sport bayramlariga, "Sog’lomjonchyulvonjon" sport musobaqalariga faol tayyorlash va yuqori natijalarga erishishdir.

Shuningdek, bolani MTM da va oilada ma’lum kun tartibi asosida, badantarbiya bilan olib borish xaqida muxim maslaxat va tavsiyalar beradi.Bolalarning o’spirinlikka o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos murakkab xususiyatga ega bo’lib, bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Bola xulq-atvorining bir tekis, vazmin bo’lishi uchun uni keskin g’azablaiishdan, qattiq ko’rkuvdan va uykusizlikdan saqlash zarur. Ushbu tadbir uni yoqimli xulq-atvorli shaxs qilib tarbiyalash imkonini beradi.

Bolani shuningdek, MTM gacha uni oilada qam ta’lim berib, qam tarbiya berish orqali barkamol shaxs etib, yetuklikka intilamiz, deb o’z oldimizga anik maqsadlarni qo’yib olishimiz kerak. Shundagina buyuk Ibn Sino qoldirgan boy merosidan ya’ni pedagogik qarashlarini o’zimizda ish jarayonimiz uchun mustaxkam qurol sifatida egallab olishimiz juda kerak bo’ladi.

Abu Ali Ibn Sino inson ssh davrda sog’liqni saklash • uchun yetti omilga e’tibor qaratgan:

-vazminlik; »

-ovqatlanish tartibi;

-gavdani tik tutish;

-toza havo;

-qulay kiyim;

-jismoniy va ruxiy ,\arakatlar (uyku va uyg’oqlik) ning ravonligi.

Ibn Sino yetti tabiiy narsalar haqida so’z yuritib, ularning eng birinchisi to’rt rukndir, deb ko’rsatadi. Ular olov, suv, havo va tuproqdan iborat va ular xususiyatlariga ko’ra olov-issiqlik, suv-ho’llik, xavo-sovuqlik, tuproq-kuruklik kuvvatiga ega bo’lib, ularning aralashuvidan badanlar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi.

Ibn Sino jismoniy tarbiya haqida bolani chiniqtirishga oid qarashlarida bolaning shaxsiy xususiyatlarini barcha jiqatlarini xisobga olgan holda yondoshish lozim degai fikrni ilgari suradi.Uning bu fikrlari ayniqsa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomiyligini belgilash bo’yicha bergan tavsiyalarida yakkol namoyon bo’ladi. Ibn Sino jismoniy mashqlarning bajarish davomiyligini belgilashda mezon sifatida bugungi kunda keng qo’llanilayotgan vaqt birligi, tomir urishlar soni emas, balki bola organizmi jismoniy ish bajarganda organizmning tashqarisida paydo bo’ladigan tashki belgilarni asos qilib oladi. Uning fikriga ko’ra, agar "badantarbiya davomida" terining rangi yaxshilana borsa", xdrakatlarning bajarilishi "yengil" bo’lsa, "a’zolarning ko’pchishi", ya’ni xajmining kengayishi davom etsa, demak mashg’ulotlarni davom eggirish mumkin. Agar bu holatlarning kuzatilishi yo’qolib, tanadan chiqqan ter "tomchi-tomchi bo’lib oka boshlasa", u xolda harakatlarni darhol to’xtatish zarur.Shuningdek, Ibn Sino jismoniy mashqlarning bolada sog’lomlashtiruvchi ta’sirini samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor bergan olim. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlarniig sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning yo’llaridan biri - bu shug’ullanuvchilarga ko’yiladigan bir qator gigiyenik talablarga rioya qilishdan iborat. Olim fikricha, jismoniy mashqlarning soglomlashtiruvchi, tetiklashtirib, chiniqtiruvchi ta’sirini yanada oshirish uchun "badantarbiyani bbshlash" vaqtida avvalo "gavda toza bo’pishi", "a’zolarda", ya’ni ichakda va qovukda "yomon va yetilmagan chiqindilar" ning bo’lmasligi lozim. undan tashqari, "yeyilgan ovqat me’dada", "jigarda", "tomirlarda" "hazm bo’lgan bo’lishi" kerak, ya’ni iste’mol qilingan ovqat oshkozonda hazm bo’lib, parchalana boshlab, ichaklarga o’tishi, ingichka ichakda so’rilib jigarga borishi va unda glikogen moddasiga aylangan bo’lishi, bu modda esa, kon tarkibida tomirlar orqali muskul to’qimalariga borib, to’plangan bo’lishi darkor.Shuningdek, Ibn Sino ko’rsatib o’tishicha, jismoniy mashklarning sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning samarali yo’llaridan yana biri- bu jismoniy mashqlarni yil fasllariga ko’ra tanlashdir. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar bilan bolani yosh davridan sog’ligini saqlash maqsadida ya’ni shug’ullanuvchi kishi, yoz faslida "charchatadigan" yuqori yuklamali mashklarni kamrok bajarishi lozim. Chunki bunda inson ko’p terlash natijasida uning organizmi "bo’shashib" ketadi. Qishda esa, "kuchli va shiddatli" mashqlar bilan ko’prok shug’ullanish kerak, ana shunda bola organizmi "kishning alamli sovug’iga" qarshi tura oladi.

Ibn Sino shu bilan birgalikda charchash haqida so’z yuritib, uni davolash xususida ham alohidato’xtalib o’tadi. U "badantarbiya natijasida vujudga kelgan charchashni davolash" bir qator og’ir kasalliklarni oldini oladi deb ta’kidlab o’tadi, hamda charchashni davolashning eng yaxshi vositalaridan biri sifatida uqalash "massaj" ni ko’rsatib o’tadi. U uqalashning inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra bir necha turga bo’ladi. Bular: "gavdani baquvvat qiluvchi-kuchli", "gavdani yumshatuvchi - kuchsiz", semiz gavdani "ozdiruvchi -davomli", gavdani "o’stiruvchi -mo’tadil".Yana shuningdek, uning ta’kidlashicha, "badantarbiya oldidap qilinadigan uqalash ham bor". Bunda u tana muskullarini isituvchi, organizmni umumiy tonusini va ish qobiliyatini oshiruvchi massajiing tayyorlov turini nazarda tutadi. Allomaning ko’rsatib o’tishicha, "badantarbiyadan keyin qilinadigan o’z asligai<,aytaruvchi uqalash ham bordir". Bunda u jismoniy mashg’ulotlardan keyin qilinadigan tiklanish massajini nazarda tutadi. Uning fikricha, bu massajning maqsadi "chiqarilmay kolib, mushaklarda to’plangan chiqindilarni tarqatish va yo’qotish, toki ular charchash alomatlarini tug’dirmasin". "a’zolarda", ya’ni ichakda va qovukda "yomon va yetilmagan chiqindilar" ning bo’lmasligi lozim. undan tashqari, "yeyilgan ovqat me’dada", "jigarda", "tomirlarda" "hazm bo’lgan bo’lishi" kerak, ya’ni iste’mol qilingan ovqat oshkozonda hazm bo’lib, parchalana boshlab, ichaklarga o’tishi, ingichka ichakda so’rilib jigarga borishi va unda glikogen moddasiga aylangan bo’lishi, bu modda esa, kon tarkibida tomirlar orqali muskul to’qimalariga borib, to’plangan bo’lishi darkor.Shuningdek, Ibn Sino ko’rsatib o’tishicha, jismoniy mashklarning sog’lomlashtiruvchi ta’sirini oshirishning samarali yo’llaridan yana biri- bu jismoniy mashqlarni yil fasllariga ko’ra tanlashdir. Uning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar bilan bolani yosh davridan sog’ligini saqlash maqsadida ya’ni shug’ullanuvchi kishi, yoz faslida "charchatadigan" yuqori yuklamali mashklarni kamrok bajarishi lozim. Chunki bunda inson ko’p terlash natijasida uning organizmi "bo’shashib" ketadi. Qishda esa, "kuchli va shiddatli" mashqlar bilan ko’prok shug’ullanish kerak, ana shunda bola organizmi "kishning alamli sovug’iga" qarshi tura oladi.

Ibn Sino shu bilan birgalikda charchash haqida so’z yuritib, uni davolash xususida ham alohidato’xtalib o’tadi. U "badantarbiya natijasida vujudga kelgan charchashni davolash" bir qator og’ir kasalliklarni oldini oladi deb ta’kidlab o’tadi, hamda charchashni davolashning eng yaxshi vositalaridan biri sifatida uqalash "massaj" ni ko’rsatib o’tadi. U uqalashning inson organizmiga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra bir necha turga bo’ladi. Bular: "gavdani baquvvat qiluvchi-kuchli", "gavdani yumshatuvchi - kuchsiz", semiz gavdani "ozdiruvchi -davomli", gavdani "o’stiruvchi -mo’tadil".Yana shuningdek, uning ta’kidlashicha, "badantarbiya oldidap qilinadigan uqalash ham bor". Bunda u tana muskullarini isituvchi, organizmni umumiy tonusini va ish qobiliyatini oshiruvchi massajiing tayyorlov turini nazarda tutadi. Allomaning ko’rsatib o’tishicha, "badantarbiyadan keyin qilinadigan o’z asligai<,aytaruvchi uqalash ham bordir". Bunda u jismoniy mashg’ulotlardan keyin qilinadigan tiklanish massajini nazarda tutadi. Uning fikricha, bu massajning maqsadi "chiqarilmay kolib, mushaklarda to’plangan chiqindilarni tarqatish va yo’qotish, toki ular charchash alomatlarini tug’dirmasin".Shunisi e’tiborga sazovorki, Ibn Sino ko’rsatib o’tgan tayyolov va tiklanish massajlari bugungi kunda sport faoliyatida ksng ko’llanilmoqda.Yana shuni ham o’z o’rnida ta’kidlab o’tish kerakki, Ibn Sino taklif qilgan "badantarbiyadan keyin keladigan charchashni'1 davolash vositalari bugungi kunda ham o’z yuksak ahamiyatini yo’qotmagan va zamonaviy sport faoliyatida keng foydalaniladigan eng samarador tiklanish vositalari katoridan o’rin olgan.

Shundan kelib chikib aytish mumkinki, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan chiniktirish va ular olib boriladigan ertalabki badantarbiyaning ahamiyatining juda yukori ekanligini barchamiz bo’lgusi pedagoglar, tarbiyachilar, ota-onalar chuqur anglab yetishimiz zarur.



"MTM da ertalabki badantarbiya"

MTM ning katta guruxlarida ertalabki badantarbiya jarayonini kuzatish (Ibn Sino ijodiyotida jismoniy chiniktirish bo’yicha ertalabki badantarbiya jarayonining maktabgacha yoshdagi bolalarga ahamiyati xususida)



"Shogirdlar ustoz haqida"

Tabiblarning tabibi Ibn Sino kunlardan bir kuni qatgik ogrib, ko’rpa-to’shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yakin do’stlari yigilishibdi. Ular yaxshi so’z aytib, ulug’ tabibning ko’nglini ko’tarishga harakat kilishibdi. Shogirdlari ustozlarini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.

Ibn Sino do’stlariga raxmatlar aytib, shogirdlariga esa bunday debdi: - Ey shogirdlarim, msning kunim bitgan ko’rinadir.Shu boisdan meni davolayman, deb behuda harakat kilmanglar. Bordi-go, kunim bitib, vafot etsam, yigi-sig’i qilib, o’tirmanglar. Faqat hakkimga duo qilib, onda-sonda qabrimni ziyorat qilsanglar bas. Va yana ustoz olamdan o’tdi, endi tabobat oqsaydi, deb ham kayg’urmanglar. Urnimga 5 ta zo’r tabibni koldirib ketmoqdaman. Shu tabiblarning maslahatlariga ham o’zingiz doim amal qilinglar.Boshkalarni xam ularga da’vat etinglar,-debdi. Shunda Ibn Sinoning shogirdlaridan biri:

- Ustoz, siz aytgan tabiblar kimlar? Dsb so’rabdi.



Ibn Sino:

Men qoldirib ketayotgan zo’r tabiblarning biri-tozalik. Ikkinchisi-parqyez.Uchinchisi-badantarbiyadir.Qolgan ikkisi mijoz bilan kayfintdir.

Demak, doimo pokiza, ozoda bo’lishni unutmang. Ko’ringan ovqatni yeyavermaslik, apil-tapil ovqatlanmaslik, ovqatlanishda parhyez me’yorini bilishlik lozim. Badan a’zolarini harakatsiz qoldirmaslik, mijozni unutmaslik, kayfiyatni yaxshi tutishga harakat kilish kerak. Mana shu aytganlarimga amal qilinsa, kasallanish u yokda tursin, bevaqt o’lim ham bizdan orkaga chekinadi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlamoqchimanki, buyuk siymo Abu Ali Ibn Sinoning boy merosi abadiy va beqiyosdir.Yesh avlod hayotida porlok yulduzdir.

... Shogird o’lim to’shagidagi ustozi yoniga keldi. Uning ko’z o’ngida mo’jiza yuz berayotgan edi.Mana, 39 kundirki ustozi o’limidan oldin qoldirgan malhamni uning og’ziga tomizadi:Chunki uning ustozi "Agar shu malhamni 40 kun mobaynida og’zimga tomizsang, menga jon enib yana tirilaman" deya tayinlagan edi. Shubhaga, ikkilanishga o’rin yo’q. Axir bu gapni kimsan Ibn Sinoning o’zi aytgandi. Minglab bemorlarni naq o’limining changalidan qutqargan Ibn Sino ajalga ham davo izlardi. Shogirdning qo’lida ustozi qoldirgan malhamning so’nggi tomchisi solingan shisha idish. Oqargan yuziga yana qon yugura boshlagan, lablari ham qizarib qolgandi. Mana, ustoz ko’z ochadigan damlar yaqin. Ammo shogirdni shu qadar hayajon bosdiki, bexosdan ko’li qaltirab dori to’qilib ketdi. Shogirdnish' birgina hayajoni tufayli "tabiblar shohi", dsya nom qozongan Ibn Sino muqarrar o’lim changalida qolib ketdi. Afsuski, ajalga davo bo’luvchi hayot dorisini kanday tayyorlash sir-asrorlari faqatgina Ibn Sinoga ayon edi.

Benazir hakimning vafotidan so’ng yuqor^idagi voqyea haqida ming-minglab afsonalar to’qildi, barchapi davolagan tabib o’zining hayotini saqlab qolmagani butun dunyoga ovoza bo’ldi.

Ushbu ajib voqyeaga xulosa o’rnida shuni ta’kidlash ksrakki, Buyuk Ibn Sino dunyo bo’ylab olamshumul hodisa yaratdi. Uning inson salomatligi, sog’lomlashtirish uchun turli chiniqtiruvchi muolajalari, tadbirlari buniig yaqqol tasdigidir.

Mana shunday ijodiy merosdan jamiyat va yurt uchun foydali boylik biz yosh avlodni ruxlantirmasdan qo’ymaydi. Zero, sog’lom muhit yaratish, yangi avlodpi sog’lom turmush tarzi asosida shakllantira borish eng muximi bolajonlarni jismonan, ruxdn chiniqtirish yurtboyligig’a aylanadi.

Abu Ali ibn Sinoning ta'lim-tarbiya to'g'risidagi g'oyalarida jis-moniy tarbiya masalasi g'oyat muhim o'rin tutadi.

Xalq og'zaki ijodida va buyuk mutafakkir, shoirlar, asarlarida jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullangan kishilarning kuchli, qo'rqmas, botir, sog'lom bo'lishlari, har qanday dushmanni yenga bilishlari to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar bor. Lekin O'rta Osiyoda X asrgacha jismoniy mashg'ulotning kishi organzmiga ta'siri to'g'risida ma'lum bir ta'limot bo'lmagan edi. Kishi organizmini chiniqtirishda jismoniy mashg'ulotning roli katta ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan Ibn Sino asoslab berdi. U muntazam kurashda jismoniy mashq qilib turish, boshqa rejimlarga (ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish) qat'iy rioya qilish sogiikni saqlashda eng muhim va asosiy shartlardan biridir, deb biladi.

Ibn Sino kishining anatomik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ,Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga majbur qiladigan ixtiyoriy harakatdir", - deb jismoniy mashg'ulotga ta'rif beradi.

Shuning uchun ham Ibn Sino jismoniy mashq bilan mustaqil shug'ullanadigan kishining organizmi juda mustahkam bo'lib, har qanday kasalliklarni yengib o'tishga qodir bo'lishini isbot qilishga harakat qiladi.

Ibn Sino jismoniy mashq bilan shug'ullanib yurgan kishi birdaniga tartibni buzsa, salomatligiga zarar keltiradi, bunda „Kishi, ko 'pincha ingichka og'riq kasalligiga uchraydi...", -degan fikrni bayon etadi.

Ibn Sino jismoniy mashq bilan muntazam shug'ullanadigan odamning organizmida keraksiz moddalar to'planib qolmasligini, badandagi tabiiy issiqliklarning oshirishini va organizmni yengil, chaqqon bo'lishini isbot qilib beradi.

Ibn Sino o'zining „Tib qonunlari" asarining birinchi kitobida jismoniy mashg'ulotni kishining yoshiga, sihat-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va odatlarda o'tkazish kerakligini ta'kidlaydi.Ayniqsa,bolalik,o'smirlik,yigitlikvaqarilikchog'larida kishi jismoniy mashg'ulotga turlicha munosabatlar bo'lishi kerak-ligi masalasini ko'tarib chiqishi, Ibn Sinoning ocjam anatomiyasi va fiziologiyasini mukammal bilganidan, kishi organizmining doimo taraqqiy etib borishini ilmiy asosda tushunganligidan dalolat beradi.

Kishi organizmini chiniqtirish va taraqqiy ettirishda tabiat kuchlari-dan: (quyosh, havo, suv) foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligini, jismoniy mashqning kishidagi sezgi organlarini taraqqiy ettirishi uchun ham katta rol uynashini isbot qilib berganligini ko'ramiz.

Ibn Sino kishi organizmini chiniqtirishda tabiatning tabiiy kuchla-ridan: havo, suv, quyoshdan jismoniy mashg'ulotlar bilan qo'shib olib borish va foydalanishga katta e'tibor beradi.

Toza havo, - deydi Ibn Sino, - bug' va tutun kabiyot narsalar aralashmagan havodir. Bu ochiq joydagi havodir. Bunday havo toza va tiniq bo 'lib, unchalik, chuqurlik, chakalakzor, botqoq yerlar va polizlardan, ayniqsa, karamo'simligi eqilganyerlardan ko'tariladigan suv bug'lari aralashmagan bo'ladi". Olimning fikricha, kishi orga­nizmini chiniqtirishning birdan bir omili sof havoda davomli sayr qilish, sayrni har xil harakatlar, jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borilishi kerak. Ayniqsa, yosh bolalarga ko'proq sof havoda har xil harakatli mashqlar qildirilishi ularning organizmini chiniqtirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.

Olimning kishi organizmini chiniqtirishda „Sovuq suvda cho'-milish" va „Hammomda cho'milish" juda ham foydali ekanini eslatib o'tadi.

Ibn Sinoning hammomda cho'milishi haqida sportchilarga bergan maslahati, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning fikricha, „ Jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullanuvchi kishi, butunlay hordiq chiqar-maguncha hammomga borishga shoshilmasligi", - kerak. Ibn Sino gigiyena sohasidagi bir qancha fikrlarida ilmiy tomondan asoslangan holda eng yaxshi, toza suv iste'mol qilish kerakligi, uning me'yori to'g'risida gapiradi. U toza oqadigan daryo suvini, yerdagi chirindilar aralashmasdan, toshloqlardan oqadigan suvni toza suv, deb biladi. Suvning yaxshi yomonligini bilish uchun og'irligi teng bo'lgan ikki parcha lattani yoki ikki bo'lak paxtani olib, ikki xil suvda ho'llanadi va tarozida tortiladi, qaysi latta parchasi yengil kelsa, o'sha latta parchasi botirilgan suv toza hisoblanadi. Lekin Ibn Sino, „suv har qancha toza bo 'Imasin, undan har xilyuqumli kasalliklar o 'tishi mumkin, shuning uchun ham suvni qaynatib, filtrdan o 'tkazish kerak", - deydi.

Kishi organizmini chiniqtirishda Quyosh nuridan to'g'ri foyda-lanish katta ahamiyatga egadir. Ibn Sino bu masalaga katta e'tibor berib, „agar quyosh nuridan to'g'ri foydalanilsa, organizmda modda almashtirishning yaxshilanishi va natijada, organizmning o'sishi va taraqqiyoti yaxshi bo'lishi, chiniqishi va nihoyat, kishining tetik boiishiga sabab bo'ladi. Organizmda ortiqcha moddalarning to'planib qolishidan saqlaydi, bosh og'rig'ini yo'q qiladi va miyani mustahkamlaydi", - deb uqtiradi.

Kishi organizmini chiniqtirishda massaj (uqalash)ning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ibn Sino massajni, bir tomondan, davolash uchun, ikkinchi tomondan, charchashlikka qarshi kurashish shartlaridan biri, deb hisoblaydi. Uning fikricha, massaj kuchli va kuchsiz bo'ladi. Kuchli massaj qilish organizmni chiniqtirishga yordam beradi, kuch­siz qilinadigan massaj badanni yumshatadi.

Ibn Sino qanday massaj qilish kerakligi masalasiga aniq to'xtalib, jismoniy mashq boshlanishidan oldin va mashq tugagandan keyin massaj qilish yoilarini ko'rsatadi va tiklash massajiga ajratadi.

Ibn Sinoni tavsiya qilishicha, tayyorgarlik massajini jismoniy mashg'ulot boshlamasidan ilgari qilinadi, u barcha muskullarni mashq qilishga tayyorlashi kerak. Massaj qilish yengildan boshlanib, mashq qilish oldidan kuchaytiriladi.

Tiklash massaji jismoniy mashq tugagandan keyin qilinib, uni Ibn Sino „Tinchlantirish" massaji deb ham ataydi. Bu massajning maqsadi taranglashib turgan mushaklarni bo'shashtirishdan iboratdir.

Tiklash massaji. Ibn Sinoning ko'rsatishicha, agar bu xil mas­saj ma'lum yengil sur'atda olib borilishi kerak, kuchli „Qattiq va qo'pol ravishda olib borilsa, ayniqsa, bolalarda o'sish to'xtab qolish mumkin.

Ibn Sino jismoniy tarbiya to'g'risidagi fikrlarda faqat jismoniy mashqqa ta'rif beribgina qolmasdan, balki uning tarkibida har xil usul borligini va ulardan qanday qilib foydalanish kerakligini ham ko'rsatib o'tadi. Ibn Sino jismoniy mashg'ulotning roli haqida gapirar ekan, uning kishi organizmi uchun foydali ekanligini ta'kidlaydi va jismoniy mashg'ulotga odamning shu jarayonida qiladigan harakat-lari va maxsus jismoniy mashq harakatlari kira^i, degan fikrni ilgari suradi.

Maxsus jismoniy mashqlarni deydi Ibn Sino quyidagicha: „Kichik yoki katta, juda tezyoki sekin mashqlar bo 'ladi", - deydi



Tez harakatlarga: tortishish, musht bilan tortishish, tez yurish, nayza otish, qilichbozlik va nayzabozlik, otda yurish, yuqoridagi bir narssaga irg'ib osilish, bir oyoqlab sakrash, ikki qo'lni silkitish, arqondca yurish, oyoq uchlarida turib, qo'llarni oldga va orqaga cho 'zislir hamda tez harakat qilishlarni kiritadi.

Juds a muloyim va yengil mashqlarga: arg 'imchoqlarda uchish, qayiq ycpki kemalarda sayr qilishni kiritadi. Kuchli mashqlarga esa, tosh ko ~'tarish, otga va tuyaga minish, aravalarda yurishni kiritadi.

O'rtot Osiyo xalqlari orasida, boshqa ko'pgina xalqlardagi kabi qadim zsamonlardan buyon kurash keng tarqalib kelgan. Kurash kishi organizimini chiniqtirishda juda katta rol o'ynaydi. Ibn Sino shuning uchun rnam sportning bu turiga juda katta ahamiyat berib, uning har xil turlaarini yozib qoldirgan. Masalan, kurashning bir turini Ibn Sino quyidaggicha tasvirlaydi:

Kudrashayotgan kishining biri raqibining o 'ng qo 'li tagidan chap qo 'lini, chap qo 'li tagidan o 'ng qo 'lini o 'tkazib, uni quchoqlaydi. KeyincFhalik raqibini o 'ziga tortadi va uni o 'ngyoki chap tomonidan tovlay bdoshlaydi. Shu kishi yoki bukiladi yo qaddini rostlaydi".

Ibn Sino kurashning yanada boshqa ko'pgina xillarini ko'rsatadiki, bular urning xalq orasida mavjud bo'lgan kurash shakllarini umum-lashtirilr>, xalqlar orasida tashviqot va targ'ibot qilgan. Ibn Sino ko'rsatggan kurash usullari O'rta Osiyo xalqlari orasida hozirgacha saqlaniUb kelmoqda va ular klassik kurash turi bilan xalq orasida e'tiborgga sazovordir.

Ibn Sino, kishi organizmidagi har bir a'zo o'ziga xos xususi-yatga e ;ga, shuning uchun ham har bir a'zoni chiniqtirishda alohida mashqUardan foydalanish zarur, deb ko'rsatadi. Jumladan, ko'krak qafasi nnushaklarni va nafas olish a'zolarini chiniqtirish uchun past, goho b^land tovush chiqarish zarur. Buning bilan faqat ko'krak qafasi va nafa.s a'zolarigina emas, balki og'iz, til ham harakatga keladi, ular ham maashq qildirilishi natijasida taraqqiy etib boradi. Bundan tashqari, nafas o»lish va nafas chiqarish bilan kishining barcha a'zolari mashq qiladi, oqon tomirlari kengayadi.

Ibn Sinojismoniymashg'ulotlarningahamiyativaturlarito'g'risida nkr yur"itib qolmasdan, balki u jismoniy mashg'ulotni kishi organizmi qanday holatda bo'lganidan boshlash kerakligi haqida ham qimmatli maslah:atlar beradi. Olimning fikricha birinchidan, jismoniy mashqni boshlashdan ilgari kishi tanasi toza bo'lishi; ikkinchidan, iste'mol qilgan ovqati hazm boigan bo'lishi kerak. Lekin, ovqat hazm bo'lib, ko'p vaqt o'tgandan keyin, ya'ni, och qoringa jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullanish yaramaydi, chunki, kishi, xususan, katta kuch talab qiladigan jismoniy mashq qiladigan bo'lsa, bundan faqat zarar ko'rish mumkin, zero ular (jismoniy mashq) kuch-quvvatdan qoldiradi, -deydi.

Ibn Sino jismoniy mashq qilishda maium bir qoidaga rioya qil-ish kerakligini ta'kidlab, quyidagi uch narsaga alohida e'tibor berish shart, deb ko'rsatadi:

1) agar terining rangi o'zgarib borsa harakatlarini davom etti-raverishi mumkin, agar ter chiqa boshlasa, harakatni to'xtatish kerak; 2) jismoniy mashg'ulot davomida kishi tanasi yengilligicha qolaversa, mashqni davom ettiraverishi mumkin; 3) agar a'zolar bo'rtishda davom etsa, mashq davom ettirilaverishi mumkin. Agar da shu ko 'rsatilgan belgilar, - deydi olim, - yo 'qola borsa mashqni darhol to 'xtatish kerak.

Buyuk olim faqat sihat-salomat kishilarning o'z organizmini chi­niqtirish uchun bajaradigan jismoniy mashq turlarini va ahamiyatini ko'rsatib qolmasdan, balki kasal, kamquvvat kishilarning jismoniy mashq qilish bilan kasallikdan qutilish yo'llarini ham ko'rsatishga harakat qiladi, jumladan, „ Jismoniy mashg 'ulot bilan shug 'ullanuvchi kishi o 'zining kamquvvat a zolarini, ortiqcha harakat qildirishdan saqlashi lozim ", - deydi.



Harakatlar, - deb izohlaydi Ibn Sino, - a'zolarning holiga qarab turga bo'linadi. Masalan, oyoq tomirining kengayishi kasalligi bilan og'rigan kishi oyoqning ko'p harakat qiluvchi mashqlar bilan shug'ullanmasdan, balki harakatning ko'pini gavdaning yuqori qis-mida: bo 'yin, bosh va qo 'llarga ko'chirishi kerak. Gavdaning yuqori qismida qilinadigan harakatlar oyoqlarga kam ta'sir qiladi. Ibn Sino „ Jismoniy mashqlarning hamma turlari bilan barcha odamlar bir xil shug'ullanishiyaramaydi. Kishi, albatta^ o^zining sog'lig'iga qarab, qurbigayarasha mashqni tanlab olishi kerak", - deb hisoblaydi.

Har bir odam, - deydi Ibn Sino, - o 'ziga mos harakatlarini tan-lashi kerak. Arg'imchoqlarda uchish kabi yengil mashq holsizlangan kishilar uchun, harakat



XULOSA
Ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohasidagi fikrlarining xarakterli tomoni shundaki, bu masalani kishi faoliyatining boshqa tomonlaridan ajralgan holda emas, balki insonning barcha faoliyati bilan chambar-chas bog'liq holda olib qaraydi. Chunki Ibn Sino jismoniy tarbiyani bolaning yoshiga, kuchiga va hayotiy tajribasiga yarasha olib borish kerakligini, jismoniy mashqlar kishining organizmini mustahkamlash bilan bir qatorda, u kishining ruhini shakllantirishga, aqliy qobiliyati-ning o'sishiga ham katta yordam berishini uqtiradi.

O'rta asr sharoitida, bu buyuk mutafakkirning jismoniy tarbiya sohasidagi fikrlarini tibbiy-ilmiy tomondan asoslab berishi, o'sha davrga nisbatan juda katta progressiv ahamiyatga egadir. Lekin o'sha davrda Ibn Sinoning jismoniy tarbiya to'g'risidagi fikrini oddiy xalq ommasi o'zining hayotida qoilay olmagan. Buyuk Ibn Sino dunyo bo’ylab olamshumul hodisa yaratdi. Uning inson salomatligi, sog’lomlashtirish uchun turli chiniqtiruvchi muolajalari, tadbirlari buniig yaqqol tasdigidir.

Mana shunday ijodiy merosdan jamiyat va yurt uchun foydali boylik biz yosh avlodni ruxlantirmasdan qo’ymaydi. Zero, sog’lom muhit yaratish, yangi avlodpi sog’lom turmush tarzi asosida shakllantira borish eng muximi bolajonlarni jismonan, ruxdn chiniqtirish yurtboyligig’a aylanadi.

Ibn Sinoning jismoniy tarbiya to'g'risidagi ko'pgina fikrlari hozirgi davrda ham o'z kuchini yo'qotgan emas. Ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bulardan o'z amaliyot faoliyatlarida foydalanishlari mum-kin. Buning uchun keng imkoniyatlar mavjuddir.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:


  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T:. O’zbekiston., 1998 y. – 48 b.

  2. I.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” .T:. “O’zbekiston” 2008 yil.

  3. I.Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishi ostonasida”. Tosh. “O’zbekiston”. 2011y. - 440 b.

  4. I.Karimov “Barkamol avlod” O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.Tosh. “Sharq”. – 1997 y – 64 b.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 13 apreldagi 096-sonli “Sog’lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muxofaza qilish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi qarori.

  6. O’zekiston Respublikasining “Bola xuquqlari kafolatlari to’g’risida”gi konun T. O’zbekiston. 2004 y.

  7. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni T:. O’zbekiston. 1979 y.

  8. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonuni., T:. O’zbekiston. 1997 y.

  9. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining amaldagi qaror va buyruqlari. (2010-2012 y.y.)

  10. O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonun. “Halq so’zi”, 2000 y. 26.07.

  11. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vaziligi Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari. Tosh. 2012 y. - 76 b.

  12. Oliy ta’lim. Me’yoriy huquqiy va uslubiy xujjatlar to’plami. Tosh. “Istiqlol”, 2004 y.512 b.

  13. Oliy ta’lim. Me’yoriy xujjatlar to’plami. 2 - qism. T. “Sharq”., 2003 y. – 752 b.

  14. Oliy ta’lim muassasasining odob - axloq qoidalari. Tosh.O’z.Rep.OO’MTV. 2011 y. – 12 b.

  15. O’zbekiston tarixining muhim sanalari. T. “O’zbekiston”. 2012-136 b.

  16. O’zbekiston Davlat Standarti Oliy ta’lim. 514170 – “Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti” talabalari., T. 2008 y.

  17. O’zbekiston Davlat Standarti Oliy ta’lim. 5140800 – “Pedagogika-psixologiya” talabalari. T. 2008 y.

  18. O’zbekiston Davlat Standarti Oliy ta’lim. 5141700 – “Musiqiy ta’lim” talabalari. T. 2008 y.

  19. Sog’lom avlod – bizning kelajagimiz (to’plam) Tosh. “Abu ibn Sino” – 2000 y -272 b.

  20. Barkamol avlod orzusi.Tosh.O’z.M.E. 2000, 245 b.

  21. Abu Ali Ibn Sino. Tub qonunlari. T. Fan. 1980 y.

  22. Axmedov F.Q. Milliy an’analar asosida sport bayramlarini tashkil qilish va o’tkazish usullari. (uslubiy qo’llanma). Jizzax. 2005 y.–42 b.

  23. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi (O’quv qo’llanma).Tosh.Uz.YoUAJ.2008-160 b.

  24. “Bolajon” tayanch dasturi (MTMTU) Tosh. 2010 y – 214 b. O’z XTB.

  25. Gancharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. Tosh. O’z DJTI. 2005 y. – 176 b.

  26. Kuronov M. Milliy tarbiya. Tosh “Ma’naviya” 2007 – 240 b.

  27. Kashbaxtiyev I.A. – Valeologiya asoslari. Tosh.O’zDJTI. 2005 – 252 b.

  28. Rafiyev X. Jismoniy madaniyat va sporti atamalarining ruscha – o’zbekcha lug’ati. Tosh. 1998 y. – 160 b.

  29. Sog’lom avlod asoslari. (metodik qo’llanma). T. O’qituvchi. 2007 y. – 236 b.

  30. Salomov R.S. va bosh. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiyat asoslari (o’quv qo’llanma). Tosh. “Iqtisod - moliya” . 2010 y. – 160 b.

  31. Ta’lim texnologiyalari. Ilmiy – uslubiy jurnal. № 3 – 2011 y. – 1–2. 2012 y.

  32. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim – tarbiyasini takomillashtirishning muammo va yechimlari” mavzusidagi Respublika ilmiy – amaliy anjumanining maqolalar to’plami. Jizzax sh. 2009 y. - “Iqtisod – moliya”., 211 bet.

  33. T.S.Usmonxo’jayev., O.Tursunov., X.A.Meliyev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati (o’quv qo’llanma). Tosh. “O’qituvchi”. 2008 y. - 168 b.

  34. Tulenova X., P.Xo’jayev, M.Xujayeva va X.Meliyev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (o’quv qo’llanma). 1-qism (514170-Maktabgacha ta’lim va sporti ta’lim yo’nalishi talabalari uchun). Tosh. “Iqtisod-moliya” 2012 y. – 270 b.

  35. Usmonxo’jayev T.S. “Sog’lom bola – el boyligi”. Tosh. “Yangi asr avlodi”. 2005 y. – 62 b.

  36. Usmonxo’jayev T.S., X.A.Meliyev. “Milliy xarakatli o’yinlar”. Tosh. “O’qituvchi”, 2000 y. – 186 b.

  37. Usmonxo’jayev T.S., Saidiyev X., Meliyev X.A. Jismoniy tarbiya – 10-11 sinflar uchun. Tosh. “O’qituvchi”, 2005 y. - 128 b.

  38. Usmonxo’jayev T.S., Meliyev X.A. va bosh. Jismoniy tarbiya va bolalar mushg’ulotlari. Tosh. “O’qituvchi”, 2005 y. – 338 b.

  39. Usmonxujayev T.S., Meliyev X.A. va bosh. “500 xarakatli o’yinlar”. T. “Bekinmachoq”. 2001 y. – 280 b.

  40. Usmonxujayev S.T., Meliyev X.A. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari. Tosh. O’z.MKB. 2004 y. – 92 b. 2-qism.

  41. Usmonxujayev T.S. va bosh. Maktabgacha yoshdagilar sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyatida, gimnastika va massaj (o’quv qo’llanma). “Farg’ona” nashriyoti. 2011 y – 137 b.

  42. Usmonxujayev T.S., Meliyev X.A. Bolalarning asosiy harakat faoliyatiga oid mashqlar va ularni o’rgatish ulubiyoti. Tosh. O’z.MKB. 2011 y - 52 b. 1 – qism.

  43. Usmonxujayev T.S., Meliyev X.A. Maktabgacha ta’lim muassasalarida xarakatli o’yinlar va asosiy harakatlanish mashiqlari. Tosh. Uz.MKB. 2004 – 56 b. 3 – qism.

  44. Usmonxo’jayev T.S. va bosh. Bolalar va usmirlar sporti mashg’ulotlari nazariyasi va uslubiyatlari. Tosh. “Ilm Ziyo”, 2006 y – 104 b.

  45. Usmonxujayev T.S., Meliyev X.A. Milliy harakatli o’yinlar. Tosh. “O’qituvchi”, 2000 y. – 192 b.

  46. Jismoniy tarbiya tarixi (o’quv qo’llanma) P.Xadjayev., Meliyev X., Yunusova D., Abdullayev D. Tosh. “Iqtisod-Moliya”., 2010 y. – 208 b.

  47. P.Xo’jayev., M.Xujayeva., Abdullayev D., Tulenova X., Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (o’quv qo’llanma). 2 – qism. T. “Iqtisod - moliya” 2012 y. – 280 b.

  48. “Xalq ta’lim” jurnali 2000 – 2012 y.y.

  49. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Tosh. “Iqtisod-moliya” 2011 y.-420 b.

  50. E.G’oziyev. Bolalar psixologiyasi. Tosh. 1995 y. O’z.MU.

  51. WWW.pedagog.uz

  52. WWW.TDPU.uz

  53. ZiyoNET.www.@mail.ru

Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish