O‘zbekiston respublikasi oliy va


Meva-sabzavotlarning  katta-kichikligi



Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/147
Sana28.08.2021
Hajmi1.15 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147
Meva-sabzavotlarning  katta-kichikligi.  Bu    ko‘rsatkich  ba’zi  bir  mevalar 
va  sabzavotlar  uchun  uzunlik  o‘lchov  birliklarida  va  ba’zi  birlari  uchun  esa  massa 
o‘lchov birliklarida ifodalanadi. 


 
11 
Masalan  bodringlar  uchun  bu  ko‘rsatkichni  aniqlaganda  standart  talabi 
bo‘yicha  bodringning  uzunligi  (sm  hisobida)  asos  qilib  olinsa,  olma,  nok  va  shu 
singari  mevalarda  esa  meva  katta  kesimining  diametri  asos  qilib  olinadi.  Karam 
boshlari  uchun  bu  ko‘rsatkich  massa  o‘lchov  birliklarida  o‘rnatiladi(bir  bosh 
karamning  massasi  necha  kg  dan  kam  bo‘lmasligiga  qarab).  Karam  sabzavotlarida 
karam boshining massasi boshqa o‘lchamlariga qaraganda sifatini aniqroq ifodalaydi, 
chunki karamning  iste’mol  qiymati  va  saqlanuvchanligi  karam  boshining  zichligiga 
ko‘p  darajada  bog‘liqdir.  Zich  bo‘lmagan  karam  boshlari  zich  karam  boshlariga 
qaraganda  mexanik  jarohatlarga  kam  bardoshli  bo‘lib,  ular  mikrobiologik 
kasalliklarga ham tezroq chalinadi. Bunday karamlarda bir tomondan chirish kasalligi 
hisobiga  nobudgarchilik  vujudga  kelsa,  ikkinchi  tomondan  ko‘proq  suvning 
bug‘lanishi natijasida massasi va ozuqaviy qiymati ham kamayadi.   
Yong‘oqlarning massasiga qarab esa ularda qanchalik darajada mag‘zi yaxshi 
rivojlanmagan  va  puch  yong‘oqlar  borligi  haqida  ma’lumotga  ega  bo‘lish  mumkin. 
Meva  va  sabzavotlarning  o‘lchamlarining  me’yorlaridan  kichik  bo‘lishi  ularda 
ozuqaviy  moddalar  to‘la  sintez  bo‘lib  ulgurmaganidan  dalolat  berib,  ularda 
iste’molga yaroqli qismlarning hissasi ham birmuncha kamligidan dalolat beradi. 
Ba’zi  sabzavotlarda  (ildizmevali  sabzavotlar,  bodring)  o‘lchamlarining 
me’yordagidan  katta  bo‘lishi,  aksincha  ularning  iste’mol  xossalarining  pasayishini 
keltirib  chiqaradi.  Masalan,  ildizmevali  sabzavotlarda  ko‘proq  darajada  hazm 
bo‘lmaydigan  klechatka,  gemitsellyuloza,  lignin  kabi  uglevodlarning  to‘planishi 
hisobiga  ularning  etining  konsistensiyasi  dag‘allashib  qoladi.  Diametri  5,5  sm  dan 
ortiq  bo‘lgan  bodringlarda  esa  usti  dag‘allashib,  urug‘  kamerasining  darz  ketishi 
natijasida  ichida  bo‘shliq  hosil  bo‘lishi  jarayoni  ro‘y  beradi.  Albatta,  bu  kabi 
hodisalar ularning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Yo‘l  qo‘yiladigan  chetlanishlarga  ma’lum  darajada  iste’mol  qiymatini  va 
saqanuvchanligini  pasaytirsada,  lekin  sifatiga  katta  ta’sir  ko‘rsatmaydigan  tashqi 
ko‘rinishida  va  o‘lchamlarida  bo‘ladigan  chetlanishlar  kiradi.  Nominal 
ko‘rsatkichdan bunday chetlanishlarni standartlarda mevalar va sabzavotlarning sifat 
ekspertizasini o‘rganishda to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat