O‘zbekiston respublikasi oliy va


Mahsulot sifatining umumiy ko‘rsatkichlari



Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/147
Sana28.08.2021
Hajmi1.15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Mahsulot sifatining umumiy ko‘rsatkichlari.  
Umumiy  ko‘rsatkichlar  xo‘l  mevalar  va  sabzavotlarning  sifatini  baholashda 
asosiy  ko‘rsatkich  sifatida  qaraladi.  Bularga  tashqi  ko‘rinishi,  o‘lchamlari,  yo‘l 
qo‘yiladigan kamchiliklari, hidi va  ta’mi kabi ko‘rsatkichlar kiradi. 
Tashqi  ko‘rishini  bu  kompleks  ko‘rsatkich  bo‘lib,  o‘z  rangi,  shakli,  meva 
sifatining  holati,  butunligi,  barraligi  kabi  ayrim  olingan  xususiy  ko‘rsatkichlarni 
mujassamlashtiradi. 
Rangi.  Meva  va  sabzavotlarning  iste’mol  qiymati  va  saqlanuvchanligiga 
ta’sir ko‘rsatadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri ularning rangi hisoblanadi. Meva va 
sabzavotlarning  rangining  intensivligi,  ularning  tarkibida  qanchalik  miqdorda  rang 
beruvchi moddalar borligidan va ko‘pchilik hollarda esa pishib etilganlik darajasidan 
dalolat beradi. 
Standartlarda  meva  va  sabzavotlarning rangi  aynan  shu turga  mos  yoki  mos 
emas  deb  qayd  etiladi.  Mahsulotning  aniq  rangi  ko‘pchilik  hollarda  qayd  etilmaydi. 
Ba’zi  birlari  esa,  masalan,  pomidorlar  qizil,  ko‘k,  qizil  boshli  karamlar  esa  –  qizil-
binafsha, ko‘k-qizil deb qayd etilishi mumkin. 
«Rang»ining  nominal  ko‘rsatkichdan  chetlanishi  meva  va  sabzavotlarning 
mexanik  jarohatlanishi,  qishloq  xo‘jalik  zararkunandalari  bilan  zararlanishi, 
fiziologik va mikrobiologik kasalliklari bilan kasallanishi, shuningdek etarli darajada 
shakllanmaganligi  va  pishib  etilmaganligi  natijasida  vujudga  keladi.  Masalan, 
pishmagan olma, nok, pomidorlar yashil rangda, juda pishgan olma va pomidorlar esa 
qizil  rangda  bo‘ladi.  Danakli  mevalar  po‘stlog‘ining  qorayishi,  kartoshkaning 
ko‘karishi, sitrus mevalar po‘stlog‘ida qora dog‘larning paydo bo‘lishi esa, ularning 
fiziologik kasalliklar bilan kasallanganligidan dalolat beradi. 
Meva  va  sabzavotlar  rangida  nominal  ko‘rsatkichdan  chetlanishlar  ularda 
rang beruvchi moddalarning yaxshi sintez bo‘lmaganligi yoki ko‘proq darajada sintez 
bo‘lganligidan  dalolat  beradi.  Bo‘yoq  moddalarining  yaxshi  sintez  bo‘lmaganligi 
sabzavotlarning  iste’mol  qiymatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi,  chunki  bunday  holatda 
ularning tarkibida ozuqabop moddalarning zahirasi etarli darajada to‘planmaydi. 
Shakli.  Ko‘pchilik  ho‘l  meva  va  sabzavotlar  uchun  ularning  shakli  ham 
muhim  ahamiyat  kasb  etib,  qayd  etiladigan  ko‘rsatkichlardan  biri  sanaladi. 
Standartlarda urug‘li va ko‘pchilik danakli mevalar shakli bo‘yicha aynan shu meva 
va sabzavot tipiga mos bo‘lishi ko‘rsatiladi. Ularning shakli bo‘yicha aynan shu tipga 
mos  bo‘lmasligi  esa,  ularning  pastki  tovar  navlariga  o‘tkazilishiga  asos  bo‘ladi. 


 
10 
Masalan,  kechpishar  olmalar  shaklining  aynan  shu  tipga  mos  bo‘lmasligi  va 
o‘lchamlarining kichikligi, ularni ikkinchi navga, hatto uchinchi navgacha tushirishga 
olib keladi. 
Ba’zi  sabzavotlar  uchun  (karam,  lavlagi,  ko‘katlar)  standartlarda  shakliga 
talablar  keltirilmaydi,  ba’zi  sabzavotlar  uchun  (kartoshka)  shakli  har  xil  bo‘lishiga 
yo‘l  qo‘yilmaydi,  ba’zilar  uchun  (sabzi,  pomidor,  petrushka)  esa  qo‘ng‘ir-qiyshiq 
shakllar  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Piyoz,  sarimsoq,  qalampir,  baklajan,  qovun, 
tarvuz,  oshqovoq  singari  sabzavotlar  esa  standart  talabi  bo‘yicha  ma’lum  botanik 
navga mos bo‘lishi kerak. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat