O‘zbekiston respublikasi oliy va


Oziq-ovqat mahsulotlar ekspertizasi fanining maqsadi va vazifalari



Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/147
Sana28.08.2021
Hajmi1.15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Oziq-ovqat mahsulotlar ekspertizasi fanining maqsadi va vazifalari 
 
 
«Oziq-ovqat  mahsulotlar  ekspertizasi»  o‘quv  fanining  maqsadi  –  oziq-ovqat 
tovarlarini  ekspertiza  qilishning  ahamiyati,  har  bir  guruh  oziq-ovqat  tovarlarining 
sifat  ekspertizasini  o‘tkazishning  o‘ziga  xos-xususiyatlari  haqida  nazariy  va  amaliy 
bilimlarni berishdan va amaliy ishlar bajarishga o‘rgatishdan iboratdir. 
 
Ekspertiza  (lotincha-tajriba)  –  bu  fan,  texnika,  iqtisod,  savdo  va  boshqa 
sohalarda  maxsus  bilim  talab  qilinadigan  ma’lum  bir  masalalarni  echish  uchun 
mutaxassis-ekspertlar tomonidan tadqiqotlar olib borish demakdir. 
 
Ekspertiza  xalq  xo‘jaligining  turli  sohalarida  qo‘llaniladi  va  uning  quyidagi 
turlari mavjud: 
a) tovar ekspertizasi
b) texnologik ekspertiza
v) sud ekspertizasi
g) huquqshunoslik sohasida ekspertiza
d) tibbiy ekspertiza
e) auditorlik ekspertizasi
j) ekologik ekspertiza va h.k. 
 
Iste’mol  tovarlari  bozorida  raqobatni  tashkil  etish,  sifatini  takomillashtirish 
hisobiga  tovarlarning  raqobatbardoshligini  ta’minlash  zaruriyati  ekspertiza 
uslublarini  yaxshi  o‘zlashtirgan  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlashni  talab 
etmoqda. 
 
Yuqori  bayon  etilgan  maqsadlarga  erishish  uchun  «Oziq-ovqat  tovarlari 
ekspertizasi» fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
a)  «Oziq-ovqat  tovarlari  ekspertizasi»  fanining  strukturasiga  kiruvchi  ekspertiza 
elementlarini aniqlash; 
b) tayanch iboralar, atamalar va qoidalarni o‘rganish; 
v)  oziq-ovqat  tovarlari  ekspertizasi  qo‘llaniladigan  sohalarni  aniqlash  va  ularni 
o‘tkazishning asosiy va tamoyillarini aniqlash
g) oziq-ovqat tovarlarini ekspertiza qilish usullari va uslublarini o‘rganish; 
d)  oziq-ovqat  tovarlarining  sifatini  ta’minlashdagi  huquq  va  majburiyatlarni 
o‘rnatish; 
e)  oziq-ovqat  tovarlarini  ekspertiza  o‘rnatish  uchun  zarur  bo‘ladigan  jihozlar  va 
uslublarni o‘rganish; 
j) oziq-ovqat tovarlari ekspertizasini o‘tkazishni tashkil qilishni bilish; 
z)  oziq-ovqat  tovarlari  ekspertizasi  o‘tkazishda  zarur  bo‘ladigan  hujjatlarni 
rasmiylashtirish va natijalarni tahlil qilish qoidalarini bilish va boshqalar. 
 
Har  qanday  fanni  o‘rganish,  avvalambor  unda  qo‘llaniladigan  asosiy 
tushunchalarga ta’rif berishdan boshlanadi. Bu fandagi xuddi shunday tushunchalarga 
«Oziq-ovqat»,  «Oziq-ovqat  mahsuloti»,  «Oziq-ovqat  xom  ashyosi»,  «Oziq-ovqat 
mahsuloti 
muomalasi», 
«Oziq-ovqat 
mahsulotining 
sifati», 
«Oziq-ovqat 
mahsulotining  xavfsizligi»,  «Ovqatga  qo‘shiladigan  biologik  faol  qo‘shimchalar», 
«Oziq-ovqat  mahsulotining  yaroqlilik  muddati»,  «Oziq-ovqat  mahsulotini 
qalbakilashtirish», «Toksikologik – gigienik ekspertiza» kabilar kiradi. 


 

 
Oziq-ovqat  mahsulotlar  ekspertizasi  fanining  ob’ektlari  materiallashgan  oziq-
ovqat  xom  ashyolari  va  oziq-ovqat  tovarlari  hisoblanadi.  Mazkur  fan  bo‘yicha 
nazariy  bilimlarni  bayon  etishda  oziq-ovqat  tovarlari  quyidagi  guruhlarga  bo‘linib, 
ularning sifatini ekspertiza qilishning o‘ziga xos-xususiyatlari bayon etiladi: don, un, 
yorma, non va makaron mahsulotlarining ekspertizasi; ho‘l va qayta ishlangan meva-
sabzavot  mahsulotlarining  ekspertizasi;  yog‘larning  ekspertizasi;  sut  va  sut 
mahsulotlarining  ekspertizasi;  go‘sht  va  go‘sht  mahsulotlarining  ekspertizasi;  baliq 
va baliq mahsulotlarining ekspertizasi. SHunday qilib, oziq-ovqat tovarlari ekspertiza 
faoliyatining asosiy ob’ekti sifatida qaraladi. 
 
Oziq-ovqat 
tovarlarining 
iste’mol 
qiymatini 
belgilovchi 
muhim 
ko‘rsatkichlaridan  biri  ularning  inson  hayoti,  sog‘ligi  uchun  xavfsizligi  eng  muhim 
hisoblanadi.  Shu  sababli  ham  bugungi  kunda  hayotiy  faoliyatimizda  qo‘llanilib 
kelinayotgan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi (1993 y.), «Mahsulotlar va xizmatlarni 
sertifikatlashtirish  to‘g‘risida»gi  (1993  y.),  «Iste’molchilarning  huquqlarini  himoya 
qilish  to‘g‘risida»gi  (1996  y.),  «Oziq-ovqat  mahsulotlarining  sifati  va  xavfsizligi 
to‘g‘risida»gi (1997 y.) Qonunlarining qabul qilinishi buning yaqqol namunasidir. 
 
Oziq-ovqat tovarlari bilan ishlaydigan sub’ektlarga esa tovarshunos-ekspertlar, 
marketologlar,  sotuchilar,  sotuvchi  menejerlar,  omborxona  xodimlari,  oziq-ovqat 
laboratoriyasi xodimlari kabilarni kiritish mumkin. 
 
  Oziq-ovqat 
mahsulotlar 
ekspertizasining  predmeti  bo‘lib  oziq-ovqat 
tovarlarining  iste’mol  qiymati,  shuningdek  uni  bilish  va  ta’minlash  uslublari 
hisoblanadi.  Faqatgina  oziq-ovqat  tovarlarining  iste’mol  qiymatigina  ularning 
tovarligini  belgilaydi,  ya’ni  ular  iste’molchilarning  aniq  bir  ehtiyojlarini  qondiradi. 
Agar  oziq-ovqat  tovarlari  qiymati  bo‘yicha  iste’molchi  ehtiyojini  qondirmasa,  u 
holda bu tovarga talab shakllanmaydi va undan foydalanilmaydi. 
 
Oziq-ovqat 
mahsulotlari 
ekspertizasi 
fani 
ekspertlar, 
tijoratchilar, 
marketologlar  va  boshqa  mutaxassislarni  tayyorlashda  kerak  bo‘ladigan  birdan-bir 
fan  bo‘lmasdan  u  tabiiy-ilmiy,  matematik,    standartlashtirish,  metrologiya  va 
sertifikatlashtirish asoslari kabi umumixtisoslik fanlari bilan birgalikda o‘rganiladi. 
 
Oziq-ovqat  mahsulotlari  ekspertizasi  sifat  ekspertizasi,  gigienik  ekspertiza  va 
fitosanitariya  ekspertizasi  singari  ekspertiza  turlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Oziq-ovqat 
tovarlarining sifat ekspertizasining yakuniy xulosasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va 
shu asosda muvofiqlik sertifikati beriladi. 
 
Gigienik  ekspertizaning  maqsadi  oziq-ovqat  tovarlarining  kishilarning  hayoti, 
sog‘ligi va iste’molchilarning mol-mulki uchun xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. 
 
Oziq-ovqat mahsulotlariga gigienik talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
a) kimyoviy, radiatsion, mikrobiologik, xavfsizlik ko‘rsatkichlarini; 
b) baliq va nobaliq suv jonivorlarining parazitologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini; 
v) 
oziq-ovqat 
qo‘shimchalarining  ruxsat  etilgan  konsentratsiya  (PDK) 
ko‘rsatkichlarini va hokazolarni. 
 
Davlat  sanitariya  xizmati  organlari  tomonidan  oziq-ovqat  tovarlari  va  xom 
ashyolariga berilgan gigienik sertifikati oziq-ovqat mahsuloti, texnologiya, uskuna va 
boshqa  jarayonlar  amaldagi  sanitariya  normalari  va  qoidalariga  mos  ekanligini 
tasdiqlaydigan  hujjatdir.  Gigienik  sertifikati  oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab 


 

chiqarishga  joriy  etishda,  chet  el  tovarlarini  mamlakat  ichkarisiga  olib  kirishda 
majburiy hujjat hisoblanadi. 
 
Gigienik  sertifkatni  berish  uchun  asosiy  hujjat  akkreditatsiyadan  o‘tgan  sinov 
laboratoriyalari tomonidan beriladigan sinov bayonnomasi hisoblanadi. SHuningdek, 
oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rab-joylash uchun ishlatiladigan materiallar, idishlar ham 
gigiena sertifikatiga ega bo‘lishi talab etiladi. 
 
Fitosanitariya  ekspertizasi  o‘simlik  mahsulotlarining  karantin  xavfsizligini 
aniqlash uchun o‘tkaziladi. 
 
Fitosanitariya  ekspertizasining  maqsadi  qishloq  xo‘jalik  zararkunandalarining 
tarqalishining oldini olishdan iboratdir. Fitosanitariya ekspertizasining natijasi bo‘lib, 
ekspertiza  dalolatnomasi  yoki  fitosanitariya  sertifikati  hisoblanadi.  O‘simlik 
xomashyolariga fitosanitariya sertifikatisiz muvofiqlik sertifikati berish taqiqlanadi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat