O‘zbekiston respublikasi oliy va



Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/147
Sana28.08.2021
Hajmi1.15 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147
Oqbosh  karam.  Oqbosh  karam  navlari  unib  etilish  vaqtiga  qarab  ertapishar, 
o‘rtapishar va kechpishar navlarga bo‘linadi. 
Respublikamizda  ertapishar  karam  navlari  ertagi  hosil  olish  uchun  plenka 
ostida  o‘stirib  etishtirilmoqda.  SHu  sababli  bu  nav  karamlar  erta  bahorda  aholi 
ratsionida  vitaminlar  ayni  tanqisligi  paytida  eng  zarur  xom  ashyo  hisoblanadi. 
Respublikamizda  ekiladigan  ertapishar  oqbosh  karam  navlariga  Iyunskaya,  Nomer 
perviy,  Gribovskaya  147,  Derbentskaya  mestnaya    uluchshennaya,  Apsheronskaya 
ozimaya,  o‘rtapishar  va  kechpishar  navlariga  esa  Toshkent-10,  Saratoni,  Navro‘z, 
O‘zbekiston 133 kabi navlarini kiritish mumkin. 
CHakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oqbosh karamlar sifat ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha  GOST  26768-85  standarti  talabiga,  tayyorlanadigan  va  jo‘natiladigan 
karamlar esa GOST 1724-85 standarti talabiga javob berishi kerak. 
Biz  quyidagi  chakana  savdo  tarmoqlarida  aholiga  sotilayotgan  oqbosh 
karamlarning  GOST  26768-85  standarti  bo‘yicha  qanday  talablarga  javob  berishi 
kerakligini  keltiramiz.  Bu  standart  talabi  bo‘yicha  oqbosh  karamlar  sifatiga  qarab 
saralangan va saralanmagan tovar navlariga bo‘linadi. 
Bu  standart  talabi  bo‘yicha  oq  karam  boshlari  barra,  butun,  sog‘lom,  toza, 
karam boshi yaxshi o‘ralgan, o‘smagan, shakli va rangi bo‘yicha karam naviga xos, 
qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. Ularning ta’mi 
va  hidi  o‘ziga  xos,  begona  hidlarsiz  va  ta’mlarsiz  bo‘lishi  lozim.  Karam  boshi 
o‘rtapishar va kechpishar navlarida zich bo‘lishi kerak. Ertapishar navlarida esa har 
xil zichlikda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Savdo tarmoqlarida iste’molchilarga sotilayotgan oqbosh karamlarning sifatiga 
qo‘yiladigan  talablardan  yana  biri  karam  boshining  sarg‘ayib  ketgan  barglardan  va 
boshqa iflosliklardan tozalanganligi hisoblanadi. 
Standart talabi bo‘yicha karam boshi to zich yopishib turadigan ko‘k yoki oq 
yaproqlarigacha  tozalangan  bo‘lishi  kerak.  SHuningdek,  aholiga  sotilayotgan 
karamlarda  karam  boshidan  chiqib  turadigan  karam  o‘zagining  uzunligi  ham 
me’yorlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich hamma tovar navlarida 3 sm dan ortiq bo‘lmasligi 
ko‘rsatib qo‘yilgan. 
O‘rtapishar va kechpishar karamlar uchun  muhim ko‘rsatkichlardan yana biri 
karam boshining massasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich karam qaysi vaqtda yig‘ishtirib 
olinganligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Standartda  ko‘rsatilishicha  1-iyuldan  to  1-avgustacha 
yig‘ishtirib  olingan  karamlarning  saralangan  navlarida  har  bir  bosh  karamning  
massasi  1,0  kg  dan,  saralanmagan  karamlarning  esa  0,4  kg  dan  kam  bo‘lmasligi 
standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. 
SHuningdek,  standartda  sirtidagi  birinchi  va  ikkinchi  qavat  yaproqchalari 


 
28 
ozroq  jarohatlangan  karamlar  bo‘lishiga  ham  yo‘l  qo‘yiladi  va  ularning  miqdori 
chegaralanmaydi.  Ikkinchidan  to  beshinchi  qavatgacha  yaproqchalari  mexanik 
jarohatlangan karam boshlari ertapishar karam navlarida 5,0 % gacha bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yiladi,  o‘rtapishar  va  kechpishar  navlarida  esa  bu  ko‘rsatkich  chegaralanmaydi. 
Saralangan  karam  navlarida  esa  mexanik  jarohatli  karam  boshlari  bo‘lishiga  yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Karamlarning  har  ikkala  tovar  navlari  ham  beshinchi  qavatdan  keyingi 
yaproqchalari  mexanik  jarohatlangan,  yorilgan,  chirigan,  muzlab  qolgan  (ichi 
sarg‘aygan yoki qoraygan) karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat