O‘zbekiston respublikasi oliy va



Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/147
Sana28.08.2021
Hajmi1.15 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   147
Yunon  yong‘og‘i.  YUnon  yong‘og‘i  sifat  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  GOST 
16832-71  standarti  talabiga  javob  berishi  kerak.  Bu  standart  talabi  bo‘yicha 
yong‘oqlar oliy, birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo‘linadi. YUnon yong‘og‘ining 
xamma  tovar  navlari  butun,  yaxshi  etilgan,  begona  ta’mlarsiz  va  xidlarsiz  bo‘lishi 
kerak. Ularda namlik esa 10 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
 
Oliy va birinchi navli yong‘oqlarning po‘stlogi och-qo‘ngirroq rangdan qo‘ngir 
ranggacha, yupqa, oson chaqiladigan magzi esa po‘stlogidan butun yoki yarim xolda 
tozalanadigan  bo‘lishi  kerak.  Magzining  sirtidagi  po‘stlogi  esa  tillasimon-sariq 
rangdan to och-qo‘ngir ranggacha bo‘ladi. Oliy navli yong‘oqlarda po‘stlogining sirti 
tekis, birinchi navli yong‘oqlarda esa sal gadir-budur bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
 
Ikkinchi  tovar  navli  yongoqlarda  esa  po‘stlogi  och-qo‘ngir  rangdan  to  qora-
qo‘ngir  ranggacha  bo‘lib,  ularda  qiyin  chaqiladigan  yongoqlar  xam  bo‘lishiga  yo‘l 
qo‘yiladi. Bu nav yongoqlarning magzi och-qo‘ngir rangdan to‘q-qo‘ng‘ir ranggacha 
bo‘lib, mag‘zi po‘stlog‘idan qiyinroq ajraladi. 
 
Yunon  yong‘oqlarining  sifatini  baxolashdagi  muxim  ko‘rsatkichlardan  biri 
katta  ko‘ndalang  kesimining  diametri  xisoblanadi.  Oliy  navli  yong‘oqlarda 
ko‘ndalang  kesimining  diametri  28  mm  dan,  1-navlarida  25  mm  dan,  ikkinchi 
navlarida esa 20 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 


 
18 
 
Yong‘oqlarning  sifatini  baxolashdagi  yana  bir  muxim  ko‘rsatkich  yong‘oq 
mag‘zining  xissasi  xisoblanadi.  Bu  ko‘rsatkich  oliy  navli  yong‘oqlarda  50  %  dan, 
birinchi  navli  45%  dan,  ikkinchi  navli  yong‘oqlarda  esa  35%  dan  kam  bo‘lmasligi 
kerak. 
 
Oliy  tovar  navli  yong‘oqlarda  begona  aralashmalar  va  yong‘oq  po‘stlog‘i 
bo‘lmasligi,  birinchi  navida  esa  0,1%  dan,  ikkinchi  navida  esa  0,3  %  dan  ko‘p 
bo‘lmasligi  ko‘rsatib  qo‘yilgan.  SHuningdek,  birinchi  navli  yong‘oqlarda  qurigan 
qobiqqa ega bo‘lgan yong‘oqlar miqdori 1,0% dan, ikkinchi navli yong‘oqlarda esa 
3,0% dan oshmasligi kerak. 
 
Yunon  yong‘oqlarining  sifat  ekspertizasini  o‘tkazishda  aniqlanadigan  asosiy 
ko‘rsatkichlardan  yana  biri  zararkunandalar  bilan  zararlangan,  buzilgan,  yaxshi 
etishmagan  yong‘oq  mevalarining  xissasi  xisoblanadi.  Bu  ko‘rsatkich  oliy  navli 
yong‘oqlarda  1,0%  dan,  birinchi  navli  yong‘oqlarda  5,0%  dan,  ikkinchi  navli 
yong‘oqlarda esa 10,0% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
 
Bodom.  Bodom  ta’m  ko‘rsatkichi  bo‘yicha  shirin  va  achchiq  ta’mli 
bodomlarga bo‘linadi. Achchiq bodomlarning mag‘zida zaxarli glikozidlar amigdalin 
(3-7%)  bo‘ladi.  SHu  sababli  xam  achchiq  magizli  bodomlar  oziq-ovqat  maxsuloti 
sifatida qo‘llanilmaydi. 
 
SHirin  mag‘izli  bodomlarning  sifati  GOST  16830-71  standarti  talabiga  javob 
berishi  kerak.  Bu  standart  talabi  bo‘yicha  bodomlar  oliy  va  birinchi  navlarga 
bo‘linadi. Xar ikkala navida xam bodomlar yaxshi etilgan, po‘stlog‘ining rangi birxil, 
sarg‘ich-kulrangdan  to  qoramtir-qo‘ng‘irranggacha  bo‘lishi  kerak.  Ularning 
mag‘zining  qobigi  esa  och-qo‘ngirdan  to  qo‘ngir  ranggacha  bo‘ladi.  Bodomlarning 
ta’mi  va  xidi  o‘ziga  xos  yoqimli,  begona  ta’mlarsiz  va  xidlarsiz  bo‘lishi  kerak. 
Bodomlar  mag‘zining  namligi  10  %  dan  ortiq  bo‘lmasligi  kerak.  Oliy  navli 
bodomlarning po‘chogi qogoz po‘choqli, yumshoq po‘choqli, birinchi navlarida esa 
po‘chog‘i  qattiq  bo‘ladi.  Oliy  navli  bodomlarda  mag‘zining  chiqishi  30%  dan, 
birinchi  navlarida  esa  25%  dan  kam  bo‘lmasligi  yuqorida  qayd  etilgan  standartda 
ko‘rsatib o‘tilgan. 
 
Standart  talabi  bo‘yicha  bodomlarda  massasiga  nisbatan  quyidagi  nuqsonlar 
bo‘lishiga ruxsat etiladi (%, ko‘p emas): oliy navli bodomlarda zararkunandalar bilan 
zararlangan bodomlar – 0,5, birinchi navli bodomlarda esa – 1,0; yaxshi etishmagan 
bodomlar  mos  ravishda  1,0  va  3,0;  qurib  qolgan  po‘choqli  bodomlar  miqdori  mos 
ravishda  2,0  va  5,0;  achchiq  mag‘izli  bodomlar  miqdori  mos  ravishda  1,0  va  3,0. 
Buzilgan  bodomlar  oliy  navli  bodomlarda  bo‘lmasligi  kerak,  birinchi  navli 
bodomlarda  esa  ularning  xissasi  3,0  %  dan  ortiq  bo‘lmasligi  standartlarda  ko‘rsatib 
qo‘yilgan. 
 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat