O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda dissertatsiyaning mazkur bo‘limi yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik



Download 221 Kb.
bet46/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda dissertatsiyaning mazkur bo‘limi yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:

Fe’llarning 7 ta reduplikativ modeli aniqlandi: bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘AA’, ‘A – A’, ‘A来A去’ (Alai Aqu), ‘东A西 A’, ‘A巴A巴’ (A ba A ba), ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AVAV’, ‘AAVV’ modellari. SHulardan bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘AA’, ‘A – A’, ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AVAV’ modellari mahsuldor, bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘A来A去’ (Alai Aqu) modeli kammahsul, bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘东A西 A’ (dong A xi A), ‘A巴A巴’ (A ba A ba), ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AAVV’ modellari mahsuldor bo‘lmagan qoliplar deb topildi.

Reduplikativ fe’l miqdor ma’no-mohiyatini bildiradi, ya’ni ish-harakat vaqti qisqa yoki harakat qisqa muddatliligini ifodalaydi. Lekin yanada sinchiklab kuzatilsa, bunday fe’llarning ma’no-mohiyati juda murakkab ko‘rinishlarga ega ekanligi ayon bo‘ladi: ularning ayrimlari harakat jarayonini tavsiflaydi, ayrimlari modal ma’nolarni ifodalaydi. Reduplikativ fe’llarning qo‘llanilish xususiyatlari xilma-xil. Xususan,

1) qisqa muddat ichida sodir bo‘ladigan harakatni bildiradi; bunda takrorlanib keladigan fe’l orasiga, odatda,了le qo‘shimchasi qo‘yiladi 168.

2) hali sodir bo‘lmagan yoki tugallanmagan harakatni ifodalaydi169. Bunda ikki xil usuldan foydalanish mumkin: a) ma’no jihatidan urinib ko‘rish harakatini bildiradi; reduplikativ fe’ldan keyin intilish, urinib ko‘rish ma’nosini ko‘rsatuvchi 看 kan yordamchi so‘zi qo‘llanilishi mumkin; b) ma’no jihatidan intilish, urinish harakatini bildirmaydi; bu holda fe’l, odatda, harakat davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunda fe’lning asosiy vazifasi yumshatish ohangini berishdan iborat.

3) agar reduplikativ fe’ldan keyin 快kuai “tez” ma’nosida keladigan 就 jiu “darrov” qo‘yilsa, bunda harakatning qisqa ekanligi tushuniladi.

4) murakkab gaplarda taxmin mavjud bo‘lsa, bu holda, odatda, sodda fe’lni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunda fe’l albatta takrorlanib kelishi kerak; fe’ldan keyin 一下 yixia qo‘llanilishi mumkin.

5) harakatning davomiyligini ko‘rsatmaydigan fe’l agar “urinish”, “qilib ko‘rish” ma’nosida ishlatilmasa, odatda, takror qo‘llanilmaydi.

6) reduplikativ fe’l bildiradigan harakat agar doimiy yoki aniq vaqti belgilanmagan bo‘lsa, odatda, miqdorni ifodalamaydi, balki ko‘pincha ‘engil’, ‘oson’, ‘qulay’, ‘o‘z holicha’ ma’nosiga ega bo‘ladi; ko‘p hollarda ketma-ket keladigan gaplarda qo‘llaniladi.

7) hozirgi paytda sodir bo‘layotgan harakatni ifodalovchi fe’l takror qo‘llanila olmaydi.

8) fe’ldan keyin 过 guò, 着 zhe qo‘llanilganda ham fe’l takror qo‘llanilmaydi170.

9) reduplikativ fe’lning inkor usuli sof va ritorik so‘roq gaplarda171, shuningdek, taxmin ma’nosini ifodalovchi gaplarda qo‘llaniladi.



Reduplikativ fe’l gapda asosan kesim bo‘lib keladi, lekin ba’zi hollarda ega vazifasida ham kelishi mumkin. Reduplikativ fe’l hol yoki yordamchi element vazifasini bajarmaydi. Hisoblarga ko‘ra, fe’llar jami reduplikativ so‘zlarning 3%ini tashkil etadi.
Xulosa
Mavzu ustida olib borgan izlanishlarimizdan va yuqoridagi uch bo‘lim doirasidagi adabiy - ilmiy taxlillardan quyidagi bir qator xulosalarga keldik.

  1. Xitoy tilida fe’llarni va ularning grammatik xususiyatlarini ko’plab xitoy , chet el rus, va o’zbek olimlari o’rganishgan va ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan ekan, xitoy tilidagi turli xildagi fe’llar, fe’llarning yasalishi haqida har bir olim o’z qarashlariga ega, o’z fikir mulohazlarini tushuntirib bayon etishgan, fe’llarni guruhlarga ajratishgan. Hamma olimlarning fikirlari ham bir biriga mos tushmagan, bir biriga zid keladi. lekin olimlar misollar yordamida ularni tushuntirib, yoritib berishgan.

  2. So’z turkumlari orasida fe’l so’z turkumining ahamiyati o’zgacha. Fe’l xitoy tilida eng asosiy so’z turkumi hisoblanib, gap bo’laklari orasidagi o’rni juda muhim.

  3. Fe’l gapning asosiy mazmunini ochib berish funksiyasini bajaradi, u orqali gapda ish-harakatning qaysi paytda, qanday yakunlangani, kimga yo’nalganligi kabi ma’nolari aks ettiriladi.

  4. Fe’l-bu biror predmetning harakat va holatini ifodalovchi gap bo’lagi bo’lib, shu bilan birga xitoy tilida harakatning maqsadi va shakl shamoyilini ham ifodalab kelishi mumkin.172

  5. Xitoy tilida fe’llarning ikki turi ajratib ko’rsatiladi – statik (holatni ko’rsatuvchi) va dinamik (harakatni ko’rsatuvchi).

  6. Xitoy tilida fe’llar tuslanmaydi. Turli shaxs va zamonlar uchun fe’lning bir hil shakli ishlatiladi. Fe’llar son va jinsga qarab o’zgarmaydi, tuslanmaydi. Fe’llarning uchta zamonda ishlatilganda ham katta o’zgarish bo’lmaydi.

  7. Xitoy tilida fe’llar to’rtta katta guruhga bo’linadi bular:

    1. Bog’lovchi fe’llarga 是,为,当,成,作成,作为,叫做,叫成,像,姓等于 kabi so’zlar kiradi.

    2. Modal fe’llar harakatni sodir qilish imkoniyati, xohish, qobiliyat yoki muhtojlikni ifodalaydi. Gapda modal fe’lga deyarli har doim yana bitta fe’l qo’shilib, ular birgalikda kesimni hosil qilishadi. Asosiy fe’lsiz uning o’zi alohida mustaqil ravishda to’liq gaplarda kesim bo’lib kela olmaydi. Modal fe’llarga misol qilib: 想,要,应该,会, 能, 可以,需要,愿意, 必需, 得  va boshqalar.

    3. Kuazativ fe’llar - To’ldiruvchining boshqa harakatga nisbatan ega vazifasida qo’llanilishini belgilovchi fe’llar kuazativ fe’llar deyiladi. Kuazativ fe’llarga 叫 (jiao), 使 (shi), 请 (qing), 让 (rang) kabilar kiradi.

    4. Standart fe’llar harakat ma’nolarini, holatini bildiradi. Standart fe’llarga misol qilib: 看,说,写,听,坐,做,跑,挂,作,笑, 来,去,知道, 到,喜欢 va yana juda ko’plab fe’llar misol bo’la oladi. Ular leksik jihatdan soda, hosila va qo’shma fe’llar orqali ifodalanadi.

  8. Xitoy tilida fe’llarning 5 xil grammatik xususiyatlari bor:

    1. Fe’llarning kesim vazifasida qo’llanilishi - Odatda fe’l predmetning harakati va holatini aniqlab kelib, gapda kesim vazifasini bajaradi.

    2. Fe’llarning ega vazifasida qo’llanilishi.

    3. Fe’llarning to’ldiruvchi vazifasida qo’llanilishi – harakatni yoki biron bir bo’lakni to’ldirib kelganda to’ldiruvchi vazifasini bajaradi.

    4. Fe’llarning aniqlovchi vazifasida qo’llanishi - predmetning belgisini bildirib kelsa, gapda aniqlovchi funksiyasini bajaradi va fe’llar gapda aniqlovchi vazifasida kelganida ko’pincha “的 de” orqali ifodalanadi, fe’ldan so’ng qo’yiladi.

    5. Fe’llarning hol vazifasida qo’llanishi - harakatning maqsadi va shakl-shamoyilini aniqlab kelganda esa gapda hol vazifasini bajaradi.

  9. Fe’llarning 7 ta reduplikativ modeli aniqlandi: bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘AA’, ‘A – A’, ‘A来A去’ (Alai Aqu), ‘东A西 A’, ‘A巴A巴’ (A ba A ba), ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AVAV’, ‘AAVV’ modellari. SHulardan bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘AA’, ‘A – A’, ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AVAV’ modellari mahsuldor, bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘A来A去’ (Alai Aqu) modeli kammahsul, bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘东A西 A’ (dong A xi A), ‘A巴A巴’ (A ba A ba), ikki bo‘g‘inli fe’llarning ‘AAVV’ modellari mahsuldor bo‘lmagan qoliplar deb topildi.

  10. Reduplikativ fe’l miqdor ma’no-mohiyatini bildiradi, ya’ni ish-harakat vaqti qisqa yoki harakat qisqa muddatliligini ifodalaydi. Lekin yanada sinchiklab kuzatilsa, bunday fe’llarning ma’no-mohiyati juda murakkab ko‘rinishlarga ega ekanligi ayon bo‘ladi: ularning ayrimlari harakat jarayonini tavsiflaydi, ayrimlari modal ma’nolarni ifodalaydi. Reduplikativ fe’llarning qo‘llanilish xususiyatlari xilma-xil. Xususan,qisqa muddat ichida sodir bo‘ladigan harakatni bildiradi; bunda takrorlanib keladigan fe’l orasiga, odatda,了le qo‘shimchasi qo‘yiladi 173. Hozirgi paytda sodir bo‘layotgan harakatni ifodalovchi fe’l takror qo‘llanila olmaydi.

  11. Reduplikativ fe’l hali sodir bo‘lmagan yoki tugallanmagan harakatni ifodalaydi174. Bunda ikki xil usuldan foydalanish mumkin: a) ma’no jihatidan urinib ko‘rish harakatini bildiradi; reduplikativ fe’ldan keyin intilish, urinib ko‘rish ma’nosini ko‘rsatuvchi 看 kan yordamchi so‘zi qo‘llanilishi mumkin; b) ma’no jihatidan intilish, urinish harakatini bildirmaydi; bu holda fe’l, odatda, harakat davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunda fe’lning asosiy vazifasi yumshatish ohangini berishdan iborat.

  12. Agar reduplikativ fe’ldan keyin 快kuai “tez” ma’nosida keladigan 就 jiu “darrov” qo‘yilsa, bunda harakatning qisqa ekanligi tushuniladi.

  13. Reduplikativ fe’l murakkab gaplarda taxmin mavjud bo‘lsa, bu holda, odatda, sodda fe’lni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunda fe’l albatta takrorlanib kelishi kerak; fe’ldan keyin 一下 yixia qo‘llanilishi mumkin.

  14. Reduplikativ fe’l harakatning davomiyligini ko‘rsatmaydigan fe’l agar “urinish”, “qilib ko‘rish” ma’nosida ishlatilmasa, odatda, takror qo‘llanilmaydi.

  15. Reduplikativ fe’l bildiradigan harakat agar doimiy yoki aniq vaqti belgilanmagan bo‘lsa, odatda, miqdorni ifodalamaydi, balki ko‘pincha ‘engil’, ‘oson’, ‘qulay’, ‘o‘z holicha’ ma’nosiga ega bo‘ladi; ko‘p hollarda ketma-ket keladigan gaplarda qo‘llaniladi.

  16. Reduplikativ fe’ldan keyin 过 guò, 着 zhe qo‘llanilganda ham fe’l takror qo‘llanilmaydi175.

  17. Reduplikativ fe’lning inkor usuli sof va ritorik so‘roq gaplarda176, shuningdek, taxmin ma’nosini ifodalovchi gaplarda qo‘llaniladi.

  18. Reduplikativ fe’l gapda asosan kesim bo‘lib keladi, lekin ba’zi hollarda ega vazifasida ham kelishi mumkin. Reduplikativ fe’l hol yoki yordamchi element vazifasini bajarmaydi. Hisoblarga ko‘ra, fe’llar jami reduplikativ so‘zlarning 3%ini tashkil etadi.

Xitoy tili grammatikasida fe’llar muxim o’rin tutadi. Fe’llarni gapda qo’llay olish esa juda katta ahamiyatga ega. Biror bir tilni mukammal bilish uchun albatta uning grammatikasini chuqurroq o’rganish kerek.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati