O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘A



Download 221 Kb.
bet40/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘AA去’ (Alai Aqu) reduplikativ modeli

Bir bo‘g‘inli fe’l yo‘nalishni bildiruvchi qo‘shimcha so‘zlar (mazkur modeldagi 来 lai so‘zining ma’nosi “kelmoq”, 去qu so‘zining ma’nosi “bormoq”) bilan birga qo‘llanilgan holda takrorlana oladi. Bunda mazkur model bo‘yicha hosil bo‘lgan birlik xatti-harakatni takrorlangan holda, bir muncha uzoq muddat ichida sodir bo‘layotganligini bildiradi:

在书店里,我看来看去,只卖了这么一本书122

Zai shudian li, wo kanlai kanqu, zhi mai le zheme yi ben shu

“Kitob magazinida aylanib yurib faqat shu kitobni sotib oldim”;

我想来想去,终于想好了一个好办法123

Wo xianglai xiangqu, zhongyu xiang hao le yige hao banfa

“Men o‘ylab-o‘ylab yaxshi usul topdim”.

Mazkur modeldagi so‘z o‘zbek tiliga tarjima qilinayotganida xitoy tilidagi来 lai ko‘p hollarda o‘zbek tilidagi -dan affiksiga, 去qu so‘zi esa -ga affiksiga to‘g‘ri keladi:

在公园里我看见蝴蝶在花中飞来飞去,孩子们在旁边跑来跑去124



Zai gongyuan li wo kanjian hudie zai hua zhong feilai feiqu, haizimen zai pangbian paolai paoqu

“Bog‘da kapalaklarning guldan-gulga uchib-qo‘nganini, bolalarning esa u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurganini ko‘rdim” ;

他焦急地在房间里走来走去,不知道怎么办才好125

Ta jiaoji de zai fangjian li zoulai zouqu, bu zhidao zenmeban cai hao

“U xavotirlanib “qandoq qilsam yaxshiroq bo‘ladi” deb o‘ylab, xonada yoqdan-bu yoqqa hadeb yuraverdi”.

Fe’ldan keyin 过来 guolai yoki过去guoqu ham qo‘yilishi mumkin, ya’ni ‘A 过来 A 过去’ 126, masalan:

夜已经很深了,还有人在我窗前走过来走过去,害得我睡不着觉127



Ye yijing han shen le, hai you ren zai wode chuanqian zouguolai zouguoqu, haide wo shui bu zhao jue

“Yarim kechada derazamning tagida bir odam u yoqdan-bu yoqqa yuraverdi, yuraverdi, men qo‘rqqanimdan uxlay olmadim”;

这件事他说过来说过去不知说了多少遍了128

Zhe jian shi ta shuoguolai shuoguoqu bu zhi shuo le duoshao bianle

“Bu masala haqida u gapiraverdi, gapiraverdi, necha marta qaytarganini ham bilmayman”.

Xitoyshunos olim, professor Luy SHu-sya “中国文法研究” Zhongguo wenfa yanjiu (“Xitoy yozuvi”) kitobida 想来想去 xianglai xiangqu, 跑来跑去 paolai paoqu kabi misollar asosida xitoy tilida reduplikatsiyaning ‘A来A去’129 ko‘rinishi haqida ma’lumot beradi. Uning yozishicha, ma’lum bir fe’l takrorida 来 lai va 去 qu harakat yo‘nalishini belgilovchi fe’llar qo‘llanilishi mumkin. S.E. YAxontov esa “Kategoriya glagola v kitayskom yazыke” monografiyasida fe’lning mazkur ko‘rinishini fe’l reduplikatsiyasi emas, balki “fe’l birikmasi”130 deb tushunadi. Bizning fikrimizcha, bu fe’l reduplikatsiyasi modellaridan biridir. Bunda ‘A’ o‘rnida bir xil fe’llar qo‘llaniladi: 说来说去 shuolai shuoqu,跑来跑去 paolai paoqu.

S.E. YAxontov fikriga zid ravishda aytish mumkinki, fe’llarning takrori nafaqat harakat qisqaligini, balki harakatning bir oz uzoq muddat ichida sodir bo‘lganligini xam ifodalashi mumkin (reduplikatsiyaning ‘A来A去’ ‘Alai Aqu’ konstruksiyasi asosida).

A.A. Dragunov fe’l takrori ikki xil ma’no berishi mumkinligini ta’kidlaydi131: a) harakatning kuchayishi va b) harakatning susayishi. S.E. YAxontov esa fe’l takrori harakatning faqat susayishini bildiradi, deb hisoblaydi. Fe’l takrorida harakatning kuchayishi fe’llar bilan birga qo‘llanilayotgan sifat va ravishlar orqali ifodalanadi:

请您好好的想想,然后给我答案132



Qing nin haohao de xiangxiang, ranhou gei wo daan

“Iltimos, yaxshiroq o‘ylab ko‘ring-da, so‘ngra javobini menga ayting”.

Bizning fikrimizcha, fe’llarning ‘A来A去’ reduplikativ modeli harakatning kuchayishini, uzoq muddat ichida sodir bo‘lganligini bildirishi mumkin:

她想来想去想不到结论



Ta xianglai xiangqu xiang bu dao jielun

“U o‘ylab-o‘ylab bir to‘xtamga kela olmadi”.

S.E. YAxontov fikriga ko‘ra, fe’l takrori harakatning takror holda sodir bo‘layotganligini bildira olmaydi. “Fe’llarning takrori harakatning faqat qisqa muddat ichida sodir bo‘layotganligini bildiradi”133, deydi u. Vaholanki, fe’llarning ‘A来A去’ reduplikativ modelida harakat takror holda sodir bo‘layotganligini ko‘rish mumkin.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti