O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘A – A’ reduplikativ modeli



Download 221 Kb.
bet39/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
Bir bo‘g‘inli fe’llarning ‘A – A’ reduplikativ modeli

Bir bo‘g‘inli fe’llarning reduplikativ shaklida ko‘p hollarda ularning komponentlari orasida, harakatning qisqa muddat ichida ro‘y berayotganini ko‘rsatuvchi 一 morfemasi qo‘llaniladi. Masalan, 看一看 kan yī kan “qarab ko‘rmoq”, 想一想 xiang yī xiang “o‘ylab ko‘rmoq”, 听一听 tīng yī ting “tinglab ko‘rmoq”. Fe’lning ushbu reduplikativ modeli ‘A – A’ ko‘rinishiga ega va ‘AA’ reduplikativ modelning sinonimi hisoblanadi. Ushbu model so‘zning yangi formasini hosil qilish uchun xizmat qiladi.

你可以用一用这支圆珠笔117

Ni keyi yong yi yong zhe zhi yuanzhubi

“Sen bu ruchkani ishlatib ko‘rishing mumkin”;

你听一听,他说得对不对?118

Ni ting yi ting, ta shuo de dui bu dui?

“Eshitib ko‘ring-chi, uning so‘zlayotgan gapi to‘g‘rimi?”

Xitoy tilida deyarli barcha bir bo‘g‘inli fe’llar reduplikatsiyaning ‘AA’ va ‘A一A’ modeli asosidagi ko‘rinishga ega.

Reduplikativ fe’llar harakatning o‘tgan zamonda sodir bo‘lganligini ifodalovchi 了le suffiksi bilan birga qo‘llanilganda, 了le suffiksi reduplikativ fe’lning birinchi komponentidan so‘ng qo‘yiladi, ya’ni ‘A了A’: 看了看 kan le kan “qarab ko‘rmoq”. Fe’lning birinchi komponentidan keyin fe’llarga xos suffikslarning qo‘yilishi fe’l va hisob so‘zining birgalikda qo‘llanilishi bilan bog‘liq.

O‘rta asr xitoy tilida reduplikativ fe’lning ikkinchi komponentidan oldin son so‘z turkumiga oid so‘zlar qo‘llanilgan, masalan:

丽小姐点了几点头,笑了笑与说 …119



Li xiaojie dian le ji dian tou, xiao le xiao yu shuo

“Li xonim boshini bir necha marta egib kuldi-da, dedi...”.

Hozirgi zamon yozuvchilari fe’l takrorida bugungi kunda ham sonlardan foydalanadilar. Xitoyshunos olim Li Gao “现代汉语动词研究” Xiandai hanyu dongci yanjiu (“Hozirgi xitoy tilida fe’llar tahlili”) kitobida “fe’llar takrorida fe’lning ‘一’ yi soni bilan birga qo‘llanilishi harakatning bir martaliligini ifodalaydi”120, deb yozadi. Biroq hozirgi xitoy tilida ‘一’ yi sonining fe’llar takrorida qo‘llanilishi harakatning bir marotaba sodir bo‘lganligini bildirmay, balki uning qisqaligini ifodalab keladi. Masalan, 看一看 kan yi kan o‘rta asr xitoy tilida “bir marta qarab ko‘rmoq (qarab qo‘ymoq)”likni, 摸一摸 mo yi mo “bir marta silab ko‘rmoqlik”ni bildirgan bo‘lsa, hozirgi xitoy tilida “qarab ko‘rmoq”, “silab ko‘rmoq”, ya’ni harakatning ohista ko‘rinishga ega ekanligini bildiradi121.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat