O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Fe’llarni so‘z qo‘shish usulining fe’l-ob’ektli modeli orqali yasalishi



Download 221 Kb.
bet37/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
#50623
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
xitoy tilida fellarning grammatik xususiyatlari

Fe’llarni so‘z qo‘shish usulining fe’l-ob’ektli modeli orqali yasalishi.

Mazkur model 4 termin bilan belgilanadi: 动宾式dongbinshi – fe’l-ob’ektli model, 谓宾式weibinshi – predikativ-ob’ektli model, 述宾式shubinshi – predikativ-ob’ektli model, 支配式zhipeishi – boshqarish modeli.



动宾式dongbinshi – fe’lli-ob’ektli model atamasini qo‘llaydigan lingvistlar qatoriga Lu CHjivey94, CHjan Szin95, Din SHenshu96, Gao Venda97 va boshqalar kiradi.

谓宾weibin yoki 述宾shubin modellarni predikativ-ob’ektli deb Jen Syuelyan98, CHju Desi ataydilar.

Xitoylik lingvistlarining katta qismi uni 支配式zhipeishi – boshqarish modeli deb ataydilar, ular qatoriga CHjan CHjigun99, Gao Minkay100, Li Szinsi101, CHjan SHoukan102, Xu YUyshular103 kiradi. Bu model bo‘yicha so‘z qo‘shish mexanizmi shundan iboratki, birinchi fe’lli negiz ikkinchi otli negiz bilan fe’l-ob’ektli munosabatga kirishadi, boshqacha qilib aytganda, fe’lli negiz otli negizni “boshqaradi”. Biroq, modomiki ushbu model bo‘yicha yasalgan so‘larning birinchi negizi ayrim xitoylik lingvistlarning ta’kidlashicha, sifat ham bo‘lishi mumkin ekan, ular uni predikativ-ob’ektli deb ataydilar.

Fe’l-ob’ektli model bo‘yicha turli so‘z turkumlariga mansub bo‘lgan, ko‘proq fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar yasaladi. Masalan: 动员dongyuan – safarbar etmoq (siljitmoq + amaldor, ofitser), 出版chuban – nashr etmoq (chiqmoq, chiqarmoq + nashr), 失望shiwang – umidini yo‘qotmoq, ixlosi qaytmoq (yo‘qotmoq + umid), 失色shise – oqarmoq, yuzining rangi o‘chmoq (yo‘qotmoq + rang),道歉daoqian – uzr so‘ramoq, kechirim so‘ramoq (so‘zlamoq + uzr, afsus), 抱屈baoqu – alamini yutmoq, hafa bo‘lmoq (o‘zida olib yurmoq, yashirmoq + adolatsizlik), 改观gaiguan – o‘zgarmoq (o‘zgartirmoq + ko‘rinish), 开幕kaimu – ochilmoq, boshlamoq (ochmoq + parda), 报名baoming – yozilmoq, ro‘yxatdan o‘tmoq (ma’lum qilmoq + ism), 鼓掌guzhang – chapak chalmoq (urmoq + kaft), 放心fnagxin – tinchlanmoq (qo‘yib yubormoq, ozod qilmoq + yurak).

Fe’l-ob’ektli model bo‘yicha yasalgan ba’zi fe’llar ot so‘z turkumiga ham oid bo‘lishi mumkin. Masalan: 进口jinkou – import qilmoq→ import (olib kirmoq + ovqat, ozuqa), 出口chukou – eksport qilmoq → (olib chiqmoq + ovqat,ozuqa), 提议tiyi – taklif etmoq→ taklif (ilgari surmoq + fikr, taklif), 建议jianyi – taklif etmoq → taklif (maslahat bermoq + taklif, fikr), 评价pingjia – baholamoq, sudlamoq → baho, sud (baholamoq, aniqlamoq + baho, qiymat), 注意zhuyi- e’tibor bermoq → e’tibor (jamlamoq, to‘plamoq + fikr). Fe’l-ob’ektli model bo‘yicha yasalgan ba’zi fe’llar esa sifat yoki ravishlarga oid bo‘lishi mumkin. Masalan: 开心kaixin – xursandchilik qilmoq → hursand, 成功chenggong – uddalamoq, qo‘lidan kelmoq → muvaffaqiyatli.

Fe’llarni so‘z qo‘shish usulining fe’l-to‘ldiruvchili modeli orqali yasalishi.

Ko‘rib chiqilayotgan model ba’zi tilshunoslarning ishlarida natijali deb ataladi. Xitoy tilshunosligida mazkur model kamida oltita termin bilan atalib, ulardan uchtasi keng qo‘llanadi. Bular: 补充式buchongshi –to‘ldiruvchi model, 述补式shubushi – predikativ-to‘ldiruvchi model, 动补式dongbushi – fe’l-to‘ldiruvchili model, 后补式houbushi – postpozitiv to‘ldiruvchili model, 正补式zhengbushi – bosh va to‘ldiruvchi qismlardan tashkil topgan model, 因果式yinguoshi – sabab-natijali model.

Mazkur modelni “to‘ldiruvchi model” (补充buchong) deb CHjan CHjigun104, CHjou Szumo105, YAn Szinsyuan106, Gao Venda va Van Litin107, Jen Syuelyanlar108 ataydilar. Ushbu modelni a’zi xitoylik tilshunoslar tomonidan predikativ-to‘ldiruvchi model (述补shubu) deb ataladi. Qator xitoylik lingvistlar mazkur modelni fe’l-to‘ldiruvchili model (动补dongbu) deb ataydilar. Lu CHjivey109 o‘zining so‘z yasash bo‘yicha asosiy asarida mazkur modelni ta’riflashda 后补houbu – postpozitiv to‘ldiruvchili model terminini qo‘llaydi. Lu CHjivey ketidan bu atamani Xun Dujen110 qo‘llaydi. Nin Szinchjun o‘zining leksikologiya bo‘yicha ishida 正补zhengbu – bosh va to‘ldiruvchi a’zolarga ega bo‘lgan model atamasini qo‘llaydi. CHjan Kun va Van Sinda111 ko‘rib chiqilayotgan modelga nisbatan 因果yinguo – sabab-natijali model atamasini qo‘llaydilar.

Ushbu model bo‘yicha so‘zlarning yasalish mexanizmi quyidagidan iborat: markaziy, mustaqil (fe’l yoki predikativ) negizga o‘zgartirish yoki natija ma’nosi bilan to‘ldiruvchi element (补语buyu) qo‘shiladi. Agar bu modelni, asosan barcha yurtimiz lingvistlari atagani kabi, shunchaki natijali deb atasak, u xolda bu nom, nazarimizda, ko‘rib chiqilayotgan model mazmunining butun xajmini qamrab olmaydi. Xitoylik lingvistlar bu model uchun taklif etiladigan atamalar tarkibida 补bu yoki 补语buyu, ya’ni to‘ldiruvchi elementni qo‘llaydilar. 补语buyu xitoy tilida nafaqat natijaning, balki daraja, yo‘nalish va imkoniyatning ham to‘ldiruvchi elementi hisoblanadi. SHuning uchun, bu xolda to‘ldiruvchi element umumiy qabul qilingan ma’nodagi to‘ldiruvchi emasligini hisobga olib, bu modelni fe’l-to‘ldiruvchi model deb nomlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Biroq hamma xitoylik lingvistlar ham bu modelni mustaqil deb hisoblamaydilar. CHjan SHoukan, masalan, bunday so‘zlarni ergashtiruvchi model turlariga kiritadi112, bunda bunday so‘zlarning birinchi negizi bosh, mustaqil, ikkinchisi esa – ergashgan, tobe deb hisoblaydi. Ergashtiruvchi model turlariga uni Li Szinsi va Lyu SHiju113, CHjan Szinlar114 ham kiritadilar.

Ko‘rib chiqilayotgan model bo‘yicha turli so‘z turkumlari, ko‘proq esa fe’llar hosil bo‘ladi. Quyida turli so‘z turkumlariga mansub bo‘lgan fe’l-to‘ldiruvchi model bo‘yicha yasalgan so‘zlarga misollar keltiramiz.

Fe’llar: 说明shuoming – tushuntirmoq (so‘zlamoq + aniq, tushunarli), 表现biaoxian – namoyish etmoq, ko‘rsatmoq (ifodalamoq + tashqariga chiqmoq, paydo bo‘lmoq), 改良gailiang – takomillashtirmoq, yaxshilamoq (tuzatmoq, qayta qilmoq + yaxshi, ajoyib), 改动gaidong – o‘zgartirmoq, tuzatmoq (tuzatmoq + harakatlanmoq), 发动fadong – boshlamoq, qilmoq (boshlanmoq + harakatlanmoq), 充满chongman – to‘ldirmoq (to‘ldirmoq + to‘la), 缩小suoxiao – kamaytirmoq, qisqartirmoq (qisqartirmoq + kichik), 推迟 tuichi – ortga surmoq, keyinga qoldirmoq (itarmoq + kech), 拒绝jujue - inkor etmoq, bosh tortmoq (qarshilik ko‘rsatmoq + absolyut), 减少jianshao - kamaytirmoq, qisqartirmoq (kamaytirmoq + kam), 撤回chehui – chaqirib olmoq (chekinmoq + qaytmoq), 挫败cuobai - zarba bermoq (sindirmoq + parchalamoq, g‘alaba qilmoq), 引进yinjin - o‘zlashtirmoq (jalb qilmoq + kiritmoq), 介入jieru – aralashmoq (ko‘maklashmoq, yordamlashmoq + singmoq, chiqmoq), 超脱chaotuo - uzilib ketmoq (oshmoq + nari turmoq), 超出chaochu - oshmoq, chegaradan chiqmoq (oshmoq + chiqmoq), 推翻tuifan - ag‘darmoq, to‘ntarmoq (itarmoq + to‘nkarmoq), 提高tigao - oshirmoq (ko‘tarmoq + baland), 扩大kuoda - oshirmoq, kengaytirmoq (kattalashtirmoq + katta), 扩展kuozhan - tarqatmoq, kengaytirmoq (kattalashtirmoq + ochmoq).

Mazkur model bo‘yicha yasalgan fe’llarning bir qismi ot so‘z turkumiga ham taaluqli bo‘lishi mumkin. N.Korotkov ularni ikki xil, verbal-otli tabiatga ega bo‘lgan so‘zlarga kiritadi115. Masalan: 改进gaijin – yaxshilamoq, takomillashtirmoq → yaxshilash, takomillashtirish, 改造gaizao – qayta qurmoq, o‘zgartirmoq → qayta qurish, o‘zgartirish, 表彰biaozhang – ulug‘lamoq, sharaflamoq → maqtash, ulug‘lash, 证明zhengming – tasdiqlamoq, isbotlamoq → tasdiqlash, ishontirish, dalil, 发明faming – kashf etmoq → kashfiyot. Biroq bu xususiyat fe’l-to‘ldiruvchili model bo‘yicha yasalgan fe’llarning hammasiga ham oid emas. Masalan: 表白biaobai – oqlanmoq, tushuntirmoq, 隔绝gejue – yo‘qotmoq, uzmoq, 解除jiechu – bartaraf etmoq, 集合jihe – yig‘ilmoq, yig‘moq.




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish