O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Download 221 Kb.
bet3/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishi O‘zbekistonga o‘zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda yuritish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo‘lishining o‘z strategiyasini ishlab chiqish, davlatlararo munosabatlarning yo‘nalishlari va ustuvorligini belgilash imkonini berdi. Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan 1992 yilning 2 yanvaridan bugungi kungacha hamkorlik munosabatlari samarali rivojlanib kelmoqda. Ushbu do‘stona munosabatlar tufayli savdo va iqtisodiy sohalarda bitimlar imzolandi.

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan bo’lgan aloqalar alohida e’tiborga sazovordir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan bu xususda quyidagi fikr bildirilgan: “O’zbekiston Xitoy timsolida mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan bizni qoʻllab-quvvatlab kelayotgan ishonchli, buyuk qoʻshni va hamkorni ko’radi”2

Oʻzbekiston Respublikasi XXR bilan sheriklik, doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan manfaatdor. XXR iqtisodiy salohiyatining rivojlanishi va Xalqaro masalalarga tinchliksevarlikka asoslangan vazmin munosabati uning dunyo siyosatiga ta'siri kuchayib borishida muhim omil bo’lmoqda. Mamlakatlarimiz o’rtasida 2006 yili do’stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to’g‘risidagi davlatlararo shartnomaning imzolangani ikki tomonlama aloqalar tarihidagi muhim voqea bo’ldi.

Bilamizki bu aloqalarni rivojlantirish yo’lida o’zbek va xitoy tillari muhim o’rin egallaydi. Bu ikki til bir necha minglab yillik tarihga ega bo’lib, ularni qiyosiy tadqiq etish hozirgi kun o’zbek va xitoy lingvist olimlarining oldilarida turgan muhim masaladir.

Ma’lumki, hozirgi davrda dunyoda 2.5-3mingga yaqin tillar bor. Ularning har birininig o’z tarixi, o’z taqdiri, jamiyat hayotida tutgan o’rni, mavqei bor. Bu tillar genetik jihati, tipologiyasi, ijtimoiy mohiyati, yozuviga ega yoki ega emasligi, unda gaplashuvchilarning umumiy miqdori kabi belgilari bilan o’zaro farqlanadi. Grammatika esa bu ma’lum bir millat tili qurilishining qonun–qoidalaridir. Xitoy tili grammatikasi–bu xitoy xalqi tili qurilishining qonun qoidalaridir.

Har bir millatning tili o’ziga xos alohida grammatikaga ega. Shuningdek qandaydir bir millatning grammatikasi boshqa bir millat tili grammatikasidan to’g‘riroq yoki yaxlitroq deb bo’lmaydi. Yana shuni ham aytib o’tish lozimki, ma’lum bir tilning grammatik analizi natijasi boshqa bir tilning grammatik analizi natijasi bilan bir xil bo’lishi mumkin emas.

Har bir tilning o’z xususiyatini uning fonetik, leksik va grammatik strukturalari aks ettiradi. Bu strukturalarning hammasi bir butun sistemani hosil qiladi. Demak, tilning grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi bilan va leksik sistemasi bilan bog‘liqdir, tilning o’zaro bog‘langan bo’laklarining yaxlitligidan iborat bo’lishi grammatikaning fonetika va leksikologiya bilan aloqada ekanligini anglatib turadi. Kelib chiqadiki, tilning hamma tomonlari o’zaro bog‘langan, o’zaro shartlangan bo’lib, grammatik qurilish til sistemasining bir qismidir. Grammatika so’zlarni shakllantiradi, biriktiradi, ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini almashtiradi. Albatta, har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum normalarga, qonun-qoidalarga ega. Grammatika leksikologiya va sintaksis bo’limlariga bo’linib, leksikologiyada so’zlar o’rganilsa, sintaksisda gap, uning turlari, tuzilishi, yasalishi va boshqa qonun-qoidalar o’rganiladi. Xitoy tili grammatikasini o’rganishga kirishganda biz birinchidan grammatikasi o’rganiladigan predmetning chegarasidan chiqib ketmasligimiz, ikkinchidan, grammatikaga xos bo’lmagan vazifalarni ro’para qilmasligimiz, uchinchidan, biz aynan xitoy tili grammatikasidan chetga chiqmasligimiz kerak.

Xitoytilida fe’llar mavzuyidagi bitiruv malakaviy ishi xitoy tilshunosligi grammatikasida muhim o’rin tutadi, ularning grammatik xususiyatlari, turlari, vazifalari, gapdagi o’rni, qo’llanilish darajasi haqida tanishtirib o’tadi. Hozirgi zamon xitoy tilida fe’llarning turlari juda ko’p. Ularning har bir gapda qo’llanishining o’z o’rni bor. Ularning ma’nolari bir-biriga yaqin, sinonimlari bor, ular baribir tubdan farq qiladi, ba’zi ma’no nozikliklariga ega. Bu mavzuni ilmiy ish darajasida ochib berishimga sabab hozrgi kunda xitoy tilidagi fe’llar haqida deyarli ma’lumotlar yo’qligi sabab bo’ldi.




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat