O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Download 221 Kb.
bet14/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Qing nin haohao de xiangxiang, ranhou gei wo daan

“Iltimos, yaxshiroq o‘ylab ko‘ring-da, so‘ngra javobini menga ayting”.

S.E. Yaxontov fikriga ko‘ra, fe’l takrori harakatning takror holda sodir bo‘layotganligini bildira olmaydi. “Fe’llarning takrori harakatning faqat qisqa muddat ichida sodir bo‘layotganligini bildiradi”37, deydi u. Vaholanki, fe’llarning ‘A来A去’ reduplikativ modelida harakat takror holda sodir bo‘layotganligini ko‘rish mumkin.

Harakat fe’llari, hech shubxasiz, til vositalarining yadro sistemasiga kirib, makon munosabatlarini ifodalaydi va tabiiy tilning ma’nodor leksik birliklari soniga kiradi.

Psixolingvistlar G. Miller va F. Jonson-Lerd ularni “fe’llar orasida eng fe’lli” deb atashadi. Zamonaviy lingvistik adabiyotda “harakat fe’llari” va “harakatlanish fe’llari” tushunchasini ifodalovchi bir nechta atamalar mavjud bo’lib, ba’zida ular sinonimlar sifatida ishlatilsa, ba’zida harakatlanish fe’llarini harakat fe’llari qatoriga qo’shishadi, ba’zi ishlarda esa, ularni bitta harakat- harakatlanish fe’llari atamasi bilan nomlashadi.

Bizning fikrimizcha, ushbu atamalar orasidagi farq muayyan prinsiplarga asoslanmagan, shuning uchun ham biz “harakat fe’llari” atamasini ishlatamiz.

请帮我把这些礼物包起来qingbangwobazhexieliwubaoqilai

Iltomos, menga mana shu sovg’alarni o’rashda yordam ber.

1952 yilda chop etilgan “Zamonaviy xitoy tili grammatikasi bo’yicha izlanish” nomli ilmiy ishda A.A.Draguniv xitoy tilida so’z turkumlarining mavjudligi haqida batafsil yozib o’tgan va ularni amorf yoki ibtidoiy tilga kiritish noto’g’ri ekanligini isbotlab bergan.

Hozirgi kunda ko’pchilik xitoy va chet ellik tilshunoslar xitoy tilida so’z turkumlari mavjud deb hisoblashadi. Xitoy tilida fe’l harakatni yoki predmet holatini ifodalashi, shuningdek harakatning maqsadi yoki harakatning bajarilish usuli, ba’zida predmetning nisbiy belgisini ko’rsatishi mumkinligi bilan xarakterlanadi. Buryat tilshunosligida so’z turkumlari bilan bog’liq masala ko’pchilik tilshunoslarning izlanish obyekti bo’lgan, ammo unda fe’l dastlabki grammatikalardan boshlab alohida ko’rsatilgan. (М.А. Kastern, А. Orlov, I.А. Poggorbunskiy va boshqalar).

Ammo shuni aytib o’tish kerakki, fe’lning dastlabki shakli haqida savol yuzaga kelmagan, negaki, tilshunoslar so’zning tuzilishini tahlil qilib, faqatgina o’zakni ajratib ko’rsatganlar va shunday qilib, shakl tuzilishi va so’z tuzilishi borasidagi masalalar yechilmasdan qolgan.

V.M. Egodurova “Buryat tilidagi fe’llar” ilmiy ishida so’z o’zagi va uning dastlabki shakli tushunchalarini aniqlab bergan. Buryat tilida fe’l harakatni yoki predmet holatini jarayon sifatida ifodalashi bilan xarakterlanadi.

Zamonaviy tilshinoslik adabiyotlarida fe’llarni harakat fe'llarining laksik-semantik guruhlariga ajratishning turli usullari mavjud, ammo ko’p hollarda bu izlanishlar rus tili harakat fe’llariga tegishlidir.

Turli tuzilishga ega tillardagi leksik-semantik guruhga kiruvchi harakat fe’llari ko’rib chiqiladigan qiyoslash xarakteridagi ishlardan biz M.Yu. Nikitina, E.V.Yaremi, V.M.Egodurova va boshqalarning ishlarini ko’rib chiqdik.

M.Yu.Nikitina “Chegaralilik/chegaralsizlikning funksional-semantik kategoriyasi (fransuz tili fe’llari asosida)” ilmiy ishida harakat fe’llarining leksik-semantik guruhini fe’llar leksikasi sistemasidan chiqarib oladi va bunda u leksik-semantik guruhga kiruvchi barcha birliklar uchun tartibning semantik belgisi bo'luvchi “makon bo’ylab harakatlanish” kategorial leksik sema asosida qiladi.

Е.V. Yarema “Harakat fe’llarining funksional-semantik xususiyatlari (turli tuzilishli tillar asosida) nomli ishida harakat fe’llari deganda o’zaro semantik, morfologik va kategorial jihatdan bog’langan fe’llar guruhini tushunadi. Fe’llarning ushbu guruhi harakat jarayonining bir tomonga va orqaga yo’nalganini, turli tarafga yo’nalgan harakatni, aylanma harakatlarni ko’rsatadi.

Ushbu ilmiy ishda harakat takrorlanishining/takrorlanmasligining aspektual belgisiga ko'ra rus tilidagi juft harakat fe'llari tanlab olingan va tahlil qilingan. Bu belgi muallif tahlil qiladigan boshqa tillarda (ingliz va fransuz) yorqin namoyon bo’lmaganligi sababli ilmiy ishda ushbu tillarning sinonimlar lug’atidan olingan ingliz va fransuz harakat fe’llarning sinonomik qatorlari qiyosiy tahlil qilingan.

V.M. Egodurova “Buryat va rus tillaridagi fe’llar tipologiyasi (harakat fe’llari materiallari asosida)” rus va buryat tillarida harakat fe’llarining ajratilish mezonlarini ko’rib chiqib, “rus va buryat tillarida harakat fe’llarini ajratishning umumiy mezoni bu oddiy harakatlanishning har xil turlari haqidagi tushuncha bo’lib, u falsafa, fizika va biologiyada asoslab berilgan va tilda fe’l leksemalari bilan ifodalanadi” deb yozadi.

Shunday qilib, harakat fe’llarini leksik-semantik guruhga ajratishning asosiy sharti fe'lda subyek yoki obyektining makon bo’ylab harakatlanishi bo’lishi kerak. Xitoy tilida harakat fe’llari so'zlarning leksik-semantik guruhi sifatida nafaqat Rossiya balki boshqa mamlakatalardagi tilshunos-sinologlarning izlanish obyekti bo'lmagan, shunday ekan, harakat fe'llarining leksik-semantik guruhga ajratilishi masalasi ko’tarilmagan va ishlab chiqilmagan.

T.A. Maysak o’zining “Harakat va o'rin fe'llari qatnashgan konstruksiyalarning grammatikalizatsiyalshuvi tipologiyasi” nomli ilmiy ishida harakat fe’llarining grammatikalizatsiyalashuv usullarini ko’rib chiqish maqsadida 400dan ortiq turli tuzilishga ega tillarni tahlil qilgan.

Bizning fikrimizcha bu unga harakat fe’llaridagi universal semalarni, ya’ni dunyodagi ko’pchilik tillarga hos bo’lgan, harakat yo’nalishini ifodalovchi semalarni aniqlashga yordam bergan.

Т.А. Maysak harakat fe’llarining asosiy semalari bu quyidagi vaziyatlarga mos keluvchi semalardir deb hisoblaydi: umumiy yo'nalgan harakatlanish (piyoda), yo'nalmagan harakatlanish (piyoda), deyktik markaz tomonga harakatlanish, deyktik markaz tomondan harakatlanish, mo’ljal obyektning ichiga tomon harakatlanish, mo’ljal obyektning ichidan tashqariga harakatlanish, tepaga harakatlanish, pastga harakatlanish, dastlabki harakat nuqtasiga qaytish, mo’ljal obyekt bo’ylab harakatlanish, mo’ljal obyektning boshqa tomoniga harakatlanish.

T.A.Maysak yana shunday hulosaga kelganki, harakatning yo'nalganligi semasi harakat fe'llarini ajratishning aniqlovshisi ded hisoblaydi.

T.P.Zadoenko va Xuan Shuin, Din Shenshu, Lyu Shusyan va boshqalar, shuningdek T.A.Maysak harakat fe’llarini ajratishda aniqlovchi sema bu harakatning yo’nalganligi semasi deb hisoblasada, fe’llar ro’yhati ularda bir hil.

T.P.Zadoenko va Xuan Shuin 9ta ajratishsa, xitoylik tilshunoslar 11ta fe’lni ajratishgan va bunda 上来 shanglai va 进去jinqu – ikkita fe'l ko’proq bo’lib, ro’yhatdagi qolgan o’nta fe’llar bir hil.

T.A. Maysak 气qi (yer yuzasidan uzilib ko'tarilmoq), shuningdek 上来shanglai (deyktik markaz tomonga ko'tarilish) va 进去jinqu (deyktik markaz tomondan kirish) kabi fe’llar bilan bog’liq vaziytalarni hisobga olmaydi.

Uning ro’yhatida shunday vaziyatlar borki, ular xitoy tilshunoslarining ro’yhatida mavjud emas, ular umumiy yo'nalgan harakat (piyoda), yo'nalmagan harakat (piyoda), mo’ljal obyektning boshqa tomoniga harakatlanish ma’nolarini beradi.

Shunday qilib, barcha uchta ro’yhatda quyidagi vaziyatlarga mos keluvchi 7 ta fe’l uchraydi: deyktik markaz tomonga harakatlanish, deyktik markaz tomonidan harakatlanish, mo'ljal obyekt ichiga harakatlanish, mo’ljal obyekt ichidan tashqariga harakat, tepaga harakatlanish, pastga harakatlanish, harakatning dastlabki nuqtasiga qaytish.

Koreys tilshunosi Sin Sing Xi ”汉语趋向动词系统” (“Xitoy tilidagi harakat yo’nalishi fe’llari tizimi”) maqolasida tilshunoslarning ishlarida harakat yo’nalishi fe’llarining miqdoriy tarkibi turli ekanligini yozadi. Masalaga nisbatan mavjud bo’lgan qarashlarni muallif uchta guruhga ajratadi:


  1. Chjan Chjigun, xu Yushu, Na Fui, Gao Genshen harakat yo’nalishi guruhiga来 (kelmoq), 去(ketmoq), 上(ko’tarilmoq), 下(tushmoq), 进 (kirmoq), 出(chiqmoq), 回(qaytmoq), 过(-dan, orqali o’tmoq), 起 (sathdan ajralib tepaga ko’tarilmoq), 开(ajralmoq) fe’llarini kiritadilar.

  2. Li Lindin quyidagi fe’llarni kiritadi: 来 (kelmoq), 去 (ketmoq), 上 (ko’tarilmoq), 下 (tushmoq), 进 (kirmoq), 出 (chiqmoq), 回 (qaytmoq), 过 (-dan, orqali o’tmoq).

  3. Lyu Shusyan va Lyu Yuxua bu guruhga 来(kelmoq), 去(ketmoq), 上 (ko’tarilmoq), 下(tushmoq), 进(kirmoq), 出(chiqmoq), 回(qaytmoq), 过(-dan, orqali chiqmoq), 起(sathdan ajralib tepaga ko’tarilmoq), 开 (ajralmoq), 到(yetmoq) fe’llarini kiritadi.

Ko’rib turganimizdek, ushbu barcha fe’l guruhlarida fe’llarning quyidagi harakat yo’nalishi fe’llari sifatida ajratilishi bir hil: 来(kelmoq), 去 (ketmoq), 上(ko’tarilmoq), 下(tushmoq),进 (kirmoq), 出(chiqmoq),回(qaytmoq), 过(-dan, orqali o’tmoq).


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat