O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Chet el xitoyshunoslari tomonidan fe’llarning o’rganilganligi darajasi



Download 221 Kb.
bet13/49
Sana31.10.2020
Hajmi221 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
1.2. Chet el xitoyshunoslari tomonidan fe’llarning o’rganilganligi darajasi
Xitoy tilidagi fe’llarni chet e’l olimlari ham qiziqib o’rganishagan va ko’pgina kitoblar yozishgan. A.I.Ivanov va E.D.Polivanov, V.M.Solnsev, N.N.Korotkov, T.P.Zadoenko, A.L.Semenas, A.A.Xamatova, V.I. Gorelov va yana bir qancha olimlar qo’lyozma, maqola va kitoblar yozishgan. Fe’llar haqida o’z fikir mulohazalarini bildirishgan.

A.A.Dragunov xitoy tilida alohida morfema sifatida olinganida zamon, nisbat, turga hech qanday ko’rsatkichlar bermaydi deya turib, fe’l gap tarkibida kesim vazifasini bajarishi holatlarida fe’lning majburiy morfologik yasalishi sababli fe’l zamonlari sistemasi kelib chiqadi deb hisoblagan.

S.E.Yaxontov xitoy tilida fe’lning bir nechta grammatik kategoriyalari mavjud deb aytadi. Uning “Категория глагола в китайском языке” nomli ishining uchinchi bo’limi xitoy tilidagi fe’llarning grammatik kategoiyalarini ifodalovchi fe’l shakllarining tasnifiga bag’ishlangan.

S.E.Yaxontov zamon kategoriyasi bilan bog’lanmagan umumiy va natija turini yana xitoy tili fe’llarining tur-zamon kategoriyasiga ajratadi. Bizningcha了1е, 过guo, 着 zhe suffikslari bilan fe’l shakllari tur-zamonni ifodalaydi va bunda tur ma’nosi asosiysi, yetakchisi hisoblanadi. 了 1е suffiksi bilan yasalgan shakl harakatning bir marta o’tmishda sodir bo’lgani va tugaganligini ko’rsatadi.

N.V.Solntseva fe’l suffikslari mohiyatining hususiyatini o’rganib chiqib, shunday hulosaga keldiki, bu suffikslar o’z xususiyatiga ko’ra tur suffikslaridir.

A.M.Tsukanov bu yagona tur-zamon ma’nosiga ega bo’lgan maxsus fe’l shakli deb hisoblaydi. U o’tgan zamonda tugagan harakatni bildiradi. le suffiksi yordamida tur-zamon shakli to’liq ma’znoli natija va natijasiz fe’llardan yasalishi mumkin deb hisoblagan.

Bundan tashqari, bu shakl harakat yo’nalishini ko’rsatuvchi yordamchi fe’llardan ham tuzilishi mumkin. Masalan:

屋子里走进一个来了。Wuzi li zuo jin yige laile. Xonaga odam kirib keldi.

恐怖的时期很快地过去了。Kongbu de shiqi hen kuai di guoqule. Havotirli zamon tez o’tib ketdi.

街灯已经燃起来了。Jiedeng yijing ran qilaile. Ko’cha fonarlari yondi.

Gap tarkibida ikki yoki undan ko’p fe'l-kesimlar bo’lganida faqat ohirgisi 了Le suffiksi bilan ishlatiladi. 了Le suffiksi bilan ishlatilgan fe’l不bu inkor yuklamasi bilan ishlatilmaydi. Ba’zi kam sonli hollardagina ushbu fe’l shaklining “没mei” inkor yuklamasi bilan ishlatilganini kuzatish mumkin.



说了老半天也没解决了问题。Shuole laobantian ye mei jiejue le wenti. Uzoq gaplashishdi ammo muammoni hal qilishmadi.

Ushbu masalaning ko’rib chiqilishiga butun boshli maxsus maqola yozgan Chen Gan fe’l shaklining 了le bilan ishlatilishi asosan so’zlashuv tiliga hos deb hisoblaydi. Uning fikricha bu hodisani yozma tilda ko’rsatib beruvchi bir nechta misollar ularning aslida so’zlashuv tilidan kelib chiqqanligi bilan tushuntiriladi.

过guo suffiksi bilan yasalgan fe’l shakllari bir martalik yoki takrorlangan harakat o’tgan zamonda noaniq vaqtda yuz berganligini va hozirgi paytda tugaganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, u o’zining asosiy mohiyatiga ko’ra 了 bilan yasalgan shaklga o’xshash, ammo bir hil emas.

S.E.Yaxontovning fikriga ko’ra bu fe’l shakli o’tgan zamonning noaniq vaqtida sodir bo’lgan bo’lib, hozirgi zamon bilan yoki gapda nazarda tutilgan vaqt bilan umuman aloqasi yo’q.

Todo Akyasu bir nechta xitoy tilshunoslari qatori aksincha, 了 le shakli o’tgan zamon bilan hech qanday aloqaga ega emas, shunchaki biror bir harakatning boshdan o’tganini bildiradi deb hisoblaydi.过guo suffiksi yordamida tur-zamon shakli to’liq ma’noli fe’llardan ham (natijasiz va natijali) hosil bo’lishi mumkin.

A.A.Dragunovning fikricha xitoy tilida fe’llar gapda kesim vazifasini bajara oladigan yagona so’z turkumi emas va evropa tilllaridagi kabi boshqa so’z turkumlariga keskin qarshi qo’yilmaydi.

Xitoy tilida fe’llar uch hil usulda yasalishi mumkin: So’z birikishi, Suffiksatsiya, Morfologik transpozitsiya (konversiya).25 Bu haqida ko’pgina olimlar fikir bildirishgan, Катунцева А.А, Зайцева К.А. “Особености глаголов китайского языка” kitobida bu haqida ma’lumot bergan.

So’z birikishi bu so’z yasalishi bo’lib, unda ikkita (yoki undan ko’proq) so’z birikib, yangоi so’z hosil qilishadi. Olimlar bular haqida turli fikr mulohazalarini bildirishgan. Masalan:

加快jiakuai qo’shish + tez= tezlashtirmoq

予以yuyi bermoq + predlog = biror holga uchratmoq

讨论taolun surishtirib bilish + fikr yuritmoq= muhokama qilmoq

Suffiksatsiya – so’z yasalishi bo’lib, unda suffikslar so’z o’zaklariga qo’shiladi. Masalan:

睡着shuizhao uyquga ketish

走上zoushang ko’tarilmoq

说起shuoqi gapira boshlamoq

Konversiya (Transpozitsiya) – so‘z yasashning turi bo‘lib, bunda so‘z yasovchi vosita bo‘lib so‘z paradigmasi xizmat qiladi. Bu leksik birliklarning bir so’z turkumidan boshqasiga ko’chishidir. Masalan: 锁上suoshang qulflamoq

N.Korotkov bunday so‘zlarni polivalentli deb ataydi26.

V.Solnsev bunday birliklarni bitta so‘z emas, balki ikkita so‘z – omonimlar27 deb hisoblashni taklif qildi.

V.Gorelov so‘zning turli pozitsiyalarda qo‘llanishini transpozitsiya deb ataydi28.

E.Kubryakova so‘z yasovchi xarakterga ega bo‘lgan transpozitsiyani konversiya deb ataydi: “Konversiya negizning morfologik transpozitsiyasi sifatida, binobarin, boshlang‘ich birlik paradigmasining to‘liq o‘zgarish jarayoni yoki undagi morfologik atrofning to‘liq o‘zgarishi natijasi sifatida belgilanishi mumkin”29.

Jen Syuelyan so‘z yasashning morfologik usuli doirasida konversiyani ajratib, uni 转类式zhuanleishi atamasi bilan ifodalaydi30.

Modifikator bu yordamchi va mustaqil ma’noli morfema bo’lib, harakatning natijasi yoki yo’nalishini ko’rsatadi. Modifikator modal va buyruqdan tashqari fe’lning barcha turlariga qo’shilishi mumkin. Modifikatorlarning gapda nima bo’lib kelishi yoki qaysi nutq birligi bo’la olishlari haqida aniq bir fikr mavjud emas. Shuningdek, masalan, Yaxontov o’zining “Категория глагола в китайском языке” ya’ni “Xitoy tili fe’llarining kategoriyasi” o’quv qo’llanmasida shunday deb aytib o’tadi: «Fe’lga qo’shilib, modifikatorlar natijali fe’llarni hosil qilishadi ».

Ammo professor Lyu Shu-syan va professor Chju De-si modifikatorlarni fe’llarga aniqlovchi deb hisoblashadi, ya’ni ular fe’llarning qo’shilishi haqida ma’lumot berishadi. “Grammatika haqida leksiyalar”ning mualliflari modifikatorlar haqida gapira turib, ularni gapning alohida bo’laklari – fe’l va sifatga postpozitiv aniqlovchisi deb hisoblaydilar.

请帮我把这些礼物包起来qingbangwobazhexieliwubaoqilai

Iltomos, menga mana shu sovg’alarni o’rashda yordam ber.

A.Semenasning yozishicha, “kopulyativ qo‘shish deganda, fuknsional-sintaksik va semantik teng bog‘langan morfemalarning qo‘shilishi tushunilib, ularning yig‘indisi yaxlit ma’noni anglatadi”31.

Xuan Yuechjouning ta’kidlashicha, mazkur model zamonaviy xitoy tilida eng samaralilardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu modelni tahlil qilishda, avvalambor, murakkab so‘zga birikayotgan negizlarning ma’nosiga e’tibor qaratiladi.

Xususan, Jen Syuelyan bog‘lovchi model bo‘yicha yasalgan so‘zlarni ko‘rib chiqib, qo‘shilayotgan so‘zlarning mohiyati turiga qarab, ularni besh guruhga ajratadi:

1) ma’no jihatidan bir-biriga yaqin, sinonimik so‘zlarni qo‘shish;

2) antonimik so‘zlarni qo‘shish;

3) korrelyativ so‘zlarni qo‘shish;

4) ma’nosi bir-biridan yiroq bo‘lgan so‘zlarni qo‘shish;

5) qo‘shilganda biri o‘z ma’nosini yo‘qotadigan ikkita negizni qo‘shish32.

Xitoyshunos olim, professor Luy SHu-sya “中国文法研究” Zhongguo wenfa yanjiu (“Xitoy yozuvi”) kitobida 想来想去 xianglai xiangqu, 跑来跑去 paolai paoqu kabi misollar asosida xitoy tilida reduplikatsiyaning ‘A来A去’33 ko‘rinishi haqida ma’lumot beradi. Uning yozishicha, ma’lum bir fe’l takrorida 来 lai va 去 qu harakat yo‘nalishini belgilovchi fe’llar qo‘llanilishi mumkin. S.E. YAxontov esa “Xitoy tilidagi fe’llar kategoriyasi” monografiyasida fe’lning mazkur ko‘rinishini fe’l reduplikatsiyasi emas, balki “fe’l birikmasi”34 deb tushunadi.

S.E. Yaxontov fikriga zid ravishda aytish mumkinki, fe’llarning takrori nafaqat harakat qisqaligini, balki harakatning bir oz uzoq muddat ichida sodir bo‘lganligini xam ifodalashi mumkin (reduplikatsiyaning ‘A来A去’ ‘Alai Aqu’ konstruksiyasi asosida).

A.A. Dragunov fe’l takrori ikki xil ma’no berishi mumkinligini ta’kidlaydi35:

a) harakatning kuchayishi

b) harakatning susayishi.

S.E. YAxontov esa fe’l takrori harakatning faqat susayishini bildiradi, deb hisoblaydi. Fe’l takrorida harakatning kuchayishi fe’llar bilan birga qo‘llanilayotgan sifat va ravishlar orqali ifodalanadi:

请您好好的想想,然后给我答案36




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat