O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi Farg’ona Politexnika Instituti



Download 219,22 Kb.
bet1/7
Sana14.07.2021
Hajmi219,22 Kb.
#119305
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OCHILOV SHERZOD - Amaliyot hisoboti


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi
Farg’ona Politexnika Instituti
«Iqtisodiyot» kafedrasi
O’quv tanishuv amaliyoti bo’yicha

HISOBOT
______________________________________

(amaliyot o’tkazilgan joy nomi va manzili)

Talaba: ____________________________________________
Guruh: ____________________________________________

Institut tomonidan tayinlangan rahbar: _____________________________

Korxona tomonidan tayinlangan rahbar: ___________________________

Hisobotga qo’yilgan baho: __________

Farg’ona – 2020.

MUNDARIJA:




  1. Kirish

  2. Bankning tashkil yetilishi va faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.

  3. Bankning bo’limlarini o’rganish.

  4. Bankning boshqa operatsiyalari.

  5. Bank boshqaruvi. Bank marketing.

  6. Xulosalar va asosiy texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlar , hisobotni rasmiylashtirish.

  7. Xulosa.

Kirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 25-oktyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklar muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu moliyaviy institutlarning barqarorligini va hayotdagi rolini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi yillarda davlat budjetidan tijorat banklariga dasturlarni moliyalashtirish uchun 8,4 trillion so‘m, aylanma mablag‘lar uchun 400 million dollar, ustav kapitalini oshirish uchun 1,7 milliard dollar mablag‘ ajratildi. Umuman olganda, so‘nggi ikki yil ichida banklar kapitalizatsiyasini oshirish uchun 3,3 milliard dollar davlat mablag‘lari berildi. Yig‘ilishda bu mablag‘lardan samarali foydalanilmayotgani, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish, mijozlar va bank daromadlarini ko‘paytirish borasidagi ishlar yetarli emasligi tanqid qilindi. Misol uchun, xususiy banklar kredit resursining yarmidan ko‘pini depozitlar hisobiga shakllantirayotgan bo‘lsa, davlat banklarida bu ko‘rsatkich atigi 10 foiz atrofida. Shuningdek, davlat banklari kredit portfelining yarmidan ko‘pi 5 ta yirik davlat korxonasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Hanuzgacha eskirgan dasturiy ta’minotlardan foydalanayotgani uchun bank xizmatlari sifati talab darajasida emas. Tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida banklar faoliyatida davlat ishtiroki bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Xususan, davlat dasturlari doirasidagi kreditlar foizi qayta moliyalash stavkasi bilan tenglashtirildi va 2021-yildan to‘liq erkinlashtirilishi belgilandi. Bu banklarni ko‘proq mijoz topish, resurs jalb qilish, kredit ajratish bo‘yicha izlanishga, rivojlanishga undaydi. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, banklar transformatsiyasini tezlashtirish va sifatli amalga oshirish maqsadida barcha davlat banklaridagi aksiyadorlik vazifasi Moliya vazirligiga yuklatildi. Yig‘ilishda Moliya vazirligi va Markaziy bankka Jahon banki bilan birgalikda bank sektorini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini yakunlash vazifasi qo‘yildi.

AHOLINING UY-JOY SHAROITINI YAXSHILASH HAMDA IPOTEKA KREDITI BOZORINI YANADA KENGAYTIRISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-son Farmoniga (keyingi o‘rinlarda — Farmon) muvofiq:

bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda — yangi tartib) joriy qilinganligi;

xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berilsin.

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:

qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;

shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;

Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln so‘mdan 264 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha oshirilsin.

Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirsin.

Tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirsin hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.

6. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorning:



2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan tartib va shartlar 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi;

3-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan kvartiralarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida to‘lanadi.





  1. Download 219,22 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish