O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Faksimil apparatlarning servis imkoniyatlari



Download 1,11 Mb.
bet10/12
Sana27.09.2019
Hajmi1,11 Mb.
#22730
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ShK ga xizmat ko`rsat amaliyot

6. Faksimil apparatlarning servis imkoniyatlari


7. Faksimil ashshratda ishlash

8. Faksimil ashshratda ishlash

Mavzu: Shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar:plotter, videoproyektor, web – kamera kabi qurilmalarni ulash drayverlarini o`rnatish.

Reja:


1.Shaxsiy kompyuterga plotter drayverlarini ulash va o`rnatish

2. Shaxsiy kompyuterga videoproyektor drayverlarini ulash va o`rnatish.

3.Shaxsiy kompyuterga web – kamera drayverlarini ulash va o`rnatish.

Har qanday proektorning asosida (odatda) yarimyorug’ slayd orqali yorug’lik o’tkazish (yoki aks ettirish) yo’li bilan tasvirni namoyon etish, paydo qilish yotadi.

Kinoproektorlarda kinoplyonka kadrlari (slaydlar) ma`lum tezlikda juda katta kuchga ega yorug’lik manbai oldidan tortib o’tkazilib, ekranda harakatlanuvchi suratni aks ettiradi. Zamonaviy proektorlarda slaydlar (plyonka) rolini turlicha qurilmalar bajarishi mumkin. Shuning uchun videoproektorlarni besh turga ajratish mumkin:

- CRT proektorlari – ular uchta nurlanish kineskopidan iborat bo’lib, R, G va B boshlang’ich ranglarda rangli plyuminofora Bilan katta bo’lmagan yorqin tasvirlar yaratadi. Bu tasvirlar uchta ob`ektiv bilan optik mustaqil (alohida) kanallarda ekranga tushiriladi, bu erda optik aniq moslashadilar va umumiy rangli tasvirni tashkil etadilar. Proektorlarning bu turi 60 yildan ortiq vaqt mavjud bo’lib, hamma proektorlar orasida eng yuqori sifatli kartinkaga egadir. Аmmo CRT proektorlarining hamma ustunliklarni to’la ko’rish, yuqori sifatli, professional video yozuvli,yaxshilab qorong’ilatilgan xonada, diogonali 2 metrdan boshlab, ekranda tomosha qilingandagina mumkin bo’ladi. CRT proektorlari juda ham katta bo’ladi (hammasi ham odatda 60 kg dan og’ir) va malaka, ehtiyotkorlik bilan aniq ishlashni talab etadi. Har qanday joyini o’zgartirilgandan keyin ekranda uchta boshlang’ich tasvirlarni birlashtirish, moslashtirish uchun mutaxassis tomonidan sozlashni talab etadi. Ulardan boy klublar va katta tashkilotlarda foydalaniladi, chunki bu tashkilotlar eng yaxshi sharoit va rang uzatish imkoniyatlariga egadir.






30- rasm

Zamonaviy proektorlarga ko’plab qurilmalarni ulash mumkin, kompyuterni ham, (noutbukni ham) videomagnitofon, DVD-proigrivatel, videokamera (shu jumladan raqamlisi ham), televizor yoki TV-tyuner (rakamlisini xam), rakamli fotokamerani, o’yinlar qo’shimchasini ham ulash mumkin. Buning uchun proektorda quyidagi raz`yomlar bo’lishi mumkin:

-kompyuterni ulash uchun analogli RGB (15-pin Hd D-sub), raqamli RGB (DVI-D) audio (stereo mini-jack);

-videosignal manbaini ulash uchun –S-Video (mini din 4 pin) kompozit (RCA), komponentli (RCA), audio (RCA L va R kanallari uchun). Yuqori yorqinlikka ega professional modellarida tashkil etuvchi signallar bilan ishlashga katta e`tibor beriladi. Y, B-Y, R-Y asosiy turlaridan foydalanishdan tashqari Y,Cb, Cr, DVD yuqori sifatli proigrivatellarda qo’llaniladigan, Y-Rb-Pr (4:3 SDTY) standartli chiziq oralab va progressiv razvyortkali (DTV) raqamli televidenie va 1920×1080 elementgacha rastrli bo’linishli keng ekranli (16:9 HDTV) format tasviri signallari bilan ishlashi ham ko’zda tutilgan.

-analogli RGB tashqi uzatgich (15-ND D- sub). Bir vaqtning o’zida proektor va monitorni ulash uchun qulay.

-tovush uzatgichi-audio (stereo mini-jack), tashqi audiotizimini ulash uchun (har bir proektorda 2-3 Vattli kichik quvvatli dinamik o’rnatilgan, lekin odatda bu etarli bo’lmaydi).



-boshqaruv interfeysi- R S-232 (15-pin Hd D-sub) va yaqindan boshlab UZB.



31 - rasm

Proektorlarning ba`zi modellaridi Flash Card ulanishi uchun portlar bo’lishi mumkin, undan raqamli kameralar va fotosuratni namoyish etish uchun foydalaniladi. PCMCIA interfeysi raz`yomi ham qo’llanishi ham mumkin. Аna shu interfeys yordamida ba`zi ishlab chiqaruvchilar PCMCIA radiokartasi yordamida kompyuterdan proektorga ma`lumotlarni uzatishni tashkil etish imkoniyatini ham qo’llashlari mumkin, bu juda qulay, chunki proektordan to kompyutergacha masofa va joylashishi uchun cheklanishlar va shnurlar yo’q.





32- rasm

Ba`zi alohida modellarda PCMCIA kartasi yordamida (xatto 1 Gb sig’imigacha minidrayv qattiq disk IBM ni ham qo’llash mumkin) kompьyutersiz taqsimotni o’tkazishni tashkil etish mumkin. Sanyo kompaniyasi masalan, maxsus jadval akselerator sifatida xatto PCI yoki PCMCIA kartochkalari bilan qo’shimcha ta`minlangan kompyuterlardan foydalanadi, shu bilan birga ko’rsatish sifati analogli kabi raqamli signallar uchun ham ancha yaxshilanadi. Аlbatta turli proektorlar o’zining turli maqsadlarga mo’ljallanganligi sababli aytib o’tilgan raz`yomlarga ega bo’lishi mumkin (yoki ega bo’lmaydi) sotib olayotganda bularning hammasini hisobga olish kerak, chunki proektorlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish (raz`yomi borligiga qarab) deyarli mumkin emas.





33- rasm

Zamonaviy multimediaproektorlari tasvir kursatkichlarini o’zgartirish bo’yicha raqamli xizmatlar imkoniyati to’plamiga ega. Masalan, prezentatsiyada sharoitlar qiyinroq bo’lib, proektorni tasvir tekisligiga (ya`ni ekranga) perpendikulyar qo’yish mumkin bo’lmaganda, tasvir chiquvchi burchakning o’zgarishi esa trapetsional buzilishlarga olib keladi, trapetsional buzilishni tuzatish xizmatidan foydalanish mumkin bo’ladi (vertikal hamda gorizontal bo’yicha ham).



   
34- rasm


Butun jahon ko’rgazmasidagi 60-yillarning reklama roligi. Orasta kiyingan uy bekasi — kechki ko’ylakda va baland poshnalarda, o’zining superavtomatlashtirilgan oshxonasidan chiqmasdan, videotelefon bo’yicha mebel tanlaydi, tushlikka yangi uzilgan mevalarni sotib oladi yoki dugonasining yangi taroshlangan sochini tanqid qiladi. Afsus, hali hatto butunda bunday imkoniyatlarni amalga oshirish juda qiyindir. Lekin yaqin kelajakdachi?

    Xamkor bilan videotelefonda so’zlashuv olib borish, ya’ni o’zi hamsuxbatini ko’rib turib gaplashish, bugungi kunda haqiqatdir, qaerdadir еsa har kungi odatdir. Bir nechta foydalanuvchilarning guruh tarkibida hujjatlar va ilovalar bilan yoki uydagi ofislardan uzoqlashgan muloqatni ishlatganda birgalikdagi masofadan turib ishlashni tashkil qilish ham haqiqatdir (bu usul mutaxassislarni uydagi mexnatidan keng foydalanayotgan firmalarda samarali ishlatilmoqda). Videoaloqa bo’yicha konsiliumlar, o’zaro maslaxatlar, seminarlarni o’tkazish, kerakli grafikli va videomateriallarni namoyish qilib, masofadan turib o’qitish haqiqatdir va h.k.

    Videoaloqa tizimlarida juda ko’p narsalar mumkin va haqiqatdir. Lekin qiyinchiliklar ham bor, ayniqsa videokonferenciyalar o’tkazishda muammolar tug’iladi, lekin aynan shu videokonferenciyalar hozir videoaloqaning еng rivojlanadigan va iqtisodiy maqsadga muvofiq varianti sifatida ko’rib chiqilmoqda.

    Videokonferenciyalarni bir vaqtning o’zida har bir kompyuter bilan olib boriladigan aloqalar soni buo’yicha tasniflash qabul qilingan:

• stolli (nuqta-nuqta bilan) videokonferenciyalar ikkita kompyuter orasidagi aloqani tashkil еtish uchun mo’ljallangan;

• studiyali (nuqta-ko’p bilan) videokonferenciyalar videoma’lumotlarni bir nuqtadan ko’p joylarga uzatish uchun mo’ljallangan (auditoriya oldida chiqish);

• guruhli (ko’p-ko’p bilan) videokonferenciya bir guruh foydalanuvchilarning boshqa guruh bilan muloqatini ko’zda tutadi.

    Stolli Videokonferenciyalarni o’tkazish, agarda monitor videooynasi kichik o’lchamlarini (ko’pgina videokonferenciya tizimlari videoni faqat chorak еkran shaklida QCIF (Quarter Common Intermedia Format) amalga oshiradi) va bu bilan bog’langan kartinani (manzarani) kuchsiz ajratish qobiliyatini hisobga olinmasa, amalda qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Lekin uchta ishtirokchidan iborat etarlicha harakatchan videokonferenciyani tashkil еtishda hozircha aloqa kanalining o’tkazish qobiliyatiga bog’liq qiyin hol qilinadigan muammolar paydo bo’lmoqda. Masalan, agar aloqa oddiy telefon liniyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan bo’lsa, katta tayyorgarlik ishlari talab еtiladi, agar uzatish muxiti LXT (lokal hisoblash tarmog’i) bo’lsa, bunday videokonferenciyani o’tkazish tarmoqdagi qolgan hamma ishlarni tuxgatib qo’yishi mumkin. Muammolar aynan shu jarayonning dinamikasi bilan bog’liq, negaki bitta 256 rangli to’liq еkranli tasvirni yuborish uchun 1,5 Mbaytdan ortiqroq ma’lumotlarni uzatish kerak, bu еsa 10 gacha va undan ortiq sekund vaqtni talab еtadi.

    Lekin agar tasvir sifati va еkrandagi kartina dinamikasi mavxumlashtirilsa, u holda videoaloqaning afzalliklari ham ko’zga tashlanadi:

• o’z hamsuxbatini ko’rish mumkin;

• bir-biriga rasmlarni va chizmalarni ko’rsatiladi;

• turli xil maxsulotlar namoyish qilinadi;

• amaliy dasturlarni masofadan turib interaktiv boshqariladi.

    Tipik videoaloqa tizimi multimediali kompyuterdan tashkil topgan bo’lib, bu kompyuter videokamera, mikrofon, tasvirni va tovushni raqamlash qurilmalari (video- va audiokartalar, ular bir qator holatlarda axborotlarni siqishni ham bajaradi), bitta yoki bir nechta videoaloqani tashkil еtadigan amaliy dasturlar va еng asosiysi, abonentlarning o’zaro samarali aloqa tizimi bilan ta’minlangan. Aloqa kanali etarli darajada keng polosali (yuqori uzatish tezligini ta’minlaydigan), uzulishlarsiz va signallarni unchalik tutib qolmaydigan bo’lishi kerak, aks holda tasvir pirpirab turadi, tovush ham buziladi.

    Stolli videokonferenciya tizimini amalga oshirish uchun tarmoqli echimning 4 ta varianti bor (Digital Video Conference — DVC):

    Videokonferenciyaning ba’zi bir tizimlari: Suite Vision (Specom Tuhnologies korporaciyasiniki), Supra Video Phone Kit (Diamond Multimedia Systems firmasiniki), Quick Time Conferencing Kit (Apple Computer firmasiniki), Video Phone Kit (Boca Research firmasiniki), Visit Video 2.0 (Nor-thern Telecom firmasiniki), Meet-Me (Sat Sagem firmasiniki), Begpicture (U.S. Robotics korporaciyasiniki), Live 200 (Picture Tell korporaciyasiniki) va b.

    Har qanday videokonferenciya tizimining asosiy vazifasi tovush va tasvirning raqamli signallarini uzatish va qabul qilishdir. Videotizimlarning ko’plari aloqa kanallari o’tkazish qobiliyatining cheklanganligi tufayli kadrlarni yoyishning xatto televizion standartini (sekunda 25 ta kadr) ushlab turish imkonini bermaydi va ko’proq doimiy bo’lmagan chastotani ta’minlaydi (ISDN kanali bo’yicha sekundiga 5-15 ta kadr, LHT bo’yicha 10 tadan ko’p еmas), shuning uchun monitor еkranidagi tasvir sezilarli «sakraydi». Ta’kidlab o’tilganidek, videotizimlar odatda QCIF videoformatini qo’llanadi (videoma’lumotlarni uzatish tezligi 9 Mbit/s, tasvirni o’tkazish qobiliyati bir dyuymga 176x144 ta nuqta) va faqat yuqori klassli qimmat tizimlar masalan, Liv 200 to’liq, CIF formatini ishlatadi (uzatish tezligi — 36 Mbit/s, o’tkazish qobiliyati bir dyuymga 352x288 ta nuqta).

    Ko’pgina tizimlar rangli tasvir bilan ishlaydi va еkranli buferga еga (write boad — «oq doska»), bunda еkranga rasm solish, makrlalar yozish, tasvirni qo’yish va boshqa nutqsiz muloqat qilish vositalarini ishlatish mumkin. Ayrim tizimlar ilovalarni birgalikda ishlatishni ta’minlaydi, bu qatnashchilarga matnli yoki grafik muharrir yordanida hujjat ustida birgalikda ishlash imkonini beradi. DVC ning ko’pchilik dasturlari diskka hamma so’zlashuvlarni ham, hujjatlarning alohida videokadrlarini ham va xatto hamsuxbatlarning so’zlashuvlarini ham yozib qo’yish vazifasini bajaradi.

    Videoaloqa tizimlarining asosiy kamchiligi kuchsiz apparatura ta’minoti, sekin aloqa kanallari, kanallardagi xalaqitlar va audioplatalardagi aks sado bilan belgilanadi. Lekin umuman bu tizimlar tadbirkorlikda qo’llanish uchun to’liq yaroqlidir va, agar ularni ishlatilishi modaga qarab yoki rivojlanayotgan firmalarning ko’rgazmali dizaymini tashkil еtish bo’lmasa, quyidagilar uchun juda foydali bo’ladi:

• biznes-loyiholarni birgalikda ishlab chikayotgan yoki muhokama qilayotgan hamkorlar uchun;

• muxandislarga murakkab texnik maxsulot ustida jamoa bo’lib,
ishlash;

• tijoratchilarga, navbatdagi mijoz muzokaralarni «tazyiq


ostida» olib bormayotganligiga ishonch hosil qilish uchun;

• jurnalistlarga «yangi, qiziq» materiallarni telestudiyaga


yoki gazeta taxririyatiga tezkor uzatish uchun;

• huquqni muxofaza qilish idoralari xodimlariga ob’ektni


masofadan turib ko’z bilan kuzatish uchun;

shifokorga, murakkab masala bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis bilan maslaxat qilish uchun;

• va nixoyat, kompaniya yoki mamlakat prezidentiga o’zining joylashgan joyidan qati nazar (dachada, chet еlda va h.k.) suxbat chorida o’z o’rinbosarlarini va amaldorlarning chexralarini ko’rish uchun (amaldorlar uchun Prezidentining yuzini ko’rish ham juda muhimdir).    

Mustahkamlash uchun savollar:

1.Plotter qanday vazifani bajaradi?

2.Videoproyektor turlari nechaga bo`linadi va qaysilar?

3.Web – kameralar vazifasi haqida gapiring.

4.Videoproyektor va web- kamera ishlash prinsiplari orasidagi farqlarni ayting.

Mavzu: Video apparaturalarni o`rnatish va sozlash.Videokonferentsiya o`tkazish.Proyektor, video aloqa vositalari.

Reja:


  1. Video apparaturalarni o`rnatish va sozlash.

  2. Videokonferentsiya o`tkazish.

3.Proyektor, video aloqa vositalari.
Birinchi raqamli videokameralar bilan birga raqamli montaj qilishning yangi imkoniyatlari ham paydo bo‘ldi.Videosignallar analogli emas,balki raqamli ko‘rinishda (siqish bilan) darhol yoziladi, buning natijasida tasvir sifati professinal darajasida bo‘ladi. Sony kompaniyasi-ishlab chiqaruvchilardan birinchi bo‘lib DV-formatdagi signallari ketma-ket uzatilishi uchun raqamli interfeys IEEE 1394 (Fire Wre)ni o‘zining raqamli videomagnitafonlarga va kameralariga o‘rnatdi. Bu bilan u montaj jarayoni orqali ПЗС-matritsasidan to‘g‘ri ma’lumotlarni real raqamli qayta ishlashdan, yana qayta tasmaga yozishgacha yo‘l ochdi.

35-rasm


DV formatida zich raqamli videosignallar yozuvi ishlatiladi.Raqamli komponentli YUV 4:20/50 maydonlar(PAL) yoki YUV4:1:1/60 maydonlar(NTSC) formatida olib boriladi. Kodlashdagi farq PaL va NTSC(625 va 598)format bo‘yicha televizion signalda qatorlarni turli soni bilan bog‘liq bo‘ladi. DV standartida PAL uchun, hamda NTSC uchun 500 ta televizion tarmoqlar aks etadi (masalan, Hi8 formatiga qaraganda 25% ga ko‘p).

Кoddiy videotizimlardagi kabi signal, aylanadigan kallaklarning barabani bilan ham o‘qiladi ham yoziladi.Yozish metall changlatish yo‘li bilan tasmani egilgan yo‘lakchasiga yoziladi. Audio va videosignallardan tashqari tasmaga boshqarish qo‘shimcha ma’lumot va vaqt kodi yoziladi. DV formatga yozishda har bir kadr 10(NTSC)yoki 12(PAL) yo‘lakchalarida joylanadi. Tasvir haqida ma’lumat o‘hshash magnitli yozishga qarama-qarshi holda chiziqli ko‘rinishda yozilmaydi, ammo barcha shu yo‘lakchalar bo‘yicha tarqaladi. Bu usulning yutug‘I shundaki, tasmaga yozilayotganda ehtimoldagi xatolar (bunday tizimlarda tushib qolishiga olib keladi) butun tasvir bo‘ylab teng tarqalgan bo‘lishi mumkin, va buning natijasida ko‘z bilan sezilmaydigan darajada bo‘ladi. Undan tashqari, raqamli videokameralarni ko‘p qismli yozish jarayonida ma’lumotning bir qismini o‘chirilib ketganidan so‘ng, tasvirni to‘liq tiklash imkonini beruvchi xatolarni to‘g‘rilash sxemasi mavjuddur. Kadrda tushib qolgan pikssellar bo‘yicha ma’lumotni eng yaqin kadrdan olingan ma’lumotlar asosida topiladi. Agar yozish xatosi ko‘p bo‘lsa, interpoliyatsiya, ya’ni bitta kadrda qo‘shni piksellar orasiga o‘rtalashadi. Audio signallar ham shunday Hi8 format kabi yoziladi, lekin bunday tehnlogiyalarda ovoz videoga bog‘liqsiz ravishda o‘chirilishi va qayta yozilishi mumkin.



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish