О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 314,35 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2017
Hajmi314,35 Kb.
#6690
  1   2   3   4   5   6
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


«TABIYOT FANLARI» FAKULTETI

«GEOGRAFIYA VA UNI О‘QITISH METODIKASI» KAFEDRASI


“Himoyaga ruxsat etilsin”

Fakultet dekani

___________E.R.Yuzlikayeva

«____» ____________2014 yil


5140500-«Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» ta’lim yо‘nalishi 401-guruh talabasi

Abdullayeva Dilobar Toxirovnaning

« O’zbekiston sanoati mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish(“O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi” fani misolida)» mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: «Geografiya va uni о‘qitish

metodikasi» kafedrasi о‘qituvchisi

___________M.K.Qalandarova
Ilmiy maslaxatchi: «Geografiya

va uni о‘qitish metodikasi»

kafedrasi professori g.f.n

___________ P.Baratov

«Himoyaga tavsiya etilsin»

«Geografiya va uni о‘qitish

metodikasi» kafedrasi mudiri

_______g.f.n. dots. N.R.Alimqulov

«____»____________2014 yil

TOSHKENT – 2014 yil

Mundarija.

Kirish……………………………………………………………………….......3

I bob. O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiya ta’limi tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati………………….5


    1. O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati, maqsadi va vazifasi………………………………………………………………………5

    2. O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari…………………..13

    3. Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari………………………….19

II bob. “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitish texnologiyasi…………23

2.1 “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalar………………………………………………………23

2.2 “O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan xususiy metodik darajadagi texnologiyalar ……………………………………………29

2.3 Dars jarayonida lokal va xususiy metodik darajadagi texnologiyalarni uyg’unlashtirish yo’llari………………………………………………………39



III bob. Pedagogik tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili…....54

3.1 Pedagogik tajriba- sinov ishlarini tashkil etish va uning mazmuni………54

3.2 Tajriba sinov natijalari……………………………………………………58

Xulosa……………….………………………………………………………..64

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………...66

Glossariy……………………………………………………………………....68

Kirish.

“Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrolovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. О‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bо‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bо‘lamiz”.



Islom Karimov

O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni intellektual va ma`naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog’langan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Ta’lim sohasini rivojlantirishga yо‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni kо‘proq о‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilmoqda[1]. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g‘oyalarga sodiq va yuksak kasb mahoratiga ega bо‘lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi pedagogik intilishlarning asosini tashkil etadi. Buning uchun о‘quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan natijaga erishishni ta’minlash lozim. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom bola yili” davlat dasturi tо‘g‘risidagi Qarorida mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning о‘z ijodiy va intelektual saloxiyatini rо‘yobga chiqarish bо‘yicha qo’yilgan vazifalarda “....ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy о‘quv yurtlarida о‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ...samarali tizimini yanada rivojlantirish” kо‘zda tutilganligi dolzarb vazifalardan biridir. Prezidentimiz mazkur muammoning dolzarbligiga alohida urg‘u berib, Eski ta’lim tizimining eng yomon qusuri boshlang‘ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham umumta’lim maktablarida dars beraveradi...[3] Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan maktabdagi davri eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qо‘yilishini oddiy mantiqning о‘zi talab etadi”, “…kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bо‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘liq”, deya ta’kidlaydilar[4]. Zamonaviy pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qо‘llanishga oid bilimlar, tajriba о‘quvchilarni yuksak bilimli va intellektual salohiyatga, yetuk malakaga ega bо‘lishlarini ta’minlaydi. Shu fikrga yondashgan xolda bitiruv malakaviy ish dolzarbligini geografiya fanini o’qitishda rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri-zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash orqali o’quvchilarni faollashtirishga, mustaqil fikrlashga, o’quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishishdan iborat deb belgiladik.



Maqsadi: o’quvchilarda O’zbekiston sanoati mavzusini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash orqali bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish hamda rivojlantirishdir. Maqsadidan kelib chiqib Vazifalari:- O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiya ta’limi tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatini;

- Pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari va asosiy jarayonini;

-“O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan lokal darajadagi texnologiyalarni;

-“O’zbekiston sanoati” mavzusini o’qitishda foydalaniladigan xususiy metodik darajadagi texnologiyalar samaradorligini;

- Dars jarayonida lokal va xususiy metodik darajadagi texnologiyalarni uyg’unlashtirish yo’llari hamda shu usulda o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarini tahlil qilishdan iborat.

Ob’ekti: O’zbekiston sanoati mavzusini o’qitish jarayoni.

Predmeti: O’zbekiston sanoati mavzusini o’qitishning mazmuni, usullari, vositalari, metodlari va texnologiyalari.

Bitiruv malakaviy ish tuzilishi va hajmi: Kirish, 3 bob, 8 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, mavzuga oid atamalardan o’zbekcha-inglizcha lug’at va o’zbek-rus-inglizcha annotatsiyalardan iborat
I bob. O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiya ta’limi tizimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati .

1.1 O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati, maqsadi va vazifasi.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq о‘n tо‘rtinchi sessiyasida Prezident I.A.Karimov kadrlar va ularning kasb malakasi tо‘g‘risida gapirib shunday degan edi: “Biz oldimizga qanday vazifa qо‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi, о‘rnimizga kimlar kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq ” [4]



Demak, kelajak bugungi maktab partasiga о‘tirgan voqealikni serqirra sirlarini bilishga intilayotgan yoshlar qо‘lida ekan, avvalo, ular i’stedodini aniqlash, qobilyat iqtidorini rivojlantirish, intellektual zakovati, ma’naviy aqliy salohiyatini yuksaltirish dolzarb masala bо‘lib xisoblanadi. Bu vazifani xal qilish uchun yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlashning yangi texnologiyasi, metod, usul, vositalardan foydalanish lozim bо‘ladi. Qolaversa yangilangan ta’lim tizimi, mazmuni uchun eski qolipdagi metod, usullarini qо‘llash, mantiqsiz hisoblash, xuddi odamning barcha kiyimlarini yangilashu, oyog‘idagi poyafzalini yirtiq holda qoldirganday bо‘ladi. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish о‘quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini о‘stirish, pedagogik jarayonda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanishnigina emas, balki, mazkur jarayonni rejalashtiruvchisi, amalga oshiruvchisi va boshqaruvchisi bо‘lgan о‘qituvchining kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini shakllantirish masalasiga chuqurroq yondashuvni talab etadi. Shu sababli mustaqillik sharoitida ta’lim-tarbiya, malakali mutaxassilar tayyorlash, shuningdek, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga qо‘yilayotgan talablarning soni har qachongidan ortib bormoqda. Bugungi pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga zamonaviy yondoshuvni shakllantirish, bо‘lajak mutaxassis shaxsidagi ijodkorlik, tadqiqotchilik, mustaqillik va bilish faolligi kо‘nikmalarini rivojlantirish oliy ta’lim muassasalarida о‘qitiladigan umumkasbiy fanlarning muhim vazifalaridan sanaladi. Bugungi kunda ta’lim tarbiya jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida qurish, ta’lim islohotlarining maktab oldiga qо‘ygan muhim vazifalaridan biridir. Ta’lim tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish uchun, avvalo о‘qituvchi pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyatini bilishi va uning shakllarini mukammal о‘zlashtirgan bо‘lishi lozim.[7] Masalan: о‘qituchi mahoratiga qо‘yiladigan talablar kasbiy layoqat, psixologik-pedagogik tayyorgarlik, о‘quvchilarni mustaqil fikrlashga о‘rgatish mahorati, о‘quv adabiyotlari turlarini bilish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik, internetning global tarmog‘i bilan ishlash bо‘yicha amaliy kо‘nikmalar, predmetlararo aloqalardan foydalanish mahorati va hakoza. Mamlakatimiz talim sohasida rо‘y berayotgan tub burilishlar har bir talim muassasida didaktik soxasini jonlantirishni talab etadi, yangilikni joriy etish yо‘li esa har doim murakkab va uzoq[8]. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, pedogogik texnologiyalar yaqin yillar ichida didaktik yangilikka kirishishning asosiy manbai bо‘lib qoladi. Ta`lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo`llash uchun geografiya o`qituvchilari maxsus metodik bilim va ko`nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo`ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo`lishlari lozim[12] Pedagogik texnologiya atamaiga shu muammo bo`yicha izlangan har bir olim o`z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta`rif bergan. Hali bu tushunchaga to`liq va yagona ta`rif qabul qilinmagan. Ushbu ta`riflarning ichida eng maqsadga muvofig’i YUNESKO tomonidan berilgan ta`rif sanaladi.

Pedagogik texnologiya–o`qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Bu yerda inson salohiyati deyilganda o`qituvchining pedagogik va o`quvchilarning bilish faoliyati, texnik resurslar deganda o`qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya-shunday bо‘limlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, о‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchilarda xurfikrlik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi[21]. Bundan tashqari pedagogik texnologiya–ta`lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`qituvchining pedagogik va o`quvchining o`quv-bilish faoliyatini uyg’un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o`qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir. Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud:



  1. Umumiy metodik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, kontseptual asoslari, o`qituvchi va o`quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.

  2. Xususiy metodik darajada muayyan bir o`quv fani, kursni o`qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta`lim mazmunini o`quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o`qitish metodlari, vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.

  3. Lokal’ (modul) darajada ta`lim-tarbiya jarayonining ma`lum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi.

Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini to`ldiradi va taqozo etadi[21]. Hamkorlik–o`qituvchi va o’quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini takomillashtirish, ularni ma`naviy, axloqiy, intellektual jihatdan rivojlantirish, bu jarayonni bir-biriga uyg’unlashtirish, faoliyatning natijasi va borishini hamjihatlikda tahlil qilish imkonini beradi. Demokratlashtirilgan jarayonni insonparvarlashtirish o`quv-tarbiyaviy jarayonining maqsadini amalga oshirish, tahsil oluvchilarning o`quv-bilish va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish, o`quv mehnatining xarakteri va mazmunini o`zgartiradi va shaxsning uyg’unlikda rivojlanishiga qulay psixologik muhit yaratadi. O`qitish jarayonini demokratlashtirishning tub mohiyati o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini tashkil etishda ularga tanlash imkoniyati berilishidir[21].

Geografiya o`qituvchisi o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishda o`quvchilarning xoxishiga ko`ra individual tarzda, juftlikda yoki kichik guruhlarda tashkil etishi lozim. Shuningdek, uy vazifalari ham hamma uchun yagona va majburiy bo`lmasdan bir necha variantda tayyorlanishi va o`quvchilar o`z xoxishiga ko`ra tanlashlari mumkin[12]. Hozir ta’lim-tarbiya sohasida rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri–zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llash bo’lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardandir[13]. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tamonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo’lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:



  • ta’lim-tarbiya berish;

  • axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;

  • mustaqil fikrlashga o’rgatish;

  • bilim, ko’nikma, malakalarni o’rgatish va o’zlashtirilishiga erishish;

  • turli metodlarni qo’llash va takomillashtirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik, halqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;

  • o’quvchining tayyorgarlik darajasini, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigiyenik talablarni hisobga olish.

Pedagogik texnologiya o’quv jarayoni(ya’ni o’qituvchining, o’quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langan. Hammamizga ma’lumki, inson hamma sohada biror maqsadga erishish uchun, o’ziga ma’qul bo’lgan yo’l, usul, vositalardan foydalanib, zarur faoliyatni amalga oshiradi. Demak, avval maqsad paydo bo’lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holdagi faoliyat kelib chiqadi. Ushbu sxemada pedagogik texnologiyaning asosiy tarkibiy qismlari aks etgan.

V.P.Bespalko ta’kidlaganidek: «Pedagogik texnologiya-bu о‘qituvchi maxoratiga bog‘liq bо‘lmagan holda, pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, о‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodadash-loyihalashdir».

Tarixiy pedagogik texnologiya elementlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida о‘quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda gо‘zal nutq tarkib toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qо‘llaniladi. Bunda о‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va tо‘g‘ri sо‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga xamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga о‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suxbatlar deganda о‘qituvchining о‘quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi notо‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan xolda ularni tuzatish yo’liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin:

1. Savol-javoblar orqali о‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash;

2.О‘rganilayotgan mavzuning mazmunini о‘quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu asosan о‘quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bо‘lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi;

3. О‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan, rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi;

4. О‘qituvchi о‘zini bilmaydigan odamdek, о‘quvchidek, tutib, savollar berib boradi;

5. О‘quvchining tо‘g‘ri fikrlarini rag‘batlantirish orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, sо‘zlashga jalb qilish;

6. О‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish;

7. О‘quvchining xato fikrlariga nisbatan tо‘g‘ri fikrni о‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali о‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va о‘quvchini о‘z xatolarini о‘zi tuzatishiga yo’naltiriladi. Bundan kо‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubxasiz bо‘lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular о‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat[20].

Ta’lim jarayonida bilim oluvchining faolligi tamoyili pedagogikada eng muhim tamoyillaridan bо‘lib kelgan. Uning mohiyati о‘rganilayotgan predmetni talabalar tomonidan maqsadli va faol qabul qilinishi, anglanishi, qayta ishlanishi va qо‘llanilishidir.

Ta’lim olishning faolligi o’quvchilardagi yuqori motivatsiya, ular tomonidan yangi bilim va kо‘nikmalarni о‘zlashtirish ehtiyoj sifatida qabul qilinishi, ta’lim jarayoni natijalari samarali bо‘lishi bilan sifatlanadi. Faollik o’quvchilarning barcha faoliyat shakllarida mavjud–о‘zgartirish faoliyati, bilish faoliyati, muloqot va boshqalar. О‘z faoliyati natijasida atrofdagi olamda va insonning о‘zida ma’lum о‘zgarishlar sodir bо‘ladi[19].

Ma’lumki, o’quvchilar geograiya fani doirasida о‘rganilayotgan mavzuga bir hilda yondashmaydilar. Bunga ularning munosabatini qaysi kо‘rsatkichlar orqali aniqlash mumkin?

Oquvchilarning darsga bо‘lgan munosabati aynan bilim olishdagi faollik, bilan sifatlanadi. Bu faollik o’quvchini о‘rganish predmetiga “kirib borishining” intensivligi va mustahkamligini belgilab beradi.

Faollik tuzilmasi quyidagi tarkibiy qismlar orqali ifodalanadi:


  • ta’limiy vazifalarni bajarishga bо‘lgan tayyorlik;

  • mustaqil faoliyat olib borishga intilish;

  • bajarilayotgan harakatlarni anglanganligi;

  • faollik predmetiga yо‘naltirilgan diqqatning mustahkamligi;

  • о‘z bilim darajasini yanada oshirishga bо‘lgan intilish.

O’quvchi ma’lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini belgilab, unda kо‘proq boshqarilayotgan obyekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi faoliyat “obyekt faoliyati” deb nomlanadi.

Yuqori darajada faollik ta’lim oluvchi faoliyatining birlamchi sababi, manbasi ro’lini о‘ynab, ijodiy, о‘zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni amalga oshiruvchi o’quvchi subyektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi (“subyekt faoliyati”). Bunday faoliyat quyidagi jihatlar bilan farqlanadi:



  • faoliyat amalga oshirilayotgan vaqtda subyektning ichki sifat va holatining о‘ziga hosligi - maqsadlash, rejalashtirish, natijani oldindan kо‘rishga bо‘lgan ichki motivatsiyaning mavjudligi(vaziyatdan kelib chiqib, biror fakt ta’sirida amalga oshiriladigan birinchi daraja faolligidan farqli);

  • ixtiyoriyligi, ya’ni bu faoliyat subyektning о‘z maqsadi va irodasiga aoslanadi;

  • vaziyatdan yuqoriligi, ya’ni oldindan belgilangan maqsadlar doirasidan chiqib ketishi (faoliyatning kengayishi);

  • mustaqillikka intilish, kо‘zlangan maqsadga erishish yо‘lida izchil va mustaqil faoliyat olib borishi.

Subyekt faoliyati jarayonida o’quvchining individualigi, mehnatga layoqati, ijodkorligi, tashabbuskorligi, raqobatbardoshligi va boshqa jihatlari namoyon bо‘ladi. Har bir pedagogik texnologiya o’quvchilar faoliyatini faollashtiruvchi va intensivlashtiruvchi vositalarga ega. Quyidagi vaziyatlar ta’lim mashg‘ulotida eng yuqori faollashtiruvchi samara beradi:

    • hodisa va jarayonlarni mustaqil tushuntirib berish;

    • о‘z nuqtai nazarini isbotlash;

    • munozara va bahslarda ishtirok etish;

    • о‘z guruhdoshlariga yoki о‘qituvchiga savol berish;

    • boshqa o’quvchilar javobiga taqriz berish va javobini baholash;;

    • о‘zlashtirishi past bо‘lgan guruhdoshlariga materialni tushuntirish;

    • о‘z kuchini inobatga olgan holda о‘ziga mos vazifa tanlash;

    • bir muammoning bir necha yechimlarini izlab topish;

    • о‘z harakatlari natijasini tekshirish, ularni (harakatlarni) tahlil qilish;

    • о‘zida shakllantirilgan bilim kо‘nikmalarni qо‘llab, vazifalarni yechish. Geografiya ta’limi jarayonida turli xildagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bugungi kun talabidir. Shuning uchun, ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida keltirilgan dolzarb muammolarni ijobiy hal etishga xizmat qilishi darkor. Pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, o’quvchilarda dars jarayonining ta’sirchanligi va amaliy kо‘nikmaga ega bо‘lishligini kafolatlaydi.




    1. . O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlari .

Pedagogik texnologiya murakkab bо‘lib, an’anaviy dars berish usullarining yaxshi tomonlarini о‘zida mujassamlashtirgan, yangicha yondashuvi qо‘llagan holda eng zamonaviy pedagogik tadbirdir. Uning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, pedagogik texnologiyada dars mashg‘ulotlarini о‘tkazish jarayonida amalga oshiriladigan ishlarning bosqichma-bosqich va daqiqama-daqiqa oldindan loyihasi tuzib olinadi. Shunda, dars jarayonida yoritiladigan mavzular bо‘yicha tayanch tushunchalar va ular asosida tuzilgan nazorat savollari, qо‘llaniladigan interfaol vosita va didaktik materiallar loyihada belgilab olinadi. Dars mashg‘ulotlari bilim berish va ularni o’quvchilar tomonidan eslab qolish bilan chegaralanmay, berilgan bilimlar asosida amaliy mashqlarni bajara olishi, о‘zlashtirishi, o’qituvchi tomonidan doimiy nazorat ostiga olinadi, kerakli maslahatlar beriladi, asoslanadi hamda bilim va kо‘nikmalar xayotiyligi isbotlanadi va hokazo. Ta`lim jarayonini tarbiya bilan, bilim, ko`nikma va malakalarni bir-biri bilan ajratilgan holda shakllantirishga mo`ljallangan o`quv faoliyatini tashkil etish mumkin emas[21].

Pedagogik texnologiyalarning o`ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga ko`ra ikki guruhga ajratiladi:


  1. Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar.

  2. Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar. Yuqori samara beradigan va o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar to’g’risida ushbu bitiruv malakaviy ishimning ikkinchi bobida batafsil to’xtalib, ma’lumotlar keltiriladi.

Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini o`zgartirishda qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar guruhiga:

  • Ta`lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish texnologiyasi;

  • Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar;

  • Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyalari;

  • Ta`limni differentsiallashtirish va individuallashtirish;

  • Geografiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga:

  • Didaktik o`yin texnologiyasi, muammoli ta`lim texnologiyasi, modulli ta`lim texnologiyasi, hamkorlikda o`qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi va an`anaviy ta`lim texnologiyalari kiradi. O`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etganda, ta`lim-tarbiya jarayonini yaxlit, bir tizim holatida, bilim, ko`nikma va malakalarni bir-biri bilan uzviy ravishda shakllantirish lozimligini qayd etish zarur. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va an`anaviy ta`lim tizimidagi kamchiliklarga barham berish, ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun o`quvchilarning bilish faoliyatini yalpi o`qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o`qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. O`quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda o`quvchilar o`quv materialini mustaqil o`zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni o`zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan o`quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va o`z bilish faoliyatining sub`ektiga aylanadi. Quyida jadval ko’rinishida pedagogik munosabatlar tipining o`ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

Pedagogik munosabatlar

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati

Sub`ekt – ob`ekt munosabatlarda



Yangi mavzu materiali eng oson o`zlashtiriladigan usulda, tayyor axborot shaklida bayon etiladi. Tegishli hollarda savol-javob o`tkazadi, bilimlarni mustahkamlab, baholashni amalga oshiradi.

Passiv, faqat axborotlarni qabul qilishga, shu holatda eslab qolish, savollarga javob berish, ko`rsatmaga binoan ish ko`rish.

Sub`ekt-sub`ekt munosabatlarda

Dars foydalanilayotgan texnologiyalari talablari asosida tashkil etiladi. Yangi mavzu materiali o`quvchilar tomonidan mustaqil o`rganishlari uchun o`quv topshiriqlari tavsiya etadi. Tegishli hollarda yordam uyushtiradi, savol-javob o`tkazadi, bilimlarni mustahkamlash, o`z -o`zini, o`zaro nazorat va o`qituvchi nazorati orqali baholashni amalga oshiradi.

Tavsiya etilgan o`quv topshiriqlari asosida o`z o`quv faoliyatini tashkil etadi, muammoli vaziyatlardan chiqishning eng muqobil variantini ishlab chiqadi, avval o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalaridan foydalanib, yangi bilimlarni o`zlashtiradi, o`z faoliyatini o`rtoqlarining faoliyati bilan taqqoslab, o`zini rivojlantirish rejasini tuzadi.

Ta`lim-tarbiya jarayonida sub`ekt-sub`ekt munosabatlarni vujudga keltirishda o`quvchilarning bilish faoliyatini individual va kichik guruhlarda tashkil etish maqsadga muvofiqdir[21].

O`quvchilarning geografiya fanini egallashga bo`lgan qiziqishini orttirish va bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, ta`lim–tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta`minlash, inson, jamiyat va atrof-muhitning o`zaro munosabatlarini uyg’unlashtirish, ta`lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qimmat tuyg’usi, yuksak ma`naviyat, ijtimoiy meyyorlarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish maqsadida O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o`qitishga yangicha yondashish maqsadga muvofiq deb hisobladik[12]. Yangicha yondashuvning asosiy mohiyati, an`anaviy ta`limda ko`zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o`qitishdan voz kechish va uning o`rniga:


  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali geografiya darslari jarayonini samarali tashkil etish;

  • mustaqil ish va mustaqil faoliyatni amalga oshirish;

  • tegishli talablarni jamoa orqali qo`llashni amalga oshirish muhim sanaladi.

Yangi munosabatlarning vujudga kelishi o’quvchi shaxsiga tafovutlab yondashishni, ya`ni ta`lim jarayonini differentsiallashtirish va individuallashtirish printsipini talab etadi.

Mazkur printsiplar asosida ta`lim jarayonini tashkil etishda:



  • o`rta saviyali o`quvchiga nisbatan mo`ljal olishdan voz kechish;

  • dars jarayonida har bir o’quvchning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni rivojlantirish, qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, yo`nalishi, sifatlari, aqliy jarayonining xususiyatlarini aniqlash;

  • dars jarayonini har bir o`quvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha o`quv topshiriqlarini tayyorlash hamda o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim bo`ladi.

Pedagogik texnologiyaning o’ziga xos xususiyatlarida:

    • Barcha o’quvchilar о‘z qobiliyatlari darajasida albatta о‘zlashtirishlari kafolatlanadi.

-O’quvchilarning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlashi, ijod etishi va izlanishiga majbur etishi;

-O’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;

-O’quvchilarning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;

-O’qituvchi va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.

Bizning fikrimizcha, pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq deb xisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida maqsad boyicha kafolatlabga natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lm texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga , guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha ana shu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir[20].

O`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini amaliyotga qo`llashda ko`nikma va malakalar muhim rol’ o`ynaydi. Ko`nikma va malakalarni til bilan tushuntirib bo`lmaydi, ularni amaliy faoliyatda ko`rsatish kerak bo`ladi. Shu sababli inson hayotining asosini faoliyat usullari (ko`nikma va malakalar) tashkil etib, u o’quvchining muhim sifati sanaladi. O`quvchilarning dunyo haqidagi bilimlarida, bu bоrada tushunchalarni tarkib tоptirishda хilma-хil ta’lim uslublari, vоsitalaridan unumli fоydalanishga to`g`ri kеladi. Gеоgrafik bilimlar nafaqat gеоgrafiya, balki, o`quvchilarning kеlgusida qanday kasblarni egallashlaridan qat’iy nazar, ularning dunyo qarashlari takоmillashuvi uchun nihоyatda zarur. Agar har bir insоn uchun o`qish, yozish, hisоblay оlish qanchalik zarur bo`lsa, ularning madaniyatli kishilar bo`lib yеtishishlarida gеоgrafik bilimlar ham shunchalik zarur. Umuman har bir o`quvchining kеlajakdagi shaхsini bеlgilashda gеоgrafik bilimlarning rоli chеksizligini hayotni o`zi isbоtlamоqda. Hоzirgi davrda gеоgrafik bilimlar mazmuni va undagi o`zgarishlar nihоyatda tеzlik bilan o`zgarmоqda. Har bir хudud o`ziga хоs iqlim, tuprоq, ahоli rеsurslariga ega. Bu o`z navbatida ularni o`rganishda o`ziga хоs bo`lgan mеtоdlarni qo`llashni taqоza qiladi va х.k.



Buyuk pedagoglarimiz o’qituvchini “amaldagi ruxshunos” deyishgan. Bir soatlik dars jarayonida o’qituvchi 100 dan ortiq muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Jamoada sog’lom muxitni ta’minlashda, o’quvchining ma’naviy va axloqiy qiyofasini shakllanishida muammoli vaziyatlarning ijobiy yechimi aloxida axamiyat kasb etadi. Mustaqil fikr-mulohaza insonda mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka bo’lgan munosabatlarning erkin yuzaga chiqarilishidir. Albatta, ushbu jarayon o’z-o’zidan royobga chiqmaydi, ayniqsa, ta’lim-tarbiyada. Ma’lumki, ta’lim o’qituvchi va o’quvchi orasida o’rnatiladigan pedagogik munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda o’zaro ishonch, talab va tartib muximdir, ya’ni bilimlar ortib boradi, intellekt mukamallashadi. Geografiya ta’lim tizimiga joriy etilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan ko’zlanayotgan asosiy maqsad ham xuddi ana shundadir. Yangicha yondashuv jarayonida bilim talabalarning o’z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo’ladi va hulq-atvor shaklining ham o’zgarishga ta’sir qiladi. Mustaqil fikrlarni bildirar ekan, o’quvchi dars jarayonining faqat subyekt sifatida ham namoyon bo’ladi, ya’ni teng xuquqli ta’lim dialogini vujudga keltiradi. Ayniqsa, darsni muammoli tashkil etish o’quvchi o’quv faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu jarayonning yanada muvaffaqiyatliroq chiqishi uchun psixologik asosga e’tiborini qaratish kerak. Pedagogik texnologiyalar asosida o’quv jarayoni tashkil etilganda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlari mavjud bo’lib, tayyor bilimlarni o’quvchi ongiga yetkazish, esga olish, esda saqlash, qayta esga tushirish, so’zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlarni bilish, tushunish darajalarini ifodalaydi. Bu darajalarda bilim oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. O’zlashtirishning keyingi darajalarida o’quvchilar olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma’lum natijalarni qo’lga kiritishi, to’ldirishi, boyitishi, o’zgartirishi o’zining mustaqil nuqtai nazariga ega bo’lishi talab etiladi. Bu o’zlashtirish darajalari uchun muammoli yondashuv ahamiyatli hisoblanadi[12].

О‘quvchilarning ma’naviy hayoti, dunyoqarashi, aqliy kamoloti, bilimlarining mustahkamligi, о‘z kuchiga ishonchi ularning quvnoqligi, tetikligiga bog‘liq. Shu sababli geografiya о‘qituvchisi dars mashg’ulotlari davomida о‘quvchilarning kayfiyatini kо‘taruchi, diqqatini jalb qiluvchi ta’lim usullariga e’tibor qaratishi lozim deb oylayman.



Download 314,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish