О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/145
Sana15.07.2021
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   145
 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Karimov I.A. «Vatan sajdogox kabi muqaddasdir. Toshkent O`zbekiston 1996 yil. 
2.  Artsikovskiy A. V «Arxeologiya asoslari» Toshkent. “O`qituvchi” 1974 y.  
3.  Axmedov B. «O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari» Toshkent. “O`qituvchi” 1991 yil 
4.  Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik»  Toshkent. “O`qituvchi” 1996 yil 
5.  Sulaymonova F. G`arb va shark. Toshkent. “O`zbekiston” 1997 yil 
 
 
4-MAVZU: O’LKAMIZ O’RTA ASRLAR VA YANGI DAVRINING O’RGANILISHI. 
Reja: 
1.  Ilk o`rta asr yodgorliklari. 
2.  Rivojlangan o`rta asrlar yodgorliklari. 
 
Ekin maydonlarining ko`payib borishi, xususan sug`oriladigan erlarning kengayishi, 
qishloqlarning ko`payishi, er hosildorligini orttiruvchi sun`iy o`g`itlarning yaratilishi, suvni 
baland erlarga ko`taradigan charxpalaklarning va suv tegirmonining kashf qilinishi, paxta 
ekinining tarqalishi, meva navlarining yaxshilanishi yo`lidagi muvaffaqiyatlarning hammasi 
zamonaning ishlab chiqaruvchi kuchlarini o`stirib yuborgan va uni yangi feodal munosabatlarga 
olib kelgan yangi ijtimoiy voqea bo`ldi.
 
Bunday muhim sharoitda kushonlarning saltanatiga putur etib, inqirozga yuz tuta borishi 
bilan birga ichki ziddiyatlarga muvofiq diniy oqimlar o`rtasidagi munosabatlarning ham 
murakkablashmasligi mumkin emas edi.
 
III asrdan boshlab quldorlik davrining shaharlari xarobalikka yuz tutib, iqtisodiy hayot 
asosan alohida vohalarga, qishloqlarga ko`chadi. Er aristokratiyasi — «deh,qon»lar qishloqlarga, 
ariqlar boshiga kelib, ko`shklar bino qiladi. VI asrga kelib ular qullardan qurolli yigitlar — 
chokarlar saqlab, atrofdagi qishloq aholisini o`z foydasiga ishlatib kun kechiradi. SHu taxlitda 
Milodning I asrining 25 yilidan to IV asrning 50-yillariga qadar hukm surgan markazlashgan 
kuchli Kushon davlati tugab, har qaysi shahar atrofidagi vohada alohida-alohida mustaqil 
hukmdorlar paydo bo`ladi, ularning boshida «dehqon»larning vakili turadi.
 
Hozir Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzah Farg`ona vodiysidagi va boshqa ko`plab 
shahdrlar atrofidagi sug`oriladigan erlarda baland-baland «oqtepalar» bor. Arxeologiyaga oid 
qazilmalar, bularning xdmmasi feodallarning xom g`ishtdan solingan feodal ko`shklarining 
xarobasidan iborat bo`lib, «dexqonlar» yapgab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatadi. 
Akademik YA. G`.G`ulomovning kuzatishlari bunday ko`shklarning hozirgacha saqlanib 
kelganligini ko`rsatadi.
 
Feodallashish jarayonida ichki urushlar, xalq qo`zg`olonlarini bostirish uchun keskin 
choralar ko`rish natijasida ancha vayronagarchilik, qirilishlar bo`lib, butun-butun rayonlar 
vaqtincha bo`shab qolgan. SHunga qaramay, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojida ma`lum 
siljishlar bo`lgan. SHu siljishlarni madaniyat soxasida ham ko`rish mumkin. Masalan, Xorazmda 
Tuproqqal`a (IV asr) ko`shkini qazishda u erdan «podsholar zali» deb atalgan zal topilgan. 
Zalning atrof devorlariga taxmon singari ravoqlar ishlanib, ularning har biriga turli qiyofadagi 
kishilarning haykallari o`rnatilgan. Haykallar nihoyatda yuqori did bilan ishlangan. Professor S. 
P. Tolstov «Bu zalda Xorazmda Ofrig` xonadoniga mansub  podsholarning haykali ota-bobolar 
ruhiga sig`inish tariqasida aks ettirilgan», deb aytadi. Bu joyda haykallardan tashqari, turli 
bo`yoqli devor suratlari ham bo`lib, undagi manzaralarda dengiz to`lqini, baliqlar, yirtqich 
hayvonlar, sozanda qizlar surati va boshqa narsalar tasvirlangan. Bu saroydan Xorazm 


 
35 
shox.larining yozma hisob-kitob arxivi ham topilgan. Bular qadimgi Xorazm yozuvi bilan 
taxtaga va charmga bitilgan.
 
1938 yili VI —  VIII asrlarga oid Xorazm pullaridagi yozuvlar yordamida ularning 
ko`pgina  asoslari aniqlangan. Umuman, Tuproqqal`adan topilgan arxiv yozuvi fanga juda ko`p 
yangilik bergan.
 
1934 yili Samarqand yaqinidagi Mug`tepadan Panjakent hokimi Devashtichning VIII 
asrdagi arxivi to pildi. Arxivdagi so`g`diycha va arabcha xatlar asosida so`g`d yozuvining 
xususiyatlari aniqlandi, bu esa tarix faniga ancha ravshanlik kiritdi. Bunga Xorazm arxivining 
qo`shilishi esa O`rta Osiyodagi o`sha zamon hayoti va madaniyatiga doir ko`p masalalarni 
aniqlash imkoniyatini yaratdi.
 
Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida «Bolaliktepa» degan joyni qazish jarayonida 
uning bir zali devorlari odam suratlari bilan bezatilgan ibodatxona ekanligi ma`lum bo`ldi. Unda 
zeb-ziynatli kiyimlar kiyib, qo`llarida qimmatli qadahlar tutgan va tavoze bilan allaqanday bir 
ishorat ko`rsatib turgan erkak va ayol suratlari shubhasiz, moniy mazhabi ibodatxonasida 
o`tkazilayotgan marosimdan darak beradi. Bu bino V asr oxirlariga tegishli deb topildi.
 
1937 yildan boshlab to 1956 yilga qadar Buxorodan 40 km g`arbdagi cho`lda Varaxsha 
shahrining xarobalari tekshirilgan. Bu erda VII —  VIII asrlarda Buxoro hukmdorlari solgan 
Rachfandun saroyining xarobalari topilgan. Unda 3 zal va bir ayvon ochilgan. Ayvonning oldi 
tomoni o`ymakor ganchdan qilingan dabdabali toqi varavoqlar bilan bezatilgan, ichkari tomoni 
allaqanday meva bog`larini, ov manzaralarini tasvirlovchi bo`rtma ganch suratlar, bulbullar, 
duldul otlar haykali bilan bezatilgan.
 
Zallarning birida oq fil mingan kishilar filga hujum qilayotgan allaqanday afsonaviy 
yirtqich hayvonlar, qoplonlar bilan olishib turgani, ikkinchi zalda rum qo`shinlari, yana bir 
devorda ustiga oltin taxt qo`yilgan qanotli tuya va boshqa ko`p ajoyib narsalar rang-barang 
bo`yoqlar bilan tasvirlangan,
 
Qadimgi Panjakent xarobasi marhum professor A.YU.YAkubovskiy boshchiligida 
qazilganda, u erda ham VII-VIII asrlarga doir shunday bino topilgan. Devorlarga bo`yoqli 
suratlar solinib, ularda dafn marosimi, bazm va allaqanday diniy bir marosim tasvirlangan.
 
Tuproqqal`a, Bolaliktepa, Varaxsha, Fayoztepa, Panjakentlarda topilgan rasmlarning 
san`ati va tasvirlarining boyligi ilk feodalizm madaniyatining o`z zamonasida ancha rivoj 
topganligini va mulkdorlik davrida an`anaviy ravishda taraqqiy qilib kelgan tasviriy san`atning 
bu davrga kelib avj olganini tasdiqlaydi. VIII asrda arablar istilosidan keyin bunday san`atga 
ham ahamiyat berilgan.
 
Bu davrda savdo-sotiq va hunarmandchilik, xususan, idishlarni sirlash va nozik shisha 
buyumlar ishlash rivojlandi.                                                                  
 
SHaharlarning quldorlik, ilk feodalizm davrlaridagi va so`nggi asrlardagi tarixiy 
 
topografiyasi, arxitektura yodgorliklari va boshqa o`rta asr inshootlari hozirgi kunda ancha 
yaxshi o`rganilgan. eski Urganch, eski Marv, Buxoro, Xiva, Samarqand va boshqa bir qator 
shaharlarning tarixiga bag`ishlangan maxsus asarlar maydonga keldi. Bulardan tashqari, 
Samarqandda Go`r Amir maqbarasidagi mozorlarning ochilishi, Ulug`bek rasadxonasining qayta 
tiklanishi (1941, 1948, 1967), SHahrisabzda Amir Temur tomonidan soldirilgan bir dahmatsing 
1933 yilda ochilishi va hokazolar ko`pchilikning e`tiborini o`ziga jalb etdi.
 
Garchi Ulug`bek rasadxona (observatoriya)si 1908 yili topilib, uning er ostidagi sekstant 
qismi qazib ochilgan bo`lsada, bu yodgorlikning er ustidagi shakli qanday bo`lgani noma`lum 
edi. Rasadxona 1948 yilda V.A.SHishkin boshchiligida qazilib, uning qanday bo`lganligi 
aniqlandi. Uni Bobur Mirzo uch qavatli azamat bino deb ta`riflagan edi. Arxeologlar qazish 
ishlari olib borishlari natijasida bino to`garak shaklda ekanligi, ichkarisi juda ko`p qismlarga 
bo`linganligi, hozirgi Samarqand madrasa va maqbaralari singari rang-barang koshinlar bilan 
bezatilganligi aniqlandi. SHu ma`lumotlarga asoslanib, arxitektor V.A.Nil’sen rasadxonaning 
tashqi ko`rinishini taxminiy ravishda chizib berdi.
 


 
36 
SHunday qilib, respublikamizda keng ko`lamda olib borilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar 
tufayli xalqimizning uzoq o`tmishi, sug`orish sohasida asrlar davomida orttirgan tajribalari ochib 
berildi.
 
Keng ko`lamda respublikamizda olib borilayotgan arxeologiyaga oid tadqiqotlar tufayli 
O`zbekiston arxeologiyasining deyarli hamma davrlariga: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, 
bronza va temir davrlari hamda antik dunyo va o`rta asrlarga oid juda ko`p xilma-xil ajoyib 
moddiy madaniyat yodgorliklari topib tekshirildi. Arxeologiyaga oid tekshirishlar natijasida 
to`plangan boy va qimmatli moddiy manba O`zbekiston xalqlarining qadimgi tarixini yoritish 
imkonini beribgina qolmay, balki o`rta asrlar tarixi, shuningdek, shaharlar «yoshini» aniqlashga 
ham katta yordam berdi.
 
Ozbekistonda  arxeologiya fanining  rivojlanishida yirik rus olimlari: A.YU.YAkubovskiy, 
S.P.Tolstov, M.E.Masson, A.P.Okladnikov, V.X.SHishkin, birinchi o`zbek arxiologi, akademik 
YAxyo G`omovning xizmatlari benihoya kattadir. Atoqli olim o`zining   qisqa va mazmundor 
hayotida tarix fanlari doktori, professor,     O`zbekiston   Fanlar akademiyasining akademigi    
darajasiga ko`tarildi. Iste`dodli olimning fan sohasidagi faoliyatlari uchun unga O`zbekistonda 
xizmat ko`rsatgan fan arbobi degan yuksak unvon berildi.
 
Olimning    ijodiy   faoliyati   ham o`ziga xosdir. U 1926 yilda   Toshkentdagi O`zbekiston 
erlar bilim yurtini, 1930 yili Samarqanddagi Pedagogika  akademiyasini tamomladi. 1931-1932 
yillarda Toshkent    pedagogika texnikumida o`qituvchi   bo`lib   ishladi. YOshlik chog`idayoq 
keng ilmiy jamoatchilikning    e`tiborini    qozondi. Ilmga, tarixga chanqoqligini sezgan mashhur 
o`lkashunos arxeolog  V.  L.  Vyatkin uni  o`zi rahbarlik  qilayotgan ko`hna   Afrosiyobda   olib   
borilayotgan   qazishmalarda ishtirok   etishga  taklif   etdi.   YA.   G`ulomov   mustaqil 
arxeologik tadqiqotlarni ilk bor 1936 yili qadimgi Xorazm erlaridan boshladi. 1933 —  1940 
yillarda O`zbekiston qadimgi davr va san`at yodgorliklarini muhofaza qilish qo`mitasi 
(Uzkomstaris)da ilmiy xodim, so`ngra ilmiy kotib bo`lib ishladi. YA. G`ulomov 1940—1943 
yillarda   sobiq   SSSR   Fanlar   Akademiyasi   O`zbekiston bo`limi   Tarih  til  va  adabiyot  
instituti   arxeologiya bo`limining mudiri va 1943 yildan Ozbekiston FA Tarix va arxeologiya 
institutining qadimgi va o`rta asrlar tarixi sektori mudiri, institut direktori vazifasini bajaruvchi 
(1956-1959 yillar) bo`lib ishladi. «Xorazmning sug`orilish tarixi. Qadimgi zamonlardan 
hozirgacha» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. YA. G`ulomov 1936 yildan to 
umrining oxirigacha bir qancha arxeologiyaga oid (Toshkent, Buxoro, Farg`ona, Xorazm va 
boshqa) otryadlarga rahbarlik qildi. YA. G`ulomov 4 jildli «O`zbekiston SSR tarixi», 2 jildlik 
«Samarqand tarixi» asarlarining mualliflaridan. YA.G`ulomovning O`zbekistonning sug`orilish 
tarixiga doir ilmiy ishlari qadimgi dehqonchilik massivlari (Amudaryo, Zarafshon, Qashqadaryo 
va boshqa daryolarning qadimgi o`zanlari)ni aniqlash va undan xalq xo`jaligi maqsadlari yo`lida 
foydalanishda katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. YA.G`ulomovning O`zbekiston vodiy va 
vohalarida olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari O`zbekistonda qadimgi tosh davrlari: 
paleolit, mezolit, neolit, eneolit, jez va temir davrlarini o`rganishda muhim rol’ o`ynadi. YA. 
G`ulomov bir qancha xalqaro konferentsiya va simpozi-umlarda muhim ilmiy dokladlar bilan 
qatnashdi. O` ajoyib tashkilotchi va pedagog ham edi. Xalqlar Do`stligi ordenli Nizomiy nomli 
Toshkent Davlat pedagogika institutida O`zbekiston tarixi va arxeologiyasidan ma`ruzalar o`qib, 
ko`pgina hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagog kadrlar etishtirgan. 4 tomlik 
«O`zbekiston irrigatsiyasi» tarixiga oid masalalarni yoritishda faol ishtirok etgan. O`zbek Sovet 
entsiklopediyasi Bosh tahrir hay`ati a`zosi bo`lgan.
 
YAxyo G`ulomov bag`ri keng va mehribon, g`amxo`r odam edi. O`z shogirdlarig`a fan 
so`qmoqlari qiyinchiliklarini engish yo`llarini, ilmiy izlanish uslublarini, davr talablarini izchillik 
bilan qabul qilish va uni amalga oshirishda faol  qatnashishlarini o`rgatish bilan ham respublika 
olimlari orasida katta obro`-e`tibor qozongan.
 
O`lkani o`rganishda, ayniqsa O`zbekiston vodiy va vohalarining tarixini, etnografiyasini, 
arxeologiyasini, toponimikasi va nodir qo`lyozma asarlarini o`rganishda tarix fakul’teti 
studentlari uchun YA.G`ulomov asarlari dasturamal bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Ularning qunt 


 
37 
va matonat bilan olib borgan arxeologiyaga oid tadqiqotlari tufayli jahon ahamiyatiga ega 
bo`lgan qator moddiy-madaniyat yodgorliklari kashf etildi.
 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari